Научная статья на тему 'Использование частей тела в английских и узбекских пословицах'

Использование частей тела в английских и узбекских пословицах Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
87
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
лексическое значение / лингвокультурологические и семантические особенности / пословицы. / lexical meaning / lingvo culturological and semantic features / proverbs

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Нилуфар Маматова, Гульсара Хакимова

В этой статье исследуется использование и применение частей тела в английских и узбекских пословицах, а также их лингвистическое и лексическое использование, а также различия в значении.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Use of body parts in English and Uzbek proverbs

This article examines the use and application of body parts in English and Uzbek proverbs, as well as their linguistic and lexical uses, and the differences in meaning.

Текст научной работы на тему «Использование частей тела в английских и узбекских пословицах»

Жамият ва инновациялар -Общество и инновации -Society and innovations

Journal home page: https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Use of body parts in English and Uzbek proverbs

Nilufar MAMATOVA1 Gulsara KHAKIMOVA 2

Uzbekistan State University of World Languages

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received July 2021 Received in revised form 20 July 2021

Accepted 15 August 2021 Available online 15 September 2021

Keywords:

lexical meaning, lingvo culturological and semantic features, proverbs

This article examines the use and application of body parts in English and Uzbek proverbs, as well as their linguistic and lexical uses, and the differences in meaning.

2181-1415/© 2021 in Science LLC.

This is an open access article under the Attribution 4.0 International (CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Ingliz vao'zbek maqollarida tana a'zolarining ishlatilishi

ANNOTATSIYA

Kalit so'zlar:

leksik ma'nosi, lingvokulturologik va semantik xususiyatlari, maqollar.

Ushbu maqola ingliz va o'zbek maqollarida tana a'zolarining ishlatilishi va qo'llanilishi hamda ularning lingvistik, leksik jihat-dan ishlatilish holatlari o'rganiladi va o'zaro ma'no mazmun jihatdan farqlanadi.

Использование частей тела в английских и узбекских пословицах

_ АННОТАЦИЯ_

Ключевые слова:

лексическое значение, лингвокультурологические и семантические особенности, пословицы.

В этой статье исследуется использование и применение частей тела в английских и узбекских пословицах, а также их лингвистическое и лексическое использование, а также различия в значении.

1 master, Uzbekistan State World Languages University, Tashkent, Uzbekistan.

2 scientific supervisor, PhD in Philology, Associate Professor, Uzbekistan State World Languages University, Tashkent, Uzbekistan.

Bugun O'zbekiston Respublikasi barcha rivojlangan davlatlar tan olgan va dunyo hamjamiyatida o'z o'rniga ega bo'lgan mustaqil davlatlardan biridir. Respublikamizda bo'layotgan jamiyatning barcha sohasidagi yangiliklar O'zbekistonomizning yanada gullab yashnashiga olib bormoqda. Yurtimizda ayniqsa ta'lim sohasiga katta e'tibor berilayotgani yoshlar ta'lim-tarbiyasiga o'zining ijobiy hissasini qo'shmoqda. Ayni vaqtda, O'zbekistonda chet tillariga, ayniqsa ingliz tiliga bo'lgan qiziqish va talabning ortib borishi natijisida ta'lim tizimida chet tillarini o'qitish bo'yicha yangi qaror va farmonlarning ijrosi davlatimiz miqyosida olib borilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi PF-4947-son Farmoni, 2017-yil 20-apreldagi "Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-2909-son Qarori, O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida" gi qonun va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirish talablari asosida ta'lim oluvchi yoshlarni ma'naviy yetuk va jahon andozalari talablariga javob bera oladigan, mustaqil bilim olish, o'rganish va ijodiy ishlash qobiliyatiga ega, kelajakda kasbiy va hayotiy muammolarni mustaqil hal qiladigan yuksak ma'naviyatli shaxs qilib tayyorlash oliy ta'lim tizimining asosiy vazifalaridan hisoblanadi.

Hozirgi kunda dunyo miqyosida insonlar o'rtasida muhim aloqa vositasi hisob-lanmish tilning ahamyati va o'rni haqida gap ketganda uning duyo hamjamiyatidagi foydalanish o'rniga qarab ahamyat kasb etadi. Shu faktorlardan kelib chiqqan holda biz respublikamiz miqyosida ingliz tiliga bo'lgan etiborimiz jahon talabi ekanligini chuqur anglagan holda har bir soha vakili ingliz tilini o'rganishiga bo'lgan talabini kundan kunga ortishini ko'rishimiz mumkin va albatta ingliz tili kunlik ehtiyojimiz ekanligini allaqachon anglab ulgurganmiz. Ko'plab tilshunos olimlar hamda ilmiy tadqiqotchilar ingliz tilining ahamiyatidan kelib chiqqan holda har bir yo'nalishda ularning vazifa va mohiyati haqida so'z yuritadi va ingliz tili va o'zbek tilida qiyoslab, o'rganadi. Shu bilan birgalikdan ingliz vao'zbek maqollarida tana a'zolarining ishlatilishi, o'rni hamda ularning ma'no va mazmuni to'g'risida so'z yuritamiz.

Qiyosiy tilshunoslik chet tili o'qitishning lingvodidaktik asosini tashkil etadi. Shu sababdan yurtimizda xorijiy tillarni ona tili bilan qiyoslab o'rganish va ularni tahlil qilish tilshunoslik uchun muhim masalalardan biridir.

Hozirgi zamon tilshunosligida, shu jumladan qiyosiy tilshunoslikda va folklor-shunoslikda maqollarni chuqurroq o'rganish bugungi kun qiyosiy tilshunoslikda muhim ahamiyat kasb etmoqda.Uning muhim xususiyati shundaki, u fanlararo xarakterga ega bo'lib, ilm-fanning har bir sohasida tadqiq etilmoqda.

Natijada paremiologiya, ya'ni maqollarnio'rganish tilshunoslikda alohida soha sifatida paydo bo'ldi.

Qiyosiy tilshunoslik chet tili o'qitishning lingvodidaktik asosini tashkil etadi. Shu sababdan yurtimizda xorijiy tillarni ona tili bilan qiyoslab o'rganish va ularni tahlil qilish tilshunoslik uchun muhim masalalardan biridir.

Hozirgi zamon tilshunosligida, shu jumladan qiyosiy tilshunoslikda va folklor-shunoslikda maqollarni chuqurroq o'rganish bugungi kun qiyosiy tilshunoslikda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Uning muhim xususiyati shundaki, u fanlararo xarakterga ega bo'lib, ilm-fanning har bir sohasida tadqiq etilmoqda.

Natijada paremiologiya, ya'ni maqollarnio'rganish tilshunoslikda alohida soha sifatida paydo bo'ldi.

Qiyosiy tilshunoslik chet tili o'qitishning lingvodidaktik asosini tashkil etadi. Shu sababdan yurtimizda xorijiy tillarni ona tili bilan qiyoslab o'rganish va ularni tahlil qilish tilshunoslik uchun muhim masalalardan biridir.

Hozirgi zamon tilshunosligida, shu jumladan qiyosiy tilshunoslikda va folklore-shunoslikda maqollarni chuqurroq o'rganish bugungi kun tilshunoslikda muhim ahamyat kasb etmoqda. Uning muhim hususiyati shundaki, u fanlararo harakterga ega bo'lib, ilm-fanning har bir sohasida tadqiq etilmoqda. Natijada paramiologiya, ya'ni maqollarni o'rganish tilshunoslikda alohida soha sifatida paydo bo'ldi. Maqollar xalq og'zaki ijodining katta ahamiyat kasb etadigan janrlaridan biri bo'ib, bugungi kunda maqollarni qiyosiy tilshunoslikda chuqur o'rganish orqali tilshunoslikning yangi qirralari ochib berilyabdi. Mavzuning eng muhim dolzarb jihatlaridan biri shundaki, bir tomonda xorijiy tillarga qizishning o'sishi bo'lsa, ikkinchi tomondan ingliz va o'zbek tillaridagi maqollarning ligvokuturologik va semantic xususiyatlarini har ikkala tilde qiyosiy o'rganish asnosida har ikkala xalqning madaniy va milliy odatlarini tilga qay daraja aks etganini ifodalab, xalqning mentalitetidagi o'zaro o'xshash va farqli tomonlarini isbotlab beradi. Mazkur masalani o'rganish uchun ingliz va o'zbek xalqining milliy madaniyatini ifodalovchi maqollarni qiyoslash, milliy mentalitet va uni ifodalovchi xususiyatlarini tahlil etish lozim.

Millatni o'zligini ko'rsatuvchi milliy qadriyatlarni, xalqning madaniyatini ifodalovchi omillardan biri bu xalq og'zaki ijodidir. Xalq o'g'zaki ijodining eng muhim janrlaridan biri bo'lmish maqollar tilshunoslik va folklorshunoslikda o'rganilayotgan eng muhim mavzulardan biridir. Folklorning eng muhim janrlaridan biri bo'lgan maqollarni, umuman, xalq ijodiyotini o'rganish, tadqiq qilish, bugungi kunda juda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ilmiy ishimizning ushbu bobida o'zbek va ingliz maqollarining umuminsoniy xususiyatlari va ularning xalq og'zaki ijodining boshqa janrlariga nisbatan o'xshash va farqli jihatlarini ko'rib chiqishga qaratilgan. Shuningdek o'zbek va ingliz xalq maqollarining tilshunoslikda o'rganilish jihatlarini keltirib, bu soha bo'yicha faoliyat ko'rsatgan olimlarning nazariyalari bilan yaqindan tanishib chiqamiz.

Til, falsafa va badiiy ijodning o'ziga xos hodisasi sifatida yuzaga kelgan xalq maqollari folklorning ixcham shakl, ammo teran mazmunga ega bo'lgan bir janridir. Har biri tilimiz ko'rkini, nutqimiz nafosatini, aql-farosat va tafakkurimiz mantiqini hayratomuz bir qudrat bilan namoyish eta oladigan bunday badiiyat qatralari xalqimizning ko'p asrlik hayotiy tajribalari va maishiy turmush tarzining bamisoli bir oynasidir. Bu badiiy oynada uning hayotga, tabiatga, inson, oila va jamiyatga munosabati, ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy-ma'rifiy, axloqiy-estetik va falsafiy qarashlari,qisqasi, O'zi va O'zligi to'la namoyon bo'lganidir [1, 2005, B. 508].

Shu sababli maqollar g'oyatda keng tarqalgan bo'lib, asrlar davomida jonli so'zlashuv va o'zaro nutqiy munosabatlarda foydalanibgina qolmay balki badiiy, tarixiy va ilmiy asarlarda, siyosiy va publitsistik adabiyotlarda ham doimiy ravishda qo'llanilib kelingan va bugungi kunda ham juda faoldir. Maqollar xalq donishmandligining nodir namunalari sifatida og'zaki badiiy ijodning keng tarqalgan mustaqil janridir. Shartli ravishda ularni xalqona axloq - 12 odob qoidalari deb atash mumkin. Zero,maqollar xalqning asrlar davomida hayotiy tajribalarida sinalgan ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy-madaniy,axloqiy-falsafiy qarashlarining g'oyat ixcham, lo'nda, siqiq va obrazli ifodasidan tug'ilgan hodisadir. Maqollar maxsus ijod qilinmaydi, balki ma'lum bir sharoit taqozosi tufayli sinalgan hayotiy tajribadan tug'iladigan xulosaning axloqiy bahosi sifatidagi hukm bo'lib yuzaga keladi. Ular insonlarning turli sohalardagi faoliyatlari jarayonida uzoq

muddatli sinovlardan o'tgan turmush tajribalarining hosilasi, barqaror va o'zgarmas, to'g'ri va haqqoniy xulosasi tarzida yuzaga kelganligini ko'rsatadi. Xalq paremik ijodiyoti o'ziga xos qonuniyatlar va rivojlanish tamoyillariga ega. Uning bu xususiyatlarini folklorshunoslikning paremiologiya sohasi o'rganadi.Maqollar ustida izlanishlar olib borar ekanmiz, shu o'rinda paremiologiya sohasiga murojaat qilishimiz shart. Paremia grekcha so'z bo'lib, hikmat, naql, hikmatomuz obrazli ibora ma'nolarini anglatadi. Xalq parameki ijodiyoti namunalarini to'plash va yozib olish hamda kitobat qilish bilan esa paremiografiya shug'ullanadi [2, 2014, B. 5].

Maqol xalqning ko'p asrlar mobaynida ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotda to'plagan tajribalari, kuzatishlari asosida yuzaga kelgan ixcham, chuqur mazmunga ega bo'lgan og'zaki ijod janrlaridan biridir. Maqol atamasi arabcha - qavlun -gapirmoq, aytmoq so'zidan olingan bo'lib, aytilib yuriladigan ifoda va iboralarga nisbatan qo'llaniladi. Barcha tomonidan deyarli bir xilda aytilib, bir xilda tushuniladigan ibora, ifodalar,asosan, maqol janrini tashkil qiladi [3, 1990, B. 303].

Ingliz tilida maqol atamasi asosan "proverb" so'zi orqali ifodalanadi. Ba'zan ko'plab adabiyotlarda: adages, dictums, maxims, mottoes, precepts, saws, truisms so'zlari orqali ham maqol tushunchasini berishimiz mumkin. O'zbek xalq maqollari singari ingliz xalq maqollari ham ingliz folklorning eng keng tarqalgan janrlaridan biridir. Ko'pincha tuzilishi, folklorda o'rganilishi va yana boshqa jihatlari bilan o'zbek maqollariga o'xshash holda umumiy jihatlarni ko'rsatadi.

Maqollar insoniyatning turmush tajribalari zaminida tug'ilgan va xalq donoligini ifodalaydigan qisqa, ko'pincha she'riy formadagi hikmatli so'zlar, chuqur ma'noli iboralar bo'lib, o'ta ixcham, pishiq va puxtaligi bilan xalq og'zaki ijodidagi boshqa janrlardan farq qiladi.

A.M. Gor'kiy xalq maqollarining roliga yuksak baho bergan edi. "Eng ulug' donolik so'zining soddaligidir" - deb yozadi u. Maqollar va qo'shiqlar har vaqt qisqa bo'ladi. Ularda butun-butun kitoblar mazmuniga teng keladigan fikr va sezgilar mavjud bo'ladi [4, 1934, B. 146]. Bu yerda olim maqol va qo'shiqlarning shakliy ko'rinishlariga, sermazmunligiga baho berib, ularni o'zaro tenglashtiryapti. Lekin biz bu bilan qo'shiq va maqol xuddi bir xil xususiyatga ega janr deb hisoblamasligimiz kerak.

Qo'shiq, yor-yor, o'lan kabi lirik janrlarda voqelik shaxsning kechinmalari fonida ifodalansa, xalq maqollarida ana shu kechinmalar haqidagi xulosalar lo'nda ifodalanadi. Demak, lirik janrlarda kechinmadan hukmga qarab, maqollarda hukmdan kechinmaga qarab intilish yetakchilik qiladi. Epik janrlar bo'lmish xalq dostonlari, ertaklari, afsona va rivoyatlari, latifalar, rang- barang obrazlarning xattiharakati, kechinmalari orqali aks ettirilsa, maqollar voqelikning xulosasini hukmlar orqali aks ettiradi. Demak, maqolda voqealarning kechishi emas,balki ulardagi xulosa va hukm ifodalanadi. Binobarin, epik janrlarda yo'nalish harakat va holatdan hukmga tomon yo'nalgan bo'lsa, maqollarda hukmdan harakat va holat tomon yo'nalganlik boshchilik qiladi [3, 1990, B. 303].

Yuqorida keltirilgan ikki xususiyatdan shu narsa ma'lum bo'ladiki, hajman ixcham bo'lgan maqollarda olam-olam kechinma bayoni ulkan dostonlarga jo bo'luvchi voqealarni o'z ichiga oladi. Boshqacha aytganda, har bir maqolning mazmunidagi real voqelikdagi faktlar orqali ulkan hajmdagi asarlar yaratilishi mumkin.

Xalq og'zaki ijodi janrlari sirasida hajmi, tashqi shakliy xossalari hamda voqelikni aks ettirish tarzi jihatidan maqollarga yaqin turuvchi matal, topishmoq kabi janrlar mavjud bo'lib, bu janrlar orasidagi o'xshash jihatlarning ko'pligi tufayli,ular orasidagi farqlarni

anglash biroz muammo tug'dirishi mumkin [3, 1990, B. 92]. Bugungi kunda barcha xalqlar-ning folklorida bu muammolarga duch kelishimiz mumkin. Xuddi o'zbek tilidagi singari ingliz tilidagi maqollarda ham shu masalaga duch kelamiz. Ya'ni, ingliz tilida maqol "proverb", matal "saying", va topishmoq "riddle"lar bir - biriga yaqin xalq og'zaki janrlari hisoblanadi. O'zbek xalq maqollar singari ingliz xalq maqollari ham matal va topishmoqlardan quyidagi xususiyatlar orqali keskin farqlanib turadi. Bular quyidagicha: 1. Maqolda fikr aniq, tugal xulosa, lo'nda hukm tarzida ifodalanadi. Matalda esa tugal fikr ifodalanmaydi.Topishmoq shaklan maqollarga yaqin tursa ham, biroq voqelikni aks ettirish tarzi, asosan fikrni jumboqli shaklda yashirib ifodalash bilan maqollardan keskin farqlanib turadi. [3,1990,92] Bir qarashda maqol va topishmoqlarning yaqqol farqi sezilib turadi. Ammo maqol va matal o'rtasidagi farqni darrov anglash biroz qiyinroq. Xalq og'zaki ijodida maqol bilan bir qatorda matallar ham qo'laniladi. Bu ikki terminning farqini bilish kerak.Matal maqollardan farq qiladi. Matal ko'chma ma'noda ishlatiluvchi xalq majoziy iboralarining bir turidir. Matal o'z ma'nosini boshqa ma'noga ko'chirgan so'z birikmalaridan iborat bo'ladi [3, 1990, B. 92]. Masalan,Aql -ko'rga, ko'z soqovga - til maqolini tahlil qiladigan bo'lsak, ko'r odam aqlli bo'lsa yo'lini topadi ya'ni dono kishi har doim o'z yo'lini topa oladi kabi hukm surilgan.

Ingliz maqollarida tana azolari qatnashgan maqollar ham insoniyat axloqi va ruhiy tarbiyasini oshirishga xizmat qiladi. Masalan.The hair is long, but the mind is short. Bu ingliz xalqi maqolida biz soch uzun bo'lsada aql kaltadir ma'nosida insonlar tarbiyasi uchun xizmat qiladigan o'z ma'no kuchiga ega hisoblanadi. Bu maqolda shunday ma'no anlanadiki. Soching qanchalik uzun bo'lsa ham aqlning kaltaligini nazarda tutib, har joyda ham inson o'z aql doirasida ish yuritishi va kamtarlikni bilag'onlik qilmaslikka undaydayabdi. Quyidagi ingliz maqolida "Death is a shadow that always follows the body" esa biz o'zbek tiliga tarjima qilganimizda o'lim tanani kuzatuvchi soyadir ma'nosi hosil bo'ladi. Yana bir ingliz maqolida tana a'zolari qatnashgan misolida esa ya'ni "Man consists of two parts, his mind and his body, only the body has more fun" deyiladi o'zbek tilida "Inson ikki qismdan iborat, uning aqli va tanasi, faqat tana ko'proq zavqlantiradi" tarjimasi hosil bo'ladi. Lekin uning inson tarbiyasiga ta'sir qiluvchi omili esa aql va tana orqali mavjudlik va mavhumlik haqida fikr yuritiladi. "Put your hand in your conscience and see if it does not come out as black as pitch" ushbu maqolda esa o'zbek tilida "Qo'lingizni vijdoningizga qo'ying va qarangki, u qora kabi chiqmaydi" tarjima ega bo'lib, insonga tarbiyaviy jihatdan inson qalbi va vijdoniga qaralsa qo'llari bajargan ishlar kabi yomonlikni emas yaxshilik qila olishga qodir pok tuyg'ular borligi anglash mumkin ma'nosi hosil bo'ladi.

Ko'rib chiqqanimizdek, o'zbek va ingliz xalq maqollari juda ko'p xususiyatlari bilan folklorning boshqa janrlaridan keskin farqlanib tursalar ham, ko'pchilikning ijod mahsuli sifatida, anonim yaratilishi, o'g'zaki holda jonli yashashi, keng variantlashishi va o'ta ommaviyligi bilan xalq og'zaki ijodining barcha janrlari bilan umumiylik kasb etadi. Va shu o'rinda ularning bir-biridan farqli jihatlarini o'rganish ham maqollarning boshqa janrlardan alohida xususiyatlarga ega ekanligini ko'rsatadi. Bu esa maqollarning xalq paremik ijodida o'ziga xos va alohida tadqiq qilinishi kerak bo'lgan janr sifatida gavdalantiradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI:

1. Mirzayev T., Musoqulov A., Sarimsoqov B. O'zbek xalq maqollari. - T.: Sharq, 2005. - B. 508.

2. Axmedova Ugiljon Kuronboyevna Ingliz va o'zbek maqollarining lingvokul-turologik va semantik xususiyatlari - Urganch. 2014. - B. 5.

3. Imomov K., Mirzayev T., Sarimsoqov B., Safarov O. O'zbek xalq og'zaki poetik ijodi. - T.: O'qituvchi, 1990. - B. 303.

4. Горький М. Материалы и исследования. Т., 1934. - C. 146.

5. http://www.oxfordhouse.com.

6. http://www.english-zone.com.

7. http://www.longman.com.

8. http://www.encarta.com.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.