Научная статья на тему 'ROMAN-GERMAN VA O’ZBEK TILLARIDAGI JONZOD NOMLARI BILAN BOG’LIQ FRAZEOLOGIK BIRLIKLAR TAHLILI'

ROMAN-GERMAN VA O’ZBEK TILLARIDAGI JONZOD NOMLARI BILAN BOG’LIQ FRAZEOLOGIK BIRLIKLAR TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
672
76
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Hayvon nomlari bilan bog`liq frazeologizmlar / zoomorfemali tasviriy vositalar / tahlil. / Phraseologisms related to animal names / zoomorphemic imagery / analysis.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Baxrom Baxtiyor O’G’Li Jo’Raboyev

Ushbu maqolada nemis va o’zbek tillaridagi hayvon nomlari bilan bog’liq frazeologik birliklar tahlil qilingan. Zoonimli frazeologizmlarni madaniyat nuqtai nazaridan ko’rib chiqish, ularning xususiyatini aniqlash imkonini beradi. Maqolada frazeologik birliklar vujudga kelishiga asos bo’lgan zoonimli obrazlar va hayvonlar xarakterini tilda o’z ifodasini topishi ko’rib chilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ANALYSIS OF PHRASEOLOGICAL UNITS RELATED TO NAMES OF CREATURES IN ROMAN-GERMAN AND UZBEK LANGUAGES

This article analyzes the phraseological units associated with animal names in German and Uzbek. A cultural examination of zoonymous phraseologies allows us to determine their nature. The article discusses the linguistic expression of the zoonotic images and the character of animals, which are the basis for the formation of phraseological units.

Текст научной работы на тему «ROMAN-GERMAN VA O’ZBEK TILLARIDAGI JONZOD NOMLARI BILAN BOG’LIQ FRAZEOLOGIK BIRLIKLAR TAHLILI»

ROMAN-GERMAN VA O'ZBEK TILLARIDAGI JONZOD NOMLARI BILAN BOG'LIQ FRAZEOLOGIK BIRLIKLAR TAHLILI

Baxrom Baxtiyor o'g'li Jo'raboyev

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada nemis va o'zbek tillaridagi hayvon nomlari bilan bog'liq frazeologik birliklar tahlil qilingan. Zoonimli frazeologizmlarni madaniyat nuqtai nazaridan ko'rib chiqish, ularning xususiyatini aniqlash imkonini beradi. Maqolada frazeologik birliklar vujudga kelishiga asos bo'lgan zoonimli obrazlar va hayvonlar xarakterini tilda o'z ifodasini topishi ko'rib chilgan.

Kalit so'zlar: Hayvon nomlari bilan bog'liq frazeologizmlar, zoomorfemali tasviriy vositalar, tahlil.

ANALYSIS OF PHRASEOLOGICAL UNITS RELATED TO NAMES OF CREATURES IN ROMAN-GERMAN AND UZBEK LANGUAGES

Bakhrom Bakhtiyor ugli Joraboyev

Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent Region

ABSTRACT

This article analyzes the phraseological units associated with animal names in German and Uzbek. A cultural examination of zoonymous phraseologies allows us to determine their nature. The article discusses the linguistic expression of the zoonotic images and the character of animals, which are the basis for the formation of phraseological units.

Keywords: Phraseologisms related to animal names, zoomorphemic imagery, analysis.

KIRISH

Lingvokulturologiya - lingvistika va madaniyatshunoslik o'rtasida vujudga kelgan yangi mustaqil fandir. U xalqlar madaniyatining vujudga kelish tarixi va uning muayyan tilda aks etish jihatlarini o'rganadi. Lingvokulturologiyaning rivojlanish davrini ikkiga bo'lish mumkin: (1) fanning vujudga kelishi; (2) lingvokulturologiyani mustaqil fan deb tan olinishi. ("Lingvokulturologiya" atamasi birinchi bor V.V.Vorobev, V.N.Teliya va V.A.Maslova ishlarida qayd etilgan) [9]. Tillar orasidagi farq odatda bir xalq moddiy hayotida mavjud muayyan tushunchalar, voqea-hodisalar

va urf-odatlarning ikkinchi xalq turmush tarzida uchramasligi, shu sabab ular nomlarining ayni xalq tilida tabiiy tarzda mavjud emasligi bilan izohlanadi. Lug'aviy ekvivalentlik munosabatida bo'lgan ayrim ikki til juftliklari bir-biridan biror xususiyatlari bilan o'ziga xos tarzda ajralib turadi [3].

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Maqol (nem. Sprichwörter) o'z tabiatiga ko'ra xalqaro janrlardan biridir. Dunyoda o'z maqollariga ega bo'lmagan xalqning o'zi yo'q. Chunki har bir xalq hayotiy tajribalarini maqollar shaklida avlodlarga qoldiradi. Bizning taxminimizcha, har bir maqolning vujudga kelishida birorta ibratli voqeaning ahamiyati kattadir. Ana shunday hayot lavhasiga guvoh bo'lgan dono odamlardan biri ko'rgan-kechirganlariga xulosa yasab, maqolnamo g'oyani o'ylab topgan. Keyinchalik hayotiy vaziyatning takrorlanishi oqibatida birinchi aytilgan fikr asta-sekin maqolga aylangan. Tajriba shuni ko'rsatadiki, xalq orasida maqolning yashashi uchun hayotiy asos bo'lishi kerak. Nemis va o'zbek xalqining o'ziga xos hayot tarzi bilan bog'liq bo'lgan maqollarni quyidagicha tasniflash mumkin:

a) hayvonlar haqidagi maqollar (it - der Hund, tulki - der Fuchs, xo'roz - der Huhn, bo'ri - der Wolf);

b) o'simliklar bilan bog'liq maqollar (gul - die Blume, daraxt - der Baum);

v) insonlar xulq-atvori bilan bog'liq maqollar;

g) tabiatda ro'y beradigan hodisalar bilan bog'liq maqollar [10].

Hayvon nomlari asosida shakllangan maqollarni quyidagi turlarga bo'lish mumkin: a) yovvoyi xayvonlar; b) uy xayvonlari; v) parrandalar; g) qurt-qumursqa kabi hayvon nomlari bilan bog'liq maqollar.

MUHOKAMA

1. Xonaki hayvon nomlari asosida shakllangan maqollar.

Bular "it - der Hund", "qoramol - die Kuh", "ot - der Pferd", "eshak - der Esel", "echki - die Ziege", "qo'y - der Schaf", "tuya - der Kammel" "mushuk - die Katze", "quyon - der Hase", "cho'chqa - der Schwein" nomlari bilan bog'liq maqollar hisoblanadi. Nemis va o'zbek tilida "qoramol: xo'kiz - der Bulle, sigir - die Kuh, buzoq - das Kalb (Eine Kuh deckt viel Armut zu. Das Kalb will klüger sein als die Kuh)" leksikasi asosida shakllangan maqollarning ko'pchiligi qoramolning tashqi ko'rinishi hamda biologik xususiyatiga ko'ra vujudga kelgan [11]. "It (Wie ein Hund gehetzt sein)", "ot (Stark wie ein Pferd)", "eshak (Störrisch wie ein Esel)", "qo'y (Ein räudiges Schaf steckt die ganze Herde an)" so'zlari asosida shakllangan maqollarning ko'pchiligi ularning tabiati, fe'l-atvoriga [3], "mushuk (Wenn die Katze fort ist, tanzen die Mäuse)" leksemasi asosida shakllangan maqollar esa ko'proq uning biologik xususiyatiga,

"quyon-die Hase" leksikasi asosida shakllangan maqollar ko'proq uning harakatiga ko'ra yuzaga kelganligini ko'rishimiz mumkin [7]. Nemis va o'zbek tilidagi "it - der Hund" zoomerfali maqollar kelib chiqishiga, bu ikki xalqning itga bo'lgan mehri sabab bo'lgan. Chunki, it qadimdan insonnig sodiq do'sti, ovdagi hamrohi hisoblanib kelingan. Biroq, nemis va o'zbek xalqi uchun it salbiy xususiyatga ega ekanligini unutmaslik kerak. Buni quyidagi salbiy bo'yoq berilgan frazeologik birliklarda ko'rishimiz mumki. Masalan: kein bunter Hund schaut dich an - sen hech kimga kerak emassan, senga hech kim e'tibor bermaydi; auf den Hund kommen - ma'nan va ruxan o'zini yo'qotmoq; [ganz] auf dem Hund sein - kulfatga chidash [2]. Nemis va o'zbek tilida cho'chqa (das Schwein) leksemasi yotgan frazeologik birliklar va maqollar ko'p uchraydi. Cho'chqa Germaniya mamlakati hududida keng tarqalgan uy hayvoni hisoblanadi. Bundan tashqari Germaniya o'rmonlarida ko'plab to'ng'iz (das Wildschwein) yashagan [10]. O'zbekistonda esa bu jonivor ko'p boqilmaydi. Cho'chqa nemis xalqi uchun boylik, omad timsoli bo'lib kelgan. Masalan: er hat Schwein - u sog'lom; omadi keldi; er hat Schwein gehabt - unga omad juda kulib boqadi; das nenne ich Schwein - mana bu omad! . Shu bilan birga nemis va o'zbek xalqi uchun cho'chqa komponentli frazeologik birliklar salbiy ma'no kasb etishi kuzatiladi. Masalan: armes Schwein - bechora; bluten wie ein Schwein - qonga botmoq; schwitzen wie ein Schwein - terga botmoq va h.k. Nemis va o'zbek tillaridagi frazeologizmlarni tahlili shundan dalolat beradiki, bu ikki xalq cho'chqa obraziga turlicha tavsif beradilar:

• insonning fizik va hulq-atvoriga ko'ra (harom, halol emas, iflos, irkit, tartibsiz), masalan: wie das Schwein aus dem Stall fortlaufen (ugs.); wie die Schweine vom Troge aufstehen (ugs.) - tartibsiz; das Schwein fuhlt sich im Dreck am wohlsten - cho'chqa botqoqni o'zi topadi (iflos); o'zini cho'chqaday tutmoq;

• hulq-atvor normalariga amal qilmaydigan kishilarga nisbatan (qo'pol), masalan: schreien wie ein gestochenes Schwein - qattiq qichqirmoq, so'yilayotgan cho'chqaday baqirmoq;

• ko'p ichgan insonga nisbatan: besoffen wie ein Schwein - cho'chqaday ichgan

[5].

2. Yovvoyi xayvon nomlari asosida shakllangan maqollarda "bo'ri (Der Wolf stirbt in seiner Haut)", "ayiq (Einen Bärenhunger haben; plump wie ein Bär)", "sher (ein Esel in der Löwenhaut)", "to'ng'iz (Ganz und Schwein sind keine Freunde)", "tulki (Schlau wie ein Fuchs)" kabi yovvoyi xayvon nomlari ko'p uchraydi. Ular ishtirok etgan maqollarning shakllanish asoslari aniqlanganda, "ayiq" leksemasi asosida shakllangan maqollar ayiqning biologik xususiyati, tabiati, fe'l-atvori asosida yuzaga kelganligini kuzatishimiz mumkin [1]. "Fil - der Elefant" leksemasi asosida shakllangan maqollar ko'proq filning tashqi ko'rinishi, "sher" leksemasi asosida shakllangan maqollar esa sherning biologik xususiyati hamda tabiati, "to'ngiz

(cho'chqa)" leksemasi asosida shakllangan maqollarda uning tabiati, "bo'ri", "tulki", "yo'lbars" leksemalari ishtirok etgan maqollarda ularning tabiati, fe'l-atvori asosida yuzaga kelganligini ko'rishimiz mumkin.

3. "Parranda" leksemsi asosida shakllangan maqollar tarkibiga "burgut - der Adler", chumchuq, tovuq (xo'roz, jo'ja) - die Hahn (der Huhn, Henne), laylak, qarg'a-die Rabe, g'oz -der Ganz, o'rdak - Ente, turna - der Kranich, musicha va h. kiradi. "Parranda" leksemasi asosida shakllangan maqollar va qanotli iboralar ko'proq parrandalarning yemishiga ko'ra yuzaga kelganligini kuzatiladi [8].

4. "Hasharot" lesemasi asosida shakllangan maqollarga "ninachi - ", "o'rgimchak", "ipakqurti", "asalari", "qorachirildots", "chumoli (emsig wie eine Ameise), "xonqizi", "chayon", "kana", "qo'ngiz", "chigirtka", "suvarak", "pashsha (keiner Fliege ein Bein ausreißen)", "chivin", "beshiktervatar", "kapalak", "burga - der Floh" va h. kiradi. "Hasharot" nomlari asosida shakllangan maqollarda hashoratlarning tashqi ko'rinishi va hayot kechirish tarzi inobatga olingan [11].

5. Suvda va quruqlikda yashovchi hayvon nomlari asosida shakllangan maqollar tarkibiga "ilon", "baliq", "qurbaqa" leksemalari ishtirok etgan maqollarni kirish mumkin. "Baliq" leksemasi asosida shakllangan maqollar ko'proq uning hayot tarziga ko'ra; "qurbaqa" leksemasi asosida shakllangan maqollar ko'proq uning hayot tarzi va tovushiga ko'ra; "ilon" leksemasi asosida shakllangan maqollar ko'proq uning biologik xususiyati asosida yuzaga kelganligini ko'rsatadi.

NATIJA

Nemis tilida ein Hahn hochgehen (tarqalib ketmoq); den (roten) Hahn aufs Dach setzen; Hahn im Korb; alle seine Huhner und Gänse herzählen - kimnidir ko'rmoq, urushmoq; da lachen die Huhner! - kulgiga qolmoq; mit den Hühnern schlafen gehen -tovuqlar bilan bir vaqtda uxlamoq (juda erta) yoki früh mit den Haühnern zu Bett und auf mit dem Hahn um die Wettr singari FB mavjud. O'zbek tilida: qush tilini qush biladi - maqol; istak, orzuni, baxtni ifodalashda - baxt qushi. Masalan: boshiga baxt qushi qo'ndi; boshidan baxt qushi uchdi; oyog' kuygan tovuqday; musichaday beozor.

XULOSA

Frazeologik birliklarning milliy-madaniy xususiyatidan kelib chiqib, shunday xulosaga kelish mumkin: -har bir farazeologik birlik millatning tarixi, milliy o'ziga xos xususiyatlari, geografik joylashuvi, mentaliteti bilan bog'liq holda vujudga kelgan; -chorvachilik va dehqonchilik rivojlanishi natijasida uy va yovvoyi hayvonlar leksemasi bilan bog'liq frazeologik birliklar paydo bo'lgan.

REFERENCES

1. Maxmudov, Q. S. O. G. L., Shayxislamov, N. Z. O. G. L., & Jo, B. B. O. G. L. (2020). O 'zbek va xorijiy tillarda antonimlar tavsifi, o 'rni va ularnig turli jihatdan tasniflanishi. Science and Education, 1(Special Issue 3).

2. Juraboyev, В. B. (2020). Nemis tilini o'qitishda kommunikativ yondashuv. Science and Education, 7(7), 215-220.

3. Joraboyev, B. B. O. (2021). Using authentic materials on english lessons. Academic research in educational sciences, 2(2).

4. Joraboyev, B. (2020). Nemis tilida juft otlar va ularning o' zbek tilida ifodalanishi. Science and Education, 1(Special Issue 4).

5. Журабоев, Б. (2020). Мотивированные люди для удовлетворения своих собственных потребностей. Academic research in educational sciences, (3).

6. Juraboyev, B. B. U. (2021). Problems and solutions for online teaching and learning of foreign languages. Academic research in educational sciences, 2(Special Issue 2).

7. Samarova, S. (2018). Forming Creative Vision of Person as Universal Method Enhancing Creativity. Eastern European Scientific Journal, (6).

8. Samarova, S. R. (2019). Methods and technologies for the development of creative thinking of pupils. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 7(10), 37-43.

9. Samarova, S. R., & Mirzayeva, M. M. (2020). The problem of the formation of creative abilities of students in foreign psychology. An International Multidisciplinary Research Journal, 10(5), 1937-1943.

10. Рахманова, М. К. (2019). Ёшларнинг маънавий тарбиясида кадимги Урта Осиё маънавий-маданий меросининг ахдмияти. "Глобаллашув шароитида ватанпарварлик тарбиясининг маънавий-маърифий технологиялари " республика илмий-амалий конференцияси, 206-209.

11. Рахманова, М. К. (2019). Изучение стратегии обучения. Приориоритетные векторы развития промышленности и сельскогохозяйства материалы II международной научно-практической конференции, 7, 95-101.

12. Рахманова, М. К. (2019). Талабаларда ижтимоий фаолликни ривожлантиришнинг назарий методологик асослари. Халк таълими, (1), 24-29.

13. Рахманова, М. К. (2019). Таълим технологиялари оркали касб танлашда онгли муносабатни шакллантириш. Халцаро илмий-амалий конференцияси, 323-326.

14. Рахманова, М. (2020). Таълим жараёнида укув мунозараларини ташкил этишда укитувчининг педагогик махррати, ижодкорлиги ва фаоллиги. "Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal, 4(4), 68-73.

15. Rajabova, I. T. (2020). Лингводидактические аспекты глаголов, выражающие перемещения, на уроках русского языка с учащимися с узбекским языком обучения. Academic research in educational sciences, (4).

16. Шайхисламов, Н. З. У. (2021). КОГНИТИВ ТИЛШУНОСЛИК ТУГРИСИДА ТУШУНЧА ВА УНИНГ УНИВЕРСАЛ ТАБИАТИ. Scientific progress, 7(5).

17. Shayxislamov, N. (2021). BADIIY NUTQDA "ISHLAMAYDIGAN" SO 'ZLARNING LINGVOPOETIK XUSUSIYATLARI. Scientific progress, 1(6).

18. Shayxislamov, N. (2021). Ona tili darslarini o'qitishda interfaol usullardan foydalanish. The 21st Century Skills for Professional Activity, (4), 221-222.

19. Shayxislamov, N. (2021). Ona tili darslarida filologik mashqlarning tutgan o'rni. Тилни уцитиш ва ургатишда XXI аср куникмалари, (2), 134-137.

20. Shayxislamov, N. (2021). Lingvokulturologiya-zamonaviy tilshunoslik yo'nalishi sifatida: tarixi va nazariyasi. Tilshunoslikdagi zamonaviy yo'nalishlar: muammo va yechimlar, 61-62.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.