Научная статья на тему 'IJOBIY ISTAK BIRLIKLARINING LINGVOMADANIY XUSUSIYATLARI'

IJOBIY ISTAK BIRLIKLARINING LINGVOMADANIY XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

216
43
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
lingvomadaniyat / nutqiy etiket / olqishlar / milliy madaniyat / duolar / folklorizm / frazeologizm / ijobiy istakni bildiruvchi maqollar / urf-odat / ma‗naviymadaniy meros / linguoculture / speech etiquette / applause / national culture / prayers / folklore / phraseology / articles expressing positive desire

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Sohibaxon Adhammirza Qizi Meliboyeva

Ushbu maqolada xalq og‗zaki ijodining og‗zaki shakli bo‗lgan ijobiy istak birliklari (duolar, olqishlar, nutqiy etiketlar)ning madaniyatimizga daxldorligi va ular orqali asrlar davomida saqlanib kelinayotgan milliy madaniyatimizning aks ettirilishi haqida fikrlar aytiladi va misollar orqali qisman yoritib beriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

LINGUISTIC CULTURAL CHARACTERISTICS OF POSITIVE DESIRE UNITS

This article discusses the relevance of positive wish units(prayers, applause, speech etiquette), which are an oral form of folk art, to our national culture, which has been preserved for centuries, and is partially illustrated with examples

Текст научной работы на тему «IJOBIY ISTAK BIRLIKLARINING LINGVOMADANIY XUSUSIYATLARI»

IJOBIYISTAK BIRLIKLARINING LINGVOMADANIY XUSUSIYATLARI

Sohibaxon Adhammirza qizi Meliboyeva

Alisher Navoiy nomidagi o'zbek tili va adabiyoti universiteti magistranti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada xalq og'zaki ijodining og'zaki shakli bo'lgan ijobiy istak birliklari (duolar, olqishlar, nutqiy etiketlar)ning madaniyatimizga daxldorligi va ular orqali asrlar davomida saqlanib kelinayotgan milliy madaniyatimizning aks ettirilishi haqida fikrlar aytiladi va misollar orqali qisman yoritib beriladi.

Kalit so'zlar : lingvomadaniyat, nutqiy etiket, olqishlar, milliy madaniyat, duolar, folklorizm, frazeologizm, ijobiy istakni bildiruvchi maqollar, urf-odat, ma'naviy-madaniy meros

LINGUISTIC CULTURAL CHARACTERISTICS OF POSITIVE DESIRE

UNITS

ABSTRACT

This article discusses the relevance of positive wish units(prayers, applause, speech etiquette), which are an oral form of folk art, to our national culture, which has been preserved for centuries, and is partially illustrated with examples.

Keywords: linguoculture, speech etiquette, applause, national culture, prayers, folklore, phraseology, articles expressing positive desire

KIRISH

Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq ajdodlarimiz tomonidan ko'p asrlar maboynida yaratib kelingan g'oyat ulkan, bebaho ma'naviy va madaniy merosni tiklash, uni o'rganish, xalqqa yetkazib berish davlat siyosati darajasiga ko'tarilgan nihoyatda muhim vazifa bo'lib qoldi . Xalqimiz o'tmishi, madaniy merosimizni o'rganish orqali o'z taqdirining chinakam egasi, o'z tarixining ijodkori, o'ziga xos milliy madaniyatimizning hisobiga aylandi. Tilshunos olimlarimizning samarali mehnatlari tufayli o'zbek tilshunosligining turli bo'lim va tarmoqlari bo'yicha muhim tadqiqotlar yuzaga kelmoqda. Shunga qaramay, tilshunoslikning ayrim sohalarida haligacha o'z yechimini topmagan muammolar oz emas. O'zbek xalqi muomala madaniyatida ko'p

qo'llanadigan jumlalar ichida shundaylari borki, ularda o'zaro muomalaga kirishgan shaxslar bir-birlariga yaxshi tilak bildiradilar. Bunday jumlalar duo qilish, biror munosabat bilan muborakbod etish, xayrlashish, salomlashish, ta'ziya bildirish kabi vaqtlarda aytiladi. Ularga xos bo'lgan umumiy xususiyat shundan iboratki, bunday jumlalar semantik va shakliy jihatdan o'zbek tilida barqarorlashib, aksariyati nutqiy etiketga aylanib qolgan va ularning barchasidan ijobiy istak mazmuni anglashiladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Rus tilshunosligida ijobiy istak birliklari keng aspektda o'rganilganligini qayd etish lozim. Bunda mazkur hodisaning ikki yo'nalishda - nutqiy etiket sifatida hamda nutq madaniyati birligi sifatida tadqiq qilinganligini kuzatish mumkin. Turkiyshunoslikda ham ushbu masala bir qator olimlar tomonidan o 'rganib chiqilgan. F.Sultonov, D.Sodibekova, Q.Y.Gadjieva, E.F.SHibirdin, A.A.Abdullinlarning tadqiqotlarida ijobiy istak birliklari nutqiy etiketlarning bir turi sifatida qayd qilingan. Mazkur ishlarda nutqiy etiketlarning leksik va semantik xususiyatlari, ularning nutqiy muloqotdagi o'rni tahlil etilib, ijobiy istak birliklarining ham o'ziga xos leksik va grammatik xususiyatlari mavjud ekanligi ta'kidlanadi. Jumladan, tatar tilshunosi A.A.Abdullin tatar tilidagi nutqiy etiketlarga bag'ishlangan dissertatsiyasi avtoreferatida nutqiy etiketlarning quyidagi vazifalarni qayd etadi: 1. Bunday birliklar muayyan nutq sharoitini aks ettiradi. 2. So'zlovchining suhbatdoshiga bo'lgan munosabatini ko'rsatadi. 3. Nutqning ma'lum bir uslubiga xoslangan bo'ladi. 4. Bunday birliklar ichida mazkur tilga oid yoki o'zlashma jumlalar bo'ladi . Ta'kidlash lozimki, ijobiy istak mazmunini bildiruvchi birliklar o'zbek adabiyotshunosligiga oid tadqiqotlarga olqish termini ostida maxsus o'rganilgan. Unda mualliflar olqishlari ijro o'rni, vazifasi va poetik tabiatiga ko'ra tadqiq etganlar. O'zbek tilshunosligida esa nutqiy etiketlar S.Mo'minov va SH.Iskandarova nomzodlik dissertatsiyasida nutqiy etiketlar sotsiolingvistik aspektda tekshirilgan bo'lsa, S.Mo'minovning doktorlik ishida o'zbek muloqot xulqining ijtimoiy - lisoniy xususiyatlari tadqiq etilgan. Mazkur ishlarda ijobiy istak mazmuniga ega bo'lgan nutqiy etiketlarning ham ijtimoiy - lisoniy jihatlari haqida fikr-mulohazalar bildirilgan.

NATIJALAR VA MUHOKAMA

Bizga ma'lumki, o'zbek tilshunosligida tilimizning lingvomadaniy xususiyatlari bo'yicha talaygina izlanishlar olib borildi. Shu jumladan, o'zida so'zlashuv nutqining

eng xarakterli xususiyatlarini namoyon etuvchi xalq og'zaki ijodiga doir manbalaming lingvomadaniy xususiyatlarini o'rganish bo'yicha ham samarali ishlar amalga oshirildi. Bugungi kun tilshunosligimizda xalq og'zaki ijodining ko'rinishlari bo'lgan maqollar, topishmoqlarning lingvomadaniy xususiyatlari, o'ziga xosliklari o'rganilib kelinmoqda. Shunga qaramay, o'zbek tilining so'zlashuv nutqiga aloqador bo'lgan ayrim til birliklari borki, bular bo'yicha izlanishlar olib borilsa, o'zbek tilining lingvomadaniy jihatlariga oid yetarlicha hal qilinmagan masalalar o'zining aniq va to'g'ri yechimini topishiga imkon yaratilgan bo'lardi. O'zbek tilidagi ijobiy istak birliklarining lingvomadaniy xususiyatlarini o'rganish masalasi shular jumlasidandir. Yuqorida sanab o'tilgan o'zbek xalq og'zaki ijodiga doir mavjud tadqiqotlar xalq og'zaki ijodi manbalarining yozma shakldagi namunalariga asoslanib olib borilgan. Bu xildagi manbalarning yozma shakldan tashqari og'zaki shakllari ham mavjud, ular yuzasidan o'zbek tilshunosligida deyarli izlanishlar olib borilmagan deyish mumkin. Mana shunday manbalardan biri ijobiy istak mazmunini ifodalovchi duolar va milliy madaniyatda qo'llanadigan nutqiy etiketlar, frazeologizmlar va ijobiy istak bildiruvchi maqollardir.

O'zbek tilida ko'p qo'llanadigan ijobiy istak birkiklari "olqishlar" termini ostida folkloristika tomonidan alohida janr sifatida maxsus tadqiq qilingan. Tadqiq materiallari sifatida o'zbek so'zlashuv nutqidagi ijobiy istakni bildiruvchi duolar, turli bayram va marosimlarda aytiladigan tilaklar, o'zaro muomala vaqtida aytiladigan, odat tusiga kirib qolgan iboralar - nutqiy etiketlar hamda rasmiy, badiiy va publitsistik asarlarda qo'llangan ijobiy istakni ifodalovchi, semantik-sintaktik jihatdan turg'un, barqaror holga kelib qolgan birliklar tanlab olingan. Xalqimiz azal-azaldan duogo'y xalq hisoblanadi. Har qanday ishni boshlashdan avval, albatta, asosan yoshi ulug' otaxon va onaxonlarimiz tomonidan duo va niyatlar qilinadi. Masalan, dasturxonga o 'tirishdan tortib to'y-hashamlar-u yig'inlarda, yangi buyum yoki narsa harid qilgandan tortib, uzoqroq safarga yo'l olganda va shu kabi hayotimizning barcha jabhasida qutlug' niyatlar va duolar qilishadi. Bu kabi ijobiy istakni ifodalovchi birliklarimiz qadimiy urf-odatlarimiz va madaniyatimiz bilan chambarchas bog'liq va o'zida milliy madaniyatimizni yaqqol aks ettiradi. Chunonchi, "boshing to'ydan chiqmasin", "uvali-juvali bo'lgin" serfarzand, serdavlat bo'lgin", "o'zingdan ko'payib yurgin" "qo'sha qarigin", "qo'ni-qo'shni oldida yuzing yorug' bo'lsin" kabi ijobiy istakni ifodalovchi birliklarda xalqimizning o'ziga xos turmush madaniyatlari yaqqol aks etgan.

"Boshing to'ydan chiqmasin" deb aytiluvchu bu kabi olqish-istag jumla orqali xalqimizning to'y-hasham uchun o'chligi, har bir yaxshi kunida xalqqa osh berib to'y-

bazmlar, ehsonlar qilish an'anasi aks etgan. "Topganing to'ylarga buyursin" deya halol mehnat bilan topgan daromadlarini faqat yaxshi to'ylarga xizmat qilishini niyat qilinadi. "UvaH-juvaH bo'lgin" "serfarzand, serdavlat bolgin", "o'zingdan ko'payib yurgin" kabi ijobiy istak birliklarimizda ham aynan o'zbek milliy madaniyatining eng asosiy jihatini ko'rishimiz mumkin. Bilamizki, xalqimiz qadim zamonlardan bolajon xalq, serfarzand xalq. Bolalar hayotimiz mazmuni. Bejizga "Bolali uy- bozor, bolasiz uy- mozor" deyilmagan. Yuqoridagi kabi barcha istak bildiruvchi jumlalar o'zida milliy madaniyatimizni to'laqonli aks ettirgan. Milliy madaniyatimizda har bir yangi kelin-kuyovga yuqoridagi tilaklar bildiriladi. Farzandlar ko'rib, kelgusi avlodning davomchilarini tarbiyalab voyaga yetkazishlarini duo-istaklar bilan tilashadi. Farzandga davlat sifatida ya'ni, inson hayotining butun boyligi sifatida qaraladi. Shu sababdan "serfarzand, serdavlat bo'lgin" deya niyat qilishadi.

XULOSA

Xalqimizda keng qo'llanadigan yana bir ijobiy istakni ifodalovchi jumla borki, unda ham aynan madaniyatimizni yaqqol aks ettiruvchi ifodani ko'ramiz. "Qo'sha qarigin" jumlasi aynan madaniyatimizga xos er-xotinchilik munosabatlari, vafo-sadoqat, turmush tashvishlarini birgalikda yengish, birgalikda farzandlar tarbiyalab, ularning rohatlarini ko'rish kabi munosabatlarni ifodalaydi.

"Qo'ni-qo'shni oldida yuzing yorug' bo'lsin" kabi ijobiy istakni ifodalovchi birlik orqali ham madaniyatimizning o'ziga xos jihati, ya'ni qo'ni-qo'shnichilik urf-odatlari va qo'shnilarga munosabat kabi madaniy hayotimizning bir ko'rinishi aks etgan. "Uyingga bug'doy to'lgur, yo acha de, yo xizmat qilaylik, dedim." (T.Malik) Ushbu parchadagi "uyingga bugdoy tolgur" ijobiy istak bildiruvchi jumla orqali xalqimiz turmushida nonning qadr-qimmati, bug'doy yetishtirib non qililishlik kabi madaniyatimiz o'zining ifodasini topgan. Uyda bug'doy ko'p bo'lishi, bug'doy arimasligi to'kin-sochinlik va rizq-ro'zimiz ekanligi madaniyatimiz bilan chambarchas holatda ayon bo'ladi.

REFERENCES

1. Каримов И. А. Узбекистан буюк келажак сари: маънавий кадриятлар ва миллий мулкни англашнинг тикланиши - Т., Узбекистон, 1999. -254 б.

2. Худойберганова Д.С. Узбек тилидаги бадиий матнларнинг антропоцентрик талкини. Филол. ф. дри. ... дис. автореф. -Т.: 2015

3. Маслома В.Л. Связь мифа и языка. Фразеология в контексте культуры. М.: 1991.

4. Маслова В.А. Введение в лингвокультурологию. — М.: Наследие, 1997.

5. Qo'chqorov N.N. O'zbek xalq olqishlarining janr xususiyatlari: Fil.fan.nom.diss.avtor. -Samarqand. 1994

6. Imomov K., Mirzaev T., Sarimsoqov B., Safarov O. O'zbek xalq og'zaki poetik ijodi. -T., O'qituvchi, 1990.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.