Научная статья на тему 'OTA TUSHUNCHASI IFODALOVCHI OʻZBEK VA TURK XALQ MAQOLLARINING QIYOSI'

OTA TUSHUNCHASI IFODALOVCHI OʻZBEK VA TURK XALQ MAQOLLARINING QIYOSI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
546
68
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Oʻzbek / maqol / ota / turk / madaniyat. / узбек / пословица / отец / турок / культура.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Ahmet Erdem

Maqollar xalqlarning oʻtmishdan to hozirgi kungacha boʻlgan axloqiy-madaniy qadriyatlari, e’tiqodlari, urf-odatlari va an’analarini oʻzida mujassam etgan madaniy boyliklardir. Ushbu tadqiqotda turk va oʻzbek xalqlarida erkaklarning otalik roli bilan bog‘liq maqollar qiyosiy yoʻl bilan muhokama qilinadi. Ota tushunchasiga bag‘ishlangan oʻzbek va turk maqollarining soni juda koʻp ekanligi aniqlandi. Biroq maqolaga topilgan maqollardan ayrimlari kiritilgan. Maqoladagi “ota” tushunchasini ifodalovchi maqollar oʻzbek va turk tillardagi ayrim manbalar va lug‘atlardan izlab topildi. Oʻmer Asim Aksoyning ikki jildlik “Maqol va iboralar lug‘ati” (1988) va boshqa maqol lug‘atlaridan turk maqollari uchun manba sifatida foydalanildi. Oʻzbek maqollari uchun “Oʻzbek xalq maqollari” lug‘ati (Turdimov va boshqalar, 2005) asos boʻlib xizmat qildi. Ota bilan bog‘liq har ikki xalq maqollari semantik jihatidan tadqiq qilindi. Natijada “ota” ifodasiga oʻzbek va turk xalqlarida oʻxshash ma’noga ega muqaddas tushuncha sifatida qaralishi aniqlandi. Har ikki qardosh til uchun ota bilan bog‘liq maqollarning oʻxshash va farqli tomonlarinio‘rganishga harakat qilindi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

УЗБЕКИ И ТУРЕЦКИ, ВЫРАЖАЮЩИЕ КОНЦЕПЦИЮ ОТЦА СРАВНЕНИЕ СТАТЕЙ

Они являются культурными сокровищами, которые несут нравственные и культурные ценности, традиции, верования, обычаи и традиции народов из прошлого в настоящее. В этом исследовании пословицы, связанные с отцовской ролью мужчин в турецком и узбекском обществах, обсуждаются в сравнительном ключе. Было замечено, что количество узбекских и турецких пословиц, связанных с понятием отца, очень велико. Тем не менее, некоторые из пословиц, выявленных в нашем исследовании, были включены. В некоторых источниках и словарях, как на узбекском, так и на турецком языках, был проведен поиск пословиц, включающих в себя понятие «отец», составляющее основу исследования. Другие словари пословиц, особенно двухтомный «Словарь пословиц и идиом» Омера Асима Аксоя (1988), также использовались в качестве источника турецких пословиц. Для узбекских пословиц использовался словарь узбек халк маколлари (Турдимов и др., 2005). Пословицы об отце оценивались с точки зрения смысла для обоих обществ. В результате установлено, что выражение «отец» воспринимается как сакральное понятие со схожими значениями у узбеков и тюрков. Была предпринята попытка определить сходство и различие пословиц об отце для обоих родственных языков.

Текст научной работы на тему «OTA TUSHUNCHASI IFODALOVCHI OʻZBEK VA TURK XALQ MAQOLLARINING QIYOSI»

OTA TUSHUNCHASI IFODALOVCHI O'ZBEK VA TURK XALQ MAQOLLARINING QIYOSI

AHMET ERDEM

тадцщотчи, УТАУ https://doi.org/10.37547/ot/vol-01issue-02-02

Аннотация. Maqollar xalqlarning o 'tmishdan to hozirgi kungacha bo 'lgan axloqiy-madaniy qadriyatlari, e 'tiqodlari, urf-odatlari va an 'analarini o 'zida mujassam etgan madaniy boyliklardir.

Ushbu tadqiqotda turkva o 'zbekxalqlarida erkaklarningotalikroli bilan bog'liq maqollar qiyosiyyo 'l bilan muhokama qilinadi. Ota tushunchasiga bag 'ishlangan o 'zbek va turk maqollarining soni juda ko 'p ekanligi aniqlandi. Biroq maqolaga topilgan maqollardan ayrimlari kiritilgan.

Maqoladagi "ota " tushunchasini ifodalovchi maqollar o 'zbek va turk tillardagi ayrim manbalar va lug 'atlardan izlab topildi. O 'mer Asim Aksoyning ikki jildlik "Maqol va iboralar lug 'ati " (1988) va boshqa maqol lug 'atlaridan turk maqollari uchun manba sifatida foydalanildi. O 'zbek maqollari uchun "O 'zbek xalq maqollari " lug 'ati (Turdimov va boshqalar, 2005) asos bo 'lib xizmat qildi.

Ota bilan bog 'liq har ikki xalq maqollari semantik jihatidan tadqiq qilindi. Natijada "ota " ifodasiga o 'zbek va turk xalqlarida o 'xshash ma 'noga ega muqaddas tushuncha sifatida qaralishi aniqlandi. Har ikki qardosh til uchun ota bilan bog 'liq maqollarning o 'xshash va farqli tomonlarinio 'rganishga harakat qilindi.

Таянч суз ва иборалар: O 'zbek, maqol, ota, turk, madaniyat.

Аннотация. Они являются культурными сокровищами, которые несут нравственные и культурные ценности, традиции, верования, обычаи и традиции народов из прошлого в настоящее.

В этом исследовании пословицы, связанные с отцовской ролью мужчин в турецком и узбекском обществах, обсуждаются в сравнительном ключе. Было замечено, что количество узбекских и турецких пословиц, связанных с понятием отца, очень велико. Тем не менее, некоторые из пословиц, выявленных в нашем исследовании, были включены.

В некоторых источниках и словарях, как на узбекском, так и на турецком языках, был проведен поиск пословиц, включающих в себя понятие «отец», составляющее основу исследования. Другие словари пословиц, особенно двухтомный «Словарь пословиц и идиом» Омера Асима Аксоя (1988), также использовались в качестве источника турецких пословиц. Для узбекских пословиц использовался словарь узбек халк маколлари (Турдимов и др., 2005).

Пословицы об отце оценивались с точки зрения смысла для обоих обществ. В результате установлено, что выражение «отец» воспринимается как сакральное понятие со схожими значениями у узбеков и тюрков. Была предпринята попытка определить сходство и различие пословиц об отце для обоих родственных языков.

Опорные слова и выражения: узбек, пословица, отец, турок, культура.

Abstract. They are cultural treasures that carry the moral and cultural values, traditions, beliefs, customs and traditions of nations from past to present.

In this study, the proverbs related to the paternity role of men in Turkish and Uzbek societies are discussed in a comparative way. It has been seen that the number of Uzbek and Turkish proverbs dealing with the concept offather is very high. However, some of the proverbs identified in our study were included.

Some sources and dictionaries, both in Uzbek and Turkish, were searched for the proverbs that included the concept of "father", which forms the basis of the study. Other proverb dictionaries, especially Omer Asim Aksoy's two-volume "Proverbs and Idioms Dictionary" (1988), were also used as a source for Turkish proverbs. For Uzbek proverbs, the dictionary of O 'zbek Xalq Maqollari (Turdimov, et al., 2005) was used.

The proverbs about the father were evaluated in terms of meaning for both societies. As a result, it has been stated that the expression "father" is perceived as a sacred concept with similar meanings in Uzbeks and Turks. It has been tried to determine the similarities and differences of the proverbs about the father for both related languages.

Keywords and expressions: Uzbek, Proverb, Father, Turkish, Culture.

Kirish. Xalqlarning asrlar davomida to'plagan hayotiy tajribalarini, qadr-qimmatini, aqliy pozitsiyalarini maqollar orqali ko'ramiz (Artun 2014: 142). Maqollar xalqning yozilmagan tartib-qoidalari ochiq-oydin tushuntirilib, ijtimoiy masalalarning sabablari xolisona ifodalangan adabiyot mahsulidir. (Artun 2014: 143).

Maqollarni o'tmish va hozirgi zamon o'rtasidagi aloqani ta'minlovchi, xalqlarning turmush tarzi, dunyoni talqin qilish va ularning barchasini kelajakka yetkazib beruvchi juda muhim madaniyat manbasi sifatida ta'riflash mumkin. (Chobanog'lu 2004: 335).

Maqollar tilni go'zallashtirib, boyituvchi, jamiyatning an'analari, urf-odatlari va madaniy qadriyatlarini avloddan avlodga yetkazuvchi madaniyat mahsulidir. Maqollarni xalqlarning madaniy-sivilizatsiyasi xotirasi sifatida ham baholash mumkin. Bunday madaniy xotirada maqollar juda muhim o'rin tutadi.

Maqollar o'zbek xalq og'zaki ijodi namunalarida ko'p uchraydi va ular milliy o'zlikni shakllantirish, milliy o'zbek madaniyatini hamisha bardavom saqlash nuqtai nazaridan juda qimmatli manba hisoblanadi.

Har bir jamiyatda ham oilaga katta e'tibor beriladi. Biroq turkiy xalqlar bo'lmish o'zbek va turk xalqlari madaniyatida oilaga ko'proq ahamiyat qaratilishini ta'kidlash lozim. Oilaning eng muhim a'zosi, shubhasiz, otadir. Otaning ayoliga va farzandlariga bo'lgan munosabati, oilasi uchun qilgan sa'y-harakatlari oilada unga qanday hurmat-ehtirom ko'rsatilishini belgilaydi.

Ushbu maqoladan ko'zlangan maqsad ikki qardosh xalq - turk va o'zbek xalqining madaniy tuzilishi va o'ziga xosligini maqollar orqali tadqiq qilishdir. Turk va o'zbek xalqlari tomonidan "ota" roliga berilgan ma'no maqollar orqali ochib berishga harakat qilingan. Maqolamizda turk va o'zbek jamiyatlarida "otalik" roli bilan bog'liq maqollar ma'no va mazmun jihatdan qiyoslanadi.

Turk va o'zbek madaniyatida otani qadrlash kerakligi, unga hurmat ko'rsatilishi zarurligi, otaning muqaddas ekanligi ekanligi ta'kidlanadi. Ota tushunchasini turk va o'zbek adabiyotining barcha adabiy janrlarida singari maqollarda ham ko'rish mumkin.

Ota tushunchasiga oid o'zbek va turk maqollarining qiyosi

Ota tushunchasi turk va o'zbek maqollarida ko'p uchraydi. Maqolamizning ushbu qismida ma'lum mavzular doirasida ota tushunchasini o'zbek va turk maqollari orqali ma'no jihatdan solishtirishga harakat qilamiz.

Quyida keltiriladigan o'zbek va turk maqollarida otaning yo'l ko'rsatuvchi va muqaddas shaxs ekanligi, unga hurmat va itoat qilish lozimligi qayd qilingan.

Turk xalq maqollari:

"Atasini tanimayan Allah'ini tanimaz" (Otasini bilmagan, Allohni bilmaydi) (Aksoy, 1988:159)

"Ata yolu dogru yoldur"(Ota yo'li haq yo'ldir) (Yurtbashi, 1996:25)

"Baba nasihati tutmayan pieman olur" (Ota nasihatini olmagan pushaymon bo'ladi) (Eyuboglu, 1973:32)

O'zbek xalq maqollari:

Ota o'gli bolsang, Ota nomini balandtut. (Turdimov, vb., 2005:326) Ota, aql; ona, idrok. (Turdimov, vb., 2005:253) Ota, bilak; ona, yurak. (Turdimov, vb., 2005:253) Ota-onasini tanimagan tangrisini tanimas. (Turdimov, vb., 2005:68)

*Turk va o'zbek maqollarida "ota" tushunchasi bilan bog'liq mavzular bir-biriga juda yaqin. Oila uchun otaning ahamiyati, ota-o'g'il munosabatlari har ikki xalq maqollarida ko'zga tashlanadi. O'g'il kuch va so'z egasi bo'lgan otaga bo'ysunishi kerak, degan tushuncha ota -o'g'il ziddiyatlarini yuzaga chiqarishi mumkin. Ota-bola ziddiyatlari quyidagi o'zbek va turk maqollarida tasvirlangan. Turk xalq maqollari:

"Babayla oglun pabucu bir olunca, evde kavga eksik olmaz"(Ota-bolaning kavushi bir xil (o'lchamda) bo'lgach, uyda janjal chiqadi)(Albayrak, 2009:217).

"Baba (babanin) minderi ateçtir. Her ogul oturamaz" (Ota ko'rpachasi olovdir, har o'g'il ham o'tirolmaydi) (Albayrak, 2009:218). O'zbek xalq maqollari:

Ota-bola urishar, og'a-iniyulishar. (Turdimov, vb., 2005:265) Ota bilan orsiz talashar. (Turdimov, vb., 2005:322)

*Insonning bu hayotda boshidan kechirishi mumkin bo'lgan eng og'ir narsalardan biri otasizlikdir. Otaning ahamiyati quyidagi o'zbek va turk maqollarida o'z aksini topgan. Bundan tashqari, turk maqollarida ota-ona tirik bo'lsa, qalb xotirjam bo'lishi, ijtimoiy hayotda otasiz bola xo'rlanishi, onaning yo'qligi otaning yo'qligidan ham battar ekani ifodalanadi. O'zbek maqollarida otasiz bolaning aytgani inobatga olinmasligi va yegan har luqmasi ham gap-so'zga sabab bo'lishi, yetim bo'lmaguncha otaning qadriga yetmasligi va uning hayot ekanl igi farzand uchun farovonlik ekanligi ta'kidlanadi. Turk xalq maqollari:

Baba öksüzü öksüz degil, ana öksüzü öksüz. (O 'zbekcha ekvivalaenti: Otasiz yetim gul yetim, onasiz chin yetim)(MY, 274)

Anasiz çocuk evde hordur, babasiz çocuk çarçida. (Onasiz bola uyda, otasiz bola bozorda xordir) (NA, 159/1613)

Baban anan sag; yüregin kari§ kari§ yag. (Ota-onang sog', og'zi burning yog')(NA, 216/2848)

O'zbek xalq maqollari:

Otasiz o'g'ilning og'zi katta. (Turdimov, vb., 2005:329) Yetim bo'lmay, ota qadrini bilmas. (Turdimov, vb., 2005:230) Ota o'g'il, rahmat olur. (Turdimov, vb., 2005:329)

*Turk va o'zbek madaniyatida erkaklarning boshqaruvchilik, ustunlik roli o'z ta'sir kuchini saqlab qolmoqda. O'g'il bo'lib dunyoga kelish va o'g'il farzand ko'rish har ikki madaniyatda ham hurmat-e'tiborli bo'lish demakdir. Odatga muvofiq turk va o'zbek jamiyatlarida o'g'il farzandga nasl-nasabni davom ettirish va ehtiyojlarni ta'minlash bilan bog'liq muhim rollar topshirilsa, qizlarga berilgan qadr-qimmat pasaygan. Shunday qilib, qizlar ikkinchi darajaga tushirilgan. Turk xalq maqollari:

"Oglan doguran övünsün kiz doguran dövünsün" (O'g'il tuqan maqtansin, qiz tuqqan tizzasini mushtlasin)

"Oglum olsun deli olsun, ekmek olsun kuru olsun" (O 'g'lim bo'lsin, telba bo'lsa ham, non bo'lsin, qotgan bo'lsa.)(Aksoy, 1988:399) O'zbek xalq maqollari

Qiz tuqqanga muz tug'ar, og'il tuqqanga kun tug'ar. (Turdimov, vb., 2005:279) Qiyshiq bo'lsa ham, уоЧyaxshi, yomon bo'lsa ham — o'g'il. (Turdimov, vb., 2005:279) *Quyidagi o'zbekcha va turkcha maqollarda farzandlarning turmush qurishlari ota-onaning jamiyatdagi hurmat-izzati oshishiga qanchalik ta'sir ko'rsatishi yoritib berilgan.

Turk xalq maqollari:

"Alma soysuzun kizini, sürer anasinin izini" (Nasli yomondan qiz olma, onasining izidan ketadi)(Aksoy, 1988:142)

"Tarlayi ta§liyerden, kizi kardaçliyerden" (Ekin ekiladigan joyni toshli, qizni aka-ukasi bor joydan ol) (Aksoy, 1988:442) O'zbek xalq maqollari:

Qiz bersang, otasiga qarab ber, qiz olsang, onasiga qarab ol. (Turdimov, vb., 2005:159) Mato dongi bilan bo'z o'tadi, ota dongi bilan qiz o'tadi, (Turdimov, vb., 2005:225) Oilaning eng muhim a'zosi shubhasiz otadir. Ota o'z xatti-harakati, bajarayotgan otalik burchi orqali jamiyat tomonidan hurmatga sazovor bo'ladi. Ota oilaning birligi va xavfsizligini ta'minlash, oila ehtiyojlarini qondirish hamda uning bardavomligini tutib turuvchi hokimiyat va kuch egasidir. Quyidagi turkcha maqollarda ota risozi muhim ekanligi, uning haqqi Allohning haqqi kabi muhim va ulug' ekanligi, ota farzandi uchun qalqon ekanligi, otasiz farzand hayotda yo'ldan adashishi ta'kidlangan. O'zbek maqollarida esa ota kuch va aqlni ifodalashi, ota rozi bo'lmagan o'g'ildan Xudo rozi bo'lmasligi, otaning buyrug'i arshdan baland ekanligi, ota tarozi ekanligi, ota ish buyurganida nomozini buzib, unga javob berish mumkinligi aytiladi. Turk xalq maqollari:

"Ata hakki ödenmez, helal etmeyince" (Ota haqini ado etib bo'lmaydi, to u rozi bo'lmaguncha) (Albayrak, 2009:188).

"Ata hakki, Tanri hakki" (Ota haqi, Tangri haqi) (Albayrak, 2009:188). "Ata yigidin kalkanidir" (Otayigitning qalqonidir)(Albayrak, 2009:189). "Atasini terk eden, it peçinde ko§ar" (Otasini tark etgan, it ortidan yuguradi) (Albayrak, 2009:189).

"Atasiz u§ak yularsiz e§ek gibidir" (Otasiz bolayugansiz eshak kabi) (Albayrak, 2009:190). "Baban anan sag; yüregin kari§ kari§ yag" (Ota-onang sog', og'zi burning yog') (Albayrak, 2009:216)

O'zbek xalq maqollari:

Ota, bilak; ona, yurak. (Turdimov, vb., 2005:253) Ota, aql; ona, idrok. (Turdimov, vb., 2005:253) Ota bezori, xudo bezori. (Turdimov, vb., 2005:275) Amripadar, arshdan a'lo. (Turdimov, vb., 2005:160) Otang tarozi, onang tarozi. (Turdimov, vb., 2005:91) Otang ishga buyursa, namozingni buzib ayt. (Turdimov, vb., 2005:163) *O'g'il bolalar va qizlar ota-onalari bilan har xil munosabatlarga ega. Bola onasi bilan iliqroq va samimiy munosabatda bo'lsa, ota bilan masofa saqlagan holda muomalada bo'lishi quyidagi o'zbek va turk maqollarida ifodalangan. Turk xalq maqollari:

"Çômlek ana yüregi/kalbi, tencere baba yüregi" (Idish ona yuragi bo'lsa, qozon ota yuragidir) (Yurtbashi, 1996:25) O'zbek xalq maqollari:

Farzand boqqan ota, jonni qoqqan ona. (Turdimov, vb., 2005:38)

*Ota va o'g'il orasidagi munosabat maqollarda aks etgan bo'lib, o'g'il bola otasiga o'shashga urinadi, uni o'ziga o'rnak deb biladi. Otaning farzandiga ta'sirini quyidagi o'zbekcha va turkcha maqollardan bilib olishimiz mumkin. Turk xalq maqollari:

"Babanin sanati ogula mirastir" (Ota san'ati/kasbi o'g'liga meros) (Aksoy, 1988:478) "Oglan babaya, kiz anaya yar olur" (O'g'il otaga, qiz onaga do'st bo'ladi) (Yurtbashi, 1996:25)

"Oglan atadan ögrenir sofra açmayi, kiz anadan ögrenir biçki biçmeyi" (O'g'il otadan dasturxon ochishni, qiz onadan tikish-bichishni o'rganadi) (Aksoy, 1988:398)

"Keçi nereye çikarsa oglagi da oraya çikar." (Echki qayerga chisa, ulog'i ham o'sha yerga chiqadi)(Püsküllüoglu, 2003:121) O'zbek xalq maqollari:

Ota hunari, bolaga meros. (Turdimov, vb., 2005:141) Olti kun och qolsang ham, Otang odatini qo'yma. (Turdimov, vb., 2005:156) Onadan ko'rgan to'n bichar, Otadan ko'rgan o'qyo'nar. (Turdimov, vb., 2005:156) Ota g'ayratli bo'lsa, Bola ibratli bo'lar. (Turdimov, vb., 2005:156)

*Bola xarakterining shakllanishida otaning ham genetik ham voqea-hodisalarga nisbatan munosabati ta'sir ko'rsatishi har ikki til maqollarida aks etgan: Turk xalq maqollari:

"Armut dalinin dibine dü§er" (Nok shoxining tagiga tushadi (Aksoy, 1988:335) "Otu kökü üstünde biter" (O 't tomirining ustida o'sadi) (Aksoy, 1988:403) "Meyve agacindan uzak dü§mez" (Meva dararxtdan uzoqqa tushmaydi)(Yurtbashi, 1996:25) "Agaca (ta§a) çikan keçinin dala bakan (agaca çikan) oglagi olur" (Daraxtga / qoyaga chiqqan echkining unga qarab turgan ulog'i bo'ladi)(Aksoy, 1988:118)

"Kurttan kurt olur itten it" (Bo'ridan bo'ri, itdan it) (Yurtbashi, 1996:45) "Anan irgat, baban irgat, sende irgat, senden olanda irgat" (Onang dehqon, otang dehqon, sen ham dehqon, sendan bo'lgan ham dehqon) (Yurtbashi, 1996:171)

"Atasi ne ise (neyse), ötesi de odur" (Otasi kim bo'lsa, bolasi ham shu) (Albayrak, 2009:190). O'zbek xalq maqollari:

Alp, otadan; zot, onadan. (Turdimov, vb., 2005:141)

Qo'zi qochqordan nishon, o'g'il otadan. (Turdimov, vb., 2005:163)

Ota bo'lish oson, odob berish qiyin. (Turdimov, vb., 2005:161)

*Otaning bolaga ta'sirini ifodalovchi maqollarda ota yaxshi xulqli bo'lishiga qaramay, bolasi badxulq va nomunosib bo'lishi mumkinligi yoki aksincha, yomon otadan odobli va xushxulq bola dunyoga kelishi mumkinligi qardosh xalq maqollarida quyidagicha berilgan. Turk xalq maqollari:

"Her alimden alim dogmaz" (Har olimdan olim tug'ilmaydi) (Yurtbashi, 1996:66) "Hayirli babanin hayirsiz evladi" (Xayrli otaningxayrsiz bolasi) (Yurtbashi, 1996:25) "Ak koyunun kara kuzusu da olur." (Oq qo'yning qora qo'zisi ham bo'ladi) (Püsküllüoglu, 2003:20)

"Ala keçi her zaman püsküllü oglak dogurmaz" (Ola echki hamisha kokilli uloq tug'avermaydi) (Püsküllüoglu, 2003:21) O'zbek xalq maqollari:

Ahmoqdan, chaqmoq; donodan, ahmoq. (Turdimov, vb., 2005:272) Yaxshi bola, otaga quvvat; yomon bola, uqubat. (Turdimov, vb., 2005:163) *Ayrim o'zbek va turk maqollarida ota qilgan gunoh, qilmishning oqibati bolaning hayoti va xulq-atvoriga salbiy ta'sir ko'rsatishi bayon qilingan. Turk xalq maqollari:

"Baba eder, ogul öder" (Ota qilar ishni qiladi, bola badalini to'laydi)

"Baba koruk (erik, ek§i elma) yer, oglunun di§i kamaçir" (Ota dovchayeydi, o'g'lining tishi qamashadi) (Aksoy, 1988:173) O'zbek xalq maqollari:

Otasi achchiq olmayesa, o'g'lining tishi qamashar. (Turdimov, vb., 2005:315) *Otaning salbiy xislatlari bolaga salbiy ta'sir qilgani singari, bolaning nomunosib xatti-harakatlari ham otaga qaysidir jihatdan ta'sir ko'rsatishini har ikki til maqollarida uchratish mumkin.

Turk xalq maqollari:

"iyi evlat babayi vezir, kötü evlat rezil eder" (Yaxshi farzand otani vazir qiladi, yomon farzand razil/sharmanda qiladi) (Aksoy, 1988:335)

"Hayirsiz evlat, baba ocagina incir diker" (Xayrsiz farzand ota o'chog'iga/uyiga anjir ekadi) (Yurtbashi, 1996:66)

"Kötü evlat atasina, anasina sövdürür" (Yomon bola otasiga onasini so'ktiradi) (Albayrak, 2009:670)

O'zbek xalq maqollari:

Kurash bilmagan otasiniyiqitar. (Turdimov, vb., 2005:652)

*Maqollarda ota oilada mulk va meros egasi sifatida tilga olinadi. Turk maqollarida otaning moliga ishonib mehnat qilmasilik noto'g'riligi, odam o'zi ishlashi va mol-mulk orttirishi kerakligi, otadan qolgan meros juda qisqa vaqtda tugashi, otaning do'sti bolaga meros bo'lishi, yomon o'g'il merosni sotib yeyishi ifodalangan bo'lsa, o'zbek maqollarida ota merosi bosh og'rig'iga sabab bo'lishi, otaning dardi ham, kasbi ham o'g'ilga meros bo'lib qolishi aytiladi. Turk xalq maqollari:

"Ata mali mal olmaz, kendin kazanmak gerek" (Ota moli mol bo'lmas, o'zing topishing kerak)(Aksoy, 1988:159)

"Babadan kalan malin kiymeti bilinmez" (Otadan qolgan molning qadri bo'lmaydi) (Yurtbashi, 1988: 25)

"Babasindan mal kalan, mertegi içinden bitmi§ sanir" (Otasidan mol qolgan taxta o'zidan o'zi tayyor bo'lgan deb o'ylaydi) (Aksoy, 1988:174)

"Babadan kalan malin kiymeti bilinmez" (Otadan qolgan molning qadri bo'lmaydi) (Albayrak, 2009:215).

"iyi ogul katar yer, kötü ogul satar yer" (Yaxshi o'g'il (hissasini\molini) qo'shib yeydi, yomon o'g'il (ota molini) sotib yeydi) (Albayrak, 2009:577).

"Ata dostu ogula mirastir" (Ota do'sti o'g'ilga meros) (Püsküllüoglu, 2003:31) "Babanin sanati ogula mirastir" (Ota san 'ati/hunari o'g'ilga meros) (Püsküllüoglu, 2003:38) "Bag babadan zeytin dededen kalmali" (Bog' otadan, zaytun bobodan qolishi kerak)(Püsküllüoglu, 2003:38) O'zbek xalq maqollari:

Otangning mol-dunyosi bilan qolguncha, onangning pilta-savati bilan qol. Kurash bilmagan otasini yiqitar. (Turdimov, vb., 2005:235)

Bog'da bitgan gilosim, otamdan qolgan merosim. (Turdimov, vb., 2005:235) Yelkayag'ri otaga meros, otayag'ri o'g'ilga meros. (Turdimov, vb., 2005:273) Ota hunari, bolaga meros. (Turdimov, vb., 2005:141)

Turk va o'zbek madaniyatida xotini vafot etgan yoki ajrashgan erkakning boshqa turmush qurishi odatiy hol bo'lsa, eri vafot etgan yoki ajrashgan ayolning qayta turmushga chiqishi joiz sanalmaydi. Maqollarni o'rganish jarayonida o'gay ota ifodasi keltirilgan turkiy maqollarga duch kelinmadi. Quyida o'gay ona bilan yashashga majbur bo'lgan bolalarga hattoki o'z otasi ham yaxshi muomaa qilmasligi mumkinligini ifodalovchi maqollar keltirilgan. O'zbek maqollarida o'gay ota non bermasligi, non bersa jon bermasligi; o'gay otaning baqirishi, jahldor bo'lishi aytiladi.

Turk xalq maqollari:

"Ana analik olursa, baba da babalik olur" (Ona o'gay bo'lsa, ota ham o'gay bo'ladi). "Ana üvey olunca baba gâvur olurmuç" (Ona o'gay bo'lsa, ota kofir bo'larmish) (Yurtbashi, 1996:24)

"Anasi olmayanin babasi olmaz" (Onasiyo'qningotasiyo'q)(Yurtbashi, 1996:64) O'zbek xalq maqollari:

O'gay ota, non bermas; non bersa ham jon bermas. (Turdimov, vb., 2005:268) O'gay ota o'kirar, yuragidan bo'kirar. (Turdimov, vb., 2005:268)

Kishi o'zi farzandli bo'lgachgina otaning va oilaning qadriga yetishini uqtiruvchi o'zbek va turk maqollari quyida misol tariqasida keltirilgan: Turk xalq maqollari:

"Ata olmayan ata kadri bilmez" (Ota bo'lmaguncha otaning qadrigayetmaysan) "Çoluga çocuga kariçmayan, ana baba kadri bilmez" (Bola-chaqaga aralashmagan ota-onaning qadrini bilmaydi) (Yurtbashi, 1996:25) O'zbek xalq maqollari:

Ota bo'lmay, ota qadrini bilmas, ona bo'lmay, ona qadrini bilmas. (Turdimov, vb., 2005:235) *Otaning farzandi necha yoshda bo'lsa ham, unga ko'rsatadigan mehri va fidokorligiga nisbatan farzandlarining otalariga xuddi shu tarzda hurmat-e'tibor ko'rsata olmasligi va itoatsiz munosabatda bo'lishini ifodalab kelgan maqollar har ikkala tilda ham uchraydi. Turk xalq maqollari:

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

"Babasina hayri olmayanin kime hayri olur" (Otasiga yaxshilik qilmagan kimga ham yaxshilik qilardi) (Yurtbashi, 1996:64)

"Baba ogluna bir bag bagi§lami§, ogul babaya bir salkim üzüm vermemiç" (Ota o'g'liga bog' qoldiribdi, o'g'il otaga bir bosh uzum bermabdi)(Aksoy, 1988:174)

"Bir baba dokuz oglu (evladi) besler, dokuz ogul (evlat) bir babayi beslemez" (Bir ota to'qqiz o'g'il(farzand)ni boqadi, to'qqiz o'g'il (farzand) bir otani boqolmaydi) (Aksoy, 1988:193)

Ana baba evlat için, evlat kendi ba§i için. (Ota-ona farzandi uchun, farzand o'zi uchun) (Yurtbashi, 1996:272) O'zbek xalq maqollari:

Birni bersang otangga, mingni olasan bolangdan. (Turdimov, vb., 2005:268) Xulosa. Aniqlangan va maqolamizda keltirilgan o'zbek va turk maqollariga nazar solganimizda ota tushunchasi bilan bog'liq quyidagi xulosalarni chiqarish mumkin:

1- Erkakning otalik roli ifodlangan o'zbek va turk maqollarida ota tushunchasiga nisbatan salbiy qarashga duch kelinmadi. Namuna sifatida keltirilgan maqollarda ota shaxsiyati ijobiy ifodalar bilan ulug'langan.

2- Har ikki madaniyatda qiz va o'g'il farzandlarning turmush qurishi jarayonida otaning gapi ahamiyatli ekanligi maqollarda keltirilgan.

3- Otaga itoat qilishning ahamiyatli ekanligi har ikki xalqning maqollarida o'z aksini topgan.

4- Ham o'zbekcha, ham turkcha maqollarda ota-o'g'il munosabati uchraydi, o'g'il farzand otani o'rnak sifatida ko'rishi ta'kidlangan.

5- O'zbek va turk madaniyatida ota-qiz munosabatlarini ifodalagan maqollar ota-o'g'il munosabatini ko'rsatib keluvchi maqollardan son jihatidan anchayin kam ekanligi kuzatildi.

6- Otaning nojoiz xatti-haraktlari kelajakda bolasiga ta'sir ko'rsatishi mumkinligi qardosh xalqlar madaniyatida bir xil shaklda o'z aksini topgan.

7- Pul, mol-mulk timsoli bo'lgan ota har ikki xalq maqollarida ham o'xshash shaklda berilganligiga guvoh bo'lish mumkin.

8- Befarq va ota-onasiga hurmatsiz bo'lgan farzandlarga nisbatan salbiy qarashlarni har ikk i xalq madaniyatida ham kuzatish mumkin.

9- "Ota" tushunchasi ifodalangan maqollarda har ikki xalq madaniyatida ham otaga nisbatan ijobiy qarash borligi aniqlandi .

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1- Aksoy, Ömer Asim, Atasözleri ve Deyimler Sözlügü-1/ Atasözleri Sözlügü, inkilap Kitabevi, istanbul, 1988

2- Aksoy, Ömer Asim, Atasözleri ve Deyimler Sözlügü-2/ Deyimler Sözlügü, inkilap Kitabevi, istanbul, 1988

3- Albayrak, Nurettin, Türkiye Tûrkçesinde Atasözleri, 1. bs., Kapi Yayinlari, istanbul 2009.

3- Artun, Erman (2014), TürkHalkEdebiyatina Giri§, 9. Baski, Adana, Karahan Kitabevi.

3- Eyüboglu, E. Kemal, On Ü9üncü Yüzyildan Günümüze Kadar §iirde ve Halk Dilinde Atasözleri ve Deyimler, Dogan Karde§, istanbul, 1973

4- Püsküllüoglu, A. (2003). Türk Atasözleri Sözlügü. Ankara: Arkada§.

5- Turdimov, S. vb. (2005). O'zbek Xalq Maqollari. Toshkent: Sharq nashriyoti.

6- Yilmaz, Y. Sari, Hatice. (2015). Türk Atasözlerinde Akrabalik Adlarinin Kullanimi. Rumelide, Dil ve Edebiyat Ara§tirmalari Dergisi, 2, 1-20.

7- Yurtba§i, Metin, Siniflandirilmi§ Türk Atasözleri, Mem Ofset, Ankara, 1996.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.