SANOAT KORXONALARINING IQTISODIY SAMARADORLIGINI OSHIRISH
Mamatkulova Nodira Maxkamovna1,
1 dotsent v.b., Toshkent arxitektura-qurilish instituti
��������� ������������� ������������� ������������ �����������
����������� ������ ����������1,
1 �.�. ������, ����������� ������������-������������ ��������
INCREASE THE ECONOMIC EFFICIENCY OF INDUSTRIAL ENTERPRISES
Mamatkulova Nadira Makhkamovna1,
1 docent, Tashkent institute of architecture and civil engineering
ANNOTATSIYA
Quyidagi maqola katta va kichik sanoat korxonalarida samaradorlik darajasi o?rganiladi. Bundan tashqari samaradorlikka erishishning qulay uslub va metod hamda yondoshuvlari keltirilgan.
���������
� ��������� ������ ����������� ������� ������������� ������� � ����� ������������ �����������. � ��� ����� ������������ ������� ������ � ������ � ������� � ���������� �������������.
ABSTRACT
The following articles investigates the rate of economic efficiency. Furthermore, it suggests good methods, ways and approaches.
Kalit so�zlar: sanoat korxonalari, samaradorlik, ishlab chiqarish, daromad, xom ashyo va materiallar, globallashuv
�������� �����: ������������ �����������, �������������, ������������, �����, ���������, ������������.
Keywords: industrial enterprises, efficiency, production, income, raw materials, globalization
Respublika aholisining bandligi va daromadlari barqaror o�sishini ta�minlashga doir vazifalarni hal etishda kasanachilikning turli shakllarini keng rivojlantirish, jumladan, uning yirik sanoat korxonalari bilan kooperatsiyasini kengaytirishga ustuvor ahamiyat berilmoqda.
Yirik sanoat korxonalari bilan kasanachilar o�rtasida kooperatsiya aloqalarining mustahkamlanishi oila budjeti daromadlarini oshirishdek muhim muammoni hal etadi, ish bilan band bo�lmagan aholi sonini keskin qisqartirish va uning faol qismini ishlab chiqarishga jalb etish imkonini beradi. Ayni paytda kasanachilar ish stajini hisoblash, ularga pensiya va ijtimoiy sug�urta bo�yicha nafaqalar tayinlash huquqi ta�minlanadi.
Sanoat korxonalarining kasanachilarga zarur xomashyo va materiallarni yetkazib berish asosida oilaviy pudratni rivojlantirish fuqarolarga vaqtdan unumli foydalanish, shu bilan birga, past rentabelli va ko�p mehnat sarfi talab qilinadigan mahsulotlarning ayrim turlarini uy sharoitida ishlab chiqarishni o�zlashtirish imkoniyatini yaratadi, bu, o�z navbatida, yirik korxonalar ish samaradorligini oshirishga yordam beradi.
Ayni paytda globallashuv shiddatli kechayotgan davrda bozor munosabatlarining yo�lga qo�yilishi, mamlakatning jahon hamja�miyatiga integrasiyalashuvi hamda iqtisodiy tizimdagi axborot rolining o�sishi, yangi texnologiyalar, kapital bozorlari o�rtasidagi aloqalarning kuchayishi iqtisodiyotning innovasion rivojlanish yo�liga o�tishini taqozo etmoqda. Dunyoning rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlari tajribasini o�rganish, shuningdek, respublikamizning boy tabiiy va ijtimoiy resurslari, ishlab chiqarish va ilmiy-texnik salohiyatini hisobga olib, innovasion rivojlanish yo�lini tanlab olish muhim ahamiyat kasb etadi. Jumladan, mamlakatimiz rivojlanishini maksimal darajada tashkil etish uchun, eng avvalo, innovasion hamda ilmiy-texnik salohiyatdan samarali foydalanishga jiddiy e�tibor qaratish lozim. Bu borada mamlakatimizning kompleksli innovasion siyosatini shakllantirish bo�yicha qonunchilik asoslarini yaratish zarur.
Innovasion faoliyatni samarali tashkil etish va rivojlantirish uchun esa, mazkur faoliyatning strategik va taktik chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqish talab etiladi. Ma�lumki, mazkur tizimni ishlab chiqish faqatgina ilmiy asoslarda amalga oshiriladi. Shu sababli mutaxassislar, tegishli soha xodimlari innovasion faoliyatni tashkil etish va boshqarish amaliyotini, strategik qoidalarini va innovasion siyosatni shakllantirish hamda amalga oshirish xususiyatlarini bilishi zarur
Innovatsiya, bu � yanada mukammalroq holatga o�tish uchun yaratiluvchi yangiliklardan iborat bo�lib, o�ylab topish, ishlab chiqarish va ixtiro qilish lozim bo�lgan yangi vosita, yangi usul, yangi mahsulot, yangi texnologiyalar, demakdir. Innovatsiya � yangi bilimlarning yig�indisi sifatida amalda qo�llanishi va mos keluvchi sohalarda samara berishi lozim.
Bugungi kunda innovatsiya ishlab chiqarishda, iqtisodiy, huquqiy va ijtimoiy munosabatlarda, ilm-fan, madaniyat, ta�lim sohalarida keng qo�llanmoqda. Bu esa, har bir sohaning rivoji uchun yangicha yondashuv bilan qarash, deganidir.
O�zbekiston iqtisodiyotida milliy sanoatning roli va ahamiyati sal�moqli bo�lib, davlat mustaqilli�giga erishilgandan keyin bu sohada tub xo�jalik-iqtisodiy, tashkiliy-ins�titusional va tarkibiy islohot�lar amalga oshirildi.
Sanoat korxo�nalarini davlat tasarrufidan chiqa�rish va xususiylashtirish, davlat � aksiyadorlik, korporativ, jamoa va xususiy mulk shakllariga aylantirish, sanoat tarmoqlarida tarkibiy o�zgarishlar amalga oshirilib, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, chet el kapitali ishtirokidagi qo�shma kor�xonalar tashkil etildi. Milliy sanoat rivojlanishi, yangi davrning makroiqtisodiy vaziyatlarini, bozor munosabatlarini shakllantirish va tarkibiy o�zgarishlar tavsifini sanoatlashtirish strategiyasidan kelib chiqib bir necha bosqichga ajratish mumkin.
Bozor munosabatlariga o�tishning ustuvor yo�nalishlaridan biri, bu � iqtisodiyot tarmoq�larida innovasion islohotlar, tub yangilanishlarning modernizasiya qi�linishi hisoblanib, u makroiqti�sodiy barqarorlikni ta�minlash, korxonalarni yangi texnologiyalar bilan jihozlash, iqtisodiyotda nodavlat sektor ulushini oshirishga asoslanadi.
Ushbu jarayon, shubhasiz, mamlakatning innovatsion, iqtiso�diy salohiyatini oshirish bilan bir paytda, undan unumli foydalanishni nazarda tutadi. Mamlakatimiz iqtisodiyotining hozirgi holati milliy iqtisodiyotda innovatsion o�zgarishlarni amalga oshirish sur�atlarini jadallashtirishni talab etmoqda. Ta�kidlash joizki, iqtisodiyoti taraqqiy etgan mamlakatlar tajribasi shuni ko�rsatadiki, samarali innovasion strategiyaga erishish uchun iqtisodiy va tabiiy omillardan oqilona foydalanish zarur.
Mamlakat sanoat-innovatsion siyosatida potensial raqobatbardoshlikni yuzaga keltirish uchun, eng avvalo, iqtisodiyotning xomashyo yo�nalishiga ixtisoslashgan tarmoqlarida tarkibiy o�zgarishlar hisobiga eksportga yo�naltirilgan ishlab chiqarishni rivojlantirish ustuvor aha�miyatga ega. Investisiyalarning jalb etilishini muvofiqlashtirish, ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish va dunyo bozorlarida mustahkam o�rin egallash bo�yicha davlat siyosatini yuritish asosiy yondashuvlarimiz mohiyatini namoyon etishi lozim.
Sanoat tarmoqlarida innovasion strategiyalarni muntazam ravishda qo�llashni yo�lga qo�yish va tatbiq etishni amalga oshirish uchun ishlab chiqarilayotgan raqobatbardosh mahsulotlarni tashqi bozorlarga chiqarish davomiyligiga erishish sanoat ishlab chiqarish barqarorligini ta�minlashda muhim omillardan biri hisoblanadi.
Fan-texnika taraqqiyotini ta�minlashning eng muhim yo�nalishlaridan biri, bu � ilg�or, eng zamonaviy texnologiyalarni muntazam ravishda o�zlashtirib borishdan iborat. Ilg�or texnologiyalar, bu � sinovdan o�tgan texnologik jarayonlarni birlashtirish, turli-tuman fizik � kimyoviy usullarni qo�llash, vakuumlash, nanotexnologiyalardan samarali foydalanish kabi bir qancha usullar majmuini o�zlashtirishni tashkil etishga qaratilgan jarayondir.
Yana bir yo�nalish � ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va mexanizasiyalashtirish, elektrlashtirish va kompyuterlashtirishdan iborat. Rivojlangan mamlakatlarning barcha tarmoqlarida qayd etilayotgan jihatlarning to�liq amalga oshirilishi uchun qat�iy rioya qilinadi. Bu borada talab etilayotgan bironta omilga ikkilamchi vazifa, deya qaralmaydi.
Aksincha, texnik faoliyatni tashkil etish uchun zarur bo�lgan barcha talablarning o�z o�rnida bo�lishiga jiddiy e�tibor qaratiladi. Shuningdek, avtomatlashtirishning yuksak cho�qqisi hisoblanmish va samaradorlikni ta�minlaydigan robot texnikalarini qo�llashga e�tibor berish ham ishlab chiqarishning eng oliy maq�sadlaridan biriga aylanishi lozim.
Texnika ilm-fan yutuqlari asosida yaratilayotgan inson kuch qudratini, uning ish qobiliyatini, ijodiy salohiyatini cheksiz oshiruvchi qurol hisoblanadi. Texnologiya esa, ilm-fan va zamonaviy texnik vositalar asosida ma�lum moddiy boyliklarni yaratuvchi yoki shu moddiy boyliklarni amalga oshiruvchi omildir.
Yangi texnologiya va innovatsion strategiya, texnik jarayonlarning bir-biriga bog�liqligi, bir-birini to�ldirib turishi, ularning muntazam ravishda takomillashtirilishi jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiladi.
Texnologik innovasiyalar yuridik shaxsning birinchi marotaba ishlab chiqarayotgan mahsulotlari, jarayonlar, xizmatlar va usullar shaklida (ularni boshqa yuridik shaxslar qo�llayotgan bo�lsa ham) bo�lishi mumkin. Texnologik innovatsiyaning ikkita turi mavjud bo�lib, ular mahsulotlar innovatsiyalari va jarayonlar innovatsiyalaridan iborat. Sanoat ishlab chiqarishda mahsulot innovatsiyalari texnologik jihatdan yangi va har taraflama takomillashtirilgan mahsulotni tayyorlash va joriy etishni o�z ichiga oladi.
Texnologik yangi mahsulot, bu � texnologik xususiyatlari (funksional belgilari, konstruktiv yo�l bilan bajarilishi, qo�shimcha operatsiyalari, qo�llaniladigan tarkibiy qismlari hamda materiallar tarkibi) yoki qo�llanilish maqsadi prinsipial jihatdan yangi yoki yuridik shaxs tomonidan ilgari ishlab chiqarilgan shunga o�xshash mahsulotlardan sezilarli darajada farq qiluvchi mahsulotdir.
Bunday innovasiyalar prinsipial jihatdan yangi texnologiyalarga yoki mavjud texnologiyalardan, tadqiqot va ishlanmalar natijalaridan foydalanishga asoslangan bo�lishi mumkin. Texnologik jihatdan takomillashtirilgan mahsulot, bu � yuqori samarali tarkibiy qismlar va materiallardan foydalanish, bir yoki undan ortiq texnik tarkibiy qismlarni qisman o�zgartirish (kompleks mahsulotlar) yo�li bilan ishlab chiqarishning sifat xususiyatlari yaxshilanadigan va iqtisodiy samaradorligi oshiriladigan mahsulotdir.
Mamlakatimizda korxonalarni rivojlantirish uchun respublikamizning iste�mol bozorlarini aholi o�rtasida xaridorgir bo�lgan sifatli mahsulotlar bilan to�ldirish, tarmoqning eksport salohiyatini oshirish, kichik korxonalar tomonidan raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarishni qo�llab-quvvatlash, tarmoqda yangi texnik va texnologik, investitsiya siyosatini yuritish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hisobiga yangi va sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishni muntazam o�zlashtirish, tarmoq korxonalarini yangi texnikalar bilan jihozlashga jiddiy e�tibor qaratish uchun xorijiy sarmoyalarni keng ko�lamda jalb etish chora-tadbirlarini amalga oshirish nazarda tutiladi.
Xullas, innovatsion munosabat tadbirkorlik faoliyati rivojlanishining asosini tashkil qiladi. Ya�ni, bozor munosabatlari sharoitida faoliyat yuritayotgan korxonalar va xo�jaliklarning raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishlari, xizmatlar ko�rsatishda muvaffaqiyatga erishishlari uchun muntazam ravishda yangiliklarni izlashga intilishlari va o�z faoliyatlariga tatbiq etishlari bu boradagi eng muhim jihatlar hisoblanadi.
Dunyo olimlari sanoat korxonalarini rivojlantirishda quyidagi uchta muhim omilning mavjudligi va darajasi zarur degan xulosalarga kelishgan:
Moddiy texnik manba. Har qanday iqtisodiy samaradorlik iqtisodiy resurslarni - ishlab chiqarish omillarini talab qiladi. Bularga, avvalambor, tabiiy boyliklar, mashinalar, asbob-uskunalar, transport vositalari, tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish va ularni iste'molchilarga yetkazib berish uchun ishlatiladigan boshqa vositalar, shuningdek moliyaviy resurslarning o'zi muhimdir. Resurslarning uchinchi turi - bu inson mehnat resurslari. Ular ishchi kuchining sifat va miqdoriy tarkibi, uning malakasi, ixtisoslashuvi, bandlik darajasi bilan belgilanadi. So'nggi paytlarda nazariya va amalda yana bir resurs - tadbirkorlik qobiliyatining ahamiyatiga ko'proq e'tibor berilmoqda. Innovatsion, noan'anaviy ishlab chiqarish omillari kombinatsiyasi - yer, kapital, ishchi kuchi tashabbusi bilan chiqqan tadbirkor mahsulot va xizmatlar ishlab chiqarishning o'sishiga yordam beradi va tadbirkorlik faoliyati samaradorligini oshiradi.
Sanoat korxonalaridagi tashkiliy ishlar. Sanoat korxonalaridagi tashkilotchilik ishlari yuqori daromad olishga eng yaxshi sabab bo'ladi.
Sanoat korxonalaridagi ijodiy faoliyat, yangilik bilan bog'liq bo�lgan tashabbuskorlik. Zamonaviy ilmiy-texnik taraqqiyot sharoitida uning ahamiyati ayniqsa ortib bormoqda. Innovatsiya bilan bog'liq funksiyani kuchaytirish bilan bog'liq holda, tadbirkorlik uchun yangi iqtisodiy muhit yaratilmoqda. Yangi mahsulotlar va texnologiyalarni joriy etish bilan shug'ullanadigan ilmiy-texnik ishlanmalar bozori o'sib bormoqda. Tadbirkorlikning axborot infratuzilmasi rivojlanmoqda, foydali ma'lumotlarga kirish kengaymoqda, patent va litsenziyalash xizmatlari, elektron kompyuterlar yordamida to'plangan bank ma'lumotlari tarmog'i mustahkamlanmoqda. Bular esa o�z navbatida
Tadbirkorlik ma'lum bir tarkib, yo'naltirilganlik, tadbirkor tomonidan amalga oshiriladigan protseduralar harakatlarining ketma-ketligi bilan tavsiflanadi.
Klassik tadbirkorlik - bu resurslarni maksimal rentabelligini oshirishga, ishlab chiqarish hajmlarini boshqarishga qaratilgan an'anaviy, konservativ tadbirkorlik, bu yerda kompaniyaning rentabelligini oshirish, mahsulot turlarini yangilash uchun zaxiralarini aniqlash uchun tashqi omillar (kreditlar, protektsionizm) va ichki omillar ishtirok etadi.
Innovatsion tadbirkorlik zamon talablariga javob beradi, ilmiy-texnik taraqqiyot tezligini tezlashtirish; modellarning o'zgaruvchanligi (2 - 3 yil); kelajakdagi iste'molchilar ehtiyojlarini bugun qondirishga tayyorlik; yangiliklarni (mahsulotlar, xizmatlar, texnologiya, ishlab chiqarishni yoki mehnatni yangi tashkil etish) joriy etish va tarqatish uchun iste'molchilar bilan yaqin aloqada bo'lish kabilar innovatsion sanoat korxonalarining o�ziga xos xususiyatlariga kiradi.
Sanoat korxonalarining samaradorligini oshirish uchun ular ichidagi boshqaruv o'zgarishini talab qiladigan asosiy omillar bu maqsadlar, tuzilish, vazifalar, texnologiyalar va xodimlardir.
Iste'molchini yoki xizmatlardan foydalanuvchini qondirish, ko'pincha bozor yetakchiligiga intilish, xodimlarning farovonligi va xodimlar o'rtasida yaxshi munosabatlarni rivojlantirish uchun sharoitlar, jamoat mas'uliyati, tadqiqotlar va ishlanmalarga alohida e'tibor beradigan texnik samaradorlik, mehnat unumdorligining yuqori darajasi, ishlab chiqarish xarajatlarini minimallashtirish kabi xususiyatlar korxona samaradorligini oshganligini ko�rsatuvchi asosiy parametrlar hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro�yxati
1. http://ekrost.ru/poster/povyshenie-effektivnosti-predprinimatelskoi-deyatelnosti-organizacii.html
2. R.A.Brealey, S.C.Myers, F.Allen �Principles of Corporate Finance*, 11th Global Edition. 1341 p. 65-p. 53 �������� �.�. ������������� ������� � ������������� ��������: ���������� /� �.: ���������� �������������� ����������� ��������� ����������� � ������-������������������, 2016 � 250 �., �. 8.
3. G20/OECD Principles of Corporate Governance. OECD 2015. https://www.oecd.org/daf/- ca/Corporate-Governance-Principles-BNG.pdf
4. Pierre Vernimmen, Pascal Quiry, Maurizio Dallocchio, Yann Le Fur, Antonio Salvi. Corporate Finance: Theory and Practice. Copyright . 2005 John Wiley & Sons Ltd, The Atrium, Southern Gate, Chichester, West Sussex P019 8SQ, England. 1032 p., 29th page.