Научная статья на тему 'SАNOАT KORXONАLАRINING INNOVАTSION SАLOHIYATINI BOSHQАRISHNING NАZАRIY-USLUBIY JIHАTLАRI'

SАNOАT KORXONАLАRINING INNOVАTSION SАLOHIYATINI BOSHQАRISHNING NАZАRIY-USLUBIY JIHАTLАRI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
600
53
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
salohiyat / innovatsion salohiyat / innovatsion soha / ilmiy salohiyayt / ilmiy-texnik salohiyat / sanoatt korxonalari. / potential / innovative potential / innovative field / scientific potential / scientific and technical potential / industrial enterprises.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Mahmudov, Mirabbos Fazliddinovich

Ushbu maqolada innovatsion salohiyatdan foydalanishning nazariy-uslubiy asoslari tadqiq etilib, muallif tomonidan “salohiyat” va “innovatsion salohiyat” atamalariga izoh berilgan. Muallif tomonidan sanoat korxonasining innovatsion salohiyatini toʼlaqonli obʼektiv baholash jarayoni, birinchidan, uni tavsiflovchi asosiy koʼrsatkichlar tarkibini aniqlash, ikkinchidan esa, ularga taʼsir koʼrsatuvchi omillarning taʼsir etish darajasini oʼlchashdan tashkil topishi bo’yicha ilmiy taklif va tavsiyalar taqdim etigan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THEORETICAL AND METHODOLOGICAL ASPECTS OF MANAGEMENT OF INNOVATIVE POWER OF INDUSTRIAL ENTERPRISES

This article examines the theoretical and methodological bases of the use of innovative potential, and the author explains the terms "potential" and "innovative potential". The author offers scientific suggestions and recommendations on the process of a full and objective assessment of the innovative potential of an industrial enterprise, firstly, to determine the composition of key indicators that characterize it, and secondly, to measure the impact of factors influencing them.

Текст научной работы на тему «SАNOАT KORXONАLАRINING INNOVАTSION SАLOHIYATINI BOSHQАRISHNING NАZАRIY-USLUBIY JIHАTLАRI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

SANOAT KORXONALARINING INNOVATSION SALOHIYATINI BOSHQARISHNING NAZARIY-USLUBIY JIHATLARI

Mahmudov Mirabbos Fazliddinovich

Ph.D, Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti tadqiqotchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada innovatsion salohiyatdan foydalanishning nazariy-uslubiy asoslari tadqiq etilib, muallif tomonidan "salohiyat" va "innovatsion salohiyat" atamalariga izoh berilgan. Muallif tomonidan sanoat korxonasining innovatsion salohiyatini to'laqonli ob'ektiv baholash jarayoni, birinchidan, uni tavsiflovchi asosiy ko 'rsatkichlar tarkibini aniqlash, ikkinchidan esa, ularga ta 'sir ko 'rsatuvchi omillarning ta 'sir etish darajasini o 'lchashdan tashkil topishi bo 'yicha ilmiy taklif va tavsiyalar taqdim etigan.

Kalit so'zlar: salohiyat, innovatsion salohiyat, innovatsion soha, ilmiy salohiyayt, ilmiy-texnik salohiyat, sanoatt korxonalari.

В данной статье рассматриваются теоретико-методологические основы использования инновационного потенциала, а также автор разъясняет термины «потенциал» и «инновационный потенциал». Автор предлагает научные предложения и рекомендации по процессу полной и объективной оценки инновационного потенциала промышленного предприятия, во-первых, для определения состава основных показателей, его характеризующих, во-вторых, для измерения влияния факторов, влияющих на них.

Ключевые слова: потенциал, инновационный потенциал, инновационная сфера, научный потенциал, научно-технический потенциал, промышленные предприятия.

This article examines the theoretical and methodological bases of the use of innovative potential, and the author explains the terms "potential" and "innovative potential". The author offers scientific suggestions and recommendations on the process of a full and objective assessment of the innovative potential of an industrial enterprise, firstly, to determine the composition of key indicators that characterize it, and secondly, to measure the impact of factors influencing them.

Keywords: potential, innovative potential, innovative field, scientific potential, scientific and technical potential, industrial enterprises.

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 2

educational, natural and social sciences IV ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

KIRISH

«Innovatsion salohiyat» tushunchasi XX asrning 70 yillari oxiridan boshlab fanga faol kirib kela boshladi. U qator olimlarning uslubiy, nazariy tadqiqotlarida aniqlashtirilgan va ishlab chiqilgan. Biroq, shu kungacha ham mazkur tushunchaning dunyoda umumqabul qilingan yagona ta'rifi ishlab chiqilmagan. Har bir olim yoki mutaxassis o'z davlatining xususiyatlarini inobatga olgan holda innovatsion salohiyatni o'ziga xos yo'nalishda talqin etadi. Bugungi kunda universal innovatsiya nazariyasining mavjud emasligi uning ko'plab ma'no va kontseptsiyalarining vujudga kelishiga sabab bo'ldi. Shunday bo'lsada, ko'pchilik yondashuvlar «yangilik» va «o'zgarish» g'oyalariga borib taqaladi.

Innovatsiyalarning ko'plab ta'riflari ob'ekt innovatsiyasining turli xil xususiyatlariga urg'u berishiga qaramay quyida keltirilayotgan tanlov, innovatsiyalarning tabiati haqidagi muvofiqliklarni aks ettirishga xizmat qiladi.

Innovatsiya tushunchasiga ta'rif bergan ilk iqtisodchi olimlardan biri bu Jyozef Shumpeter hisoblanadi. U «ijodiy holat» va «yangi kombinatsiyalar» tushunchalarini ishlatgan va quyidagilarni nazarda tutgan:

> yangi mahsulot ishlab chiqarish yoki mahsulot sifatini yangilash;

> angicha ishlab chiqarish usulini yaratish;

> yangi bozorlarni zabt etish;

> xomashyo va yarim tayyor mahsulotning yangi bozorlarini zabt etish;

> tashkiliy o'zgarishlarni amalga oshirish.

Innovatsiya tushunchasi haqida tasavvurga ega bo'lishda Germaniyalik innovatsion tadqiqotchilar Yurgen Xausshildt va Klaus Brokxofflar tomonidan tasvirlangan innovatsiyalarni qanday ishlab chiqarish jarayoni1 muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa Brokxoff tomonidan g'oyaning vujudga kelishi, ixtironing o'zi va sotishga tayyor mahsulot ishlab chiqarishni shakllantirish jarayonlarini ajratib ko'rsatilishi ahamiyatlidir.

Keltirilgan bosqichlarda u innovatsiyani tushunishning asosi sifatida ixtiro va mahsulot yaratishni olgani holda innovatsiya kontseptsiyasini kengroq tasvirlab bergan. Har bir bosqich g'oyani qabul qilish yoki rad etishga doir qarorlarni qabul qilish jarayonlari, texnologik jihatdan mosligi va taklif qilinayotgan iqtisodiy yutug'ini o'z ichiga oladi.

Shuningdek, u rejalashtirilgan va rejalashtirilmagan ixtirolarni ajratgani holda, innovatsiyalarni muvaffaqiyatli rejalashtirish yoki tasodifiy jarayonlar natijasi sifatidagi qarashlarni farqlaydi (1.1.1-rasm).

1 Brockhoff, K (1997) Forschung und Entwicklung. Planung und Kontrolle. München: Oldenbourg.

387

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

«Salohiyat» tushunchasining turli xil talqinlarini ko'rib chiqqan holda, innovatsion salohiyat ta'rifiga to'xtalamiz. «Salohiyat» tushunchasi lotincha «potentia» so'zidan kelib chiqqan bo'lib, «imkoniyat, kuch, qudrat» degan ma'nolarni bildiradi2. Katta iqtisodiy lug'atda «salohiyat» tushunchasi «mavjud vositalar majmui», «har qanday sohadagi imkoniyatlar, mavjud manbalar, vosita, zahira» sifatida ta'riflanadi3. «Salohiyat» tushunchasining yuqorida keltirilgan talqinlarning umumiy jihati sifatida muayyan maqsadlarga erishishda talab qilinadigan, zarur bo'lgan ba'zi vositalar majmuining, nimanidir amalga oshirilishida qandaydir imkoniyatlarning mavjudligidan tashkil topgan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Korxonaning iqtisodiy hayotiy sikli innovatsion salohiyatni baholashda va uning raqobatbardoshligini aniqlashda muhim tarkibiy qism sifatida qaraladi va mavjud iqtisodiy salohiyatdan foydalanilganlik natijasi, uni yanada rivojlantirishning asosi hisoblanadi.

Ilmiy adabiyotlarda «iqtisodiy salohiyat» tushunchasining bir qancha talqinlari mavjud. Iqtisodiy adabiyotlarda ko'rsatilishicha, «innovatsion salohiyat» atamasi birinchi marta K.Frimen tomonidan qo'llanilgan. Olim salohiyatni ma'lum bir sharoitda anik ayrim maqsadlar uchun safarbar qilishini ma'lum qilingan. 4 Shuningdek, mualliflar iqtisodiy salohiyatning «innovatsion salohiyat» kabi kategoriya bilan o'zaro aloqalariga turlicha qaraydi. Masalan, birinchi yondashuvda iqtisodiy salohiyatni milliy iqtisodiyot tarmoqlarining barcha imkoniyatlari sifatidagi talqini L.I.Lopatnikova, L.P. Kurakova, V.N. Mosina va D.M. Kruk iqtisodiy salohiyatni - «xalq xo'jaligining sanoat, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi, kapital qurilishni amalga oshiruvchi, yuk tashish va aholiga xizmat ko'rsatish sohalaridagi barcha imkoniyatlar» sifatida talqin etiladi5.

Ikkinchi yondashuvda B.Plishevskiy, A.V, Todoseychuk, Yu.Lichkin va A. Stigichko kabi MDH olimlari iqtisodiy salohiyatning amalda mavjud bo'lgan barcha mehnat, investitsion, moliyaviy resurslar sifatida talqin etishadi6 hamda «salohiyat» tushunchasini mazmuni jihatdan «resurslar», «investitsiya», «investitsion resurslar», «ish bilan bandlar soni» kabi tushunchalar bilan o'rnini almashtirishadi.

2https// dic.olademic.ru

3 Борисов, А.Б. Большой экономический словарь / А.Б. Борисов. - М. :Книжный мир, 2003. С.428.

4 Freeman C.The National system of innovation historical perspectives. Camrige Journal of Economics,1995.vol.19.N°1

5 Гершман М. А. Инновационный менеджмент / М.А. Гершман. М.: Маркет ДС, 2008. - 200 с.;

6 Горшков Р. К. Инновационно - ресурсный потенциал предприятия: вопросы теории и методологии. Монография / Р. К. Горшков. - М. : Экслибрис-Пресс, 2005. - 102 с.

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 2

educational, natural and social sciences IV ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

Fikrimizcha, «resurslar» va «salohiyat» tushunchalari printsipial jihatdan bir qator farqlarga ega. Jumladan, resurslar tizimning ijtimoiy-iqtisodiy faoliyati sub'ektlariga bog'liq bo'lmagan holda tizimning salohiyati bo'lsa ijtimoy-iqtisodiy faoliyat sub'ektlaridan ajralmasdir. Shuningdek, «salohiyat» kategoriyasi moddiy va nomoddiy resurslardan tashqari, ijtimoiy-iqtisodiy tizimning mavjud resurslar yoki vositalardan foydalangan holda yuqori unumdorlikka erishish imkoniyatlaridan, qobiliyat va tayyorgarlikdan tashkil topadi.

Uchinchi yondashuv «iqtisodiy salohiyat» tushunchasi «iqtisodiy kuch» va «xalq xo'jaligi salohiyati» tushunchalari bilan bir xil, sinonim deb qaraladi7. Boshqa bir muallif esa, bunga qarama-qarshi fikr bildirib «xalq xo'jaligi» tushunchasi o'z navbatida «iqtisodiyot» tushunchasidan kengroq ma'no kasb etganligi tufayli «xalq xo'jaligi salohiyati» kategoriyasi «iqtisodiy salohiyat» kategoriyasiga qaraganda kengroq ekanligini ta'kidlab o'tgan8.

To'rtinchi yondashuvda esa, iqtisodiy salohiyat xo'jalik faoliyati sub'ektlarining o'zaro sanoat va iqtisodiy munosabatlarning natijasi sifatida talqin qilinadi. L.S.Sosnenkoning fikricha, iqtisodiy salohiyatga ijtimoiy va sanoat tizimining tovar va xizmatlarni ishlab chiqarishda ularning imkoniyatlaridan to'laligicha foydalanishga, sanoat va boshqaruv aloqalari bilan bog'liq holda qarash kerak9.

Amaldagi salohiyatni asosan, ishlab chiqarish kuchlari rivojlanishi tashkiliy darajasida erishilgan va ishlab chiqarish apparatining salohiyat imkoniyatlaridan maksimal foydalanish darajasida yaratilgan asosiy fondlar majmui va sohalarning yalpi mahsuloti qiymati yoki davlatning umumiy YaIMini tavsiflaydi. Istiqboldagi iqtisodiy salohiyat esa, resurslardan optimal foydalanilib, ideal ishlab chiqarish sharoitlarida erishiladigan tovar va xizmatlarning mumkin bo'lgan eng yuqori hajmda ishlab chiqarilishini oldindan belgilaydigan xo'jalik tizimining maksimal imkoniyatlari orqali belgilanadi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib aytishimiz mumkinki, innovatsion salohiyat iqtisodiy salohiyatning eng muhim tarkibiy tarkitbiy qismlaridan biri sanaladi va ilmiy adabiyotlarda innovatsion salohiyat tushunchasi keng tarqalgan ilmiy-texnik salohiyat tushunchasi bilan ham bir qatorda qo'llaniladi.

Keng ma'noda ilmiy-texnik salohiyatni, ushbu tizimning rivojlanish darajasini, resurslarning sifat va soniga bog'liq holda tavsiflaydigan, ushbu imkoniyatlardan

7 Дежкина И.П., Поташева Г.А. Инновационный потенциал хозяйственной системы и его оценка (методы формирования и оценки): Учеб. пособие. - М.:ИНФРА-М, 2012. - 122 с.

8 Дойль П. Менеджмент: Стратегия и тактика / Пер. с англ. под ред. Ю.Н. Каптуревского - СПб: Издательство «Питер», 1999.С.58.

9 Дятлов С. А. Теория человеческого капитала : учеб. пособ. / С. А. Дятлов. -СПб. : СПбУЭФ, 1994. - 362 с.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

amaliyotda foydalanishga mo'ljallangan g'oya va ishlanmalar jamg'armasining mavjudligi, iqtisodiy tizimining ilmiy-texnik imkoniyaüari majmui sifatida belgilanadi. Innovatsiyalarni amalda joriy etish jarayonida ilmiy-texnik salohiyatning qo'llanilishi sodir bo'ladi.

Ilmiy-texnik salohiyat bir tomondan davlatning fan va texnika taraqqiyoti (FTT) yutuqlaridan ob'ektiv foydalanish real imkoniyatlari, boshqa tomondan esa - unda bevosita ishtirok etishi orqali tavsiflanadi. Demak, ilmiy salohiyat tushunchasi, ilmiy-texnik salohiyat tushunchasi bilan uzviy bog'liq.

Ilmiy salohiyat - bu ilmiy-fundamental va fundamental tadqiqotlarni amalga oshirishga yo'naltirilgan resurslar va sharoitlar majmui.

Ilmiy-texnik salohiyat - bu o'zida tajriba konstruktorlik va texnik ishlarni qamrab oluvchi amaliy tadqiqot ishlarini amalga oshirish sharoitlari va resurslari (avallo ilmiy va texnik) majmui.

Shunday qilib, ilmiy, ilmiy-texnik va innovatsion salohiyatlar yagona innovatsion siklning o'zaro bog'liq va bir-birlarini to'ldiruvchi tarkibiy qismlari hisoblanadi: g'oya paydo bo'lishi - fundamental tadqiqotlar - amaliy tadqiqotlar -tajriba konstruktorlik va texnik ishlanmalar - tajriba namunasi - sanoat sinovlari -ishlab chiqarishda o'zlashtirish - seriyali ishlab chiqarish - tijoratlashtirish -mahsulotni amalda qo 'llash (mashina, asbob-uskuna, texnologiyalar).

Har qanday tizimning innovatsion faoliyati uning rentabelligini, rivojlanishini yuqori sur'atlarda amalga oshishini va raqobatbardoshligini ta'minlovchi asosiy yo'nalishlaridan biri hisoblanadi.

Alohida sub'ektlarning innovatsion faoliyati innovatsiya hayotiy siklining beshta kengaytirilgan bosqichlarini o'z ichiga oladi: 1) ilmiy tadqiqot ishlari; 2) tajriba konstruktorlik ishlari; 3) innovatsiyalarni ishlab chiqarish; 4) innovatsiyalarlardan foydalanish; 5) innovatsiyalarni rutinizatsiya qilish.

Ta'kidlash joizki, innovatsion faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlar innovatsiya hayotiy sikli bo'yicha turli xil vazifalarni bajaradilar (1.1.2-rasmga qarang).

Innovatsion jarayonning o'zi ham 5 ta bosqichdan tashkil topadi: inventsiya, novatsiya, innovatsiya, diffuziya, rutinizatsiya (Innovatsiyalarning ma'naviy eskirishi)10.

Eng keng tarqalgan variantda tadqikot va texnik bosqich vazifalari ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirishga mo'ljallangan tashkilotlar tomonidan amalga oshirilsa, ishlab chiqarish tashkilotlari innovatsiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish

10 Евграфова И.Ю. Инновационный менеджмент М.: Окей-книга, 2009. - 84 с.

390

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

vazifalarini bajaradi. Tashkilotning tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlarini amalga oshirish imkoniyatlarini, ularning ko'lami va qamrovini aniqlovchi omil sifatida tashkilotning inson kapitali (intellektual, ta'lim saviyasi va kadrlar malakasi) maydonga chiqadi, ish o'rinlarining texnik jihozlanganligi, ishlab chiqarish fondlari va eksperimental baza holati, innovatsion jarayonlarni moliyalashtirish - bular barchasi tashkilotning resurslari hisoblanadi.

INNOVATSION SOHANI TASHKIL ETISH

INNOVATSION SIKLNING BITTA BOSQICHIGA IXTISOSLASHGAN INNOVATSION SIKLNING BIR QANCHA BOSQICHLARINI O'Z ICHIGA QAMRAB OLUVCHI

Marketing tadqiqotlari Marketing bo'yicha ixtisoslashgan ilmiy-tadqiqot muassasalari Ketma-ket bir qancha bosqichlarning uyg'unlashuvi

Fundamental ilmiy tadqiqotlar Alohida muammolar yo'nalishlari bo'yicha ilmiy-tadqiqot tashkilotlari Sanoat korxonalari, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari, ilmiy parklar, korporatsiyalar, moliya-sanoat guruhlari, xoldinglar, kontsernlar, texnoparklar, strategik albyanslar va .h.k.

AManHH Tag^urçoTnap HnMHH-TaAKHKOT TamKHnoTnapu

t _

ITTKI Alohida yo'nalishlar bo'yicha ixtisoslashgan konstruktorlik byurolari

f

Ishlab chiqarishni texnologik tayyorlash Loyiha-texnologik tashkilotlar

Innovatsiyalarni o'zlashtirish va ishlab chiqarish P Ishlab chiqarish korxonalari

Innovatsiyalar servisi Xizmat ko'rsatish, servis va ta'mirlash tashkilotlari

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

1-rasm. Innovatsion sohani tashkil etish shaklari

Bir qator ilmiy ishlarda turli olimlar tomonidan innovatsion salohiyat tushunchasi korxona, soha, mintaqa va davlat tomonidan innovatsion faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo'lgan resurslarning umumlashgan xususiyatlarini qayd etish maqsadida qo'llaniladi.

Innovatsion salohiyat tushunchasi turli ishlanmalar va tadqiqotlarni amalga oshiruvchi tashkilotlarning soni, faoliyati unumdorligi, samaradorligi, intellektual mulk ob'ektlari, innovatsiya sohasidagi mutaxassislar, olimlar, kadrlar soni, moliyalashtirish va moddiy ishlab chiqarish bazasi, mamlakatda va shu jumladan xorijda ham ilmiy axborotlar, innovatsiya va innovatsion faoliyat axborotlari, ilmiy maktablar va ularning milliy, dunyo ilm-fanida tutgan o'rni kabilarni o'z ichiga qamrab oluvchi innovatsion faoliyat resursidir11.

Fikrimizcha, resurslarning teng jamlanmasi turli sharoitlarda bir xil iqtisodiy natijalarga erishishni kafolatlamaganligidan, innovatsion salohiyatning resurslar majmui sifatida qaralishi ushbu tushunchaning iqtisodiy mohiyatini aks ettirmaydi. Innovatsion salohiyat, to'plangan resurslardan tashqari, o'zida iqtisodiy sub'ektlarning maqsadlariga erishishida foydalanishi mumkin bo'lgan qo'llanilmagan, yashirin imkoniyatlarni ham qamrab oladi.

Fikrimizcha, imkoniyat - bu nimanidir amalga oshirish uchun zarur bo'lgan mablag', sharoit va shartlardir. Boshqacha qilib aytganda, imkoniyat, biror narsa uchun zarur bo'lgan mablag'ning mavjudligi, biror narsa uchun qulay bo'lgan sharoit va biror nimagadir yo'l qo'yib beruvchi holatlardir.

V.P. Barancheeva va V.N. Guninaning ilmiy ishlarida innovatsion salohiyat -korxonaning innovatsion maqsadlariga erishish uchun innovatsion loyiha yoki innovatsion o'zgarishlar dasturini amalga oshirish bo'yicha tayyorgarligi o'lchovi deb talqin etiladi12.

Fikrimizcha, innovatsion salohiyat - korxona yoki tashkilotning yoxud umuman olganda qaysi tarmoq, sohada faoliyat ko'rsatishidan, mulkchilik shaklidan, tashkiliy-huquqiy maqomi, o'lchamlaridan qat'i nazar istalgan bir xo'jalik yurituvchi sub'ektning yangi ishlanmalarini ishlab chiqish, kashfiyotlar yoki ixtirolarni, foydali

11 Ерина, А. Е. Управление научно-исследовательскими и опытно-конструкторскими работами // Современное общество, образование и наука; сборник научных трудов по материалам Международной научно-практической конференции 31 июля 2013 г.: в 5 частях. Часть 1; М-во обр. и науки РФ. - Тамбов: Изд-во ТРОО «Бизнес-Наука-Общество», 2013. - С. 59-62.

12 Багудина Е. Г. Экономический словарь / Е. Г. Багудина ; под ред. А. И Архипова. - М. : ТК Велби, Изд-во Проспект, 2006. - 642 с.;

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

modellarni yaratish, ularni joriy faoliyatida samarali qo'llash bo'yicha mavjud barcha intellektual, moliyaviy, kadrlar, axborot, moddiy-texnik va boshqa resurslari hamda imkoniyatlari yig'indisidir.

Yuqoridagi 1-jadvalda keltirilgan korxona innovatsion salohiyatini tashkil etuvchi asosiy tarkibiy qismlaridan ko'rinadiki, innovatsion salohiyat xodimlar, moliyaviy-iqtisodiy, ishlab chiqarish-texnologik, ilmiy-texnik, tashkiliy-boshqaruv salohiyatidan, innovatsion faollik omillaridan tashkil topsa, innovatsion faollik innovatsion tizimning asosiy unsurlari - bilim, texnologiyalar, AKTlardan samarali foydalanish imkoniyatlari, shuningdek barcha yangiliklarni joriy qilishga tayyorlikni tavsiflaydi.

Innovatsion salohiyatni o'rganish bo'yicha o'tkazgan tadqiqotlarimiz natijalari asosida biz innovatsion salohiyatni aniqlashda quyidagi asosiy yondashuvlarni qayd etishimiz mumkin:

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

> innovatsion faoliyatni amalga oshirishga jalb qilinishi mumkin bo'lgan resurslar majmui sifatida;

> innovatsion faoliyatni amalga oshirish imkoniyati sifatida;

> innovatsion faoliyatni amalga oshirishga tayyorlik sifatida;

> innovatsion faoliyatni amalga oshirish imkoniyati va tayyorgarligi sifatida;

> innovatsion faoliyatni amalga oshirish qobiliyati sifatida.

Fikrimizcha, quyidagi yondashuvlar o'zaro ta'sir kuchiga ega, innnovatsion faoliyatga, qobiliyatga ega bo'lish bir qator imkoniyatlarning mavjudligi bo'lsa, o'z navbatida bu innovatsion salohiyatni amalga oshirishga imkoniyat va zarur bo'lgan tayyorlik darajasini ta'minlovchi muhim shartlardan biri hisoblanadi.

Innovatsion salohiyatning iqtisodiy mohiyati va tadqiqot maqsadiga muvofiq keladigan ta'rifi deb quyidagi tahrirni keltiramiz: innovatsion salohiyat - turli xil samaralarga ega bo'lish maqsadida innovatsiyalarni mavjud resurs baza yordamida yaratishni va ulardan foydalanishni ta'minlashga korxonaning qobiliyati, imkoniyatlari va tayyorligidir.

> I-bosqich, innovatsion faoliyatda zarur bo'lgan, korxonaning resurslari mavjudligini tavsiflovchi;

> II-bosqich, korxonaning innovatsion faollik omillarini tavsiflovchi (imkoniyat, tayyorlik, qobiliyat).

Fikrimizcha, innovatsion faoliyatning samaradorligi va innovatsion salohiyatning holatini, u yoki bu tarkibiy qismning mavjudligi va sifati aniqlab beradi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

XULOSA

Innovatsion salohiyatning biron-bir tarkibiy qismining yo'qligi yoki yetishmasligi, uni qayta ko'rib chiqish va rivojlantirish zarurligini taqozo etadi. Sanoat korxonasi innovatsion salohiyatini rivojlantirishni faqatgina uning tarkibiy qismlarini rivojlantirish orqaligina amalga oshirish mumkin. Shu sababli, har qanday korxona innovatsion salohiyatini oshirish uchun uning tarkibiy qismlarini rivojlantirish lozim.

Chunki, korxona innovatsion salohiyat darajasi muayyan dinamikada bo'lib, undagi o'zgarishlar nafaqat o'sishga, balki kamayishga ham olib kelishi mumkin. Demak, innovatsion salohiyat dinamikasi darajasi, unga turli omillarning ta'siri natijasida vujudga keladi (kadrlar tarkibining o'zgarishi, texnik ta'minotning o 'zgarishi, mablag' jalb etish va h.k.lar.).

Olib borilgan izlanish natijalariga asoslangan holda xulosa qiladigan bo'lsak, sanoat korxonasining innovatsion salohiyatini to'laqonli ob'ektiv baholash jarayoni, birinchidan, uni tavsiflovchi asosiy ko'rsatkichlar tarkibini aniqlash, ikkinchidan esa, ularga ta'sir ko'rsatuvchi omillarning ta'sir etish darajasini o'lchashdan tashkil topadi.

REFERENCES

1. Brockhoff, K (1997) Forschung und Entwicklung. Planung und Kontrolle. München: Oldenbourg.

2. Борисов, А.Б. Большой экономический словарь I А.Б. Борисов. - M. :Книжный мир, 2003. С.428.

3. Freeman C.The National system of innovation historical perspectives. Camrige Journal of Economics,1995.vol.19.№1

4. Гершман M. А. Инновационный менеджмент / M. А. Гершман. M.: Maркет ДС, 2008. - 200 с.;

5. Горшков Р. К. Инновационно - ресурсный потенциал предприятия: вопросы теории и методологии. Mоногрaфия I Р. К. Горшков. - M. : Экслибрис-Пресс, 2005. - 102 с.

6. Дежкина И.П., Поташева Г.А. Инновационный потенциал хозяйственной системы и его оценка (методы формирования и оценки): Учеб. пособие. -M.:ИНФРA-M, 2012. - 122 с.

7. Дойль П. Mенеджмент: Стратегия и тактика I Пер. с англ. под ред. Ю.Н. Каптуревского - СПб: Издательство «Питер», 1999.С.58.

8. Дятлов С. А. Теория человеческого капитала : учеб. пособ. I С. А. Дятлов.

СПб. : СПбУЭФ, 1994. - 362 с.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

9. Евграфова И.Ю. Инновационный менеджмент М.: Окей-книга, 2009. - 84 с.

10. Ерина, А. Е. Управление научно-исследовательскими и опытно-конструкторскими работами // Современное общество, образование и наука; сборник научных трудов по материалам Международной научно-практической конференции 31 июля 2013 г.: в 5 частях. Часть 1; М-во обр. и науки РФ. -Тамбов: Изд-во ТРОО «Бизнес-Наука-Общество», 2013. - С. 59-62.

11. Багудина Е. Г. Экономический словарь / Е. Г. Багудина ; под ред. А. И Архипова. - М. : ТК Велби, Изд-во Проспект, 2006. - 642 с.;

12. https// dic.olademic.ru

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.