Научная статья на тему '“YAXSHILIK” TUSHUNCHASINING BILVOSITA IFODALANISHI'

“YAXSHILIK” TUSHUNCHASINING BILVOSITA IFODALANISHI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
213
14
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
yaxshilik / xalq maqollari / tazod san`ati / metafora / kindness / folk proverbs / art of comparison / metaphor

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — I. Raxmatullayeva

Maqolada o‘zbek xalq maqollarida emotsional konseptlarning ifodalanishi haqida so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

INDIRECT EXPRESSION OF THE CONCEPT OF "GOODNESS"

The article focuses on the expression of emotional concepts in Uzbek folk proverbs.

Текст научной работы на тему «“YAXSHILIK” TUSHUNCHASINING BILVOSITA IFODALANISHI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

"YAXSHILIK" TUSHUNCHASINING BILVOSITA IFODALANISHI Raxmatullayeva Iroda Anvarovna

Navoiy davlat pedagogika instituti o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7264801 Annotatsiya. Maqolada o'zbek xalq maqollarida emotsional konseptlarning ifodalanishi haqida so'z boradi.

Kalit so^zlar: yaxshilik, xalq maqollari, tazodsan ati, metafora

INDIRECT EXPRESSION OF THE CONCEPT OF "GOODNESS" Аннотация. В статье речь идёт о выражении эмоциональных понятий в узбекских народных пословицах.

Ключевые слова: доброта, народные пословицы, искусство сравнения, метафора.

КОСВЕННОЕ ВЫРАЖЕНИЕ ПОНЯТИЯ "ДОБРО" Abstract. The article focuses on the expression of emotional concepts in Uzbek folk proverbs.

Key words: kindness, folk proverbs, art of comparison, metaphor KIRISH

Maqollarning yaratuvchisi milliy madaniyati shakllangan, madaniyatga ega bo'lgan xalq hisoblanadi. Maqollar kishilarning hayot tajribasidan kelib chiqib aytgan gapi bo'lsa-da, u yillar davomida shakllanib, ma'lum bir o'zgarmas qolipga solingan madaniyatning bir ko'rinishi hisoblanadi. Yangilik yaratar bir kishi, Bahramand bo'lar har kishi.

Ushbu maqolda yaxshilik tushunchasi bilvosita ishtirok etmoqda. Maqoldan anglashilgan mano shundayki, inson umri davomida qilgan yaxshiligidan odamlar bahramand O'ng qo'ling bersin, chap qo'ling bilmasin.

Inson yaxshiliklar, ezguliklar qilishga qodir. Yaxshilik qildingmi, yashir. Kimgadir yaxshilik qildingmi, uni boshqalarga oshkor qilma, hatto o'ziga ham bildirma. Shunda chinakam yaxshilik qilgan bo'lasan. O'zingga ravo ko'rmaganni O'zgaga ham ravo ko'rma.

METOD VA METODOLOGIYA

Ushbu maqolda yaxshilik tushunchasi bilvosita qo'llangan bo'lib, uning zamirida o'zing nimani yaxshi deb hisoblasang, boshqalar uchun ham shuni ravo ko'r, sen yomon deb hisoblagan narsani boshqalarga ravo ko'rma ma'nosi yotadi. Xalqimizda "Pichoqni avval o'zingga ur, botmasa birovga" degan naql ham bejizga aytilmagan.

Odam kimgadir yomonlik qilishdan oldin, o'zini o'sha odamni o'rniga qo'yib ko'rishi kerak. Nimani his qilsa, o'zga insonni ham shunday o'ylashi lozim. Tosh bilan urganni osh bilan ur.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Ushbu maqol insonni har qanday yomonlikka ham ezgulik bilan javob qaytarishga undaydi.

Xalqimizda "Tosh otganga osh ot" qabilidagi maqol ham yuqorida keltirilgan maqolimizga

sinonim sifatida qo'llaniladi.

O'iganda go'ring keng bo'lsin,

Tiriklikda — fe'ling.

Yaxshi xulq - go'zal fazilatdir.

O'tib ketguncha, ekib ket.

"Yaxshidan bog' qoladi, Yomondan dog'" deydi dono xalqimiz. Keltirilgan maqolimizda hayotda shunchaki yashab o'tib ketma, o'zingdan yaxshi nom, yaxshiliklar qoldir sngari go'zal fikrlar ilgari surilgan. Qoqilsa, suya, Yiqilsa, ko'tar.

Kimnidir yiqilganini ko'rsang, unga suyanch, tayanch bo'l. Qo'lingdan kelganicha yaxshilik

qil.

Quduqni kim qazir, Suvini kimlar ichar.

Yaxshi odam qilgan yaxshiligi orqasidan boshqalar ham bahramand bo'lishadi. Uning yaxshiligi atrofdagilarning hojatini chiqaradi. Qo'lingdan kelsa, qo'lingdan ber, Qo'lingdan kelmasa, yo'lingdan ber.

Xalq maqollari o'zbek xalqining boy o'tmish tarixini o'zida mujassam etgan bitmas-tuganmas xazinadir. Ularda ilgari surilgan vatanparvarvarlik, ezgulik, yaxshiliksingari g'oyalar shaxsning komil inson sifatida yuksalishiga, qalbida ezgulik hissini uyg'otishga tamal toshi bo'lib xizmat qiladi.

O'zbek xalq maqollari orasida "yaxshilik" tushunchasini ifoda etuvchi ko'plab maqollar mavjud:

1. Yaxshi bilan yursang, Kunda bozor.

Yomon bilan yursang, Ko'ngling ozar.

2. Yaxshi bilib so'zlar, Yomon tilib so'zlar.

3 Yaxshi bitirar, Yomon yitirar.

4 Yaxshi boshlaydi yo'lga, Yomon tushirar qo'lga.

5. Yaxshi bo'lsang, bolday bo'l, Yomon bo'lsang, uvday bo'l.

6. Yaxshi bo'lsang, yaqin ko'p. Yaxshi bo'lsang, yasharsan, Nasibangni osharsan.

7. Yaxshi bo'lsang, o'zarsan,

Yomon bo'lsang, to'zarsan.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

8. Yaxshi yonida yomon ham o'ngishadi.

9. Yaxshi joningga o'rtoq, Yomon - noningga.

10. Yaxshi otga o'g'irlik ko'p, Yaxshi xotinga - zo'rlik.

11. Yaxshi otga qamchi kerakmas, Yaxshi qizga - sovchi.

12. Yaxshi otdan yiqilsa, yomon - tabachi, Yomon otdan yiqilsa, yaxshi - hudaychi.

13. Yaxshi uydan yaxshi tutun chiqar. Yaxshi xislat — go'zal fazilat.

14. Yaxshi xunuk libos bilan ham yaxshi.

15. Yax shi yurgan yerida, Tinchlik solar eliga. Yomon yurgan yerida, O't qo'yadi eliga.

16. Yaxshi o'zini yomonning yonida tanitar. Yaxshiga yov yarashmas,

Yomonga - dov.

17. Yaxshiga el dil ochar, Yomondan turmay qochar.

18. Yaxshiga qora yuqmas, Yomonga el boqmas.

19. Yaxshida gina bo'lmas, Yomondan gina ketmas. Yaxshida yarog' bo'lmas.

20. Yaxshidan yomon tug'ilsa, Eli topilmas.

Yomondan yaxshi tug'ilsa, Tengi topilmas.

21. Yaxshidan yomon chiqdi, deb kuyinma, Yomondan yaxshi chiqdi, deb suyunma.

22. Yaxshidan - nazar, Yomondan - hazar.

23. Yomonlar qopib so'zlar. Yaxshilarga xizmat qilsang, Ham aytadi, ham qaytadi. Yaxshilik ikki jahonni orttirar. TADQIQOT NATIJASI

O'zbek xalq maqollarida badiiy san'atlarning juda ko'p ishtiroki kuzatiladi. Shu o'rinda o'zbek olimlaridan K.Imomov, T.Mirzayev, B.Sarimsoqovlar maqollarda eng ko'p uchraydigan badiiy vositalarni quyidagicha ifodalaydi:

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Tazod (zid qo'yish). Olimlarning fikricha, o'zbek maqollarida eng ko'p uchraydigan vositalardan biri tazod (zid qo'yish) hisoblanadi. Buning bosh sabablaridan biri, unda maqolda aks etgan voqeaning tabiatidagi ziddiyatni aks ettirish orqali tomonlardan biri yo tasdiqlanadi, yo inkor etiladi. Odatda maqollardagi tazod usulida voqelikning turli-tuman xossalari: hajmi, rangi, bo'yi, uzunligi, masofa kabi jihatlar qarama - qarshi qo'yiladi. Masalan: Yaxshiga yondash, Yomondan qoch MUHOKAMA

Xullas, tazod san'ati xalq maqollarida keng qo'llanilganligi sababli maqollarni tematik tasnif etishda har bir obrazning ijobiy v salbiy jihatlarini teng hisobga oladi. Masalan: Yaxshilik va yomonlik, do'stlik va dushmanlik, mehnatsevarlik va dangasalik kai mavzular.

Metafora (istiora). Xalq maqollarida ko'p uchraydigan yana bir badiiy-tasviriy vositalardan biri metaforadir. U badiiy adabiyotlarda qisqacha o'xshatish deb ham yuritiladi. Maqollarda istioraviy ko'chimlar asosan yetakchi semantik vazifani bajaradilar. Masalan: "Et bilan tirnoqni ajratib bo'lmas" maqolidagi "et va tirnoq" so'zlari yaqin qarindosh-urug', og'a-ini o'rtasidagi yaqinlikka ishora qiladi.

Folklorshunos olimlarning fikricha, maqoldagi asosiy mazmunni keng bayon etish, uning mohiyatini atroflicha sharhlashga maqol tabiatidagi lo'ndalik va ixchamlik yo'l bermaydi. Shuning uchun ham mazkur janrda metaforik tasvir juda qo'l keladi.

Mubolag'a san'ati. Maqollarda xalq tajribasida sinalgan ezgu ideallar kuchaytirilib, xalq idealiga mos kelmaydigan xislatlar salbiy jihatdan bo'rttirib tasvirlanadi. Bunday holatlarda biz maqollarda mubolag'a san'ati qo'llanilganini ko'ramiz. Masalan: "nafsi buzuq hayitda o'lar"da xalq idealiga mos kelmaydigan ochko'zlik, nafsi buzuqlik qoralanadi. Bu esa shunchaki oddiy baholash emas, balki xalqning g'oyaviy-estetik bahosi sifatida keltiriladi. Xalq idealida qoralangan narsa hech qachon ijtimoiy hayotda yashamasligi lozim.

Jonlantirish. O'zbek xalq maqollaridagi jonlantirish usuli juda muhim vositalardan biridir."O'tin ayirgan bolta maydonda qolar " maqolini tahlil qilsak, bu yerda gap jonsiz predmet "bolta"haqida so'z ketyapti. Aslida bolta biror narsani kesish, o'tin yorish uchun yaratilgan predmetdir. U o'z-o'zidan o'tin yorolmaydi. Mohiyat jihatidan bolta - adolatsiz, odam ayiradigan shaxslarga qarata ishlatiladi. Maqoldagi axloqiy-falsafiy mazmun "o'tin ayiradigan bolta" obrazi orqali ifodalangan.

XULOSA

Xullas, o'zbek xalq maqollarida badiiy ifoda hamda tasviriy vositalar rang-barang bo'lib, ular asar mazmunini reallashtirish va maqolning izchil g'oyaviy vazifasini bajarishga imkon beradi. Bu o'rinda maqollar ustida olib borilayotgan izlanishlar xalq madaniy merosini yanada boyitish va mustahkamlash uchun xizmat qiladi. O'zbek folklorshunoslaro tomonidan qilingan ishlar g'oyat tahsinga sazovordir.

REFERENCES

1. Узбек халк маколлари. -Тошкент: Е.Еулом номидаги Адабиёт ва саньат нашриёти, 1978.

2. Узбек халк маколлари. II томли. -Тошкент: Узбекистон фан нашриёти, 1988

3. Shomaqsudov Sh., Shoraxmedov Sh. Ma'nolar maxzani . -T.: 2001

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

4. Шомаксудов Ш., Шорах,медов Ш. Нега шундай деймиз? Узбек маколларининг изохли лугати. - Т.: Е.Еулом номидаги Адабиёт ва саньат нашриёти, 1988

5. Шомаксудов Ш., Шорахмедов Ш. Х,икматнома. -Тошкент, 1990

6. Safarov Sh. Pragmalingvistika. -Toshkent, 2008

7. Usmanova Sh. "Lingvokulturologiya" fanidan ma'ruzalar kursi. -Toshkent, 2014

8. Usmanova Sh. O'zbekcha va koreyscha so'zsiz muloqotning milliy-madaniy xususiyatlari // International Journal of Central Asian Studies. Vol. 9. - Seoul, 2004.

9. Sodiqova M. 1-qism; ruscha va o'zbekcha maqol va matallar lug'ati; 2- qism o'zbakcha-ruscha maqol va matallar lug'аti. -Т.: "Узбекистан

10. Республикаси Фанлар академияси "Фан" нашриёти, 2005

11. Mahmudov N. Tilning mukammal tadqiqi yo'llarini izlab... // O'zbek tili va adabiyoti. -Toshkent, 2012.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.