Научная статья на тему 'QURILISH MATERIALLARI KONLARIDA QAZIB OLISH ISHLARINI TAKOMILLASHTIRISH'

QURILISH MATERIALLARI KONLARIDA QAZIB OLISH ISHLARINI TAKOMILLASHTIRISH Текст научной статьи по специальности «Энергетика и рациональное природопользование»

CC BY
1683
166
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
qurilish materiallari / ohaktosh / sement / mahalliy mineral xom-ashyo resurslari / konchilik sanoati / sement ishlab chiqarish / Olmaliq kon-metallurgiya kombinati / Jizzax sement zavodi / Portlandsement. / construction materials / limestone / cement / local mineral resources / mining industry / cement production / Almalyk Mining and Metallurgical Combine / Jizzakh Cement Plant / Portland Cement.

Аннотация научной статьи по энергетике и рациональному природопользованию, автор научной работы — Azamat Abdurashidovich Umirzoqov, Asqar Narziqul O’g’li Karamanov, Shohrux Shavkat O’g’li Turg’unov, Zuxriddin Do’stmuhammad O’g’li Miltiqov

Jahonda kon-metallurgiya sanoatida tabiiy mineral xom-ashyolarni kompleks oʼzlashtirish, qayta ishlash, zamonaviy raqobatbardosh sanoat mahsulotlarini tayyorlashning ratsional texnologiyasini ishlab chiqish dolzarb muammolardan biri boʼlib qolmoqda. Keyingi 50 yil mobaynida tabiiy mineral xom-ashyolarni qayta ishlash natijasida olinadigan metallni va qogʼozni oʼrnida ishlatiladigan sanoat mahsulotlariga boʼlgan ehtiyoj va qurilish materiallariga bo’lgan talablar ortib bormoqda. Hozirgi kunda jahonning rivojlangan mamlakatlarida ilgʼor texnologiyalar yutuqlarini amalda keng joriy etib, mineral xom-ashyolarni oʼzlashtirishning samarali yoʼllarini izlab topish foydali qazilmalarni boyitish fanidagi zamonaviy ilmiy-tadqiqotlarining asosiy yoʼnalishi hisoblanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IMPROVEMENT OF EXCAVATION IN CONSTRUCTION MATERIALS

One of the most pressing issues in the world mining and metallurgical industry is the integrated development and processing of natural mineral resources, the development of rational technologies for the production of modern competitive industrial products. Over the last 50 years, there has been a growing demand for industrial products and building materials to replace the metal and paper obtained from the processing of natural minerals. Today, the search for effective ways to develop mineral resources through the widespread introduction of advanced technologies in the developed countries of the world is the main direction of modern research in the field of mineral enrichment.

Текст научной работы на тему «QURILISH MATERIALLARI KONLARIDA QAZIB OLISH ISHLARINI TAKOMILLASHTIRISH»

QURILISH MATERIALLARI KONLARIDA QAZIB OLISH ISHLARINI

TAKOMILLASHTIRISH

Azamat Asqar Narziqul Shohrux Shavkat Zuxriddin

Abdurashidovich o'g'li Karamanov o'g'li Turg'unov Do'stmuhammad Umirzoqov o'g'li Miltiqov

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

ANNOTATSIYA

Jahonda kon-metallurgiya sanoatida tabiiy mineral xom-ashyolarni kompleks o'zlashtirish, qayta ishlash, zamonaviy raqobatbardosh sanoat mahsulotlarrni tayyorlashning ratsional texnologiyasini ishlab chiqish dolzarb muammolardan biri bo'lib qolmoqda. Keyingi 50 yil mobaynida tabiiy mineral xom-ashyolarni qayta ishlash natijasida olinadigan metallni va qog'ozni o'rnida ishlatiladigan sanoat mahsulotlariga bo'lgan ehtiyoj va qurilish materiallariga bo'lgan talablar ortib bormoqda. Hozirgi kunda jahonning rivojlangan mamlakatlarida ilg'or texnologiyalar yutuqlarini amalda keng joriy etib, mineral xom-ashyolarni o'zlashtirishning samarali yo'llarini izlab topish foydali qazilmalarni boyitish fanidagi zamonaviy ilmiy-tadqiqotlarining asosiy yo'nalishi hisoblanadi.

Kalit so'zlar: qurilish materiallari, ohaktosh, sement, mahalliy mineral xom-ashyo resurslari, konchilik sanoati, sement ishlab chiqarish, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati, Jizzax sement zavodi, Portlandsement.

IMPROVEMENT OF EXCAVATION IN CONSTRUCTION MATERIALS

Azamat Asqar Narzikul Shohrukh Shavkat Zukhriddin

Abdurashidovich ugli Karamanov ugli Turgunov Dostmuhammad Umirzokov ugli Miltikov

Tashkent State Technical University named after Islam Karimov

ABSTRACT

One of the most pressing issues in the world mining and metallurgical industry is the integrated development and processing of natural mineral resources, the development of rational technologies for the production of modern competitive industrial products. Over the last 50 years, there has been a growing demand for industrial products and building materials to replace the metal and paper obtained from the processing of natural minerals. Today, the search for effective ways to develop mineral resources through the widespread introduction of advanced technologies in the

developed countries of the world is the main direction of modern research in the field of mineral enrichment.

Keywords: construction materials, limestone, cement, local mineral resources, mining industry, cement production, Almalyk Mining and Metallurgical Combine, Jizzakh Cement Plant, Portland Cement.

KIRISH

O'zbekiston Respublikasi yerlari nometall foydali qazilmalarga boy, kon-kimyoviy sifati bo'yicha esa, tog'-ruda mahsuloti bilan hamda turli xildagi qurilish materiallari bilan ajralib turadi [1-6]. Keyingi yillarda O'zbekistonda mahalliy mineral xom-ashyo resurslaridan tayyorlangan yangi, arzon, jahon bozorida raqobatbardosh mahsulotlarga bo'lgan talabni qondirish, kon-metallurgiya sanoati va qayta ishlash sohalarining imkoniyatlarini kengaytirish va rivojlantirish bilan bevosita bog'liqligiga, asosan qayta ishlash va boyitishni amalda joriy etishga alohida e'tibor qaratilgan [7-10]. Shu sababli, tabiiy mineral xom-ashyo resurslaridan samarali foydalanish va yangi tejamkor texnologiyalarni ishlab chiqish, foydali qazilmalarni qayta ishlash hozirgacha muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda va sanoatda yangi mahsulotlarga o'sib borayotgan talabni qondirish uchun asosiy vazifalardan hisoblanadi. Ushbu tadqiqotda yangi, albternativ, ekologik toza va sifatli sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun xom-ashyo sifatida bazalbt tog' jinslari tavsiya etildi. Hozirda bazalbt mahsulotlariga talab o'sib borayotgani, bazalbtlarni kompleks qayta ishlashni yanada takomillashtirishni taqozo qilmoqda [11-17].

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Bugun yurtimiz qurilishlar maydoniga aylangan. Mamlakatimizning qaysi hududiga bormang yirik bunyodkorlik ishlari ustidan chiqasiz. Ushbu ezgu sa'y-harakatlardan ko'zlagan maqsad bitta — u ham bo'lsa xalqimiz turmush farovonligi oshirish. Ma'lumki, har qanday qurilishni sementsiz tasavvur etib bo'lmaydi. Albatta sementni hosil qilish jarayoni uni qaysi tog' jinslarining birikishidaan hosil bo'lishi barchamizga qiziq [18-23]. Sement (lot. caementum — shag'al, chaqiq tosh) — sun'iy noorganik kukunsimon bog'lovchi mineral. Suv qo'shilsa, xamirsimon massa hosil bo'ladi, vaqt o'tishi bilan qotib, toshsimon jismga aylanadi. Sement havoda ham, suvda ham qotish xususiyatiga ega. Sement qurilishda juda keng qo'llaniladigan betonning asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi. Sement ning romansement, portlandsement, glinozyomsement, kengayuvchan, gidravlik qo'shimchali kabiturlari mavjud. Romansement ohaktoshni 900° gacha kuydirish yo'li bilan olinadi, keyin maydalab kukun holiga keltiriladi. Xom ashyoning xiliga qarab, romansementning qotish muddati 15 minutdan 24 soatgacha bo'lishi mumkin. Uning mustahkamligi ancha past bo'lib, 25

dan 100 gacha markali bo'ladi. Shuning uchun ham uning o'rnini 20-asr o'rtalaridan boshlab portlandsement egallay boshladi. Glinozyomsement glinozyom (alyuminiy oksidi)ga boy bo'lgan tog' jinslari — boksit (alyuminiy rudasi), ohak yoki ohaktosh aralashmasini kuydirish yo'li bilan olinadi. Kimyoviy tarkibi 40% SaO; 40% Al 2O3; 6— 8% SiO2 dan iborat. Tez qotishi, mustahkamligining yuqoriligi va mine-rallashgan suvlarga turg'unligi bilan ajralib turadi. Markasi 300; 400; 500. Narxi portlandsementga nisbatan 2,5—3 baravar baland [24-29]. Glinozyomsement katta mustahkamlik talab etiladigan beton va temir-beton konstruksiyalarda, dengiz va minerallashgan suvlar ta'sirida bo'ladigan inshootlarda, tezkor yo'l va qurilish ishlarida, qish sharoitida betonlashda qo'llaniladi. Kengayuvchan S.ning tarkibida glinozyom sementdan tashqari ohak va gips ham bo'ladi; tez qotadi; o'ta mustahkam va suv o'tkazmas material hisoblanadi. Kengayuvchan Sement gidroizolyatsiya ishlarida, choklarni yopish va ta'mirlash ishlarida qo'llaniladi. Gidravlik qo'shimchali portlandsement (ba'zan "putssolan portlandsement" deb ham yuritiladi) Sement klinkeri (toshqoli) va nordon gidravlik qo'shimchalar (trepel, diatomit, trass, pemza va boshqalar)ni birgalikda maydalash (kukunlash) yo'li bilan tayyorlanadi. Gidravlik qo'shimchalar aralashma miqdorining 20—40% ini tashkil etishi mumkin. Bu Sement portlandsementga nisbatan arzonroq bo'lib, gidrotexnika, vodoprovod va kanalizatsiya inshootlarida qo'llanadi. Agressiv suvlar ta'siriga chidamli. Sement sanoatda 19-asrdan boshlab ishlab chiqariladi Albata yurtimizda katta bunyodkorlik ishlari ketmoqda bu bizga sementga ehtiyojimizni ortiradi yani ko'proq sement import qilishga to'g'ri keladi importni o'rnini bosish uchun esa o'z zaminimizda ushbu xom ashyoni qazib olib tayyorlashimiz kerak [30-35].

MUHOKAMA

Xususan, 2014 yilda Jizzax viloyatining Zafarobod tumanida "Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" ochiq aksiyadorlik jamiyati tarkibida qurilish materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan "Jizzax sement zavodi" ish boshlashi bilan yurtimizda mazkur mahsulotni ishlab chiqarish hajmi sezilarli darajada ortdi. Bugungi kunda korxonada bir yilda 350 ming tonnadan ortiq oq va 760 ming tonnadan portland sement ishlab chiqarilmoqda [36-40]. Mahsulotning ma'lum qismi qismi qo'shni davlatlarga eksport qilinmoqda. Zavodda 500 nafardan ziyod hamyurtimizning bandligi ta'minlangan.

Zavodning asosiy maqsadi:

Eksport hajmlarini pasaytirmasdan O'zbekistonda sementga o'sib borayotgan ehtiyojini qoniqtirish;

• portlandsement chiqarish bo'yicha ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish;

• sementning yangi turini chiqarilishini o'zlashtirish;

• valuta mablag'larini tejash maqsadida, import o'mini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarilishini mahalliylashtirish;

• eksport salohiyatini yanada kengaytirilishini va qo'shimcha valuta mablag'larining kelib tushishini ta'minlash maqsadida, eksportga mo'ljallangan mahsulotlarni chiqarish.

Qo'llanilish sohasi:

Portlandsement va uning turlari - zamonaviy qurilishda eng ko'p tarqalgan sement turlaridan biri. Portlandsement klinkerini gips bilan yupqa maydalash, shuningdek maxsus qo'shilmalar qo'shish orqali olinadigan gidravlik biriktiruvchi modda portlandsement deb ataladi.

Umumiy qurilish portlandsementi asosan temirbeton ishlari uchun qo'llaniladi. Shuni qayd etib o'tish joiz-ki, portlandsement penobeton, beton tayyorlashda va umumiy qurilish ishlarida, shuningdek yo'lakchalar va yo'l plitalarini terishda keng foydalaniladi.

Oq sement toza ko'rinishda qo'llanilishga tayyor bo'lgan yakuniy mahsulot hisoblanmaydi, bu turli xil qurilish materiallarini ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan xom ashyo komponenti bo'lib, quyidagi sohalarda qo'llaniladi: Quruq qurilish aralashmalarini ishlab chiqarishda:

• ichki va sirtqi ishlar uchun shpaklevka va suvoqchilik aralashmasi;

• rangli terish uchun mo'ljallangan qorishma;

• pol uchun o'z-o'zidan tekislanadigan qorishmalar;

• qurilish kimyosi (plita yelimlari va choklar uchun ishqalab tekislaydigan qorishma). Beton mahsuloltlarini ishlab chiqarishda:

• sun'iy qoplash toshlari va g'ishtlari;

• terrazitli pol va qoplash plitalari;

• yo 'lakchalar plitalar va bordyurlar;

• kichik arxitektura shaklidagi buyumlar. Zavodning afzalliklari:

Loyiha stretegiyasini ishlab chiqishda, korxonalarga o'z oldilariga qo'yilgan maqsadlarni, loyihalarni amalga oshirishda, investision kapitalga maqbul daromadlar olish uchun muvaffaqiyatlarga erishish uni amalga oshirish imkoniyatlarini beradigan turli omillar majmuini tashkil etuvchi ma'lum sharoitlar bilan tavsiflanadigan imkoniyatlarni hisobga olish zarur.

NATIJA

Mazkur zavodni tashkil etish strategiyasi - qurilish materiallari sanoat korxonalarini modernizasiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta qurollantirish, ularni ishlab chiqarishni sifatli, raqobatbardosh va eksportga mo'ljallangan mahsulotlar

ishlab chiqarilishini ta'minlaydigan zamonaviy progressiv jihozlar bilan jihozlash borasidagi bosh maqsadga javob beradi.

Mavjud ohaktosh va sariq tuproqli konlardan, shuningdek ichki bozorda ham, tashqi bozorda ham sementga bo'lgan mavjud barqaror ehtiyoj foydalanish samaradorligini oshirish zavodni tashkil etish uchun dastlabki shart-sharoitlar bo'ldi. Sement zavodi quyidagi afzalliklarga ega:

• mos keladigan xom ashyo materiallarining isbotlangan zahiralari (ohkatosh va sariq tuproq konlari);

• xom ashyo yetkazmalarining foydali logistikasi;

• zamonaviy jihozlarni joriy etish hisobiga barqaror yuqori sifat O'zbekistonda oq portlandsementga bozordagi monopoliya;

• Oq sement, shuningdek umumiy qurilish sementi ishlab chiqarish imkoniyatlari hisobiga bozor kon'yukturasida javob berish bo'yicha keng imkoniyatlar.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, mamlakatimizdagi qurilish materiallari konlariga ehtiyoj yil sayin ortib bormoqda. Ayniqsa, qurilish ishlari hajmi ortishi bilan bu talab yanada ortib boraveradi. Shunday fursatda qurilish materiallari konlarini quvvatini ichki ehtiyojlarga proportsional oshirish talabi har doim dolzarb masala hisoblanadi.

REFERENCES

[1] G'afurovich, K. O. (2020). Modern State And Methods Of Enhancing The Productivity Of Field Progress In The South-Eastern Part Of Bukhara-Khiva Region. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 2(09)

[2] Umirzoqov, A. A., & Jurayev, S. J. (2020). KaramanovA. N. Economic and mathematical modeling of rational development of small-scale and man-made gold deposits. International Journal of Academic and Applied Research (IJAAR), 4(4)

[3] Nasirov, U. F. Ochilov Sh. A., Umirzoqov AA Theoretical Calculation of the Optimal Distance between Parallel-close Charges in the Explosion of High Ledges. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems-JARDCS, 12, 2251-2257.

[4] Nasirov, U. F. Ochilov Sh. A., UmirzoqovA. A. Analysis of Development of Low-Power and Man-Made Gold Deposits. International Journal of Academic and Applied Research (IJAAR) ISSN, 2643-9603.

[5] Sultonovich, M. M., Ogli, I. J. R., Abdurashidovich, U. A., & Sirozhevich, A. T. (2020). Technology Of Modified Sodium-Aluminum Catalysts For Nitrogen Gas Purification Systems. The American Journal of Applied sciences, 2(09), 154-163.

[6] G'OFUROVICH, H. O., ABDURASHIDOVICH, U. A., O'G'LI, I. J. R., & RAVSHANOVICH, S. F. (2020). Prospects for the industrial use of coal in the world and its process of reproducing. PROSPECTS, 6(5).

[7] Kazakov, A. N., Umirzoqov, A. A., Radjabov Sh, K., & Miltiqov, Z. D. (2020). Assessment of the Stress-Strain State of a Mountain Range. International Journal of Academic and Applied Research (IJAAR), 4(6), 17-21.

[8] G'afurovich, K. O., Abdurashidovich, U. A., & Ogli, B. A. O. (2020). Small Torch Progress In Prospects Gold Mining In Improving Countries. The American Journal of Interdisciplinary Innovations and Research, 2(09), 65-72.

[9] G'ofurovich, K. O., Abdurashidovich, U. A., Ugli, M. U. F., & Ugli, A. A. X. (2020). Justification Of The Need For Selective Development Of The Phosphorite Reservoir By Horizontal Milling Combines. The American Journal of Engineering and Technology, 2(11), 159-165.

[10] G'ofurovich, K. O., & Abdurashidovich, U. A. (2020). Justification of rational parameters of transshipment points from automobile conveyor to railway transport. World Economics and Finance Bulletin, 1(1), 20-25.

[11] Бабаев, З. Н., Умирзоков, А. А., & Петросов, Ю. Э. (2020). Технико-экономическое обоснование кондиций для подсчета запасов горючих сланцев месторождения сангрунтау. Студенческий вестник,(10-2), 18-20.

[12] Abdurashidovich, U. A. (2020). The Condition Of General Development Of The Mineral Resource Base In Uzbekistan. The American Journal of Applied Sciences, 2(12), 1-6.

[13] Хайитов, О., Умирзоков, А., & Равшанов, З. (2020). Анализ текущего состояния и пути повышения эффектиности разработки нефтегазовых месторождений юго-восточной части бухаро-хивинского региона. Матергали конференцгй МЦНД, 8-11.

[14] Хайитов, О., Умирзоков, А., & Бекмуродов, А. (2020). О применении методов подсчета запасов газа в месторождении северный гузар. Збгрник наукових працъ ÄÖWZ, 56-59.

[15] Djurayevich, K. K., Kxudoynazar O'g'li, E. U., Sirozhevich, A. T., & Abdurashidovich, U. A. (2020). Complex Processing Of Lead-Containing Technogenic Waste From Mining And Metallurgical Industries In The Urals. The American Journal of Engineering and Technology, 2(09), 102-108.

[16] Fatidinovich, N. U., Atoevich, O. S., & Abdurashidovich, U. A. (2020). The Analysis Of Influence Of Productions Of Open Mountain Works On Environment At Formation Of Various Zones On Deep Open-Cast Mines. The American Journal of Applied sciences, 2(12), 177-185.

[17] Shukurovna, N. R., Yunusovna, N. X., Jumaboyevich, J. S., & Abdurashidovich, U. A. (2021). Perspective Of Using Muruntau Career's Overburden As Back Up Sources Of Raw Materials. The American Journal of Applied sciences, 3(01), 170-175.

[18] Очилов, Ш. А. (2015). Направления эффективного освоения месторождений руд, обеспечивающих ресурсосбережение на открытых горных работах. Europaische Fachhochschule, (12), 46-48.

[19] Хайитов, О., Умирзоков, А., & Равшанов, З. (2020). Анализ текущего состояния и пути повышения эффектиности разработки нефтегазовых месторождений юго-восточной части бухаро-хивинского региона. Матергали конференцгй МЦНД, 8-11.

[20] Abdurashidovich, U. A. Special Issue On Environmental Management In The Small-Scale Mining Industry.

[21] Abdurashidovich, U. A. How to Develop Economic and Mathematical Modeling of Rational Progress of Small and Artificial Gold Deposits.

[22] Хайитов, О., Акрамов, Б., Умирзоков, А., Гафуров, Ш., Усмонов, К., & Бекматов, Н. (2021). О НЕФТЕГАЗОНОСНОСТИ БЕШКЕНТСКОГО ПРОГИБА. Збгрник наукових працъ AörOZ.

[23] Акрамов, Б., Хайитов, О., Нуритдинов, Ж., Давлатбоев, Ж., & Умирзоков, А. (2021). Интенсификация добычи нефти из месторождений с трудноизвлекаемыми запасами. Збгрник наукових працъ SCIENTIA.

[24] Хайитов, О., Умирзоков, А., Усмонов, К., & Эдилов, Н. (2020). Анализ геолого-геофизический изученности юго-восточной части бухаро-хивинского региона. Збгрник наукових працъ AörOZ, 69-73.

[25] Самадов, А., & Носиров, Н. (2021). СПОСОБ ИЗВЛЕЧЕНИЯ ЦЕННЫХ КОМПОНЕНТОВ (ЗОЛОТО, СЕРЕБРО) ИЗ ХВОСТОВ ЗИФ. InterConf.

[26] Самадов, А., Носиров, Н., & Жалолов, Б. (2021). Изучение минералогический состав хвостов Чадакской зиф. InterConf.

[27] Samadov, A., Nosirov, N., Qosimova, M., Muzafarova, N., & Almalyk, B. (2021). Processing of layout tails of gold-extracting factories. Збгрник наукових працъ SCIENTIA.

[28] Носиров, Н. И. (2021). Рекомендуемая схема переработки хвостов чадакской золотоизвлекательных фабрик. Scientific progress, 1(6).

[29] Носиров, Н. И. (2021). Изучение Обогатимости Золотосодержащих Хвостов. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF THEORETICAL & APPLIED SCIENCES, 2(4), 11-16.

[30] Носиров, Н. И. (2021). ИССЛЕДОВАНИЙ СПОСОБОВ ИЗВЛЕЧЕНИЯ ЗОЛОТА И СЕРЕБРА ИЗ ХВОСТОВ ЗОЛОТОИЗВЛЕКАТЕЛЬНЫХ ФАБРИК. Scientific progress, 1(6).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.