Научная статья на тему 'O’ZBEKISTON SANOAT TARMOQLARININI ZAMONAVIY INNOVATSION BOSHQARUVIDAGI DOLZARB MUAMMOLAR'

O’ZBEKISTON SANOAT TARMOQLARININI ZAMONAVIY INNOVATSION BOSHQARUVIDAGI DOLZARB MUAMMOLAR Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
192
21
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Innovatsiya / samaradorlik / innovatsion boshqaruv / ilmiy tadqiqot / innovatsion xarajatlar / innovatsion mahsulot / innovatsion faoliyat / innovatsion boshqaruv samaradorligi.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Temirov Shoxruxjon Poʻlatxoʻja Oʻgʻli

Maqolada sanoat korxonalari innovatsion faoliyati samaradorligi ko‘rsatkichlarini tizimli tahlil qilish asosida korxonalarning innovatsion boshqaruvi samaradorligini baholashning uslubiy jihatlari tahlil etilgan. Mamlakatimizda sanoat korxonalarining innovatsion rivojlanish darajasini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar tizimidan foydalangan holda innovatsion boshqaruv samaradorligini takomillashtirishga oid ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O’ZBEKISTON SANOAT TARMOQLARININI ZAMONAVIY INNOVATSION BOSHQARUVIDAGI DOLZARB MUAMMOLAR»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

O'ZBEKISTON SANOAT TARMOQLARININI ZAMONAVIY INNOVATSION BOSHQARUVIDAGI DOLZARB MUAMMOLAR Temirov Shoxruxjon Po'latxo'ja o'g'li

Farg'ona Politexnika instituti "Menejment"kafedrasi mustaqil tadqiqotchi Email;[email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.8012385

Annotatsiya. Maqolada sanoat korxonalari innovatsion faoliyati samaradorligi ko'rsatkichlarini tizimli tahlil qilish asosida korxonalarning innovatsion boshqaruvi samaradorligini baholashning uslubiy jihatlari tahlil etilgan. Mamlakatimizda sanoat korxonalarining innovatsion rivojlanish darajasini tavsiflovchi ko'rsatkichlar tizimidan foydalangan holda innovatsion boshqaruv samaradorligini takomillashtirishga oid ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Kalit so'zlar: Innovatsiya, samaradorlik, innovatsion boshqaruv, ilmiy tadqiqot, innovatsion xarajatlar, innovatsion mahsulot, innovatsion faoliyat, innovatsion boshqaruv samaradorligi.

Zamonaviy bosqichda respublikamizda olib borilayotgan demokratik islohotlarning asosiy tayanchi bo'lib iqtisodiyot tarmoqlarida innovatsion faoliyatni samarali amalga oshirish bo'lib bormoqda.

Xususan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son bilan qabul qilingan "2022-2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi Farmonida mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda asosiy ustuvor vazifalaridan biri - milliy iqtisodiyotning barqarorligini ta'minlash va yalpi ichki mahsulotda sanoat ulushini oshirishga qaratilgan sanoat siyosatini davom ettirib, sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini 1,4 baravarga oshirish belgilangan.

Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyuldagi PF-165-son Farmoni bilan tasdiqlangan "2022-2026-yillarga mo'ljallangan O'zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlanish strategiyasi"da sanoat konsepsiyalarini ishlab chiqish va joriy qilish bo'yicha vazifalar belgilangan bo'lib bunda asosiy yo'nalish va maqsadlardan biri kichik tadbirkorlikni innovatsion faolligini oshirish orqali hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy jadal o'sishini ta'minlash hisoblanadi.

Davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan odilona siyosatdan kelib chiqib, hozirgi paytda ortib borayotgan iqtisodiy ehtiyojlarni cheklangan resurslar bilan ratsional qondirish maqsadida sanoat tarmoqlarida faoliyat olib boruvchi korxonalarning boshqaruv mexanizmini tubdan takomillashtirish, innovatsion g'oyalar asosida ishlab chiqarish hajmini va sifatini oshirish lozimligi, ushbu ustuvor vazifalar milliy iqtisodiyot tarmoqlari jumladan, sanoat korxonalarida innovatsion boshqaruv mexanizmini tadqiq etishning dolzarbligini anglatadi.

Mazkur maqolani yozish jarayonida tizimli tahlil, induksiya va deduksiya, analiz va sintez, tadqiq qilish, monografik tahlil va ekspertlar bahosi usullari qo'llanilgan.

Dunyo mamlakatlari iqtisodiy o'sishining barqarorligini ta'minlashga yo'naltirilgan davlat siyosatida asosan sanoat tarmoqlaridagi korxonalarning boshqaruvida innovatsion loyihalarni tatbiq etish orqali yangi iste'mol qiymatlarini yaratish, ishlab chiqarish samaradorligini, ularning moliyaviy barqarorligini ta'minlash, shuningdek, milliy iqtisodiyotning

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

xorijiy davlatlar iqtisodiyoti bilan global raqobatbardoshligi va rivojlanish indeksi ko'rsatkichlarini oshirishga e'tibor qaratilmoqda.

Mazkur holat o'z o'rnida ishlab chiqarish sifatini ortishiga, daromad manbaining o'sishiga va sotib olish qobiliyatini yanada ortishiga olib keladi.

Innovatsiya so'zi lotnchadan olingan bo'lib, "innovate" ya'ni yangilanish o'zgartirish kiritish degan ma'nolarni anglatadi. Ushbu atama iqtisodiy adabiyotga ilk bor Y.Shumpeter tomonidan olib kirilgan bo'lib, iqtisodiy innovatsiya kategoriyasiga quyidagicha ta'rif bergan.

Jumladan, innovatsiya "korxonalarning egallagan bozor hajmini oshirishda noodatiy shakldagi ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish amaliyotini tashkil etish" ekanligini qayd qilib o'tgan[1, 839 bet].

Sanoat korxonalari innovatsion boshqaruvi amaliyotini rivojlantirishning jahon amaliyoti tahliliga ko'ra, aynan innovatsiyalar bugungi kunda barqaror iqtisodiy o'sishni ta'minlashning muhim omili sifatida baholanadi.

Odatda xom-ashyoni qazib olish va ishlab chiqarish bilan shug'ullanadigan firmalar eng kam daromadli sektorni tashqil qilsa, mahsulot dizayni va sotuvdan keyingi servis xizmatini ko'rsatuvchi firmalar esa iqtisodiy foydaning aksariyat qismini o'zlashtirib oladi.

Jumladan, sport poyabzalining turli brendlarini ishlab chiqarishda hom-ashyo yetkazib beruvchi davlat hisoblangan Indoneziya fabrikalari tayyor mahsulotni sotishdan olinadigan daromadning 20-25% oladi.

Apple kompaniyasi uskunasining bir qismini ishlab chiqaruvchi Xitoy ishlab chiqaruvchisi uning 150 AQSH dollari qiymatidan 4 dollar olsa, foydaning qolgan 146$ qismi AQSH kompaniyalariga tegadi [2, 230-b].

Tahlillarga ko'ra, bugungi kunda ayrim bozor iqtisodiyoti shakllanayotgan va rivojlanayotgan mamlakatlarda qayta ishlash sanoati korxonalarida yuqori texnologik innovatsion mahsulotlarni ishlab chiqarishni yo'lga qo'yishgan bo'lsa, ayrimlari esa hom ashyo ishlab chiqarish sohalarini texnik-texnologik jihatdan qurollantirishga ustuvorlik qaratmoqdalar.

Ushbu mamlakatlar xalqaro savdoda yuqori texnologik innovatsion mahsulotlarni sotish bo'yicha taraqqiy etgan mamlakatlardan sezilarli darajada ortda qolmoqdalar. Ularda ishlab chiqarilayotgan hom ashyo va yarim tayyor mahsulotlar sanoat jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlar tomonidan qayta ishlanib, yana o'zlariga tayyor mahsulot sifatida kirib kelmoqda.

Ushbu holat sanoat korxonalarining innovatsion boshqaruvi holati va uning rivojlanganlik darajasi past ekanligini ko'rsatib, mamlakat iqtisodiyotiga bevosita salbiy ta'sir ko'rsatuvchi omillardan biri ekanligidan dalolat beradi.

Sanoat tarmoqlarida innovatsion loyihalarni unumli amaliyotga joriy etish korxonaning iqtisodiy samaradorlikka erishishi uchun muayyan darajada xizmat qiladi.

Xususan mamlakatimizda faoliyat yurituvchi korxonalar yuzasidan olingan ma'lumotlarni qayta ishlash natijasida, so'nggi yillarda mamlakatimizda mahsulotga doir innovatsiyalarni amaliyotga joriy etgan korxonalarda yollanma ishchilarning jon boshiga ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi innovatsiyalarni joriy qilmagan korxonalarga nisbatan o'rta hisobda 12 mln so'mga, boshqaruvga oid innovatsiyalarni joriy qilgan korxonalarda esa 26 mln so'mga, innovatsiyalarni amaliyotga joriy qilishda tashqi bilimlarni o'zlashtirgan korxonalarda esa 19 mln so'mga, innovatsiyalarni joriy etishda ichki va tashqi imkoniyatlardan samarali foydalanish hisobiga 44 mln so'mga ishlab chiqarish hamji ortganligi aniqlandi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

Ushbu holat innovatsion boshqaruv amaliyotiga ega bo'lgan korxonalarda an'anaviy boshqaruvga ega bo'lgan korxonalarga nisbatan iqtisodiy samaradorlik ko'rsatkichi sezilarli darajada baland bo'lishidan dalolat beradi.

Milliy iqtisodiyotning sanoat tarmoqlarida innovatsion boshqaruvini tashkil etishning o'ziga xos xususiyatlari tahliliga ko'ra, innovatsion faoliyat bilan shug'ullanuvchi korxonaning ko'lami ortib borgani sari, uning innovatsion faolligi ham mos ravishda ortadi.

Statistik ma'lumotlarga ko'ra, so'nggi yillarda mamlakatimiz milliy iqtisodiyoti tarmoqlarida faoliyat yurituvchi kichik korxonalarning 28 foizi, o'rta korxonalarning 30 foizi, yirik korxonalarning esa 32 foizi mahsulotga doir innovatsiyalarni o'z amaliyotiga joriy etishgan bo'lsa, boshqaruvga oid innovatsiyalar mos ravishda kichik korxonalarda 14 foizni, o'rta korxonalarda 19 foizni, yirik korxonalarda bo'lsa 22 foizni tashkil etgan[3].

Shundan kelib chiqib, milliy iqtisodiyotimizning sanoat korxonalarida innovatsion faoliyatning pastligi va quyi texnologiyali tarmoqlarning ulushi yuqori bo'lganligi sababli joriy iqtisodiyotdagi innovatsion faoliyatni baholovchi xalqaro dunyo reytinglarida quyi o'rinlarni egallashiga sabab bo'lmoqda.

Jumladan milliy statistik ma'lumotlar bazasidan olingan ma'lumotlarga ko'ra, 2022-yil yakunlariga ko'ra, sanoat tarmoqlari tarkibida yuqori texnologiyalari tarmoqning ulushi 2,1 % ni (2021-yil bo'yicha 2,7%), o'rta-yuqori texnologiyali 23,2% (20,2) o'rta quyi texnologiyali 36,4%(39,7%) va quyi texnologiyali tarmoq ulushi 38,3(37,2) ni tashkil qilgan[4].

2022-yil yakunlariga ko'ra, dunyo davlatlari bo'yicha ishlab chiqilgan Global innovatsion indeks reytingi bo'yicha Shveysariya, AQSH, Shvetsiya, Buyuk Britaniya va Niderlandiya qirolligi davlatlari iqtisodiyoti innovatsion faolitni joriy qilgan mamlakatlar ro'yxatini boshlab beradi.

Mazkur indeksga ko'ra, O'zbekiston 25,3 ball bilan 82 o'rinni eagllagan bo'lsa, Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari ichida Hindiston va Erondan keyingi uchtalikka kiritilgan[5].

Amalga oshirilgan tadqiqotlarimiz asosida mamlakatimizda sanoat korxonalari innovatsion boshqaruvi amaliyotini rivojlantirish, jumladan, ularning innovatsion faolligini oshirishga ustuvorlik qaratilishi zaruriyati mavjudligi anglatadi.

Sanoat korxonalari innovatsion boshqaruvini tashkil etishning ilg'or xorij tajribasini qiyosiy tahlil qilish asosida mamlakatimizda sanoat korxonalari innovatsion boshqaruvini qo'llab-quvvatlashning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish lozim deb hisoblaymiz.

REFERENCES

1. Y.Shumpeter. Teorii ekonomicheskogo razvitiya. Kapitalizm, sotsializm i demokratiya. Moskva, Eksmo, 2008y. - 863 s.

2. Linden G. Dedrick J. Kraemer K.L. Innovation and Job Creation in a Global Economy: The Case of Apple's iPod. Journal of International Commerce and Economics. - 2011. № 3. Pp. 223-239 https://www.rrojasdatabank.info/innovation.pdf.

3. https://stat.uz/uz/.

4. https://stat.uz/uz/.

5. https://www.globalinnovationindex.org/userfiles/file/reportpdf/GII_2022.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

6. Baxtiyorov B.B. Sanoat korxonalari innovatsion boshqaruvini rivojlantirishda ilg'or jorij tajribasidan foydalanish imkoniyatlari// Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar//Ilmiy elektron jurnal. №57 2022-yil. 109-120 betlar. https://cyberleninka.ru/article/n/sanoat-korhonalari-innovatsion-bosh-aruvini-rivozhlantirish.

7. Baxtiyorov B.B. Sanoat korxonalarining innovatsion boshqaruvi samaradorligini baholashning ilmiy-uslubiy asoslari//Iqtisodiytning real sektori//Ilmiy elektron jurnal. №146 2021-yil. 13-22 betlar. https://cyberleninka.ru/article/n/sanoat-korhonalarining-innovatsion-bosh-aruvi-samaradorligini-ba-olashning-ilmiy-uslubiy-asoslari.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.