MAMLAKATDAINNOVATSIYALARGA ASOSLANGAN IQTISODIYOTNING AHAMIYATI VA ZARURLIGI
In'omjon Ozodovich Madaminov
Toshkent gumanitar fanlar universiteti o'qituvchisi, PhD iomadaminov@list. ru
ANNOTATSIYA
Ma'lumki, har qanday bozor iqtisodiyoti sharoitida innovatsiyalarning ahamiyati juda katta. Shuning uchun ham respublikamizda ushbu yo'nalishda qator ishlar amalga oshirilmoqda. Innovatsilarning ahamiyatli ekanini anglash va ularning milliy iqtisodiyot rivojlanishi uchun asos ekanligini chuqur anglamoq zarur. Chunki mamlakatimizda innovatsion faollikka qaratilgan moliyaviy-iqtisodiy jarayonlarni jadallashtirish borasida qator vazifalar belgilab olingan. Aynan ushbu vazifalar maqola mavzusining dolzarbligini belgilab beradi.
Kalit so'zlar: innovatsiya, milliy itisodiyot, bilimlar iqtisodiyoti, innovatsion infratuzilma, innovatsion jamg'arma, ilmiy-texnikaviy ishlanma, moliyaviy-iqtisodiy jarayonlar, innovatsin tovarlar, moliyaviy resurs.
ABSTRACT
It is known that innovations are very important in any market economy. That is why a number of works are being carried out in this direction in our republic. It is necessary to realize the importance of innovations and deeply understand that they are the basis for the development of the national economy. Because in our country a number of tasks have been set to accelerate financial and economic processes aimed at innovation. It is these tasks that determine the relevance of the topic of the article.
Keywords: innovations, national economy, knowledge economy, innovation infrastructure, innovation fund, scientific and technological development, financial and economic processes, innovative goods, financial resource.
KIRISH
Jahonda rivojlangan davlatlar tajribasidan ma'lumki, milliy iktisodiyotning eng muhim va dolzarb masalalaridan biri-bu moliyaviy barqaror va innovatsiyalarga asoslangan bozorni barpo qilish hisoblanadi. O'zbekiston mustaqillikning ilk kunlaridanoq milliy iqtisodiyotni rivojlantirish borasida qator yo'nalishlarni belgilab oldi. Chunki moliyaviy-iqtisodiy yuksaklikka intilayotgan mamlakatlar moliya bozorida va
May, 2023
32
iqtisodiyotida innovatsiyalarning zarurligi barchaga ma'lum. Ma'lumki, innovatsiya-fuqarolik muomalasiga kiritilgan yoki shaxsiy ehtiyojlar uchun foydalaniladigan, qo'llanilishi amaliyotda katta ijtimoiy-iqtisodiy samaraga erishishni ta'minlaydigan yangi ishlanma hisoblanadi. Dunyoda hozirgi kunda sodir bo'layotgan jarayonlar qator mamlakatlarda davlat qarzining oshishi, ishsizlik muammosining xalqaro miqyosda keskinlashuvini yuzaga chiqarmoqda. Bunday sharoitda mamlakatlar o'z iqtisodiyoti barqarorligini saqlab qolishga urinishi tabiiy. O'zbekiston ham bu borada belgilangan siyosatni izchil davom ettirishi lozim. Aytish mumkinki, jahon amaliyotida moliyaviy mablag'larni jalb etishning turli xildagi innovatsion manbalari aniqlangan.
Prezidentimiz tomonidan ta'kidlanganidek, "...birorta hududni ham, tarmoqni ham zamonaviy ilm va bilimlarsiz rivojlantirib bo'lmaydi. Taraqqiy etgan mamlakatlarda yalpi ichki mahsulotning 50 foizidan ortig'i "bilimlar iqtisodiyoti" hisobidan, ya'ni, innovatsiyalar va yuqori malakali kadrlar tomonidan yaratilayotgani buni yaqqol isbotlamoqda" (Prezident murojaatnomasi, 2020).
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Mamlakat taraqqiyotining zamini hech shubhasiz, ilm-fan va innovatsiyalardir. Buning asosiy shartlaridan biri esa innovatsion infratuzilmaning mavjudligidir. Innovatsion infratuzilma-innovatsion faoliyatni moddiy-texnik, moliyaviy, tashkiliy-uslubiy, axborot, konsultativ va boshqa jihatdan ta'minlaydigan korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, mulkchilikning istalgan shaklidagi ular birlashmalarining majmui hisoblanadi.
Yozef Shumpeter innovatsiyalarni quyidagi konsepsiyalarga ajratadi:
-I- iste'molchilarga hali tanish bo'lmagan yangi mahsulot yoki mahsulotning yangi sifatini yaratish;
-I- sanoatning ushbu sohasida hali sinab ko'rilmagan, yangi ilmiy kashfiyotga asoslanmagan va tovarlarning tijorat aylanishining yangi shaklidan iborat bo'lishi mumkin bo'lgan yangi ishlab chiqarish usulini yaratish;
-I- yangi bozorning ochilishi, ya'ni ushbu bozor ilgari mavjud bo'lgan yoki bo'lmaganligidan qat'iy nazar mamlakatda savdo qilmagan bo'lishi lozim;
-I- ilgari mavjud bo'lgan yoki yangidan yaratilgidan qat'iy nazar ishlab chiqarish omillarining yangi manbasini kashf qilish;
-I- monopoliyaga erishishga harakat qilayotgan yoki monopol korxonani yo'q qilish uchun yangi sanoat tashkilotini yaratish.
Ma'lumki, Global innovatsiyalar indeksi (Global Innovation Index, GII) 2007 yildan beri Butunjahon intellektual
May, 2023
33
mulk tashkiloti va uning hamkorlari tomonidan hisoblab chiqiladi. Ko'rsatkich turli jihatlarni, jumladan, to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar oqimi, yalpi ichki mahsulot hajmi, infratuzilma, inson kapitali, fanning rivojlanish darajasi va boshqa omillarni hisobga oladi. So'ngi yillarda mamlakatimizda bu borada qator salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 2022 yil uchun Xalqaro global innovatsion indeks reytingi natijalari bo'yicha O'zbekiston reytingda yuqori natijalarni qayd etdi.
Innovatsiya jarayoni ma'lum bir davrni o'z ichiga qamrab olib yangilikni yaratishda ifodalanishi uning iqtisodiy samaradorligi bilan bog'liqdir. Chunki innovatsiya strategiyasi ishlab chiqarish jarayonida yangi fan-texnika yutuqlarini qo'llash asosida raqobatchi subyektlarga nisbatan yuqoriroq iqtisodiy salohiyatga ega bo'lishida ifodalanadi. Shuni ta'kidlash lozimki innovatsion jarayonni rivojlanishi bosqichma-bosqich amalga oshadi (1-rasm).
1-rasm. Innovatsion jarayonning rivojlanish bosqichlari
Aytish mumkin, ishlab chiqarish jarayonida ilmiy-texnikaviy ishlanmalarni qo'llanilishi natijasida ular ilmiy-texnikaviy innovatsiya mahsulotlariga aylanadi. Shuni ta'kidlash lozimki, ilmiy-texnika yangiliklarini ishlab chiqarishga qo'llash innovatsion tovarlarning xususiyatidir.
Taraqqiy etgan va ayrim o'tish iqtisodiyoti mamlakatlarida innovatsion investitsiyalash borasida boy, ilg'or tajriba to'plangan
May, 2023
34
bo'lib, uni chuqur tahlil etish va respublikamiz amaliyotida ijodiy foydalanish yuzasidan ilmiy-amaliy xulosa va tavsiyalarni shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Xususan, taraqqiy etgan mamlakatlarda innovatsion investitsiyalash borasida to'plangan tajribalar xilma-xildir.
Fikrimizcha, Yevropa Ittifoqi mamlakatlarining tajribasidan kelib chiqqan holda, innovatsion faoliyatni davlat tomonidan tartibga solishning bevosita va bilvosita usullaridan milliy iqtisodiyotda kompleks foydalanishni joriy etish maqsadga muvofiq. Xususan, innovatsion loyihalarni moliyalashtirishda davlat va xo'jalik yurituvchi subyektning hissali ishtirok etishini ta'minlash, olinadigan dividentlarga nisbatan past darajadagi soliq stavkalarini qo'llash innovatsion loyihani investitsiyalash samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Shunisi xarakterliki, taraqqiy etgan mamlakatlarda ilmiy-tadqiqot xarajatlarining asosiy qismini davlat qoplaydi. Masalan, Fransiyada 2019 yilning 1 yanvaridan boshlab, summasi 100 mln. yevrogacha bo'lgan ilmiy-tadqiqot ishlarining 30 foizi, 100 mln. yevrodan ortiq bo'lganlarining 50 foizi davlat tomonidan qoplangan.
AQShda ilm-fan xarajatlarining qariyb yarmi, Buyuk Britaniyada 50 foizdan ortiq qismi, Germaniyada 40 foizdan ortig'i davlat tomonidan moliyalashtiriladi.
1-jadval
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tashkilotiga a'zo mamlakatlarning ilmiy-tadqiqot va
ishlanmalarga qilinadigan xarajatlari
(YAIMga nisbatan %da)
№ Davlatlar Xarajatlarning rejalashtirilgan darajasi Erishiladigan yil Xarajatlarning haqiqatdagi darajasi
1. Avstriya 3,0 2020 2,45
2. Belgiya 3,0 2020 1,83
3. Chexiya 2,1 2020 1,54
4. Daniya 3,0 2020 2,43
5. Finlyandiya 4,0 2021 3,45
6. Fransiya 3,0 2022 2,11
7. Germaniya 3,0 2021 2,53
8. Gretsiya 1,5 2019 0,57
9. Vengriya 1,4 2020 1,00
10. Irlandiya 2,5 2022 1,32
11. Yaponiya 4,0 2020 3,39
May, 2023
35
12. Janubiy Koreya 5,0 2022 3,23
13. Niderlandiya 3,0 2020 1,67
14. Norvegiya 3,0 2020 1,52
15. Polsha 2,2 2020 0,56
16. Portugaliya 1,8 2020 0,83
17. Ispaniya 2,2 2021 1,20
18. Shvetsiya 4,0 2020 3,73
19. Buyuk Britaniya 2,5 2019 1,78
20. Yevropa Ittifoqi 3,0 2020 1,76
1-jadvalda keltirilgan ma'lumotlardan ko'rinadiki, ilmiy tadqiqot va ishlanmalarga qilingan xarajatlarning yuqori darajasi Shvetsiya, Finlyandiya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Avstriya va Daniyada kuzatilmoqda.
Shuningdek, 2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasida "Iqtisodiyotga innovatsiyalarni keng joriy qilish, sanoat korxonalari va ilm-fan muassasalarining kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish" maqsadi belgilangan. Unga ko'ra innovatsion hududga aylantirilayotgan tumanlarda mavjud analoglaridan 50 foizgacha arzonlashtirilgan va sifatli, xom ashyo narxiga nisbatan 2-3 baravar yuqori qo'shilgan qiymat yaratadigan innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyalarini o'zlashtirish, shu jumladan umumiy qiymati 165,9 milliard so'mlik jami 195 ta loyihani amalga oshirish (2022) lozim. Negaki, ilmiy-texnik kadrlarni tayyorlash, ularning bilim darajasini oshirish mamlakat iqtisodiyotini innovatsion rivojlantirishning eng muhim ko'rsatkichi hisoblanadi. Shuning uchun ham yalpi ichki mahsulot tarkibida ilm-fan sohasiga yo'naltiriladigan mablag'larni bosqichma-bosqich oshirib borish vazifasi belgilangan. Jumladan, O'zbekistonda ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi maqsadli ko'rsatkichlari va indikatorlari tarkibida ham innovatsiyalarga alohida e'tibor qaratilgan.
Chunki rivojlangan davlatlar tajribasidan ma'lumki, davlat asosiy e'tiborni investitsiya siyosatini shakllantirish va milliy iqtisodiyotdagi korxonalarni moliyaviy qo'llab-quvvatlaydigan samarali mexanizmlarni yaratish va muvaffaqiyatga erishish uchun yirik darajadagi milliy, tarmoq va hududiy innovatsion loyihalarni amalga oshirishga qaratadi.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Shunday qilib, mamlakatimiz iqtisodiyotida innovatsion infratuzilmaning alohida elementlari (innovatsion jamg'armalar, texnologiyalarni joriy etish markazlari, muhandislik laboratoriyalari, texnoparklar
May, 2023
36
ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1
va boshqalar) o'rtasida iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish masalasi dolzarb bo'lib qolaveradi.
Fikrimizcha, mamlakat iqtisodiyotida innovatsiyalarning zarurligi korxonalarda innovatsion faoliyatni rivojlantirish va yangi turdagi mahsulot (xizmat)larni yaratishga qaratilgan davlat siyosatining amalga oshirilishi bilan namoyon bo'lmoqda. Iqtisodiyotda innovatsiyalar asosida faoliyat yuritadigan korxonalarning ulushi qanchalik ko'p bo'lsa, bu mamlakat iqtisodiyoti raqobatbardoshligini ta'minlashiga xizmat qiladi. Pirovardida ishlab chiqarishga yangi (zamonaviy) texnik-texnologiyalar joriy qilinadi. Mamlakat iqtisodiyotining ishlab chiqarish salohiyati yanada ortadi. Bu o'z-o'zidan jahon bozoriga milliy innovatsion mahsulotni olib chiqish kabi vazifalarning bajarilishiga xizmat qiladi.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi, 2020 yil 29 dekabr.
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 oktabrdagi "Ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-6097-son Farmoni.
3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi "2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi PF-60-son Farmoni.
4. Й.Шумпетер Теория экономического развития. М. - «Эксмо», 2007.
5. O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi rasmiy statistik ma'lumotlari. https: //mininnovation.uz/
6. Global Innovation Index, GII rasmiy ma'lumotlari. https://www.globalinnovationindex.org/gii-2022-report
May, 2023