Научная статья на тему 'ABDULLA QAHHOR HIKOYALARIDA MAQOL VA MATALLARNING QO’LLANISHI'

ABDULLA QAHHOR HIKOYALARIDA MAQOL VA MATALLARNING QO’LLANISHI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
4548
354
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ibora / maqol / matal / ko’chma ma’no / epigraf / mavzu / munosabat / antonimiya / sinonim / sodda gap / sintaksis / millat / Abdulla Qahhor / fosh qilmoq. / phrase / proverbs / sayings / figurative meaning / epigraph / subject matter / attitude / antonymy / synonym / simple sentence / syntax / nation / Abdulla Qahhar / reveal

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Abdullayeva, Nozima Anvarxonovna, Mirzayeva, Dilshoda Ikromjonovna

Maqolada xalq badiiy san’atining namunasi bo’lgan maqol va matallarning o’zaro farqli jihatlari, badiiy asarlarda qo’llanishi maqsadvazifalari, asarni ma’nodor qilishdagi ahamiyati va ularning o’quvchiga qanday yetkazib berilishi haqida Abdulla Qahhor asarlari misolida o’rganib chiqiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE USE OF PROVERBS AND MATTALS IN THE STORIES OF ABDULLA QAHHOR

In the abstract the differences between proverbs and sayings, the aim of the usage in the literature, the importance of interpreting the work meaningful and implying them to the reader by means of proverbs and sayings are searched by the works of uzbek writer Abdulla Qahhar.

Текст научной работы на тему «ABDULLA QAHHOR HIKOYALARIDA MAQOL VA MATALLARNING QO’LLANISHI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ABDULLA QAHHOR HIKOYALARIDA MAQOL VA MATALLARNING

Maqolada xalq badiiy san'atining namunasi bo 'lgan maqol va matallarning o'zaro farqli jihatlari, badiiy asarlarda qo 'llanishi maqsad- vazifalari, asarni ma'nodor qilishdagi ahamiyati va ularning o'quvchiga qanday yetkazib berilishi haqida Abdulla Qahhor asarlari misolida o'rganib chiqiladi.

Kalit so'zlar: ibora, maqol, matal, ko'chma ma'no, epigraf, mavzu, munosabat, antonimiya, sinonim, sodda gap, sintaksis, millat, Abdulla Qahhor, fosh qilmoq.

In the abstract the differences between proverbs and sayings, the aim of the usage in the literature, the importance of interpreting the work meaningful and implying them to the reader by means of proverbs and sayings are searched by the works of uzbek writer Abdulla Qahhar.

Keywords: phrase, proverbs, sayings, figurative meaning, epigraph, subject matter, attitude, antonymy, synonym, simple sentence, syntax, nation, Abdulla Qahhar, reveal

Har bir xalq va millat o'zining yashash sharoiti, ijtimoiy holati, tarixi va buguni, erishgan yutuqlari hamda yo'qotganlarini ma'lum bir qolipga solib, ulardan tajriba o'rgangan holda xalqqa tegishli bo'lgan hikmatli so'zlar, maqol va matallarni yaratadi va ular umumxalq mulki hisoblanadi. Ushbu maqollarni oddiy kishilar kundalik so'zlashuvida, adabiyot vakillari esa yaratayotgan ijod namunalarida ularni sayqallash uchun qo'llaydi. Xalq maqollari shaxs nutqini bezashga, uni so'zamol qilib ko'rsatishga yordam bersa, yozma adabiyotda esa asarni yanada ta'sirchan, tushunarli bo'lishini ta'minlaydi. Hamda maqollar o'quvchini asarni yengil o'qa olishiga, maqol mazmuni va unda ishlatilayotgan so'zlariga, badiiy san'atiga qarab asar yaratilgan zamon haqida ham keng tushuna olishiga turtki bo'ladi.

QO'LLANISHI

Abdullayeva Nozima Anvarxonovna

Farg'ona Davlat Universiteti Lingvistika (ingliz tili) yo'nalishi magistranti

nozima.anvarxonovna@gmail.com Mirzayeva Dilshoda Ikromjonovna, PhD

Farg'ona Davlat Universiteti

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Maqollar haqida turli tilshunos va adabiyotshunos olimlar o'z fikrlarini qayd etganlar. Maqollar ko'pincha qofiyali tarzda, saj' yoki tazod san'atiga xos tuzilishda bo'ladi. O.Safarov maqollarni o'rganib, ularni she'riy yoxud nasriy shaklidan qat'iy nazar, ular epik yoki lirik turga mansub emasligini izohlaydi. O'zbek tilining izohli lug'atida maqol so'ziga quyidagicha ta'rif beriladi: Maqol- maqola, kichik asar , so'z, nutq, hayotiy tajriba asosida xalq tomonidan yaratilgan, odatda pand-nasihat mazmuniga ega bo'lgan ixcham, obrazli, tugal ma'noli va hikmatli ibora , gap. "Sut bilan kirgan, jon bilan chiqar" (A.Qodiriy Mehrobdan chayon). Maqollarda istiora, o'xshatish, sifatlash, qiyoslash kabi tasviriy vositalardan ko'p foydalaniladi. Maqollar so'z turkumlariga boy bo'lib, ot, sifat, son, ravish va fe'llardan she'riy yoki nasriy qofiya orqali tuziladi. Shuningdek, antonimiya, ma'no kuchaytirish, sifatlash, jonlantirish kabi san'atlar faol ishtirok etadi. Maqollarni qo'llashdan dastlabki maqsad ta'lim -tarbiya bo'lib, nafaqat yosh avlodni balki katta yoshdagilarni ham tarbiyalashda muhim o'rin tutadi. Bundan tashqari vaziyatga oqilona baho berishda (Olmani tagiga olma tushadi, Qush uyasida ko'rganini qiladi) so'zlovchi nutqida ishlatiladi.

To'ra Mirzayev maqollarning o'rganilishi haqida " Maqolga adabiy nuqtayi nazardan qiziqish, asar badiiyligini oshirish va badiiy til ravonligini ta'minlash uchun undan foydalanish hamma zamon so'z san'atkorlarining diqqat markazida bo'lgan. Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yassaviy, Rabg'uziy, Lutfiy, Alisher Navoiy, Bobur, Abulg'ozi Bahodirxon, Munis, Ogahiy, Nodira, Muqimiy, Furqat, Avaz, Hamza, Sadriddin Ayniy, Fitrat, Cho'lpon, Abdulla Qodiriy, Oybek, G'afur G'ulom, Abdulla Qahhor va boshqa o'nlab ijodkorlarning asarlari sinchiklab o'rganilsa, ularning tarkibida qanchadan qancha maqollar ba'zan aynan, ba'zan o'zgargan holda mavjudligiga ishonch hosil qilamiz", deb fikr bildiradi.

Shuningdek, maqol kabi matal ham xalq og'zaki ijodida donolik, so'zamollik namunasi bo'lib, aksar hollarda maqol bilan birga ifodalanadi yoki adashtiriladi. So'z boyligi yaxshi bo'lgan kishilar matallardan o'z o'rnida foydalanib, tinglovchini o'zlariga jalb qila oladilar.

O'zbek tilining izohli lug'atida matal so'ziga quyidagicha ta'rif beriladi: Matal (1. Tugal ma'no ifodalamaydigan obrazli ibora, hikmatli so'z (qizil qor yoqqanda, tuyaning dumi yerga tekkanda). 2. Qissa, masal Qulmurodning mataldek bo'lib eshitilayotgan dard -alamli hikoyasi ostida Shokir qachonlar uyqu daryosida g'arq bo'lgan edi. (S.Ayniy, Qullar)

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

O.Madayev fikriga ko'ra, maqol va matallar bir-biriga shakl va mazmun jihatdan yaqin, ammo maqollar nisbatan mustaqil janr bo'lib, matalda bu mustaqillik ko'zga tashlanmaydi. Quyidagilarni matalga misol qilib keltiradi: Alifni kaltak deydi.Attorning qutisida ham yo'q gaplar. Betga chopdi. Bilsa hazil, bilmasa chin. Bor otangga, bor onangga. Igna tashlasang, yerga tushmaydi. Oyog'ingni qo'lingga olib yugur. Popugi pasayib qoldi. Tomdan tarasha tushganday.

Ma'lumki, A.Qahhor o'z asarlarida eng ko'p xalq donishmandlik namunalariga murojaat qilgan yozuvchi. U asar nomi, epigrafi, dastlabki abzasi, tarkibi yoki xulosa qismida maqollarni ishlatib, asar mazmundorligini oshirgan hamda ular asar tarkibining mustahkam ajralmas qismiga aylanishiga xissa qo'shgan.

Abdulla Qahhor hikoyalarini tahlil qilganda, asardagi maqollarni hikoyalarning qaysi o'rnida ishlatgani, maqollardan foydalanishdagi maqsadi nima, maqollar gapda qanday vazifani bajarishi hamda ular sintaktik jihatdan o'zgartirilganligi ko'rib chiqiladi.

Abdulla Qahhor "O'g'ri" hikoyasining epigrafida "Otning o'limi, itning bayrami" deb yozadi. Epigrafni o'qiboq o'quvchi hikoyaning mavzusi kimningdir qiyin vaziyatga tushib qolishi boshqa birovga xursandchilik olib kelishi mumkinligini anglab yetadi. Bunda o'lim va bayram so'zlari antonim sifatida qo'llangan. Ot va it ham salbiy qarama-qarshilikni keltirib chiqaradi. Maqolning tuzilishiga hech qanday o'zgarish kiritilmagan va asl holicha qoldirilgan. Shuningdek, hikoyada "Begim deguncha belim sinadi", "Tekinga mushuk oftobga chiqmaydi", "Berganga bitta ham ko'p, olganga o'nta ham oz", "Quruq qoshiq og'iz yirtadi", "O'ynashmagil arbob bilan - seni urar har bob bilan" kabi maqollar asar bosh qahramonining nochor holda qolgan bo'lsada, yakkayu yagona boquvchi sigirini topish uchun qo'lidan kelganicha yuqori mansabdagi shaxslarga sovg'a-salomlar ulashib, bor-budini sovirishi nazarda tutiladi va bu holat hikoya oxirigacha davom etadi.

"Bemor" hikoyasi epigrafida Qahhor uslubiga xos bo'lgan qisqa va lo'nda "Osmon yiroq, yer qattiq" maqoli qo'llanadi. Bunda osmon va yer o'zaro qarama-qarshi tushunchalar bo'lib, kambag'al va omi kishining vaziyatdan chiqib keta olmasligi, hech qanday imkoni yo'qligini ta'riflaydi . Ushbu hikoyada bemorga qarashga mablag'i bo'lmagan turmush o'rtog'ining holatiga nisbatan "Bunday paytlarda yo'g'on cho 'ziladi, ingichka uziladi" maqolidan foydalanilgan. Yo'g'on va ingichka o'zaro zid ma'noda ishlatilib, bosh qahramon misolida mablag'i bor odam vaziyatdan chiqa oladi, qashshoq esa uziladi, ya'ni vaziyatning qurboni bo'ladi, degan natijani izohlashga xizmat qiladi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Abdulla Qahhor hikoyalarida nafaqat o'zbek tilidagi balki chet tülaridagi maqollardan ham unumli foydalanadi. Misol tariqasida, "To'yda aza" hikoyasining epigrafida tojik tilidagi "Zori behuda miyon meshikanad" ya'ni behuda zorlanish o'rtasidan kesiladi/uziladi, maqolini aytish kerak. Maqolning tojik tilidagi ko'rinishi yaxlit holda olingan va hech qanday o'zgartirish kiritilmagan. Bu maqolda antonimlik hodisasi kuzatilmaydi lekin sabab (natija) ergash gap bo'lib, yozuvchi hikoya bosh qahramoni mahalladagi savlatli, obro'li universitet o'qituvchisining turmush o'rtog'i vafot etgach, o'zining yosh talabasiga uylanish oqibatida tashqi ko'rinishini yoshlarday o'zgartirib, qo'ni-qo'shnilar orasida beobro' bo'lishi hamda ikkita og'ir chamadonni shoshib mashinaga joylab, so'ng kutilmaganda vafot etishligi sabab va natijalarini birgina maqol orqali o'quvchiga yetkazib beradi.

"So'ngan vulqon" hikoyasi nihoyasida "Yer tepganni, el tepadi" maqolini bosh qahramon tili bilan aytadi. Ushbu hikoyada Shermat aka yoshi o'tib, mansabidan tushar ekan, bu holatni qabul qila olmay, o'ziga nisbatan baho berib shunday deydi. "Ikki yorti bir butun" hikoyasi sarlavhasi maqol bo'lib, asar mazmunini ochib berishga xizmat qiladi. Hikoyadagi ikki erkak o'zaro suxbatidan bir-biriga mos tushgan xarakterli shaxslar ekanligi ushbu maqolda yoritib berilgan. Yorti va butun so'zlari qarama-qarshi so'zlardir. Shuningdek, hikoya tarkibidagi "Eshakni yashirsangiz, hangrab sharmanda qiladi " deganida esa ko'pincha ikkinchi shaxs birlik ko'rinishida mavjud bo'lgan maqolni ko'plik ya'ni xurmat ma'nosida ishlatgan. "Bashorat" hikoyasida epigraf sifatida "Ola qarg'a qag' etadi, o'z ko'nglini chog' etadi" maqolini har kim qandayligidan qat'iy nazar o'z xursandchiligini nishonlashini aytadi, "Sep" hikoyasida esa "Mashqda qiynalsang, urushda qiynalmaysan" kabi maqollardan samarali va o'z o'rnida hikoya qahramonining asl holatini tasvirlash maqsadida foydalanadi.

Abdulla Qahhor asarlarida kamdan-kam holatda maqolning sintaktik tuzilishini o'zgartirgan. Ya'ni, ega yoki kesimni shaxs va sonda o'zgartiradi. Bu o'zgartirishda maqol kimning tilidan kimga qarata aytilayotganini inobatga oladi.

Abdulla Qahhor asarlarida maqollardan tashqari matallarni ham unumli ishlatadi. "Bemor" hikoyasidagi ko'ngilga armon bo'lmasin deb,chilyosin ham qildirishga to'g'ri keldi, "To'yda aza" hikoyasidagi:yaxshining yuzida zuluk ham xol bo'lib ko'rinadi, "Nurli cho'qqilar" hikoyasida: kesakdan o't chiqqaniga xursandligini izhor qilib; Fotima qari qiz bo'lib o'tirib qoladi; tappi tappidan yiroq tushmas ekan, "Mahalla" hikoyasida : mening bir oyog'im go'rda , sening ikki oyog'ing to'rdami?, "So'ngan vulqon" hikoyasida sendan ugina, mendan bugina; Isoning alamini, Musodan oladi; sizlaganni xushlab, senlaganni mushtlaydigan bo'lib

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

qoldilar; o't kech desa, o't kechganman, suv kech desa, suv kechganman; "Dumli odamlar" hikoyasida: yo'lovchi har bir xurgan itning ortidan quvsa, manzilga qachon yetadi; bunga gap uqtirish, qorong'u uyga kesak otganday gap; "Ikki yorti bir butun" hikoyasida : eshakni yashirsang, hangrab sharmanda qiladi; "Yillar" hikoyasida : birovning ishiga saratonda qo'l sovqotadi matallari asar ma'no mazmunini yanada yaqqol ochib berishga xizmat qiladi.

Xulosa qilib aytganda, o'zbekning atoqli va zabardast yozuvchisi, o'tkir qalam sohibi Abdulla Qahhor hikoyalarida xalq maqollari hamda qardosh xalqlar maqollarini unumli ishlatib, o'zining yashayotgan davridagi siyosiy tuzum oqibatida qiyinchilik bilan hayot kechirayotgan xalqning, millatning kundalik hayotini yoritishda ustalik bilan foydalanadi. Shuningdek, aksar hollarda maqolninig asl tuzilishini o'zgartirmaydi va qarama-qarshi ma'noli so'zlardan ko'p foydalanib, maqol va matallarni hikoyaning istagan qismiga mos ishlata oladi. Maqollardan ma'no kuchaytirish va vaziyatni fosh qilish kabi maqsadlarda foydalanadi. Hikoyani o'qishdan oldin maqolni o'qigan o'quvchi bir butun hikoya ma'nosini anglab yetadi. Abdulla Qahhor asarlari tarkibidagi kabi maqol va matallar asrlar osha bir-biridan ajralmagan holda rivojlanib, o'z qolipini saqlab qolgan holda badiiy adabiyotda muallaq o'rniga ega janrlar bo'lib kelmoqda.

REFERENCES

1. A. Qahhor, Anor. Qissa va hikoyalar to'plami, Toshkent, G'afur G'ulom, 2012.

2. A.Madvaliyev tahriri ostida, O'zbek tilining izohli lug'ati, Toshkent, 1981.

3. B.Jo'rayeva, O'zbek xalq maqollarining lingvistik asoslari. Toshkent, Akademnashr, 2019.

4. M.Sulaymonov, O'zbek xalq og'zaki ijodi (Akademik litseylar uchun o'quv qo'llanma), Namangan nashriyoti,2010.

5. O.Madayev, Xalq og'zaki poetik ijodi,Sharq,Toshkent,2010.

6. Safarov Ohunjon, O'zbek xalq og'zaki ijodi: pedagogika oliy o'quv yurtlari uchun darslik. Toshkent, Musiqa, 2010.

7. Mirzayeva, D. (2019). PROVERB AS A KIND OF PAREMIOLOGICAL FUND AND AS AN OBJECT OF LINGUISTIC AND METHODOLOGICAL RESEARCH. Мировая наука, (11), 33-36.

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

8. O'G, S. S. R. Z. (2021). O'ZBEK XALQ MAQOLLARIDA DIFFERENSIAL SEMALARNING IFODALANISHI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(4), 923-928.

9. Ikromova, L. (2021). MAQOL VA MATALLARNING MILLIY-MADANIY JIHATLARI. Журнал иностранных языков и лингвистики, 2(6).

10. Toshboyeva, B., & Mirzayeva, D. (2022). INGLIZ VA O 'ZBEK TILLARIDA INSON RUHIY HOLATIGA OID MUBOLAG 'ALASHGAN FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING OKKAZIONAL TRANFORMATSIYALARINING OZIGA XOSLIGI. Science and innovation, 1(B6), 920-924.

11. Mirzaeva, D. (2021). THE ROLE OF PAREMIA IN THE SYSTEM OF NATIONAL CULTURAL HERITAGE. Журнал иностранных языков и лингвистики, 2(3).

12. https://ilmlar.uz/wp-content/uploads/2021/11/Abdulla-Qahhor-hikoyalari-haqida.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.