Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
О
R
VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
OZIQ-OVQAT SANOATI KORXONALAR INNOVATSION SALOHIYATINI BOSHQARISH
Xamrokulov Ulug'bek Abudraxmatovich
Andijon davlat universiteti tayanch doktoranti
ANNOTATSIYA
Oziq-ovqat sanoati har doim ham o 'zining dolzarbligini yo 'qotmagan. Oziq-ovqat sanoati korxonalari samaradorligini oshirishda korxonalar innovatsion salohiyatini boshqarishni yaxshilash bugungi kunda korxona boshqaruvchilari oldida turgan asosiy maqsadlardan xisoblanadi.
Kalit so'zlar: oziq-ovqat sanoati, kuchli raqobat, samaradorlik, boshqaruv, innovatsion salohiyat, innovatsion salohiyatni boshqarish.
УПРАВЛЕНИЕ ИННОВАЦИОННОЙ МОЩНОСТЬЮ ПРЕДПРИЯТИЙ ПИЩЕВОЙ ПРОМЫШЛЕННОСТИ
Хамрокулов Улугбек Абдурахматович
Докторант Андижанского государственного университета
АННОТАЦИЯ
Пищевая промышленность не всегда теряла свою актуальность. Совершенствование управления инновационным потенциалом предприятий при повышении эффективности предприятий пищевой промышленности является одной из основных задач, стоящих сегодня перед руководителями.
Ключевые слова: пищевая промышленность, сильная конкуренция, эффективность, управление, инновационный потенциал, управление инновационным потенциалом.
MANAGEMENT OF INNOVATIVE POWER OF FOOD INDUSTRY
ENTERPRISES
The food industry has not always lost its relevance. Improving the management of innovative capacity of enterprises in improving the efficiency of enterprises in the food industry is one of the main goals facing managers today.
Hamrokulov Ulugbek Abdurahmatovich
Phd Researcher of Andijan State University
ABSTRACT
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
O
R
VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
Keywords: food industry, strong competition, efficiency, management, innovative potential, innovative capacity management.
Globallashuv jarayonlari kuchaygan davrda turli hudud va mintaqalar o'rtasida barcha sohalar kabi ijtimoiy-iqtisodiy va savdo yo'nalishlarida xam hamkorlik aloqalarining rivojlanishi kuzatilmoqda. Buning natijasida mintaqalarda faoliyat yuritayotgan kompaniyalar o'zlarining haridorlari auditoriyasini kengaytirish maqsadida boshqa mintaqalarda xam o'z faoliyatlarini olib borish xoxish va rejalari paydo bo'ladi. Bunda birinchidan, ishlab chiqaruvchi va xizmat ko'rsatuvchi kompaniyalar soni ko'paysa, ikkinchidan ularning xaridorlari auditoriyasi kengayib, mijozlarning boshqa mintaqalardan farq qiladigan mahsulot va hizmat qo'rsatilishiga talab paydo bo'ladi. Yuqorida keltirilgan masalalarni yechilishida korhonalar innovatsion salohiyatini boshqarishning samarali tashkil qilinishi zamon talabiga aylanib qoldi.
Xozirgi kunda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 9 sentyabrdagi "Respublika oziq-ovqat sanoatini jadal rivojlantirish hamda aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan to'laqonli ta'minlashga doir chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-4281-son Qarori yuqorida keltirilgan fikrimizni tasdiqlaydi [1].
Erkin bozor iqtisodiyoti munosabatlariga asoslangan sharoitda korxonalar raqobatbardoshlilik darajasini ta'minlashda korxonalar boshqaruvini zamon talablari asosida tashkil qilish, xususan korxonaning innovatsion faoliyatini boshqarish masalasiga a'loxida e'tibor qaratish kerak.
MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Innovatsion menejment bugungi kunda kompaniyalarni zamon talablari darajasida boshqarishning nazariy asosi hisoblanadi. Innovatsion menejment, innovatsion salohiyat, innovatsion salohiyatni boshqarish va unga ta'sir qiluvchi omillar yuzasidan jaxonda ko'plab tadqiqotchi va olimlar ilmiy izlanishlar olib borishgan. Jumladan korxonaning innovatsion salohiyati yuzasidan B.Lavson, D.Samson [2], F.Damanpour [3], D.Tviis, G.Pisano va A.Shuen [4], M.Terziovskiy [5], P.Sakari [6], R.Fatxutdinov [7], P.Zavlin [8], A.Nikolaev [9], Chjan Sya [10] ilmiy tadqiqot ishlari olib borishgan. Mahalliy tadqiqotchi olimlardan sanoat korxonalarda innovatsion salohiyat va uni boshqarish yuzasidan N.Yo'ldoshev, Sh.Mirsaidova. Y.Goldman [11], Sh.Zaynutdinov [12], G.Shanazarova [13], D.Mamadjanov [14], N.Xidirovlarning [15,16] ilmiy tadqiqot ishlarida tadqiq etilgan. Lekin shuni alohida ta'kidlash zarurki, yuqorida nomlari zikr etilgan olimlar
KIRISH
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
tomonidan aynan oziq-ovqat sanoati korxonalarining innovatsion salohiyatini boshqarish yuzasidan yetarlicha izlanishlar olib borilmagan.
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Tadqiqot jarayonida tadqiqotchi va olimlarning mavzuga oid nazariy qarashlarini o'rganish davomida mantiqiy fikralsh, tizimli yondashuv, qiyosiy taxlil usullaridan foydalanilgan.
TAHLIL VA NATIJALAR
Innovatsion menejment boshqaruvda yangi yo'nalish xisoblanganligi sababli unda qo'llaniladigan tushunchalar xam zamonaviy va keng qamrovli. Innovatsion salohiyat xam shunday iqtisodiy atamalardan biridir.
B.Lavson xamda D.Samsonlarning qarashlarig ko'ra innovatsion salohiyat bilim va g'oyalarni doimiy ravishda korxona va uning manfaatdor tomonlarining manfaati uchun ishlab chiqarish jarayonlariga, yangi maxsulotlar ishlab chiqarilishiga xamda tizimlarga transformatsiya bo'lish jarayonlarida shakllanadi [2]. F.Damanpourning fikriga ko'ra korxonaning innovatsion salohiyati korxonaning ichki va tashqi muxit omillari asosida shakllanib, uning umumiy kompleks innovatsion xolatini ko'rsatadi
Korxonaning innovatsion salohiyati korxonaning barcha jixatlari, yangilikni yaratish va undan amaliyotda foydalanish qobiliyatini ifodalab quyidagi: moddiy-texnik resurslari, moddiy va nomoddiy aktivlari, moliyaviy resurslari, tashkiliy resurlar, kadr resurslari, ijtimoiy-ruxiy omil resurslaridan tashkil topadi [12]. Korxonaning innovatsion salohiyati korxonada innovatsiyalarni realizatsiya qilish imkoniyati bo'lib, elektron savdo, barqaror rivojlanish va yangilangan maxsulotlar ishlab chiqarilishida namoyon bo'ladi [5].
Canoat korxonalarining innovatsion salohiyatini shakllanishi ko'p jixatdan korxonaning moliyaviy xamda inson kapitali elementlarining imkoniyatlari asosida rivojlanadi [17]. Tadqiqotchilarning diqqat markazida korxonaning innovatsion salohiyati birinchi navbatda korxonaning moliyaviy xolati xamda korxonaning inson kapitali xolatiga bog'liqligi turadi. Shu sababdan korxonalarning innovatsion salohiyatiga eng katta ta'sir kiluvchi yagona almashtirib bo'lmaydigan omil bu inson omilidir. Xar qanday yangilik (innovatsiya) qilish va uni faoliyatga realizatsiya qilish uchun albatta moliyaviy resusrlar talab etiladi xamda uni realizatsiya qilish jarayonini samarali bo'lishi qo'p jixatdan korxonaning raxbar xamda ishchi xodimlarining salohiyatiga bevosita bog'liq.
[3].
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
Korxonaning innovatsion salohiyati - korxonaning innovatsion salohiyatni shakllantirish, amaliyotga realizatsiya qilish xamda rivojlantirish jarayonlarini o'z ichiga oluvchi munosabatlar majmuasi bo'lib, korxonaning innovatsion faoliyatni olib borishga imkoniyat, qobiliyat xamda tayyorgarlik darajasini aks ettiruvchi ko'rsatkich xisoblanadi.
Innovatsion salohiyat boshqarish korxonaning umumiy boshqaruvining ajralmas va doimiy tarkibiy qismi xisoblanadi. Menejmentning zamonaviy boshqaruv usullarini qo'llab, korxonani resursrlar bilan ta'minlash, uni rejalashtirish, shakllantirish, amalga oshirish xamda nazorat qilish jarayonlari innovatsion salohiyatni boshqarishning samaradorligini ta'minlaydi.
Oziq-ovqat sanoati korxonlarida innovatsion salohiyatni boshqarishda korxonaning inson resurslari to'g'ri boshqarilishi eng muxim masalalardan biri hisoblanadi. Buning sababi korxonalarda innovatsion yangiliklarni realizatsiya qiluvchi aksariyat xollarda ularni amalga oshiruvchi shaxslar aynan korxonaning salohiyatli xodimlari xisoblanadi. Shu sababdan inson omili innovatsion salohiyat darajasini belgilab beruvchi asosiy omillardan biri bo'lib, ularning bilim va malakalarini oshirishga yo'naltirilayotgan xarajatlar uzoq muddatli investitsiyalar sifatida qaraladi. Xodimlar orasida korporativ xamda innovatsion muhitni shakllantirish ularning innovatorlik darajasini oshiradi. Oziq-ovqat sanoati ishlab chiqarish va maxsulotlarni saqlab savdo rastalariga yetkazib berish ma'lum bir majburiy shartlariga ega. Shu jihatidan oziq-ovqat sanoati korxonalari boshqa sanoat korxonalari boshqaruvida farq qiladi. Oziq-ovqat sanoati korxonlari innovatsion salohiyatni boshqarish jarayonida ishlab chiqariladigan oziq-ovqat maxsulotlari ularni qadoqlash, omborlarda saqlash, bozor rastalariga yetkazib berishda maxsulotning yaroqsiz bo'lib qolishini oldini olishda inson omili boshqaruvning eng muhim ob'ekti hisoblanadi (1-rasm).
I
>
KqjxoHnTiaiiHHOBniplOH f|>no,ni um n i(j n it TOBfiifl loi t cajioxiMTHii)
II] EUCH JI (IHTI I|H IUI
KopxoHa (JioFmacHHii Kynaftrapi-im; Kop JtOHare n rr kj n Dvian n n t omnpuiii;
Kopxonninnir paisoöaTOapflomjiHJiHK flapajKBCHHii omiipiim
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
1-rasm. Korxonalarning innovatsion salohiyatini boshqarish mehanizmi1
Innovatsion salohiyatni boshqarish yuzasidan olib borilgan tadqiqotlarimiz natijasida yuqoridagi chizma shakllantirildi.
Korxonaning innovatsion salohiyati xodimlar salohiyati, moliyaviy-iqtisodiy resurslar salohiyati, ilmiy va texnik salohiyat, ishlab chiqarish texnologiyasi slohiyati, boshqaruv-tashkiliy salohiyati, marekting xizmati va axborot bilan ta'minlanganlik salohiyatlari jamlanmasidan tashkil topadi [18].
Sanoat korxonalarining innovatsion salohiyatini boshqarishning birinchi bosqichida innovatsion salohiyatni shakllantirish maqsadi belgilanadi. Bunda korxonaning strategik rejalariga mos innovatsion maqsad va vazifalar tuziladi. Keyingi bosqichda innovatsion salohiyatning tarkibiy qismlari shakllantiriladi xamda innovatsion faoliyatni yurtishida o'z vazifalarini bajarishga kirishiladi. Bu bosqi chda korxona innovatsion salohiyatining tarkibiy qismlari to'liq shakllanganligi innovatsion salohiyatning samarali natijalarga erishish imkoniyatini beradi. Uchinchi bosqichda korxonaning innovatsion faoliyati amalga oshiriladi. Innovatsion faoliyat natijasida innovatsion maxsulot yoki hizmat, boshqaruv usuli, ishlab chiqarish jarayonlari yoki ishlab chiqarish bosqilaridagi yangilik, o'zgarishlar yakuniy natija sifatida namoyon bo'ladi.
XULOSA
Tadqiqotchi va olimlarning korxonalar innovatsion salohiyati va uni boshqarish bo'yicha ilmiy ishlarini o'rganish yuzasidan olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarimiz natijasida quyidagi xulosalarga kelindi:
1 H^MHH TagKH^oraap TOMOHHgaH maK^aHrapHOTaH
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
о
R
VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
korxonalarning innovatsion salohiyati - korxonada innovatsion faoliyatni tashkil etuvchi mexnat resursrlari, moddiy-texnik resruslar, moliyaviy resurslar, marekting va axborot resurslari xamda tashkiliy-boshqaruv mehanizmlar yig'indisi hisoblanadi;
innovatsion salohiyat - korhonada innovatsion faoliyatni olib borish va uning natijalarini tahlil qilinishida korxona innovatsion faoliyati holati darajasini aks ettiruvchi ko'rsatkich sifatida ko'rish mumkin.
Oziq-ovqat sanoati korhonalari innovatsion salohiyatini boshqarishda maqsad qo'yish, uni shakllantirish xamda amalga oshirish bosqichlarida oziq-ovqat mahsuloti ishlab chiqarishning vaqt omilini, oziq-ovqat maxsulotlari xavfsizligini ta'minlashga alohiyada ahamiyat berish korhonaning strategik va innovatsion maqsadlarni samarali bajarilishiga olib keladi.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 9 sentyabrdagi "Respublika oziq-ovqat sanoatini jadal rivojlantirish hamda aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan to'laqonli ta'minlashga doir chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-4281 son Qarori. Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021 y., 06/21/6218/0398-son.
2. Lawson, B. and Samson, D. (2001). Developing innovation capability in organizations: A dynamic capabilities approach. International Journal of Innovation Management, 5 (3), 377-400.
3. Damanpour, F. (1991). Organizational innovation: A meta-analysis of effects of determinants and moderators. Academy of Management Journal, 34, 555-590.
4. Teece, D.J., Pisano, G. and Shuen, A. (1997). Dynamic capabilities and strategic management. Strategic Management Journal, 18, 509-533.
5. Terziovski, M. Building Innovation Capability in Organizations An International Cross-Case Perspective. University of Melbourne, Australia P.Imperial College Press 2007. 19 p.
6. Sakari, P. Enhancing Innovation Capability and Business Opportunities: Cases of SME-Oriented Applied Research. JYVÁSKYLÁ 2012. 32 p.
7. Фатхутдинов, Р.А. MHHOBatsioHHbrn менеджмент. СПб.: Питер, 2008. 448 с.
8. Завлина, П.Н., Казанцева, А.К., Миндели, Л.Э.. Основы инновatsiонного менеджмента: Теория и практика / Под ред. М.: Экономика, 2000. 475 с.
9. Николаев, А. Инновatsiонное развитие и инновatsiонная культура // Проблемы теории и практики управления. 2001. № 5. 75-79 c..
10. Чжан, С. Оценка и управление инновatsiонным потенциалом предприятия угольной промышленности. Диссертatsiя. Санкт-Петербург - 2017. 35 с.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
11. Yo'ldoshev, N.Q., Mirsaidova, Sh.A., Goldman, Y.D. Innovatsion menejment -T.: TDIU. Darslik 2011. 286 b.
12. Zaynutdinov, Sh.N. Innovatsion salohiyatni oshirish strategiyasi // "Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar" ilmiy elektron jurnali. № 1, sentyabr 2011.
13. Shanazarova, G. Sanoat korxonalarida innovatsion salohiyatni boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish. Dissertatsiya, Toshkent-2018.
14. Mamadjanov, D.. Avtomobil sanoati korxonalarining innovatsion salohiyatini oshirish va uni boshqarish. Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar" ilmiy elektron jurnali. № 2, mart-aprel, 2018 yil. 3-5 b.
15. Khidirov, N. (2020). "Specific features of financing investment activity of industrial enterprises". International Finance and Accounting: Vol. 2020: Iss. 1, Article 31. https://uziournals.edu.uz/interfinance/vol2020/iss1/31
16. Khidirov, N.G. Methods and mechanisms of financing investment activities in industrial enterprises // International Journal of Economics, Commerce and Management. - United Kingdom, 2020. Volume 8, Issue 7, 310-325 p.
17. Danilina, H., Mingaleva, Z. Improving of Innovation Potential Efficiency of Industrial Enterprises. Article in Middle East Journal of Scientific Research. January 2013. 191-193 p.
18. Hamrokulov, U.A. Innovation Capability is the Source of Developing of Enterprise. Journal of Marketing and Emerging Economics. Volume: 2 Issue: 3 in March 2022. 31 p.