Научная статья на тему 'SANOAT KORXONALARI INNOVATSION FAOLIYATIGA TA’SIR QILUVCHI OMILLAR VA ULARNING MINTAQA IQTISODIYOTIGA TA’SIRI'

SANOAT KORXONALARI INNOVATSION FAOLIYATIGA TA’SIR QILUVCHI OMILLAR VA ULARNING MINTAQA IQTISODIYOTIGA TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
4947
584
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
sanoat / korxona / innovatsiya / qo‘shimcha qiymat / diversifikatsiya / omil / moliyaviy-iqtisodiy resurslar. / industry / enterprise / innovation / added value / diversification / factor / financial and economic resources.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Ulug’bek Shokirovich Shukurov

Ushbu maqolada sanoat korxonalari faoliyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning mintaqaviy xususiyatlari tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FACTORS AFFECTING INNOVATIVE ACTIVITIES OF INDUSTRIAL ENTERPRISES AND THEIR IMPACT ON THE REGIONAL ECONOMY

This article analyzes the regional features of the factors influencing the innovative activity of industrial enterprises.

Текст научной работы на тему «SANOAT KORXONALARI INNOVATSION FAOLIYATIGA TA’SIR QILUVCHI OMILLAR VA ULARNING MINTAQA IQTISODIYOTIGA TA’SIRI»

SANOAT KORXONALARI INNOVATSION FAOLIYATIGA TA'SIR QILUVCHI OMILLAR VA ULARNING MINTAQA IQTISODIYOTIGA

TA'SIRI

Ulug'bek Shokirovich Shukurov

O'zR Monopoliyaga qarshi kurashish qo'mitasi Qashqadaryo viloyat hududiy

bo'linmasi yetakchi mutaxassisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada sanoat korxonalari faoliyatiga ta'sir ko'rsatuvchi omillarning mintaqaviy xususiyatlari tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: sanoat, korxona, innovatsiya, qo'shimcha qiymat, diversifikatsiya, omil, moliyaviy-iqtisodiy resurslar.

FACTORS AFFECTING INNOVATIVE ACTIVITIES OF INDUSTRIAL ENTERPRISES AND THEIR IMPACT ON THE REGIONAL ECONOMY

ABSTRACT

This article analyzes the regional features of the factors influencing the innovative activity of industrial enterprises.

Keywords: industry, enterprise, innovation, added value, diversification, factor, financial and economic resources.

Har qanday milliy iqtisodiyotning rivojlanishi uning hududlarini muvozanatli va barqaror rivojlanishiga bog'liq bo'ladi. Mintaqalar va ularning hududlarini barqaror rivojlanishida esa sanoat tarmoqlarining ahamiyati yuqoridir. Chunki sanoat tarmoqlari iqtisodiy o'sish sur'atini ta'minlash bilan bir qatorda, ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash va mahalliylashtirilishini rag'batlantirish orqali iqtisodiyotning raqobatbardoshligini o'sishiga zamin yaratadi. Sanoat sohasida qazib olingan, ishlab chiqarishda yaratilgan barcha xomashyolarni qayta ishlash, ulardan turli xil mahsulotlar ishlab chiqarish hisobiga diversifikatsiyalashuv jarayonlari takomillashadi. Dunyo tajribasida rivojlangan va yuqori o'sish sur'atlariga ega bo'lgan mamlakatlar amaliyoti ko'rsatishicha, ular muvaffaqiyatlari asosan sanoat tarmoqlarida, xususan qayta ishlovchi sanoat korxonalaridagi tuzilmaviy o'zgarishlar natijasida yuzaga kelgan.

Sanoatning boshqa tarmoqlardan farqli jihati - yuqori darajadagi qo'shimcha qiymat yaratishidadir. Qo'shimcha qiymat - bu aniq turdagi mahsulotni yaratish, qayta ishlash, marketing faoliyatini olib borish va pirovard iste'molga chiqarilgunga qadar ishlab chiqarish jarayonining ketma-ketligidir.

Korxonalar innovatsion faoliyatining shakllanishi va rivojlanishi yoki darajasi o'zgarishi ma'lum bir omillar ta'siri natijasida sodir bo'ladi. Korxona innovatsion faoliyatini boshqarishni obyektiv va har tomonlama tadqiq etish davomida, unga ta'sir o'tkazuvchi omillarni aniqlash va tizimlashtirish muammosi dolzarb va yetarlicha ishlab chiqilmagan bo'ladi.

Innovatsion faoliyat omili deganda, korxona innovatsion o'sishining jadalligi va tavsifiga ta'sir o'tkazuvchi shartlar, sabab va ko'rsatkichlarni tushunamiz. Bunda innovatsion jarayon, ko'plab omillarning o'zaro ta'siri natijasi sifatida maydonga chiqadi.

Ilmiy adabiyotlar tahlili shuni ko'rsatadiki, innovatsion faoliyatga ta'sir o'tkazuvchi omillarning tasnifi ayni vaqtda ishlab chiqilmagan. Ko'plab mualliflar korxonaning innovatsion faoliyatiga ta'sir o'tkazuvchi omillarga o'z e'tiborini qaratishgan. T.G. Filosofova o'z asarida, sanoat korxonalarida innovatsiyalarga to'sqinlik etuvchi quyidagi omillarni qayd etib o'tgan:

-iqtisodiy - moliyaviy resurslar bilan kam ta'minlanganlik, davlat tomonidan kam moliyalashtirilish, innovatsiyalarni targ'ib qilishga yuqori sarf-harajatlar, iqtisodiy xavfning yuqori darajasi, innovatsiyalar qaytimlarining uzoq muddati;

-ishlab chiqarish - malakali kadrlar yetishmasligi, yangi texnologiyalar, sotish bozorlari to'g'risida zarur ma'lumotlarning yo'qligi, tashkilotning innovatsiyalarni tezda qabul qila olmasligi, boshqa tashkilotlar, korxonalar va ilmiy tashkilotlar bilan hamkorlikni yaxshi yo'lga qo'yilmaganligi yoki yo'qligi;

-boshqa omillar - innovatsion mahsulotga iste'molchilar tomonidan past narxdagi talab, innovatsion faoliyatda yetarlicha qonuniy va meyoriy-huquqiy asoslarning, tartibga solishning yo'qligi, davlat tomonidan innovatsion faoliyatni yetarlicha rag'batlantirilmasligi, sust rivojlangan innovatsion infratuzilma, texnologiya bozorida rivojlanishning yo'qligi.

A.A. Bovin esa tashkilotning innovatsion muhitiga quyidagi ta'sir o'tkazuvchi omillarni keltirib o'tadi va tahlil qiladi:

-ijtimoiy infratuzilma (ishchilarning ta'lim, tibbiy va madaniy inshootlardagi xizmatlardan foydalanish imkoniyati);

-aloqa sohasi (aloqa, axborot resurslaridan foydalanish imkoniyati mavjudligi); -tabiiy - geografik sharoitlar (transport, moddiy-texnik, energiya, yoqilg'i va xomashyo resurslarining mavjudligi);

-texnologik va ilmiy-texnik soha (ishlanmalar bozorining mavjudligi, ilmiy-tadqiqot institutlari va boshqalarning mavjudligi);

-iqtisodiy va moliyaviy soha (innovatsion faoliyatni davlat tomonidan milliy va mintaqaviy darajada qo'llab-quvvatlanishi, innovatsion ishlanmalardan manfaatdor investorlarning mavjudligi);

-siyosiy-huquqiy soha (innovatsion va ilmiy-texnik sohani huquqiy tartibga solishda milliy, mintaqaviy reja va dasturlarning mavjudligi);

-xo'jalik yuritishning strategik qamrovi (bozorning muayyan segmentida innovatsiyalarning paydo bo'lish tezligi);

-mehnat resurslari bozori.

Bizning fikrimizcha, keltirilgan tasniflar, korxona innovatsion faoliyatiga ta'sir ko'rsatuvchi omillarning faqatgina kichik bir qismini qamrab olgan. Shuni ta'kidlash joizki, ilmiy adabiyotlarda innovatsion faoliyatga bevosita ta'sir o'tkazuvchi omillar aniqlangan emas.

Tadqiqotimizning asosiy maqsadi korxona innovatsion faoliyatira ta'sir ko'rsatuvchi omillarni tasniflash asosida sanoat korxonalari faoliyatini mintaqa iqtisodiyoti samaradorligiga ta'sirini aniqlash. Fikrimizcha, korxona innovatsion faoliyatiga ta'sir ko'rsatuvchi omillarni bir qator belgilariga ko'ra tasniflash maqsadga muvofiq bo'ladi. Amalga oshirilgan tadqiqotlar natijasida boshqaruvchanlik darajasiga ko'ra korxona innovatsion faoliyatiga ta'sir o'tkazuvchi omillarning quyidagi tasnifiy belgilari taklif qilin mumkin.

Kelib chiqish manbalariga ko'ra, omillar tabiiy-iqlimiy, ijtimoiy, moliyaviy-iqtisodiy, sanoat-texnologik, ilmiy-texnik va tashkiliy-boshqaruv guruhlariga bo'linadi.

Tabiiy-iqlimiy omillar sanoat korxonalari innovatsion faoliyati natijalariga katta ta'sir o'tkazadi. Mintaqada joylashgan sanoat korxonalari innovatsion faoliyati rivojlanishi va innovatsion faoliyatning o'sishiga suv ta'minoti, qulay iqlim, ish sharoitlar va yirik yoqilg'i va xom-ashyo manbalarining mavjudligi katta hissa qo'shadi.

Tabiiy-iqlimiy sharoitning murakkabligi, ishchi kuchining yetishmasligi, ishlab chiqarish kuchlari, transport rivojlanish darajasining pastligi, aksincha korxona innovatsion faoliyati rivojlanishiga to'sqinlik qilishi bilan birgalikda, korxona innovatsion faoliyat darajasiga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi yuqorida keltirilgan muammolar yechimi uchun juda katta mablag' talab qiladi.

Ijtimoiy omillarga demografik vaziyat, ijtimoiy keskinlik darajasi, ishchilarning yashash sharoiti, korxonada sog'lomlashtirish, sport va madaniy xordik ishlarini tashkillashtirish, kadrlarning madaniy, ta'limdagi umumiy darajasi va boshqalarni kiritish mumkin. Bular korxona ishlab chiqarish resurslarining samarali va to'laroq ko'llanishiga, inson kapitalining koorporativ rivojlanishi va shakllanishini ta'minlashga xizmat qiladi.

Moliyaviy-iqtisodiy omillar mablag', xom-ashyo, materiallar bilan ta'minlanganlikni, qo'shimcha mablag'larni jalb qilish imkoniyatlari darajasini aniqlaydi. Innovatsion faoliyatning moliyaviy-iqtisodiy omillarini tadqiq qilish, eng avvalo, korxonaning innovatsion rivojida moliyaviy imkoniyatlarini tadqiq qilish imkoniyatini, kornonaning hozirgi va kelajakdagi moliyaviy holatida innovatsion strategiya rivojlanishining yo'nalishini oldindan ishlab chiqish imkoniyatini beradi.

Sanoat-texnologik omillar korxona ishlab chiqarish resurslari va texnologiyalarining samarali va to'liq foydalanishini aniqlab beradi.

Ilmiy-texnik omillarga ITTKI o'tkazilishi, intellektual mulkning mavjudligini qamrab oladi.

Tashkiliy-boshqaruv omillar tahlili innovatsion infratuzilmaning rivojlanish darajasini, samarali innovatsion menejmentni, innovatsiyalarni amalga oshirishda marketing strategiyasini, innovatsiyalarni moliyalashtirishni tashkillashtirishni, innovatsion faoliyat vazifalariga tashkiliy tuzilmaning mos kelishini aniqlashga yordam beradi.

Bizning fikrimizga ko'ra, innovatsion faoliyatga ta'sir o'tkazuvchi omillarni boshqaruv darajasiga ko'ra ham tasniflash lozim.

Boshqaruv darajasiga ko'ra korxona innovatsion faoliyatiga ta'sir etuvchi omillarni tasniflashda korxonani bevosita yoki bilvosita ta'sir o'tkazuvchi omillarini, shu bilan birgalikda o'zining innovatsion faoliyati darajasini va korxona ta'sir o'tkaza olmaydigan omillarni o'zgartirishini ta'kidlash mumkin.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, boshqaruv darajasiga ko'ra innovatsion faoliyat omillari tasniflanishi korxona innovatsion faoliyati darajasini kengaytirish va baholash maslalarini ko'rib chiqishda eng muhim hisoblanadi.

Innovatsion faoliyatga ta'sir o'tkazuvchi omillar boshqaruv darajasiga ko'ra quyidagicha tasniflash mumkin (1-rasm):

Boshqarilmaydigan omillar (yoki berilgan) - bular, korxona innovatsion faoliyatiga, boshqaruv qarorlarini qabul qilinishiga ta'sir o'tkazmaydigan omillar.

Bilvosita boshqariladigan omillar - bular, korxona innovatsion faoliyatiga ta'siri natijalari boshqaruv qarorlarining qanday qabul qilinishi, tashqi omillar ta'siri bilan bog'liq.

Korxona innovatsion faoliyati rivojlanishiga bilvosita boshqariladigan omillarning ta'siri innovatsion loyihalarga ta'sir o'tkazuvchi moliya institutlarining qabul qiladigan boshqaruv qarorlarini, innovatsiyalar sohasida davlat siyosatining innovatsiyalarni targ'ib etishda manfaatdorlar sanoat tizimlari bilan bog'liq (bank sohasi, davlat investorlar va boshq.).

Innovatsion o miliar

B o shqarilmay di gan

-iqtisodiyotning rivojknish tendensiyalari;

mintaqa: davlatdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat;

- davlatning innovatsion siyosati;

- muayyan bozorlaida raqobatning tavsifi;

iste'mol tizimida baiqaror o'zgarishlai;

- xalqaro laqobat va mehnat taqsimotining taTsiri;

- isteTmol chining to'lov imkoniyatlari.

Bilvosita boshqaiiladigan

- korsona innnovatsion faoliyatini m ohy alashtiruvchi tashkilotlai;

-innovatsi on mahsulot^ talabning mavjudhgi

rusaL

Bevosita boshqaiiladigan

korxonaning sohaga tegishliligi;

- korsona ko'lami;

- korxonaning inson kapitah; -korsonadagi ijtimoiy-ruhiy muhit;

- motivatsiya tizimi;

- erishilgan ishlab chiqarish va texnologik daiaja;

erishilgan ilmiy-texnik daiaj a;

tashkihy boshqaiuv tuzilmalarining innovatsion jar ay on vazifalari bilan muvofiq kelishi; -innovatsion menejment tizimi:

-korxonaning resuislari.

moliya

1-rasm. Innovatsion faoliyat omillarini tasniflash 1.

Bevosita boshqariladigan omillar sirasiga, korxona innovatsion faoliyatiga ta'sir ko'rsatish natijalariga boshqaruv qarorlarinig qabul qilinishi bilan butunlay bog'liq bo'lgan omillarni keltiramiz.

Korxonaning innovatsion faoliyatiga uning sohaga tegishliligi alohida ta'sir o'tkazadi. U aytarli darajada xususiy, mahalliy va xorijiy investorlarni jalb qilishga sharoit yaratadi. Boshqa shu kabi sharoitlarda ham aynan qaysi sohaga tegishlilik omili investitsiyalarni o'ziga jalb qilish ko'lamini oshiradi.

Qashqadaryo viloyatining sanoat mahsulotlari turlari bo'yicha tahlillarni 1-jadvalda ko'rish mumkin.

1-jadval. Qashqadaryo viloyatida sanoat mahsulotlarini turlari bo'yicha ishlab

chiqarish dinamikasi

№ O'zgarishi,%

Ko'rsatkichlar O'lcho 2017 2018 2019 2020 2017y. 2019y.

v birl yil yil yil yil nisbat nisbat

an an

1 Elektroenergiya mln. 13014 13105, 12943, 9658,2 74,2 74,6

1 Muallif ishlanmasi

kv.s 5 7

2 Tabiiy gaz mlrd. m3 36,2 33,7 32,4 2,4 66,3 74,0

3 Neft mln. tn. 0,62 0,56 0,53 0,03 48,4 56,6

4 Gaz kondensati mln. tn. 1,42 1,45 1,4 0,2 14,1 14,2

5 Oltingugurt mln. tn. 0,3 0,25 0,3 - - -

6 Paxta tolasi ming tn. 145,0 118,5 47,0 40,9 28,2 87,0

7 O'simlik yog'i ming tn. 29,4 26,4 9,3 7,6 25,8 81,7

8 Xo'jalik sovuni tonna 106,5 197,0 263,0 103,0 96,7 39,1

9 Omuxta yem ming tn. 97,7 90,3 91,6 36,2 37,0 39,5

10 Asfaltli aralashmalar ming tn. 161,3 111,9 115,0 87,6 54,3 76,1

11 Yig'ma temir-beton ming tn. 316,6 402,6 410,0 20,5 6,5 5,0

12 Noruda material ming tn. 1295,5 1038,2 1200,0 510,6 39,4 42,5

13 Paxta chigiti tonna 213534 ,0 176798 ,0 72206, 0 60676, 1 28,4 84,0

14 Paxta linti tonna 12346, 0 9757,0 3806,0 3858,4 31,2 101,4

15 Polietilen ming tn. 136,4 135,1 134,7 132,7 97,2 98,5

16 Plastmassa quvurlar tonna 4558,9 5095,4 4863,0 4678,5 102,6 96,2

17 Kaliy xlorid ming tn. 168,0 182,4 199,1 210,0 125,0 105,5

18 Kalava ip tonna 11716, 5 24707, 0 25234, 0 26025, 5 222,1 103,1

19 Trikotaj mato tonna 808,0 1541,2 1700,0 1761,0 218,0 103,6

20 Un ming tn. 132,7 130,3 138,8 152,9 115,2 110,1

21 Makaron mahsuloti tonna 4251,5 3463,0 3500,0 756,0 17,8 21,6

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

22 Aroq mahsulotlari ming l. 1888,0 1944,8 1922,6 5664,4 300,0 294,6

23 Vino mahsulotlari ming l. 903,0 920,0 740,3 846,9 93,7 114,4

Manba:Qashqadaryo viloyat statistika boshqarmasi ma'lumotlari asosida hisoblangan.

Jadval ma'lumotlaridan ko'rinib turganidek, viloyatda 2017-2020 yillar davomida viloyatda asosiy turdagi 23 xil turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish dinamikasi notekis bo'lgan. Keyingi 4 yilda mintaqa iqtisodiyotini diversifikatsiyalash natijasi da hamda o'tgan yilda yuz bergan SOVID-19 pandemiyasining salbiy ta'siri ostida mintaqa iqtisodiyotiga katta samara beradigan elektroenergetika, neft-gaz, paxta xomashyosini qayta ishlash, qurilish materiallari

va kimyo sanoati korxonalarining deyarli barchasida yuqori darajadagi pasayish yuz bergan.

O'sish sur'atlari faqat to'qimachilik, oziq-ovqat va sharob-aroq sanoati korxonalarida saqlanib qolgan xolos. Natijada viloyatda 2020 yilda 2019 yilga nisbatan sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 99,7 %ga kamaygan. Iqtisodiyotdagi bunday pasayish tendensiyasi viloyatning respublika iqtisodiyotidagi ulushini ham sezilarli pasaytishiga sabab bo'ldi. Agar qator yillar davomida O'zbekistonning YAIMda viloyat YAHMning ulushi 10 foizdan kam bo'lmagan, keyingi yillarda esa 7 foizdan ortiq bo'lgan bo'lsa, 2020 yilda bu ko'rsatkich 6 foizga tushib qolgan. Ushbu tahlillar viloyatdagi mavjud sanoat korxonalari faoliyatini innovatsion rivojlantirish yo'liga o'tishi dolzarb ekanligini asoslaydi.

Innovatsion faoliyatning shakllanishi va uning darajasiga korxona ko'lami sezilarli ta'sir o'tkazadi. Nisbatan yirikroq korxonalarda ilmiy tadqikot ishlanmalar, innovatsiyalarni amalga oshirish bilan shug'ullanuvchi bo'limlarni yaratish imkoniyati ko'proq. Statistik hisob kitoblarga qaraganda, sanoat ishlab chiqarish tashkilotlarining asosiy ulushini xodimlari soni juda ko'p bo'lgan korxonalar guruhi tashkil etadi. Kam ishchilar soniga ega bo'lgan korxonalar guruhlarining innovatsiyalarning texnologik amalga oshirilishidagi ulushi sezilarli darajada past.

Quyida Qashqadaryo viloyatidagi mavjud sanoat korxonalarining korxona ko'lami va bo'ysunuv darajasi bo'yicha ma'lumotlar tahlilini keltiramiz (2-jadval).

2- jadval. 2020 yilda Qashqadaryo riloyatidagi mavjud s a no at korxotialari guruhlari.

hmi sin^hf Shundan Bo "ysuiLu^i b o "vicha

Hudu d nonj L korsonalar Yirik sanoat hora onalarl Kichik shundan shundan

soill a ano at koruo naJari Mtkrortnna R3spubLika yirik kichik Hududiy yirik kichik

Viloyat bo'yicba J 135 45 97 4 043 102 33 69 4 0S3 12 4 071

1 G'usor 214 3 6 205 6 2 4 214 1 213

2 Dshqonobod 85 1 34 1 1 34 34

3 Qamajhi 221 2 1 214 3 1 7 213 1 212

4 Qarshi 300 2 3 293 3 2 1 297 297

5 Koson 222 5 7 210 9 3 6 213 2 211

6 Eitob 434 1 11 473 4 4 430 1 479

- Mmshlior 103 3 1 109 2 2 101 1 100

3 Muborak 100 4 3 93 5 3 2 95 1 94

9 Xishon 152 3 1 143 4 2 2 143 1 147

10 Kaibi 1S2 1 3 17S 2 1 1 ISO ISO

11 Chiroqchi 333 1 5 332 7 1 6 331 331

12 Shahiisabz 223 2 6 217 5 1 4 220 1 219

13 y aktat'ii?" 377 2 6 369 10 2 3 3<j7 3<j7

14 Qarshi sh. 332 14 31 737 31 11 20 301 j 793

15 Shahrisabz ih 350 1 7 342 5 1 4 345 345

(Manba:Qa£hqadaiyo vilovat stati&tika boEhqarmasima'lumotlari asosida hi&oblangan).

Jadval ma'lumotlaridan ko'rinib turganidek, 2021 yil boshida viloyat bo'yicha jami sanoat korxonalarining soni 4185 tani tashkil qilgan bo'lsa, shundan qarib 97 foizi kichik va mikrofirmalar hissasiga to'g'ri keladi.

Yirik sanoat korxonalari asosan Qarshi shahrida (14), Koson (5), Muborak (4) va G'uzor (3)tumanlarida joylashgan.

Sanoat korxonalarining 97 foizi hududiy bo'ysunuv darajasida. Agar tumanlar kesimida ko'radigan bo'lsak, eng ko'p sanoat korxonasi joylashgan Qarshi shahrida 832ta korxonaning 801 (96,2%) tasi hududga bo'ysunadi. Tumanlarda joylashgan yirik sanoat korxonalarining deyarli barchasi respublika boshqaruvidadir.

Korxona innovatsion faoliyatining ajralmas bir bo'lagi sifatida tashkiliy-boshqaruv faoliyatini shakllantirish uchun tashkiliy tizim boshqaruvi innovatsion jarayon vazifalariga mos kelishi zarur. Ushbu omil quyidagilarni o'z ichiga oladi:

•joriy tashkiliy tuzilmalarning rasmiylashtirilish darajasi;

• alohida xodimlar va bo'linmalarning innovatsion erkinligi;

• maqsadli ishchi guruhlarni shakllantirish imkoniyati;

• tashkiliy tuzilmada innovatsiyalarni qayta ishlash faoliyatini olib boruvchi bo'limlarning mavjudligi;

• tashkiliy tuzilmada korxona innovatsion faoliyatini amalga oshirishni amalga oshiruvchi bo'limlarning mavjudligi.

Korxona innovatsion faoliyatini shakllantirish va yuzaga keltirish jarayonlari boshqaruvi innovatsion menejment tizimi tomonidan amalga oshiriladi.

Koraona moliyaviy гesuгslaгi ko'lami ITTKIni o'tkazish uchun, asosiy fondlami modemizatsiyalash, kadгlarni o'qitish va malakasini oshiгish, faollashtirish, korxona innovatsion faoliyati darajasini oshiгish uchun muayyan tadbiriami o'tkazishga imkon berishi kerak.

Bizning fikrimizcha, tadqiqotning natijalari korxona innovatsion faoliyati darajasini aniqlash va amalga oshirishni amalga oshirishga imkon beruvchi va oqibatda sanoat korxonalari innovatsion faoliyatini baholash usullarini takomillashtiruvchi kompleks ko^satkichlami ishlab chiqishga sharait yaгatib beгadi. Shuningdek, har bir hududdada sanoat koгxonalaгini innovatsion asosda rivojlantirish oгqali qo'shimcha qiymat yaratish mintaqa iqtisodiyotini гivojlantiгishning lokomotivi bo'lib xizmat qiladi.

REFERENCES

1. Т.Г. Философова, В.А. Быков. Конкуренция. Инновации. Конкурентоспособность: учеб.пособие для студентов. 2е изд., перераб. И доп. -М.: ЮНИТИ-ДАНА, 2008. - 295 с.

2. Бовин А. А. Управление инновациями в организации: учеб.пособие /- М.: Омега - Л, 2006. - 415 с. 211-212 с.

3. Абрамов В.И. Методология оценки инновационного потенциала предприятия // Известия высших учебных заведений. Поволжский регион. Общественные науки. - 2012. - №4. - С.130-137.

4. Berdiyev Abdumalik, Erkayeva Gulbahor, other. Measures to Increase the Popularity Of Banking Services. International Journal of Modern Agriculture. Volume 10, No.2, 10 (2), 3943 - 3949. 2021 ISSN: 2305-7246. Получено с http://www.modern-iouгnals.com/index.php/iima/aгticle/view/1269.

5. Kuchkorov G., Erkayeva G., Fayzullayev K. Labor motivation in small business enterprises. American journal of economics and business management. vol. 4, No. 2, 2021. https : //www.google.com/

6. Г.Эркаева, Ж.Исматуллаев. Минтакаларда пандемия инкирозига карши бошкарувни куллаш зарурати ва хусусиятлари https://tsue.scienceweb.uz/index.php/archive/article/download/3905/3172.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.