Scientific Journal Impact Factor
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA SANOAT SIYOSATI: ISHLAB CHIQARISHNI MAHALLIYLASHTIRISH IMPORTNI KAMAYTIRISH
OMILI SIFATIDA
Annotatsiya: Maqolada sanoat kooperatsiyasi asosida, mahalliy xom ashyolardan import o'rnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish orqali ichki bozorni zarur iste'mol tovarlari bilan to'ldirish, mahalliylashtirish darajasini chuqurlashtirish zarurligi masalalariga e'tibor qaratilgan.
Kalit so'zlar: sanoat kooperatsiyasi, mahalliylashtirish, import o 'rnini bosish, ichki bozorni to'ldirish, bandlikni ta'minlash.
Аннотация: В статье делается акцент на необходимости углубления уровня локализации, наполнения внутреннего рынка необходимыми товарами народного потребления за счет расширения производства импортозамещающей продукции из местного сырья на основе производственной кооперации.
Ключевые слова: производственная кооперация, локализация, импортозамещение, наполнение внутреннего рынка, занятость.
Abstract: The article focuses on the need to deepen the level of localization, to fill the domestic market with the necessary consumer goods by expanding the production of import-substituting products from local raw materials on the basis of industrial cooperation.
Keywords: industrial cooperation, localization, import substitution, filling the domestic market, employment.
Ishlab chiqarishni mahalliylashtirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish, tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini, shu jumladan respublikaning yirik korxonalari hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlari o'rtasida sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, mahalliy xom ashyo resurslari negizida import o'rnini bosadigan va ichki bozorni zarur iste'mol tovarlari, dori-darmon vositalari, ishlab chiqarish-texnik ahamiyatdagi mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar bilan to'ldirishni ta'minlaydigan korxonalar barpo etish maqsadida:
Sobitova Ra'no Solijonovna Termiz davlat universiteti o 'qituvchisi Urazov Azamat O 'rmon o 'g 'li Termiz davlat universiteti talabasi
KIRISH
Scientific Journal Impact Factor
MUHOKAMA VA NATIJALAR
1. O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investisiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasi, Davlat bojxona qo'mitasi Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari hamda boshqa manfaatdor davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda ishlab chiqilgan 2017 — 2019 yillarda tayyor mahsulot turlari, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish Dasturi (keyingi o'rinlarda — mahalliylashtirish Dasturi) tasdiqlandi.
So'nggi yillarda respublikada faol investisiya siyosatining olib borilayotgani, tashqi savdo hamda valyuta operatsiyalarining liberiallashtirilishi natijasida sog'lom raqobatga asoslangan haqiqiy bozor iqtisodiyoti rivojlanmoqda. Iqtisodiyotning muhim tarmog'i hisoblangan sanoatini xalqaro standartlar darajasida rivojlantirish, jahon bozorida mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirish va turini kengaytirish dolzarb muammolardan biridir.
Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasini oshirish iqtisodiyotning barqaror va izchil rivojlanishi, uning tashqi omillarga tobeligini kamaytirish, ishlab chiqarish jarayonlariga yangi samarali texnologiyalarning tatbiq etilishini jadallashtirish bu yo'nalishdagi muhim jihatlardan biridir.
Import o'rnini bosadigan eksportbop va ichki bozor uchun mahsulotlar ishlab chiqarish, yuqori qo'shilgan qiymat yaratishga yo'naltirilgan sanoat siyosatini yuritishishga mamlakatimizda alohida ustivorlik berilmoqda. Mavjud xomashyo va imkoniyatlardan samarali foydalangan holda, mahalliylashtirish darajasini chuqurlashtirish va ko'lamini keskin kengaytirish ushbu sanoat siyosatining negizi ekaligi davlat rahbari tomonidan ham e'tirof etilmoqda
So'nggi yillarda ishlab chiqarishni mahalliylashtirilishi natijasida qurilish jihozlari, sendvich panellar, sun'iy sintetik gazonlar, shisha bankalar, butilkalar, shaxta vagonetkalari, vakuum nasoslar, ko'tarma kranlar, har xil turdagi o'tga va kislotaga chidamli materiallar,kraxmal, non mahsulotlari uchun achitqilar singari yuz turdan ortiq tovarlarning mamlakatimizga import qilinishiga chek qo'yilgan.
Mamlakatda ishlab chiqarilishi imkoniyati mavjud bo'lgan bir necha turdagi mahsulotlarning chetdan kirib kelishi ikki baravarga qisqargan. Avtomobillar uchun zarur bo'lgan filtr va radiatorlar, po'lat quvurlar, keramik plitalar, tibbiyot ampulalari, poligrafik bo'yoqlar, bolalar o'yinchoqlari, sport anjomlari, oilalar uchun zarur
Scientific Journal Impact Factor
bo'ladigan maishiy elektrotexnika mahsulotlari kabi 350 dan ortiq turdagi mahsulotlar shular jumlasidandir..
Iqtisodiyot vazirligi tomonidan tarmoq korxonalarining imkoniyatlarini batafsil o'rganish natijasida, 2017 yilda mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar va import o'rnini bosuvchi yangi mahsulot turlarini ishlab chiqarishni tashkil qilishga yo'naltirish hisobiga 1,1 mlrd. dollardan ortiqroqqa yoki importni 23 foizga kamaytirish imkoniyati aniqlandi.
Biroq, import o'rnini bosadigan mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish chora-tadbirlari amalga oshirilayotganiga qaramasdan, mamlakatimizda import hajmining asossiz oshib ketishiga yo'l qo'ymoqda. Bu,davlatimiz iqtisodiyoti uchun ishlab chiqarish hajmini yanada kengaytirish va yangi ish o'rinlari yaratish bo'yicha muhim loyihalarni amalga oshirishga yo'naltirilishi mumkin bo'lgan valyuta mablag'laridan samarasiz foydalanishgaolibkelmoqda.
Milliy iqtisodiyotning tarmoq va hududiy tarkibini takomillashtirish, mehnat resurslarining oqilona bandligini ta'minlash, milliy korxonalar raqobatbardoshligini oshirish, iqtisodiy xavfsizlikka erishish kabi muhim ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarning muvaffaqiyati ko'p jihatdan Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasini oshirishga bog'liqdir. Chunki buning natijasida:
S iqtisodiyotning barqaror va izchil rivojlanishiga, uning tashqi omillarga tobeligini kamaytirishga;
S ishlab chiqarish jarayonlariga yangi samarali texnologiyalarning tatbiq etilishini jadallashtirishga;
S tashqi iqtisodiy faoliyatni ijobiy rivojlantirishga;
S yuqori qo'shilgan qiymat yaratishga yo'naltirilgan sanoat siyosatini yuritish orqali eksport salohiyatini kengaytirish;
S import tarkibini kamaytirish kabi natijalarga erishish mumkin.
Shu sababli eksport tarkibini diversifikatsiyalash hamda import tarkibini takomillashtirish orqali jahon xo'jalik tizimiga integratsiyalashish, milliy iqtisodiyotni barqarorlashtirish O'zbekiston iqtisodiy siyosatining asosiy yo'nalishlaridan biri hisoblanadi.
Mamlakatimizda olib borilayotgan izchil islohotlar natijasida sanoat
mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini oshirish va turlarini kengaytirish, aholining iste'mol tovarlariga bo'lgan ehtiyojini qondirish bo'yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Scientific Journal Impact Factor
Biroq, respublikada sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo'yicha yagona tizimning mavjud emasligi ishlab chiqarish quvvatlaridan to'liq foydalanilmayotganligiga hamda mahalliy xom ashyoni chuqur qayta ishlash orqali qo'shilgan qiymat zanjirini yaratish darajasining pasayishiga sabab bo'lmoqda.
Mamlakat va uning hududlari tashqi savdosining hozirgi holati tovar va xizmatlar eksportidan barqaror valyuta tushumlari olish imkoniyatini bermaydi. Eksport tarkibida xom ashyo tovarlarining ustivorligi, eksport qilinayotgan tovarlar assortimentining torligi mamlakat va undagi hududiy iqtisodiyotini jahon bozorlaridagi kon'yunkturaviy o'zgarishlarga qaram qilib qo'ymoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan 2017-2021-yillarda O'zbekistonni yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasida " ishlab chiqarish mahalliylashtirishni rag'batlantirish siyosatini davom etish hamda eng avvalo iste'mol tovarlar va butlovchi buyumlar importining o'rnini bosish, tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini kengaytirish " ga alohida e'tibor qaratilgan.
«O'zavtosanoat» AJ, «O'zto'qimachiliksanoat» uyushmasi, «O'zmetkombinat» AJ, «O'zeltexsanoat» uyushmasi, «O'zcharmsanoat» uyushmasi korxonalari hamda Buxoro, Namangan, Sirdaryo, Farg'ona viloyatlari va Toshkent shahridagi korxonalarda asosan respublikada ishlab chiqarilayotgan tovarlarga o'xshash bo'lgan tovarlarni chetdan import qilinadi.
Mamlakatda sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini oshirish hamda turlarini kengaytirish, aholining iste'mol tovarlariga bo'lgan talabini qanoatlantirish borasida keng ko'lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu bois, o'zimizda ishlab chiqariladigan mahsulotlarni ko'paytirish orqali importni qisqartirish masalasi milliy iqtisodiyotda muhim o'rin tutadi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 24 avgustdagi "Davlat va xo'jalik boshqaruvi hamda mahalliy ijroiya hokimiyati organlarining ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoat tarmoqlarida ooperatsiya aloqalarini jadallashtirishning yangi tizimini joriy etish bo'yicha mas'uliyatini yanada oshirish to'g'risida"gi qarori qabul qilingan edi. Ushbu qaror asosida ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, kooperatsiya aloqalarini kengaytirish, import hajmini kamaytirish borasidagi ishlar boshlab yuborildi. Shuningdek, mazkur masalalar bo'yicha yordamchi lavozimi joriy etilganligi, mahalliylashtirish hamda sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish masalalari bo'yicha muntazam ravishda faoliyat yurituvchi ishchi guruh tashkil etilganligi, importni qisqatirish bo'yicha idoralararo monitoring yurgizish mexanizmlarining ishlab chiqilganligi keng imkoniyatlarni yaratib bermoqda.
Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 5
educational, natural and social sciences O ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
Bugungi kunda 2019-2021 yillarga mo'ljallangan mahalliylashtirish dasturiga kiritish maqsadida jami 21 ta loyiha ishlab chiqildi, uning umumiy bahosi 541,5 milliard so'mni tashkil etadi. Mazkur loyihalar to'liq quvvatgatushirilsa, yiliga 488 million dollarlik import o'rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqarilishi mumkin.
Shuningdek, respublikamizning o'tgan yilgi yanvar-avgust oylaridagi tashqi savdo aylanmasi jami 487,8 million dollarni tashkil etib, 101,8 million dollarlik ijobiy saldoga erishildi.
Prezident farmoni asosida Nukus shahrida 165 gektar yer maydonida "Nukus erkin iqtisodiy zonasi" tashkil etildi. Ushbu hududda xorijiy investorlar tomonidan 22 million dollarlik loyihalarni amalga oshirish ishlari boshlab yuborildi. Loyihaning ishga tushirilishi natijasida yaqin yillarda import o'rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish ko'lami yanada ortadi.
Mahalliylashtirish hamda sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish masalalari bo'yicha respublikada tuzilgan ishchi guruh a'zolari shahar va tumanlarda bo'lib, bu borada olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi hamda o'zlarining amaliy yordamlarini ko'rsatmoqda. Ular tomonidan bildirilgan takliflardan tegishli xulosa chiqargan holda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, importni optimallashtirish hamda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish, joriy yilga mo'ljallangan eksport prognozining ijrosini ta'minlash bo'yicha vazifalar belgilandi
Prezidenti boshchiligida 2019 yil 17 sentabr kuni bo'lib o'tgan videoselektor yig'ilishi ham aynan sanoatni jadal rivojlantirish, mahalliylashtirish darajasini oshirish va ko'lamini kengaytirish masalalariga bag'ishlandi, taalluqli topshiriqlarning ijrosi tahlil qilinib, tarmoqlar va yirik korxonalarda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish hamda sanoat kooperatsiyasini kengaytirish bo'yicha olib borilayotgan ishlar qoniqarsizligi e'tirof etilgan edi.
Tayyor yer maydonlari, binolar va infratuzilmaga ega bo'lgan kichik sanoat zonalari bu borada katta imkoniyatga ega bo'lsa-da, faoliyat yuritayotgan 156 nafar kichik sanoat zonalardagi loyihalarning atigi 13 foizi mahalliylashtirilgan mahsulot ishlab chiqarishga qaratilganligi, 80 ta shahar va tumanda esa birorta ham mazkur turdagi hudud tashkil qilinmaganligi prezident tomonidan tanqid qilingan.
XULOSA
Respublikada import qilinayotgan texnologik uskunalardan samarasiz foydalanish holatlari mavjud, bunga esa yer ajratish, qurilishga ruxsat berish, kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish kabi masalalar to'siq bo'lmoqda.
Ishlab chiqarishni mahalliylashtirish orqali importni kamaytirish natijasida iqtisodiy samaradorlikka erishish imkoniyatlari mavjud ekan, buning uchun:
Scientific Journal Impact Factor
> Respublikada sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo'yicha yagona tizim yaratish;
> tarmoq va hududlarda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish jarayonlarini yanada j adallashtirish;
> mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan to'liq va samarali foydalanish orqali butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar va materiallarni ishlab chiqarishni o'zlashtirish;
> sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish va import hajmini optimallashtirishga alohida e'tibor qaratish maqsadga muvofiqdir.
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi 2017 yil 7 fevral PF-4947-sonli Farmoni. lex.uz.
2. O'zbekiston Respublikasining "Davlat va xo'jalik boshqaruvi hamda mahalliy ijroiya hokimiyati organlarining ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoat tarmoqlarida kooperatsiya aloqalarini jadallashtirishning yangi tizimini joriy etish bo'yicha mas'uliyatini yanada oshirish to'g'risida" O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 24 avgustdagi PQ-4426-son
REFERENCES