Научная статья на тему 'O'ZBEK TILIDA SHAXS MA'NAVIYATINI IFODALOVCHI MAQOL VA MATALLARNING LINGVOMADANIY VA LINGVOMA'NAVIY MUNOSABATLARARO FARQLI JIHATLARI'

O'ZBEK TILIDA SHAXS MA'NAVIYATINI IFODALOVCHI MAQOL VA MATALLARNING LINGVOMADANIY VA LINGVOMA'NAVIY MUNOSABATLARARO FARQLI JIHATLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
529
90
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
maqol / lingvo-maʼnaviyat / shaxs / lingvo-madaniyat / matal / naql / barqaror birikma. / proverb / linguistic culture / linguistic spirituality / personality / proverb / parable / stable connection.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Sh. Jorayeva

Maqolada oʻzbek tilidagi maqollar va matallarning tilshunoslikda tutgan o‘rni,oʻzaro farqli jihatlari va lingvomadaniy hamda lingvomaʼnaviy xususiyatlari tahlil qilindi. Maqollar va matallar hozirgi o‘zbek adabiy tilining rivojlanishida, til me’yorlarining o‘sishida qanday rol bajarayotganligi asosiy muammo sifatida olindi. Maqolada maqollar va matallarning shaxs maʼnaviy olamidagi oʻrni misollar orqali asosli yoritildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DISTINCTIVE ASPECTS OF LINGUO-CULTURAL AND LINGUO-SPIRITUAL RELATIONS OF PROVERBS AND SAYINGS EXPRESSING THE SPIRITUALITY OF A PERSON IN THE UZBEK LANGUAGE

The article analyzes the role of Uzbek proverbs and sayings in linguistics,their differences and linguocultural and linguistic features .The role of proverbs and sayings in the development of modern Uzbek literary language ,the growth of language norms is taken as a main problem.The article illustrates the role of the individual in proverbs and parables in the world with examples.

Текст научной работы на тему «O'ZBEK TILIDA SHAXS MA'NAVIYATINI IFODALOVCHI MAQOL VA MATALLARNING LINGVOMADANIY VA LINGVOMA'NAVIY MUNOSABATLARARO FARQLI JIHATLARI»

 2022

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

O'ZBEK TILIDA SHAXS MA'NAVIYATINI IFODALOVCHI MAQOL VA MATALLARNING LINGVOMADANIY VA LINGVOMA'NAVIY MUNOSABATLARARO FARQLI JIHATLARI Jo'rayeva Shoira

QarMII huziridagi aniq va tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan maktabning oliy toifali ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi, mustaqil tadqiqotchi https://doi.org/10.5281/zenodo.6945101

Annotatsiya. Maqolada o'zbek tilidagi maqollar va matallarning tilshunoslikda tutgan o'rni,o'zaro farqli jihatlari va lingvomadaniy hamda lingvoma'naviy xususiyatlari tahlil qilindi. Maqollar va matallar hozirgi o'zbek adabiy tilining rivojlanishida, til me 'yorlarining o'sishida qanday rol bajarayotganligi asosiy muammo sifatida olindi. Maqolada maqollar va matallarning shaxs ma'naviy olamidagi o'rni misollar orqali asosli yoritildi.

Kalit so'zlar: maqol, lingvo-ma 'naviyat, shaxs, lingvo-madaniyat, matal, naql, barqaror birikma

ОТЛИЧИТЕЛЬНЫЕ АСПЕКТЫ ЛИНГВО-КУЛЬТУРНЫХ И ЛИНГВО-ДУХОВНЫХ ОТНОШЕНИЙ ПОСЛОВИЦ И ПОГОВОРОК, ВЫРАЖАЮЩИХ ДУХОВНОСТЬ ЛИЧНОСТИ, В УЗБЕКСКОМ ЯЗЫКЕ

Аннотация. В статье проанализирована роль пословиц и поговорок на узбекском языке в языкознании, их отличительные аспекты, а также их лингво-культурологические и лингво-духовные характеристики. Основной проблемой была роль пословиц и поговорок в развитии современного узбекского литературного языка и рост языковых норм. В статье на примерах объяснялась роль пословиц и поговорок в духовном мире личности.

Ключевые слова: пословица, лингводуховность, человек, лингвокультура, язык, поговорка, устойчивое сочетание.

DISTINCTIVE ASPECTS OF LINGUO-CULTURAL AND LINGUO-SPIRITUAL RELATIONS OF PROVERBS AND SAYINGS EXPRESSING THE SPIRITUALITY OF A

PERSON IN THE UZBEK LANGUAGE

Abstract. The article analyzes the role of Uzbek proverbs and sayings in linguistics,their differences and linguocultural and linguistic features .The role of proverbs and sayings in the development of modern Uzbek literary language ,the growth of language norms is taken as a main problem.The article illustrates the role of the individual in proverbs and parables in the world with examples.

Keywords: proverb, linguistic culture, linguistic spirituality, personality, proverb, parable, stable connection.

KIRISH

Xalq og'zaki ijodi asrlar osha avloddan avlodga, tillardan tillarga o'tib kamol topib kelmoqda.

Maqol va matallarda,naql va barqaror iboralarda xalqning hayotiy muammolari-mehnat-mashaqqati, g'am-anduhi ,rohat-farog'ati, muvaffaqiyat va mag'lubiyati, rasm-rusumlari-ma'naviyati hamda madaniyati-hamma-hammasi ko'zgudagidek aks etib turadi.Bu ko'hna xalq ijodi qachon va qanday vaziyatda ,kim tomonidan yaratilganligini aniq aytish qiyin.Har holda, bu sodda va murakkab, turg'un va barqaror iboralarni maqol va matallarni ixcham, lo'nda va chuqur mazmunli naqllarning yaratilishida oddiy ijodkor xalq bilan birga uning madaniyati, ma'naviyatidan, urf-odatidan kelib chiqib olim-ulamolarning hissalari ham katta bo'lgani

2022

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

shubhasiz.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Xalqning til boyligi-uning bo'yoqdor, serjilo leksikasining, frazeologiya qatlamining boyligi bilan ham o'Ichanadi.Shundan kelib chiqib nutqda fikr ifodalash uchun barqaror birikmalarga ehtiyoj mavjud.O'zbek tilida barqaror birikma sifatida, odatda, maqol, matal,ibora, tasviriy ifoda e'tirof etiladi.Barqaror birikma qo'shma leksema va erkin so'z birikmasidan quyidagi xususiyatlari bilan farq qiladi:

1) Barqaror birikmada birdan ortiq so'z birikib, ko'chma ma'no ifodalaydi;

2) Barqaror birikmani tashkil etgan barcha so'z shu gap tarkibida butunligicha bir bo'lak yoki bir gap vazifasida keladi;

3) Barqaror birikmanining tarkibiy qismlari qat'iy bir qolipga kirgan bo'ladi.

Demak, alohida shakllangan tarkibining barqarorligi bilan ajralib turadigan, yaxlitligicha qo'llanish xususiyatiga ega tayyor holda mavjud, obrazli, jozibali ,ma'no jihatdan yaxlitlangan so'zlar bog'lanmasi barqaror birikma sanaladi.

Barqaror birikmani buzib-tarkibini o'zgartirib bo'lmaydi.Shuni inobatga olgan holda barqaror birikmaning tarkibiy qismi sifatida maqol va matallar ham bir-biridan farqlanadi.

Maqol-grammatik jihatdan gap holida shakllangan, xalq donishmandligi mahsuli bo'lgan barqaror birikmadir.Maqollar yaxlit holda yashaydi va xalqning ma'naviy boyligi hisoblanadi.Faqat shu jihatdan ular lisoniy imkoniyat sifatida baholanib, lisoniy birliklarga xos xususiyatlarga ega deyiladi.

Xalq maqollari mustaqil folklor janri sifatida qator o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lib, bu xususiyatlar uni boshqa aforistik janrlardan, xususan, mataldan keskin farqlab turadi.\

TADQIQOT NATIJALARI

Maqol hamma vaqt aniq, tugal fikr anglatadi. Bu fikr esa qat'iy, lo'nda xulosa sifatida ifodalanadi.Fikriy lo'ndalik esa fikrni ixcham ifodalashga imkon beradigan ikki mantiqiy markazdan tashkil topgan yaxlit kompozitsiya asosida yuzaga keladi.Shuning uchun ham maqolda biror ortiqcha so'z, tasviriylik va tavsifiylik uchramaydi, chunki maqoldagi ixcham fikrning o'zi estetik jihatdan katta mohiyat kasb etadi.Bu mohiyatning yuzaga chiqishi hamma vaqt ixcham badiiy shakl sifatida amalga oshadi.

Masalan,"Bir yigit qirq yilda bino bo'ladi".

Ushbu maqolda tugal fikr mavjud, ya'ni yigit bu yerda chin inson, har taraflama yetuk odam ma'nosida ishlatilgan.Kishi dunyoda qirq yil yashaganidan keyingina har jihatdan kamol topadi, hayotning past-balandiga tushunadi, uylanib,bola-chaqali bo'lib, haqiqiy hayot yo'lini topib oladi, deyilmoqda.("Hikmatnoma".41-bet)

Yolchidan yoliqsang, qarzdor qil.

Yolchi-yolvoruvchi,hadeb u-bu narsa so'rab keluvchi shilqim odam."Shunday odamdan yoliqsang (bezor bo'lsang),unga bir nima berib, qarzdor qilib qo'y,"qarzini so'raydi deb,kelmay ketadi,o'zini sendan olib qochib yuradi",deyilmoqda.

A.Qahhorning "Bemor" hikoyasi uchun epigraf qilib olingan "Osmon yiroq yer qattiq" maqoli " Hikmatnoma" da "...og'ir ahvolga, noiloj ahvolga tushib qolgan kishilar tomonidan aytiladi" deya izoh berilgan.

Matallar grammatik jihatdan gap holida shakllangan, to'g'ri ma'noda qo'llanadigan, xalq donishmandligi natijasida vujudga kelgan barqaror birikmalar hisoblanadi.Matallar ham xuddi maqollar singari xalqning hayotini uzoq davrlar mobaynida kuzatish orqali hosil qilingan hayotiy

2022

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

tajribasining ixcham shaklda ifoda topishidir.Matal narsa va hodisalarni obrazli ifodalovchi, tilda keng ifoda etiladigan nutqiy tarkibdir.Maqol so'zlovchining o'z nutqi mazmuniga munosabatini ifodalaydi.Maqol bilan matal o'rtasida umumiylik ko'zga tashlanadi.Bu umumiylik shundan iboratki, har ikkala tushuncha ham nutqni jonlantirish, jozibador va obrazli qilish, fikrni tayyor nutq qoliplari, formulalari bilan ifodalash, uni mazmundor qilishga qaratilgan.Lekin shu bilan birga tugal fikrni o'zida ifodalagan maqollardan matallar jiddiy farq qiladi.Matal aytmoqchi bo'lgan fikr muddaoni boshqa vositalarni qo'ygan holda ifodalaydigan nutqiy tarkib bo'lib unda xulosa bo'lmaydi, balki uning o'zi biron xulosa keltirib chiqish uchun xizmat qiladi.Aytish joizki, olib borilgan ilmiy kuzatishlar maqol va matallar o'rtasida bir farq borligini tasdiqlamoqdaJumladan,O.Madayev o'zining ilmiy yondashuvi asosida shunday fikr bildiradi:"Xalq maqollari shakl va mazmun jihatdan matallarga yaqin janr hisoblanadi.Matallar ham ixcham matnga ega ekanligi bilan maqolga o'xshaydi.Matal,odatda, notiq nutqi tarkibiy qismini tashkil etadi, ammo mustaqil qo'llanganda tugal fikr anglatmaydi.Masalan, xalqimizda " Yaxshi gap bilan ilon inidan, yomon gap bilan qilich qinidan chiqar"degan maqol bor.Aga maqolning yarim matnini Falonchi ilon inidan chiqadigan qilib gapirdi tarzida qo'llasak, biz matal aytgan bo'lamiz va Falonchi yaxshi gapirdi ma'nosini bildiramiz.Chunki "ilon inidan chiqadigan"so'z birikmasi alohida aytilsa, mustaqil ma'no anglatmaydi.Ma'lum bo'ladiki, shaxs nutqini go'zallashtirish uchun xizmat qiladi.Maqol esa mataldan mustaqil ma'no ifodalay olish xususiyati bilan farqlanadi. Ilmiy jihatdan yondashib B.Mengliyev ham matallar haqida quyidagicha fikr bildirgan: " Matal ham mavjudlik jihatdan barqaror birikma holida bo'ladi.Matal deganda to'g'ri ma'no ifodalamaydigan obrazli ifoda, tugal shaklga ega bo'lmagan hikmatli birikma nazarda tutiladi.

Masalan,qizil qor yog'ganda, tuyaning dumi yerga yetganda, dumi, xurjunda, ali desa vali deydi, berdisini aytguncha kabi.Matalga boshqa gap qo'shilishi bilan fikr to'liq ifodalanadi.Masalan, Berdisini aytguncha jim tur.Tuyaning dumi yerga yetganda qarzi ni to'laydi kabi.

Yuqoridagi ilmiy qarashlar maqolning ham, matalning ham lingvomadaniy va lingvoma'naviy xususiyatlarini o'z ichiga qamray olishi xalq og'zaki ijodi namunalari orqali isbotlangan.

Maqol, matal kabi noyob ma'naviy,madaniy merosdan yosh avlodni tarbiya qilish targ'ibotida unumli va ta'sirli foydalanish bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan.Inson bolasining shaxs sifatida kamolotga yetishida uni dunyoga keltiruvchi ota va onalarning ruhan va jismonan tetik bo'lishi, ayniqsa, ma'naviyati boy bo'lishi muhimdir.Ma'naviyati boy bo'lgan xalqning madaniyati o'sib boraveradi.Xalqning madaniyati og'izdan og'izga o'tib kelajak avlod uchun haqiqiy darslik, haqiqiy maktab vazifasini bajaradi.Bu darajaga yetishish uchun inson juda ko'p murakkab bosqichdan o'tishi, zarur bilimlarga, hayotiy tajribalarga ega bo'lishi,o'zi yashayotgan va mehnat qilayotgan jamoa muhit va muayyan jamiyatning talab va ehtiyojlarini o'zida aks ettirgandagina shaxs sifatida shakllanib boradi, bu esa maqol va matallarning ma'naviyat uchun xalq madaniyatining boyib borishi uchun turtki bo'ladi. Maqollar va matallar har ikkalasi ham xalqning hayotini uzoq davrlar mobaynida kuzatish orqali hosil qilgan hayotiy tajribasining ixcham shaklda ifoda topishidir.

MUHOKAMA

Maqolamizda Mahmud Koshg'ariyning ,,Devonu lug'atit turk'' (,,Turkiy so'zlar devoni'')," Hikmatnoma" asarlarida keltirilgan maqollarning lingvomadaniy va

2022

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

lingvoma'naviy xususiyatlari aniqlanib,tahlil qilindi."Devoni lug'otit turk"asari Sharqiy Turkistondan Kasbiy dengizi bo'ylarigacha bo'lgan ulkan hududda yashagan turkiy xalqlarning tili va madaniyatini o'zida mujassamlashtirganligi bilan nihoyatda bebahodir.

Mahmud Koshg'ariy to'plagan maqollar juda qadimdan turkiy tillarda mavjud bo'lgan va ular turli urug' va qabila vakillaridan yozib olingan. Eng qadimgi turkiy xalqlarning til xususiyatlarini o'rganishda bu materiallar katta ahamiyat kasb etadi. Maqollar hozirgi o'zbek adabiy tilining rivojlanishida, til va meyorlarning o'sishida alohida rol o'ynaydi.

Bu borada lingvomadaniy va lingvoma'naviy obyekt bo'la oladigan maqollarni va matallarni quyidagicha tahlil qilamiz:

Adabni beadabdan o'rgan.

Bu maqol tarixi Luqmoni Hakim haqidagi naqllardan biriga borib taqaladi.Sa'diyning "Guliston"ida bu naql quyidagicha izohlangan:"Luqmoni Hakimdan:"Adabni kimdan o'rganding?"deb so'radilar.Luqmon javob berdi:"Adabni beadabdan o'rgandim ularning harakatlaridagi menga maqbul bo'lmagan narsalardan o'zimni saqladim".

Aql bilan odob egizak.

Xalqimiz o'z maqollarida kishiga jamiyatda o'zini qanday tutishi zarurligi yuzasidan ta'lim berar ekan, avvalo, uni aql,axloq va odob egasi bo'lishga, vijdonli, or-nomusli, sof ko'ngilli, subutli bo'lishga da'vat etadi:"Ilmning kattasi odob","Aql Hasandir,odob Husandir","Odob bozorda sotilmas","Odob binosidan chiqma,hayo xilvatidan chiqma","Husn xulqi bilan chiroyli".

Aql-odamning oltin toji".

Xalqimiz o'zining bir guruh maqollarida aqlni va aql egalarini yuksak darajada madh etadi, ularning hayotidagi yutuqlarni ko'rsatadi, aqlsizlik, johillik, nodonlik, farosatsizlikni qoralaydi:"Aql-dunyoning ko'zi","Aql-ko'rga ko'z,soqovga-til","Aql rohatda emas,rohat-aqlda","Odam aqli olmas,kesmagani qolmas","Bilimidan aql chiqar,aqllidan naql chiqar","Aqlsiz boy bo'lguncha,aqlli gadoy bo'l".

Bilganing daryo bo'lsa,bilmaganing- dengiz"

Men bilaman,ko'p narsani bilaman deb maqtanma,chunki hali bilmagan narsalaring ham ko'p ,sendan ortiq biladiganlar ham ko'p"degan ma'noda qo'llanadi.Variantlari:" Bilganing -bir to'qqiz,bilmaganing-to'qson to'qqiz","Bilgan kishi "bildim "demas,Bildim, desa bilgani emas"

"Bir ko'ngil imorati-ming Makka ziyorati".

Xalq bu maqolida yaxshilik qilib ,ko'pchilik tugul hatto bir kishining ko'nglini shod va obod qilish ("imorat solish")ham Makkaga yuz marta borib ,haj qilib kelishidan ko'ra yaxshiroq,xayrliroq ekanligini ko'rsatadi.

XULOSA

Matallar grammatik jihatdan gap holida shakllangan, to'g'ri ma'noda qo'llanadigan, xalq donishmandligi natijasida vujudga kelgan barqaror birikmalar hisoblanadi.Masalan,

Yaxshidan bog' qoladi,yomondan dog'.

Qimirlagan qir oshar

Bodom po'sti bilan,odam do'sti bilan.

Matallar ham xuddi maqollar singari xalqning hayotini uzoq davrlar mobaynida kuzatish orqali hosil qilgan hayotiy tajribasining ixcham shaklda ifoda topishidir.Ular o'rta sidagi farq esa matallar to'g'ri ma'noda qo'llaniladi.

2022

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

REFERENCES

1. Mahmud Koshg'ariy ,,Devonu lug'atit turk''. Tarjimon va nashrga tayyorlovchi S.M.Mutallibov. Tom I II III. - Toshkent,1960-1963. T.1. - 1960. 499 b. T.2. - 1961. 427 b. T.3. - 1963. 466 b.

2. Bakirov B.U. Mahmud Koshg'ariyning ,,Devonu lug'otit turk asaridagi maqollar xususida // DLT va TXMHJSTO' Samarqand, 2002.

3. "Hikmatnoma"(O'zbek maqollarining izohli lug'ati).www.ziyouz.com kutubxonasi.

4. http//www.tdpu.uz Nizomiy nomidagi TDPU sayti.

5. http:/ www.pedagog.uz/ Pedagogik ta'lim muassasalari portal.

6. http://www.edu.uz/

7. www.google.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.