Научная статья на тему 'O‘ZBEK XALQ MAQOLLARINING LINGVOPOETIK TAHLILI'

O‘ZBEK XALQ MAQOLLARINING LINGVOPOETIK TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

CC BY
1197
89
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
majoz / metafora / metonimiya / jonlantirish / assonans / alliteratsiya. / allegory / metaphor / metonymy / alisolutions / assonance / alliteration.

Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — Dilnavoz Abdurahimova

Ushbu maqolada xalq maqollaridagi badiiy tasvir vositalari va ko‘chim turlari haqida fikr yuritilgan. Badiiy san’atlar, tasvir vositalari va usullarining xalq maqollari poetikasidagi oʻrni va ahamiyati ochib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

LINGUOPOETIC ANALYSIS OF UZBEK FOLK PROVERBS

This article reflects on the means and methods of artistic image in folk Proverbs. The place and importance of artistic arts, means and methods of image in the poetics of folk proverbs are revealed.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEK XALQ MAQOLLARINING LINGVOPOETIK TAHLILI»

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 2 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

O'ZBEK XALQ MAQOLLARINING LINGVOPOETIK TAHLILI

Dilnavoz Abdurahimova

Farg'ona davlat universiteti talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada xalq maqollaridagi badiiy tasvir vositalari va ko'chim turlari haqida fikr yuritilgan. Badiiy san'atlar, tasvir vositalari va usullarining xalq maqollari poetikasidagi o'rni va ahamiyati ochib berilgan.

Kalit so'zlar: majoz, metafora, metonimiya, jonlantirish, assonans, alliteratsiya.

LINGUOPOETIC ANALYSIS OF UZBEK FOLK PROVERBS

ABSTRACT

This article reflects on the means and methods of artistic image in folk Proverbs. The place and importance of artistic arts, means and methods of image in the poetics of folk proverbs are revealed.

Keywords: allegory, metaphor, metonymy, alisolutions, assonance, alliteration.

Xalq maqollarida qaysi mavzu, hayotning qaysi sohasi haqida fikr yuritilmasin, tanlangan muammo har tomonlama, atroflicha yoritiladi. Bu esa o'zbek xalqining asrlar davomida naqadar dono va aqlli ijodkor farzandlarga ega ekanini dalillaydi. Shuningdek, maqollarda tasvirni obrazli tarzda ifodalash, mazmunni ta'sirchan namoyish etish uchun badiiy tasvir vositalaridan unumli foydalaniladi. Xalq maqollari badiiyatini ta'minlab turuvchi vositalardan biri bu majozdir. U ko'chimning bir turi hisoblanib, unda o'simlik, narsa-predmetlar va hayvonlar orqali insonlarga xos bo'lgan xarakter, holatlar ochib beriladi. Hayvonlar obrazi ishtirok etgan ibratli kichik hikoyalar, ya'ni masal asosida ham majoz yotadi. Ushbu badiiy san'at vositasida donishmand xalq ochiqchasiga aytolmagan gaplari, tanbehlari, hayotiy xulosalarini turli hayvon, narsa-predmetlar obraziga yashirib, umumlashma obrazlar yaratib, hayot voqeliklaridan chiqargan xulosalarini ifoda etadi. O'zbek folkloridagi "Bir tirraqi buzoq butun podani buzadi" paremiologik birligini misol tariqasida keltirish mumkin. Uni ikki xil ma'noda: o'z va ko'chma ma'noda tushunish, qo'llash mumkin. Birinchisi, chorvachilikda kuzatiladigan holat, ikkinchisi, insonlar jamoasidagi holat ma'nosida. Majozan "tirraqi buzoq" tarbiyasi, axloqi buzilgan, saviyasi yaxshi bo'lmagan inson, "poda" esa "insonlar jamoasi, jamiyat" ma'nosida kelmoqda. Ya'ni bir tarbiya ko'rmagan, ma'naviy qashshoq kishi atrofidagi jamoaga ham ta'sir o'tkazishi, ularni ham "buzishi", tarbiyasiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkinligi bir tabiat hodisasi

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 2 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

vositasida ifodalanmoqda. O'zbek xalq maqolida esa (Bir tirraqi buzoqning butun podani buzishi) chorvachilik muhitidan kelib chiqqan. Bu kabi maqollar dastlab o'z ma'nosida qo'llangan, "kishilarning qadimiy jonli kuzatishlari asosida yuzaga kelgan maqol keyinchalik sof ijtimoiy ma'no kasb etgan".

Xalq maqollari matnida uchrovchi ko'chim turlaridan yana biri metaforadi r. U ma'no ko'chishining eng ko'p qo'llanuvchi turlaridan biri bo'lib, unga narsa-predmet, voqea-hodisalar orasidagi o'xshashliklar asos qilib olinadi. O'xshatish asosi, vosita, o'xshamish kabi unsurlarga ortiqcha izohlar berilmaganligi sababli ham qisqa shakl orqali katta mazmunni ifodalovchi maqol janri uchun asosiy vositalardan biri sanaladi. O'zbek xalq maqoli: Yutuqning kaliti - mehnat. Inson hayoti davomida nimagaki erishsa, harakati, mehnati orqali erishadi. Shu sababli ham yuqoridagi o'zbek maqolida mehnat go'yoki shuhrat eshigini ochuvchi vosita - kalitga o'xshatilmoqda. M.Shamsiyeva fikricha, metafora maqollarning semantik markazi bo'lib, etnomadaniy metaforalarning qo'llanishi maqollarni obrazli qiladi. U mazkur til jamiyatining qadriyatlar tizimi in'ikosi sanaladi.1 Masalan, "Yomon do'st - ko'lanka" Ushbu o'zbek xalq maqolida yomon do'st ko'lanka, soyaga o'xshatilyapti. Boisi, u (yomon do'st) soya singari: quyoshli kun (omadi kelgan paytda)da bor, qorong'u, yomg'irli (qayg'uli, qo'lida mol-davlati bo'lmagan kun) kunda yo'q.

Jonlantirish ham maqollar badiiyatida alohida o'ringa ega. Ushbu vosita mumtoz va zamonaviy adabiyotda keng tarqalgan she'riy san'atlardan biri bo'lib, jonsiz narsalarga jon kiritish, shaxsga xos bo'lgan harakat, belgilarni jonsiz narsalarga ko'chirishda namoyon bo'ladi. Filologiya fanlari nomzodi B.Soatov o'z risolasida jonlantirish san'ati tarixi haqida shunday yozadi: "Tarixan jonlantirish uzoq ajdodlarimizning animistik (ruhlar haqidagi) qarashlari asosida yuzaga kelgan bo'lsa-da, keyinchalik ruhlar haqidagi qarashlar ilm-fan, texnika va madaniyat taraqqiyoti tufayli barham topgach, badiiy-tasviriy vosita sifatida saqlanib qolgan"2. Jonlantirish san'atini o'zbek folkloridagi maqollarda ham kuzatish mumkin. Masalan, "Jangal o'zin bog' sanar", "Igna qayoqqa yursa, ip ham shu yoqqa yuradi", "Kekkayish - terakka yarashar" Birinchi maqolda qo'llangan "jangal" so'zi orqali o'ziga ortiqcha bino qo'ygan, kekkaygan, aslida hech narsaga arzimaydigan inson obrazi jonli ravishda gavdalantirilmoqda. Xuddi shu kabi ikkinchi maqolda "igna", "ip"; uchinchi maqolda "terak" obrazlari misolida jonlantirish san'ati hosil bo'lgan. Xullas, donishmand xalq o'z maqollarida jonlantirish san'ati orqali o'z xulosalarini obrazli va ta'sirli qilib ifodalagan. Nutqiy aloqa jarayonida ba'zi gap bo'laklarining muayyan maqsad bilan tushirilish hodisasi, ya'ni ellipsis ham maqollar badiiyatida eng ko'p kuzatiladigan

1 Шамсиева М. (2019). Узбек ва рус халк маколларидаги "бахт" ва "бахтсизлик" концептларининг киёсий тахлили // Узбек тили ва адабиёти, - Тошкент.

2 Соатов Б. (1994). Узбек халк маколларининг жанр хусусиятлари ва поэтикаси. - Тошкент.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 2 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

usullardan biri sanaladi. Bu usul mohiyatan lo'nda, qisqa shakl orqali olam-olam ma'noni ifodalovchi maqollardagi lakonizm darajasini yana-da oshishiga sabab bo'ladi. Masalan:

Ko'ngil o'yga to'lmas,

Bo'ri - qo'yga.

Yoki: Olg'irlik ofat keltirar,

Badnafslik - falokat. Berilgan maqollarning har ikkalasida ham birinchi komponentda qo'llangan harakatni ifodalovchi so'zlar (to'ymas, keltirar) maqollarning ikkinchi komponentida tushib qolgan. Ammo ularning borligi maqolning shakl va ma'nosida bilinib turadi. Har ikkala maqolda ham birinchi komponentda ishlatilgan "izoh" tushib qolgan. Ammo uning ma'nosi va ishtiroki maqol kontekstidan anglashiladi. Ko'rinadiki, har ikkala xalq maqollarida ham ellipsis hodisasi maqoldagi "izoh"ning (tilshunoslik nuqtai nazaridan kesimlarning) tushib qolishi bilan xarakterlanadi. Ma'rufjon Yo'ldoshev o'z monografiyasida ellipsis hodisasi xalq maqollari matnida juda ko'plab uchrashini yozar ekan, so'zlarning tushirilishi natijasida maqol tabiatiga

"5

xos ixchamlik va ifodalilik yuzaga kelishini alohida ta'kidlab o'tadi. Xalq maqollaridagi badiiy vositalardan yana biri parallelizmdir. U ikki narsa, voqea-hodisalarni o'zaro taqqoslash, qiyoslash orqali muayyan fikrni ifodalash uchun xizmat qiladi. Uni shartli ravishda "qiyos" san'ati deb ham atash mumkin. M.A.Ribnikova fikricha, maqollar hodisalarni qiyoslash, o'xshatish yo'li bilan tavsiflaydi. Bu ularga hodisalarni g'ayrioddiy darajada keng va erkin tarzda aniqlash imkonini beradi.4 Shu sababli bo'lsa kerak, barcha xalqlar maqollarida ushbu hodisani kuzatish mumkin: Er tug'ilsa - elning baxti,Yomg'ir yog'sa - yerning baxti. Yoki: Qiyshiq arava yo'l buzar,

Qozi, mulla el buzar. Bilamiz, er leksemasi haqiqiy, mard, jasur yigitni ifodalaydi. Uning tug'ilishi bilan yurtni himoya qiladigan, asrab-avaylaydiganlar safi yana bittaga ko'payadi. Bu esa elning baxti hisoblanadi. Xuddi shuningdek, yomg'ir qut-baraka timsoli hisoblanadi. Shu sababli yomg'ir kelishi bilan erga jon kiradi, unda ekilgan o'simliklarning unishi, o'sishi uchun zamin hozirlanadi. Bu esa ayniqsa, qurg'oqchilik, suv taqchilligi paytida er, yer timsolida esa dehqon uchun ulkan baxt hisoblanadi. Maqolda ana shu ikki hodisa parallel kelishi orqali, fikr ravshan ifodalanmoqda. Yuqoridagi ikkinchi maqolda poraxo'r qozilar, riyokor mullalar haqida so'z bormoqda. Ular o'zlarining nopok, adolatsiz ishlari bilan el orasiga g'avg'o solishi, odamlar orasini buzishi maqolning birinchi komponentidagi hayotiy misol - "qiyshiq aravaning soz yo'llarni buzishi" orqali yana ham ta'sirliroq, obrazli tarzda ifodalangan. Maqollardagi asosiy fikr ikkinchi komponentda ifodalanmoqda.

Иулдошов М. (2019). Бадиий матн лингвопоэтикаси. - Тошкент,

Рыбникова М.А. (1961). Русские пословицы и поговорки. - М.: Академии наук СССР.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 2 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

Fonetik takror usullaridan bo'lgan alliteratsiya va assonans xalq og'zaki ijodida keng qo'llanuvchi va folklor asarlari tilining jozibadorligini, o'ziga xosligini ko'rsatuvchi usullardan sanaladi. Xususan, xalq maqollarida ularning o'rni beqiyos. Ushbu fonetik takror usullariga ko'ra, maqol matnidagi bir xil yoki ohangdosh tovushlar takrorlanib, o'ziga xos ritmni vujudga keltiradi. Bunda undosh tovushlar uyg'unligi alliteratsiyani, unli tovushlar hamohangligi assonansni hosil qiladi. Tadqiqotchi B.Soatov fonetik birliklarning muayyan ritmik pozitsiyada takrorlanib kelishi xalq maqollaridagi ohangdorlikni, metrik simmetriyani yuzaga keltirishini alohida ta'kidlaydi.5 Shu sababli ham maqol eshituvchi xotirasida oson o'rnashadi, talaffuz jarayonida esa kishiga estetik zavq beradi. Alliteratsiyaning maqol badiiyatidagi eng asosiy vazifalaridan yana biri uning maqollar talaffuziga o'ynoqilik va ritm, estetik-intonatsion butunlikni berishidir. Masalan, "Ko'p ko'rgan, ko'p bilar", "Bir bosh - balo bosh, Ikki bosh - mardona bosh" maqollarida "b", "sh" tovushlari undoshlar uyg'unligi

- alliteratsiyani; "Ot ko'rmagan ot ko'rsa, Otxonada ot chopar", "O'zing o'yda bo'lsang ham, o'ying uyingda bo'lsin" maqollarida "o", "o'" unlilari assonansni yuzaga keltirgan. Xalq maqollari poetikasida ko'zga tashlanuvchi tovushlar uyg'unligi (alliteratsiya, assonans, anafora), ma'no ko'chish turlari (sinekdoxa, metafora, metonimiya, kinoya, majoz), badiiy-stilistik vositalar (takror, qisqartirish) kabilarning qo'llanishi ularning badiiy-estetik ta'sirchanlik vazifasini yanada oshiradi, kishilar xotirada oson saqlanib qolishiga yordam beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Ganieva D. A. SYNCRETISM AND POLYFUNCTIONALITY OF AUXILIARY VERBS IN INFLECTIONAL AND AGGLUTINATIVE LANGUAGES //INNOVATIVE DEVELOPMENT IN THE GLOBAL SCIENCE. - 2022. - Т. 1. - №. 5. - С. 122-131.

2. Ganieva S. A. The Problem of Structural Study of the Uzbek Phraseologisms.

3. ISKANDAROVA S. H. M., Iminjanova H. Z. THE TASKS OF PARTS OF SENTENCE IN THE WORKS OF A. NURMONOV //THEORETICAL & APPLIED SCIENCE Учредители: Теоретическая и прикладная наука. - 2021. - №. 12. - С. 365-367.

4. Ганиева Д. А. Полифункциональность аргументов предиката //Вестник ЮжноУральского государственного гуманитарно-педагогического университета. - 2011.

- №. 8. - С. 183-190.

5 Соатов Б. (1994). Узбек халк маколларининг жанр хусусиятлари ва поэтикаси. - Тошкент.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 2 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

5. Искандарова Ш. М., Худайкулова У. А. ВЫРАЖЕНИЕ ДИФФЕРЕНЦИАЛЬНЫХ СЕМ В ЗАГАДКАХ //Ученый XXI века. - 2016. - №. 34.

6. Йулдошов М. Бадиий матн лингвопоэтикаси. - Тошкент. 2019

7. Соатов Б. Узбек хал; маколларининг жанр хусусиятлари ва поэтикаси. -Тошкент. 1994.

8. Шамсиева М. Узбек ва рус хал; маколларидаги "бахт" ва "бахтсизлик" концептларининг киёсий тахлили // Узбек тили ва адабиёти, - Тошкент. 2019.

9. Шодия А. Г. Субъектная валентность фразеологизмов узбекского языка //Перспективы развития научных исследований в 21 веке. - 2014. - С. 123-125.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.