Научная статья на тему 'RESPUBLIKA YENGIL SANOAT KORXONALARINING FAOLIYATI VA EKOSPORT SALOHIYATI'

RESPUBLIKA YENGIL SANOAT KORXONALARINING FAOLIYATI VA EKOSPORT SALOHIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
2011
266
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
korxona / iqtisod / samaradorlik / to‘qimachilik / yigiruv / tikuv / trikotaj / charm-poyabzal / mo‘ynachilik mahsulotlari / tayyor mahsulot / xom ashyo / kalava ip / raqobat / diversifikatsiya / eksport / investisiya / texnologiya. / enterprise / economy / efficiency / textile / spinning / sewing / knitting / leather shoes / fur products / finished products / raw materials / yarn / competition / diversification / export / investment / technology

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Saidmuradova, Tursunoy Sobirovna, Mansurov, Saidxo‘Ja Kamolovich

Ushbu maqolada Respublikamizdagi yengil sanoat korxonalarinining holati, ya’ni ishlab chiqarish samaradorligi va eksport holati o‘rganib chiqilgan. Bundan tashqari Respublikamiz qonunchiligida yengil sanoat korxonalari faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan ko‘plab islohotlarning olib borilayotganligi va ko‘rilayotgan chora-tadbirlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ACTIVITIES AND ECOSPORAL POWERS OF LIGHT INDUSTRY ENTERPRISES OF THE REPUBLIC

This article examines the state of light industry enterprises in the Republic, in the state of production efficiency and exports. In addition, the legislation of the Republic states that many reforms are being carried out and measures are being taken to develop the activities of light industry enterprises.

Текст научной работы на тему «RESPUBLIKA YENGIL SANOAT KORXONALARINING FAOLIYATI VA EKOSPORT SALOHIYATI»

Scientific Journal Impact Factor

О

RESPUBLIKA YENGIL SANOAT KORXONALARINING FAOLIYATI

VA EKOSPORT SALOHIYATI

Saidmuradova Tursunoy Sobirovna

Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat instituti katta o'qituvchisi Mansurov Saidxo'ja Kamolovich Mustaqil tadqiqotchi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Respublikamizdagi yengil sanoat korxonalarinining holati, ya 'ni ishlab chiqarish samaradorligi va eksport holati o 'rganib chiqilgan. Bundan tashqari Respublikamiz qonunchiligida yengil sanoat korxonalari faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan ko 'plab islohotlarning olib borilayotganligi va ko 'rilayotgan chora-tadbirlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: korxona, iqtisod, samaradorlik, to'qimachilik, yigiruv, tikuv, trikotaj, charm-poyabzal, mo 'ynachilik mahsulotlari, tayyor mahsulot, xom ashyo, kalava ip, raqobat, diversifikatsiya, eksport, investisiya, texnologiya.

В статье исследуется состояние предприятий легкой промышленности Республики, состояние эффективности производства и экспорта. Кроме того, законодательством Республики указано, что проводится множество реформ и принимаются меры по развитию деятельности предприятий легкой промышленности

Ключевые слова: предприятие, экономика, эффективность, текстиль, прядение, шитье, вязание, кожаная обувь, меховые изделия, готовая продукция, сырье, пряжа, конкуренция, диверсификация, экспорт, инвестиции, технологии.

This article examines the state of light industry enterprises in the Republic, in the state of production efficiency and exports. In addition, the legislation of the Republic states that many reforms are being carried out and measures are being taken to develop the activities of light industry enterprises.

Keywords: enterprise, economy, efficiency, textile, spinning, sewing, knitting, leather shoes, fur products, finished products, raw materials, yarn, competition, diversification, export, investment, technology

So'nggi yillarda respublikada yengil sanoatning to'qimachilik, tikuv-trikotaj, charm-poyabzal va mo'ynachilik tarmoqlarini rivojlantirish, ishlab chiqarilayotgan

299

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 8

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

tayyor mahsulotlarning turlari va assortimentini kengaytirish, shuningdek, tarmoq korxonalarining investisiya va eksport faoliyatini har tomonlama qo'llab-quvvatlash bo'yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jahon bozorlaridagi raqobatning kuchayishi, texnologiyalarning rivojlanishi va xorijiy ishlab chiqaruvchilar tomonidan mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarining kamaytirilishi ushbu sohalarni rivojlantirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar ishlab chiqilishini talab etmoqda.

Bugungi kunda yengil sanoatning jadal va barqaror rivojlanishini ta'minlash, mahalliy xom ashyoni chuqur qayta ishlash orqali birinchi navbatda tashqi bozorlarda raqobatbardosh bo'lgan yuqori qo'shilgan qiymatga ega to'qimachilik, tikuv-trikotaj, charm-poyabzal va mo'ynachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish va kengaytirish, shuningdek, salohiyatli xorijiy investorlar jalb qilinishi rej alashtirilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 16 sentyabrdagi "Engil sanoatni yanada rivojlantirish va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni rag'batlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" PQ-4453 sonli Qarorida O'zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali yarim tayyor charmni olib chiqishda 2021 yilning 1 yanvaridan boshlab eksport qilinadigan mahsulot qiymatining 10 foizi miqdorida yig'im undirilishi va O'zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali paxta ip-kalavasi va trikotaj matoni olib chiqishda 2021 yil 1 yanvardan boshlab olib chiqiladigan har bir kilogramm ip-kalava uchun 0,01 AQSh dollari, 2022 yil 1 yanvardan olib chiqiladigan har bir kilogramm ip-kalava va trikotaj mato uchun 0,05 AQSh dollari, 2023 yil 1 yanvardan — 0,1 AQSh dollari, 2025 yil 1 yanvardan — 0,2 AQSh dollari miqdorida yig'im undirilishi belgilab qo'yilgan [1].

ADABIYOTLAR SHARHI

Bugungi kunda Respublikamizda ishlab chiqarish jarayonida to'qimachilik korxonalari muhim o'rin egallaydi. To'qimachilik korxonalarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini jahon andozalariga mos keladigan paxta tolasini, kalava ip, bo'yalgan kalava ipni, ip gazlamani, trikotaj matosini, ipak xom-ashyosini me'yorda ta'minlash dolzarb muammolardan biridir. Bu muammoni hal etishda keyingi yillarda to'qimachilik korxonalarida talabga javob beradigan yangidan yangi korxonalar hamda qurilma va dastgohlar joriy etilmoqda. To'qimachilik tarmog'ini yanada rivojlantirishga doir Respublika miqiyosida hukumat Qarorlari qabul qilindi, jumladan: - «2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishini bo'yicha Harakatlar strategiyasi». Mamlakatimizda

to'qimachilik mahsulotlariga bo'lgan talab nihoyatda katta, shu ehtiyojlarni qondirish

300

Scientific Journal Impact Factor

0

maqsadida to'qimachilik sanoati rivojlangan mamlakatlar bilan birgalikda qo'shma korxonalar shartnoma asosida ochilmoqda (Farmon 2017). - O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 16 sentyabridagi PQ-4453- sonli qarorida "Engil sanoatni yanada rivojlantirish va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni rag'batlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori (Qaror, 2019). - O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 dekabrdagi "To'qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF5285-son Farmoni (Farmon 2017y). To'qimachilik korxonalarining tashkiliy-iqtisodiy faoliyatini takomillashtirishda bir qator holatlar mavjud. Ayni paytda ko'pgina to'qimachilik korxonalarini samaradorligini oshirishda, moliyaviy, mehnat va moddiy ko'rsatkichlardan foydalanish ko'rsatkichlariga bog'liq. Moliyaviy holati yomonlashib borayotgan korxonalar asosan joriy ko'rsatkichlarni saqlab qolib, korxonalarda zamonaviy texnologiyalar asosida, malakali xodimlarni malakasini oshirish orqali iqtisodiy ko'rsatkichlarga erishilmoqda.

TADQIQOT METODOLOGIYASI

Tadqiqot jaraènida mavzuga oid statistik ma'lumotlar va nazariyalarni o'rganishda mantiqiy fikrlash, ilmiy mushohada, tizimli èndashuv, statistik hamda qièsiy tahlil usullaridan foydalanilgan. Statistik tahlil uchun O'zbekiston Respublikasi statistika qo'mitasi hamda "O'zto'qimachiliksanoat" uyushmasi ma'lumotlaridan foydalanilgan.

TAHLIL VA NATIJALAR MUHOKAMASI

Zamonaviy bozor talabiga mos keladigan mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun korxonalarning iqtisodiy salohiyatini, ya'ni asosiy ishlab chiqarish vositalarini yangilash, xodimlar malakasini oshirish, ularning mehnat sharoitini tubdan yaxshilash, ishlab chiqarish jarayoniga zamonaviy texnologiyalarni keng joriy qilish, bozor talablarini muntazam ravishda o'rganib borish, kadrlar salohiyatidan samarali foydalanishni yo'lga qo'yish kerak [3].

Respublikamizda eksport hajmida tayyor mahsulotlar ulushini oshirishga jiddiy e'tibor berilmoqda. Bu borada yengil sanoatda ham e'tiborga loyiq ishlar olib borilmoqda. Tahlil natijalari shuni ko'rsatadiki, 2015 yilda respublikamizda ishlab chiqarilgan paxta tolasining 336 ming tonnasi, 2016 yilda 400 ming tonnasi, 2017 yilda 468 ming tonnasi qayta ishlangan bo'lsa, 2018 yilda esa 706 ming tonna atrofida qayta ishlangan va 2019 yilda esa 714 ming tonna paxta tolasini qayta ishlangan bo'lib, keyingi yillarda ishlab chiqarilgan paxta tolasini 100% qayta ishlashga harakat qilinmoqda [5].

Scientific Journal Impact Factor

Ushbu yo'nalishdagi ishlarni jonlantirish qo'shimcha qiymat hosil qiladigan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi va valyuta tushumlari oshishini, yangi ish o'rinlari yaratishni ta'minlaydi.

«O'zto'qimachiliksanoat» uyushmasi tarkibidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan va eksport qilingan mahsulotlar hajmi dinamikasini ko'rib chiqamiz.

1- Jadval.

«O'zto'qimachiliksanoat» uyushmasining 2018-2020 yillardagi asosiy texnik-

iqtisodiy ko'rsatkichlari [5]

№ Ko'rsatkichlar O'lchov birligi Yillar 2021 yil prognoz

2018 2019 2020

1 Kalava ip Ming tn. 410,0 575,2 629,8 670,0

2 Tayyor ip gazlama Mln.kv. m 235,5 268,3 406,0 460,0

3 Trikotaj mato Ming tn 76,1 111,2 119,6 160,0

4 Tikuv-trikotaj mahsulotlari Mln. dona 312,1 432,0 548,1 630,0

5 Paypoq mahsulotlari Mln juft 168,9 197,3 257,0 260,0

Jadvaldan qo'rinib turibdiki ip kalava ishlab chiqarish 2018 yida 410,0 ming tonnani, 2019 yilda esa 575,2 ming tonnani tashkil qilgan bo'lsa, 2020 yilga kelib b u ko'rsatkich 629,8 ming tonnani tashkil qilgan. 2020 yilda ip kalava ishlab chiqarish 2019 yiga nisbatan 109,5 foyizga oshgan. Tayyor ip gazlama ishlab chiqarish 2018 yida 235,5 miln kv. metrni, 2019 yilda esa 268,3 miln kv. metrni, tashkil qilgan bo'lsa, 2020 yilga kelib bu ko'rsatkich 406,0 miln kv. metrni tashkil qilgan. 2020 yilda tayyor ip gazlama ishlab chiqarish hajmi 2019 yiga nisbatan 151,32 foyizga, ya'ni 137,7 miln kv. metrga ko'p mahsulot ishlab chiqarilgan. Tirkotaj matosi ishlab chiqarish 2018 yilda 76,1 ming tonnadan 2019 yilda 111,2 ming tonnaga, 2020 yilda esa 119,6 ming tonnaga oshganini kuramiz. O'sish sur'ati 2020 yilda 2019 yiga nisbatan 107,55 foizni tashkil qilgan.

Tikuv-trikotaj buyumlari bo'yicha 2018 yilda 312,1 million dona bo'lib, 2019 yilda 432,0 million donaga, 2020 yilda esa 548,1 million donaga oshgan. 2020 yilda o'sish sur'ati tikuv - trikotaj buyumlari bo'yicha 2019 yilga nisbatan 116,1 million donaga oshganini guvohi bo'lamiz.

Paypoq mahsulotlari bo'yicha esa 2018 yilda 168,9 million juftdan 2018 yilda 197,3 million juftga 2020 yilda esa 257,0 million juftga oshganini ko'ramiz. O'sish sur'ati 2020 yilda 2019 yilga nisbatan 101,16 foizni tashkil qilgan [5].

302

Scientific Journal Impact Factor

0

Bundan tashqari 2021 yilda "O'zto'qimachiliksanoat" uyushmasi tarkibidagi korxonalar tomonidan kalava ip ishlab chiqarish 670,0 ming tnnna, tayyor ip gazlama ishlab chiqarish 460,0 milliln kv. m., trikotaj matosi ishlab chiqarish 160,0 ming tonna, tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish 630,0 million dona, paypoq mahsulotlari ishlab chiqarish esa 260 million juftga yetkazish rejalashtirilgan.

Yuqorida keltirilgan tahlillardan shuni xulosa qilish mumkinki, bugungi kunda sanoat tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash bo'yicha olib borilayotgan islohotlarni yanada jadallashtirish va ularning samaradorligini oshirish talab etiladi. Shu nuqtai nazardan, ushbu yo'nalishda olib borilayotgan islohotlarning mohiyati va tamoyillarini tahlil qilish hamda modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash jarayonlarining nazariy va metodologik asoslarini tadqiq etish muhim ahamiyat kasb etmoqda [6].

Shu o'rinda, modernizatsiya atamasining mazmuniga to'xtalib o'tcak, unga nisbatan turli xil talqinlar berilgan. Xususan, iqtisodiy adabiyotlar va lug'atlarda unga quyidagi mazmundagi ta'rif berilgan: «Modernizatsiya - ob'ektni yangilash, yaxshilash, takomillashtirish, uni yangi talablar va me'yorlarga, texnik shartlarga, sifat ko'rsatkichlariga muvofiqlashtirish, asosan mashina, asbob-uskunalar, texnologik j arayonlar modernizatsiyalanadi» [7].

O'zbekiston iqtisodiyotiri rivojlanishida yengil sanoat korxonalarining ham xissasi katta hisoblanadi. So'nggi yillarda respublikada yengil sanoatning to'qimachilik, tikuv-trikotaj, charm-poyabzal va mo'ynachilik tarmoqlarini rivojlantirish, ishlab chiqarilayotgan tayyor mahsulotlarning turlari va assortimentini kengaytirish, shuningdek, tarmoq korxonalarining investisiya va eksport faoliyatini har tomonlama qo'llab-quvvatlash bo'yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ya'ni, yengil sanoat korxonalarida yalpi tushumning umumiy hajmida tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarining eksporti 60 foizdan kam bo'lmagan eksport ulushiga ega bo'lgan korxonalar 2023 yil 1 yanvarga qadar mol-mulk solig'ini to'lashdan ozod etilishi belgilab qo'yilgan [10].

Quyidagi jadvaldan «O'zto'qimachiliksanoat» uyushmasi tarkibidagi korxonalarning eksport faoliyatining yildan-yilga o'sib borishini kuzatishimiz mumkin.

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 8

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

2-jadval

«O'zto'qimachiliksanoat» uyushmasining 2018-2020 yillardagi eksport faoliyati

ko'rsatkichlari [9]

Ko'rsatkichlar O'lchov birligi yillar 2021 yil prognoz

2018 2019 2020

Kalava ip Ming tn. 282,3 381,1 455,4 433,3

Tayyor ip gazlama Mln.kv. m 184,5 215,5 296,5 349,1

Trikotaj mato Ming tn 15,2 20,4 33,2 41,5

4T ikuv-trikotaj mahsulotlari Mln. dollar 424,8 486,3 648,0 1428,2

Paypoq mahsulotlari Mln juft 47,0 74,6 119,8 166,9

Engil sanoat mahsulotlarini eksport hajmini oshirish borasida uyushmada bir qancha ishlar olib borilmoqda. Hozirgi vaqtda, amaldagi ma'lumotlarga ko'ra, sohada ISO-9001 doirasida 718 ta korxonada ish yuritilib, sertifikatlar amal qiladi. Sifat

menejmenti tizimini joriy etish doirasida uyushma korxonalarida xalqaro sifat standartlarini joriy etish bo'yicha chora-tadbirlar majmuasi ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Joriy yilda 70 ta korxonada xalqaro sertifikat olish uchun topshiriq berilgan. Bugungi kunga kelib Sifat menejmenti tizimini joriy qilish bo'yicha dolzarb ishlar 81 ta korxonada amalga oshirildi yoki 116 foizga bajarildi.

XULOSA

Respublikamizda to'qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini yanada rivojlantirish uchun zaruriy huquqiy baza va qulay sharoitlar shakllantirilgan va ishlab chiqarish hajmini oshirish imkonini beruvchi qo'shimcha mablag'lar jalb etish, ishlab chiqarish jarayonini diversifikatsiya qilishga katta e'tibor qaratilgan.

Yengil sanoat korxonalarida sifatni boshqarish mexanizmini takomillashtirish, xususan, tarmoq korxonalarida «Sifatni boshqarish va monitoring qilish» bo'yicha Ishchi guruhning tarkibi va vazifalarini takomillashtirish borasida ishlar olib borilmoqda.

Bugungi kunda yengil sanoat tarmoqlari jadal rivojlanib bormoqda. Bu tarmoqlarda xususiy sektorning tashabbuslari va yangi loyihalarini qo'llab-quvvatlash bo'yicha barcha choralar ko'rilmoqda.

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 8

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 16 sentyabrdagi "Yengil sanoatni yanada rivojlantirish va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni rag'batlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" PQ-4453 sonli Qarori.

2. Uzbekiston Prezidentining 2017 yil 14 dekabr-dagi «Tukimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari tug'risida» gi PF-5285-son farmoni.

3. Boltaboyev M.R. To'qimachilik sanoatida marketing strategiyasi. Monografiya. -T.: Fan, 2004. - 224 b.

4. Grigoryev A. Marketing: yoki zarur qadamlar. // Korxonani boshqarish. - T.: 2009. - №3. -21-22-betlar.

5. "O'zto'qimachiliksanoat" uyushmasi va uning tizimidagi korxonalarning 20182020 yillar uchun statistik ma'lumotlari.

Shog'iyosov T. Komrleks iqtisodiy tahlil. Darslik. -T.: Fan va texnolo-giya, 2012. -280b.

6. Yusupov S.Sh. Kuchli raqobat sharoitida to'qimachilik korxonalari rivojlantirish strategiyasining asosiy yo'nalishlari: Monografiya. - T.: Fan va texnologiya, 2014. -274 b.

7. Райзберг Б.А., Лозовский Л.Ш., Стародубцева Е.Б. Современный экономический словарь. - 2-е изд., испр. -М.: ИНФРА-М. 1999. - С. 479.

8. 2017 Spencer Stuart US Board Index. https://www.spencertstuart.com

9. Узбекистан Республикаси Давлат стастика кумитаси маълумотлари. 20172020 йиллар

10. Узбекистон Республикаси Президентининг 16.09.2019 йилдаги "Енгил саноатни янада ривожлантириш ва тайёр махсулотлар ишлаб чикаришни рагбатлантириш чора-тадбирлари тугрисида" ги П^-4453-сонли ^арори.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.