Научная статья на тему 'O’ZBEK VA NEMIS MAQOLLARINING TEMATIK QIYOSI'

O’ZBEK VA NEMIS MAQOLLARINING TEMATIK QIYOSI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

825
82
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
maqol / tematik / o‟zbek tili / nemis tili / o‟zbek maqoli / nemis maqoli

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Mohigul Tojiddinovna Azimova, Mavjuda Shokirovna Boqiyeva

Ushbu maqolada biz nemis tili va o‟zbek tillaridagi maqollarning tarjimasi, ma‟nosi va ularning o‟xshash va noo‟xshashliklari tahlil qilingan. Shu bilan birga nemis tili va o‟zbek tillaridagi maqollarning tematik qiyosi o‟rganilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O’ZBEK VA NEMIS MAQOLLARINING TEMATIK QIYOSI»

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-496-499

O'ZBEK VA NEMIS MAQOLLARINING TEMATIK QIYOSI

Mohigul Tojiddinovna Azimova

Andijon davlat universiteti o'qituvchisi

Mavjuda Shokirovna Boqiyeva

Andijon davlat universiteti o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada biz nemis tili va o'zbek tillaridagi maqollarning tarjimasi, ma'nosi va ularning o'xshash va noo'xshashliklari tahlil qilingan. Shu bilan birga nemis tili va o'zbek tillaridagi maqollarning tematik qiyosi o'rganilgan.

Kalit so'zlar: maqol, tematik,o'zbek tili, nemis tili, o'zbek maqoli, nemis maqoli

KIRISH

Maqollar kishilarni doim yaxshilikka va ezgulikka, rostgo'ylikka, ilm olishga, kattaga hurmat va kichikka izzatda bo'lishga, kamtarlikka, halol mehnat bilan kun kechirishga, bir-biriga sadoqatli va mehr-oqibatli bo'lishga undab kelgan. Shu tufayli ham maqollar ifodalayotgan ma'no, chiqarilayotgan hukmga ko'ra turli mavzularni qamrab oladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Endi esa biz o'zbek va nemis xalq maqollarida e'tiborga olingan tematik jihatlarni o'zaro qiyoslab chiqsak. Avvalo, o'zbek va nemis maqollarining tematik jihatdan solishtiradigan bo'lsak, ularda umuminsoniy qadriyatlar, fazilatlar va odatlar, falsafiy tushunchalar har ikki xalq maqollarining asosiy mavzusini belgilaydi. Masalan:

a) "Mein Nest ist das beste"( So'zma-so'z: Mening uyim eng yaxshisi), "Mein Haus ist mein Burg " (So'zma-so'z: Mening uyim-mening qal'am) nemis maqoli va unga muqobil o'zbek maqoli "O'z uying-o'lan to'shaging"da maqolida vatan mavzusi;

b) "Wo Friede, da Glück"(Qayerda tinchlik bo'lsa, o'sha yerda baxt bor) nemis maqoli va unga muqobil o'zbek maqoli "Tinchlik baxt keltirar"da tinchlik mavzusi,

c) "Zeit ist Gold"(Vaqt bu pul), "Heute ist besser als zehn Morgen"(Bugun o'nta ertadan yaxshiroq), "Früh auf, gut Lauf"(Erta turganning yo'li ochiq) kabi

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-496-499

nemis maqollar va unga muqobil "Vaqtin ketdi - naqding ketdi", "Erta turgan ish bitirar, kech turgan ko'p turtinar" maqollarida vaqtni, umrni qadriga yetish;

d) "Arbeit macht das Leben suß"(Mehnat turmushni shirin qiladi), "Erst die Arbeit dann das Spiel"(Avval ish, keyin o'yin) nemis maqollarida, o'zbekcha "Mehnatdan kelsa boylik, turmush bo'lar chiroylik" esa mehnatni ulug'lash;

e) "Einigkeit ist die stärkste Stadtmauer"(Birdamlik eng mustahkam devor), "Eintracht bringt Macht"(Hamjihatlik kuchga to'ldiradi) nemis maqollari va unga muqobil o'zbekcha —Kuch birlikdall, —Hamjihatlik quvvat, birdamlik davlatl maqollarida birlik, totuvlik mavzusi;

f) "Gesunder Mann, Reicher Mann"(Sog' odam, boy odam), "Gesundheit ist der größte Reichtum"(Sog„lik katta boylik) nemis maqolari ularga muqobil o'zbek maqoli "Sog'lik tuman boylik"maqollarida sog'lik va uning ahamiyati;

g) "Wer ein Kalb siehlt, stieht eine Kuh"(Buzoqni og'irlagan, sigirni ham o'g'irlaydi)

"Wer mit Hinkenden umgeht, lernt hinken" (Oqsoq bilan yursang, oqsashni o'rganasan) nemis maqollari va ularga muqobil "O'rgangan ko'ngil o'rtansa qo'ymas", "Qozonga yaqin yursang qorasi yuqadi"o'zbek maqollarida yomonlik hamda yomonning boshqalarga ta'siri;

h) "Ein Affe bleibt als ein Affe"(Maymun maymunligicha qoladi), "Der Fuchs ändert den Balg und bleibt ein Schalk"(Tulki terisini o'zgartirsa ham ayyorligicha qoladi), "Als Esel geboren als Esel gestorben"(Eshak bo'lib tug'ilgan, eshak bo'lib o'ladi) nemis maqollari, "Qazisan, qartasan, asl naslingga tortasan", "Eshakni Makkaga olib borsang ham halol bo'lmas" kabi o'zbek maqollarida insoniylik ulug'lanib, insoniy xususiyatga ega bo'lmagan insonning to umrining oxirigacha shu holatda qolishi kabi masalalar o'z aksini topgan.

Ko'rinib turganidek, maqollarning mavzu ko'lami juda keng. Ular qamrab olmagan jabha yo'q. Bu jihatdan har ikki xalq maqollari bir-biridan qolishmaydi. Bu holatni biz maqollar muqobilida yana kuzatamiz. Dunyodagi barcha xalqlar og'zaki ijodida maqollarchalik shakli va ifoda etayotgan, bildirayotgan mazmunichalik bir-biriga juda yaqin, hatto aynan bir xil bo'lgan janr yo'q. Bu holatni biz faqat maqollarda ko'rishimiz mumkin. Fikrimizning isboti sifatida o'zbek va nemis maqollaridagi o'xshashliklarni ko'rib chiqsak.

Nemischa "Der Ton macht Musik"(Tovushlar musiqa yaratadi) maqolida tovushlar birgalikda birikgandagina bir ish(musiqa) chiqara olishi ma'nosi hayotiy o'xshatma orqali berilayotgan bo'lib, o'zbekcha "Kuch birlikda" yoki "Birlashgan o'zar, birlashmagan to'zar" maqoliga to'g'ri keladi. Shuningdek, yana bir nemischa —Begossene Hunde furchten das Wesser" (Cho'kkan kuchuk suvdan qo'rqar) maqoli Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan

Academic Research, Uzbekistan 497 www.ares.uz

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-496-499

o'zbekcha "Og'zi kuygan qatiqni ham puflab ichar" maqoliga, nemischa "Der Appetit kommt beim Essen " (Ishtaha ovqat paytida keladi) maqoli o'zbekcha "Har ishning o'z vaqti bor", nemischa "Löwen fangen keine Mäuse" (Sherlar sichqon ovlamaydi) maqoli o'zbekcha "Teng tengi bilan tezak qopi bilan " maqoliga, "Den Esel erkent man an den Ohren und an den Worten der Toren" (Eshakni qulog'idan taniydilar, ahmoqni - so'zidan) maqoli o'zbekcha "Sen menga do'stingning kimligini ayt, men senga sening kimligingni aytaman" maqoli anglatgan ma'noni ifodalab, unga muqobil (ekvivalent) bo'la oladi. Bu qatorni yana uzoq davom ettirish mumkin.

NATIJALAR VA MUHOKAMA

Yana shuningdek, o'zining janr xususiyatlariga ko'ra xalqaro janr sanalgan maqollarning o'zbek maqollariga muqobil bo'lgan variantlari boshqa xalqlar ijodida ham uchraydi. Masalan, o'zbek va boshqa xalqlar maqollaridagi o'zaro mushtaraklik va farqli jihatlarni tahlil qilish orqali fikrimizni isbot qilsak. Rus maqollaridan biri: "Insonni kiyimiga qarab kutib oladilar, bilimiga qarab hurmat qiladilar" yoki mo'g'ullardagi "Insonni tashi bilan kutib olinadi, ichi bilan kuzatiladi" maqoli o'zbek xalq maqollaridagi: "Kiyimiga qarab kutib oladilar, muomalasi(so'ziga)ga qarab kuzatib qo'yadilar maqoliga, ruminlardagi "Kimdir sizni bir marta aldasa ayb unda. Ikkinchi marta aldansangiz, ayb sizdadir" yoki nemislardagi "Birinchi marta hech narsa emas" maqollari o'zbeklardagi "Mo'min chayon inida bir marta chaqiladi" yoki "Ko'r hassasini bir marta yo'qotadi" maqollariga, yapon xalq og'zaki ijodidagi "Birinchi rafiqani senga xudo, ikkinchisini insonlar, uchinchisini shayton jo'natadi", gollandlardagi "Bir marta uylanish vazifa, ikkinchi marta uylanish ko'ngil ochish, uchinchisi azobdir" maqoli o'zbeklardagi "Birinchi baxt baxt, ikkinchisi qora baxt" maqoliga, nemislardagi "Ko'zlar o'zlariga, quloqlar boshqalarga ishonadilar" maqoli o'zbeklardagi "Eshitganingga emas, ko'rganingga ishon" maqoliga, amerika xalqlaridagi "Birlashish boshlanishdir, birlikka erishish taraqqiyotdir, birlikda ishlash muvaffaqiyatdir" yoki nemislardagi "Tovushlar birgalashib musiqa yaratadi" maqoli o'zbekcha "Kuch birlikda" yoki "Birlashgan o'zar, birlashmagan to'zar" maqoliga, muqobil bo'la oladi. Bunday maqollarni ko'plab sanash mumkin. Ulardagi o'xshashliklarning boisi esa xalqlar orasidagi o'zaro yaqinlik va umuminsoniy jihatlarga asoslanishidadir. Ammo ular badiiyati, qo'llanayotgan ramz, majoz, o'xshatishlari bilan bir-biridan farq qiladi.

XULOSA

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-496-499

Shuningdek, nemis maqollari ichida o'zbek maqollariga ekvivalent maqollar bilan bir qatorda yana shunday maqollarni uchratamizki, ular o'zbek xalq maqollari orasida uchramaydi. Ularga misol qilib, "Durch Schaden wird man klug"(Kulfat kishini hushyor qiladi), "Redden ist Silber, Schweigen ist Gold "(So'zlash kumush, jim turmoq(sukut saqlamoq oltindir), "Halbes Wissen ist kein Wissen "(Chala bilim bilim emas), "Salz und Brot machen die Wangen rot" (Tuz va non yuzni qizil qiladi), "Was dem Herzen gefält, das suchen die Augen " (Yurak nimani xohlasa, ko'z shuni qidiradi), "Wo viel Licht ist, ist starker schatten"(Nur ko'p bo'lsa, soya ham ko'p bo'ladi ), "Das Gerücht tötet den Mann"(G'iybat odamni o'ldiradi), "Die erste Gedanke ist nicht immer das Beste" (Ilk taassurot aldamchi) kabilarni bunga misol qilib keltirish mumkin.

Bu holatni boshqa xalq og'zaki ijodida uchrovchi maqollarda ham kuzatish mumkin. Boshqalarga ta'na qilgandek o'zingga ta'na qil, o'zingni kechirganing kabi boshqalarni kechir (xitoy maqoli), —Qadah ichiga dengizga g'arq bo'lganlardan ko'p kishi g'arq bo'ladi (nemis xalq maqoli), —Oltin olov bilan, ayol oltin bilan, erkak ayol bilan imtihon qilinadi (Amerika maqoli), —Yigit urushda, do'st dardda, komil inson g'azabi kelganda ma'lum bo'ladi (arab maqoli), —Qarz berarkansan, yo pulni, yo do'stni yo'qotasan ( Alban maqoli), —Ishq bilan aksirish hech qachon yashirilmaydi( Avstraliya maqoli), —Haqiqiy sevgi ayriliqda unutilmas (Belgiya maqoli), —Sevish kamon chalish kabidir, bilmagan yomon kuylar chiqaradi (Boliviya maqoli), —Ko'kdagi yulduzlarni emas, erdagi suruvlarni ko'proq sana (bolgar maqoli) maqollarini keltirish mumkin. Ular tashiyotgan ma'no esa kishini o'z-o'zidan hayratga soladi va o'z-o'ziga bo'lgan talabni yana bir oshirishga undaydi.

REFERENCES

1.Safarov O. O'zbek xalq og'zaki ijodi. - T.: Musiqa, 2010.

2.Узбек халк маколлари. Нашрга тайёрловчилар: Афзалов М., Худойберганов С., Иброхдмов С. - Т.: Давлат бадиий адабиёт нашриёти, 1958.

3. Узбек халк маколлари. I жилд (А-О) - Т.:Фан, 1987.

4.Кушоков М. Суз курки макол// Ёш ленинчи, 1963 йил 7май № 55 (5872)

5. Якубова М. Узбек маколларининг Fарб халклари фолклоридаги маънодош мукобиллари// Илм сарчашмалари, 2013 йил 7-8 сон

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.