Научная статья на тему 'LINGVOMADANIY KODLAR VA ULARNING TURLARI HAQIDA'

LINGVOMADANIY KODLAR VA ULARNING TURLARI HAQIDA Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
826
177
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
lingvomadaniy kodlar / somatik kod / biomorf kod / predmetli kod / madaniyat kodi / makoniy kod. / linguocultural codes / somatic code / biomorph code / subject code / culture code / spatial code.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Bo‘Riyev Islom

Maqolada lingvomadaniy kodlarning tilshunoslikda shakllanishi, ularga berilgan ta’riflar, o‘zbek tilshunosligida lingvomadaniyatshunoslik haqida mulohazalar berilgan. Shuningdek, lingvomadaniy kod turlari va ularga berilgan ta’riflar haqida ham qisqacha fikrlar bayon qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ABOUT LINGUOCULTURAL CODES AND THEIR TYPES

The article provides comments on the formation of linguocultural codes in linguistics, their definitions, linguistics in Uzbek linguistics. It also gives a brief overview of the types of linguomodic codes and their definitions.

Текст научной работы на тему «LINGVOMADANIY KODLAR VA ULARNING TURLARI HAQIDA»

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 8

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

LINGVOMADANIY KODLAR VA ULARNING TURLARI HAQIDA

Bo'riyev Islom

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti magistranti

ANNOTATSIYA

Maqolada lingvomadaniy kodlarning tilshunoslikda shakllanishi, ularga berilgan ta'riflar, o'zbek tilshunosligida lingvomadaniyatshunoslik haqida mulohazalar berilgan. Shuningdek, lingvomadaniy kod turlari va ularga berilgan ta 'riflar haqida ham qisqacha fikrlar bayon qilingan.

Kalit so'zlar: lingvomadaniy kodlar, somatik kod, biomorf kod, predmetli kod, madaniyat kodi, makoniy kod.

ABSTRACT

The article provides comments on the formation of linguocultural codes in linguistics, their definitions, linguistics in Uzbek linguistics. It also gives a brief overview of the types of linguomodic codes and their definitions.

Keywords: linguocultural codes, somatic code, biomorph code, subject code, culture code,spatial code.

АННОТАЦИЯ

В статье даны комментарии по формированию лингвокулътурных кодов в лингвистике, их определениям, лингвистике в узбекском языкознании. Также дается краткий обзор типов лингвомодических кодов и их определений.

Ключевые слова: лингвокулътурные коды, соматический код, биоморфный код, предметный код, культурный код, пространственный код.

KIRISH

Har bir millat o'zida ma'lum bir milliy an'analarni aks ettiradi. Ya'ni har bir xalqning, millatning o'z milliy an'analari, urf-odatlari mavjud. Bu ma'noda har bir inson ana shu milliylikni o'zida aks ettiruvchi muayyan madaniyat, til, tarix, adabiyotga aloqador bo'ladi. Ma'lumki, til ijtimoiy hodisa bo'lish bilan birgalikda madaniyat bilan ham uzviy bog'liqdir. Bugungi kunda insonlar, xalqlar, mamlakatlar o'rtasidagi iqtisodiy-siyosiy, madaniy hamda ilmiy aloqalar, xalqaro-madaniy kommunikativ jarayonlar tilshunoslik sohasida tillarning o'zaro munosabati va til madaniyati hamda tilning milliy o'ziga xos ko'rinishi kabi qator va madaniyatshunoslik o'rtasidagi alohida spetsifik yo'nalishi va predmetiga ega bo'lgan yangi soha - lingvokulturologiyaning yuzaga kelishiga sabab bo'lmoqda. "Lingvomadaniyatshunoslik fanga lingvomadaniy birlik, lingvomadaniyat, lingvomadaniy hamjamiyat, milliy-madaniy konnotatsiya, madaniy sema, pretsedent

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 8

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

birliklar, lisoniy ong, olamning lisoniy manzarasi kabi bir qator yangi tushunchalar olib kirdi. Ular qatorida madaniyat kodlari tushunchasi alohida mavqega ega"1.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Ma'lumki, kod va belgi tushunchalari belgilarini o'rganuvchi fan — semiotikaning markaziy tushunchalari hisoblanadi. "Sotsial axborotning har qanday moddiy ifodalovchilari belgi hisoblanadi"2 Dastlab matematika va informatika fanlari doirasida keng qo'llanishda bo'lgan kod tushunchasi gumanitar sohalarda ham qo'llanila boshlandi. Bunda belgilik xarakteriga ega til hamda madaniyat alohida ahamiyatga ega . Ular belgilar vositasida xalqning tajribasi va me'yorlarini kelgusi avlodga yetkazadi.

Lingvomadaniyatshunoslikda madaniyat kodlari olam lisoniy manzarasining muhim tarkibiy qismlaridan biri sifatida e'tirof qilinadi3. V.N. Teliyaning fikricha, madaniyat kodlari muayyan madaniy mazmunni kodlashtirish maqsadida qo'llanuvchi turli moddiy va formal vositalardan iborat ikkilamchi belgilar tizimidir4. "Madaniyat kodlari turli moddiy qobiqda — turmush realiyalari, flora va fauna vakillari va boshqalar ko'rinishida bo'lishi mumkin. Inson ongida ular umuman bilimlar, tasavvurlar, assotsiatsiyalar ko'rinishda aks etadi"5.

Amerikalik psixolog va biznes-maslahatchi K. Rapay o'zining kitobida ta'kidlashicha, kodlar ongimizda biror bir tushunchaga bog'liq bo'lgan obrazlarni belgilab beradi, ma'lum bir madaniyatda o'rinlashgan obrazning mazmunini tushunish uchun uning kodini anglash zarur bo'ladi6

Madaniyat kodlarining yana bir keng tarqalgan obrazli ta'rifi V.V. Krasnixga tegishli. U madaniyat kodlarini borliqqa tashlangan to'r sifatida tasavvur etadi. "Tafakkurimizga xos bu "to'r" bizni o'rab turgan olamni qismlarga ajratadi, tartiblashtiradi, shaklga solidi hamda baholaydi" O.A. Svirepo madaniy kodni madaniyat matnlarini o'qish uchun zarur bo'lgan asosiy tushunchalar, qadriyat va me'yorlar, ko'rsatmalar yig'indisi sifatida tushunadi7. D. Xudoyberganova madaniyat kodini insoniyatning arxtipik tasavvurlariga muvofiq keluvchi, o'zida olam haqidagi tasavvurlarni namoyon etuvchi tushunchalar va ularning lisoniy shakllari sifatida ta'riflaydi.

1 Xudoyberganova D. Lingvokulturologiyada madaniy kod tushunchasi va talqini//Ozbek tili va adabiyoti. — Toshkent, 2019. — №3. — B. 15.

2 Nurmonov A. Tanlangan asarlar. 3 jildlik. 1-jild. Toshkent: Akademnashr 2012. — B.57

3 Маслова В.А. Духовный код с позиции лингвокультурологии: единица сакрального и светского // Метафизика. - М., 2016. - №4. - С. 79.

4 Телия В.Н. Большой фразеологический словарь русского языка. - М., 2006. - С. 12

5 Ковшова М. Л. Лингвокультурологический метод во фразеологии. Коды культуры. Издю 2-е. — М. : Книжный дом «ЛИБРОКОМ», 2013. — С 174

6 Каранг: Рапай К. Культурный код. Как мы живем, что покупаем и почему. -М.: Юнайтед Пресс, 2010. - 168 с.

7 Свирепо О.А. Метафора как код культуры: Дис. ...канд. филос. наук. - Ростов н/Д, 2002. - 162 с.

Scientific Journal Impact Factor

О

Madaniyatshunoslaming xulosasiga ko'ra madaniyat kodlaгi madaniyatni tushunish kalitidir, u biror-bir shaklda kodlangan madaniy axborotni aniqlash imkonini beradi8.

Demak, yuqoridagi madaniy kod haqidagi ilmiy xulosa va talqinlardan kelib chiqib aytish mumkinki madaniy kod o'zida milliy-madaniy urf-odat, qadriyat va me'yorlarni o'zida shaгtli гavishda aks ettimvchi, гamziy va kodlangan tarzda ifodalovchi moddiy belgilar tizimidir.

Ilmiy adabiyotlarda madaniyat kodlarining turlari sifatida somatik kod, makoniy kod, tempo^ kod, predmetli kod, biomorf kod, ma'naviy kod9, antromorf kod, fazoviy kod, umshga doiï kod, tibbiy kod, me'moriy kod, sport kodi, geometrik kod, gastronomik kod, kiyim-kechak kodi10, mifologik kod, teomorf kod, rang-tus kodi kabilar qayd etilgan.

Krasnix madaniyat kodlarining asosiy turlari sifatida somatik kod, makoniy kod, temporal kod, predmetli kod, bimorf kod hamda ma'naviy kodlami ta'kidlab o'tgan. Madaniyat kodlari haqida fikr yuritganda ularni lingvomadaniy kodlar bilan aralash qo'llash holatlari uchraydi. Lingvomadaniy kod madaniyat kodining vertallashgan ko'rinishidir Ma'lumki, veгbal tilde haг qanday narsani ifodalash mumkin. Verbal til o'ziga madaniyatning otaazli kodlaгini singdiradi. Bunda kodning ifoda planida o'zgarish sodiг bo'ladi va madaniy kodlaT veгballashib, lingvomadaniy kodga aylanadi11. Shuning uchun uni lingvomadaniy kod deyishimiz to'g'гidiг

Rus tilshunosligida shakllangan madaniyat kodlari o'zbek tilshunosligida ham o^ganila boshlandi, jumladan, madaniyat kodlari haqida D^udoybe^anovaning "Lingvomadaniyatshunoslik teгminlaгining izohli lug'ati"da madaniyat kodlaгi, somatik kod, vaqtga doiï kod, makoniy kod, predmetli kod, ma'naviy kod, biomorf kod terminlari izohlab berilgan12.

Lingvomadaniyatshunoslikning eng keng tarqalgan kod turlaridan biri bu: somatik koddir. Somatik kod — bevosita inson tanasi a'zolari bilan bog'liq bo'lib, tananing umuman uning qismlari ulaTga xos bo'lgan sifatlaT, miqdoriy belgilar, jismoniy belgilar, aqliy-hissiy belgilar, imo-ishoralar barchasi qamrab olinadi, bunda inson tanasi a'zolari ko'chma ma'noda qo'llaniladi. Masalan: "qo'l" so'zi, qo'li uzun, qo'li shirin, qo'li kalta, qo'lidan kelmoq, qo'lga tushmoq, qo'ldan boy beгmoq, qo'lga olmoq; "bosh" so'zi tog'ning boshi, yo'lning boshi, ishning boshi, boshiga

8 Кононенко Б.И. Большой толковый словарь по культурологии. - М.: Вече, 2003. - С.512.

9 Красных В.В. Коды и эталоны культуры (приглашение к разговору) //Язык, сознание, коммуникация: Сб. статей. - М.: МАКС Пресс, 2001. - С.6.

10 Маслова В.А. Духовный код с позиции лингвокультурологии: единица сакрального и светского // Метафизика. - М., 2016. - №4. - С. 79.

11 Савицкий В.М. Лингвокультурные коды: к обоснованию понятия // Вестник Московского государственного областного университета. Серия: Лингвистика. №2. - С. 57.

12 Xudoyberganova D. Lingvoturkologiya terminlarining qisqacha izohli lug'ati. — Toshkent: Turon zamin ziyo, 2015.

— 46 b

Scientific Journal Impact Factor

ko'tarmoq, boshida yong'oq chaqmoq, boshiga urmoq, boshidan kechirmoq, boshi yostiqqa tekkanda, boshi ko'kka yetganda, boshi ko'kka yetmoq, boshini aylantirmoq, boshini achitmoq; "oyoq" so'zi oyoq osti bo'lmoq, oyoq osti qilmoq, oyoq tiramoq, oyog'iga bolta urmoq, oyog'iga bosh urmoq, ikki oyog'ini bir etikka tiqmoq; "yuz" so'zi yuzi chidamadi, yuziga oyoq qo'ymoq, yuziga soldi, yuz ugirdi, yuzi yorug', yuzi yerga qaradi, yuzi shuvut bo'ldi, yuz ko'rmas bo'lmoq, tilga olmoq, tili kalimaga kelmadi, til bormaydi, tilga kirmoq, tilga olmoq kabi birikmalarda inson tana a'zolari turli semalarda qo'llanmoqda lekin barchasi uchun ummumiy ma'no har biri inson tanasi a'zosi ekanligi, biroq ko'chma ma'noda qo'llanilib turli xil ma'nolarni anglatmoqda.

Predmetli kod atrofdagi predmetlar (narsa-buyumlar) bilan bog'liq kodlar bo'lib, ular birinchi navbatda millat turmushida keng o'rinlashgan, hayotning ajralmas qismiga aylangan predmetlar bilan ifodalanadi. Bunda predmetlarning hajmi (kata-kichikligi), miqdori (kam yoki ko'pligi), nima maqsadda ishlatilishi kabi ma'nolar ramziy ma'noda qo'llanilib kodlashtiriladi. Masalan: to'nini teskari kiymoq, tarvuzi qo'ltig'idan tushmoq, g'alvirni suvdan ko'tarmoq, belida belbog'i bor, yostig'ini quritmoq, xamirdan qil sug'urganday, tomdan tarasha tushganday, qoqqan qoziqdek, qozonda bori cho'michga chiqadi, quruq qoshiq og'iz yirtadi, kosasi oqarmadi, ketmoni uchmoq, ignadek sanchilmoq, boshi xumday, no'xatdek kichkina, chuchvarani xom sanamoq, childirmasiga o'ynamoq, xamir uchidan patir, tosh ko'ngil, tosh yurak, tegirmondan butun chiqmoq, tayoqni alif deguncha, qo'ynini puch yong'oqqa to'ldirmoq, pichoq suyakka yetdi, kalavaning uchini topmoq, ipidan ignasigacha, yoqasini ushlamoq, yog' tushsa yalaguday, do'ppisi tor keldi, do'ppisini osmonga otmoq, anqoning urug'i kabi birliklardagi belbog', yostiq, tarvuz, qoziq, qozon, xamir, qil, to'n, do'ppi, igna, yoqa, tayoq kabi so'zlar o'zbek lingvomadaniyatiga mansub kishilarning ijtimoiy munosabatlarni ifodalashda vosita vazifasini bajaradi.

Madaniyat kodlaridan biri bo'lgan ma'naviy kod yaxshi-yomon, chiroyli xunuk, baland-past kabi madaniy oppozitsiyalarni, xalqning axloqiy yoki diniy qadriyatlarini aks ettiruvchi kod hisoblanadi. Ko'pincha predmetli kodlar ma'naviy kodlar bilan uyg'unlashadi. Masalan: Ona yurting omon bo'lsa, rangi ro'ying somon bo'lmas; Ona yurting — oltin beshiging; Ona bilan bola — gul bilan lola;Yurgan — daryo, o'tirgan — bo'yra; Qolgan ishga qor yog'ar; Tikansiz gul bo'lmas, mashaqqatsiz — hunar; Uying tor bo'lsa ham, ko'ngling keng bo'lsin; Qalovini topsang, qor yog'ar; Non ham non, uvog'i ham non; Asal aynimas, sariyog' sasimas; Jahl dushman, aql esa do'stdir; Nimani qilsang xor, shunga bo'lasan zor; Er yigitni nomus o'ldiradi; Ko'ngli ochiqning qo'li ochiq, Qo'li ochiqning yo'li ochiq; O'ylamay qilingan ish,

Scientific Journal Impact Factor

о

Boshga keltirar tashvish; Kattaga hurmatda bo'l, Kichikka izzatda bo'l; Do'sting ming bo'lsa ham oz,

Dushmaning bir bo'lsa ham ko'p.

Hayvonlar yoki o'simliklar bilan bog'liq kodlar ham mavjud bo'lib ular biomorf kod deb nomlanadi. Bunda hayvonlar, hasharotlar, qushlar va o'simliklar nomi aks etgan bo'ladi. D. Tosheva o'z izlanishlarida o'zbek tilidagi frazemalarda eng faol qo'llanuvchi zoonimlar sirasiga it, ilon, ot, eshak, qush, quyon, tuya kabi kiritish mumkinligini bayon etadi13. Ularning turli xususiyatlari va insonga xos bo'lgan xususiyatlar, harakatlar bilan o'rtasida o'xshashlik kuzatiladi. O'xshatishlarda biomorf kod orqali insonning deyarli barcha xususiyatlarini aks ettirish mumkin14. Masalan:

— baquvvatlilik — arslondek yigit, ayiqday kuchli;

— ayyorlik — tulkiday ayyor, ilondek ichiga kirib olmoq, o'rgimchakdek to'riga — ilintirmoq;

— mehnatkashlik — eshakdek ishlamoq, chumoliday mehnatkash, itday ishlamoq;

jasurlik, mag'rurlik — burgutdek, qarchig'aydek;

— qo'rqoqlik — quyondek

— uzoq umr ko'rish ma'nosida — chinordek umr ko'rmoq;

— noziklik — gulday, niholdek;

— yuzning qizarishi — olmaday, anordek;

— ochko'zlik — bo'riday va shu kabilar. Bundan tashqari insonning g'ayriodatiy harakatlarni (irg'ishlash) o'xshatishda ot, toychoq, echki, maymun kabilardan etalon sifatida foydalaniladi.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, lingvomadaniy kodlar shu tilda so'zlashuvchi ma'lum bir millat xalqqa tegishli hisoblanadi, ya'ni har bir xalq o'zining milliy mentaliteti, urf-odatlari bo'yicha so'zlarni kodlaydi.

REFERENCES

1. Xudoyberganova D. Lingvokulturologiyada madaniy kod tushunchasi va talqini//O'zbek tili va adabiyoti. — Toshkent, 2019. — №3. — B. 15.

2. Nurmonov A. Tanlangan asarlar. 3 jildlik. 1-jild. Toshkent: Akademnashr 2012.

3. Маслова В.А. Духовный код с позиции лингвокультурологии: единица сакрального и светского // Метафизика. - М., 2016. - №4. - С. 79.

13 Tosheva D. Zoonim komponentli maqollarning lingvoturkologik xususiyatlari: Filol, fan. bo'yicha falsafa dok. diss.

— Toshkent, 2017. — 152 b

14 Usmonov F. O'zbek tilidagi o'xshatishlarning lingvomadaniy tadqiqi / Filol.fan. bo'yicha falsafa dok. diss. Andijon

— 2019

B.57

Scientific Journal Impact Factor

о

4. Телия В.Н. Большой фразеологический словарь русского языка. - М., 2006. -

5. Ковшова М. Л. Лингвокультурологический метод во фразеологии. Коды культуры. Издю 2-е. — М. : Книжный дом «ЛИБРОКОМ», 2013. — С 174

6. ^аранг: Рапай К. Культурный код. Как мы живем, что покупаем и почему. -М.: Юнайтед Пресс, 2010. - 168 с.

7. Свирепо О.А. Метафора как код культуры: Дис. ...канд. филос. наук. - Ростов н/Д, 2002. - 162 с.

С. 12

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.