Научная статья на тему 'YENGIL SANOAT KORXONALARI RAQOBATBARDOSHLIGINI TA’MINLASHDA MARKETING STRATEGIYALARI'

YENGIL SANOAT KORXONALARI RAQOBATBARDOSHLIGINI TA’MINLASHDA MARKETING STRATEGIYALARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

1047
150
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
raqobatbardosh mahsulot / ishlab chiqarish / yengil sanoat / korxona / marketing / strategiya. / competitive product / manufacturing / light industry / enterprise / marketing / strategy.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Shohista Davronovna Haydarova

Maqolada jahon bozorida raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish ko’lami kengaytirishda yengil sanoat korxonalarda marketing strategiyalarini ishlab chiqishning o’ziga xos xususiyatlari haqida fiklar qalamga olingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The article discusses the peculiarities of the development of marketing strategies in light industry enterprises in the expansion of production of competitive products in the global market.

Текст научной работы на тему «YENGIL SANOAT KORXONALARI RAQOBATBARDOSHLIGINI TA’MINLASHDA MARKETING STRATEGIYALARI»

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-98-103

YENGIL SANOAT KORXONALARI RAQOBATBARDOSHLIGINI TA'MINLASHDA MARKETING STRATEGIYALARI

Shohista Davronovna Haydarova

TerDU magistranti E-mail: [email protected]

ANNOTATSIYA

Maqolada jahon bozorida raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish ko'lami kengaytirishda yengil sanoat korxonalarda marketing strategiyalarini ishlab chiqishning o'ziga xos xususiyatlari haqida fiklar qalamga olingan.

Kalit so'zlar: raqobatbardosh mahsulot, ishlab chiqarish, yengil sanoat, korxona, marketing, strategiya.

ABSTRACT

The article discusses the peculiarities of the development of marketing strategies in light industry enterprises in the expansion of production of competitive products in the global market.

Keywords: competitive product, manufacturing, light industry, enterprise, marketing, strategy.

KIRISH

O'zbekistonda jahon standarti talablariga javob beruvchi va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni ta'minlovchi yuqori texnologiyaga asoslangan ishlab chiqarishni tashkil etish, yengil sanoat korxonalarining infratuzilmasini rivojlantirish va innovatsion texnologiyalarni joriy etish hisobiga jahon bozorida raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish ko'lamini kengaytirishning asosiy strategiyasi sifatida ishlab chiqarishning klaster usulidan foydalanishga qaratilgan yangi yo'nalish joriy etilmoqda.

Engil sanoat mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlanishiga katta hissa qo'shib kelayotgan tarmoqlardan biridir. Ushbu sanoat tarmog'ini yanada rivojlantirishning imkoniyatlari kengligini e'tiborga olib, tarmoqning samaradorligini yanada oshirish, xalqaro bozorlarga mos raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish va sanoat brendini butun dunyoga tanitish dolzarb masalalardan hisoblanadi.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-98-103

Raqobatbardoshlik korxonaning barcha turdagi resurslardan foydalanish samaradorligini aks ettiradi. Korxonaning raqobatbardoshligi mutlaq o'lchovga ega emas, u ayrim faoliyatining individual yoki bir necha parametrlari bilan belgilanadi.

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI

Adabiyot manbalarini tahlil qilish shuni ko'rsatdiki, ilmiy qarashlarga qarab, mualliflar korxonalarning raqobatbardoshligiga ta'sir etuvchi omillar majmuini turli yo'llar bilan asoslab berishadi. Raqobatbardoshlik omillari deganda korxonaning ishlab chiqarish-xo'jalik faoliyati va jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy hayotining mutlaq yoki nisbiy o'zgarishiga olib keladigan hodisalar yoki jarayonlar tushuniladi. [1, 96].

Raqobatbardoshlik" tushunchasining iqtisodiy mohiyatini ochib berish uchun uning ta'rifini tahlil qilish kerak.

I.V. Sergeev [2, 25]: "Korxonaning raqobatbardoshligi deganda korxonaning moliyaviy, ishlab chiqarish va mehnat salohiyatidan samarali foydalanish qobiliyati orqali raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish qobiliyati tushuniladi".

M.X. Mescon [3, 199]: "Korxonaning raqobatbardoshligi - bu ma'lum bir firma rivojlanishining, uning tovarlari odamlarning ehtiyojlari va ehtiyojlarini qondirish darajasidagi farqlarni ifodalovchi nisbiy xususiyat, ishlab chiqarish faoliyatining samaradorligi, korxonaning raqobatbardoshligi bozor raqobati sharoitiga moslashish imkoniyatlari va dinamikasini tavsiflaydi.

O. Samodurov [4, 18]: "Korxonaning raqobatbardoshligi - bu korxonaning o'z mahsulotlarini bozorda moliyaviy -iqtisodiy majburiyatlarini, shuningdek, miqdoriy va sifat o'sishini to'liq ta'minlaydigan narxda ishlab chiqish, ishlab chiqarish va sotish qobiliyati. uning salohiyati to'g'risida "

T. Kono: "Korxonaning raqobatbardoshligi quyidagi xususiyatlarning kombinatsiyasidan iborat: korxona egallagan bozor ulushi; korxonaning ishlab chiqarish, sotish va rivojlantirish qobiliyati; yuqori qobiliyat maqsadni amalga oshirish bilan etakchilik aloqasi "[5, 23].

Mamlakatimizdagi tadqiqotchilardan G.A.Bekmurodova raqobatbardoshligini baholashni BSC tizimi asosida raqobatbardoshlik o'sishining tashqi imkoniyatini tavsiflaydigan ko'rsatkichlarga va bankning ichki salohiyatida qo'llaniladigan ko'rsatkichlarga bo'lib tadqiq etgan [5].

M.R.Boltaboev to'qimachilik sanoati korxonalarining raqobatbardoshligini baholashda samarali raqobat nazariyasiga asoslangan marketing strategiyasidan foydalangan, unga ko'ra ushbu usul ekspertlarning bosqichma-bosqich taqqoslash

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 \ ISSUE 11 \ 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-98-103

usuli yordamida aniqlangan raqobatdoshlikning to'rt guruh ko'гsatkichlaгi yoki mezonlari ishlab chiqarish faoliyatini belgilovchi samaradorlik, korxonaning moliyaviy ahvolini belgilovchi samaradorlik, tovarni sotish va bozorda ilgari surishni tashkil qilish samaradorligi hamda tovarning raqobatdoshligiga asoslanadi [6]. I.B.SHaripov va Z.A.Xakimovlar korxonaning operatsion samaradorligiga, innovatsion faoliyatiga, bozor ulushining integral ko^satkichlariga tayangan holda baholashgan [7]. N.G.Akbarov paxta tozalash sanoati korxonalarini taqqosiy reyting usuli asosida paxta tolasining raqobatbardoshligi, bozor ulushi, ichki resurslardan foydalanish darajasi bo'yicha baholash tadqiqotini olib borgan [8].

Tadqiqot metodologiyasi. Raqobatbardoshlikni baholash yordamida korxonada yo'l qo'yilayotgan kamchilik yoki muammoga aniq tashxis qo'yiladi. Muammoni yechish bo'yicha yo^alish^ izlanadi, joriy davrda imkoniyati mavjud bo'lmasa, strategik rejalar tarkibiga kiritiladi. Raqobatbardoshlikni baholash uslubidan foydalanish uchun korxonaning sotish, marketing, buxgalteriya, rejalashtirish bo'limlari, ombori, ishlab chiqarish tsexlari faoliyati yaqindan o'гganildi va ma'lumotto bazasi yig'ildi. To'plangan ma'lumotlar asosida iqtisodiy tahlilning qiyoslash, tizimli yondashuv, mantiqiy yondashuv kabi uslublardan samarali foydalanildi.

TAHLIL VA NATIJALAR

Engil sanoat korxonalari raqobatbardoshligini boshqarish tizimini ishlab chiqishda mahsulotlarning sifati va narxiga katta еЧ^г qaratish zarur. Bunda mahsulotning sifat ko^satkichlariga, ya'ni foydalanishdagi imkoniyatlariga, estetik ko'rinishiga, xizmat muddatiga, mato xususiyatini tez o^gartúmasligiga kabilarga e'tiboг berish zarur.

Engil sanoat korxonalari raqobatbardoshligini boshqarish tizimini ishlab chiqishda korxonalarning umumiy salohiyatidan kelib chiqish zarur, bunda ishlab chiqarish quvvati, jihozlarning texnik darajasi, ishchi-xodimlar malakasi, korxonaning moliyaviy holati, ishlab chiqarish jarayonlarini shakllari va usullariga еЧ^г qaratish kerak. Korxonaning raqobatbardoshligini boshqarish barcha bo'g'inlaráagi boshqaruv jarayonlarini o'z ichiga oladi, jumladan, mahsulot va mehnat sifatini boshqarish, mahsulotni ishlab chiqarish va sotishni boshqarish, narxni boshqarish, xodimlarni boshqarish va boshqalar.

Sanoat korxonalarining bir-biridan raqobat ustunligi bir qator omillar yordamida shakllanishi mumkin, bularga, nomoddiy yoki moddiy resurs, xom-ashyo,

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 \ ISSUE 11 \ 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-98-103

innovatsiya, xarajatlar, ishchi kuchi, texnika-texnologiya, sifat, narx, rentabellik kabilar ta'sú" ko'reatishi mumkin. Korxonalarning raqobatbardoshligini ta'minlash uchun oqilona boshqaruv qarorini qabul qilish, avvalgi tajriba va taxlillarga tayanish xar doim xam samarali bo'lmasligi mumkin. SHuning uchun shunday bir mexanizm ishlab chiqish kerakki, u korxonaning raqobatbardoshligini ta'minlashga katta xizmat qilsin.

Korxonaning raqobatbardoshligini boshqarish tizimi - bu "ichki va tashqi manfaatlar nuqtai-nazaridan kuchli raqobat muhitida xavf soluvchi tahdidlarga munosib javob berish imkoniyati"ni bera oladigan mexanizmdir[9. 32 b]. Korxonaning raqobatbardoshligini boshqarish tizimi bozordagi raqib mahsulotlarga nisbatan ustunlik tomonlarini kengaytirish, farqli ijobiy xususiyatlarini oshirish imkoniyatini beradi. Korxonaning raqobatbardoshligini oshirish uchun nafaqat eng muhim ko^satkichlar va omillarni aniqlash, balki ushbu parametrlarni muntazam ravishda tahlil qilish kerak. Tahlilning asosiy vazifasi bo'lib o^ganilayotgan ob'ektning raqobatbardoshlik darajasi tarkibidagi korxonalarning mutanosibligini aniqlash, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini yaxshilash bo'yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish hisoblanadi. Tahlillar yordamida aniqlangan ma'lumotlami umumlashtirgan holda yoki mahsulotga ko'ra, ekspert baholash, kombinatsion kabi usullar yordamida korxonalarning raqobatbardoshlik darajasi aniqlanadi.

Korxonalarning raqobatbardoshlik darajasiga qarab unga mos marketing strategiya ishlab chiqish yoki takomillashtirish zarur. Yengil sanoat korxonalari raqobatbardoshligini boshqarish jarayonida korxonaning bozordagi haqiqiy darajasini baholash, korxonaning raqobatbardoshligini oshirish vositalarini aniqlash va marketing strategiya ishlab chiqish juda muhim bosqichlar hisoblanadi. Korxonalarning rivojlanish strategiyasini ishlab chiqishda, zamonaviy iqtisodiy sharoitlarda bozorning talablari, ya'ni iste'molchilaming mahsulotga bo'lgan o'ziga xos alohida talablari rivojlanayotganligini inobatga olish juda muhimdir.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Korxona raqobatbardoshligini oshirish borasida marketing strategiyalarni ishlab chiqish maqsadida quyidagi tadbirlarni o'tkazishni tavsiya etamiz:

korxona mahsulotlarining aksariyat qismi eksportga yo'naltirilganligini e'tibo^a olgan holda, eksport bo'limi mutaxassislarida marketing xizmatlari ko'nikmalarini rivojlantirish;

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 j ISSUE 11 j 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-98-103

bugungi kunda reklama faoliyatini takomillashtirish imkoniyatlari ko'pligini e'tibo^a olib ijtimoiy tarmoqlardan samarali foydalanish, korxonaning internetdagi saytini ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar reklamasi, mahsulotlar tavsifi, sifat darajasi, ISO standartlari asosida mahsulot ishlab chiqarilayotganligi kabi ma'lumotlaг bazasi bilan ta'minlash;

korxonani rivojlantirish bo'yicha har bir bo'lim va tsexlarning strategik rejalarini ishlab chiqish;

raqobatbardoshlikni ta'minlash maqsadida ishchi - xodimlar lavozim yo'riqnomalari tarkibini qayta ko'гib chiqish va mahsulot sifat darajasini oshirish bo'yicha talablar kiritish;

buyurtmaga ko'ra mahsulot tayyorlanayotganda ipning turiga mos paxta sortidan foydalanish, qoldiqlardan foydalanmaslik, boshqa sort paxtalarni aralashtirmaslik kabi korxona imijiga salbiy ta'siг ko'reatuvchi omillarni oldini olish bo'yicha ishchi-xodimlar mas'uliyatini oshirish;

sohaga berilayotgan imtiyozlardan samarali foydalangan holda, to'qimachilik sohasida eng ilg^ davlatlardan zamonaviy stanoklar olib kelish va mahsulotlarini ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish zarur.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoevning 2Q16 yil 21 dekabrdagi "2017-2Q19 yillarda to'qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi to'g'risida"gi PQ-2687-sonli qarori.

2. Воронов Д.С. Динамический подход к оценке конкурентоспособности предприятий // Маркетинг в России и за рубежом. 2014, №5. 92-102 б.

3. Томпсон А.А., Стрикленд А.Дж. Стратегический менеджмент: концепции и ситуации. Учебник для вузов. - М.:ИНФРА-М, 2000. 412 б.

4. Данилюк Н.В. Обеспечение конкурентоспособности организаций сферы услуг на основе методов управления качеством: дис. ...канд. экон. наук: Q8.QQ.Q5. - СПб., 2011. - 153 б.

5. Максимова И.В. Оценка конкурентоспособности промышленного предприятия // Маркетинг. - 1996, №3. 33-39 б.

6. Bekmurodova G.A. Tijorat banklari raqobatbardoshligini oshirishning innovatsion marketing kontseptsiyasini takomillashtirish. Dissertatsiya. - T:,TDIU, 2Q17. 49 b.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-98-103

7. Boltabaev M.R. "To'qimachilik sanoati korxonalarining raqobatdoshligini baholash uslubini takomillashtirish" T:,"Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar" ilmiy elektron jurnali. 2011, №1. 1-2 b.

8. SHaripov I.B., Xakimov Z.A. Yengil sanoat korxonalari raqobatbardoshligini baholash uslublarini takomillashtirish. - T:, "Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar" ilmiy elektron jurnali. 2017, №3. 3 b.

9. Чайникова Л.Н., Чайников В.Н. Конкурентоспособность предприятия: учебное пособие. - Тамбов: Изд-во Тамб. гос. техн. ун-та, 2007. - 192 б

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.