Ученый XXI века • 2022 • № 5-1 (86)
УЗБЕКСКИЕ НАРОДНЫЕ ПОСЛОВИЦЫ КАК СОЦИАЛЬНО-ПСИХОЛОГИЧЕСКИЙ ФАКТОР В ФОРМИРОВАНИИ МЫШЛЕНИЯ У МЛАДШИХ
ШКОЛЬНИКОВ
Д.Х. Эргашева1, Д.А. Турсунова2
В данной статье рассматривается узбекские народные пословицы как социально-психологический фактор в формировании мышления у младших школьников.
Ключевые слова: формирование, мышление, пословица, народ, школьник.
Hozirgi zamon psixolgiya fani psixologik tushunchalar, psixologik hodisalar va ularning shakllanishi hamda namoyon bo'lishi qonuniyatlarini determinizm, ong va faoliyat birligi, psixika va ong faoliyatda rivojlanadi degan printsiplarga ya'ni asosiy tamoyillarga tayanib tushuntiradi.
Darhaqiqat, determinizm printsipiga ko'ra inson psixikasi u yashab turgan turmush tarzining in'ikosidir. Turmush tarzi - odam tug'ilib o'sadigan ijtimoiy muhit, undagi o'zaro munosabatlar, uning ta'lim tarbiyasi, qadriyatlari madaniyati iqtisodi, geografiyasi va uni o'rab turgan tashqi olamdagi narsa, hodisa va voqealardir. Inson psixikasi va uning yuksak formasi bo'lgan ongi, insoniy sifat hamda fazilatlarga psixologik printsiplar qonuniyatlariga binoan yuzaga keladi. Inson psixikasi ongi undagi sifat va fazilatlar ijtimoiy munosabatlarga, uning yurish- turishida, narsa va hodisalarga hamda o'z - o'ziga bo'lgan munosabatlarida ifodalanadi (namoyon bo'ladi) va shu bilan bir qatorda ijtimoiy munosabatlar ta'sirida rivojlanib boradi.
Psixologiyaning dolzarb muammolari bo'lgan o'quvchilarning yosh davrlariga xos qonuniyatlari, individual psixologik xususiyatlari, ular yashab turgan milliy, hududiy xususiyatlar va xalq pedagogikasi - psixologiya durdonalari hikmatlarda, halq og'zaki ijodida, buyuk mutafakkirlarning badiiy asarlarida aks etganligini ko'ramiz. Sharqning renisans (uyg'onish) beshigi bo'lishidagi asosiy omillardan biri ham ilmiy va badiiy ijodda ta'lim-tarbiya nazariyasining rivojlanganligidadir. Ijtimoiy tarixiy taraqqiyot davomida har bir xalqning erishgan barcha amaliy tajribasi va madaniy boyliklari xalq donishmandligi sifatida shu xalqning tarixi, badiiy adabiyoti va xalq og'zaki ijodida, amaliy san'ati namunalarida, uning urf-odatlari va qadriyatlarida, shuningdek, boshqa mehnat faoliyati natijalarida ham aks etgan. Qadimgi Sharqda psixologiya va badiiy adabiyot bir-biri bilan bog'liq holda taraqqiy etgan. Avvalambor xalq og'zaki ijodi va xalq psixologiyasida bu uzviy bog'liqlik asrlar osha rivojlanib kelgan.
Xalq donishmandligi namunalari ichida ayniqsa maqollarning tarbiyaviy ahamiyati beqiyosdir. Taniqli rus olimi V. Dal maqol va matallarni "xalqning yuruvchi aql -idroki" deb atagan. Rus yozuvchisi L. N. Tolstoy esa maqollarning xalq hayoti, ruhiy dunyosi bilan naqadar yaqinligi haqida to'xtalib: «Har bir maqolda men shu maqolni yaratgan xalqning siymosini ko'raman», deb yozgan edi. Darhaqiqat maqollar ixcham shaklga, ammo chuqur mazmunga ega bo'lib, ularda xalqning turmush tarzi, ma'naviy qiyofasi, dunyoqarashi, jamiyat va tabiatga bo'lgan munosabati to'liq ifodasini topgan. Maqollar xalqning ko'p asrlik hayotiy tajribalari asosida yuzaga kelganligi sababli ular o'zida kishilar hayotining g'oyat xilma-xil tomonlarini mujassamlashtirgan, ayniqsa, turmush tarzining axloqiy jihatlarini aks ettirishi bilan alohida ajralib turadi. Inson zoti dunyoga kelar ekan, unda faqat biologik imkoniyatlargina tug'ma ravishda avloddan -avlodga nasliy yo'l bilan o'tadi, xolos. Insonning psixologik sifat va fazilatlari u
1 Эргашева Дилором Хамидуллаевна - преподаватель, НамГУ, Наманган, Узбекистан.
2 Турсунова Дилноза Акромжон кизы - студентка, НамГУ, Наманган, Узбекистан.
YHeHbiH XXI BeKa • 2022 • № 5-1 (86)
tug'ilgandan so'ng ijtimoiy muhitda, ana shu muhitda qaror togpan ta'lim-tarbiya jarayonlari ta'sirida, ijtimoiy- tarixiy taraqqiyot davomida o'sha xalq erishgan tarixiy tajriba va yutuqlarni o'zlashtirish asosida yuzaga keladi. Yoshlar ijtimoiy muhitda odamlar bilan o'zaro ijtimoiy munosabatlarga kirishar ekan, o'zini o'rab turgan odamlar narsalar, hodisalar va mehnatga bo'lgan munosabatlari jarayonida inson zotiga xos zarur sifat va fazilatlar tarbiyalanib boradi. Demak biz o'zbek xalq maqollariga bola shaxsini shakllanishiga ta'sir etuvchi ta'lim- tarbiya vositasi sifatida qarashimiz mumkin. Masalan: "Aql boshlovchi, tana ishlovchi"; "Aql yoshdan, odob - boshdan"; "Aql o'lchovi - so'z, so'z o'lchovi - naql"; "Aqldan ortiq boylik yo'q"; "Aqlli qariya- oqib turgan daryo"; "Aqlning o'lchovi idrok"; "Yaxshilikka yaxshilik-har kishining ishidir, yomonlikka yaxshilik-mard kishining ishidir".
Psixologik tomondan maqollarni muloqotning uchinchi shakli ya'ni avlodlar o'rtasidagi muloqot sifatida ham ko'rishimiz mumkin. A.N.Leont'ev o'zining "Psixika taraqqiyotidan ocherklar" kitobida muloqotning uchinchi shakli - avlodlar o'rtasidagi muloqotning ahamiyati to'g'risida shunday deb yozadi: "Agar barcha katta avlod o'lib ketganda, insoniyat turi yo'q bo'lib ketmasdi, lekin jamiyatning taraqqiyoti ancha orqaga surilibgina emas, balki yo'qolib ham ketishi mumkin edi". Haqiqatdan ham, avlodlararo muloqotning borligi tufayli har bir jamiyatning o'z madaniyati, madaniy boyliklari, qadriyatlari mavjud bo'ladiki, buning ahamiyatini tushungan insoniyatning eng ilg'or vakillari uni doimo keyingi avlodlar uchun saqlab keladilar hamda ta'lim-tarbiya va kundalik muloqot jarayonida uni avloddan-avlodga uzatadilar. Demak xalq maqollarini o'zbek xalqini milliy xususiyatlarini shakllantiruvchi avlodlar o'rtasidagi ta'lim-tarbiya omili desak mubolag'a bo'lmaydi. Chunki milliy o'ziga xoslikning millat xarakterida mustahkamlangan turli xususiyatlari ham maqollarda o'z ifodasini topgan. Masalan: "O'zga yurtda shoh bo'lguncha, o'z yurtingda gado bo'l", "Og'zing to'la qon bo'lsa ham, dushman oldida tupurma", "Yomon odam yovdan qochar, nomard odam siring ochar", "Mardlik - mangulik", "Yigitning xusni - yuz tanga, or- nomusi - ming tanga", "Qozilashgan qarindosh bo'lmas", "Sabrning tagi-sariq oltin", "Quda bo'lguncha ko'p sinash, quda bo'lgach ko'p siylash", "Oltin yerda qolsa ham, bilimli yerda qolmas", "Mehnatdan qo'rqmay, minnatdan qo'rq", "Hurmat qilsang izzat ko'rasan", "O'ynab gapirsang ham, o'ylab gapir", "Hisobini bilmagan hamyonidan ayrilar", deyiladi xalq maqollarida.
Shuni ham qayd etish kerakki, xalq og'zaki ijodida, xususan maqollarda oilaviy muhitning shaxsni shakllanishiga ko'rsatadigan ta'siri ham keng yoritilgan. Masalan: "Ota g ayratli bo'lsa, Bola ibratli bo'lar", "Qush uyasida ko'rganini qiladi" .
Shuningdek, o'zbek xalq maqollarida bola tarbiyasiga nozik niholga yondoshgandek yondoshish, unga kattalarga qo'yilgan talablarni qo'ymaslik haqida so'z boradi. Aksariyat hollarda bolalarda axloqiy normalarni shakllantirishda jazolashdan foydalaniladi. Xalq maqollarida bunga javoban "So'ksang beti qotar, ursang eti qotar" deyiladi. Mashhur pedagog V.A.Suxomlinskiy ham tarbiya ideali umuman jazosiz, baqiriq chaqiriqsiz, qo'rqitishsiz, odamiylik, mehribonlik, yaxshilik bilan amalga oshirilishi kerakligini ta'kidlaydi. Shaxsni shakllantirishda o'zbek xalq maqollariga tayanish psixologiya fani taraqqiyotidagi yangi bir qadamdir. O'zbek xalq maqollarining shaxs shakllanishidagi ro'li katta bo'lganligi uchun hozirgi ta'lim tizimining hamma bosqichlarida undan samarali foydaanish maqsadga muvofiqdir.
0оüдаAаниAган adaSuemAap:
1. Rajabova F.F. "Psixologiya fanlarini o'qitishda badiiy adabiyotdan foydalanish" dissertatsiya Qarshi-2012
2. Davletshin M.G. Tanlangan ilmiy ishlar to'plami. - T.: 2008
3. Isaqova M.T. "Etnopsixologiya" o'quv qo'llanma T.: "Turon-iqbol", 2007
4. Ijtimoiy axborot ta'lim portali: www. Ziyonet. uz.
5. http://www.school.edu.ru - Umumta'lim portali (rus tilida).
© ,fl,.X. Эргameвa, ^.A. TypcyHOBa, 2022.