Научная статья на тему 'IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA QISHLOQ XO’JALIGINI INNOVATSION RIVOJLANTIRISH YO’NALISHLARI'

IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA QISHLOQ XO’JALIGINI INNOVATSION RIVOJLANTIRISH YO’NALISHLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
3512
246
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Iqtisodiyot globallashuvi / innovatsiya / fan va texnika-texnologiya / innovatsion faoliyat / innovatsion xavf va xatarlar / innovatsion salohiyat / innovatsion tavakkalchilik / innovatsion g’oyalar. / Globalization of the economy / innovation / science and technology / innovative activity / innovative risks and risks / innovative potential / innovative risk / innovative ideas.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Shoxo’jaeva, Z. S., Muxammadieva, Y.Y.

Mamlakatimizda innovatsion iqtisodiyotni shakllantirishda agrar sohada ilmiy-ta’minot tizimini rivojlantirishga alohida e’tibor berilmoqda. Respublika hukumati tomonidan ushbu tizimni bozor iqtisodiyoti talablariga moslashtirish maqsadida bir qator islohotlar amalga oshirildi. Bundan ko’zlangan asosiy maqsad agrar soha ilmiy-ta’minot mavqeini ko’tarish, fan yutuqlarini amaliyotga keng joriy etishdan iboratdir. Ushbu maqolada qishloq xo’jaligini innovatsion rivojlantirish yo’nalishlariga bag’ishlangan takliflar ishlab chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DIRECTIONS OF INNOVATIVE AGRICULTURAL DEVELOPMENT IN THE CONTEXT OF MODERNIZATION OF THE ECONOMY

In the formation of an innovative economy in our country, special attention is paid to the development of the scientific support system in the agricultural sector. The Government of the Republic has implemented a number of reforms to bring this system in line with the requirements of a market economy. The main purpose of this is to raise the status of agricultural science, the widespread introduction of scientific advances in practice. This article contains recommendations for innovative areas of agricultural development.

Текст научной работы на тему «IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA QISHLOQ XO’JALIGINI INNOVATSION RIVOJLANTIRISH YO’NALISHLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA QISHLOQ XO'JALIGINI INNOVATSION RIVOJLANTIRISH YO'NALISHLARI

i.f.n., dots. Shoxo'jaeva Z.S.

Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi doktoranti [email protected]

Muxammadieva Y.Y.

QarMII "Innovatsion iqtisodiyot" kafedrasi 1-kurs magistranti

Mamlakatimizda innovatsion iqtisodiyotni shakllantirishda agrar sohada ilmiy-ta'minot tizimini rivojlantirishga alohida e'tibor berilmoqda. Respublika hukumati tomonidan ushbu tizimni bozor iqtisodiyoti talablariga moslashtirish maqsadida bir qator islohotlar amalga oshirildi. Bundan ko'zlangan asosiy maqsad agrar soha ilmiy-ta 'minot mavqeini ko 'tarish, fan yutuqlarini amaliyotga keng joriy etishdan iboratdir. Ushbu maqolada qishloq xo'jaligini innovatsion rivojlantirish yo 'nalishlariga bag'ishlangan takliflar ishlab chiqilgan.

Kalit so'zlar: Iqtisodiyot globallashuvi, innovatsiya, fan va texnika-texnologiya, innovatsion faoliyat, innovatsion xavf va xatarlar, innovatsion salohiyat, innovatsion tavakkalchilik, innovatsion g'oyalar.

In the formation of an innovative economy in our country, special attention is paid to the development of the scientific support system in the agricultural sector. The Government of the Republic has implemented a number of reforms to bring this system in line with the requirements of a market economy. The main purpose of this is to raise the status of agricultural science, the widespread introduction of scientific advances in practice. This article contains recommendations for innovative areas of agricultural development.

Keywords: Globalization of the economy, innovation, science and technology, innovative activity, innovative risks and risks, innovative potential, innovative risk, innovative ideas.

Jahon iqtisodiyotining rivojlanish tendentsiyasi shundan guvohlik beradiki,

kishilik jamiyatining barcha soha va jabhalarida, ayniqsa global iqlim o'zgarishi

16

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ta'sirida sayyoramizning ko'plab mintaqalarida tobora avj olayotgan qashshoqlik va ocharchilikka barham berishning asosiy omillaridan biri sifatida qishloq xo'jaligi mahsulotlari yetishtiruvchi, shuningdek ularga turli yo'nalishlarda xizmat ko'rsatuvchi sub'ektlarning xo'jalik yuritish faoliyatlarini innovatsiyalar asosida tashkil etish strategik ahamiyat kasb etib, ushbu jarayonni uzluksiz takomillashtirish davr talabiga aylanib bormoqda.

Iqtisodiyot globallashuvining yangicha sharoitida iqtisodiy rivojlanishning asosiy belgisi ishlab chiqarishning texnologik usuli va ularning butun jamiyat iqtisodiy salohiyati ta'siridagi o'zgarishlar hisoblanadi. Ko'pchilik zamonaviy tadqiqotchilarning ma'lumotlariga ko'ra, bugungi kunda ro'y berayotgan innovatsion o'zgarishlar nafaqat jamiyatning ishlab chiqarish kuchlarini o'zgartiradi, balki ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar tizimidagi markaziy bo'g'inini ham ifodalaydi.

Darhaqiqat, mamlakatimiz Prezidentining 2019 yil 23 oktyabrdagi PF-5853-sonli Farmoni bilan "O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo'ljallangan Kontseptsiyasi"da mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash, tarmoqda davlat boshqaruvining zamonaviy tizimlarini rivojlantirish, agrar sektorni qo'llab-quvvatlashga yo'naltirilgan davlat xarajatlarini bosqichma-bosqich diversifikatsiya qilish kabi bir qator vazifalar belgilab berildi.

Metodlar. Tadqiqot jarayonida qiyosiy taqqoslash, mantiqiy va abstrakt fikrlash usullaridan foydalanildi.

NATIJALAR

Innovatsion rivojlanish tizimining ahamiyatli jihati shundaki, u iqtisodiyot tarkiban deformatsiyalangan, innovatsiya jarayonlarini boshqarish izdan chiqqan, qishloq xo'jaligi darajasida axborot vakumining mavjudligi sharoitlarida qisqa muddat ichida tarmoqni barqaror yuqori sur'atlarda o'sishi uchun yangi imkoniyatlarni yaratadi. Bu tizimni shakllantirishda davlatning o'rni beqiyosdir. Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarning ilmiy-texnik imkoniyatlari va ishlab chiqarishdagi ilg'or tajribalari to'g'risida keng ma'lumotlarga ega bo'lish ularni xo'jalik yuritishning innovatsion usullariga o'rgatish, innovatsiya qoidalarini o'zlashtirish, maslahat yordamlari berish orqali ASMning innovatsiya faolligini ko'tarishni ta'minlash uchun sharoitlar yaratadi.

Biroq, tan olish lozimki, agrar tarmoq o'zining tabiiy-iqlim omillariga ta'sirchanligi va bog'liqligi sababli innovatsiyalarni yaratish va tatbiq etishda boshqa sohalarga nisbatan bir qator murakkabliklarga ega va shuning uchun ham uni innovatsion modernizatsiyalash asosida rivojlantirish o'ziga xos va mos innovatsion

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

yo'nalishlarda chuqur ilmiy-tadqiqot va tajriba-kashfiyotchilik ishlarini (ITTKI) muntazam takomillashtirib borishni taqozo qiladi. Fikrimizcha, mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari, shu jumladan, qishloq xo'jaligi bilan bog'liq fan va texnika -texnologiya yangiliklarini yaratish hamda innovatsion faoliyatni rivojlantirish jarayonini respublikamiz ichidagi tor doirada emas, balki industrial taraqqiy etgan xorijiy davlatlarning ushbu yo'nalishlardagi innovatsion faoliyat yutuqlari bilan uyg'un tarzda olib borish maqsadga muvofiq.

Agrar tarmoqdagi innovatsiya jarayoni ilm-fan yutuqlari asosida yaratilgan, sifat jihatidan yangi mahsulotlarni, iqtisodiy mexanizmlar, aniq tashkiliy, texnik yoki texnologik g'oyalarni bevosita ishlab chiqarishda foydalanishgacha yetkazish bilan bog'liq tadbirlar yig'indisi hisoblanadi. Respublika agrar tarmog'ida yuz berayotgan iqtisodiy o'sish asosan, import o'rnini bosadigan mahsulotlar yetishtirish, tadbirkorlikni rivojlantirish hisobiga yuz bermoqda. Biroq tarmoqda ilmiy sig'imli agrar texnologiyaga asoslangan yo'nalishlardagi innovatsion jarayonni rivojlantirish talab darajasida emas. Bunga tarmoq xususiyatidan kelib chiqqan holda innovatsiyalar samaradorligini oshirish yo'llari, innovatsion xavf va xatarlarni, innovatsion salohiyatning mavjud sharoitlarga mosligini baholash, tarmoqda innovatsion tavakkalchilikni boshqarish borasidagi iqtisodiy, moliyaviy, huquqiy asoslar yetishmasligi salbiy ta'sir etmoqda.

Qishloq xo'jaligi mahsulotlari yetishtiruvchi ko'p sonli dehqon va fermer xo'jaliklari faoliyati sharoitida agrar innovatsiya bozori shakllanishi va faoliyati xususiyatlari, yo'nalishlari to'g'risida aniq ma'lumotlarni yig'ish, ularga ishlov berish, olingan xulosalardan foydalanish borasidagi bilimlar yetishmasligi sharoitida, ilmiy ishlanmalarni innovatsion loyiha sifatida amalga oshirishga urinish yuz bermoqda. Bu esa innovatsion g'oyalarning iqtisodiy, texnik va texnologik, ekologik samaradorligi pasayishiga olib keladi. Bizningcha, agrar tarmoqda innovatsion g'oyalar bozori eng avvalo, mamlakatdagi "innovatsion muhitning" shakllanish darajasiga bog'liq holda rivojlanadi.

Bozor sharoitida innovatsion g'oyalar tovar hisoblanadi va u talab mavjud bo'lgan holdagina sotiladi. Innovatsion g'oya muallifi nafaqat o'z loyihasini foyda bilan sotishdan, balki ushbu loyiha natijasidan keyinchalik ham daromad olishdan manfaatdor bo'ladi. Demak, innovatsion g'oyaning aniq egasi (mualliflik huquqiga ega shaxs) bo'lishi lozim. Bunday tizim har doim ham mavjud emas. Mavjud qonunlarimiz respublika doirasida innovatsion g'oyalarni intellektual mulk ob'ekti sifatida ro'yxatga olish imkonini beradi va ulardan foydalanishda muallif huquqlarini kafolatlaydi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Iqtisodiyotni erkinlashtirish davlatning xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning ishlab chiqarish-moliyaviy faoliyatiga aralashuvini kamaytirib borishi bilan bevosita bog'liq holda yuz bermoqda. Fermer tadbirkor sifatida innovatsion g'oyalarning haqiqiy xaridoriga aylanishi uchun uning birinchi navbatda iqtisodiy erkinligi kengayib borishi lozim. Bunda asosan:

• dehqonning ishlab chiqarish vositalariga, yetishtirilgan mahsulot va yaratilgan foydaga to'liq egalik imkoniyatini kengaytirib borishga;

• ekinlar tarkibini belgilash va agrotexnik tadbirlarni amalga oshirishdagi erkinlik darajasini ortib borishiga;

• mahsulot sotish kanalini tanlash va baho belgilash borasidagi erkinligi;

• raqobat muhitidagi resurslar bozoridan erkin mahsulot sotib olish imkoniyatini yaratishga;

• raqobat muhitidagi xizmatlar bozoridan sifati va bahosi jihatidan maqbul xizmat xarid qilish imkoniyatini kengaytirishga;

• raqobat muhitidagi qayta ishlovchilarga mahsulot sotish imkoniyatini yaratish tadbirlarini amalga oshirishga;

• o'sib boruvchi bozor talabini qondirishga qodir bo'lgan mahsulotlar ishlab chiqarishga zamonaviy texnikalar, ekinlarning yangi navlari, agrotexnologik yangiliklarni joriy qilishga asoslanishi lozim.

Yuqoridagi holatlar bozor munosabatlari rivojlanishining dastlabki paytlarida qishloq xo'jaligida innovatsiyani rivojlantirishga o'ziga xos yondashuvni talab qiladi. Endi masalaga respublikamiz qishloq xo'jaligida innovatsion g'oyalar bozorini rivojlantirish bo'yicha shakllangan shart-sharoitlar nuqtai-nazaridan yondashadigan bo'lsak o'tish iqtisodiyoti mamlakatlari tajribasining ko'rsatishicha ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarishda yangi iqtisodiy mexanizmlarni joriy etish «sinov va xatolar» uslubida amalga oshiriladi.

Muammolardan yana biri - qishloq xo'jaligida ishlab chiqarish va bozor innovatsiyasi bo'yicha yuqorida ko'rilayotgan choralardan tashqari, yig'ib olingan mahsulotdan samarali foydalanish, qayta ishlash sanoatini rivojlantirish, turli xil iste'mol tovarlarini ishlab chiqarishni kengaytirishdir. Bu qishloq xo'jalik mahsulotlarini ishlab chiqish samaradorligini oshiradi, shuningdek, ichki bozordagi singari tashqi bozorda ham raqobatbardoshlikni ma'lum darajada ko'taradi1.

Innovatsion siyosatning strategik maqsadi - ilmiy g'oya va ishlanmalarni raqobatbardosh tovar mahsulotiga aylantirish, ushbu mahsulotlarni ishlab chiqarishga

1 Ortiqov I. Agrar sohada innovatsiyaning ahamiyati. //O'zbekiston qishloq xo'jaligi. - Toshkent,2009. - №2. - B.29.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

joriy qilish, shuningdek, hududiy ilmiy-innovatsion salohiyatni saqlab qolish va rivojlanishni ta'minlovchi qulay innovatsion muhitni yaratishdan iborat2. Qishloq xo'jaligida innovatsiya faoliyatni rivojlantirish butun bir innovatsiya tizimini shakllantirish va rivojlantirish bilan uzviy bog'liq. Uning asosiy vazifasi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish, aholini oziq-ovqat bilan ta'minlash arajasi va sifatini oshirish, ekotizimga salbiy antropogen ta'sirlarni kamaytirish bilan bir vaqtda resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish hisoblanadi.

ASMda innovatsion faoliyatni tashkil etishning muhim shakllaridan biri bu innovatsiyalar bozoriga ilmiy-texnik mahsulotlarni kiritishni, axborot-maslahat ta'minotini, loyihalarni ekspertizasini, takliflar va buyurtmalarni, tajriba ishlab chiqarish ba'zalarini rivojlantirish, moliyalash uchun moliya-kredit tuzilmalarni vujudga kelishini tashkil etadigan korxonalarni shakllantirishni ko'zda tutadigan innovatsion infratuzilmani rivojlantirish bo'lib hisoblanadi.

Agrar sohada innovatsion faoliyatni rag'batlantirish samaradorligini oshirish maqsadida, qishloq xo'jaligining asosiy tarmoqlarini rivojlantirishga qaratilgan va o'zida naslchilik ishini rivojlantirishga maqsadli subsidiyalar, kimyoviy vositalarini sotib olishda xarajatlarining bir qismini qoplash, qishloq xo'jalik o'simliklarining original va elita urug'larini, asosiy fondlarni yangilash tadbirlari, yer tuzilishini, yerdan foydalanishni yaxshilash va yer unumdorligini oshirish, agrosanoat majmuasi sub'ektlarini kreditlash va sug'urtalashni mujassamlagan davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash tizimi instrumentlari taklif etilgan. ASMda bugungi kunda tarmoqni innovatsion rivojlantirishning ilmiy-texnologik, boshqaruv va tashkiliy shart-sharoitlarini yaratishga qaratilgan iqtisodiy mexanizm ta'siri ostida amal qilishi lozim.

ASMda innovatsion rivojlantirishning iqtisodiy mexanizmi -bu ITTKIni tashkil etish va rivojlantirishda o'zaro bog'liq shakl va yo'llar tizimi bo'lib, ASMning ilmiy-texnik sohasida biznesni rivojlantirish va innovatsion jarayonlarning barcha bosqichlarida (tashkil etish, tarqatish, agroinnovatsiyalarni joriy etish va o'zlashtirish), qishloq xo'jalik ishlab chiqarishni ijtimoiy-iqtisodiy va innovatsion rivojlanish darajasini ko'tarish maqsadida uning ishtirokchilarining o'zaro xamkorligi asosida davlat tomonidan qo'llab quvvatlash bo'lib hisoblanadi.

ASMni innovatsion rivojlanish strategiyasidan kelib chiqib iqtisodiy mexanizmni shakllantirish quyidagi yo'nalishlarda amalga oshishi lozim:

• Innovatsion faoliyatni normativ-xuquqiy tartibga solish tizimini shakllantirish;

• ASMning respublika va mahalliy darajalarida innovatsion faoliyatni maqsadli-dasturli rivojlantirish ;

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 5

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

• Davlat-xususiy sherikligini rivojlantirish.

ASMni innovatsion rivojlantirishni iqtisodiy mexanizmining mazmunini tadqiq etish undagi yalpi instituttsional, instrumental, metodologik va normativ-xuquqiy komponentlarni ajratib ko'rsatish imkonini beradi. Ularning xar biri agrar ishlab chiqarishda innovatsion faoliyatni rivojlantirishning mustaqil shakl va yo'llarini va shu bilan birga ularning asosiy xal etadigan vazifalar yo'nalishini belgilab beradi. Ularga: agroinnovatsiyani shakllanishining barcha jarayonlarida xo'jalik sub'ektlarini innovatsion aktivligini rag'batlantirish; xo'jalik sub'ektlarining innovatsion salohiyatini (innovatsion, texnologik, kadrlar, ilmiy, iqtisodiy va x.k.) oshirish; tarmoqni investitsion jozibadorligini oshirish; infratuzilmani va ASM mahsulotlarini sotish bozorlarini kengaytirish.

Qishloq xo'jaligida innovatsion faoliyatni tashkil etish va rag'batlantirishning samarali shakli sifatida davlat-xususiy sherikligi tamoyili asosida ya'ni davlat mexanizmidan foydalanib innovatsion jarayonlarni rivojlantirishda xususiy biznesni ishtirokini rag'batlantirish, resurslarni birlashtirish, foyda va tavakkalchilikni taqsimlash, raqobat muhitini shakllantirish va shu bilan bir vaqtda-byudjet mablag'laridan samarali foydalanishga turtki beradigan davlat kapitalini ishtiroki bo'lishi lozim.

Iqtisodiy mexanizmning ta'sirchan roli natijasida qishloq xo'jaligida innovatsion faoliyatni tashkil etish va rag'batlantirish shakl va yo'llari tizimini aniqlash imkonini beradi. Tadqiqotlar asosida qishloq xo'jaligida innovatsion faoliyatni tashkil etish va rag'batlantirishning quyidagi shakl va yo'llari klassifikatsiyasi tizimi tavsiya etiladi. Bu klassifikatsiya mavjud qarashlardan davlat-xususiy sheriklik tamoyiliga asoslanishi bilan farqlanadi (1-rasm).

Davlat-xususiy sherikligi

IQTISODIY MEXANIZM Shakli Yo'nalishlar

Davlat sektori Nodavlat sektori

Moliyaviy tashkil etuvchilar Soliqlar orqali rag'batlantirish - soliq imtiyozlari, shu bilan birga tarmoq ITIga; - amortizatsiya siyosati - soliq krediti; - amortizatsiya fondi; - kapital qo'yilmalar

Bojxona tizimi bo'yicha rag'batlantirish Bojxona rasmiylashtirilishi Ta'rif imtiyozlari

Subsidiyalash To'g'ridan-to'g'ri Innovatsiyalarni

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

moliyalash (subsidiya, dotatsiya, zayomlar) joriy etish fondlari

Kreditlash Foizsiz ssudalar Imtiyozli kreditlar

Venchurli moliyalash Tavakalli PIFlar (venchurli) investitsiyalar Investitsion, venchurli fondlar

Tashkiliy-tadbirkorlik bo'yicha tashkil etuvchilar NIOKR sohasida shartnomalar va buyurtmalar Davlat investitsion buyurtma - lizing munosabatlari; - innovatsion kichik korxonalar

Informatsion qo'llab-quvvatlash Ilmiy-texnik faoliyat, intelektual mulk o'ektlarini xisobga olish, natijalarini namoyish etishda qo'llab-quvvatlash - innovatsion markazlar, konsalting xizmatlari; - ilmiy-texnik ma'lumotlar ba'zasi

Fan-ta'lim -ishlab chiqarish integratsiyasi - klasterlar; - erkin iqtisodiy xududlar; - davlat buyurtmasi asosida innovatsion menejerlarni tayorlash; - rahbar xodimlarni malakasini oshirish - biznes inkubatorlar; - xamkorlikning ulushli shakli; - agrotexnoparklar; - megaloyihalar; - texnologik platformalar

Ma'muriy-xuquqiy tashkil etuvchilar Respublika va mahalliy dasturlar

Xuquqiy ba'zani takomillashtirish

Ma'muriy boshqarish

1-rasm. ASMda innovatsion rivojlantirishning iqtisodiy mexanizmi3.

Ushbu rasmdagi klassifikatsiyadan ko'rinadiki innovatsion faoliyatni tashkil etish va rag'batlantirish shakllari miqdori yetarli darajada turli-tuman va natijada shunga mos ravishda uni amalga oshirish yo'llari bo'yicha boshqaruv qarorlarini qabul qilish maydoni ham kengdir. Ta'kidlab o'tish muhimki ularning har biri mustaqil va maqsadga yo'naltirilgan bo'lib, tarmoqni investitsiyalashda davlat-xususiy sherikligi doirasida ularning barchasi bir-birini to'ldirishi lozim.

3 Manba: Muallif ilmiy tadqiqotlari asosida tuzilgan.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ASMni innovatsion rivojlantirishning iqtisodiy mexanizmi amal qilishi, ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish shakllari va yo'llarida, ASMda ilmiy-texnik faoliyat sohasida biznesni rivojlantirish va uning barcha ishtirokchilarining o'zaro xamkorligida agroinnovatsiyaning joriy etishning barcha bosqichlarida davlat tomonidan qo'llab-quvvatlanashga asoslanadi. Shunday ekan, innovatsiyalar jamiyat rivojlanishini asosiy qonunlarini amalga oshirishning zaruriy elementi, uning rivojlanish va dinamiklik sharti hisoblanadi. Jamiyatda korxonalarning rivojlanishi ular faoliyatining barcha jabhalariga daxldor bo'luvchi turli-xil innovatsiyalarni o'zlashtirish yo'li bilan ro'y beradi. Negaki, bu yaqin istiqbolda milliy iqtisodiyotda g'oyalar, ixtirolarni real amaliyotga tez tatbiq etish qobiliyatiga asoslangan innovatsion iqtisodiyotga o'tish uchun muhim omilga aylanishiga ishonchimiz komil.

Qishloq xo'jaligini rivojlantirish va undagi dehqon va fermer xo'jaliklari sub'ektlari faoliyati samaradorligini oshirishga yo'naltirilgan innovatsion siyosatning muhim yo'nalishlari quydagilardan iboratdir:

• asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmlarining tibbiy iste'mol me'yorlariga mos bo'lishi;

• hududlararo almashish va eksport ahamiyatiga ega bo'lgan istiqbolli mahsulotlarning ishlab chiqarilishi;

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

• qo'shilgan qiymatning ulushi va iqtisodiy samarasi yuqori bo'lgan mahsulotlarning ishlab chiqarilishi;

• mayda va yirik korxonlarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning bir-birini to'ldiruvchi maqbul nisbatda bo'lishi;

• ekotizimga antoropogen ta'sirni kamaytirish orqali resurslardan foydalanish samaradorligining oshirilishi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo'ljallangan strategiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5853-son Farmoni. 23.10.2019 y.

2. Ortiqov I. Agrar sohada innovatsiyaning ahamiyati. //O'zbekiston qishloq xo'jaligi. - Toshkent,2009. - №2. - B.29.

3. Safoevna, S. Z., & Juraevna, M. N. (2021). Analysis of economic efficiency of the use of irrigated land in agriculture and factors on them. Journal of Contemporary Issues in Business and Government| Vol, 27(2), 4056.

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

4. Safoevna, S. Z., & Sagdullaevna, T. F. (2021). Food provision of the population of the republic of uzbekistan in pandemy conditions: problems and solutions. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 77(2), 1320-1325.

5. ZS Shoxo'jayeva. Efficient use of water resources in the agricultural sector. Monograph. T.: - 2012

6. ЗС Шохужаева Зарубежный опыт в сельском хозяйстве по использованию водных ресурсов. - Economics, 2020.

7. Safoevna, S. Z., & Utkirovna, M. N. (2021). Organizational and economic basis for the development of cotton and textile clusters. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 77(2), 12891296.

8. ZS Shoxo'jayeva, M Norqobilov Problems of rational use of water resources in agriculture of the Republic of Uzbekistan. - НАУКА И ТЕХНИКА. МИРОВЫЕ ИССЛЕДОВАНИЯ, 2020.

9. ЗС Шохужаева Зарубежный опыт в сельском хозяйстве по использованию водных ресурсов. - Economics, 2020.

10. SZ Safoevna, SM Mirjamilovich. Development of entrepreneurship and improvement of organizational and economic bases of its state regulation. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. 2021. №3, 1186-1193.

11. S Zebo, M Yulduz. QISHLOQ XO 'JALIGINI BARQAROR RIVOJLANTIRISHNING ASOSIY YO 'NALISHLARI. INTERNATIONAL CONFERENCES ON LEARNING AND TEACHING. 2022. №5, 91-96.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.