I INTERNATIONAL JOURNAL OF THEORETICAL AND PRACTICAL
RESEARCH
International journal of theoretical and practical research
Scientific Journal
Year: 2023 Issue: 5 Volume: 3 Published: 31.05.2023
http://alferganus.uz
Citation:
Mamurov, D.E. (2023). Needs and reserves for increasing the scientific-technological and innovation potential of Uzbekistan and introducing innovative developments in the sectors of the economy. SJ International journal of theoretical and practical research, 3 (05), 26-35.
Mamurov, D.E (2023). O'zbekistonning ilmiy-texnologik va innovatsion salohiyatini oshirish va innovatsion ishlanmalarni iqtisodiyot tarmoqlariga joriy etishning ehtiyoj va zahiralari.
Nazariy va amaliy tadqiqotlar xalqaro jurnali, 3 (05), 26-35.
Doi:
https://dx.doi.org/10.5281/zenodo.8159027
T. 3 №5
ISJIF 2023:5.971 QR-Article
Mamurov, Doniyor Eldorovich
Applicant of the Department of
Economics, Fergana Polytechnic Institute E-mail: [email protected]
UDC 338.2
NEEDS AND RESERVES FOR INCREASING THE SCIENTIFIC-TECHNOLOGICAL AND INNOVATION POTENTIAL OF UZBEKISTAN AND INTRODUCING INNOVATIVE DEVELOPMENTS IN THE SECTORS OF THE
ECONOMY
Abstract. The article explores the needs and reserves for increasing the scientific, technological and innovation potential of Uzbekistan and introducing innovative developments in the sectors of the economy. The article is based on the analysis of the current state of scientific and technological achievements, innovation activity and infrastructure in the country. The article emphasises the importance of developing innovation infrastructure and supporting innovative enterprises. This requires creating favourable conditions for the development of innovative start-ups, providing financial support and tax incentives for innovative projects, and improving mechanisms for the commercialisation of scientific developments. The author points out the importance of strengthening the interaction between scientific research and industrial enterprises. The introduction of innovative developments in the sectors of the economy requires active cooperation between scientific institutions, business, and government agencies.The article emphasises the importance of developing the scientific, technological and innovation potential of Uzbekistan for sustainable economic growth and competitiveness. Key words: industry, economic growth, innovation, innovation activity, economy of Uzbekistan.
Mamurov Doniyor Eldorovich,
26
INTERNATIONAL JOURNAL OF THEORETICAL AND PRAC1
RESEARCH
HHi^Hilli^HSJIF 2023:5.971
Mustakil tadkikotchi, Farg'ona Politexnika Instituti,
O'ZBEKISTONNING ILMIY-TEXNOLOGIK VA INNOVATSION SALOHIYATINI OSHIRISH VA INNOVATSION ISHLANMALARNI IQTISODIYOT TARMOQLARIGA JORIY ETISHNING EHTIYOJ VA
ZAHIRALARI
Annotatsiya. Maqolada O'zbekistonning ilmiy, texnologik va innovatsion salohiyatini oshirish, iqtisodiyot tarmoqlariga innovatsion ishlanmalarni joriy etishga bo'lgan ehtiyoj va zaxiralar ko'rib chiqilgan. Maqola mamlakatdagi ilmiy va texnologik yutuqlar, innovatsion faoliyat va infratuzilmaning hozirgi holatini tahlil qilishga asoslangan. Maqolada innovatsion infratuzilmani rivojlantirish va innovatsion korxonalarni qo'llab-quvvatlash muhimligi ta'kidlangan. Buning uchun innovatsion startaplarni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish, innovatsion loyihalarni moliyaviy qo'llab-quvvatlash va soliq imtiyozlarini ta'minlash, shuningdek, ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish mexanizmlarini takomillashtirish zarur. Muallif ilmiy tadqiqotlar va sanoat korxonalari o'rtasidagi o'zaro aloqalarni mustahkamlash muhimligini ta'kidlaydi. Iqtisodiyot tarmoqlarida innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy muassasalar, biznes va davlat idoralari o'rtasida faol hamkorlikni talab qiladi. Maqolada barqaror iqtisodiy o'sish va raqobatbardoshlik uchun O'zbekistonning ilmiy, texnologik va innovatsion salohiyatini rivojlantirish muhimligi ta'kidlangan. Kalit so'zlar: sanoat, iqtisodiy o'sish, innovatsiya, innovatsion faoliyat, O'zbekiston iqtisodiyoti.
ПОТРЕБНОСТИ И РЕЗЕРВЫ ПОВЫШЕНИЯ НАУЧНО-ТЕХНОЛОГИЧЕСКОГО И ИННОВАЦИОННОГО ПОТЕНЦИАЛА УЗБЕКИСТАНА И ВНЕДРЕНИЯ ИННОВАЦИОННЫХ РАЗРАБОТОК В
ОТРАСЛЯХ ЭКОНОМИКИ
Аннотация. Статья исследует потребности и резервы для повышения научно-технологического и инновационного потенциала Узбекистана и внедрения инновационных разработок в отраслях экономики. Статья основана на анализе текущего состояния научных и технологических достижений, инновационной активности и инфраструктуры в стране. Статья подчеркивает важность развития инновационной инфраструктуры и поддержки инновационных предприятий. Для этого необходимо создать благоприятные условия для развития инновационных стартапов, предоставить финансовую поддержку и налоговые льготы для инновационных проектов, а также улучшить механизмы коммерциализации научных разработок. Автор указывает на важность
Мамуров, Дониёр Элдорович
Соискатель кафедры «Экономика», Ферганский политехнический институт
© ®
укрепления взаимодействия между научными исследованиями и промышленными предприятиями. Внедрение инновационных разработок в отраслях экономики требует активного сотрудничества между научными учреждениями, бизнесом и государственными органами. Статья подчеркивает важность развития научно-технологического и инновационного потенциала Узбекистана для устойчивого экономического роста и конкурентоспособности.
Ключевые слова: промышленность, экономический рост, инновация, инновационная активность, экономика Узбекистана.
Kirish
Ilm-fan va innovatsion texnologiyalarni rivojlantirish O'zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta'minlash borasida hal etilishi lozim bo'lgan ustuvor vazifalardan biri sanaladi. Respublikani jahon bozorlariga chiqishi va o'ziga munosib o'rin egallashi uchun ilm-fan yutuqlaridan keng ko'lamda foydalanila-digan, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqara oladigan iqtisodiy tizimni shakllantirish lozim. Bunday mas'uliyatli vazifani mukammal darajada bajarish uchun esa milliy ilm -fan tizimini jadal tarzda rivojlantirish va samaradorligini oshirishga ustuvor ahamiyat berish talab etiladi.
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi sharoitida har bir davlatning xalqaro raqobat jarayoni shartlariga tez moslashuvi uning muvaffaqiyatli va barqaror rivojlanishining asosiy omili hisoblanadi. Binobarin, rivojlangan davlatlarning asosiy ustunligi - ilm-fanning yuksak taraqqiy etganligi bilan bog'liq. Shu jihatdan, davlatning bugungi va istiqboldagi barqaror iqtisodiy o'sishini ta'minlovchi omillar aynan ilm-fan sohasini izchil rivojlantirish bilan belgilanadi.
Bugun O'zbekiston barcha sohada, jumladan, fizika-matematika fanlari, bio va kimyo texnologiyalari yo'nalishi, yangi materiallar yaratish borasida salmoqli natijalarga erishmoqda. Mamlakatimiz ilmiy muassasalari faoliyati iqtisodiyotimiz va uning real sektorlarini rivojlantirish bo'yicha ustuvor vazifalarni hal etishga qaratilgan.
Shu jihatdan, mavjud ilmiy salohiyatdan foydalangan holda, samarali innovatsion tizim yaratish O'zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor vazifalaridan biridir.
Tahlillar va natijalar
Hozirgi keskin raqobat sharoitida innovatsion texnologiyalar va ilm-fanni yanada rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish, o'z ijodiy va intellektual saloxiyatini ro'yobga chiqarishlari uchun ularga zarur shart-sharoitlar yaratish muhim ahamiyatga ega.
Dunyo bozorida raqobat kuchayib borayotgan bir sharoitda mamlakatimizda iqtisodiyotning zamonaviy, ya'ni innovatsion shaklini barpo etish bo'yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu maqsadda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan boshlangan ilm-fan va ishlab chiqarishni o'zaro bog'laydigan mustahkam mexanizm bosqichma-bosqich joriy etilmoqda.
Bunda olimlar o'z tadqiqotlarini iqtisodiyot va jamiyatning muayyan ehtiyojlariga yo'naltirsa, iqtisodiyot tarmoqlari ularning innovatsion faoliyatini moliyaviy qo'llab-quvvatlashdan manfaatdor bo'ladi.
28
T. 3 №5
RESEARCH!_ .
ISJIF 2023:5.971
Bugungi kunda har qanday davlatning barqaror taraqqiyoti asosini innovatsion faoliyat tashkil etadi. Tarix shundan dalolat beradiki, inson o'zining aql-zakovati bilan dastlabki mehnat qurollarini o'ylab topishdan, algoritm va nanozarrachalar, zamonaviy innovatsion kompyuter, super mikroelektron, biologik, gen muhandisligi, quyosh va boshqa yuqori texnologiyalarni kashf etishgacha bo'lgan murakkab yo'lni bosib o'tdi.
Bugungi globallashuv jarayoni raqobatni kuchaytirib, yangi mahsulotlar yaratish davrini qisqartirdi va kompaniyalarni yangi innovatsion mahsulotlar (texnologiyalar, materiallar, mashinalar, texnika, transport va kommunikatsiya vositalari, dori-darmonlar, qishloq xo'jaligi va boshqa mahsulotlar)ni jadal ishlab chiqishga majbur etmoqda.
Ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini ta'minlash, xususiy tadbirkorlar va davlat o'rtasidagi hamkorlik, kichik innovatsion biznesni qo'llab-quvvatlash innovatsion faoliyatni keng rivojlantirishning muhim shartlaridir. Shuni ta'kidlash kerakki, dunyoning rivojlangan davlatlarida yangiliklarning qariyb yarmi tashkilotlar, kichik va o'rta biznes firmalari tomonidan amalga oshirilmoqda. Chunonchi, AQSH Milliy ilm-fan fondi ma'lumotlariga ko'ra, kichik firmalarda hayotga tadbiq etilayotgan yangiliklar soni sarf-xarajatlar birligi bo'yicha o'rta va yirik firmalarga qaraganda ancha ko'pdir. Bundan tashqari, kichik firmalar yangiliklarni jadal o'zlashtirish va iste'molchilarga yetkazib berishda ham yirik firmalarga qaraganda taxminan uchdan bir barobar ilgarilab ketgan.
Oliy ta'lim va ilmiy muassasalar ishlab chiqarish kompaniyalari va firmalar bilan birgalikda patentlangan ishlanmada o'z ishtiroki ulushini belgilab, tadqiqot va innovatsion loyihalarni amalga oshirgandagina ilm-fan va ishlab chiqarishning integratsiyalashuv jarayoni katta samara beradi. Yevropa patent idorasi tomonidan berilgan barcha xalqaro patentlarning 85 foizi aynan shunday hamkorlikdagi ishlanmalar ulushiga to'g'ri kelishi ham bejiz emas.
AQSH, Yaponiya, Janubiy Koreya va boshqa qator rivojlangan mamlakatlarda kichik va o'rta biznes innovatsiyalarga moyilligi bilan ajralib turishini ko'rish mumkin. O'tgan asrning 90-yillarida ushbu mamlakatlarda minglab ana shunday kompaniyalar tashkil etildi. Ularning aksariyati bugungi kunda jahon ishlab chiqarishida yetakchi firmalarga aylandi ("Samsung", "Microsoft", "Pfizer", "Hitachi" va boshqalar). Bu, o'z navbatida, millionlab yangi ish o'rinlari tashkil etish imkoniyatini yaratdi va sanoat hamda iqtisodiyotni rivojlantirishga kuchli turtki berdi.
Jahon tajribasi shuni ko'rsatmoqdaki, har tomonlama rivojlangan innovatsion tizimga ega mamlakatlardagina innovatsiya jarayonlari samarali amalga oshirilib, texnologiyalar va boshqa ilmtalab mahsulotlar tijoratlashtirilmoqda. Bu jarayonda davlatning ishtiroki, iqtisodiyotning real sektori va yetakchi kompaniyalarning innovatsiya faoliyatini qo'llab-quvvatlashi muhim ahamiyatga egadir. Zero, ilm-fan davlatning texnologik taraqqiyoti va jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta'minlaydigan ushbu integratsiya mexanizmining asosini tashkil qiladi.
O'zbekistonda mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab mamlakatimiz ilm-fani, yetakchi ilmiy maktablarini yanada rivojlantirish uchun mustahkam poydevor yaratishga alohida e'tibor qaratildi. Davlatimiz tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlar yangi tarixiy voqeliklarga mos keladigan fan-texnika va innovatsiya sohasida davlat siyosatini izchil amalga oshirish uchun o'ziga xos rag'bat bo'ldi.
29
T. 3 №5
RESEARCH!_ .
ISJIF 2023:5.971
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 8 iyuldagi "Ilm-fanni davlat yo'li bilan qo'llab-quvvatlash va innovatsiya faoliyatini rivojlantirish to'g'risida"gi Farmoni va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 21 iyuldagi "Ilm-fanni rivojlantirishni va innovatsiya faoliyatini davlat yo'li bilan qo'llab-quvvatlash choralari to'g'risida"gi qarori ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish sohasidagi dastlabki asosiy hujjatlardir. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 7 avgustdagi "Fan va texnologiyalar rivojlanishining muvofiqlashtirish va boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qaroriga muvofiq, O'zbekiston ilm-fanini boshqarish va moliyalashtirishni davlat tomonidan tartibga solish, uning sa'y-harakatlarini ustuvor sohalarga yo'naltirishga qaratilgan islohotlar davom ettirildi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 15 iyuldagi "Innovatsion loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tadbiq etishni rag'batlantirish borasidagi qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarori bu borada muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Ushbu qaror mamlakatimizda ilmiy loyihalarni maqsadli moliyalashtirish va ilmiy laboratoriyalarni zamonaviy jihozlar bilan ta'minlash tizimini yaratish, korxonalarda modernizatsiyalash va yangi texnologiyalar fondini tashkil etish, shuningdek, Respublika innovatsiya yarmarkalarini o'tkazishga xizmat qilmoqda. Mamlakatimizda yosh mutaxassislarni tayyorlash uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida ilmiy muassasalar moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash bo'yicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirildi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 noyabrdagi «O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etish to'g'risida»gi PF-5264-son Farmoniga muvofiq O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tashkil etildi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 noyabrdagi "O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi faoliyatini tashkil etish to'g'risida"gi PQ-3416-son qarori bilan Innovatsion rivojlanish va novatorlik g'oyalarini qo'llab-quvvatlash jamg'armasi tashkil etildi.
Jamg'armaning jami daromadlari bugungi kun holatiga 4,5 mln. AQSH dollari miqdorida shakllantirildi. Joriy yil yakuniga qadar Jamg'armaga qariyib 10,0 mln. AQSH dollari kelib tushishi prognoz qilinmoqda.
Ilmiy muassasalarda katta avlod vakillari bilan bir qatorda har tomonlama puxta bilimga ega, bir necha chet tillarni biladigan yosh olimlar va tadqiqotchilar ham keng ko'lamli tadqiqotlar olib bormoqda. Ular zamonaviy ilmiy va laboratoriya jihozlari, material resurslari bilan ta'minlangan. Yosh olimlar tomonidan olingan muhim fundamental natijalar amaliy ilmiy-texnik va innovatsion ishlanmalarni keng rivojlantirishga asos bo'lib xizmat qilayotir va asosan mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari hamda iqtisodiyotimizning asosiy tarmoqlari ehtiyojiga yo'naltirilmoqda.
Darhaqiqat, o'tgan yillar mobaynida olimlar va ilmiy jamoalar tomonidan jahonda o'ziga xos ahamiyatga ega ilmiy natijalar qo'lga kiritildi. Fizika sohasida yangi yarim o'tkazgichlar va nanomateriallar, yuqori haroratga chidamli sopol materiallar va buyumlar yaratildi. Supramolekulyar kimyo sohasida polimorf komplekslar tuzilishi va vujudga kelishi o'rtasida aloqa o'rnatadigan yangilik kashf qilindi. "Shpringer" (London) nashriyoti tomonidan ingliz tilida 10 jildli "Tabiiy birikmalar" ma'lumotnomasi
30
T. 3 №5
RESEARCH!_ .
ISJIF 2023:5.971
tayyorlandi va nashr etildi. Ushbu ma'lumotnoma o'z mohiyatiga ko'ra, o'simlik moddalar kimyosi sohasi olimlari va amaliyotchilari uchun ensiklopediya hisoblanadi. Mamlakatimiz olimlari tomonidan tibbiyot sohasi uchun zamonaviy texnologiyalar asosida samarali dori vositalari va yuqumli kasalliklarni aniqlashning tashxis qo'yish-test tizimlari ishlab chiqildi.
Qishloq xo'jaligi ilm-fanda asosiy ustuvor sohalardan biridir. Bugun yer, suv resurslari va biologik xilma-xillikdan oqilona foydalanish hamda uning o'rnini to'ldirish tizimini takomillashtirish, samarali agrotexnologiyalar, genetik resurslar va ilg'or ilmiy yutuqlardan unumli foydalanish asosida qishloq xo'jaligi ekinlari va chorva mollarining sermahsul nav hamda zotlarini yaratishga qaratilgan ilmiy ishlanmalarga talab yuqori.
Xususan, mustaqillik yillarida mamlakatimiz olimlari g'o'zani kultivatsiya qilishda tub burilish yasab, dunyodagi paxta yetishtiradigan yetakchi mamlakatlar seleksionerlarini ko'p yillardan beri tashvishga solib kelayotgan vazifani hal etdi. Genomika va bioinformatika markazi laboratoriyalarida dunyoda birinchi marta gen-nokaut texnologiyasi ishlab chiqildi. Ushbu texnologiya ishlov berish va vegetatsiya davri hamda tola sifati bo'yicha xususiyatlari yaxshilangan "Porloq" turkumidagi gen-nokaut g'o'za navini yaratish imkonini berdi.
Ushbu nav yuqori hosildorligi, ertapisharligi, qurg'oqchilikka chidamliligi, tolasining sifati yuqoriligi bilan ajralib turadi. Xorijiy ekspertlarning fikriga ko'ra, bu nav Misrda yetishtiriladigan ingichka tolali navdan keyingi o'rinda turadi. Bugungi kunda "Porloq" mamlakatimizda gen-muhandisligi texnologiyasi qo'llangan holda yaratilgan yagona qishloq xo'jaligi o'simligi navidir. Olimlarimiz yurtimiz dalalarida yetishtiriladigan va asosan to'rtinchi-beshinchi toifaga mansub tola beradigan an'anaviy paxta navlaridan 1-2 toifadagi tolani olish imkonini beradigan navni yaratdi. Ushbu paxta navidan sintetik tola qo'shmasdan yuqori sifatli to'qimachilik mahsuloti, ya'ni ko'ylakbop mato ishlab chiqarish mumkin.
Bugun paxta yetishtiradigan mamlakatlarda 60 foizdan ortiq gen- nokaut g'o'za navlari yetishtirilmoqda va ularning biologik hujayralariga begona insektoksin gen kiritilmoqda. Mamlakatimiz olimlari o'simliklar modifikatsiyasi uchun ma'qul bo'lgan, ya'ni bevosita g'o'zaning o'ziga zarur genni "o'chirish" mexanizmini ishlab chiqdi. Bunda hujayralar tuzilmasiga begona genlar qo'shilmaydi. Ushbu texnologiya jonli tizimning har qanday geni uchun universal bo'lib, uni boshqa qishloq xo'jaligi o'simliklari genini modifikatsiyalashtirish uchun qo'llash mumkin. Texnologiya O'zbekiston (ulushi 70 foiz) va AQShning xalqaro qo'shma patenti bilan himoyalangan, shuningdek, dunyoning 140 dan ortiq mamlakatida patentlashtirilgan. So'nggi yillarda yangi "Porloq" navi uchun urug' materiallari olindi va ishlov berish uchun yetarlicha yuqori sifatli paxta hosili to'plandi. Paxta tolasini mamlakatimiz to'q imachilik sanoatiga tezroq joriy etish va ushbu toladan ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlarni xorijiy mamlakatlarga eksport qilish muhim vazifa hisoblanadi. Ushbu loyiha mamlakatimiz yengil sanoatining brendiga aylanishi mumkin.
Bioorganik kimyo instituti olimlari turli kasalliklarga chidamli va mahalliy iqlim sharoitiga moslashtirilgan, yuqori hosil beradigan ertapishar kartoshka navini yaratish ustida ish olib bormoqda. Kartoshkaning infeksiyalar yuqmaydigan sara urug'lik navi olingani olimlarimiz tomonidan qo'lga kiritilgan so'nggi yutuqlardan biridir. Buning
31
T. 3 №5
RESEARCH!_ .
ISJIF 2023:5.971
natijasida birlamchi urug'chilik muammosi hal qilindi. Kelajakda mamlakatimiz urug'lik kartoshkani chetdan olib kelishdan voz kechish barobarida uni eksport qilishi ham mumkin. Kartoshkachilik xo'jaliklari esa yurtimizda yetishtirilgan sifatli urug'lik materiali bilan ishonchli ta'minlanadi. Institutda yaratilgan va kartoshkaning 150 xil navini o'z ichiga olgan biotexnologik kolleksiya bugungi kunda Fanlar akademiyasining noyob obyekti hisoblanadi. Ushbu navlarning ba'zilari tarkibida temir va rux moddasining yuqori miqdorda mavjudligi bilan ajralib turadi.
O'simlik moddalari kimyosi va Bioorganik kimyo institutlari jamoalari Allapinin, Ragosin, Gozalidon, Ekdisten, Rutan, Medamin, Gossitan kabi ellikdan ortiq dori vositalarini yaratdi. Ularning katta qismi farmatsevtika sanoatida o'zlashtirildi va dorixonalarda sotilmoqda. Qator preparatlar esa chet elga eksport qilinmoqda.
O'simliklarning biologik faol moddalari banki yaratilib, unda aksariyatidan kelajakda dori-darmonlar tayyorlash mumkin bo'lgan besh mingdan ziyod shunday moddalar saqlanmoqda. Biologik faol birikmalarning ushbu banki dunyodagi ko'plab ana shunday banklardan biri bo'lib, mamlakatimizda yangi farmatsevtika vositalarini yaratish uchun istiqbolli investitsiya loyihasiga asos bo'lib xizmat qiladi. Ayni paytda xalqaro meyorlar va ishlab chiqarish shartlariga muvofiq, ushbu dori vositalarini ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish, ularni xalqaro patentlar bilan himoyalash zarur. Bu eksport hajmini sezilarli ravishda oshirish va qo'shimcha valyuta mablag'larini jalb etish imkonini beradi.
Umumiy va noorganik kimyo instituti olimlari tomonidan mahalliy xomashyo asosida yuqori samara beradigan o'g'itlar, o'stiradigan vositalar, defoliantlar va boshqa kimyoviy preparatlar olishning yangi texnologiyasi ishlab chiqildi. Ular ayni paytda sanoatda o'zlashtirildi va qishloq xo'jaligi ehtiyojini to'la ta'minlamoqda, shuningdek, eksportga ham yetkazib berilmoqda.
Fiziklar, energetiklar va materialshunos olimlar ham innovatsion taraqqiyotga salmoqli hissa qo'shmoqda. Jumladan, ular tomonidan yaratilgan samarali yadroviy texnologiyalar asosida radiopreparatlar ishlab chiqarish yo'lga qo'yildi va eksport qilinmoqda. Ta'kidlash joizki, ishlab chiqarish va eksport hajmi yil sayin ortib bormoqda. Mamlakatimizning yirik korxonalari va iqtisodiyotimizning asosiy tarmoqlarida energiya tejash va uning samaradorligini oshirish texnologiyalarini ishlab chiqish sohasida ham muhim ilmiy-amaliy natijalarga erishilmoqda. Kremniy asosida fotoo'zgartgichlar yaratilishi va qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish, gelio-materialshunoslik va asbobsozlik sohalarida ham salmoqli yutuqlarga erishildi.
Ilm-fanning yuksak intellektual salohiyati va yuqori texnologiyali ishlanmalar innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirish asosi hisoblanadi. O'zbekistonda ilm-fanni boshqarish tizimining isloh etilishi fundamental va amaliy tadqiqotlarni o'tkazish, yangi ishlanmalarni joriy etish va ulardan amaliyotda foydalanishga qaratilgan innovatsion ishlarni rivojlantirishning amaliy mexanizmini yaratish imkonini berdi. O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan an'anaviy o'tkazib kelinayotgan Innovatsion g'oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkalari amaliy tadqiqotlarni joriy etish va ularning natijalarini tijoratlashtirish, ilm-fan va ishlab chiqarish, innovatsion mahsulotlar ishlab chiquvchilar va iste'molchilar o'rtasidagi yaqin aloqani ta'minlashning muhim mexanizmlaridan biriga aylandi.
32
Xulosa
Bizning fikrimizcha, sanoat, qishloq xo'jaligi va iqtisodiyotning boshqa sektorlariga innovatsion ishlanmalarni joriy etish borasida ijobiy natijalarga erishilayotganiga qaramasdan, kashf etish va ixtironi o'zlashtirish, uni tijoriylashtirish va yakuniy ilmiy hajmdor mahsulot ishlab chiqarishni o'z ichiga olgan innovatsion jarayonning barcha bosqichlarini birlashtiradigan uzluksiz tizimni yanada izchil rivojlantirish zarur.
Innovatsion iqtisodiyot aslida bilimlar iqtisodiyotidir. Ta'lim muassasalarida va universitetlarda fan, texnika va texnologiyalar sohasida mutaxassislar tayyorlash mamlakatimizni innovatsion rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Innovatsiyalarni yanada kengaytirish va innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirishda zamonaviy texnologiyalar, shuningdek, iqtisodiyot, patentlash, menejment, marketing va tijoratlashtirish sohasida bilimli va yuqori malakali mutaxassislar talab etiladi. Shu bois mamlakatimizning texnika yo'nalishidagi aksariyat oliy ta'lim muassasalari o'quv dasturlarida ishlab chiqarish, tarmoqlar va umuman, mamlakatimiz kesimida tabaqalashtirilgan innovatsiya jarayonlarini tashkil etish va uning o'ziga xos jihatlarini o'rganish masalasiga ko'p vaqt ajratilishi zarur. Bundan tashqari, korxonalar rahbarlari va yetakchi mutaxassislarini qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish bo'yicha innovatsion jarayonni tashkil etish va uning afzalliklari xususida zarur bilimga ega bo'lish imkonini beradigan malakaviy kurs va dasturlarni tashkil etish lozim.
Innovatsion jarayonning jadallashuvi savdo bozori uchun kurashishda qo'shimcha afzalliklar beradi. Zero, bugun innovatsiyalarni boshqalardan ko'ra tezroq joriy qilganlargina muvaffaqiyatga erishadi.
Muxtasar aytganda, mavjud meyoriy-huquqiy, tashkiliy-iqtisodiy, moliyaviy, soliq, infratuzilma, moddiy-texnik va axborot shart-sharoitlarini yanada rivojlantirish, davlat ahamiyatiga molik innovatsion vazifalarni amalga oshirish va iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish maqsadida kadrlar tayyorlash hamda ularning malakasini oshirishga oid siyosatni amalga oshirish zarur.
Innovatsion faoliyatni tashkil qilish bo'yicha amalga oshirilayotgan qator chora-tadbirlar ilm-fan va ishlab chiqarishni integratsiyalashtirishni yanada chuqurlashtirish, ilmiy-texnik salohiyatdan samarali foydalanish, mamlakatimiz ilm-fanining ilg'or yutuqlari va istiqbolli ilmiy texnologiyalarni ishlab chiqarishga tadbiq etish, pirovardida O'zbekistonda innovatsion iqtisodiyotni shakllantirishga xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:
1. Abdullaev, A. M. (2018). Actual issues of the functioning of an innovative industrial enterprise. ISJ Theoretical & Applied Science, 11 (67), 74-81. Doi: https://dx.doi.org/10.15863/TAS.2018.11.67.14
2. Ashurov, M. S. (2022). Zamonaviy sharoitda O'zbekistonda innovatsion faoliyatning holati va va uni rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlarl. Nazariy va amaliy tadqiqotlar xalqaro jurnali, 2(1), 15-30.
3. Berdiev, G. A., Eshqulova, H., Safiyeva, N., To'rayeva, G., & Isoxonova, G. Z. (2022). O 'zbekistonda kadrlar samaradorligi va inson kapitali sifatini yaxshilashda uy xo
33
T. 3 №5 2023
RESEARCH!_ .
ISJIF 2023:5.971
'jaliklarining tutgan o 'rni. Евразийский журнал академических исследований, 2(11), 285-293.
4. Boymamatovna, X. L. (2022). O 'zbekistonda yangi uyg 'onish uchinchi renessansning poydevorlari-yoshlardir! Новости образования: исследование в XXI веке, 1(1), 361-369.
5. Davlyatova, G. M. (2022). Innovatsion siyosatning xorij tajribasidan foydalanish. Nazariy va amaliy tadqiqotlar xalqaro jurnali, 2(9), 37-45.
6. Kurpayanidi, K. (2021). National innovation system as a key factor in the sustainable development of the economy of Uzbekistan, in E3S Web of Conferences 258, G5G26 (2G21) https: doi. org/1G. 1G51/e3sconf/2G21258G5G26
7. Kurpayanidi, K. (2021). Актуальные вопросы цифровизации в индустриальном секторе экономики Узбекистана. Общество и инновации, 2(4/S), 201-212. https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol2-iss4/S-pp201 -212
8. Kurpayanidi, K. Features of the Support of the Innovative Activity: Foreign Experience and Practice for Uzbekistan / K. Kurpayanidi, D. Mamurov // Bulletin of Science and Practice. - 2019. - Vol. 5, No. 11. - P. 255-261. - DOI 10.33619/24142948/48/29. - EDN HIMEGU.
9. Kurpayanidi, K. I. (2022). Management of innovative activities of business entities in industry / K. I. Kurpayanidi, D. E. Mamurov: AL-FERGANUS, 200 p. - ISBN 9789943-7707-3-7. - DOI 10.5281/zenodo.6475830.
1G. Kurpayanidi, K. I. (2023). Интеграция инновационной деятельности и икт как источник трансформации. Nazariy va amaliy tadqiqotlar xalqaro jurnali, 3 (2), 45-55. Doi: https://doi.org/10.5281/zenodo.7699541
11. Kurpayanidi, K. I., Mamurov, D.E. (2022). Management of innovative activities of business entities in industry: AL-FERGANUS, 2GG p.
12. Mamurov, D. (2021). Some issues of activating the transfer of innovative technologies in the industry of Uzbekistan. Интернаука. 12-3(188). - P. 31-33.
13. Mamurov, D. E. Regulation of innovation processes / D. E. Mamurov // Наука сегодня: вызовы, перспективы и возможности: материалы международной научно-практической конференции, Вологда, 16 декабря 2020 года. - Вологда: ООО «Маркер», 2020. - P. 38-4G.
14. Mikhaylov, A.B. and ets. (2022). Trends in the development of artificial intelligence in the financial system . Fan, ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasi asosida muhandislik-texnologiya sohasini rivojlantirish istiqbollari mavzusidagi xalqaro talabalar anjumani. Termiz, Termiz muhandislik-texnologiya instituti-2022. 30-noyabr 2022-yil. 2-qism. 361-362 bb. Doi: https://doi.org/10.5281/zenodo.8105395
15. Rafikova, M., & Muxammadiyeva, M. (2022). Maxsus iqtisodiy hududlarning O'zbekiston iqtisodiyotida tutgan o'rni. Science and innovation, 1(A7), 87-93.
16. Ro'Ziyev, S. R., & To'Ranazarova, M. D. (2022). Innovatsion faoliyat turlari, yo'nalishlari va klassifikatsiyasi. Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali, 1(1), 4-8.
17. Джалилов, Ф. А. (2022). Хизмат курсатиш сохдсида инновацион фаолият ривожланишига услубий ёндашув. Экономика и финансы (Узбекистан), (5 (153)), 57-65.
34
18. Искандаров, Б. А. (2022). Курилиш саноати бозорининг ривожланиш хусусиятлари ва уларни бошкаришнинг илмий назарий асослари. Journal of marketing, business and management, 1(2), 151-155.
19. Курпаяниди К. И., Илёсов А.А. (2022). Саноат мах,сулотлари экспортининг ташкилий-иктисодий механизмларини такомиллаштириш (ФарFOна вилояти саноат тармоFи мисолида): монография / Курпаяниди К. И., Илёсов А.А..; М. A. Икрамов тахрир остида. - ФарFOна политехника институти. AL-FERGANUS, 184 б. ISBN 978-9943-7707-5-1
20. Курпаяниди, К. (2023). Некоторые особенности методологии исследования институциональной среды малых промышленных предприятий. Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари, 3(4), 21-34. Doi: https://doi. org/10.47390/A 1342 V3I4Y2023N03
21. Курпаяниди, К. (2023). Некоторые особенности методологии исследования институциональной среды малых промышленных предприятий. Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари, 3(4), 21-34. Doi: https://doi.org/10.47390/A1342V3I4Y2023N03
22. Мамуров, Д. (2021). Инновационная система предприятия как основа модернизации современной промышленной корпорации. Общество и инновации, 2 (4/S), 322-328. doi: 10.47689/2181-1415-vol2-iss4/S-pp322-328
23. Мамуров, Д. Э.,. Якубжанова, Ф. Х. (2018). Некоторые вопросы формирования инновационной стратегии развития территорий. Молодой ученый. -2018. - № 39(225). - С. 82-84.
24. Махатов, Д. Б. (2023). Корпоратив корхоналарда инновацион фаолиятни ташкил этиш асослари. O'zbekistonda Fanlararo Innovatsiyalar Va Ilmiy Tadqiqotlar Jurnali, 2(19), 1559-1563.
35