Научная статья на тему '“DEVONU LUG‘ATIT TURK” ASARIDAGI SOMATIZM KOMPONENTLI MAQOLLARNING LINGVOMADANIY XUSUSIYATI'

“DEVONU LUG‘ATIT TURK” ASARIDAGI SOMATIZM KOMPONENTLI MAQOLLARNING LINGVOMADANIY XUSUSIYATI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
3116
220
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
somatizm / ibora / frazeologiya / frazeologik birlik / frazeologizm. / somatism / expression / phraseology / phraseological units.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Akbaraliyeva, Xurshida Shavkatjon Qizi

Maqolada somatizm komponentli maqollarni zamonaviy tilshunoslikda tutgan o‘rni va lingvomadaniy xususiyatlari tahlil qilindi. Maqollar hozirgi o‘zbek adabiy tilining rivojlanishida, til me’yorlarning o‘sishida qanday rolni bajarayotganligi asosiy muammo sifatida olindi. Maqolada maqollardagi somatizmlar inson hayoti va uning boshiga tushadigan yaxshi va yomonliklarni tilning imkoniyatlaridan kelib chiqib o‘xshatishlar misolida asosli yoritildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

LINGUCULTURAL CHARACTERISTICS OF SOMATISM COMPONENT PROVERBS IN DEVONU LUG'ATIT TURK

The article analyzes the role and linguocultural features of somatism component articles in modern linguistics. The main problem is the role of proverbs in the devolepment of modern Uzbek literary language and the growth of language norms. In the article, the somatisms in the proverbs are elaborated on the example of analogies of human life and the good and bad things that befall it based on the possibilities of language.

Текст научной работы на тему «“DEVONU LUG‘ATIT TURK” ASARIDAGI SOMATIZM KOMPONENTLI MAQOLLARNING LINGVOMADANIY XUSUSIYATI»

"DEVONU LUG'ATIT TURK" ASARIDAGI SOMATIZM KOMPONENTLI MAQOLLARNING LINGVOMADANIY XUSUSIYATI

Akbaraliyeva Xurshida Shavkatjon qizi

Navoiy viloyati Navoiy shahar 4-maktab O'zbek tili fani o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Maqolada somatizm komponentli maqollarni zamonaviy tilshunoslikda tutgan o 'rni va lingvomadaniy xususiyatlari tahlil qilindi. Maqollar hozirgi o 'zbek adabiy tilining rivojlanishida, til me'yorlarning o'sishida qanday rolni bajarayotganligi asosiy muammo sifatida olindi. Maqolada maqollardagi somatizmlar inson hayoti va uning boshiga tushadigan yaxshi va yomonliklarni tilning imkoniyatlaridan kelib chiqib o 'xshatishlar misolida asosli yoritildi.

Kalit so'zlar: somatizm, ibora, frazeologiya, frazeologik birlik, frazeologizm.

ABSTRACT

The article analyzes the role and linguocultural features of somatism component articles in modern linguistics. The main problem is the role of proverbs in the devolepment of modern Uzbek literary language and the growth of language norms. In the article, the somatisms in the proverbs are elaborated on the example of analogies of human life and the good and bad things that befall it based on the possibilities of language.

Keywords: somatism, expression, phraseology, phraseological units.

АННОТАЦИЯ

В статье анализируются роль и лингвокулътурные особенности статей компонента соматизма в современной лингвистике. Основная проблема - ролъ пословиц в развитии современного узбекского литературного языка и росте языковых норм. В статье соматизмы в пословицах разрабатываются на примере аналогий человеческой жизни, а также хороших и плохих вещей, которые случаются с ней, исходя из возможностей языка.

Ключевы слова: соматизм, выражение, фразиология, фразиологическая еденица, фразиологизм.

KIRISH

Ma'lumki, fikrimizni ifodalayotganimizda bir necha so'zlarning birikishidan tashkil topgan tilimizdagi tayyor birliklardan foydalanamiz. Bunday birikmalar tilda tayyor holatda bo'lib tilning jozibasini, ta'sirchanligini oshirib, ular barqaror birikmalar deyiladi. Barqaror birlikmalar quyidagi turlarga bo'linadi:

335

I I frazeologizmlar |—| maqollar va matallar

aforizmlar va idiomalar kiradi. Ushbu barqaror jumlalar o'zbek tilshunosligida o'rganilishi dolzarb masalalardan biri sanaladi.

Maqollar xalqning hayotiy tajribasi, donishmandligi natijasidan kelib chiqadi. Ular nutq jarayoniga qadar tilda tayyor birikma sifatida mavjud bo'ladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Grammatik jihatdan gap holida shakllangan, to'g'ri ma'noda qo'llaniladigan, xalq donishmandligi natijasida yuzaga keladigan barqaror birikmalar matallar sanaladi. Maqollar va matallar har ikkalasi ham xalqning hayotini uzoq davrlar mobaynida kuzatish orqali hosil qilgan hayotiy tajribasining ixcham shaklda ifoda topishidir.

Ma'no yaxlitligiga ega bo'lgan va nutqiy jarayonga qadar ikki va undan ortiq so'zlarning barqaror munosabatda tashkil topgan, nutqqa tayyor olib kiriluvchi ko'chma ma'nodagi tayyor birikmalarga frazeologizmlar deyiladi. Ferdinand de Sossyur o'z davrida frazeologizmlarni tildagi tayyor birliklar sifatida qayd etgan.1

Ushbu maqolamizda barqaror birliklarning tarkibiy qismini tashkil etuvchi somatik komponentli maqollar xususida so'z yuritamiz.

Jahondagi ko'plab tillarda yaratilgan maqollarning asosiy qismini somatik komponentli maqollar tashkil qiladi. Somatik komponentli maqollarning tarkibidagi somatizmlar, ya'ni tana a'zolari nomlarini bildiruvchi so'zlar qatnashgan birliklardir. Somatik frazeologiyada har bir xalqning ko'p asrlik tajribasi, turmush tarzi, madaniyati, ma'naviyati, urf-odatlari va an'analari o'z aksini topgan bo'ladi.

Somatik frazeologizmlarning ilk tadqiqotchilaridan biri F.Bakk sanaladi. U butun dunyodagi frazeologizmlarni uch guruhga: faqat odamlarni tasvirlaydigan, odamlar va hayvonlarni tasvirlaydigan iboralarga ajratdi. Keyingi yillarda somatik frazeologizmlar qiyosiy planda turli tizmdagi tillar doirasida o'rganila boshlandi. Xususan Y.Dolgopolov (rus, ingliz va nemis tillarida somatik frazeologizmlar), M.Abilgaliyeva (qozoq va nemis tillarida somatik frazeologizmlar) kabi olimlarning tadqiqotlarida muhim yutuqlar qo'lga kiritildi. Ushbu maqolamizda somatik frazeologizmlar haqida emas somatizmlar qatnashgan maqollarni lingvokulturologiyaning obyekti sifatida tahlilga tortamiz.

Maqolamizning asosini Mahmud Koshg'ariyning ,,Devonu lug'atit turk'' (,,Turkiy so'zlar devoni'') asarida keltirilgan somatik komponentli

1 Соссюр де Ф. Труды по язъкознанию.- М.: Прогресс, 1977. - С.157

336

maqollarning lingvomadaniy xususiyatini aniqlashga bag'ishladik. Bu asar Sharqiy Turkistondan Kasbiy dengizi bo'ylarigacha bo'lgan ulkan hududda yashagan turkiy xalqlarning tili va madaniyatini o'zida mujassamlashtirganligi bilan nihoyatda bebahodir.

Mahmud Koshg'ariy to'plagan maqollar juda qadimdan turkiy tillarda mavjud bo'lgan va ular turli urug' va qabila vakillarida yozib olingan. Eng qadimgi turkiy xalqlarning til xususiyatlarini o'rganishda bu materiallar kata ahamiyat kasb etadi. Maqollar hozirgi o'zbek adabiy tilining rivojlanishida, til va meyorlarning o'sishida alohida rol o'ynaydi. Maqolamiz uchun 16 ta somatizmlar (tana a'zolari) qatnashgan maqollarni ,,Devonu lug'atit turk'' tarkibidan ajratib oldik.

Bu borada lingvokulturologik obyekt bo'la oladigan maqollarni quyidagicha tahlil qilamiz:

,,Quruq qashuq ag'izga jaramas, quruq so'z quloqqa jaqishmas'' (Quruq qoshiq og'izga yoqmas, quruq so'z quloqqa yoqmas). Quruq qoshiqni og'izga solgan bilan qorin to'ymaydi. Shunga o'xshab quruq so'zdan ham naf yo'q. Qoshiqni boshqa maqsadda emas aynan taomlanish uchun og'izga solinishi kerakligini madaniyat jihatdan ham bog'liqligini ko'ryapmiz. Hozirda ,,Quruq qoshiq og'iz yirtar'' maqoli mavjud va u aynan o'sha ma'noni bermasa ham o'zgargan holda yetib kelgan. ,,Quruq'' leksemasi bu yerda tarbiya, yo odob, yoki biror kimga foyda, naf keltirmaydigan so'z ma'nosida qo'llanilyapti.

,,O'kuz azaqi bo'lg'incha, buzag'u bashi bo'lsa yik'' (Ho'kizning oyog'i bo'lguncha, buzoqning boshi bo'l). Kishining erki, mustaqilligi hamma narsadan muhim ekanligi ,,buzoqning boshiga'', bo'ysunish, tobelik ,,ho'kizning oyog'iga'' o'xshatilyapti. ,,Bosh'' leksemasi bu o'rinda yuqori, ,,oyoq'' leksemasi esa quyi ya'ni antonimlik - zidlik, qarama-qarshilik aks ettirilgan. ,,Bosh'' va ,,oyoq'' leksemasi ozodlik va qaramlikni ifodalash uchun ham qo'llanilyapti.

,,Ag'iz yesa ko'z uyalur'' (Og'iz yesa ko'z uyalur). Bu maqol birovning biror narsasini yeganlar uning hojatini chiqarishi lozimligini ko'rsatish uchun aytiladi. ,,Ko'z'' leksemasi birov bergan taomdan yegandan so'ng uning ishini bitirib berishligi, uyalish hissiyoti bilan bog'langan. Uyat, andisha turkiy xalqlar mentalitetiga xos bo'lgan etalon sanaladi.

,,Erik erni yag'lig', ermagu bashi kanlig'' - tirishqoqning labi yog'liq, erinchoqning boshi qonlik. Chunki tirishqoq ko'p ishlab, yaxshi taomlar, go'sht, yog'lar topadi. Erinchoq o'zining yalqovligi bilan ishdan qochadi. Xafalikdan boshini uradi, uni qonatadi. Bu maqol yalqovlikni tashlashga g'ayrat bilan ishlashga

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Scientific Journal Impact Factor

R

VOLUME 1 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2021: 5.423

aytiladi. ,,Boshi qanlig''' bu yerda hayot yo'lida yo'liqadigan inson sinoviga nisbatan ham ishora qilinyapti

Izlik bo'lsa er o'idirmas, ichlik bo'lsa at yag'rimas - choriq bo'lsa, odamning oyog'i og'rimaydi, to'qim bo'lsa ot yag'ir bo'lmaydi. Bu maqol ish ketini o'ylashga undab qo'llanadi.

Erdam bashi til - odobning boshi til. Shirin tilli bo'lgan kishi yuqori martaba topadi. Madaniyatimizda bolalarga salom berishni, shirinso'z va muloyim bo'lishni o'rgatamiz. Yana yoshlikdan bolalarimizga kattalarga salom berishni, kichiklarni izzat qilishlikni o'rgatamiz. Bu maqol ham madaniyatimizning tildagi ifodasidir.

Besh erangak tuz ermas - besh qo'l barobar emas. Shunga o'xshash odamlar ham bir - biridan farq qiladi. Bu yerdagi qo'l leksemasi, besh barmoq, besh panja ma'nosini ifodalash uchun qo'llanilgan. Jamiyatdagi tenglik yo tengsizlik haqida so'z boryapti

Yalinguq urulmish qap ul, ag'zi yazilib alqinur - odam bolasi puflab shishirilgan mesh kabidir, og'zi ochilsa, el uni yo'qotadi, so'ndiradi.

Qulaq eshitsa, ko'ngil bilir,

Ko'z ko'rsa, uzik kelir - quloq so'zni eshitsa, ko'ngil biladi, ammo ko'z seviklisini ko'rsa, shavq qo'zg'aladi.

Yag'ini ataqlasa bashqa chiqar - dushmanni kichik hisoblasa boshga chiqadi, ya'ni bu bilan boshni halok qiladi, degan mazmun anglatadi. Ehtiyot bo'l va dushmanni kichik hisoblama, demoqchi bo'ladilar. Xalqimizda dushmanni kichik hisoblama u o'zining yomonligi bilan kichik bo'lsa ham ziyon keltira oladi degan hikmat bor.

It chaqiri atqa tegir,

At chaqiri itqa tegmas - chag'ir ko'zli it otga tenglashadi, ammo chag'ir ko'zli ot itga tenglasha olmaydi, chunki bu xil otning ko'zi xira bo'ladi. Inson biror qobilyati bilan yuqori mansab orttira oladi, lekin boy bolasi ekanligi boy otasining fazilati unda ham borligini anglatmaydi. Kishi mehnati va qobilyati bilangina natijaga erisha olishligi ,,chag 'ir ko'zli it otga tenglashadi'' deb o'xshatilgan.

Karish yag'iri o'g'ulqa qalur - ot kaftining yag'iri o'g'ulga meros qoladi, chunki kift bo'g'inlar to'planadigan joy bo'lib u yerdagi yag'ir tezda tuzalmaydi. Bu bilan yag'irdan saqlanishga buyuriladi. Yana shuni aytish mumkinki turkiy xalqlar madaniyatida otasining aybi yo yaxshiligi o'g'liga meros qoladi chunki ,,olmaning tagiga olma tushadi'' maqoli ham yuqoridagi maqolga ma'no jihatdan bir xil deb ayta olamiz.

Eshyak ayur bashim bo'lsa,

Sundurida suv ichkayman - eshak aytadi boshim omon bo'lsa, dengizdan suv ichaman. Bu maqol maqsadga erishish uchun uzun umr orzu qiluvchilarga nisbatan qo'llaniladi.

Tilin tugmishni tishin yazmas - til bilan bog'langan tish bilan yechilmas. Bu maqol vadaga vafo qilishga undab aytiladi. Vadaga vafo erkaklarning nomusi kabi yuqori pog'onada turadi. Aynan turkiy xalqlarda muhim qadriyat sifatida tilga olinadi.

Ko'kka sag'ursa, yuzga tushur - osmonga tupursa, yuzga tushar. Bu maqol o'zidan katta bilan qarshilashish istaganda (og'irlik) o'ziga tushishiga aytiladi.

Bushlaglansa buxsuqlanur - kishi manmanlikka borsa, o'rgatuvchini tahqir qilsa, qo'li gardanida bo'ynida bo'ladi, tashvishi ortadi. Bu maqol faqat o'zi bilganicha ish istovchilarga nisbatan qo'llanadi. Manman kishi bo'ynigacha tashvishga botishiga ishora qilinyapti.

XULOSA

Bu o'rinda Mahmud Koshg'ariy butun turkiy qabilalar tilidan yozib olgan somatizmlar qatnashgan maqollarni 16 tasinigina tahlil qildik. Xulosa o'rnida shuni aytishimiz mumkinki maqolada maqollardagi somatizmlar inson hayoti va uning boshiga tushadigan yaxshi va yomonliklarni tilning imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda o'xshatishlar misolida yoritilganligi aniqlandi. Turkiy xalqlarning tili va madaniyatini nechog'lik boyligini maqollarda ming yillik hayoti, urf-odatini aks ettirganligi bilan ma'lum bo'ldi.

REFERENCES

[1] - Mahmud Koshg'ariy ,,Devonu lug'atit turk''. Tarjimon va nashrga tayyorlovchi S.M.Mutallibov. Tom I II III. - Toshkent,1960-1963.

T.1. - 1960. 499 b. T.2. - 1961. 427 b. T.3. - 1963. 466 b.

[2] - Usmonova Sh.R. O'zbek va turk tillarida somatik frazeologizmlar: f.f.n diss -Toshkent, 1998. 136-bet.

[3] - Исаев А. Соматические фразеологизмы узбекского языка: Дисс кан. филол. наук.Т.,1976.-146 с.

[4] - Bakirov B.U. Mahmud Koshg'ariyning ,,Devonu lug'otit turk asaridagi maqollar xususida // DLT va TXMHJSTO' Samarqand, 2002.

[5] - Mahmudov N. O'xshatishlar va milliy obraz. O'zbek tili va adabiyoti. Toshkent, 2013.

[6] - Лилова А. Введение обшую теорию перевода. - М., 1985.

Internet saytlari

[7] - http//www.tdpu.uz Nizomiy nomidagi TDPU sayti.

[8] - http:/ www.pedagog.uz/ Pedagogik ta'lim muassasalari portal.

[9] - http : //www.edu. uz/

[10] - www.google.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.