Научная статья на тему 'INNOVATSION SIYOSATNING XORIJ TAJRIBASIDAN FOYDALANISH'

INNOVATSION SIYOSATNING XORIJ TAJRIBASIDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
1989
228
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
innovatsiya / innovatsion siyosat / AQSH / Yaponiya / Germaniya va Fransiya tajribasi. / innovation / innovation policy / experience of the USA / Japan / Germany and France.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Davlyatova, Gulnora Mukhammadjonovna

Zamonaviy sharoitlarda innovatsiyalardan foydalanish iqtisodiy o‘sishni ta’minlagan holda, bir tomondan davlatning rivojlanishida bosh omil bo’lsa, ikkinchi tomondan ilmiy-texnik rivojlanishning natijasi sifatida namoyon bo‘ladi. Innovatsion iqtisodiyotning asosi innovatsion faoliyat bo‘lib, o’ziga xos iqtisodiyot turi sifatida bilimlarni, innovatsion omillarni va texnologiyalarni yangilash orqali iqtisodiy tizimning rivojlanishini ta’minlaydi. Мamlakatda innovatsion siyosatni shakllantirishda ilg‘or mamlakatlarning bu yo‘nalishdagi tajribalariни joriy qilish ulardan yana samarali va unumli foydalanish imkoniyatlarini yaratadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

USING THE FOREIGN EXPERIENCE OF INNOVATIVE POLICY

In modern conditions, the use of innovations, providing economic growth, is manifested, on the one hand as the main factor in the development of the state, and on the other-as a result of scientific and technological development. The innovative economy is based on innovative activity that ensures the development of the economic system by updating knowledge, innovative factors and technologies as a specific type of economy. The introduction of the experience of developed countries in this direction in the formation of innovation policy in the country creates opportunities for more effective and productive use of them.

Текст научной работы на тему «INNOVATSION SIYOSATNING XORIJ TAJRIBASIDAN FOYDALANISH»

SJIF 2022:5.962

tomondan ilmiy-texnik rivojlanishning natijasi sifatida namoyon bo'ladi. Innovatsion iqtisodiyotning asosi innovatsion faoliyat bo'lib, o'ziga xos iqtisodiyot turi sifatida bilimlarni, innovatsion omillarni va texnologiyalarniyangilash orqali iqtisodiy tizimning rivojlanishini ta'minlaydi. Mamlakatda innovatsion siyosatni shakllantirishda ilg'or mamlakatlarning bu yo'nalishdagi tajribalarinu joriy qilish ulardan yana samarali va unumli foydalanish imkoniyatlarini yaratadi.

Kalit so'zlar: innovatsiya,innovatsion siyosat, AQSH, Yaponiya, Germaniya vaFransiya tajribasi.

ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ЗАРУБЕЖНОГО ОПЫТА ИННОВАЦИОННОЙ ПОЛИТИКИ

Давлятова, Гульнора Мухаммаджоновна

Кандидат экономических наук, доцент Кафедра «Экономика» Ферганский политехнический институт

Аннотация. В современных условиях использование инноваций при обеспечении экономического роста, с одной стороны, является основным фактором развития государства, а с другой стороны, проявляется как результат научно-технического развития. Основой инновационной экономики является инновационная деятельность, которая как уникальный тип экономики обеспечивает развитие экономической системы за счет обновления знаний, инновационных факторов и технологий. Внедрение опыта передовых стран в этом направлении при формировании инновационной политики в стране создает возможности для более эффективного и результативного их использования. Ключевые слова: инновации, инновационная политика, опыт США, Японии, Германии и Франции.

Kirish

Iqtisodiyotni modernizatsiyalash mamlakatni innovatsion rivojlantirishning asosiy va muhim sharti hisoblanadi. Bugungi kunda O'zbekiston Respublikasida barqarorlashuv hukm surayotgan bir paytda iqtisodiyotning chuqur modernizatsiyalashuviga erishmay turib innovatsiyalar diffuziyasiga, ya'ni yangi g'oya, ishlanma va texnologiyalar joriy etilishi va jadal tarqalishiga erishish qiyin. Buning uchun esa, avvalo, ta'lim, ilm-fan va sanoat integratsiyasini ta'minlash, shuningdek, innovatsion mahsulotlarga bo'lgan talabni oshiradigan yangi kompaniyalar tashkil etilishini rag'batlantiruvchi yangi sanoat tarmoqlarini yaratishga ko'maklashadigan bir qator aniq texnik yechimlarni joriy qilish talab etiladi. Bugungi kunda milliy iqtisodiyot oldida turgan dolzarb masalalardan biri ham qisqa muddatda mamlakatning innovatsion rivojlanishiga erishishdir. Aks holda, O'zbekistonning rivojlangan davlatlar qatoridan joy olishi murakkab kechishi aniq. Mazkur masalani ijobiy hal etish uchun keng qamrovli islohotlar olib borish asosiy masallardan biridir. O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi mamlakatni innovatsion va ilmiy-texnik rivojlantirish sohasida jamiyat va davlat hayotini

cc

®

38

T. 2 №9. 2022

RESEARCH!_,

ISJIF 2022:5.962

har tomonlama taraqqiy ettirish hamda respublikaning intellektual va texnologik salohiyatini ko'tarishga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organi bo'lib, o'z faoliyati doirasida yuqorida aytib o'tilgan dolzarb masalalar yechimi borasida aniq belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda. Innovatsion rivojlanish tizimli jarayon bo'lib, aniq belgilangan chora-tadbirlarni rejaga asosan, ya'ni strategik tarzda amalga oshirishni nazarda tutadi. Bu borada O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 21 sentyabrdagi PF-5544-son farmoni bilan 20192021 yillarda O'zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasi, uni amalga oshirish bo'yicha "Yo'l xaritasi", O'zbekiston Respublikasini 2030 yilgacha innovatsion rivojlantirish maqsadli ko'rsatkichlarining tasdiqlanishi ayni muddao bo'ldi. Strategiyaning bosh maqsadi etib mamlakatning xalqaro maydondagi raqobatbardoshligi darajasi va innovatsion jihatdan taraqqiy etganini belgilovchi asosiy omil sifatida inson kapitalini rivojlantirish ko'rsatilgan bo'lsa, O'zbekiston Respublikasining 2030 yilgacha Global innovatsion indeks reytingi bo'yicha jahonning 50 ta ilg'or mamlakati qatoriga kirishi esa strategiyaning muhim vazifalaridan biri deb belgilangan.

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili

Iqtisodchi olimlar tomonidan "innovatsiya" va "innovatsion jarayon" tushunchalariga o'ziga xos yondashuvlar bildirilgan. P.F. Druker tomonidan "Innovatsiya - bu tadbirkorlar tomonidan o'ziga xos vosita b o'lib, u asosida turli xil xizmat va biznesdagi imkoniyat sifatida foydalanishi mumkin" degan ta'rif berilgan bo'lsa, R.I.Gimush, F.M.Matmurodovlar esa "Innovatsiya — yangilik va yangilik kiritish degan ma'noni bildiradi. Bu yangilik zamirida yangi tartibni, yangi odatni, yangi uslubni, kashfiyotni tushunish lozim deya ta'rif berishgan. Z.T.Gaibnazarova tomonidan "Innovatsiya - bu kasbiy faoliyatning tubdan tartibga solish, yangi natijalarini yaratish va uni tubdan yangi sifat darajasiga ko'tarish" degan ta'rif berilgan.

Ushbu ta'riflarning mazmunidan kelib chiqib shuni xulosa qilish mumkinki, innovatsiya- bu yangi kashfiyotlar, yangi jarayonlar, xizmatlar va usullar bo'lib, u iqtisodiy yoki biznes faoliyatda yuqori darajadagi samara keltirish vazifasini bajaradi.

Tadqiqot metodologiyasi Tadqiqotni olib borishda analiz va sintez usullaridan, tizimli va majmuaviy yondashuv usullardan foydalanilgan.

Tahlillar va natijalar Ma'lumki, innovatsiya - foydalanish uchun kiritilgan yangi yoki sezilarli darajada yaxshilangan mahsulot (tovar, xizmat) yoki jarayon, sotuvlarning yangicha uslubi yoki ish amaliyotidagi, ish o'rinlarini tashkil etishdagi va tashqi aloqalarni o'rnatishdagi yangi tashkiliy uslub hisoblanadi.

"Innovatsiya" atamasi lotincha "novatio"so'zidan olingan bo'lib, "yangilanish"(yoki "o'zgarish") "in" qo'shimchasi esa lotinchadan "yo'nalishida" deb tarjima qilinadi, agar buni yaxlit "Innovatio" ko'rinishida tarjima qilsak - "o'zgarishlar yo'nalishida" deb izohlanadi. Innovation tushunchasi birinchi bo'lib XIX-asrning ilmiy tadqiqotlarida paydo bo'ldi. "Innovatsiya" tushunchasi o'zining yangi hayotini "innovatsion kombinatsiyalar"ni tahlil qilish, iqtisodiy tizimlarning rivojlanishidagi o'zgarishlar natijasida XX-asrning boshida avstriyalik va amerikalik iqtisodchi Y.Shumpeterning ilmiy ishlarida boshlagan. Shumpeter 1900-

@ ©

39

T. 2 №9. 2022

RESEARCH!_,

ISJIF 2022:5.962

yillarda iqtisodda ushbu terminni ilmiy qo'llashga kiritgan dastlabki olimlardan edi. Innovatsiyaga har qanday turdagi yangilik sifatida emas, balki mavjud tizimning samaradorligini jiddiy ravishda oshiradigan omil sifatida qarashimiz lozim. Innovatsiyalarni yaratish,aniqlash va joriy etishga qaratilgan

huquqiy,tashkiliy,iqtisodiy,texnologik shart-sharoitlar,qarorlar,usul va uslublar yig'indisi hamda ulardan amaliyotda foydalanish esa innovatsion siyosat debataladi.

Ko'pchilik rivojlangan mamlakatlarda innovatsion siyosatning o'tkazilishi, eng avvalo, muayyan tarmoqlarda innovatsion salohiyatga ega bo'lgan mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo'llab-quvvatlash bilan bog'liq. Bunday siyosat, birinchi navbatda, ishlab chiqarishning texnik jihozlanganligini yaxshilash, tarmoqlar, korxonalarning texnologik darajasini ko'tarish, umuman milliy iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va boshqa shu kabilardan iborat bo'lgan qo'shimcha raqobat ustunliklari manbalarini aniqlashga qaratiladi. Ikkinchidan esa, raqobat ustunliklari ko'pincha bozorning yirik raqobatchilarda keltiradigan daromadining kamligi va o'zlashtirish vaqtida ko'lamlarining kichikligi tufayli qiziqish uyg'otmaydigan bo'g'inlarida yaratiladi. Uchinchidan, raqobat ustunliklariga uzluksiz ravishda mablag'lar sarflashni talab etadigan yangi ishlanmalar muntazam mukammalashib borgan taqdirdagina saqlab qolinadi.

Shulardan kelib chiqib, aytish mumkinki, rivojlangan mamlakatlarda davlatning investitsion-innovatsion o'zgarishlar siyosati ilmiy-texnologik tsiklning barcha bosqichlarini rivojlantirish va rag'batlantirishni hisobga olgan holda shakllantirilar ekan. AQSH, Yaponiya, Germaniya va Frantsiya tajribasining ko'rsatishicha, mamlakatning barqaror rivojlanishiga erishining muhim omillari investitsiyalar va innovatsion ishlanmalar hisoblanar ekan, mana shuning uchun ham bu mamlakatlarda investitsion jarayonni faollashtirish uchun sharoitlar yaratib berish vazifalari, xususan innovatsion strategiyasini yaratish, milliy iqtisodiyotning preferentsial tarmoqlariga selektiv yordam ko'rsatish, xususiy va qarz investitsiyalarini jalb etish va joylashtirish hamda to'g'ridan-to'g'ri va portfelb investitsiyalar o'rtasidagi munosabat masalalari birinchi darajali bo'lib hisoblanadi.

Jahon tajribasini o'rganib quyidagicha xulosa qilish mumkinki, iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirishning investitsion omili ichki raqobatning rivojlanishini kuchaytiradi, mahalliy iste'mol bozorini kengaytiradi, yangi eksportga yo'naltirilgan tarmoqlarni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish uchun moddiy baza bo'lib xizmat qiladi. O'zbekiston sharoitlarida bunday samarali investitsion-innovatsion siyosatni qo'llash, bizning fikrimizcha, tarmoqlarning eksport salohiyatini kengaytirish va diversifikatsiya qilishga, import o'rnini bosuvchi ishlab chiqarishlarni rivojlantirishga, infrtatuzilmani, transport va aloqa vositalarini kengaytirishga yordam beradi, bu esa o'z navbatida, mahalliy tovarlar va texnologiyalarni tashqi bozorlarga olib chiqish jarayoni va ishlab chiqarishni tashkil etishning ilg'or shakllarini o'zlashtirilishi bilan uzviy bog'liq.

Xorijiy mamlakatlarda (AQSH, Yaponiya mamlakatlari) maqsadli investitsiya dasturlari, soliq va investitsiya imtiyozlari, jadallashtirilgan amortizatsiya siyosati kabi moliyaviy oqimlarni boshqarish vositalaridan foydalanish orqali amalga oshirilayotgan innovatsion jarayonlar mamlakatning makroiqtisodiy rivojlanishiga samarali ta'sir

40

T. 2 №9. 2022

RESEARCH!_,

ISJIF 2022:5.962

ko'rsatmoqda. Masalan, AQSH va Yaponiyada iqtisodiy o'sishni jadallashtirish va iqtisodiyotni barqarorlashtirish maqsadlarida soliq islohotlari o'tkazildi va amortizatsiya chegirmalari tizimi takomillashtirildi. Jadallashtirilgan amortizatsiya siyosati ishlab chiqarish apparatini yangilash negizida raqobatbardosh tarmoqlar rivojlanishini tezlashtiradi. Bunda yaratilgan amortizatsiya fondi ish haqi manbai sifatida foydalaniladigan joriy daromadlar fondidan takror ishlab chiqariladigan kapital fondiga aydanadi va u ayniqsa inqiroz sharoitida iqtisodiyot uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

Chet mamlakatlar tajribasi shundan dalolat bermoqdaki, yirik moliya-sanoat birlashmalari qo'llab-quvvatlash ham innovatsion rivojlanish yo'nalishlari qatoridan o'rin olgan. O'zining iqtisodiy mohiyatiga ko'ra, moliya-sanoat birlashmalari yirik moliya va sanoat kapitaliga ega yuridik shaxslarning birlashuvini ifodalaydi. Moliya-sanoat birlashmalari iqtisodiyotning innovatsion yo'lga qadam qo'yishiga yordam beradi, ilmiy-texnik yutuqlarni amalga oshirish uchun maqbul sharoitlar yaratadi, mamlakat iqtisodiyotiga barqarorlik va boshqaruvchanlik baxsh etadi.

Ta'kidlash joizki, asosiy kapitalning o'sib borishida nisbatan yirik korporatsiyalarning ulushi katta bo'ladi, ular o'rtasida qo'shilib ketish va yutilish hisobiga yuzaga kelgan eng yiriklari alohida ajralib turadi. Shuningdek, bunda yirik korxonalar bilan alohida tadbirkorlarning innovatsion g'oyalarini qo'llab-quvvatlovchi kichik biznes o'rtasidagi kooperatsion aloqalarni kuchaytirishga yordam beruvchi xo'jalik va moliyaviy mexanizmlarning yaratilishi iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yo'nalishi hisoblanadi. Konsolidatsiyalashtirilgan kapitalni davlat tomonidan tartibga solishning samaradorligi bozor yo'nalishidagi amaliy-tadqiqotchilik markazlarining rivojlanishida o'z ifodasini topadi.

Iqtisodiyotni innovatsion tavsifda rivojlantirishning yana bir yo'nalishi mintaqaviy rivojlanish sohasida uzoq muddatli siyosatni amalga oshirish hisoblanadi. Bunday siyosat Italiyada muvaffaqiyat bilan olib borilmoqda va u o'zaro bog'liq vazifalarning yechimini topishga, xususan, investitsiyalar va yangiliklarni joriy etish asosida raqobat ustunliklarini yaratishga qaratiladi. Bu yerda mintaqaviy rivojlanish dasturini amalga oshirishda alohida mintaqalarning o'ziga xos xususiyatlari, sanoat qudratining rivojlanish darajasi, yuqori malakali kadrlar va ilmiy-tadqiqot markazlarining mavjudligi e'tiborga olinadi. Bu mintaqada ilg'or ilmiy markazlarni va Italiya iqtisodiyotida samarali faoliyat ko'rsatayotgan nisbatan rivojlangan va raqobatbardosh tarmoqlarda yo'ldosh ishlab chiqarishlarni yaratishga bevosita ta'sir ko'rsatadi. Bunday siyosat alohida mintaqalarning rivojlanishidagi notekislik va qoloqlikni bartaraf etishga imkon beradi. Italiya tajribasi shuni ko'rsatmoqdaki, mintaqalar iqtisodiyotini tartibga solish tarmoq va hududiy ustuvorliklarni o'stirish tamoyiliga rioya etilgan shroitda ancha samarali hisoblanadi. Mazkur holatda eng kuchli raqobat ustunligiga ega tarmoq yuqori darajada murakkab talab yaratadi va ham ichki, ham tashqi bozor uchun sanoat ahamiyatiga molik mahsulotlar va xizmatlar yetkazib beruvchi sifatida chiqadi. Bunday siyosat yuritish orqali iqtisodiy jihatdan nisbatan qoloq mintaqalarni ularning hududida bozorga oraliq mahsulotlar yetkazib beradigan aralash tarmoqlarni joylashtirish hamda ularning xususiy ilmiy-maorif bazasini, tadqiqot laboratoriyalarini barpo etish yo'li bilan iqtisodiy rivojlanishini jadallashtiradi, bu esa markaziy hokimiyatning qarz va subsidiyalaridan foydalanishga qaraganda ko'proq samara keltiradi. O'zbekiston sharoitida davlatning

41

T. 2 №9. 2022

RESEARCH!_,

ISJIF 2022:5.962

bunday qo'llab-quvvatlash tajribasidan foydalanish, bizning fikrimizcha, alohida hududlarning teng rivojlanishiga respublika sanoati aralash tarmoqlarida innovatsion faoliyatni faollashtirishga yordam ko'rsatishi mumkin.

Xorijda milliy iqtisodiyotni rivojlantirishning muhim yo'nalishlaridan yana biri fiskal siyosat o'tkazishdir, uning yordamida davlat mamlakatning makroiqtisodiy ahvoliga ta'sir ko'rsatadi. Modomiki, tartibga solishning mazkur turi bo'yicha qabul qilingan chora-tadbirlar qisqa vaqt oralig'ida o'z natijalarini berar ekan, demak u ancha ta'sirchan usul hisoblanadi.

Germaniyaning fiskal tartibga solish sohasidagi tajribasi shundaki, bunda davlat federal yerlarning soliq salohiyatini tenglashtirish davomida transfertlardan foydalanadi hamda "jon boshiga" to'g'ri keladigan daromadlarni tenglashtirishda esa "aks transfert"larni faol qo'llaydi.

Fiskal tartibga solishning yapon tajribasi yuqori texnologiyalarni qo'llashning, ya'ni modelb byudjetlarni tuzish (alohida prefektura va munitsipalitetlar uchun) va mintaqaviy rivojlanishning tabiiy-iqlim, institutsional, iqtisodiy va ijtimoiy xususiyatlarini aks ettiruvchi modifikatsiya koeffitsienti yordamida ularni kelgusida korrektirovka qilishning klassik namunasi bo'lib hisoblanadi.

AQSHning byudjet-soliq siyosatida, xususan mahalliy hokimiyat organlarining moliyaviy asosini mustahkamlash sohasida olib boradigan faoliyatida ko'plab ijobiy tomonlarni ta'kidlab o'tish mumkin: mahalliy soliqlarni belgilashda ko'proq erkinlik berish, transfert yordam ko'rsatish dasturida qat'iy asoslab berish orqali xarajatlarni davlat bilan ulushli asosda amalga oshirish. Kanadada byudjet-soliq tartiboti sohasida asosiy e'tibor hokimiyatning quyi pog'onasi uchun soliqlarni pasaytirishni ham o'z ichiga olgan dasturiy-maqsadli tartibga solish usullari birikmasiga qaratiladi. Barqarorlashtiruvchi fondlarga ega mamlakatlarning investitsion-innovatsion faoliyatni rivojlantirish tajribasi ham katta qiziqish uyg'otadi. Maxsus umummilliy va mintaqaviy barqarorlashtiruvchi fondlarni yaratish va ishga tushirish bo'yicha milliy loyihalar shaklida amalga oshiriladigan iqtisodiyotni byudjet-soliq yuzasidan tartibga solish mexanizmiga ega mamlakatlar qatorida quyidagilarni sanab o'tish mumkin: Davlat neft fondiga ega - Norvegiya, CHili - Mis barqarorlashtiruvchi fondi, AQSH (Alyaska shtati) - Kelajak avlodni qo'llab-quvvatlash uchun Jamg'arma fondi va Rezervdagi byudjet fondi, Quvayt - Umumiy rezerv fondi, Kelajak avlod rezerv fondi va Investitsiya fondi, shuningdek Rossiyada - Rezerv fondi va RF Milliy farovonlik fondiga ega.

Maxsus fondlarning mablag'laridan uzoq muddat davomida milliy byudjet barqarorligini ta'minlashda va strategik xom ashyo resurslari bahosi keskin o'zgargan sharoitlarda qisqa muddatli davrlarda byudjet xarajatlarini qo'llab-quvvatlashda, istiqbolda iqtisodiyotning innovatsion va investitsion rivojlanishini kuchaytirishni ta'minlashda foydalaniladi. Mazkur fondlar iqtisodiy rivojlanishni harakatga keltiruvchi, iqtisodiy jihatdan qoloq mintaqalarga, iqtisodiyotning zaif rivojlangan tarmoqlariga samarali ta'sir ko'rsata oladigan kuchlar tavsifiga ega faoliyatning vazifalari va yo'nalishlarida ko'zda tutilgan muayyan maqsadlar asosida yaratiladi. Xulosa

Umuman olganda, bozor iqtisodiyoti rivojlangan davlatlarda mamlakatda investitsion va innovatsion jarayonlarni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashning

42

SJIF 2022:5.962

iqtisodiy chora-tadbirlari bozor sub'ektlari xo'jalik faoliyatiga ta'sir ko'rsatishning samarali usuli bo'lib hisoblanadi, u muhim tarmoqlarni rekonstruktsiya qilish va yangilarini yaratishni jadallashtiradi, shuningdek umuman milliy iqtisodiyotni rivojlantirishga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

Xulosa qilish mumkinki, har bir mamlakatning innovatsion strategiyalari turlicha bo'lib,bu tarixiy va milliy rivojlanish xususiyatlari, sanoatning va texnologik bazaning taraqqiy etish darajasi va boshqa omillarga bog'liq holda shakllantiriladi.Milliy innovatsion tizimni yaratishning yagona universal retsepti mavjud emas, chunki davlatlarning to'g'ri va samarali yagona strategiyasi ham bo'lmaydi. Shunga qaramay, bir-biridan ajralib turuvchi innovatsion tizimlar ba'zi bir umumiy xususiyatlarga ham ega bo'lishi mumkin, shuning uchun ham nisbatan rivojlangan raqobatbardosh mamlakatlarning muvaffaqiyatli texnologik tajribasidan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Innovatsiyalarni joriy etish bo'yicha xorij tajribasidan foydalanish hisobiga 2030 yilga kelib quyidagi natijalarga erishish mumkin:

- 2030 yilga kelib aholi jon boshiga to'g'ri keladigan YalM miqdori oshadi;

- muhandislar, iqtisodchilar va menejerlar bozorda ustunlik qila boshlaydi ;

- ishsizlik darajasi kamaytiriladi;

- yangi g'oya va yangilik beruvchilar soni ortadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. "Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va iqtisodiy siyosat samaradorligini oshirishning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 yanvardagi PF-5614-son Farmoni.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innnovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil, 7maydagi PQ-3698-sonli qarori.

3. Abdullaev, A. M. (2018). Activation of foreign economic relations on the basis of innovative development. Practice of Uzbekistan. Mauritius: International Book Market Service Ltd., member of OmniScriptum Publishing Group,160 p. ISBN 978-613-988371-4.

4. Abdullaeva, S. (2019). Improving of organizational mechanism of leasing. // Scientific Bulletin of Namangan State University - 2019. Doi https://uzjournals.edu.uz/cgi/viewcontent.cgi?article=1669&context=namdu

5. Abdullaeva, S.Kh. (2020). Issues of development of textile industry. Collection of materials of the international scientific and practical conference (May 27, 2020). 503-506 p. https://ru-science.com

6. Abdullaeva, S.KH. (2020). Issues of Ensuring Economic Stability in the Textile Industries. JournalNX. Volume 6, Issue 12 Doi

https://media.neliti.com/media/publications/335549_-issues-of-ensuring-economic-

stability-in-de5aaaf9.pdf

7. Davlyatova, G. M. (2020). Issues of effective use of employees of industrial enterprises. EPRA International Journal of Multidisciplinary Research (IJMR), 6(4), 86.

cc

®

43

T. 2 №9. 2022

RESEARCH!_,

ISJIF 2022:5.962

8. Davlyatova, G. M., & Abdullaeva, S. H. (2022). Iqtisodiyotda tarmoqlararo munosabatlarni rivojlantirish asosida to'qimachilik korxonalarining iqtisodiy barqarorligini ta'minlash. Nazariy va amaliy tadqiqotlar xalqaro jurnali, 2(5), 18-29.

9. Davlyatova, G.M.(2020). To'qimachilik sanoati mahsulotlarining eksport salohiyatini oshirishda marketing strategiyasini ishlab chiqish. [Development of a marketing strategy to increase the export potential of textile products]. Collection of materials of the international scientific and practical conference (May 27, 2020). 653-656 p. https://ru-science.com

10. Davlyatova, G.M., Abdullaeva, C.X. (2019). Systemic principles and regularities of commercial enterprise as a socio-economic system. Journal of Economy and Business., (6-1). p.95. Doi: https://dx.doi.org/10.24411/2411 -0450-2019-10827 https://cyberleninka.ru/article/n/18235040

11. Gimush, R. I., & Matmurodov, F. M. (2008). Innovatsion menejment. T.:

O 'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti.

12. Абдуллаев, A.M. и др. (2016). Перспективы развития свободных экономических зон и условия инвестиционной привлекательности в реальные сектора экономики Республики Узбекистан. Новый университет. Серия: Экономика и право. 12(70). - С. 20-24. - Doi: https://dx.doi.org/10.15350/2221-7347.2016.12

13. Гаибназарова, З. Т. (2018, September). Модернизация: управление инновациями и управленческие инновации. In История управленческой мысли и бизнеса. Управленческий труд и роли менеджеров: прошлое, настоящее, будущее: материалы XIXМеждународной конференции. 21-22 сентября 2018 г (p. 79).

14. Гунин, В. Н., Баранчеев, В. П., Устинов, В. А., & Ляпина, С. Ю. (l999). Управление инновациями: 17-модульная программа для менеджеров «Управление развитием организации». Модуль 7. М.: ИНФРА-М, 328.

15. Давлятова, Г. М. (2021). O некоторых направлениях развития промышленности Узбекистана на перспективу. Экономика и бизнес: теория и практика, 10-1. C. 101-105.

16. Давлятова, Г. М. (2021). О некоторых направлениях развития промышленности узбекистана на перспективу. [About some directions of development of the industry of Uzbekistan for the future] Экономика и бизнес: теория и практика, (10-1), 101-105.

17. Друкер, П. Ф. (2007). Бизнес и инновации; пер. с англ. и ред. КС

Головинского. М.: Вильямс.

18. ^рпаяниди, КИ. (2021). Создание малых предприятий: саморазвитие или интеграционное развитие - какой путь выбирают страны мира. Проблемы современной экономики, 3 (79).

19. ^рпаяниди, КИ. (2022). Теоретические аспекты развития предпринимательства. Экономика и бизнес: теория и практика, 3 (85). Doi: https://doi.org/10.24412/2411-0450-2022-3-1-186-188

20. ^рпаяниди, КИ. (2022). Факторы и направления развития институтов в сфере малого предпринимательства. Проблемы современной экономики, 3 (83).

@ ®

44

ш

T. 2 №9. 2022

Ш___

SJIF 2022:5.962

21. Курпаяниди, К.И. (2022). Цифровая трансформация как перспективное направление развития промышленности Узбекистана. Экономика и бизнес: теория и практика-Economy and Business: Theory and Practice, vol. 9 (91). С.120-124, ISSN 2411-0450. Doi: https://doi.org/10.24412/2411-0450-2022-9-120-123 http://economyandbusiness.ru/wp-content/uploads/2022/10/Ekonomika-i-biznes-9.pdf

22. Михайлов, А. Б. К вопросам инвестирования в человеческий капитал / А. Б. Михайлов, Д. Э. Муниров // Экономика и социум. - 2021. - № 12-2(91). - С. 239249.

@ ®

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

45

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.