Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 4
educational, natural and social sciences 0 ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
UO'K 334.716.4
AVTOMOBILSOZLIK SANOATI KORXONALARIDA XALQARO HARID TIZIMINI TAKOMILASHTIRISH STRATEGIYALARI
Asadov Elyorbek Kandiyarovich «UzautoComponents» MChJ, sektor boshlig'i elyor. [email protected]
Anotatsiya: Ushbu maqolada mamlakatimiz iqtisodiyotining lokomotivlaridan biri hisoblangan avtomobilsozlik sanoatida faoliyat olib boruvchi korxonalarning xalqaro va mahalliy darajada amalga oshiradigan haridlar tizimini takomillashtirishga oid amaliy takliflar berilgan. Ushbu takliflarni amaliyotga joriy etish orqali birinchi navbatda import mahsulotlar uchun valyuta harajatlarini kamaytirish, ma'lum miqdorda mablag'larni iqtisod qilish kabi samaradorlikka erishish imkoniyatlari tug'iladi. Bundan tashqari mahalliy ishlab chiqaruvchilar o'rtasida kooperatsiya aloqalari rivojlanib, mahsulotlarni raqobatbardosh narxlari shakllanishiga olib keladi.
Kalit so'zlar: Halqaro harid, markazlashtirish, bilvosita va bevosita materiallar, harid jarayoni, proaktiv va reaktiv yondashuv
Abstract: This article presents practical recommendations for improving the procurement system of the automotive industry at the global and local level, which is one of the locomotives of our country's economy. By implementing these proposals, first of all, there will be opportunities for achieving efficiency, for example, reducing exchange rate differences for imported products, saving a certain amount of money. In addition, the development of cooperative relations between local producers leads to the formation of competitive prices for products.
Keywords: global procurement, centralization, direct and indirect materials, procurement process, proactive and reactive approach
KIRISH
Bugungi kunda respublikamizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar samarasi natijasida ko'plab yangi tashkil etilayotgan ishlab chiqarish korxonalami ko'rishimiz mumkin. Prezident Shavkat Mirziyoev joriy yilning 13 yanvar kuni mashinasozlik tarmog'ini transformatsiya qilish va sohada raqobatni rivojlantirish masalalari bo'yicha yig'ilish o'tkazdi [1]. Yig'ilishda avtomobilsozlik mamlakatimiz iqtisodiyotining yetakchi yo'nalishlaridan bo'lib, sanoatdagi ulushi 11 foizni tashkil qilishi, shu bilan birga, hisob-kitoblarga ko'ra, ushbu sohada ishlab chiqarishni bir
necha barobar oshirish imkoniyati borligi aytib o'tildi. Bor imkoniyatlardan samarali
716
Scientific Journal Impact Factor
foydalanish, istiqbolda samarali harid mexanizmlarini joriy etish orqali import mahsulotlar qiymatlarini kamaytirish, muqobil yetkazib beruvchilar bilan joriy narxlar yuzasidan muzokalar olib borish kabi chora-tadbirlar amalga oshirish orqali davlat rahbari tomonidan quyilgan vazifalarni samarali tarzda amalga oshirish mumkin bo'ladi.
Harid tizimi bugungi kunda barcha ishlab chiqarish korxonalarining arterial qon tomirlaridan hisoblanadi. Ya'ni, ishlab chiqariladigan mahsulotlarning dastlabki homashyolaridan tortib, to ishlab chiqarish dastgohlarini butlovchi qismlarigacha, qadoqlash materiallarigacha harid qilinadi. Bunda kichik xatolik yoki noto'g'ri qaror katta qiymatda yo'qotishlarga olib kelishi mumkin. Xalqaro xaridlarni amalga oshirish jarayonida quyidagi muammo vaziyatlar yuzaga keladi:
- texnik topshiriq (rus tilida texnicheskaya zadaniya) ya'ni sotib olinishi rejalashtirilgan mahsulot(lar) uchun talabnomani to'g'ri, to'liq va batafsil yoritilmasligi;
- yetkazib beruvchilar ro'yhatini to'liq tuzilmasligi;
- olingan tijoriy takliflarni to'g'ri tekshirmaslik;
Mazkur maqolada avtomobil butlovchi qismlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarning halqaro harid tizimidagi yuqorida qayd etilgan muammoli vaziyatlarni bartaraf etish uchun samarali strategiyalarni tatbiq etish masalalari ko'rib chiqiladi.
MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLARI
Ushbu maqolada xalqaro xarid mexanizmlari bo'yicha xorijiy nashriyotlarda chop etilgan ilmiy maqolalar, "O'zavtosanoat" AJ tizim korxonalarining xaridlar bo'yicha statistik ma'lumotlar hamda turli iqtisodiy adabiyotlarning tahlil usullaridan foydalanilgan. Bunda turli xildagi haridlarni amalga oshirish fenomenlari hamda strategiyalari bo'yicha ilmiy izlanish olib borilgan.
Mavzu yuzasidan manbalarga e'tibor qaratadigan bo'lsak, ushbu mavzu doirasida ko'plab xorijiy olimlarning ilmiy izlanishlari natijalarini ko'rishimiz mumkin, mahalliy darajada esa, unchalik ko'p va batafsil emas. Shuni hisobga olgan holda, mazkur tadqiqotda amaliyot va nazariya orasidagi farqlarni ko'rish mumkin.
Xalqaro harid masalalari bo'yicha P. Baily, V. Farmer [2], M. Karlson [3], S. Koxen [4] kabi horijiy mualliflarning adabiyotlarida ko'plab tadqiqot materiallarini ko'rish mumkin.
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Scientific Journal Impact Factor
Respublikamizdagi avtomobilsozlik sohasida faoliyat olib boruvchi ishlab chiqarish korxonalarining import tovarlarni harid qilish mexanizmlari, shu vaqtgacha olingan tajribalar bo'yicha ma'lumotlar o'rganildi. Olingan hisobotlar statistik tahlil etildi. Asosan yirik qiymatdagi haridlar muammolarining "tub sabab"lari o'rganildi, analitik taqqoslash, ma'lumotlarni guruhlash, ularni bir-biriga solishtirish yo'li bilan statistik qayta ishlash usuli kabi uslublardan foydalanildi. Tadqiqot davomida olingan natijalar asosida mahalliy korxonalarning xalqaro haridlarni amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirish imkoniyati tug'iladi. Bunda esa eng ilg'or tajribalar asosida hulosalar qilish mumkin. Keyingi navbatda esa ushbu tadqiqotni keng qamrovdagi ko'p yillik statistik ma'lumotlarni linear regressiya statistik tahlil metodologiyasi asosida chuqur tahlil qilish rejalashtirilgan.
TAHLIL VA NATIJALAR Bugungi kunda haridorlar va yetkazib beruvchilar globalizatsiya va "Mega raqobat" asrida faoliyat olib bormoqdalar. Import butlovchi qismlar, materiallar, ishlab chiqarish dastgohlari, qolip va texnologik moslamalarni sotib olishda haridor tashkilotlar dastavval "harid strategiyasi"ni tuzadilar. Korxonaning xar qanday qiymatdagi moliyaviy resurslaridan unumli foydalanishning asosiy omillaridan biri bu harid uchun sarflanadigan mablag'larni to'g'ri yo'naltirib, maqsadli sarflashdir. Bunda "harid strategiyasi" tushunchasini batafsil yoritish maqsadga muvofiq bo'ladi. Strategik haridlarni amalga oshirish - ta'minot tizimi va uni boshqarish mexanizmlarini sotib oluvchi haridorning sotib olinayotgan mahsulotlar va xizmatlarga maksimum miqdorda qiymat qo'shilishini ta'minlashdan iborat jarayoni hisoblanadi [5].
Jarayonni boshlash Jarayon tahlili
Strategiyani yaratish
Qanday imkoniyatlar mavjud?
Loyihani amalga oshirish guruhini tashkil etish
Imkoniyat doirasida haridni amalga oshirish chegaralarini aniqlashtirish
ish S
Strategiyani amalga oshirish
Ta'minotchilar menejmenti
Biznes talablari va buyurtmachi hoxishlarini aniqlash
Ta ' minot bozori va harajatlar tahlilini amalga oshirish
Imkoniyat doirasida haridni amalga oshirish tajribalarini aniqlashtirish
Haridni qanday amalga oshirish turlari mavjud?
Ta' minotchilarni shakllantirish va benchmarking mezonlari
Harid strategiyasini shakllantirish
Ta' minotchilarni saralash
Shartnomani
shakllantirish va kelishish
Haridni tasdiqlash va shartnomani tuzish
Ta' minotchilarni saralashni boshlash
Narxlarni arzonlashtirish uslublarini aniqlash
Korporativ ijtimoiy javobgarlikni tashkillash
Scientific Journal Impact Factor
1-maKïï. X,apng ^apaëHHHHHr crpaTeraK acoc^apn (Manôa: EopàueeKap, 2015).
Bozor dinamikasi o'ta o'zgaruvchan bo'ladi. Reja qilingan haridni reja qilingan vaqtda amalga oshirish mumkin deb oldindan to'g'ri bashorat qilish juda muhim vazifa hisoblanadi. Bunda ko'pincha "har ehtimolga qarshi" siyosatini qo'llash to'g'ri yechim bo'ladi. Qilinayotgan bashoratlar faktlar bilan o'zaro mutanosib holda almashtirilsa, bu haqiqiy "reja"ga aylanadi. Bu reja aniq va bir yo'nalishga ega bo'lishi lozim. Yana bir muhim omil bu ko'rsatkichlar, ya'ni harid rejasida qanday qo'rsatkichlar bo'lishi lozim, aynan qaysi ko'rsatkichlar o'ta muhim va katta ta'sirga ega? Aynan shu savollarning javobini bilish ushbu tadqiqotning asosiy mazmuni sanaladi. Iqtisodiyot nazariyasida shunda tushuncha bor "Iqtisodiyot bu -cheklamagan ehtiyojlarni cheklangan resurslar bilan qondirish" [6], aynan xuddi ta'rifni ishlab chiqarish korxonalarining global haridlarini amalga oshirish rejalari uchun qo'llashimiz mumkin. Korxona moliyaviy mablag'lari chegaralangan bo'lib, ko'p hollarda ehtiyoj uchun zarur haridlarni amalga oshirishni ham chegaralaydi. Mavjud moliyaviy resurslardan to'g'ri foydalanib, kerakli mahsulotlarni arzon narxlarda sotib olish esa korxonalarning "harid strategiyasi"ni shakllashiga olib keladi. Ushbu strategiyaning ob'ektlari bo'lib quyidagilar sanaladi [7]:
> Harajatlarni tejash;
> Ta'minotchilarning yetkazib berish muddatlarini kamaytirish va yetkazib berish imkoniyatlarini oshirish;
> Yangi ta'minotchilar va hamkorlar ro'yhatini shakllantirish;
> Zahiralarni miqdorini kamaytirish;
> Ehtiyojlarni boshqarish usullari va modellarini shakllantirish;
Harid strategiyasini tuzishda ta'minot tizimining iqtisodiy tebranishlarga mos ravishda olib borilayotganligi, sotib olinayotgan mahsulot yoki xizmatning aynan rejalashtirilgan vaqtda bozorda mavjudligi hamda bozor qiymatining qanchaligini nazorat qilib borish lozim. Bunda kerakli mutaxassislar kerakli vaqtda kerakli joyda bo'lishi juda muhim hisoblanadi. Ishlab chiqarish korxonalarining xalqaro harid amaliyotini quyidagicha tashkil etish mumkin [8]:
> Korxona halqaro haridni amalga oshirish bo'yicha dastlabki texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqadi;
> Bozorni tahlili asosida tadqiqot o'tkazish hamda potensial yetkazib beruvchilarga buyurtma shartlarini yuboradi;
> Potensial yetkazib beruvchilardan tijoriy takliflarini oladi va ularni o'rganib chiqib, texnik nazoratdan o'tkazadi hamda ta'minotchi korxonani tanlaydi;
Scientific Journal Impact Factor
> Ta'minotchi korxonani buyurtmani shartnomada belgilangan muddatlarda, talab etilgan sifat darajasida bo'lishini va shartnomada ko'rsatilgan yetkazib berish shartlari asosida olib kelinishini nazorat qiladi.
Yuqorida aytib o'tilgan tartibni harid amaliyoti deb atadik. Navbatda quyidagi savol tug'iladi, potensial ta'minotchi yoki yetkazib beruvchilarni qaysi manbaalar orqali topish yoki shakllantirish mumkin? Bu savolning javobi sifatida quyidagi ro'yhatni keltirish mumkin bo'ladi [9]:
> Sanoat va savdo jurnallari;
> Horijiy kompaniyalarning yillik moliyaviy hisobotlari;
> Savdo konsultantlari;
> Ko ' rgazma va yarmarkalar;
> Korxonaning horijiy hamkorlari;
Ishonchli ta'minotchilar ro'yhatini doimiy boyitib borish orqali korxona hodimlari o'zining halqaro haridlar uchun sarflayotgan vaqt va resurslarini sezilarli darajada kamaytirishiga erishishlari mumkin bo'ladi.
O'zbekistonning yirik ishlab chiqarish tarmoqlaridan biri bo'lgan avtomobilsozlik tizimida butlovchi qismlar yetkazib beruvchi 30ga yaqin korxonalar, avtomobil va tijorat texnikalari ishlab chiqaruvchi 3ta yirik zavod faoliyat olib boradi [10]. Yengil avtomobillarning mahalliylashtirish darajasi modellar turiga qarab o'rtacha 60-70%ga yetadi. Bundan xulosa shuki, 30-40% butlovchi qismlar horijdan import kilinadi. Bunda turli kimyoviy moddalar va metal xomashyolardan tortib murakkab elektron sxemalargacha bo'lgan ro'yhatni tuzish mumkin. Bu ro'yhatga ishlab chiqarish dastgohlari va konveyerlaning ham butlovchi qismlarini kiritish kerak. Har bir avtomobil yoki tijorat texnikalarini ishlab chiqarish rejasini tuzishda avvalambor omborlardagi butlovchi qismlarning zaxira miqdorlari va ishlab chiqarish liniyalarning soz holatda bo'lishligi asos qilib olinadi. Demak horijdan import qilinayotgan barcha mahsulotlarni o'z vaqtida va talab qilingan sifat darajasida olib kelish uchun korxonaning harid strategiyasini tuzish juda muhim faktor hisoblanadi.
Avtomobilsozlik tizim korxonalarida harid strategiyasini tuzish uchun quyidagi xulosalarni berish mumkin:
1. Yil davomida doimiy ravishda lekin turli vaqtlarda sotib olinadigan mahsulotlar ro'yhatini tuzish va markazlashgan holda sotib olish. Bunga misol tariqasida kanselyariya mahsulotlari va xo'jalik mollari, ishlab chiqarish dastgohlarining butlovchi qismlarini keltirib o'tish mumkin.
Scientific Journal Impact Factor
2. Yirik miqdorda va qiymatdagi haridlarni sotib olish rejasini belgilangan muddatdan 5-6 oy ilgari tuzish. Bunda potensial yetkazib beruvchilar ro'yhatini tuzishga, potensial yetkazib beruvchilardan olingan tijoriy takliflarni batafsil va to'liq texnik ko'rikdan o'tkazishga hamda muzokaralarni professional tarzda o'tkazish orqali sotib olinayotgan mahsulot narxini arzonlashtirishga, tomonlar uchun o'zaro manfaatli shartnomani shakllantirish va tuzishga erishish mumkin bo'ladi.
Bundan tashqari korxonalarda harid bo'yicha faoliyat yuritadigan strukturalarni ham to'g'ri tashkil etilganligi muhim omillardan biri hisoblanadi. Chunki jaxon avtomobilsozlik amaliyotida haridlar 2 turga bo'linadi: bevosita va bilvosita.
Bevosita materiallar haridi bu - ishlab chiqarilayotgan avtomobil yoki tijorat texnikasi uchun to'g'ridan to'g'ri yetkazib beriladigan butlovchi qismlar, ya'ni avtomobil yoki tijorat texnikasining butlovchi qismi. Misol uchun oynalar, rul chambaragi yoki g'ildirak shinalari. Bunday mahsulotlar haridi unchalik murakkab jarayon emas, lekin juda muhim hisoblanadi. Chunki bu mahsulotlarga muxandislik talablari o'ta yuqori bo'lib, layoqatli yetkazib beruvchilarni topish juda qiyin vazifadur. Bundan tashqari ko'plab butlovchi qismlarda horijiy kompaniyalarning mualliflik huquqlari mavjud bo'lib, bu yetkazib beruvchilar ro'yhatini sezilarli darajada kamaytiradi. Shuning uchun bevosita materiallar harid strategiyasini tuzishda mas'ul hodimlar harid qilinishi rejalashtirilayotgan mahsulotga bo'lgan muhandislik va sifat talablarini yaxshi bilishlari talab etiladi.
Bilvosita haridlar bu - avtomobil va tijorat texnikasiga to'g'ridan to'g'ri yetkazib berilmaydigan barcha mahsulotlar va hizmatlar. Ushbu haridni quyidagi turlarga ajratish mumkin: Mashina va dastgohlar, informasion texnologiyalar, xizmat ko'rsatish turlari va xo'jalik mollari. Bunday mahsulotlar harid rejasini tuzishda, avvalo ko'p sonli yetkazib beruvchilar ro'yhatini tuzish va narx belgilashda raqobat muhitini shakllantirish juda muhim vazifa hisoblanadi.
Bu turdagi harid jarayonida korxona hodimlaridan proaktiv yondashuv, ya'ni oldindan ko'ra bilish, to'g'ri tahmin qilish malakasiga ega bo'lish ham talab etiladi.
Bundan tashqari harid qilinayotgan mahsulot turini tannarxini hisoblash ya'ni narx muhandisligi (ingliz tilida cost engineering) tushunchasi mavjud bo'lib, bu mahsulotga sarflangan homashyo va qo'shilgan qiymat harajatlarini taxminiy hisoblash metodikasi sanaladi. Bu metodikani ta'minotchi korxona bilan muzokaralar davomida qo'llash va narx kelishuvida ma'lum samaraga erishish mumkin.
XULOSA
Scientific Journal Impact Factor
Mazkur ilmiy maqola tadqiqoti yuzasida quyidagi xulosalarni ilgari surish mumkin:
1. Korxonalarda barcha turdagi haridlarni tartibga soluvchi "Harid siyosati" yoki "Harid strategiyasi"ni tuzish va korxona rahbari tomonidan rasmiy hujjat sifatida tasdiqlash;
2. "Harid siyosati" yoki "Harid strategiyasi"ni amalga oshiruvchi hodimlar strukturasini to'g'ri tashkil etish;
3. Yirik va katta qiymatdagi haridlarni amalga oshirishda avvalo to'g'ri hamda to'liq "texnik shart"larni shakllantirishni amaliyotga tatbiq etish;
4. Barcha davlatlar va kompaniyalarni o'z ichiga olgan "etkazib beruvchilar" ro'yhatini shakllantirish;
5. Doimiy ravishda soha yuzasidan yangiliklarni kuzatib borish;
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI(REFERENCES)
1. Mirziyoyev Sh.M. O'zbekiston mashinasozlik sanoatini tranformatsiya qilish va sohada raqobatni rivojlantirish masalalari bo'yicha videoselektor yig'ilishidagi nutqi // president.uz, 2021 yil 13 yanvar.
2. R. Baily, V. Farmer, V. Crocker, D. Jessop, D. Jones, Procurement Principles and Management, 10 Edition, Pearson Education Limited, England, 2008, pp. 32-34.
3. M. Carlsson, Strategic Sourcing and Category Management, Lessons learned at Ikea, Kogan page limited, 2015, pp. 47-48.
4. S. Kohen, J. Roussel, Strategic Supply Chain Management, Second Edition, The five disciplines for top performance, New York, McGraw-Hill, 2013, pp. 25-26.
5. F. Sollish, J. Semanik, Global Sourcing Best Practices, John Wiley & Sons, USA, 2011, p.1.
6. L. Robbins, Essay on the Nature and Significance of Economic Science, Macmillan And Co., Limited, 1945, p. 31.
7. F. Sollish, J. Semanik, Global Sourcing Best Practices, John Wiley & Sons,USA, 2011, pp. 4-5.
8. F. Sollish, J. Semanik, Global Sourcing Best Practices, John Wiley & Sons,USA, 2011, pp. 16-17.
9. P. Rasmussen, How to Implement a Successful Global Sourcing Strategy, 2018.
[elektron resurs], URL: https://news.ewmfg.com/blog/how-to-implement-a-successful-global-sourcing-strategy
10. "O'zavtosanoat" AJning rasmiy vebsayti, [elektron resurs], URL:
https://uzavtosanoat.uz/struktura-i-strategiya-razvitiya-kompanii.html