Научная статья на тему 'MAMLAKAT IQTISODIY XAVFSIZLIGINI TA’MINLANISHIDA INNOVATSIYALARNING AHAMIYATI'

MAMLAKAT IQTISODIY XAVFSIZLIGINI TA’MINLANISHIDA INNOVATSIYALARNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
1507
141
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Innovatsiya / mamlakat iqtisodiy xavfsizligi / innovatsion g’oyalar / innovatsion faoliyat / nau – xau / “aqlli” texnologiyalar / iqtisodiyot raqobatdoshligi / marketing innovatsiyalari / innovatsiya salohiyati / innovatsiya sohasi / innovatsiya dasturi / innovatsiya infratuzilmasi. / Innovation / economic security of the country / innovative ideas / innovative activity / know-how / "smart" technologies / economic competitiveness / marketing innovations / innovation potential / innovation sector / innovation program / innovation infrastructure.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Safarov, G’iyosiddin Abdullayevich, Bahodirov, Zokirjon Olimjon O’g’li

Ushbu maqolada mamlakatda innovatsiyalarning joriy etilishi, mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlanishi, uning taraqqiy etishidagi o’rni va ahamiyati hamda innovatsion loyihalarni moliyalashtirishdagi imtiyozlar haqida keltirib o’tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE IMPORTANCE OF INNOVATIONS IN ENSURING THE ECONOMIC SECURITY OF THE COUNTRY

This article talks about the introduction of innovations in the country, ensuring the country's economic security, its role and importance in its development, and the benefits of financing innovative projects.

Текст научной работы на тему «MAMLAKAT IQTISODIY XAVFSIZLIGINI TA’MINLANISHIDA INNOVATSIYALARNING AHAMIYATI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

MAMLAKAT IQTISODIY XAVFSIZLIGINI TA'MINLANISHIDA INNOVATSIYALARNING AHAMIYATI

Safarov G'iyosiddin Abdullayevich

Toshkent moliya instituti dotsenti Bahodirov Zokirjon Olimjon o'g'li

Toshkent moliya instituti "Iqtisodiyot" fakulteti, "Iqtisodiy xavfsizlik" guruhi talabasi

Ushbu maqolada mamlakatda innovatsiyalarning joriy etilishi, mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta'minlanishi, uning taraqqiy etishidagi o'rni va ahamiyati hamda innovatsion loyihalarni moliyalashtirishdagi imtiyozlar haqida keltirib o'tilgan.

Kalit so'zlar: Innovatsiya, mamlakat iqtisodiy xavfsizligi, innovatsion g'oyalar, innovatsion faoliyat, nau - xau, "aqlli" texnologiyalar, iqtisodiyot raqobatdoshligi, marketing innovatsiyalari, innovatsiya salohiyati, innovatsiya sohasi, innovatsiya dasturi, innovatsiya infratuzilmasi.

This article talks about the introduction of innovations in the country, ensuring the country's economic security, its role and importance in its development, and the benefits of financing innovative projects.

Key words: Innovation, economic security of the country, innovative ideas, innovative activity, know-how, "smart" technologies, economic competitiveness, marketing innovations, innovation potential, innovation sector, innovation program, innovation infrastructure.

В данной статье говорится о внедрении инноваций в стране, обеспечении экономической безопасности страны, ее роли и значении в ее развитии, преимуществах финансирования инновационных проектов.

Ключевые слова: инновации, экономическая безопасность страны, инновационные идеи, инновационная деятельность, ноу-хау, «умные» технологии, экономическая конкурентоспособность, маркетинг инноваций, инновационный потенциал, инновационный сектор, инновационная программа, инновационная инфраструктура.

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

АННОТАЦИЯ

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

KIRISH

Iqtisodiyotda boshqaruv tizimi eskirgani, innovatsion g'oyalarni qo'llab -quvvatlash bo'yicha samarali mexanizmlar o'z vaqtida joriy qilinmagani ham jiddiy muammo bo'lib qolmoqda. Shuningdek texnologik qoloqlik, resurs va energiyani tejaydigan texnologiyalar, muqobil energiya manbalarini tadbiq etishning sustligi ham iqtisodiy taraqqiyot yo'lida to'siq bo'lmoqda1.

Innovatsiyalar to'g'risida so'z borar ekan, mamlakatdagi keskin ijtimoiy -iqtisodiy o'zgarishlar, bozor munosabatlariga o'tish yangi turdagi mahsulot va texnologik jarayonlarni o'zlashtirish, nomenklatura va assortiment bo'yicha o'zgarishi muammolarini vujudga keltirdi. Iqtisodiy o'sishning an'anaviy resurslaridan foydalanish imkoniyatlarining torayib ketishi birinchi o'ringa innovatsion jarayonlarni muhimligini, ular iqtisodiy o'zgarishlarning ajralmas qismi va bo'g'ini bo'lib qolmoqda. Innovatsion jarayonlarni ilmiy va samarali tashkil qilish masalalari ayniqsa dolzarbdir. Shu o'rinda, mamlakat iqtisodiy xavfsizligi ta'minlanishi hamda milliy iqtisodiyotning raqobatdoshligini oshirish va dunyo bozorlariga chiqish, birinchi navbatda iqtisodiyotni izchil isloh qilish, yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi korxona va ishlab chiqarish tarmoqlarining jadal rivojlanishini ta'minlash hisobidan amalga oshirish mukin. Boshqacha qilib aytganda, mamlakat iqtisodiy xavfsizligi ta'minlanishida innovatsiya faoliyatini rivojlantirish muhim e'tiborga sazovordir.

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil 28 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojatnomasi. "Innovatsiya - bu kelajak degani. Biz buyuk kelajagimizni barpo etishni aynan innovatsion g'oyalar asosida boshlashimiz zarur. Innovatsion rivojlanish va raqamli iqtisodiyot yo'liga o'tishimiz bejiz emas. Chunki zamon rivojlanib borayotgan hozirgi davrda kim yutadi? Yangi fikr, yangi g'oyaga, innovatsiyaga tayangan davlat yutadi".

TADQIQOT METODOLOGIYASI

Tadqiqot jarayonida statistik, analitik, qiyosiy kuzatuv, induktiv, deduktiv, mantiqiy, monitoring, ekspress - baholash va boshqa tahlil usullaridan foydalanildi. O'rganilgan adabiyotlar natijasida mavzu to'liq yoritib berildi. Xorijiy davlatlar bilan hamkorlikda olib borilayotgan islohotlar ko'rib chiqildi.

1 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, Sh. M. Mirziyoyev.

47

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

TAHLIL VA NATIJALAR

Bundan bir necha yil oldin "innovatsiya" so'zi ko'pchilik uchun notanish tushuncha edi. Xorijdan kirib kelib qulog'imizga tez - tez chalina boshlagan ushbu atamani ahyon ahyonda qo'llay boshladik. Ammo ko'p o'tmay - Yangi O'zbekiston islohotlari avvalida rivojlana boshlagan zamonaviy texnologiyalar va bilimlar sabab bugun "innovatsiya" bugun til lug'atimizda asosiy so'zlardan biriga aylandi. Hozirgi kunda dunyoda innovatsion taraqqiyot modellarini joriy etish, ilg'or g'oyalar, "nau -xau" va "aqlli" texnologiyalarni eksport qilish hisobidan tez sur'atlar bilan rivojlanayotgan davlatlar soni tobora ortib bormoqda. Tan olishimiz kerak, ma'lum muddat mamlakatizmizda bu yo'nalishda amalga oshirilgan ishlar qoniqarli bo'lmadi. Shu bois davlatimiz rahbari o'z lavozimini egallagan dastlabki yillardanoq bu yo'ldagi dolzarb muammolarni hal etishga qat'iy kirishdi.

Prezidentimiz ta'kidlaganidek, "Innovatsiya - bu kelajak degani. Biz buyuk kelajagimizni barpo etishni aynan innovatsion g'oyalar asosida boshlashimiz zarur. Innovatsion rivojlanish va raqamli iqtisodiyot yo'liga o'tishimiz bejiz emas. Chunki zamon rivojlanib borayotgan hozirgi davrda kim yutadi? Yangi fikr, yangi g'oyaga, innovatsiyaga tayangan davlat yutadi".

"Innovatsiya" so'zi inglizcha "innovation" so'zidan olingan bo'lib, kiritilgan yangilik, ixtiro degan ma'nolarni anglatadi. Innovatsiya so'zi tor ma'noda, texnika va texnologiya avlodlarini almashtirishni ta'minlash uchun iqtisodiyotga sarflangan mablag'lar; keng ma'noda ilmiy - texnika yutuqlari va ilg'or tajribalarga asoslangan texnika, texnologiya, boshqarish va mehnatni tashkil etish kabi sohalardagi yangiliklar, shuningdek ularning turli sohalar va faoliyat doiralarida qo'llanilishi tushuniladi.

Demak, uning mazmun - mohiyatidan kelib chiqqan holda, innovatsiyani hayotga joriy qilishdan maqsad biror bir ijobiy natijaga erishishdir. Bundan shuni anglash mumkinki, innovatsiya sohasi o'z-o'zidan investitsiya sohasi bilan chambarchas bog'liqdir. Milliy iqtisodiyotni rivojlantirish sharoitida innovatsion-investitsion faoliyatning ustuvor yo'nalishlari sifatida quyidagilarni ko'rishimiz mumkin:

• korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlashni yanada jadallashtirish, zamonaviy, moslashuvchan texnologiyalarni keng joriy etish;

• eksportga mahsulot chiqaradigan korxonalarning tashqi bozorlarda raqobatdosh bo'lishini qo'llab-quvvatlash bo'yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish va eksportni rag'batlantirish uchun qo'shimcha omillar yaratish;

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

• ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxini kamaytirishni rag'batlantirish hisobidan real sektor korxonalarining raqobatdoshligini oshirish;

• elektroenergetika tizimini modernizatsiya qilish, energiya iste'molini kamaytirish va energiya tejashning samarali tizimini joriy etish choralarini amalga oshirish;

• ichki bozorda talabni rag'batlantirish orqali mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo'llab-quvvatlash.

Albatta, milliy iqtisodiyotni modernizatsiyalash, uning raqobatbardoshligini oshirishda innovatsiyalarning o'rni beqiyos. Lekin mamlakatda innovatsiya faoliyatining tashkil etilishi va rivojlanishi uchun quyidagi shartlarning mavjud bo'lishi va bajarilishi talab etiladi: [2]

• davlat innovatsiya siyosati - O'zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati organlari tomonidan mamlakatning innovatsion strategiyasi maqsadlari va ustuvor innovatsion dasturlar va loyihalarni qo'llab-quvvatlash mexanizmlarining ishlab chiqilishi va belgilanishi;

• investitsiya salohiyati - davlat, tarmoq, korxona va tashkilotning turli ko'rinishdagi resurslar yig'indisi (moddiy, moliyaviy, intellektual, ilmiy-texnikaviy, iqtisodiy va boshqalarni qamrab olgan holda);

• innovatsiya sohasi - innovatsiyalarni yaratish va tarqatishni o'z ichiga qamrab oluvchi innovatsiya mahsulot (ish, xizmat)larini ishlab chiqaruvchilar va iste'molchilarning faoliyat sohalari;

• innovatsiya infratuzilmasi - innovatsiya faoliyatining amalga oshirilishiga imkon beruvchi, ta'sir ko'rsatuvchi turli muassasalar;

• innovatsiya dasturi (korxona, tarmoq, hudud, davlat, mintaqa, davlatlararo) -innovatsiya loyihalari resurslari, ijrochilari va ularni amalga oshirish muddatlari bo'yicha kelishilgan hamda yangi turdagi mahsulotlarni o'zlashtirish va joylashtirish bo'yicha vazifalarning samarali hal etilishini ta'minlovchi innovatsion loyihalar va tadbirlar kompleksi.

Innovatsiyalarni loyihaviy moliyalashtirishning bir necha turlari mavjud. Loyihaning o'zining, uning ishtirokchilarining kredit qobiliyati, ularning kreditni uchinchi shaxslar tomonidan to'lash kafolatlari hisobga olinmagandagi yashash qobiliyatiga asoslangan molyailashtirish asosiy bo'ladi. Loyihani amalga oshirish natijasida generatsiyalanadigan pul oqimlari qarzni to'lashning manbai bo'luvchi investitsiyalarni moliyalashtirishni uchinchi tur deb hisoblash mumkin.

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 21 ISSUE 11

educational, natural and social sciences -------- JtV ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022:5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

Moliyalashtirishning shunday turi uchinchi deb hisoblanadiki, bunda ham loyihani amalga oshirish natijasida generatsiyalanadigan naqd mablag'lar oqimlari va ham korxona aktivlari kreditni ta'minlanishi bo'lib xizmat qiladilar. Korxonaning o'zining iqtisodiy va texnik yashash qobiliyati kreditni ta'minlashi loyihaviy molilashtirishning to'rtinchi turi bo'ladi[3].

Hozirgi kunda investitsiyalarni innovatsion loyihalarni moliyalashtirish uchun yo'naltirishga alohida ahamiyat berilmoqda. Xususan, bank tomonidan investitsion loyihalarni moliyalashtirishga bir qancha imtiyozli shartlar qo'yilgan:

s-

INVESTITSION LOYIHALARNI MOLIYALASHTIRISH

Bank tomonidan investitsion loyihalarni moliyalashtirish uchun kreditlar ajratish tartibi

Kredit yo'nalishi

Kreditlash tamoyili

Kredit muddatlari

с Maqsad >

s Foiz л

j

Kredit olish uchun taqdim etiladigan huiiatlar

Investitsion loyihalarni moliyalashtirish uchun kreditlar

muddatlilik, to'iovlilik, qaytarishlik, maqsadlilik va ta'minlanganlilik

5 yilgacha (meyyoriy-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinib turadi)

Ishlabchiqarish va xizmat ko'rsatishni modernizatsiya qilish va texnologik qayta qurollantirish uchun yuqori texnologik uskunalar sotib olish

Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasidan kam bo'lmagan miqdorda loyiha pul oqimidan kelib chiqib yoki airatiloan krpdit manhai talahlaricra hinnan hploilanadi

l.Ariza. 2.Biznes reja. 3.Ta'sis hujjatlari. 4.Shartnoma hujjatlari. 5.Moliyaviy hisobotlar. 6.Kredit ta'minoti (Olinayotgan kredit miqdorining 125 foizi dan kam bo'lmagan ko'char va ko'chmas mulk). 7.Loyihaning ahamiyatidan kelib chiqib qo'shimcha ruxsat beruvchi hujjatlar taqdim etish mumkin.

1 - rasm. Bank tomonidan investitsion loyihalarni moliyalashtirish uchun kreditlar ajratish tarkibi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Bilamizki, samarali innovatsiya loyihalarini amalga oshirish iqtisodiyot tarmoqlarida mahsulot tannarxini pasaytirish, mehnat unumdorligini oshirish, mahsulotlar sifatini oshirish va umuman iqtisodiyotning raqobatbardoshligini ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Jahon amaliyotida loyihaviy moliyalashtirish ostida ko'pincha moliyalashtirishni tashkil qilishning shunday turi nazarda tutiladiki, unda loyihani sotishdan olingan daromadlar qarz majburiyatlarini to'lashning yagona manbai bo'ladi. Shunga qaramay har xil mamlakatlarda "loyihaviy moliyalashtirish" atamasi har xil talqin qilinadi. Masalan, AQSHda uning ostida moliyalashtirishni shunday tashkil qilish tushuniladiki, unda investitsion loyihalarning katta qismi ta'sischining shaxsiy mablag'lari hisobiga moliyalashtiriladi, loyihani sotishda daromad qarz majburiyatlarini to'lashning yagona manbalaridan bo'ladi. Yevropada bu atama loyihalarni amalga oshirish uchun zarur bo'lgan moliyaviy resurslarni taqdim etishning har xil variantlari va yo'llariga nisbatan qo'llaniladi. Keyingi vaqtda "loyihaviy moliyalashtirish" atamasi ham banklar tomonidan taqdim etiladigan kreditlarga va ham vositali byudjetli qo'llab-quvvatlashga, har xil davlat tashkilotlari, investitsion fondlar, sug'urta kompaniyalari va boshqa manfaatdor sarmoyadorlarning qo'llab-quvvatlashiga asoslangan moliyaviy va tijorat operatsiyalari tizimiga nisbatan qo'llaniladi[1]. O'zbekiston iqtisodiy holatining innovatsiyalar bilan o'zaro bog'liqligini quyidagi asosiy jihatlarda ko'rish mumkin, ya'ni innovatsiya faoliyatining milliy iqtisodiyotga ta'sirini tadqiq etish nuqtai nazaridan davlatning moddiy asosi sifatida butunligicha ko'rish; innovatsiyalarning alohida korxona faoliyatiga ta'sirini tahlil qilishda alohida bozor subyekti sifatida qarash; innovatsiya siyosatini amalga oshirishning ijtimoiy-iqtisodiy natijalarini o'rganish. O'zbekistonda iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida innovatsiyalar, avvalo uning barqaror o'sishi uchun zarurdir. Yangi texnologiyalarga investitsiyalar raqobatbardosh, yuqori talab bilan iste'mol etiladigan tovarlar ishlab chiqarishga yordam beradi.

Mamlakat iqtisodiyoti va iqtisodiyot subyektlarining tadbirkorlik faoliyatiga ta'sir ko'rsatishning asosiy vositalaridan biri - davlat iqtisodiy siyosatining bo'g'inlaridan hisoblanuvchi innovatsiya siyosatidir. Davlat innovatsiya siyosati yordamida bevosita ishlab chiqarish hajmi sur'atlari oshishiga, fan-texnika taraqqiyoti tezlashishiga, ijtimoiy ishlab chiqarish tuzilishi o'zgarishi, ijtimoiy muammolarni hal qilishga ta'sir o'tkaza oladi.

Iqtisodiy faoliyat turlari kesimida marketing innovatsiyalarni joriy qilgan korxona va tashkilotlar soni:

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

2021 - yil yakuniga ko'ra mamlakatimizda marketing innovatsiyalarini joriy etgan barcha korxona va tashkilotlar soni jami - 29 tani tashkil etgan.

Marketing innovatsiyalarini joriy qilgan korxona va tashkilotlar soni (faoliyat turlar kesimida) :

• Ishlab chiqarish sanoati - 9;

• Qurilish - 2;

• Axborot va aloqa - 1;

• Moliyaviy va sug'urta faoliyati - 4;

• Ta'lim - 1;

• Iqtisodiy faoliyatning boshqa turlari - 12.

Iqtisodiy faoliyat turlari kesimida texnologik innovatsiyalarni joriy qilgan kichik korxona va mikrofirmalar soni (2021 - yil yakuniga ko'ra, ular 1038 tani tashkil etgan):

• Qishloq, o'rmon va baliqchilik xo'jaligi - 28;

• Tog' - kon sanoati va ochiq konlarni ishlash - 25;

• Ishlab chiqarish sanoati - 658;

• Qurilish - 62;

• Axborot va aloqa - 15;

• Ta'lim - 2;

• Sog'liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko'rsatish - 4;

• Iqtisodiy faoliyatning boshqa turlari - 244.

Hududlar kesimida texnologik innovatsiyalarni joriy qilgan kichik korxona va mikrofirmalar soni. (2021 - yil yakuniga ko'ra, ular 1038 tani tashkil etgan):

• Qoraqalpog'iston Respublikasi - 6;

• Andijon - 12;

• Buxoro - 33;

• Jizzax - 34;

• Qashqadaryo - 39;

• Navoiy - 199;

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

• Namangan - 23;

• Samarqand - 44;

• Surxondaryo - 107;

• Sirdaryo - 74;

• Toshkent viloyati - 111;

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

• Farg'ona - 98;

• Xorazm - 18;

• Toshkent shahri - 240.

Albatta, yurtimizda innovatsiyalarni joriy etilishi uning ijtimoiy - iqtisodiy jihatdan rivojlanishi, dunyoda yetakchi mamlakatlar safiga qo'shilishiga ayniqsa juda kata hissa qo'shadi desak mubolag'a bo'lmaydi.

Xulosa qilib aytsak, O'zbekiston Respublikasida innovatsion iqtisodiyotni shakillantirish va yanada rivojlantirish maqsadida bir qancha asosiy ishlar va chora-tadbirlar majmuini qisqacha yoritib o'tsak:

• rivojlangan mamlakatlardagi biz uchun kerak bo'lgan barcha texnologik bilim va yangiliklarni o'rganish, va respublika iqtisodiyoti tarmoqlariga bosqichma-bosqich milliy manfaatlarimizdan kelib chiqqan holda tatbiq qilish;

• asosiy ahamiyatga ega bo'lgan ichki innovatsion loyihalarga investorlarni hamda xorijiy kapitalni jalb qilish;

• texnoligik innovatsiyalarga bag'ishlangan bilimlar bazasini tashkil qilish va unda internet portal orqali barcha fuqarolar foydalana olishlariga erishish;

• innovatsiyani rivojlantirish, bu sohadagi yutuqlarni yuqori qo'shilgan qiymatli mahsulotga aylantirishda intellektual mulkning ishonchli himoyasini ta'minlash.

REFERENCES

1. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil 28 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojatnomasi. http://uza.uz.

2. Вертакова Ю.В. Симоненко Б.С. Управление инновациями: теорпя и практика. -М.: Высшее экономическое образование, 2008.

3. Borut Likar, co-editors Peter Fatur, Urshka Mrgole; translation Arslingue K.Jontar, TEFL, TBE. — 1st. ed. — El. knjiga. — Ljubljana INNOVATION management [Elektronskivir] Korona plus — Institute for Innovation and Technology, 2013.

4. Гончаренко Л.П., Олейников Е.А., Березин В.В. "Инновационный менеджмент" учебное пособие/М.: КНОРУС, 2005, — 544 с.

5. Зинов В.Г. «Менеджмент инноваций: кадровое обеспечение» Учебник — М.:Дело 2005 - 496 с.

6. «Инновационная экономика» А.А.Динкин и другие. - M.: Наука , 2001.

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

7. Мухамедьяров А.М. "Инновационный менеджмент" учебное пособие -М.:Инфра - М, 2006. — 127 с.

8. Оголева Л.Н. Инновационный менеджмент: Учебное пособие / Под ред. д.э.н., проф. Л.Н. Оголевой. — М.: ИНФРА-М, 2006, — 238 с.

9. Yo'ldoshev N.Q. va boshqalar. «Innovatsion menejment». Darslik. TDIU. 2011y. — 312 b

10. A. Taniyev., "Innovatsion iqtisodiyot" darslik.

11. https://stat.uz/uz/component/search?searchword=innovatsiya&searchphrase=all "Innovatsiya statistikasi"

12. https://e-journal.uz/2020/11/02/iqtisodiyotda-innovatsiyalarning-tutgan-orni/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.