Научная статья на тему 'XALQ MAQOLLARINING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI'

XALQ MAQOLLARINING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Технологии материалов»

CC BY
3705
198
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Ключевые слова
hikmatli so'z / motiv / zidlash / o'xshatish / taqqoslash / anafora / alliteratsiya / kinoya / piching / antiteza / majoziy ma'no / dialektik birlik / ko'pma'nolilik / shakliy barqarorlik / o'z va ko'chma ma'no / qofiyadoshlik.

Аннотация научной статьи по технологиям материалов, автор научной работы — Zilola Mirxalilovna Vahobova

Maqolada xalq maqollariga adabiy nuqtayi nazardan qiziqish, asar badiiyligini oshirish va til ravonligini ta'minlash uchun undan keng foydalanishdagi xususiyatlar keng tahlil etiladi. Ulardagi barcha xususiyatlar atroflicha o'rganiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «XALQ MAQOLLARINING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI»

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

XALQ MAQOLLARINING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Zilola Mirxalilovna Vahobova

Toshkent viloyati Parkent tumani XTBga qarashli 25-umumta'lim maktabi Ona tili va

adabiyot fani o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Maqolada xalq maqollariga adabiy nuqtayi nazardan qiziqish, asar badiiyligini oshirish va til ravonligini ta'minlash uchun undan keng foydalanishdagi xususiyatlar keng tahlil etiladi. Ulardagi barcha xususiyatlar atroflicha o'rganiladi.

Kalit so'zlar: hikmatli so'z, motiv, zidlash, o'xshatish, taqqoslash, anafora, alliteratsiya, kinoya, piching, antiteza, majoziy ma'no, dialektik birlik, ko'pma'nolilik, shakliy barqarorlik, o'z va ko'chma ma'no, qofiyadoshlik.

KIRISH

Maqollar xalqimiz hayotida muhim ahamiyat kasb etadi. Badiiy, obrazli mulohazalardan iborat hikmatli so'z bo'lgani uchun undan keng foydalaniladi. Xalqning ijtimoiy, tarixiy, madaniy, maishiy, hayotiy tajribasi umumlashgan holda beriladi. Milliy til tarkibida qoplashgan holda namoyon bo'lgani uchun maqol tarkibidagi so'zlarni boshqasi bilan almashtirib, o'zgartirib bo'lmaydi va buning iloji ham yo'q.

Maqollar ko'p asrlik hayotiy tajribalar, doimiy kundalik kuzatishlar xulosasini tugal fikr tarzida qat'iy qutbiylikda ifodalar ekan, ularda har bir so'zning ma'no xilma-xillligi, iboralarning turg'unligi, shakliy barqarorlik ustunlik qiladi. Ammo qo'llanish o'rniga qarab ularning ma'no doirasi doimiy ravishda kengayib boradi. Shuning uchun ham maqoldagi har bir so'zga alohida e'tibor berish kerak. Ularda shunday so'zlar borki, bu so'zlar tarixan butunlay boshqa ma'nolarni anglatgan. Masalan, tuz so'zi bugungi kunda mineral moddani bildiradi. Tarixan bu so'z to'g'ri, odobli; dala, tekislik ma'nolarni anglatgan va maqollardagina saqlanib qolgan : Qiz saqlasang, tuz saqlab. Tuzdagi bilan emas, uydagi bilan bo'l. Shuningdek, mehnat so'zining azob-uqubat, baxtsizlik ma'nosini ham faqat maqollarda yoki ayrim shevalardagina uchratish mumkin : Mehnat ham egiz - egiz, Davlat ham egiz - egiz 1

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Maqol tarkibini o'rganar ekanmiz, ularda ko'proq moddiylikdan ko'ra ma'naviy ehtiyoj muhimroq ekanini ta'kidlash joiz. " Kishi yurtida shoh bo'lguncha, o'z yurtingda gado bo'l" maqolida ham shu ma'no anglashiladi. Bir xilgi toifa insonlar barcha muammolarini iqtisod ( pul ) bilan o'lchashadi. Ular uchun moddiylik va turmushning

1. T. Mirzayev. O'zbek xalq maqollari - Toshkent "Sharq" , 2016. 7-bet.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

to'kin - sochinligi har qanday tushunchadan ustun turadi. Lekin Bobur yurtini tashlab, o'zga yurtda Vatanini eslab qo'msashi, azoblanib qiynalishidan xulosa chiqarsak, maqoldagi fikrning inson uchun naqadar ibratli ekaniga amin bo'lamiz, aniq tarzda berilganiga ishonch hosil qilamiz. Umuman, Vatan haqidagi xalq maqollarda qiyoslash, zidlash, o'xshatish, taqqoslash ma'nolari yetakchilik qiladi. Yuqorida berilgan maqolda ham Ona Vatan va o'zga yurt, shoh va gadolik motivlari o'zaro zidlanib taqqoslangan. Ma'lum darajada ushbu motivlar qiyoslangan. Ushbu maqol ruslarda " Nachujoy strane i vesna nekrasna " ( ma'nosi : o'zga yurtda bahor go'zal emas ) tarzida beriladi.

MUHOKAMA

Chet va qo'shni davlat maqollarini tarjima qilayotganimizda ona tilimizdagi muqobil yoki unga yaqin variantlarini beriladi. Ruslar ushbu maqolida aynan Boburshohni nazarda tutmagan bo'lsa-da, butun insoniyatga daxldorligiga urg'u beradi. Inson o'zga yurtda qanchalik obro'- e'tibor topmasin, tuganmas boylikka ega bo'lmasin ona yurtini qo'msash, sog'inish tuyg'ularini "o'zga yurtda bahor go'zal emas" ligi bilan aniq, raso ochib bera olgan. O'zga yurtdagi bahorning go'zal bo'la olmasligi hatto shohlik darajasiga erishganida ham baribir ko'nglida kemtigi saqlanib qolishi bilan tenglashtiriladi. Ona yurtiday yashay olmasligi haqida fikr yuritiladi.

Xullas, xalq maqollari qaysi mavzu, hayotning qaysi sohasi haqida fikr yuritilmasin, tanlangan muammolar, ijtimoiy munosabatlar atroflicha o'rganiladi. Maqollar uchun mazmun va shaklning dialektik birligi, ko'p hollarda qofiyadoshlik, ba'zan ko'pma'nolilik, majoziy ma'nolarga boylik kabi xususiyatlar xarakterli.

NATIJA

Maqollar o'z va ko'chma ma'nolarga ega bo'lishi bilan diqqatga sazovordir. " Yomon xotin olguncha, bo'ydoq yurgan yaxshiroq" , " Qizi borning nozi bor" , " Yer haydasang kuz hayda, kuz haydamasang yuz hayda "kabi maqollarda o'z ma'no anglashilib turibdi. " Shamol bo'lmasa, daraxtning uchi qimirlamaydi " , " O'tin ayirgan bolta maydonda qolar" , " Qarg'a qarg'aning ko'zini cho'qimaydi " , " Bukrini go'r to'g'irlar " kabi maqollar bilan tanishganimizda ko'chma ma'no yashiringanini his qilamiz. Bir qarashda " Shamol bo'lmasa, daraxtning uchi qimirlamaydi" maqoli o'z ma'nosida ham qo'llangandek tuyuladi. Ammo bu hikmatli so'zni hech kim o'z ma'nosida qo'llamaydi. Bir ishni yuzaga chiqishi uchun boshqa ishning ma'lum darajada unga sabab bo'lishi, hayotda uchrab turadigan turli mish-mishlarning rost ekanligini ta'kidlash maqsadida bu maqolni esga olish odat tusiga aylangan. Xalqimiz xalq og'zaki ijodida munosib o'rin olgan ushbu maqolni ko'chma ma'noda tushunmasak, qanday maqsad nazarda tutilgani va asl ma'nosini tushunmay qolishimiz mumkin.

XULOSA

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

Maqollardagi bu va boshqa xususiyatlar yengil yumor, kuchli tasdiq, o'rinli kesatiq, xalqimiz tarixini mukammal ochib bera olgan haqiqatlar, bir ishni amalga oshirishdagi dalil va inkor ma'nolarini anglash uchun xizmat qiladi. Hajm jihatdan kichikligi, mazmun serma'noligi, mavzu jihatdan hayotiyligi maqollarning asrlar davomida og'izdan og'izga o'tib yashashini ta'minlagan omillardir. Maqollarning badiiy mukammalligi esa ularning hayotiyligi, umrboqiyligini izohlaydi.

Mazmundor va mantiqiy umumlashma sifatida paydo bo'lgan paremalarda o'xshatish, taqqoslash, anafora, alliteratsiya, kinoya, piching, antiteza kabi bir qancha tasviriy vositalar qo'llanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI :

1. Kobiliva, N., Shayxislomov, N., & Raimova, M. (2021) ChET TILI VA O'ZBEK PARAMEOLOGIK BIRLIKLARINING SIYOSIY - SEMANTIK TAHLILI. Scientific progress 1(4).

2. T.Mirzayev O'zbek xalq maqollari - Toshkent, 2016. 7-b.

3. O'zbek xalq maqollari - 1988. 2 - jild.

4. http://library.ziyonet.uz.

5. O'zME Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

6. Turg'unpo'latov Diyorbek Ro'zmamat o'g'li. (2021). O'ZBEK BOLALAR ADABIYOTI VA TURG'UNBOY G'OYIPOV. Образование и наука в XXI веке 2(15), (pp. 1688-1690)

7. Turg'unpo'latov Diyorbek Ro'zmamat o'g'li. (2021). BUGUNGI YANGILANAYOTGAN TA'LIM TIZIMIDA KLASTER TUSHUNCHASI.

Студенческий вестник, 23(168)

8. Turg'unpo'latov Diyorbek Ro'zmamat o'g'li. (2021). XALQ MAQOLLARIDA UCHRAYDIGAN QARAMA-QARSHILIK XUSUSIYATINING O'ZIGA XOS POETIK TAMOYILLARI. Scientific progress, 2(1).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.