Научная статья на тему 'O‘ZBEK XALQ MAQOLLARIDA ZOOMORF KODLARNING IFODALANISHI'

O‘ZBEK XALQ MAQOLLARIDA ZOOMORF KODLARNING IFODALANISHI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
397
76
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Lingvokulturologiya / maqollar / lingvokulturologik tahlil / lingvomadaniy kodlar. / языковая культура / пословицы / лингвокультурологический анализ / лингвокультурные коды.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Maxamatova, Maxliyo

Madaniy kodlar xususidagi ilmiy taʼrif va talqinlardan kelib chiqib aytish mumkinki, ushbu termin muayyan madaniy mazmunni shartli, ramziy va kodlangan tarzda ifodalovchi moddiy yoki ideal belgilar tizimini bildiradi. Lingvomadaniy kodlar esa inson tomonidan olamni kategoriyalashtirish jarayonining verbal shakldagi mahsulidir va bunda inson tili madaniy mazmunning eng muhim ifodachisi sifatida namoyon bo‘ladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ВЫРАЖЕНИЕ ЗООМОРФНЫХ КОДОВ В УЗБЕКСКИХ ПОСЛОВИЦАХ

Опираясь на научные определения и толкования культурных кодов, можно сказать, что под этим термином понимается система материальных или идеальных символов, репрезентирующих конкретное культурное содержание в условно-символическом и кодированном виде. Лингвокультурные коды являются вербальным продуктом процесса категоризации мира человеком, а человеческий язык выступает как важнейший представитель культурного содержания.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEK XALQ MAQOLLARIDA ZOOMORF KODLARNING IFODALANISHI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

O'ZBEK XALQ MAQOLLARIDA ZOOMORF KODLARNING

IFODALANISHI

Maxamatova Maxliyo

Termiz davlat universiteti magistranti

ANNOTATSIYA

Madaniy kodlar xususidagi ilmiy ta 'rif va talqinlardan kelib chiqib aytish mumkinki, ushbu termin muayyan madaniy mazmunni shartli, ramziy va kodlangan tarzda ifodalovchi moddiy yoki ideal belgilar tizimini bildiradi. Lingvomadaniy kodlar esa inson tomonidan olamni kategoriyalashtirish jarayonining verbal shakldagi mahsulidir va bunda inson tili madaniy mazmunning eng muhim ifodachisi sifatida namoyon bo 'ladi.

Kalit so'zlar: Lingvokulturologiya, maqollar, lingvokulturologik tahlil, lingvomadaniy kodlar.

АННОТАЦИЯ

Опираясь на научные определения и толкования культурных кодов, можно сказать, что под этим термином понимается система материальных или идеальных символов, репрезентирующих конкретное культурное содержание в условно-символическом и кодированном виде. Лингвокультурные коды являются вербальным продуктом процесса категоризации мира человеком, а человеческий язык выступает как важнейший представитель культурного содержания.

Ключевые слова: языковая культура, пословицы,

лингвокультурологический анализ, лингвокультурные коды.

KIRISH

Aytish joizki, o'zbek tilshunosligida madaniy kodlar nisbatan kam o'rganilgan. Lingvokulturologiya terminlarining izohli lug'atida madaniyat kodlari, somatik kod, vaqtga doir kod, makoniy kod, predmetli kod, ma'naviy kod, biomorf kod terminlari izohlangan. F.Usmonovning o'zbek tilidagi o'xshatishlarning lingvomadaniy xususiyatlariga bag'ishlangan tadqiqotida lingvomadaniy kodlar masalasiga alohida e'tibor qaratildi.1

O'zbek xalqining obrazli tafakkuri, dunyoqarashi, turmush tarzi, qadriyatlari, fe'l-atvori, e'tiqod va an'analari maqollarda ifodalangan lingvomadaniy kodlarda ham yaqqol o'z ifodasini topadi. Kuzatishlar shuni ko'rsatadiki, o'zbek xalq

1 Худойберганова Д. Лингвокультурологияда маданий код тушунчаси ва талкини//Узбек тили ва адабиёти -Тошкент, 2019. - № 3. - Б. 23.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

maqollarida fanda e'tirof etilgan lingvomadaniy kodlarning deyarli barchasi in'ikos etgan. Hatto maqollardagi mavzular o'xshash bo'lsa-da, ulardagi obrazlar takrorlanmasligi bilan ajralib turadi. Aynan ana shu tasvir maqollardagi milliy-madaniy bo'yoqni ta'minlaydi.

Turkiy xalqlarda zoonimlarni lingvistik nuqtai nazardan tadqiq etish tarixi «Devonu lug'otit turk»ga borib taqaladi. Lug'atda xalq og'zaki ijodiga oid 300 dan ortiq she'riy parchalar, 291 ta maqol va matal keltirilgan. Bu matnlar tarkibida 200 ga yaqin zoonim, jumladan, 100 ga yaqin qush nomi uchraydi2.

Zoonimlar, zoonim komponentli matnlarning lingvistik xususiyatlari D.X. Bazarova, H.A.Saidova, D.Metyakubov, B.B.Abdushukurov, N.R.Nishonova, B.Zaripov, B.M.Jo'rayeva, D.M.Yo'ldasheva, G.E.Hakimova, A.J.Omonturdiyev, Sh.Noraliyeva kabi olimlar tomonidan o'rganilgan4. Mazkur olimlarning ishlarida turkiy yozma manbalar tilidagi zoonimlar, zoologik terminlarning shakllanish bosqichlari, maqollarning til tizimida tutgan o'rni, semantik-uslubiy xususiyatlari, zoonimlarning ma'no ko'chimlari, badiiy san'at turlarini hosil qilishdagi, inson xarakterini ifodalashdagi ahamiyati, "hayvon" arxisemali leksemalar maydonining mazmuniy tahlili, o'zbek folklorida bo'ri obrazining mifologik talqini, shaxs tavsifida hayvon nomlaridan foydalanish, badiiy matnlarning antropotsentrik talqini, o'zbek bolalar folklori tilida zoonimlar, zoonim komponentli frazeologik birliklarning strukturaviy va semantik xususiyatlari singari masalalar tahlil qilingan.

Bugungi kunga qadar olib borilgan tadqiqotlarda zoonim komponentli o'zbek maqollarining lingvokulturologik aspektda maxsus tadqiq etilmaganligi ushbu tadqiqot mavzusining monografik planda o'rganilishini taqozo etadi.3

Zoonim komponentli matnlarni o'rganish turli xalqlar madaniy xususiyatlari bilan tanishish imkonini beradi. Shuningdek, bu jarayon hozirda mavjud bo'lmagan hayvonlar haqida ma'lumotga ega bo'lish, madaniyatlar mushtarakligi yoki farqli jihatlarini aniqlash imkoniyatini ham yaratadi. Shu bois zoonim komponentli matnlarni, xususan, maqollarni tadqiq etish tilshunoslikning bir qator masalalarini hal qilishda ahamiyatlidir.

Maqollarning shakllanish manbalari nihoyatda rang-barang bo'lib, ular tilda muhim ifodaviy vazifa bajaradi. Maqollarning yuzaga kelishi, birinchi navbatda, so'zlovchining o'z fikrini obrazli-ekspressiv ifodalash ehtiyoji bilan bog'liq bo'lsa, ikkinchidan, jamiyatdagi munosabatlar, hodisa va holatlarni sodda va oydinroq, aniq

2 TomeBa filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (phd) dissertatsiyasi avtoreferati. TomKeHT -2017.

3Abdurahmonov G'. "Devonu lug'otit turk" asarining o'rganilish tarixidan.// O'zbek tili va adabiyoti. 2009, 6-son.

B.49.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

va ta'sirchanroq ifodalash maqsadida xalq jonzot va predmetlar obraziga murojaat qiladi. Jamiyatda insonlarning turmush tarziga, xulq-atvoriga, dunyoqarashiga xos bo'lgan xatti-harakatlar maqollarda hayvonlar obrazi, turli xil kasb-kor, uy-ro'zg'or, diniy tushunchalar; vaqt va o'simlik nomlari; o'zbek xalqi turmushi voqeligi hamda tabiat hodisalari kabilar orqali gavdalantiriladi.

Hayvon nomlari doirasida shakllangan o'zbek xalq maqollari, odatda, hayvonlarning tabiati, fe'l-atvori, tashqi ko'rinishi, harakati, tovushi, hayot kechirish tarzi, biologik xususiyati asosida yuzaga kelgan. Bu esa og'zaki ijod mahsuli bo'lmish maqollarning o'sha xalq hayoti, turmush tarzi bilan chambarchas bog'liq ekanligini yana bir karra isbotlaydi.

Bugungi kunda lingvokulturologiya, etnolingvistika, psixolingvistika, sotsiolingvistika va boshqa yo'nalishlar doirasida zoonimlar tadqiqiga bag'ishlangan izlanishlar olib borilayotgan bo'lib, ular zoologik terminlar misolida muayyan xalqqa xos xususiyatlarni o'rganishga xizmat qiladi.

Turkiy xalqlarda zoologik terminlarni lingvistik nuqtai nazardan tadqiq etish qadim tarixga ega. Dastavval, zoonimlar Mahmud Koshg'ariyning «Devonu lug'otit turk» asarida keltirilgan. Lug'atda 400ga yaqin zoonimlar, shu jumladan, yuzga yaqin qush nomlari izohlangan. A.Shcherbakning uy va yovvoyi hayvonlar nomlarini o'rganishga bag'ishlangan tadqiqotida4 turkiy tillarda azaldan mavjud bo'lgan va keyingi davrlarda muomaladan chiqib borayotgan 62ta zoonim etimologik, semantik jihatdan tahlil qilingan. A.Shcherbak tadqiqotida keltirilgan bir turdagi hayvonlarning jinsiga, yoshiga ko'ra turlicha nomlanishi haqidagi ma'lumotlar turkiy xalqlarning chorvachilikka asoslangan turmush tarzi, madaniy munosabatlari haqida ma'lumot beradi. Qirg'iz tadqiqotchisi E.Aydogmush turk va qirg'iz tillaridagi zoonimlarni o'rgangan. Har ikkala tildagi mayda hayvonlarning jinsi, yoshiga ko'ra nomlari, xonaki va yovvoyi hayvon nomlari tasniflangan, zoonim komponentli frazeologizmlar tahlil qilingan. Shuningdek, xonaki va yovvoyi hayvon nomlarining yasalishi o'rganilib, zooleksikaning tarixiy qatlamlari aniqlangan. 5 Tadqiqot zoonimlar etimologiyasi, shakllanish tarixini yoritishda ahamiyatlidir. D.Bazarovaning "O'zbek tili zoologik terminologiyasining shakllanish va rivojlanish tarixi" nomli tadqiqotida o'zbek tilida mavjud qush nomlariga to'xtab o'tilgan. Madaniy, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy aloqalar natijasida o'zbek tilida sodir bo'lgan o'zgarishlar qush nomlarining variantlashuvi, dubletlar va sinonimlarning yuzaga

4Abdurahmonov G'. "Devonu lug'otit turk" asarining o'rganilish tarixidan.// O'zbek tili va adabiyoti. 2009, 6-son.

B.49.

5Пименова В.М. Коды лингвокультуры: Учебное пособие. -М. " Флинта: Наука", 2018.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

kelishiga sabab bo'lganligi ta'kidlangan7. Tadqiqotda o'zbek tilidagi qush nomlari tadqiqi asosida turkiy tillarga xos ornitonimlar tavsiflangan. B.P.Zaripov nomzodlik dissertatsiyasida Alisher Navoiy ijodida badiiy san'atlarni hosil qilishda 337 ta zoonim qo'llangani haqida ma'lumot beradi. Ulardan 117 tasi chorva mollari, 94 tasi qush nomlari, 9 tasi sudralib yuruvchi hayvon nomlari, 48 tasi yovvoyi hayvon nomlari, 41 tasi hasharot va boshqa mayda jonivorlar, 6tasi suv hayvonlari, 12 tasi afsonaviy jonzotlar nomi ekanligi qayd etilgan. Zoonimlarning jinsi, rang-tusi va yoshiga qarab nomlanish asoslari keltirilgan. 6 B.Abdushukurovning nomzodlik dissertatsiyasida XI-XIV asrlar oralig'ida yaratilgan turkiy yozma manbalar matnida qo'llangan zooonimlar leksik- semantik, funksional-semantik hamda strukturgrammatik jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqot turkiy lug'at fondida mavjud zoonimlarning semantik guruhlarini aniqlashda ahamiyatlidir. A.Omonturdiev, D.Yo'ldasheva, G.Hakimova, N.Nishonova, H.Saidova tadqiqotlarida zoonimlar va ular bilan aloqador belgilar tahlil etilgan.

Lingvokulturologiyaning tadqiqot yo'nalishlari keng tarmoqli bo'lib, ular quyidagicha guruhlanadi: sinxron, diaxron, qiyosiy, chog'ishtirma. Lingvokulturologiyada tadqiqotni amalga oshirish jarayonida lingvokulturologiya doirasida yozilgan yetmishga yaqin dissertatsiya o'rganildi. Lingvokulturologiyaga doir tadqiqotlar mazmuniga ko'ra quyidagicha guruhlandi: lingvokulturologik konsept hamda olamning lisoniy manzarasi tahlil qilingan dissertatsiyalar; shaxs va olamning ko'zga tashlanuvchi go'zal ko'rinishlari.

Insonlarning flora va fauna haqidagi tasavvurlari biomorf kodlarda o'z aksini topgan. V.V.Krasnixning ta'kidiga ko'ra, turli lingvomadaniyatlardagi ko'plab etalonlar biomorf kodlar mahsuli sifatida yuzaga kelgan. Buni o'zbek tilidagi chumoli (mehnatkashlik ramzi), tulki (ayyorlik ramzi), sher (mardlik ramzi), eshak (ahmoqlik ramzi), kabi etalonlarda kuzatish mumkin7.

Biomorf kod - hayvonlar yoki o'simliklar bilan bog'liq kod bo'lib, uni hayvonlar, hasharotlar, qushlar va o'simliklar nomi aks ettiradi. Inson o'zini tabiatning qismi sifatida tasavvur etadi. Tabiatda uning eng yaqin qo'shnilari esa hayvonot hamda o'simliklar olami vakillaridir. D.Tosheva o'zining tadqiqotida o'zbek tilidagi frazemalarda eng faol qo'llanuvchi zoonimlar sirasiga it, ilon, ot, eshak, qush, quyon, tuya kabi jonivorlarni kiritish mumkinligini bayon etadi . Ularning turli xususiyatlari va insonga xos bo'lgan xususiyatlar, harakatlar bilan

6 Базарова Д.Х. История формирования и развитие зологическойтерминологии узбекского языка. - ^Фан, 1978. - С. 222.

7 Сабитова З.К. Лингвокультурология. - М.: Флинта: Наука, 2013. - С. 15-17.

268

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

o'rtasida o'xshashlik kuzatiladi. Shu bois ular bilan chog'ishtirish, ularga o'xshatish imkoniyati paydo bo'ladi. Lingvokulturologiyada zoomorf kod orqali insonning deyarli barcha xususiyatlari aks ettirilishi mumkin: jasurlik - burgutdek, qarchig'aydek; baquvvatlik - ayiqdek, arslondek, yo'lbarsdek, norday, fildek, sherdek; mashaqqatli mehnat qilish - itdek, eshakdek, molday, chumolidek; avramoq -o'rgimchakdek, ilondek kabilar shular jumlasidandir.

Shunday qilib, obrazli kuzatishlarda fauna olamiga tegishli bo'lgan etalonlar soni 83 ta bo'lib, miqdor jihatidan ikkinchi guruhni tashkil etadi. Bu, o'z navbatida, til egalarining tabiat vakillariga bo'lgan qiziqishi, va albatta, qiyoslash amaliyotin ing inson hayotida katta o'rin egallashini ko'rsatadi. Hayvonot olamining vakillari aynan insonga xos bo'lgan turli xususiyatlarni ifodalash uchun etalon vazifasini o'taganligi fikrimizni tasdiqlaydi. Buning kognitiv asosi bor, albatta. Har ikki substantsiya jonli, demak, har ikkisi harakatdaligi, kommunikatsiyaga kirisha olishi (hayvonlar signal sistemasi orqali) kabi bir qator o'xshash xususiyatlarga ega. Undan tashqari, ular qadimdan inson hayotiga hamroh bo'lib kelishgan, insonlarning doimiy do'stlari bo'lishgan, ularning izi mifologiyada, adabiyotda va maishiy turmushda mavjud. Masalan, birgina insonning jismoniy xususiyati - baquvvatlikni ifodalash uchun ayiq, arslon, yo'lbars, nor, fil, sher kabi, insonning g'ayriodatiy harakati - irg'ishlash uchun esa ot, toychoq, echki, qo'zichoq, maymun kabi ko'plab fauna vakillari nomidan etalon sifatida foydalanilganligini ko'rishimiz mumkin. Bu holat esa ko'z o'ngimizda ramziylikka uyg'unligini ko'rsatadi.

Fauna guruhiga kiruvchi zoomorf kodlarning ko'p qismini ijobiy konnotatsiyaga ega bo'lgan qahramonlar ko'rsatadi. Ko'pgina hollarda zomorf kodlar obrazini ifodalovchi qahramonlarda orqali leksemaning ma'nosida etalonlik xususiyati mavjud ekanligi ko'rinadi. Masalan, tashlanish harakatini ifodalovchi turg'un holatlarni ifodalovchi zoomorf kodlar. Bunga misol qilib, - arslon, burgut, qarchig'ay, qoplon, yirtqich(lar) kabi tashlanish harakatlari orqali etalonlar lug'at definitsiyasida shunday imkoniyat yaqqol ko'rinadi. Arslon - mushuksimonlar oilasiga mansub bahaybat yirtqich sutemizuvchi hayvon; sher; burgut -qarchig'aysimonlar oilasiga mansub katta yirtqich ovchi qush ; qarchig'ay - katta qayrilma tumshuqli, tirnoqlari uzun va o'tkir, ovga solinadigan yirtqich qush; qoplon - mushuksimonlar oilasiga mansub, mo'ynasi qalin sarg'ish tusli, qora halqa dog'lari (xollari) bor yirik sutemizuvchi yirtqich hayvon . Ko'rinadiki, dastlabki to'rtta etalonni birlashtirib turgan narsa ularning yirtqichligi, beshinchi etalonning o'zi esa aynan "yirtqich"dir, yirtqich esa "jonivor go'shti bilan ovqatlanadigan (hayvonlar, qushlar haqida)" ekani ma'lum.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

"Jonivor go'shti bilan ovqatlanish", o'z navbatida, o'sha jonivorni ovlash, unga tashlanishni nazarda tutadi.

Shunday qilib "tashlanish" ma'nosi ifodalangan turg'un o'xshatishlarda shu xususiyatni ifodalanishngm imkoniyati doimiy mavjud. Aynan bu ko'rsatilgan hayvonlar orqali insonlardagi ma'lum o'xshash harakatlar lingvomdaniy jihatdan tahlil e'tiladi metaforik bog'liqlik zanjiri hosil qilinada. Bu esa ramziylikni namoyon etuvchi uyg'unlik hisoblanadi.

Fauna guruhi vakillarining ko'pini ambivalent etalonlar deb atash mumkin. Masalan, yuqorida ko'rib chiqilgan arslon, burgut, qarchig'ay, qoplon kabi fauna vakillari tashlanish, hamla qilishni ifodalaganda yirtqichligi tufayli salbiy baholansa, shu etalonlar vositasida mardlik, baquvvatlik xususiyatlari ifodalanib, ularning ijobiy konnotatsiyasini ko'rsatadi.

Odamlar qo'lga olgan hayvonlariga dastlab vahshiylarcha munosabatda bo'lishgan. Yillar o'tib, insoniyatning hayvonlarga bo'lgan munosabati o'zgara boshlagan va asta-sekinlik bilan ulardan ayrimlarini xonakilashtirish jarayoni boshlangan. It inson tomonidan ilk bor qo'lga o'rgatilgan hayvonlardan hisoblanadi. Hayvonlarning jamiyat hayotiga kirib kelishi natijasida ularning xatti-harakati, xususiyatlari insonlarga ko'chirila boshlangan va bu xalq og'zaki ijodida turli xil maqollarning paydo bo'lishiga sabab bo'lgan. Bugungi kunda hayvon nomlari asosida shakllangan xalq maqollari turli-tuman bo'lib, ularda aynan zoomorf kodlarning ifodalanishini ko'rishimiz mumkin.

O'zbek xalq maqollarida arslon, echki, qarg 'a, toycha, ari, ilon, it, bo 'ri, eshak, sichqon kabi so'zlar xalq tajribasi natijasida yuzaga kelgan xulosalarni metaforik mazmun shaklida ifodalashda lingvomadaniy tayanch vazifasini bajaradi. Fikrimizning dalilini ushbu maqollarda ko'rishimiz mumkin. Masalan: Har toycha o'zi suv ichgan bulog'ini maqtar - ushbu maqol ko'chma ma'noda ifodalangan bo 'lib, maqolning zamirida har bir kishi o'zining chanqog'ini qondirgan suvni, ya'ni inson o'zi uchun foyda keltirgan narsani maqtashi kabi ma'no yotadi. Kimki, o'zining foydasi uchun biror makon, yoki biror kimsadan yaxshilik ko'radigan bo'lsa, u inson uchun unitilmasligi va maqtashi nazarda tutiladi. Bu maqolda toycha zoomorf kodi ushbu mazmunni ochib berishga xizmat qiladi.

REFERENCES

1. Телия В.Н. Болшой фразеолгичкский словарь руского языка. - М. 2006-С. 12.

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

2. Худойберганова Д. Лингвакультрологияда маданият кодлари тушунчаси ва талкини // Узбек тили ва адабиёти - Тошкент, 2009.- № 3 B. 34.

3. Ойноткинова Н.Р. Соматический код культуры в пословицах и поговорках алтайцев // Сибирский филологический журнал - Новосиберск, 2011. - № 3. - С.

4. Собитова З.К. Лингвокультрология: учебних. -М. Флинта: Наука, 2013. -С

5. Красних В.В. Коды и эталоны культуры (приглашение к разговорь) // Язык, сознание коминикация: Сб. статей. - М.: МАКС Пресс, 2001. - С.6.

6. Usmonov F. O'zbek tilidagi o'xshatisЫammg lingvomadaniy tadqiqi. // - Andijon, 2019. - B. 25-28.

7.

5-14;

8-9.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.