Научная статья на тему 'O’ZBEK VA INGLIZ MAQOLLARINING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI VA O’ZBEK TILIDAGI EKVIVALENTLARI'

O’ZBEK VA INGLIZ MAQOLLARINING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI VA O’ZBEK TILIDAGI EKVIVALENTLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
843
107
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
xalq maqollari / janr / o’z va ko’chma ma’no / istiora / tazod san’ati. / folk proverbs / genre / original and figurative meaning / metaphor / art of contrast.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Shermamatova, S., Mamadaliyeva, Y.

Maqola o’zbek va ingliz maqollarining umuminsoniy xususiyatlarini o’rganish va maqollarni tarjima qilish, muqobil variantini topishga qaratilgan. Shuningdek o’zbek va ingliz xalq maqollarining tilshunoslikda o’rganilish jihatlari keltirilib, bu soha bo’yicha faoliyat olib borgan olimlarning nazariyalari bilan tanishib chiqiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE SPECIFIC CHARACTERISTICS OF UZBEK AND ENGLISH PROVERBS AND EQUIVALENTS IN UZBEKI

The article is aimed at studying the universal characteristics of Uzbek and English proverbs, translating proverbs and searching for an alternative. Also presented are aspects of the study of Uzbek and English folk proverbs in linguistics, as well as the theories of scientists working in this field.

Текст научной работы на тему «O’ZBEK VA INGLIZ MAQOLLARINING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI VA O’ZBEK TILIDAGI EKVIVALENTLARI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

O'ZBEK VA INGLIZ MAQOLLARINING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

VA O'ZBEK TILIDAGI EKVIVALENTLARI

S. Shermamatova

Farg'ona davlat universiteti, Ingliz tili va adabiyoti fakulteti o'qituvchisi, Y. Mamadaliyeva Farg'ona davlat universiteti talabasi

Maqola o 'zbek va ingliz maqollarining umuminsoniy xususiyatlarini o 'rganish va maqollarni tarjima qilish, muqobil variantini topishga qaratilgan. Shuningdek o 'zbek va ingliz xalq maqollarining tilshunoslikda o 'rganilish jihatlari keltirilib, bu soha bo 'yicha faoliyat olib borgan olimlarning nazariyalari bilan tanishib chiqiladi.

Kalit so'zlar: xalq maqollari, janr, o 'z va ko 'chma ma 'no, istiora, tazod san 'ati.

The article is aimed at studying the universal characteristics of Uzbek and English proverbs, translating proverbs and searching for an alternative. Also presented are aspects of the study of Uzbek and English folk proverbs in linguistics, as well as the theories of scientists working in this field.

Key words: folk proverbs, genre, original and figurative meaning, metaphor, art of contrast.

Har bir millat va elatning o'zligini, tarixi, madaniyati va milliy qadriyatlarini ifodalovchi omillardan biri xalq og'zaki ijodidir. Xalq og'zaki ijodi asrlar davomida sayqallanib, xalq orasida aytilib, avloddan-avlodga o'tib kelayotgan ma'naviy meroslardan biridir. Xalq og'zaki ijodining takrorlanmas janrlaridan biri bu maqoldir. Maqol folklorshunoslikda o'rganilayotgan eng muhim mavzulardan biridir. Maqollar xalq donishmandligining nodir namunalari sifati og'zaki badiiy ijodning keng tarqalgan mustaqil janridir. Shartli ravishda ularni xalqona odob-axloq qoidalari deb atash mumkin. Zero, maqollar xalqningarlar davomida hayotiy tajribalarida sinalgan ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy-madaniy, axloqiy-falsafiy qarashlarining g'oyat ixcham, lo'nda, siqiq va obrazli ifodasidan tug'ilgan hodisadir. Maqollar maxsus ijod qilinmaydi, balki ma'lum bir sharoit taqozosi tufayli sinalgan hayotiy tajribadan tug'iladigan xulosaning axloqiy bahosi sifatidagi hukm bo'lib yuzaga keladi.

Maqol-arabcha "qavvola" so'zidan olingan bo'lib 'aytmoq, so'zlamoq' degan ma'nolarni anglatadi. Binobarin, "maqol" so'zi o'zbek tilida ikki ma'noda avvalo, o'z lug'aviy ma'nosida - "so'z, nutq"ni anglatsa, ikkinchidan, istilohiy ma'noda-

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

"folklorda keng tarqalgan janrni" ifoda etadi. Maqolda fikr aniq, xulosa tugal bo'ladi. Maqollarda ifodlangan yagona hukm har bir tinglovchida har xil kechinma yo fikr uyg'otishi tabiiy. Lekin baribir barcha bir xil xulosaga keladi. Maqollarda mantiq kuchi baland, fikr ishonarli va bahslashishga o'rin qoldirilmagan. Shu sababli ulardan nutqning istalgan maqsadda foydalanish mumkin. Shunga qaramay, maqollar, odatda, jiddiy tusda aytiladi va tinglanadi. Lekin ba'zi hollarda kinoya, piching, istehzo, zaharxanda ma'nolarida ham ishlatilishi mumkin. Maqol hamma xalqlar og'zaki ijodida uchraydigan janrdir. Har bir xalq hayotiy tajribalarini maqollar shaklida kelgusi avlodga qoldiradi. Tarixdan ma'lumki har bir xalq hayotida juda ko'p o'xshashlik bor, shuning uchun ko'p xalqlarning maqollari o'xshashdir. Ijtimoiy hayotning deyarli hamma sohasi xalq maqollarida aks etadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

G'arb va Sharq adabiyotidan, ingliz va o'zbek maqollarini o'xshash jihatlariga nazar solsak, ushbu ikkala millatda ham do'stlik, vatanparvarlik, hallolik, mehnatsevarlik, mehr-oqibat, adolat kabi tushunchalar doimo madh etilgan. Misol uchun: Bulbul chamanni sevar-Odam Vatanni. Ingliz tilida esa: Every bird likes its own nest - maqolini aytishimiz mumkin. Ushbu maqolni so'zma-so'z tarjima qilsak, har bir qush o'z inini sevadi degan tarzda tarjima qilinadi va o'zbek tilidagi maqol bilan bir xil Vatanni sevish ma'nosi yuzaga kelsada lekin tarjimadan ko'ra o'zbek tilidagi ekvivalentini keltirsak yanada aniq va tushunarli bo'ladi.

Maqollarning har ikkala tilda o'rganilish jihatlarini solishtiradigan bo'lsak, maqollarni to'plam holatiga kelishi, badiiy vositalarning ishlatilish o'rnini o'rganish va umuminsoniy jihatlarini ko'rsatish kabi masalalar deyarli bir xil.

Ingliz tilida maqol atamasi asosan "proverb" so'zi orqali ifoda etiladi. Ba'zan ko'plab adabiyotlarda: adages, distums, maxims, mpttoes, precepts, saws, truism so'zlari orqli ham maqol tushunchasini berishimiz mumkin.

Ingliz xalq maqollari ham xuddi o'zbek xalq maqollari singari g'oyat mukammal va xalq og'zaki ijodining eng sara namunalaridan biridir. Ingliz va butun G'arbiy Yevropa davlatlarining xalq og'zaki ijodi va aynan maqollarning tarqalishida, maqollar kitobi deb atalmish "Bible" ya'ni Bibliyaning o'rni katta. Kitob ingliz xalq maqollarini o'zida jamlagan bo'lib, aynan qadimgi ajdodlar tomonidan aytilgan maqollar keltirilgan.

Ingliz tilida maqol o'ta murakkab va juda ko'p izlanishlar olib borilgan sohalardan biridir. Ayniqsa, maqollarning nazariy jihatdan qilingan ko'plab yangiliklari bu soha ustida ish olib borayotgan tadqiqotchilarga asosiy poydevor bo'la oladi.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

Ingliz olimlari tomonidan maqollarning har xil xususiyatlari ko'rib chiqilgan va takliflar keltirilgan. Ingliz maqollari ustida ko'plab izlanishlar olib borgan olimlar sifatida Honik, Mayder, Norik, Teylor, Aroralarni ayta olamiz. Ular maqollarni o'ziga xos eng muhim jihatlarini fanda isbotlab, asosan, ulardagi strukturaviy tuzulish, qanday badiiy vositalarning ishlatilishi, ijtimoiy hayotdagi o'rni kabi masalalarga e'tibor qaratganlar va ularni o'z asarlarida berib o'tganlar. Ushbu sohaga juda katta hissa qo'shgan olimlardan biri folklorshunos Mayderning xizmatlarini alohida ta'kidlash lozim. Chunki u maqollar ustida juda ko'plab izlanishlar olib borgan va nazariy asarlar yozgan olimlardan biridir. U o'z asarlarida maqollarning eng muhim ahamiyatli tomonlarini to'laligicha izohlashga harakat qilgan. Va u maqol haqida shunday fikrlarni bildiradi:

"Proverbs are used in a wide of situations and no limits to the use of the proverb. They can be used to streghten our arguments, express certain generalitions, influence or manipulate other people, rationalize our own shortcomings, question certain behavioral patterns, satirize social ills, poke fun at ridiciuolous situations ".

Ya'ni: "Maqollar juda keng ko'lamda qo'llanilib ularni qo'llashda chegara yo'q. Maqollar bizning dalillarimizni mustahkamlash, umumiy aniq fikrlarimizni mustahkamlash, umumiy va aniq fikrlarimizni ifodalash, boshqa insonlarni boshqarish yoki ularga ta'sir o'tqazish, jamiyatdagi illatlarni ifodalash".1

Shuningdek, folklorshunos olim Norik maqollar haqida "Maqollar mavjud voqea yoki hodisaning axborotchisi" deydi va maqollarning o'ziga xos jihati an'anaviylik haqida shunday fikrni bildiradi." The traditional nature of proverbs correlates closely with their status as items of folkloric".

Maqollar nazariyasi haqida o'z izlanishlarini olib borgan olimlardan biri Trench bo'lib, u maqollardagi 3 narsani "shortness, sense, salt" ya'ni "qisqalik, hissiyot, ta'm" ni juda muhim deb hisoblaydi. Bularni quyida qisqacha keltiramiz: 1. Shortness (Qisqalik): Trench maqollardagi qisqalik eng muhim omil deb aytadi. Yaxshi maqol hamisha qisqa, yurakdan aytilib yurakka yetib borishi lozim deydi. U ba'zan 2,3, yoki undan ortiq so'z bilan ifodalangan bo'lishi kerkligini aytib o'tgan.

Honek maqollarni jamiyatning barcha sohasida folklorchi olimlardan tortib to siyosatchilar, hatto huquqshunoslar ishida ham ahamiyatga ega ekanligi aytadi. Shunga ko'ra maqollarning turli xil maqsad va vazifalari, istiqbollari, taxmin va farazlari, uslublari va nazariy xulosalari mavjudligini ta'kidlaydi. Uning fikricha maqollar aniq va tugal nazariyaga ega emas. Lekin Honek o'zining "A proverb in mind: the cognitive science of proverbial wit and wisdom" asarida maqollarning o'ziga xos 7 ta muhim xususiyatini ko'rsatadi: Personal: The proverb is treated from

1Axmedova.U.K. Ingliz va o'zbek maqollarining lingvokulturologik va semantik xususiyatlari. Urganch, 2014. 41-bet.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

a subjective viewpoint based purely on personal experience and understanding. Formal: This is a scientific approach that primarily uses the methods and concepts of linguistics, logic, and semiotics to define, classify and semiotics to define, classify and otherwise analyze proverbs.

• Religious: Religious teaching and wisdom are examined in texts.

• Literary: Proverbs in prose and poetry re analyzed in terms of their literary value and what they tell us about the writer, their times, and so forth.

• Practical: The many uses of the proverb in intelligence testing, psychotherapy and other areas are examined.

• Cultural: This is a scientific approach to the proverb that treats it as a multifunction from of folk literature that arises from and is embedded in a sociocultural context.

• Cognitive: this is a scientific approach based on cognitive science that attempts to explain how individuals use and understand proverbs. [ 53;14]

Ko'rib turganingizdek, maqollar uchun berilgan har bir nazariyaning maqollarni tadqiq qilishda o'ziga xos ahamiyati bor.

Ingliz folklorshunosligida o'zgacha o'rin egallagan bu janr, o'zbek adabiyotida ham ko'plab izlanishlarga sabab bo'lgan. O'zbek folklorshunosligida maqollar ustida izlanishlar XIX asrdan boshlangan bo'lib: Hodi Zarifov, Buyuk Karimov, G'ulom Zafariy, Mansur Afzalov, Rajab Jumaniyozov, To'ra Mirzayev, Malik Murodov, Ibrohim Haqqulov kabi oloimlar asosan maqollarni yig'ib ularni to'plam holatiga keltirish ishlarida o'z hissalarini qo'shganlar. Keyinchalik maqollarning ichki strukturaviy tuzilishi va boshqa tillar bilan qiyosiy o'rganish ya'ni maqollar bo'yicha tarjimashunoslik ishlari boshlangan. Bu o'rinda M. Abdurahimov, K.Karomatova, H.Berdiyorov, R.Rasulovlarning o'rni beqiyosdir.

B.Sarimsoqov va M.Afzalovlarning izlanishlari natijasida ular maqollarni quyidagicha tasnif qiladilar: Alfavit tartibida, mavzu bo'yicha tasnif, poetik va tarixiy tasnif, maqollarning tuzilishi bo'yich tasnif.

1.Alfabit tartibi. Bunda mavjud maqollar to'plamda alfabit tartibida jamlanadi. Bu holat esa foydalanuvchiga to'plamdagi kerakli maqolni tezroq topishiga yordam beradi.

2.Mavzu bo'yicha tasnif. Tanifning bu turida esa material muayyan mavzular bo'yicha guruhlarga ajratiladi va har bir guruh doirasida alfabit tartibida beriladi.

3.Poetik tasnif. Maqollarning ko'pchiligida davrlar o'tishi bilan ma'no tabiati o'zgarib turadi: ilgari o'z ma'nosida qo'llanilgan maqollar keyinchalik faqat ko'chma ma'noda qo'llanishi mumkin. Bu tasnif yuqorida aytib o'tganimizdek, o'z ma'nosida, ko'chma ma'noda va o'z va ko'chma ma'nolarda qo'llanuvchi maqollarni aniqlaydi.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

Kochma ma'noda qollanuvchi maqollar:"Quruq qoshiq ogiz yirtar". Faqat kochma ma'noda qolanuvchi maqollar:"Baliq boshidan chiriydi".

4.Tarixiy tasnif. Maqol-juda qadimiy, ayni paytda hamisha zamonaviy janr. Shuning uchun ham maqollar har xil davrlarga mansub. "Qum yig'ilib tosh bo'lmas, qul yig'ilib bosh bo'lmas", "Qui qutursa, quduqqa tuflar"- quldorlik maqollari. "Amirning oshidan -faqirning mushti yaxshi". "Badavlatning noni yarim", "Bekga yetguncha beling sinar"-bu kabi maqollar hozir ko'chma ma'noda ishlatiladi.

5.Maqollarning tuzilishiga ko'ra tasnif etish. Bunda maqollar tarkibidagi mantiqiy markazlar miqdoriga qarab bir nechta guruhlarga bo'linadi: a) ikki (komponentli) qismli maqollar: "Aytilmagan yerga qo'nilmagan tayoq", "Ish ishtaha ochar, dangasa ishdan qochar", b) to'rt komponentli maqollar:

Arg'umoqda ayol yo'q deb,

Yo'lga tashlab ketmanglar.

Er yigitga mol yo'q deb,

Yovga tashlab ketmanglar.2

Maqollarning ixcham shaklga egaligi, lo'nda fikrning ifodalanishi, nasriy va she'riy shaklda bolishidan tashqari yana bir xususiyati maqollarda badiiy-tasviriy vositalardan foydalanganigidir. Maqollarda koproq tazod (zid qoyish) san'ati qo'llaniladi. Masalan, "Dost achitib gapirar, dushman kuldirib", "Kop oyla, oz soyla'V'Egri ozar, togri ozar"...

Yana bir san'at istiora (metafora) dir, ya'ni oxshatish. Masalan, "Et bilan tirnoqni ajratib bolmas".

Xalq maqollari ichida salbiy xislatli odamlarga nisbatan toqilgan maqollar ham bor. Masalan: "Nafsi buzuq hayitda olar", "Otin ayirgan bolta maydonda qolar" kabi.3

Maqollardagi pand-nasihat xarakteri ularni yanada jonli va kuchli ta'sirchanligini oshiradi. Masalan: Inglizcha "A bad execuse is better than none" o'zbek tiliga -xohlamasdan kechirim so'rash, umuman so'ramagandan yaxshi deb tarjima qilinadi. O'zbekcha muqobil variant sifatida "Yaxshi gap bilan ilon inidan chiqar, Yomon gap bilan musulmon dinidan" maqolini keltiramiz. Ko'rinib turganidek, ushbu maqollar pand-nasihat mazmunidagi ma'noni beradi. Ya'ni, shaxsga har doim shirin so'zli va yaxshi kalomli bo'lish kerakligini anglatadi. Maqolning har ikki tildagi variantlari ham bir xil ma'noni beradi. Maqollarni o'rganish jarayonida uning tuzulishi, qanday ko'rinishdagi sintaktik butunliklar orqali tashkil topgani muhim omildir. Maqollar tuzilishiga ko'ra, bir va bir necha sintaktik butunliklar asosida tashkil topgandir. Bir sintaktik butunlikdan iborat maqollar,

2 Xalq og'zaki ijodi.I.Qodirova.20-bet.

3 .Xalq og'zaki ijodi.I.Qodirova.20-bet.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

odatda bir qismli maqollar sanalib, ko'pincha darak gap yo'sinida bo'ladi. Aynan shu tomonlari bilan o'zbek va ingliz xalq maqollari juda o'xshashdir. Quyidagi maqollar orqali fikrimizni isbotlashga harakat qilamiz.

- The absent is always in the wrong- O'zi yo'qning — ko'zi yo'q.

- There is no accounting for tastes -Har kim suygan oshini ichadi.

- Actions speak louder than words -Gap bilguncha — ish bil.

- Advise none to marry or go to war-Har kimning niyati o'zining yo'ldoshi. Aksariyat maqollar ikki qismdan tashkil topgan bo'lib, bir qismi tasviriy

mohiyatga ega, ikkinchi qismi xulosadan iboratdir:

- After dinner sit a while, After supper walk a mile.

- Qorning ochmasdan ovqat yegin,

- Qorning to'ymasdan qo'l artgin.

- Art is long, life is short.

- Ilmsiz — bir yashar, Ilmli — ming yashar. 4

Maqollar shakliga ko'ra, nasriy hamda she'riy tuzulishga ega bo'ladi. All asses wag their ears- Ahmoq aql o'rgatar.

Barking dogs seldom bite- Qopag'on it tishini ko'rsatmas kabi maqollar nasriy

tuzilishdagi maqollar hisoblanadi. O'zbek xalq maqollari ichida she'riy shakldagi

maqollar ingliz maqollariga nisbatan ko'p uchraydi. She'riy shakldagi maqollarda

o'ziga xos vazn, qofiya va ohangdorlik mavjud.

Oltovlon ola bo'lsa,

Og'zidagin oldirar.

To'rtovlon tugal bo'lsa,

Tepadagin endirar.

She'riy tuzulishdagi maqollarda ritmik-sintaktik parallelizmlar, alliteratsiya, qofiya va boshqa ko'pgina poetik vositalar ifodalanadigan ibratli fikrni jarangdor, ohangdor, libos bilan bezantirsa, ayrim hollarda oddiy so'zlarning takrorlari yoki radiflar ham qofiya vazifasini o'taydi. Masalan:

Yomonga bo'ldim yo'ldosh, Ishimga bo'lmadi qo'ldosh. Yaxshiga bo'ldim yo'ldosh, Ishimga bo'ldi qo'ldosh.

4 Ingliz va o'zbek maqollari haqida nazariy qarashlar. Raxmatullayeva S.J.77-bet/

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

Bu hodisa ko'proq o'zbek maqollari uchun xosdir. Asosan o'zbek maqollarining katta ko'pchiligida alliteratsiya, qofiya kabi poetik vositalarning ishtiroki ko'p kuzatiladi.

Xuddi o'zbek maqollari singari ingliz maqollarida ham turli xil badiiy vositalarning maqollardagi faol ishtirokini kuzatishimiz mumkin. Maqollardagi badiiy vositalarning ishtirokini ingliz olimlaridan Arora o'zining bir qator maqolalarida keltirib o'tadi.

Maqollardagi alliteratsiyaning mavjudligi: No fool like an old fool. Maqollardagi ritmning mavjudligi: A friend to everybody is a friend to nobody Inversiyaning mavjudligi:

Better is a neighbor nearby than a brother far away. Tazod sanatining ishlatilishi: Fools never know when they are well. O'zbek va ingliz xalq maqollari mavzu jihatidan juda rang-barangdir. Agar barcha o'zbek va ingliz xalq maqollari keltirilgan to'plamlarni ko'rib chiqadigan bo'lsak, ularda o'zbek xalqi hayotining har bir jabhasida uchraydigan narsalar va turli xil hodisalarning maqollarda ifodalanishiga guvoh bo'lamiz. Filologiya fanlari doktori, professor To'ra Mirzayev, Asqar Musaqulov, Bahodir Sarimsoqovlar tomonidan 2005- yilda chiqqan to'plamida o'zbek xalq maqollarining 70 ga yaqin mavzudagi maqollarning jamlanmasi berilgan.

To'plamda o'zbek xalq hayotining barcha sohalarida uchraydigan maqollarni topishimiz mumkin. Ilmiy ishimizning ushbu qismining asosiy maqsadidan kelib chiqqan holda "O'zbek xalq maqollari" to'plamidagi bir xil mavzudagi maqollarning har ikkala tilda muqobil variantiga ega yoki ega emasligini sabablarini xalqlarning mentalitetidan kelib chiqqan holda isbotlashga harakat qilamiz. Tahlil qilinadigan barcha o'zbek xalq maqollarining inglizcha muqobil variantlarini K.M.Karomatova va H.S.Karomatovlarning " Proverbs. Maqollar. Пословицы" deb nomlangan kitobidan keltiramiz.

1. Vatan va vatanparvarlik:Every bird likes its own nest. Tarjimasi:Har bir qush o'z inini sevadi.

Muqobil varianti:Bulbul chamanni sevar-Odam Vatanni.

2. Mehnatsevarlik va ishyoqmaslik :Speak less but do more. Tarjimasi:Ko'p gapirma, ko'p ishla.

Muqobil varianti:Qo'ling ishda, ko'ngling Allohda bo'lsin.

3.Halollik va tekinxo'rlik:A)Back is spent under his belly, What is got over the devil's.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

B)Shayton kuchi bilan topilgan, shayton puchi bilan ketar. C)Haromdan yig'ilgan haromga ketar

4.To'g'rilik va egrilik:

A)Ill gotten, ill spent.

B)Yomonlik bilan topilgan yomonlikka ketar.

C)Haromdan kelgan haromga ketar.

5. Yaxshilik va yomonlik: A)Forgive and forget.

B)Kechir va unut. C)Yomonlikni yaxshilik bilan yeng.

6. Yaxshi so'z va yomon so'z:

A)A bad excuse is better than none.

B)Xohlamasdan kechirim so'rashyo'g'idan yaxshidir. C)Yaxshi gap bilan ilon inidan chiqar, Yomon gap bilan musulmon dinidan.

7. Adolat,insof va insofsizlik:

A)Give him an inch and hell take an ell.

B)Unga bir duym bersang, bir eloladi.

C)Insof bilan qo'l uzatsang, Noinsof yelkanggacha chiqar.

8. Do'stlik va dushmanlik:A)A friend in need is a friend indeed.

B)Qiyinchilikdagi do'st — asl do'st.

C)Jonga kuygan jondan do'st,Jonga kuymas qanday do'st. 9. Botirlik va qo'rqoqlik:A)Losers are always in the wrong.

B)Yutqazganlarning doim jahli chiqadi. C)Yiqilgan kurashga to'ymas.

10. Tenglik va tengsizlik:A)It is an equal failing to trust everybody and to trust nobody. B)Hammaga ishongan va hech kimga ishonmaslik bir xil xatodir.

C)Har kimning bo'yiga qarab to'n bich.

11. Donolik va nodonlik: Long hair and short wit. B)Sochi uzun, aqli kalta. C)Aqlli boshda soch turmas.

12. Ilm,kasb-hunar va ilmsizlik:Invention breeds invention.

B)Topqirlik topqirlikni yaratadi.

C)Bilimlining bilimi yuqar, Bilimsizning nimasi yuqar.

"O'zbek xalq maqollari" to'plamida 70 ga yaqin mavzu bo'yicha xalq maqollari keltirilishiga qaramasdan, biz asosan kundalik hayotda eng ko'p uchraydigan va aslida mavzu jihatidan bir- biriga o'ta yaqin bo'lgan maqollarni bir mavzu doirasida olishga qaror qildik. Jadvaldan ko'rib turganingizdek, o'zbek xalq maqollarida uchraydigan barcha mavzularga oid maqollarning deyarli barchasi ingliz xalq maqollarida uchraydi. Fikrimizning isboti sifatida yuqorida o'zbek xalq maqollarida

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

uchraydigan barcha mavzudagi maqollarning inglizcha yoki ingliz xalq maqollarida uchraydigan o'zbekcha maqollarning bir-biriga nisbatan ishlatiladigan muqobil variantiniizlab, keltirib o'tishga harakat qildik. 5

Demak, o'zbek va ingliz xalq maqollarida mavzu jihatidan bir-biriga o'xshash maqollarning ekvivalentlarini topish mumkin. Natijada har qanday mavzudagi maqolni olmang, u har ikkala tilda o'z muqobil variantiga egadir. Buning asosiy sababi shuki, barcha insoniyatga xos xislatlar hamma millatga xosligidadir. Biroq biz bu fikrlarimiz bilan o'zbek va ingliz tillaridagi maqollar aynan bir xil qo'llanilish o'rniga ega degan fikrni keltirolmaymiz. Shunchaki biz ingliz va o'zbek maqollarida uchraydigan mavzularning har ikki tildagi maqollarda mavjud yoki mavjud emasligini aniqlab olmoqchimiz xolos. Shu o'rinda maqollarni alohida tahlil qilsak, ulardagi ma'no-mazmun barchasida ham bir xil emasligini ko'rishimiz mumkin. Lekin ilmiy ishimizning ushbu qismining asosiy maqsadidan kelib chiqqan holda maqollarning har ikkala tildagi variantlarini o'zaro tahlil qilib chiqmoqchi emasmiz. Muhimi ingliz tilidagi ma'lum bir mavzudagi maqollar o'zbek tilida ham uchrashi yoki aksincha o'zbek tilidagi ma'lum bir mavzudagi maqollar ingliz tilida ham uchrashi mumkin ekanligini isbotladik. Demak, ingliz va o'zbek maqollari ustida mavzu jihatidan olib borgan tadqiqotimizga ko'ra, o'zbek maqollarida uchraydigan barcha mavzularning ingliz tilidagi maqollarda ham uchratishimiz mumkin degan xulosaga kelamiz.

Turli tillarning maqollariga to'xtalar ekanmiz, ular o'sha til egasi bo'lmish xalqning tarixiy, ma'naviy va moddiy madaniyati ko'zgusi ekaniga guvoh bo'lamiz. Shu sababli, turli til maqollarini qiyosiy o'rganish millatning o'ziga xos madaniy va milliy qirralarini ochishga yordam beradi, boshqacha qilib aytganda, o'sha xalqning mentalitetini ko'rsatadi.

"Mentalitet" tushunchasi tilshunoslik paradigmasiga kiritilganiga hali ko'p bo'lmagan bo'lsada, hozirda juda keng doirada qo'llanilmoqda. Tor ma'noda mentalitet "fikrlash doirasi, dunyoqarash" mazmunida foydalanilsa, keng ma'noda esa "xalqning axloqi, tarbiyasi va tasavvuri tushuniladi"

Mentalitet tushunchasini tilshunos V. fon Gumboldt qarashlarida ham ko'rishimiz mumkin. Uning fikricha, mentalitet - bu "xalqning nafaqat tilida, balki adabiyoti, dini va boshqa ma'naviy jabhalarida ham o'z aksini topgan xarakteridir" Shunday ekan, yuqorida aytib o'tilganidek, bu "milliy xarakter" xalqning dini, siyosati, urf - odatlari, ijtimoiy qatlami, turmush tarzi, tarixi va hatto geografik o'rni bilan ham chambarchas bog'liq.

5 K.M.Karomatova va H.S. Karomatovlar."Proverbs.Maqollar. noc^OBH^i".

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

Ingliz tili maqollaridagi milliylik haqida gapirar ekanmiz, ingliz xalqining xarakteri haqida so'z yuritmay ilojimiz yo'q. Dunyo millatlari orasida bu xalq vakillari mag'rur va hurmattalabligi bilan ajralib turadi. Bu jihat maqollarida ham ko'rinadi:

Inglizcha: Better be the head of a dog than the tail of a lion. O'zbekcha tarjimasi: Arslonning dumi bo'lgandan ko'ra itning boshi bo'lgan afzal. O'zbekcha varianti: Arslonning o'ligi — sichqonning tirigi. Inglizcha: Better go to heaven in rags than to hell in embroidery. O'zbekcha tarjimasi: Jahannamga kimhob kiyib borgandan, jannatga juldur kiyib borgan afzal.

O'zbekcha varianti: Boy bo'lib bezillaguncha, Qul bo'lib qo'porib yur. Inglizcha: Better untaught than ill-taught. O'zbekcha tarjimasi: Chalasavoddan savodsiz afzal.

O'zbekcha varianti: Chalasavod — chirik rabot. Inglizcha: Better die a beggar than live a beggar.

O'zbekcha tarjimasi: Kambag'al bo'lib yashagandan kambag'al bo'lib o'lgan afzal.

O'zbekcha varianti: Otliqning qamchisi ham, Yayovning kaltagi ham, Kambag'alning boshiga tegadi.

Ko'rib turganingizdek ushbu inglizcha maqolning o'zbekcha tarjimasida kambag'al bo'lib yashash qoralanyapti. Ya'ni kambag'al bechora bo'lib yashash inson uchun uyatli hol ekanligi aytilyapti. Biroq o'zbekcha variantida ma'no xuddi inglizcha variantidagidek deyolmaymiz. Bu yerda kambag'al, bechora har doim xo'rlanishi haqida aytilyapti. Maqolning o'zbekcha variantidagi umumiy ma'nosida kambag'allik uyat yoki gunoh darajasida qoralanmagan.

Demak, o'ta darajada g'ururga berilish va hurmattalablik xislatlari o'zbek xalqiga nisbatan ingliz xalqida ko'proq ekanligi maqollarda ifodalangan. Bu holatni esa o'zbek xalq maqollarida biroz boshqacharoq holda ko'rishimiz mumkin. Ya'ni o'zbek xalqi o'zgalarga hurmat ko'rsatish oliyjanob fazilat ekanligini o'z maqollarida ifodalaydi.

• Kattaga hurmatda bo'l, kichikka izzatda.

• Hurmat qilsang, hurmat ko'rasan.

Shuningdek, inglizlarga xos yana bir jihat - bu ularning bolalarga nisbatan uy hayvonlariga bo'lgan mehri ustunroq turishini maqollarda "bola" obrazidan ko'ra "it",

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

ayniqsa, "mushuk" obrazlari ko'proq qo'llanilishida kuzatamiz. Masalan:

• Dog does not eat dog. - Qarg'a qarg'aning ko'zini cho'qimaydi.

• Barking dogs seldom bite. - Ko'p vovullagan it tishlamaydi.

• When the cat is away, the mice will play.- Mushuk yo'q bo'lsa sichqon bayram qiladi.

• A cat in gloves catches no mice. - Qo'lqopli mushuk sichqon tuta olmaydi.

Ammo ayrim o'zbek maqollarida "it" va "mushuk" obrazlari ko'proq salbiy ma'noda, salbiy obrazda ishlatiladi. Masalan:

• It hurar karvon o'tar. - The dogs bark, but caravan goes on.

Itlar bilan yotgan, bitlab turar. - Down with dogs must rise up with fleas, He that lies.

• Itni suyak bilan ursangiz, qopmas. - A dog will not howl if you beat him with a bone.

• Itdan suyak artmas, mushukdan - bez. - Two dogs over one bone seldom agree.

• Tanlay, tanlay tozga yo'liqdim, boshi piyoz kalga yo'liqdim. Scornful dogs will eat dirty puddings.

Ushbu maqollarda "it" obrazi ko'proq jahldor, yomon, iflos, poraxo'r, ochko'z, dimog'dor odamlarga qaratilgan holda gavdalanadi. Biroq yana ba'zi bir maqollar borki, bunda it obrazi vafodorlik, yaxshilik, donolik, sofdillik obrazlarida gavdalanadi.

• Yaxshi itga- yaxshi suyak. - A good dog deserves a good bone.

• O'lik arslondan tirik it afzal. - A living dog is better than a dead lion.

• Qari it ko'p yo'l bilar. - An old dog barks not in vain.

Biroq farzandlar, bolalar haqidagi maqollar o'zbek xalqining eng sevimli mavzularidan biridir. Chunki o'zbeklar bolajon xalq bo'lib, ona va bolaga bo'lgan e'tibor ahamiyatga molik:

• Ona bilan bola - gul bilan lola.

• Bolali uy - bozor, bolasiz uy mozor.

• Bolamning bolasi - qandin o'rik donasi.

O'zbek xalqi nonni juda e'zozlaydi va ingliz xalqiga nisbatan ko'proq iste'mol qiladi. O'zbek xalqining ayollari xamir qorib, tandir-tandir non yopadi. Kundalik turmushda bu holatning necha ming yillardan beri takrorlanib keladi. Buning ishtiroki o'zbek xalq maqollarida ko'p kuzatiladi.

• Non mo'lligi — el to'qligi.

• Nonga hurmat - elga hurmat.

Maqollardagi milliy koloritni ta'minlaydigan yana bir obraz - bu o'sha xalq taomlaridir. Isbot uchun:

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

Ingliz tilida:

• Every cook praises his own broth - Har bir oshpaz o'z sho'rvasini maqtaydi.

• Too many cooks spoil the broth - Oshpaz ko'p bo'lsa, sho'rva buziladi. O'zbek tilida:

• Har kuni yema palovni, har kuni yoqqil olovni.

O'zbek va ingliz xalq maqollarini mavzu jihatdan tahlil qilib, o'zbek tilida mavjud bo'lgan maqollardagi mavzularning barchasi ingliz xalq maqollarida hamuchrashi mumkin degan xulosaga keldik. Har ikkala tildagi maqollarning bir xil mavzudagi bir-biriga o'xshash ekvivalentlarini topish mumkin. Natijada har qanday mavzudagi maqolni olmang, u har ikkala tilda o'z muqobil variantiga egadir. Xullas, ingliz va o'zbek maqollarining mavzu doirasi rang-barang va har ikki tilda deyarli bir xil mavzular mavjud. Biroq ayrim mavzudagi maqollar bir tilda ikkinchi tilga nisbatan ko'proq uchrashi mumkin. Buning sababi ko'p sonli maqollarni qamrab oluvchi mavzular xalq hayotining asosiy bo'g'inini tashkil qilishidadir.

Har ikki tildagi maqollarni chog'ishtirma tahlil qilish jarayonida xalqning mentaliteti va milliy xarakteri asosiy yetakchi hisoblanadi. Shu o'rinda ingliz va o'zbek xalqining o'ziga xos mentaliteti va urf-odatlaridan kelib chiqqan holda tildagi maqollar ixcham va ifodali tarzda xalqlarning milliy o'zligini ko'rsata oladi.

Oila va qarindosh urug'chilik munosabatlariga jiddiy qaralishi o'zbek maqollarida yaqqol tus olgan bo'lsa, uy hayvonlariga bo'lgan mehrning kuchliligi ingliz xalq maqollarida ko'proq gavdalanadi. Bundan tashqari, xalqlarning milliy taomlari, milliy kiyimlari ham xalq maqollarida uchraydi. Ana shu xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, bu ikki xalqning o'zaro o'xshash va farqli jihatlarini o'rgana olamiz.

Xulosa qilib aytganda, ingliz va o'zbek xalq maqollari bu xalqlarningning madaniy merosidir. Ularda ingliz va o'zbek xalqning barcha o'y - fikrlari, dunyoqarashi, turmush tarzi, fe'l - atvori va e'tiqodi aks etadi. Har bir millat o'ziga xos tavsiflarga ega ekan, bu ularning maqollariga ham ta'sir etmay qolmaydi. Hatto ayrim ingliz va o'zbek maqollardagi mavzular o'xshash bo'lsada, ulardagi obrazlar takrorlanmasligi bilan ajralib turadi. Aynan ana shu tasvirlar maqollardagi milliy bo'yoqdorlikni ta'minlaydi.

REFERENCES

1. Axmedova.U.K. Ingliz va o'zbek maqollarining lingvokulturologik va semantik xususiyatlari. Urganch, 2014

2. I. Qodirova. Xalq og'zaki ijodi.

XULOSA

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

3. K.M.Karomatova va H.S. Karomatovlar."Proverbs.Maqollar. Пословицы".

4. Ingliz va o'zbek maqollari haqida nazariy qarashlar. Raxmatullayeva S.J.77-bet

5. kizi Shermamatova, S. U. NEOLOGISMS IN MODERN UZBEK AND ENGLISH AND THE HISTORY OF THEIR ORIGIN.

6. Shermamatova, S., & Nazirova, Z. (2022, April). SCIENTIFIC ANALYSIS OF LEXICOGRAPHY IN UZBEK LANGUAGE. In International Virtual Conference on Language and Literature Proceeding (Vol. 1, No. 2).

7. Shermamatova, S., & Yusupova, S. (2022, April). TRANSLATION THEORIES OF NEOLOGISMS. In International Virtual Conference on Language and Literature Proceeding (Vol. 1, No. 2).

8. Shermamatova, S., & Abdullayeva, D. (2022). EDUCATION SYSTEM OF UNITED KINGDOM AND UZBEKISTAN. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(11), 491-497.

9. Shermamatova, S., & Ibrokhimova, M. (2022). THE RENAISSANCE PERIOD IN ENGLISH AND UZBEK LITERATURE. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(11), 510-518.

10. Shermamatova, S., & Tursunova, M. (2022). THE WORK CURRENTLY BEING DONE TO IMPROVE THE QUALITY OF EDUCATION IS THEIR EFFECTIVENESS.

11. Sevara, S., Shakhriyor, K., & Kosimov, A. (2022, December). IMPLEMENTATION OF DIGITAL TOOLS IN THE EFL CLASSROOM. In "

ONLINE-CONFERENCES" PLATFORM (pp. 34-37).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.