Научная статья на тему 'HAYVON NOMLARI QO‘LLANGAN MAQOLLAR TAHLILI (XORAZM SHEVALARI MISOLIDA)'

HAYVON NOMLARI QO‘LLANGAN MAQOLLAR TAHLILI (XORAZM SHEVALARI MISOLIDA) Текст научной статьи по специальности «Ветеринарные науки»

CC BY
7
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
maqol / konsept / timsol / obraz / lingvomadaniy kod / mifologik asos.

Аннотация научной статьи по ветеринарным наукам, автор научной работы — Davletova Qizlargul Rustamovna

Ushbu maqolada hayvon nomlari qo‘llangan maqollar Xorazm shevalaridagi ko‘rinishlari misolida tahlil qilingan. Tahlil jarayonida maqollarda hayvon nomlarining qo‘llanishi bilan bog‘liq lingvomadaniy xususiyatlar yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «HAYVON NOMLARI QO‘LLANGAN MAQOLLAR TAHLILI (XORAZM SHEVALARI MISOLIDA)»

HAYVON NOMLARI QO'LLANGAN MAQOLLAR TAHLILI (XORAZM SHEVALARI

MISOLIDA) Davletova Qizlargul Rustamovna

UrDU Lingvistika:o'zbek tili, I kurs magistrant https://doi.org/10.5281/zenodo.11096310

Annotatsiya. Ushbu maqolada hayvon nomlari qo'llangan maqollar Xorazm shevalaridagi ko'rinishlari misolida tahlil qilingan. Tahlil jarayonida maqollarda hayvon nomlarining qo'llanishi bilan bog'liq lingvomadaniy xususiyatlar yoritilgan.

Kalit so'zlar: maqol, konsept, timsol, obraz, lingvomadaniy kod, mifologik asos.

Ozet. Bu makalede hayvan adi kullanilan atasozlerinin Harezm lehgelerindeki gorunumu ornek alinarak incelenmi§tir. inceleme sirasinda atasozlerinde hayvan adlarinin kullanimina ili^kin dilsel ve kulturel ozellikler anlatilmi§tir.

Anahtar Sozcukler: atasozu, kavram, sembol, imge, dilsel ve kulturel kod, mitolojik temel.

Aннотация. B данной статье пословицы, использующие названия животных, анализируются на примере их появления в хорезмских диалектах. В ходе анализа были выделены лингвистические особенности, связанные с употреблением названий животных в пословицах.

Ключевые слова: пословица, концепт, символ, образ, лингвокультурный код, мифологическая основа.

Abstract. In this article, the appearance of proverbs using animal names in Khwarezm dialects has been examined by taking them as an example. During the analysis, linguistic and cultural characteristics regarding the use of animal names in proverbs were explained.

Keywords: proverb, concept, symbol, image, linguistic and cultural code, mythological

basis.

KIRISH

Maqollar murakkab va har tomonlama tadqiq etishni talab qiladigan birliklar hisoblanadi. Maqollarni ilmiy jihatdan o'rganishda juda ko'p sohalarga murojaat qilish lozim. Bu soha tadqiqi ko'pincha mahalliy xalq va uning adabiyoti bilan bog'lanadi. Shuning uchun maqollar allaqachon xalqlar madaniyatining bir qismiga aylanib ulgurgan. Jamiyatda insonlarning turmush tarziga, xulq-atvoriga, dunyoqarashiga xos bo'lgan xatti-harakatlar maqollarda hayvonlar obrazi, turli xil kasb-kor, uy-ro'zg'or, diniy tushunchalar; vaqt va o'simlik nomlari; o'zbek xalqi turmushi voqeligi hamda tabiat hodisalari kabilar orqali gavdalantiriladi.

Professor F.Abdullayev o'zbek shevalarini tadqiq qilishda dialektal matnlarga asoslanib ish ko'rishni shevalar tadqiqidagi samarador usul deb biladi. Binobarin, dialektal matnlarning bir turi dialektal maqollar bo'lib, har bir maqol yirik asar ma'nosini ifodalashi mumkin. Shuning uchun ham biz Xorazm shevalarida qo'llanadigan maqollarni semantik va lingvokulturologik jihatdan tadqiq qilish bo'yicha ilmiy ishimizni maqollarni kichik ma'noviy guruhlarga ajratib tahlil qilishdan boshladik hamda ushbu maqolamizda hayvonlar bilan bog'liq maqollar tahliliga to'xtaldik.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Ma'lumki, shevalarimiz tadqiqi tarixi XX asrning 20-yillariga borib taqaladi va bugungacha davom etib kelmoqda. Negaki shevalarni tadqiq etishga qiziqishning umumiy sabablari til istiqboliga aloqadordir. Biz milliy tilimizni ham adabiy til, ham sheva, ham milliy til

ma'nolarida tushunamiz. Adabiy tilning o'ziga xos taraqqiyot bosqichi borligi, shubhasiz, aniq, ammo shevalarimiz, lahjalarimizning taraqqiyoti va rivojlanish masalasi bahslidir.

Sheva tadqiqiga bag'ishlangan ishlar yil sayin zamonaviy tilshunoslik taraqqiyoti soyasida qolib ketayotgani sir emas. Mustaqillik yillarida soha rivojiga xizmat qiluvchi sezilarli tadqiqotlar bajarilgan. Biroq bu tadqiqotlar salmog'i o'zbek shevalarini to'laqonli tekshirishga va ularning lisoniy tabiatini aniqlashga imkon bergani yo'q.

O'zbek tili turkiy tillar orasida eng qadimiy tillardan biri bo'lib, sheva va dialektlarga juda boy til. Har bir viloyat, har bir tuman, har bir qishloqning so'zlashuv uslubi o'zining shevaviy xususiyatlari bilan bir-biridan ajralib turadi. O'zbek tilidagi shevalar va ularning xususiyatlari, tasnifi ustida V.V.Radlov, I.I.Yudaxin, Y.D.Polivanov, G'ozi Olim Yunusov, Sh.Shoabdurahmonov, F.Abdullayev, A.K.Borovkov, V.V.Reshetov, B.Hasanov, A.Ishayev, S.Rahimov kabi bir qator olimlar ilmiy ish olib borishgan. O'rganilmagan sheva va dialektlarimiz, ayniqsa lingvogeografik va monografik planda o'rganilmagan ishlar juda ko'p. Ular xalq orasida yashab kelmoqda. Shevalarimizni o'zligimizni, qadriyatlarimizni namoyon qiluvchi o'lmas va tuganmas xazina, desak mubolag'a bo'lmaydi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Aytish kerakki, bugungi kunda hayvonlar bilan bog'liq bo'lgan ya'ni, zoonim komponentli maqollar va matallarning kam tadqiq etilganligi bois, hozirda bu sohaga e'tibor qaratilmoqda. Shu qatorda, o'zbek xalq maqollari va hikmatlarida hayvon timsoli ko'pincha ma'lum bir sifat, xususiyat yoki holatlarni ifodalash uchun ishlatiladi. Bu maqollarda hayvonlar orqali ularning timsolida o'zbek xalqining tarixi, madaniyati, dunyoqarashi, yashash tarzi, hayoti, insoniylik sifatlari va yana juda ko'p shunga o'xshash sifatlar yoritilib kelingan. Bu sifatlar hayvonlar orqali ifodalangani ham tarixiy ahamiyatga ega bo'lib, qadim qadim zamonlardan odamlar mif, asotirlarga ishonganlari, ular haqidagi tasavvurlari, fikrlari, ularga nisbatan qo'rquv yoki ishonch ham ancha vaqtgacha xalq og'zidan tushmagan. Mifologik obrazlarning deyarli barchasi hayvonlar yoki tasavvurdagi maxluqlar bo'lishgan.

Turkiy xalqlarda zoologik terminlarni lingvistik nuqtai nazardan tadqiq etish qadim tarixga ega. Dastavval, zoonimlar Mahmud Koshg'ariyning "Devonu lug'otit turk" asarida keltirilgan. Lug'atda 200ga yaqin zoonimlar, shu jumladan, yuzga yaqin qush nomlari uchraydi. D.Tosheva o'zining tadqiqotida o'zbek tilidagi frazemalarda eng faol qo'llanuvchi zoonimlar sirasiga it, ilon, ot, eshak, qush, quyon, tuya kabi jonivorlarni kiritish mumkinligini bayon etadi . Ularning turli xususiyatlari va insonga xos bo'lgan xususiyatlar, harakatlar bilan o'rtasida o'xshashlik kuzatiladi. Shu bois ular bilan chog'ishtirish, ularga o'xshatish imkoniyati paydo bo'ladi. Lingvokulturologiyada zoomorf kod orqali insonning deyarli barcha xususiyatlari aks ettirilishi mumkin: jasurlik - burgutdek, qarchig'aydek; baquvvatlik - ayiqdek, arslondek, yo'lbarsdek, norday, fildek, sherdek; mashaqqatli mehnat qilish - itdek, eshakdek, molday, chumolidek; avramoq - o'rgimchakdek, ilondek kabilar shular jumlasidandir.

Hayvon nomlari asosida shakllangan maqollarni quyidagi turlarga bo'lish mumkin:

a) yovvoyi hayvon nomlari bilan bog'liq maqollar;

b) uy hayvonlari nomlari bilan bog'liq maqollar;

v) qushlar (parrandalar) nomlari bilan bog'liq maqollar;

g) qurt-qumursqa kabi hayvon nomlari bilan bog'liq maqollar.

Maqollarni lingvokulturologik jihatdan tahlil qilish uchun tadqiqotchidan katta bilim va tajriba talab etiladi. Xorazm shevalarida yovvoyi hayvon nomlari ishtirok etgan maqollar nisbatan kam uchraydi. Jumladan bo'ri nomi ishtirokidagi ushbu maqolga yuzlanamiz: Böridän bäjik

dörämid (Bo'ridan qo'zichoq tug'ilmaydi). Maqolda qo'llangan bäßk - qo'zichoq, dörämaq -tug'ilmoq so'zlariga teng keladi. Bo'ri timsoli ham nafaqat o'zbek va turkiy xalqlar, balki aksariyat dunyo xalqlari hayoti va folkloridagi mifologik qarash, milliy-madaniy yondashuvlar haqidagi bilimlarga ega bo'lishni talab etadi. Rus va Yevropa xalqlari adabiyotida bo'ri timsoli, asosan, salbiy qahramon sifatida qo'llanadi. "Ochko'zlik", "yalqovlik", "o'g'rilik", zo'ravonlik", vaxshiylik" konseptlari bo'ri timsolida tasvirlanadi. Turkiy xalqlar og'zaki va yozma addabiyotida, tarixiy manbalarida bo'ri timsoli ilk ajdod ruhi - totem sifatida talqin etiladi, maqollarda esa ham salbiy, ham ijobiy timsollarda uchraydi. Shuningdek, bo'rining inson e'tibori va e'tiqodiga xos bo'lgan tabiiy xususiyatlari mavjud. Bo'rini mard va tanti hayvon deb aytishadi. Bo'rilar o'laksaxo'r emas. Bo'ri o'z hududi, yo'liga sobit, u raqibi bilan so'nggi nafasigacha kurashadi, o'ljasini boy berishni istamaydi. Bu kabi xususiyatlar yuqorida biz ko'rib o'tgan maqolda ham bo'ri obrazi orqali mard, jasur, qat'iyatli insonlar timsolining yaratilishiga asos bo'lgan. Ya'ni, bu maqoldan bo'ridek mard, kuchli, jasur insonlardan qo'zichoqdek yuvosh, kuchsiz insonlar dunyoga kelmaydi, mazmuni kelib chiqadi.

Xorazm shevalarida qo'llaniluvchi maqollarda it, ot, mushuk, tuya, eshak, sigir, echki kabi uy hayvonlari nomlari uchraydi va ular orqali, asosan, insonlarga tegishli bo'lgan turli xil xususiyatlarga ishora qilinadi.

Dastlab, it timsoli bilan bog'liq lingvomadaniy va mifologik qarashlarni ko'rib chiqamiz va shu asosda maqollar tahlil qilamiz. O'zbek xalq maqollarida it obrazi turli insonlarga xos turli ijobiy va salbiy xususiyatlarni badiiy ifodalashda faol qo'llanadigan unsurlardan biridir. It komponenti orqali ijobiy ma'noda, asosan, sadoqat, vafodorlik konseptlari ifodalansa, salbiy ma'noda esa bir qancha konseptlar, jumladan, yalqovlik, pastlik, no'noqlik, uquvsizlik, ochko'zlik, ziqnalik kabilarni ko'rishimiz mumkin. Xorazm shevalarida qo'llaniladigan it komponentli maqollar o'rganilganda asosan, ikkinchi jihatga, salbiy xususiyatlarni ifodalashda foydalanishga, duch kelindi.

It itä bujîrdî, it qujfîyîna maqolida it obrazi orqali dangasalik konsepti ifodalangan.

Itä sarjay jarasmas maqolida tuban kimsalarning doimiy ravishda pastkashlik qilishi, bu illat ularning qoniga singib ketganligi, bunday fe'lli insonlarga yaxshilik qilish foydasiz ekanligi o'z ifodasini topgan.

Ittän boyan qurvanlîqqa yaramidî maqolida esa "nasl" konsepti ifodalangan. Unda yaxshi va yomon odat, azaliy qadriyat, halol va harom kabi tushunchalarga ishora qilingan. Maqol majoziy ma'no kasb etishi bilan bir qatorda, xalqqa to'g'ri yo'l ko'rsatsh, ajdodlar yodini xotirlab, ular ko'rsatmalariga amal qilish lozimligini ifodalaydi.

It ejäsml, at b^äslm danîmidî maqolida vaqtida qo'llab-quvvatlangan, yordamini ayamagan insonlarga xiyonat qilish, me'yordan oshish tushunchalari tanimaslik leksemasi orqali berilib, it obrazida ana shu xususiyatlarga ega insonlar timsoli ifodalanmoqda.

Tüjä mänzilm göräd.î, esäk oyoyinî teyînî.

Esäk mînîp tujaq tejini görmä, tüjä mînîp uzoqnî gözlä.

Mazkur maqollarning shakllanishida, birinchidan, tuyaning eshakka nisbatan uzoqni ko'ra olishi; ikkinchidan, tuya jonivorining eshakka nisbatan chidamliligi, uzoq vaqt suvsizlik va ozuqasizlikda yashay olishi; uchinchidan, ulov vositasi sifatida eshakka nisbatan uzoq masofaga bora olish xususiyatlari asos bo'lgan. Maqol xalqimizning madaniy fondida ana shu ikki zoonimning xususiyatlaridan va o'tmishdagi ajdodlarimiz turmush ratzidan kelib chiqqan holda keng qo'llanadi hamda tuya zoonimining o'zbek tilshunosligida ulov vositasi sifatida freym darajasiga ko'tarilishini asoslaydi.

Yuqoridagi maqolning bir necha variant va sinonimlari ham ham mavjud. "Tuyaga minsang, uzoqqa ko'z tashlabyur", "Tuyaga mingach, uzoqni o'yla", "Eshak minib, tuyoq tagini ko'rma, tuya minib, olis manzilni ko'zla". Bu bilan majozan: "Aql-idroki baland, mulohazali, ko'p o'qigan, ko'pni ko'rgan odam biror ishni qilarda, biror gapni gapirarda uzoqni ko'zlab, orqa-o'ngini o'ylab, aql- farosati bilan ish tutadi, so'z qotadi. Aqli kalta, farosati yo'q odam esa ish qilishda ham, gap gapirishda ham atroflicha mulohaza qilib o'tirmay, oqibati nima bo'lishini o'ylamay kaltabinlik bilan ish ko'radi", demoqchi bo'ladilar.

Baqraq tüjä naríy, baqraq ata xalíy.

Baqraq tüjäni barí yaxsi, baqirip turyaríi vunnanm yaxsi.

Bu kabi maqol variantlarida baqiroq tuya obrazi misolida hadeganda joni achib farzandlariga to'g'ri yo'l ko'rsatish maqsadida pand-nasihat beraveradigan ota-onalar tasvirlangan. Ularni borida qadrlash, e'zozlash hamda beminnat ko'rsatmalariga vaqtida amal qilish maqol zamiridagi tagma'no orqali bayon etilgan.

Tüjä qarrisa, balasini izinä tüsädi.

Ushbu maqolda, nafaqat, xorazm mentaliteti, balki butun o'zbek xalqi dunyoqarashiga xos mental xususiyatlar yoritilgan. Ya'ni yoshligida bor-yo'g'ini farzandlariga bag'ishlagan inson keksayganida farzandlari mehri va g'amxo'rligi bilan yashaydi.

Tüjä cöksa tüji qalar, ölsä jüki qalar maqolida tuya - er yigit, umuman olganda, inson, tuyi - inson hayoti davomida qilgan yaxshi amallari orqali orttirgan nomi, yuki - farzand(lar)i ma'nosini anglatadi. Ya'ni inson umri davomida qiladigan amallariga e'tiborli bo'lishi kerakligi hamda o'zidan keyin qoldiradigan naslining, farzandlarining, tarbiyasiga ahamiyat qaratishi lozimligi ta'kidlangan.

Gävdäsinä mair tüjä mücälä girmin qalipti.

Ushbu maqolda tuya orqali manmanlik va kibr illatlari qoralangan. Osiyo xalqlarida qadimdan o'n ikki hayvon nomi bilan ataladigan yil hisobi taqvimi (muchal) mavjud bo'lgan. Xalq orasida tanlab olingan ushbu hayvonlar haqida turli qarashlar mavjud bo'lib, ular o'zbek xalq maqollarida ham ifodalangan. Yuqoridagi maqolning kelib chiqishi ham muchal hisobi bilan bog'liq bo'lgan xalq afsonalariga borib taqaladi.

XULOSA

Xalq maqollari va hikmatlarida hayvon timsoli ko'pincha ma'lum bir sifat, xususiyat yoki holatlarni ifodalash uchun ishlatiladi. Bu maqollarda hayvonlar orqali ularning timsolida o'zbek xalqining tarixi, madaniyati, dunyoqarashi, yashash tarzi, hayoti, insoniylik sifatlari va yana juda ko'p shunga o'xshash sifatlar yoritilib kelingan. Hayvon nomlari ishtirok etgan maqollarning xorazm shevalaridagi ko'rinishlari o'rganib chiqilganda ham ana shu holatni ko'rishimiz mumkin. Ijtimoiy turmush bilan bog'liq holda, asosan, uy hayvonlari nomlari ishtirok etgan maqollar ko'pligi aniqlandi. Eshak, it obrazlari orqali, asosan, salbiy illatlarga ega insonlar timsoliga ishora qilinadi. Tuya obrazi bilan bog'liq maqollarda esa salbiy ham, ijobiy ham holatlarga duch kelindi.

REFERENCES

1 Abdullayev F. O'zbek tilining o'g'uz lahjasi. - Toshkent, " Fan", 1978.

2 Norbayeva Sh. Sa'dullayeva N. Atabayeva M. Xorazm shevalari maqol va iboralari qisqacha lug'ati - Urganch 2022.

3 Shmidt-Nielsen B., Shmidt-Nielsen K. Tuya, faktlar va ertaklar // UNESCO Courier, 1955. - No 8.

4 Абдуллаев Ф. Узбек тилининг Хоразм шевалари. T.,I961.

5 Норалиева Ш. Узбек фолклорида бури образининг мифологик асослари ва бадиий талкини. - Тошкент: АЛ-ФАБА-СЕРВИС,2013.

6 Тошева ДА. Зооним компонентли маколларнинг лингвокултурологик хусусиятлари: Филол.фанлари д-ри . дисс. - Тошкент, 2017

7 Шомаксудов Ш. Шорах,медов Ш. Маънолар махзани. - Т.: "Узбекистон миллий энциклопедияси" Давлат илмий нашриёти, 2001.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.