SANOAT KORXONALARIDA INNOVASION FAOLIYATNING RIVOJLANISH
Feruza Asimova
Toshkent davlat texnika universiteti Asimovaferuza71 @gmail.com
Annotatsiya. Maqolada O'zbekiston sanoat korxonalari innovatsion boshqaruvining rivojlanish ko'rsatkichlari baholangan. Shuningdek, sanoat korxonalari innovatsion boshqaruvini amalga oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi tahlil etilgan, uning o'ziga xos xususiyatlari va mavjud muammolari aniqlangan. Uzoq muddatli istiqbolda mamlakatimiz sanoat korxonalari innovatsion boshqaruvi samaradorligini oshirishda ilg'or xorij tajribasidan ijodiy foydalanish imkoniyatlariga oid ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Jahondagi rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko'rsatadiki, iqtisodiyotda innovatsiyalar keng joriy etilishi xalqaro miqyosdagi raqobatbardoshlikni oshirib, barqaror rivojlanish uchun mustahkam zamin yaratadi.
Kalit so'zlar: innovatsiya, boshqaruv, innovatsion boshqaruv, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalari (ITTKI), axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT), yuqori texnologik mahsulot, innovatsion faoliyat, innovatsion ixtisoslashuv, maxsulot diversifikatsiyasi.
DEVELOPMENT OF INDICATORS OF INNOVATION ACTIVITY AT
INDUSTRIAL ENTERPRISES
Feruza Asimova
Tashkent State Technical University Asimovaferuza71 @gmail.com
Abstract. The article assesses the development indicators of innovative management of industrial enterprises in Uzbekistan. The organizational and economic mechanism for the implementation of innovative management of industrial enterprises is also analyzed, its features and existing problems are identified. In the long term, scientific proposals and practical recommendations have been developed regarding the possibilities of creative use of advanced foreign experience in improving the efficiency of innovative management of industrial enterprises in our country. The experience of the developed countries of the world shows that the widespread introduction of innovations in the economy increases international competitiveness and creates a solid foundation for sustainable development. Keywords: innovations, management, innovation management, scientific research and experimental development (ITTC), information and communication technologies (ICT), science-intensive products, innovation activity, innovative specialization, product diversification.
DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.8379240_
KO'RSATKICHLARI
Kirish. Jahonda innovatsion omillar hisobiga barqaror iqtisodiy rivojlanishni ta'minlash borasidagi tajribalar asosida zamonaviy sanoat tarmoqlarining innovatsion faolligi hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar (ish, xizmat) raqobatbardoshligini oshirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shuningdek, ishlab chiqarish korxonalarida innovatsion faoliyat samaradorligini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi, ishlab chiqarish tizimida innovatsiya tasnifi va innovatsion jarayonlar xususiyatlari, korxonalarning innovatsion rivojlanish strategiyasi va innovatsion loyihalarni baholash usullari, sanoatning fan sig'imi yuqori tarmoqlarida innovatsion faoliyat samaradorligini oshirishning konseptual yo'nalishlarini tadqiq etish bu boradagi muhim ilmiy yo'nalishlarni namoyon etmoqda. O'zbekistonda iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlari, jumladan, sanoat tarmog'ini jadal rivojlantirishga e'tibor qaratilmoqda. Sanoat korxonalarini yuqori darajadagi zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlash, ularni ishlab chiqarishga tatbiq etish orqali innovatsion iqtisodiyotga o'tish bo'yicha katta sa'y-harakatlar amalga oshirilmoqda. Bu borada «...barqaror iqtisodiy o'sishning eng muhim garovi - raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqarish, ular uchun yangi xalqaro bozorlar topish va eksportni ko'paytirish, tranzit salohiyatidan to'liq foydalanish hisoblanadi». Mazkur vazifalarni hal etishda sanoat ishlab chiqarishi tizimida innovatsion faollikni oshirish, innovatsion-investitsion faoliyatni amalga oshirish tendensiyalari va ustuvor yo'nalishlarini aniqlash, innovatsion loyihalar samaradorligini baholash, korxonalarda innovatsion faoliyatni amalga oshirishning moliyaviy mexanizmini takomillashtirish singari yo'nalishlarda ilmiy tadqiqotlarni chuqurlashtirish alohida ahamiyat kasb etadi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli «O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida», 2017 yil 29 noyabrdagi PF-5264-sonli «O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etish to'g'risida», 2018 yil 22 yanvardagi PF-5308-sonli «20172021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasining «Faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to'g'risida»gi farmonlari, 2018 yil 7 maydagi PQ-3698-sonli «Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi qarori hamda mazkur sohaga tegishli boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda mazkur maqola muayyan darajada xizmat qiladi.
Adabiyotlar tahlili va metodlar. Innovatsiyalar asosida sanoat korxonalari samaradorligini oshirish, uning nazariy va amaliy jihatlari xorijlik iqtisodchi olimlar R.Solou, B.Santo, A.Smit, S.Kuznets, Y.Shumpeter, P.Sorokin, F.Arora va A.Gambardella, K.Makkonel, S.Bryu, P.Draker, B.Tviss va boshqalarning ilmiy asarlarida atroflicha tahlil qilingan3. MDH mamlakatlari olimlari A. Bogatbirev, N.Kondratev, Yu.Yakovets, Tugan-Baranovskiy, O.Belokrbilova, S.Fatxutdinov, S.Glazev va boshqalar tomonidan innovatsiyaga asoslangan iqtisodiyotga o'tishning zarurligi, mohiyati va ustuvor yo'nalishlari tadqiq etilgan.
Milliy iqtisodiyot barqaror rivojlanishini ta'minlashda, jumladan, innovatsion
DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.8379240_
www.srt-journal.uz
omillarning ayrim nazariy jihatlarini o'zbekistonlik olimlar A.V.Vaxabov, H.P.Abulqosimov, T.S.Rasulov, N.M.Maxmudov, D.N.Akabirova, A.M.Qodirov, A.T.Axmedova, N.R.Alimova, A.R.Yoqubjonov, Z.T.Gaibnazarova, Sh.E.Sindarov, U.A.Madrahimov, O.X.Xamirayev va boshqalar ilmiy asarlarida tadqiq etilgan. Ta'kidlash kerakki, yuqorida qayd etilgan iqtisodchi olimlarning ilmiy asarlarida sanoat korxonalarida innovatsion faoliyatni rivojlantirish asosida uning samaradorligini oshirish mexanizmlari tadqiqot ob'ekti sifatida atroflicha o'rganilmagan. Iqtisodiyotning innovatsion rivojlanishi sharoitida sanoat korxonalarida innovatsion faoliyatni rivojlantirish samaradorligini oshirish bilan bog'liq tadqiqotlar yetarli darajada emasligi mazkur mavzuda chuqur ilmiy-uslubiy izlanishlarni amalga oshirishni taqozo etadi.
Natijalar. Bugungi kunda jahon mamlakatlarida iqtisodiy o'sishning barqarorligini ta'minlashga qaratilgan davlat siyosatida sanoat korxonalari boshqaruvi amaliyotiga innovatsion loyihalarni joriy etish orqali yangi iste'mol qiymatlarini yaratish, sanokt korxonalarining ishlab chiqarish samaradorligini, ularning moliyaviy barqarorligini ta'minlash, shuningdek, milliy iqtisodiyot tarmoqlarining global raqobatbardoshligi va innovatsion rivojlanish indeksi ko'rsatkichlarini oshirishga ustuvorlik qaratilib kelinmoqda.
Sanoat korxonalarini innovatsion loyihalarni amaliyotga joriy etilishi korxonaning iqtisodiy samaradorlikka erishishi uchun muayyan darajada xizmat qiladi. Tahlillarga ko'ra, so'nggi yillarda mamlakatimizda mahsulotga doir innovatsiyalarni amaliyotga joriy etgan korxonalarda yollanma ishchilarning jon boshiga ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi innovatsiyalarni joriy qilmagan korxonalarga nisbatan o'rta hisobda 12 mln. so'mga, boshqaruvga oid innovatsiyalarni joriy qilgan korxonalarda esa 26 mln. so'mga, innovatsiyalarni amaliyotga jori y qilishda tashqi bilimlarni o'zlashtirgan korxonalarda esa 19 mln. so'mga, innovatsiyalarni joriy etishda ichki va tashqi imkoniyatlardan samarali foydalanish hisobiga 44 mln. so'mdan ishlab chiqarish hamji ortganligi aniqlandi (1 -jadvalga qarang). Ushbu holat innovatsion boshqaruv amaliyotiga ega bo'lgan korxonalarda an'anaviy boshqaruvga ega bo'lgan korxonalarga nisbatan iqtisodiy samaradorlik ko'rsatkichi sezilarli darajada baland bo'lishidan dalolat beradi.
1-jadval
2018-2020 yillarda O'zbekiston sanoat korxonalarida ishlab chiqarish samaradorligi ko'rsatkichi (yollanma hodimlarning jon boshiga to'g'ri keluvchi ishlab
chiqarish hajmi, mln. so'mda)
Innovatsiya joriy qilmaganlar Innovatsiya joriy qilganlar Farqi, mln. so'mda
Mahsulotga doir innovatsiyalar 55 76 12
Boshqaruvga oid innovatsiyalar 55 81 26
ITTKIga xarajat qilganlar 57 88 31
Tashqi amaliy bilimlarni o'zlashtirganlar 57 76 19
DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.8379240
Innovatsion loyihani joriy etishda korxona ichki imkoniyatlaridan foydalanganlar 54 98 44
Innovatsiyalarni joriy qilishda tashqi ekspertlar va fikrmalar xizmatlaridan foydalanganlar 56 100 44
Mamlakatimizda sanoat korxonalari innovatsion boshqaruvini tashkil etishning o'ziga xos xususiyatlari tahliliga ko'ra, innovatsion faoliyat bilan shug'ullanuvchi korxonaning ko'lami ortib borgani sari, uning innovatsion faolligi ham mos ravishda ortadi. Statistik ma'lumotlar tahliliga ko'ra, so'nggi yillarda mamlakatimiz milliy iqtisodiyoti tarmoqlarida xo'jalik faoliyati yurituvchi kichik korxonalarning 28 foizi, o'rta korxonalarning 30 foizi, yirik korxonalarning esa 32 foizi mahsulotga doir innovatsiyalarni o'z amaliyotiga joriy etishgan bo'lsa, boshqaruvga oid innovatsiyalar mos ravishda kichik korxonalarda 14 foizni, o'rta korxonalarda 19 foizni, yirik korxonalarda bo'lsa 22 foizni tashkil etgan.
2-jadval
2018-2020 yillarda O'zbekistonda korxonalarning ko'lami bo'yicha
Mahsulot bo'yicha innovatsiya Boshqaruv bo'yicha innovatsiya Ilmiy tadqiqot ishlari Tashqi bilim Ichki imkoniyat Tashqi imkoniyat
Kichik korxona 28 14 4 7 10 4
O'rta korxona 30 19 9 11 14 8
Yirik korxona 32 22 15 13 22 13
Amalga oshirilgan tadqiqotlarimiz asosida mamlakatimizda sanoat korxonalari innovatsion boshqaruvi amaliyotini rivojlantirish, jumladan, ularning innovatsion faolligini oshirishga ustuvorlik qaratilishi zaruriyati mavjudligi anglatadi.
Muhokama. Amalga oshirilgan tadqiqotlarimiz asosida mamlakatimizda sanoat korxonalari innovatsion boshqaruvi amaliyotini rivojlantirish, jumladan, ularning innovatsion faolligini oshirishga ustuvorlik qaratilishi zaruriyati mavjudligi anglatadi. Sanoat korxonalari innovatsion boshqaruvini tashkil etishning ilg'or xorij tajribasi qiyosiy tahili qilish asosida mamlakatimizda sanoat korxonalari innovatsion boshqaruvini qo'llab-quvvatlashning iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish lozim deb hisoblaymiz.
Xududlarda innovatsion faoliyat bilan shug'ullanuvchi sanoat korxonalari uyushmalarini tashkil etilishi orqali innovatsiyalarni o'zaro uzatish teziligini oshirish bilan bir qatorda, korxonalar o'rtasidagi innovatsion hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish imkonini beradi. taklif etilayotgan mexanizm asosida hududiy sanoat korxonalari uyushmalari quyidagi vazifalarni bajarishi lozim bo'ladi:
- sanoat korxonalari tomonidan innovatsion loyihalarni amaliyotga joriy etish; DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.8379240
YENGIL SANOAT TARMOQLARI ЛЕГКАЯ ПРОМЫШЛЕННОСТЬ LIGHT INDUSTRIES
- sanoat korxonalari o'rtasida innovatsion loyihalarni amalga oshirish bo'yicha hamkorlikni shakllantirish;
- sanoat korxonalari o'rtasida innovatsiyalarni o'zaro uzatishni jadallashtirish;
- innovatsion marketing tadqiqotlarini o'tkazish;
- yangi innovatsion loyihalarga bo'lgan talablarni shakllantirish;
- sanoat korxonalari innovatsion faoliyatini rivojlantirishda ichki va tashqi imkoniyatlardan foydalanish samaradorligini oshirish.
Xulosa. Yuqorida taklif etilgan sanoat korxonalari innovatsion boshqaruvi samaradorligini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini amaliyotga joriy etish orqali uzoq muddatli istiqbolda mamlakatimiz sanoat korxonalarining innovatsion faolligi darajasi ortib, innovatsiyalarni amaliyotga joriy etish imkoniyatlari kengayadi. Shuningdek, sanoat korxonalarining innovatsion faoliyatini qo'llab-quvvatlashning dasturlarining samaradorligi ko'rsatkichlari ortib, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning xalqaro bozorlardagi raqobatbardoshligi ko'rsatkichlari yaxshilanadi.
ADABIYOTLAR RO'YXATI
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2019-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF5544-son Farmoni, 21.09.2018 y. https://lex.uz/ru/docs/3913188
2. Mirziyoyev Sh.M. Oliy majlisga murojaatnomasi https://uza.uz/uz/posts/zbekistonrespublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyeevning-oliy-25-01-2020
3. Shumpeter y. Teorii ekonomicheskogo razvitiya. / Y. Shumpeter. - M.: Ekonomika, 1995y. - 540 s.
4. Dandon E. Innovatsii: kak opredelyat tendensii i izvlekat vbigodu / E. Dandon. - M. : Vershina, 2006. - 304 s.
5. Xramsova N.A., Axmatova A.A. Teoreticheskiye osnovbi upravleniya innovatsionnoy deyatelnosti predpriyatiya. // Strategii biznes / Elektronnbiy nauchno-ekonomicheskiy jurnal. № 10 (54). 2018. S. 18-22.
6. Zaynuddinov Sh.N., Rasulov N.M. Innovatsion menedjment (darslik). -T.:"Innovatsion rivojlanish nashriyot-matba uyi", 2020. - B.540.
7. Mamadaliyev A.A. Iqtisodiyotni boshqarishda inson omilini faollash-tirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmidan foydalanishni takomillashtirish. (PhD) diss. avtoref. -T.: 2017. - B.28.
DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.8379240