Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
Research BIB / Index Copernicus
YAPON VA O'ZBEK XALQ MAQOLLARIDA YAXSHILIK VA YOMONLIK TUSHUNCHASI: ZOONIM KOMPONENTLI FRAZEOLOGIK
BIRLIKLARI ASOSIDA
Miraximova Malika Inomjon qizi
O'zbekiston Davlat Jahon tillari universiteti Lingvistika(yapon tili) mutaxassisligi magistranti
ANNOTATSIYA
Mazkur tadqiqot ishida yapon va o'zbek xalq maqollaridagi inson tashqi ko'rinishidan tortib ichki dunyosigacha yaxshi yoki yomon obrazda tasvirlab beruvchi zoonimlarning xususiyatlari o 'rganildi. Ikki tildagi maqollardan zoonim komponentlilarini topib ular ishora qilayotgan ma'noga qarab pozitiv va negativ ma 'nolilari ajratib olindi. Yapon tilidagi maqolning o 'zbek tilidagi analogi mavjud bo 'lsa, keltirilib, bo 'lmasa to 'g'ridan to 'g'ri mazmuniyozildi. O 'zbekxalq maqollari ham shu tarzda ajratib olindi. Keltirilgan maqollar birma-bir ko 'rib chiqildi va tahlil qilindi. Ikki davlat xalq og'zaki ijodi bo'lmish maqollarda ma'lum zoonim qanday tasavvur uyg'otishi o'rganildi. Lingvomadaniyat prizmasi orqali obyektlarni turli xilda ifodalash, insonlarni hayvonlar bilan taqqoslagan holda ularga ta'rif berish o'rganildi. Shu yo'l bilan ikki xalqning mentaliteti, umuman olganda butun madaniyat haqida tushuncha hosil qilindi.
Kalit so'zlar: yapon tili, maqol, zoonim, yaxshilik, yomonlik.
ABSTRACT
This study examines the characteristics of zoonyms describing a person in a good or bad sense, from appearance to inner world, in Japanese and Uzbek folk proverbs. After identifying the components of zoonyms in proverbs of the two languages, positive and negative meanings were identified depending on the meaning they relate to. If there is an analogue of a Japanese proverb in the Uzbek language, it is quoted, if not, the direct meaning is written. Uzbek folk proverbs were extracted in the same way. The cited proverbs were reviewed and analyzed. It was studied how this or that zoonym evokes associations in proverbs, which are folk works of the two countries. Through the prism of language and culture, the principles of expression of proverbs were studied comparing people with animals. Thus, an understanding of the mentality of the two peoples, and the entire culture as a whole, was formed.
Keywords: Japanese language, proverb, zoonym, good, evil.
АННОТАЦИЯ
В данном исследовании изучены характеристики зоонимов, описывающих человека в хорошем или плохом смысле, от внешнего облика до внутреннего мира, в японских и узбекских народных пословицах. После обнаружения
Research BIB / Index Copernicus
компонентов зоонимов в пословицах двух языков были выделены положительные и отрицательные значения в зависимости от значения, к которому они относятся. Если есть аналог японской пословицы на узбекском языке, он цитируется, если нет, пишется прямой смысл. Таким же способом были извлечены и узбекские народные пословицы. Приведенные пословицы были рассмотрены и проанализированы. Изучено, как тот или иной зооним вызывает ассоциации в пословицах, являющихся народными произведениями двух стран. Через призму языка и культуры были изучены принципы выражения пословиц сравнивая людей с животными. Таким образом формировалось понимание менталитета двух народов, да и всей культуры в целом.
Ключевые слова: японский язык, пословица, зооним, добро, зло.
Dunyoning barcha tillarida maqollar inson hayotida muhim o'rin tutadi. Maqollar inson nutqiga joziba qo'shib, o'zida asrlardan buyon bizga yetib kelgan hikmatli so'zlarni jamlaydi. Biz o'zbeklar nutqimizda deyarli har kuni maqollarni qo'llaymiz. Yapon tilini o'rganuvchilar ham tabiiyki, yapon tilida ham maqol ishlatib nutq so'zlashni xohlaydi. Biroq o'zbek va yapon tillari maqollariga oid solishtirma adabiyotlar deyarli mavjud bo'lmaganligi bois o'quvchilar ko'p vaqt sarflaydi, maqollar tez unutiladi. Mazkur maqola shunday o'quvchilarga samaradorlikni oshirib, dars jarayonini qiziqarli qila oladigan adabiyot yaratilishiga asos bo'lishi uchun harakat qilinadi.
MAVZU YUZASIDAN ADABIYOTLAR TAHLILI .
•Yapon tilidagi zoonim komponentli maqollar Yaponlar maqol deb atalmish madaniy boylikka qadimdan hurmat va e'tibor bilan qaraydilar. Chunki maqol va matallar xalqning nozik falsafasi, milliy o'ziga xoslikni aks ettiradi.
Yaponiyada kundalik hayotda eng ko'p ishlatiladigan maqollar to'plamidan tortib, uzoq o'tmishda paydo bo'lib hozirda deyarli quloqqa chalinmaydigan maqollar yig'ilgan qalin kitoblargacha uchratish mumkin.
Yapon madaniyatshunosi Isamu Kurita ^ Ш M yapon xalqining tabiatga bo'lgan "muqaddas xarakterli" munosabatiga ishora qilar ekan : " bizning davrda tabiat undan foyda olish maqsadi yoki ilmiy o'rganilish obyekti doirasida baholanadi. Biroq Yaponiyada tabiatga bo'lgan munosabat chuqurroq, muqaddas xarakterga ega. Bu munosabatni qadimgi yunonlarning tabiatni jon beruvchi, yaratuvchi sifatida
KIRISH
Research BIB / Index Copernicus
e'zozlaganlari bilan taqqoslash mumkin. Yapon yozuvchisi Matsuo Basho (16641694) ham tabiatni zo:ka ya'ni " yaratish" deb atagan" 1
Yaponlarning barcha tirik mavjudodlarga bo'lgan nozik e'tibor va hurmat bilan qarashiga XIV asr oxirigacha davlat ideologiyasi bo'lgan buddizm ta'sir qilgan. U deyarli barcha sohalarga kirib borgan. Buddizmning diniy-axloqiy qadriyatlari har bir zamonaviy yapon odamlari dunyosini belgilab berdi, atrofdagi voqelikka bo'lgan munosabatiga katta ta'sir ko'rsatdi, hayotning ma'nosi va umuman dunyo tartibi to'g'risidagi qadriyatlarni baholash mezonlarini shakllantirdi.2 Quyida zoonim komponentli yapon maqollari keltirilgan:
l.lffl^^ ^ § neko o kaburu O'zini qo'zichoq qilib ko'rsatish
2. Nakunekowa nezumiwo toranu Baqiroq sigir sutsiz
bo'lar
inuno tooboe It xurar karvon o'tar
kaiinuni teo kamareru It ham o'z egasini qopadi
5. inumo arukeba bouni ataru Sayoq yursang tayoq
yeysan
в.Щ^Ш&ЬЪ Umani norutomo kuchigurumani noruna Nonni
katta tishlasang ham gapni katta gapirma
Ougokoro areba mizugokoro Yaxshi gap bilan ilon inidan
chiqar
T^ÄotC^^^Ü Hebiwa takeno tsutsuni iretemo massuguni naranu Bukrini go'r to'g'irlaydi
9. ^ Saruno shiriwarai Yirtiq yamoqqa kulibti
10. < Rikouno saruga tewo yaku Baq-baq etgan takani yomg'ir yoqqanda ko'r
Yaponiya uchun eng muhim ramzlardan biri bu - toshbaqa Ш kame . Yapon
toshbaqasi ikkita ajoyib xususiyatga ega. Birinchidan, toshbaqa juda uzoq vaqt yashaydi va shuning uchun uzoq umr va baxt va donolik ramzi hisoblanadi. Ikkinchidan, Xitoy afsonasiga ko'ra, qadim zamonlarda Luo daryosidan suzib chiqqan toshbaqaning yuzasida paydo bo'lgan belgilar birinchi ierogliflar uchun prototip bo'lib xizmat qilgan. Shuning uchun donolik ramzi hisoblanadi [Мещеряков, 2008,
1 Isamu Kurita Iffli, 1987, 31
2 Изотова, Своеобразие концепта «счастье»..., 2012
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
Research BIB / Index Copernicus
138]. Turna t§ tsuru ham uzoq va baxtli hayotning ramzidir. Afsonalarga ko'ra, turna
ming yilgacha, toshbaqa esa o'n ming yilgacha yashaydi. [ ,1984, 63].
Yaponlar qadimdan 11 tanukini hurmat qilishadi. Tanuki bu yenot-it. Tanuki
ochko'zlik va ichkilikbozlik xudosi hisoblanadi. U mazali ovqatlanishni va yaxshi ichishni yaxshi ko'radi, lekin ko'pincha hisob-kitoblarni to'lamaydi, shuning uchun u ba'zan bir qo'lida sake shishasi, ikkinchi qo'lida to'lanmagan hisob qog'ozi bilan
tasvirlangan. Yaponlar tanuki singari 1S neko mushuklar ham odamlarga aylanishi
mumkinligiga ishonishadi. Odatda ular odamlarga yordam beradigan mehribon mavjudotlar sifatida tanilgan. Ko'pincha sehrli afsona va rivoyatlarda qahramonlarning sehrli yordamchilari sifatida tasvirlanadi. Inson qiyofasida ular g'ayritabiiy moslashuvchanlik, chaqqonlik va ayyorlikni namoyish etadilar.3
Yuqoridagi Iva 2 - misollarda mushuk yalqov va ayyor hayvon sifatida keltirilgan. It o'zbeklardagi singari vafodorlikni anglatsada, 3,4,5- maqollarda daydi, bevafo sifatida berilgan. 9,10- maqollardagi maymun manman va mahmadona qilib tasvirlangan. Mazkur maqollardagi zoonimlar asosan negativ ma'nolarda kelgan. •O'zbek tilidagi zoonim komponentli maqollar O'zbek xalq maqollari o'zbek xalqi donishmandligining hosilasi hisoblanadi. O'zbek maqollari tasnifi masalasi bugungi kunda o'z yechimini kutayotgan mavzu hisoblanadi. O'zbek tilida ba'zi maqollar alifbo tartibida beriladi. Boshqa to'plamlarda, asosan, maqollarning predmetli-mavzuli tasnifidan foydalaniladi.
1. Zag'izg'on sog'ligidan o'lmas, suqligidan o'laг.
2. Ot — yigitning yo'ldoshi.
3. Toy otga yetkaza^ Ot — murodga.
4. Toyni toy deb xo'ñama, Eгta-indin ot bo'lar
5. Tog' bo'гisiz bo'lmas, To'qay aMonsiz bo'lmas.
6. Tuya silkinsa, eshakka yuk chiqaг. V. El tinsa ham, it tinmas.
S. Echki qo'y bo'lmas,
3 Гуревич Т.М., Изотова Н.Н. Специфика зоологического кода японской культуры // Культура и цивилизация. 2018.
Research BIB / Index Copernicus
Eshak — toy.
9. Eshak minganning oyog'i tinmas.
10. Zamoning tulki bo'lsa, sen tozi bo'l.
D.Tosheva o'zining tadqiqotida o'zbek tilidagi frazemalarda eng faol qo'llanuvchi zoonimlar sirasiga it, ilon, ot, eshak, qush, quyon, tuya kabi jonivorlarni kiritish mumkinligini bayon etadi. Ularning turli xususiyatlari va insonga xos bo'lgan xususiyatlar, harakatlar bilan o'rtasida o'xshashlik kuzatiladi. Shu bois ular bilan chog'ishtirish, ularga o'xshatish imkoniyati paydo bo'ladi. Lingvokulturologiyada zoomorf kod orqali insonning deyarli barcha xususiyatlari aks ettirilishi mumkin: jasurlik - burgutdek, qarchig'aydek; baquvvatlik - ayiqdek, arslondek, yo'lbarsdek, norday, fildek, sherdek; mashaqqatli mehnat qilish - itdek, eshakdek, molday, chumolidek; avramoq - o'rgimchakdek, ilondek kabilar shular jumlasidandir. 4
Buni 2,3,4- misollarda ko'rish mumkin. It hayvoni o'zbek xalqida vafodor, mehnatkash sifatida tasniflanadi. 8- maqolda eshak hatto toy bo'la olmasligi, noshud va dangasaligi, 9-maqolda esa o'jarligidan uni minggan odamning oyog'i tinmasligi aytilgan. Bulardan tashqari o'zbek xalq maqollarida tuya, bo'ri, echki, qo'y, sigir, mushuk, zag'izg'on, chumchuq kabi hayvon va qushlar ko'p uchraydi.
METODOLOGIYA
Mavzuni tadqiq etishda mavzu yuzasidan tegishli barcha elektron yozma shakldagi manbalar tahlil qilindi.
Yapon xalq maqollarning ko'pchilik qismida hayvon obrazlari ifodalangan bo'lib, ularning asosiy funksiyasi inson xarakterini ifodalashdir. Ularda mushuk, it, ot, baliq, maymun, ilon kabi Yaponiya tabiatida ko'p uchraydigan hayvonlar ishtirok etadi. O'zbek xalq maqollarida bor bo'lgan tuya obrazi mutlaqo qatnashmagan. Yana bir farqli tomoni shundaki, ikkala mamlakatda mavjud bo'lgan mushuk, yapon xalq maqollarida juda ko'p, o'zbek maqollarda esa sanoqlidir. O'zbek xalq maqollarida o'zbeklarning turmush tarzidan kelib chiqib maqollarda asosan chorva mollari, ot, qo'y, eshak kabi hayvonlar obrazidan foydalanilgan.
Ahamiyatlisi shundaki, hayvon obrazlari keltirilgan maqollarning yaponcha muqobil variantlarida aynan bir xil hayvonning nomi ishlatilmasligi yoki umuman hayvon nomi qatnashmasligi maqolning har ikki tildagi umumiy ma'nosiga ta'sir ko'rsatmaydi.
REFERENCE
1. Salomov G'. Maqolalar va idiomalar tarjimasi. - T.: Fan, 1961. - 162 b.
4 Maxamatova Maxliyo. O'zbek xalq maqollarida zoomorf kodlarning ifodalanishi. 2022. 268-269.
XULOSA
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
Research BIB / Index Copernicus
2. Karamatova K.M., Karamatov H.S. Proverbs-Maqollar- nocnoBH^i. - T.: Mehnat, 2000.
3. Samadov Q. Maqollarimiz mohiyatiga doir.T.: O'zbekiston Madaniyati. -1965. -213 b.
4. Beruniy A. R. Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar // Tanlangan asarlar.T.
5. Begmatov E. Antroponimlar -antroposentrik tadqiq obyekti. "O'zbek tili va adabiyoti'' jurnali, 2013/3.