Научная статья на тему 'TURK MAQOLLARIDA OILA MAVZUSI'

TURK MAQOLLARIDA OILA MAVZUSI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
350
46
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Maqol / turkiy xalqlar / oila / nikoh / ota-ona / farzand / ta'lim-tarbiya / oila birligi. / Proverb / Turkish peoples / family / marriage / parents / children / upbringing / family unity.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Sobirov, G’Ulomjon Xikmatjon O’G’Li

Mazkur maqolada turk maqollarida oila hayotining turli jihatlari bilan bog'liq misollar izohlanadi. Xususan, nikoh va turmush qurish, oilada ota-ona o'rni va ahmiyati, farzandlar ta'lim-tarbiyasi, farzandlar o'rtasidagi munosabatlar va oila birligi borasidagi maqollardan foydalaniladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FAMILY TOPIC IN TURKISH PROVERBS

This article explains examples of Turkish proverbs related to various aspects of family life. In particular, proverbs are used about marriage, the role and importance of parents in the family, the upbringing of children, the relationship between children and the unity of the family.

Текст научной работы на тему «TURK MAQOLLARIDA OILA MAVZUSI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

TURK MAQOLLARIDA OILA MAVZUSI

Sobirov G'ulomjon Xikmatjon o'g'li

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti "Turk filologiyasi" kafedrasi stajor-o'qituvchisi Tel: +998 99 811-26-87 E-mail: gulomj on.sobirov. 94@gmail .ru

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada turk maqollarida oila hayotining turli jihatlari bilan bog'liq misollar izohlanadi. Xususan, nikoh va turmush qurish, oilada ota-ona o'rni va ahmiyati, farzandlar ta'lim-tarbiyasi, farzandlar o'rtasidagi munosabatlar va oila birligi borasidagi maqollardan foydalaniladi.

Kalitso'zlar: Maqol, turkiy xalqlar, oila, nikoh, ota-ona, farzand, ta'lim-tarbiya, oila birligi.

В этой статье объясняются примеры турецких пословиц, связанных с различными аспектами семейной жизни. В частности, используются пословицы о женитьбе и замужестве, роли и значении родителей в семье, воспитании и воспитании детей, отношениях между детьми и единстве семьи.

Ключевые слова: Пословица, тюркские народы, семья, брак, родители, дети, воспитание, единство семьи.

This article explains examples of Turkish proverbs related to various aspects of family life. In particular, proverbs are used about marriage, the role and importance ofparents in the family, the upbringing of children, the relationship between children and the unity of the family.

Keywords: Proverb, Turkish peoples, family, marriage, parents, children, upbringing, family unity.

Biz turkiy xalqlarning ilmiy-madaniy merosimiz, qadimiy urf-odat hamda an'analarimizdan ayonki, har qanday zamon va makonda ham oila biz uchun muqaddas qadriyat sanalgan. Binobarin, tarbiyaviy, ma'naviy-ma'rifiy, ruhiy-axloqiy, iqtisodiy-huquqiy munosabatlarga asoslangan ijtimoiy birlik hisoblanmish oila qanchalik mustahkam bo'lsa, jamiyat ham shunchalik barqaror taraqqiy etishini ajdodlarimiz juda yaxshi anglashgan.

Turmush o'rtoq tanlash va nikoh qurish inson hayotining eng muhim

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 9

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

vazifalaridan biri hisoblanadi. Maqollarda turmush qurmoq orqali nasl-nasabni davom ettirish g'oyasi ilgari suriladi. Turk tilida «Ocagin yaki§igi odun, evin yaki§igi kadin» maqolida " o'choq nurinin o'tin bersa, uy nurini ayol beradi" ma'nosi bilan bir uyning «issiq» bir oila muhitiga aylanishi uchun munosib juft tanlashlikka urg'u berilgan va ayol kishining uyda oilasi, farzandlari bilan bo'lishi munosib ko'rilgan. «Erken kalkan yol (alir), er evlenen dol alir», «At beslenirken, kiz istenirken» kabi maqollarda esa har bir ishda bo'lgani kabi turmush qurishda ham uyg'un bir vaqtning ko'z ostiga olinishi eslatilgan.

Qur'oni Karimda ham oila bilan bog'liq 100 ga yaqin oyatning nozil bo'lganligi, payg'ambarimiz Muhammad (S.A.V) ning hadislarida ham oila to'g'risida bir qancha hadislarning mavjudligi Islom dinida oila qurish naqadar muhimligini ko'rsatadi. Mavzuga aloqador Hazrati Payg'ambarimizning bir hadisiga e'tibor qaratamiz: «Sizden kimin evlenmeye gücü yetiyorsa hemen evlensin»1. Ushbu hadis orqali Payg'ambarimiz uylanishga buyurganlar va shu orqali kishining gunoh ishlardan o'zini asray olishini ta'kidlaganlar. Islom dinidagi bu talqinlar sabab «Evlenenle ev alana Allah yardim eder» va «Nihâkta keramet vardir» kabi maqollar paydo bo'lgan. Bu talqinlar va ular asosidagi maqollar yoshlarning turmush qurishliklari uchun ularga jasorat baxshida etib kelmoqda.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Nikohda ayolning o'rni mavzusida turk tilida bir nechta maqollar mavjud. Bulardan, «Evi ev eden avrat (yurdu §en eden devlet)» va «Yuvayi di§i ku§ yapar» kabi maqollarni misol tariqasida ko'rsatish mumkin. Shuningdek, XV asrda qo'llanilgan «Avret düdügü evi Tanri yikmaz, avret bozdugu evi Tanri yapmaz»2 maqolida ham ayol kishining oiladagi o'rni va ahamiyatiga urg'u berilgan. «Avrat var ev yapar, avrat var ev yikar», «Kadin vardir vezir eder, kadin vardir rezil eder» kabi maqollarda esa ayol kishining oiladagi o'ziga yuklatilgan vazifalarni yaxshi bajara olsa, baxtli bir oilaga tayanch bo'lishi yoki aksincha bo'lishi mumkinligi eslatib o'tilgan. Ya'ni o'zbek tilidagi "Ernie r qiladigan ham xotin, qaro yer qiladigan ham xotin" maqoli kabi er kishining baxti qaroligi ham, saodati ham ayol kishiga bog'liqdir.

Nikoh qarori qabul qilinayotganda ikki juftning bir-biriga mos bo'lishlari keyingi munosabatlarni sog'lom davom ettirishning muhim omillaridan hisoblanadi. «Davul dengi dengine diye çalar» degan maqol "Teng tengi bilan, tezak qopi bilan"

1 Ebu Davud, Sünen, Nikah 1.

2 Dogan Aksan, Tûrkçe'ye Yansiyan Türk Kültürü, Bilgi Yayinevi, Ankara 2008, s.53.

55

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 9

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

maqoliga aynan mos keladi va unda ifoda etilgan haqiqat islom fiqhshunoslari tomonidan e'tiborsiz qoldirilmagan va juftlar orasidagi diniy, iqtisodiy va ijtimoiy tenglikni nikoh o'lchovi sifatida qabul qilishgan.

Turk tilidagi maqollarda oila qurish bilan birgalikda ota-ona va ularga hurmat ko'rsatish muhim ekanligiga ham alohida to'xtalib o'tiladi. Ota-onani hurmat qilish, ular bilan yaxshi muomala qilish shart. Afsuski, bunday holatlarning kamayib borayotganligi "Baba ogluna bag bagi§lami§, ogul babaya bir salkim uzum vermemi§", (Ota o'g'liga bog' barpo qilibdi, o'g'il esa otasiga bir bosh uzumni ravo ko'rmabdi), "Bir baba dokuz oglu besler de dokuz ogul bir babayi besleyemez" ("Biro ta to 'qqiz farzandni boqadi, to 'qqiz farzand esa bir otani boqa olmaydi ") kabi maqollarda o'z ifodasini topmoqda. Ota-onaning farzandlari uchun ko'rsatgan moddiy-ma'naviy fidokorliklariga qaramay, ayrim farzandlar har doim ham ularga munosib javob bera olmayaptilar. Islom dinining asosiy tamoyillar orasida ota-onaga yaxshi munosabatda bo'lish muhimdir. Chunki Qur'oni Karimda «(Ey Muhammed!) De ki: Gelin, Rabbinizin size haram kildigi §eyleri okuyayim: Ona hiçbir §eyi ortak koçmayin. Anaya babaya iyi davranin.»3 deb buyurilgan. Boshqa bir oyatda esa «Rabbin kendisinden baçkasina asla ibadet etmemenizi, anaya babaya iyi davranmanizi kesin olarak emretti. Eger onlardan biri, ya da her ikisi senin yaninda ihtiyarlik çagina ulaçirsa, sakin onlara "ôf!" bile deme, onlari azarlama, onlara tatli ve guzel sôz sôyle. »4 deya ota-onaga qanday munosabatda bo'lish kerakligi buyurilgan.

Shuningdek, turk maqollarida ota-onaning hayotdagi o'rni va ahamiyatiga ko'p urg'u berilgan, ayniqsa, ona bilan bog'liq maqollar talaygina: «Aglarsa anam aglar, gerisi yalan aglar», «Ana gibi yar (Bagdat gibi diyar) olmaz», «Anasiz kuzu melemez», «Ana besler hurmayla, Eloglu karçilar yarmayla», «Anali kuzu kinali kuzu». Ushbu maqollarda onaning farzand hayotidagi o'rni naqadar ulkan ekanligi ta'kidlangan.

Oilada farzand tarbiyasi eng muhim omil hisoblanadi. Maqollarda farzandlarga yoshliklaridan beriladigan ta'lim-tarbiya va bu holatda ota-onaning roli ko'rsatib beriladi. Farzand tarbiyasida ota-onaning ahamiyati to'g'risidagi maqollarga misol tariqasida «Oglan atadan ôgrenir sofra açmayi, kiz anadan ôgrenir biçki biçmeyi», «Ananin çiktigi dala kizi salincak kurar»shularni keltirish mumkin. Ushbu maqollarda o'gil farzand tarbiyasida otaning, qiz farzand tarbiyasida esa onaning munosabatlari izohlanmoqda. «On tekerlek nereden giderse, arka tekerlek de oradan

3 Enam (6); 151.

4 isra (17) 23,24.

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 9

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

gider»va «insan göre göre, hayvan süre süre ali§ir»5 maqollari esa ota-ona farzandlariga o'rnak bo'lishlarini ko'rsatib bermoqda. Jumladan, «Yavru ku§, yuvada gördügünü yapar» maqolida ham ushbu fikrlar jamlangan. Ushbu maqolning o'zbek tilidagi ekvivalenti esa deyarli bir xil hisoblanadi: «Qush uyasida ko'rganini qiladi». Bugungi kunda hayotda ko'plab muammolarga duch kelamiz. Bulardan eng avvalosi bu - inson xarakteridir. Inson xarakteri qayerdan va qanday shakllanadi? Albatta, bu oiladan boshlanadi. Oila - bu juda nozik muassasa. Bu farzand dunyoga kelganidan, ota-onaning bir-biriga bo'lgan munosabatidan boshlanadi. Ota-onaning bosayotgan har bir qadami bolaning ongiga o'rnashib qoladi. Maqollar orasida farzandga tarbiya berishda ota-onaga yo'l ko'rsatuvchi maqollar ham mavjud: «Abdal dügünden, gocuk oyundan usanmaz». Ushbu maqolda farzand hayotida o'yinlarning muhim ekanligi ifoda etilgan. Shunga ko'ra, ota-onalar turli xil o'yinlar orqali farzandlarining ta'lim-tarbiyasini ta'sirchan va ko'ngilochar tarzda shakllantirishlari mumkinligi eslatib o'tilgan. Farzand tarbiyasidagi yana bir qoida borki, buni ota-onalar unutmasliklari lozim:«£ok söyleme arsiz edersin, ag birakma hirsiz edersin». Shuningdek, hali aniq bir muvafaqqiyatga erishmagan yosh bolalarning yelkalariga mas'uliyat yuklamaslik, shunday bo'lgan holatda esa ularni yolg'iz qoldirmaslik kerakligi «Qocuga i§ buyuran, ardinca kendi gider» maqoli orqali eslatib o'tilgan. Ushbu turk maqolining o'zbek tilidagi ekvivalenti esa «Bolaga ish buyur, ortidan o'zing yugur» maqoliga mos keladi.

Oilada yuzaga keladigan muammolarga profilaktik choralar ko'rish borasidagi maqollar ham mavjud. «Kizini dövmeyen dizini döver», «Kizi gönlüne (kendi haline) birakirsan ya davulcuya varir ya zurnaciya». Bu maqollardagi asosiy ma'no ijtimoiy va madaniy o'zgarishlar tufayli yuz berishi mumkin bo'lgan oilalarning buzilishini tezlashtiradigan omillarga qarshi kurashish hisoblanadi. Bu maqollar orqali ota-onalar farzandlariga kichik chog'laridan to'g'ri tarbiya bersalar, kelajakda bunday muammolardan nafaqat o'zlarini balki farzandlarini ham asrab qolishi mumkinligi ifoda etilmoqda. Farzandini sevgan, uni tarbiyalash yo'lida har qanday g'ayrat-u

a

shijoatlarni ko'rsatgan ota-onalarning unutmasliklari kerak bo'lgan asosiy qurol «Iyi nasihat verilir, iyi ad verilmez» maqolida ifoda etilgan. Ota-onaning bunday harakatlariga munosib ravishda farzand ham ularning bergan nasihatlariga astoydil amal qilishi darkordir.

Farzand bu eng oliy ne'mat hisoblanadi. Afsuski, ayrim juftliklar farzand ko'rishni salbiy qarshilaydilar va mana shunday kishilarni ifoda etgan maqollar ham yo'q emas. «Evladin var mi derdin var», «Oglan dogurdum oydu beni, kiz dogurdum

5 Erol Güngör, Ahlak Psikolojisi ve Sosyal Ahlak, Ötüken yayinlan, istanbul 2008, s. 215.

57

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 9

educational, natural and social sciences ÍV ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

soydu beni», «Oglan dogur kiz dogur, hamurunu sen yogur» kabi maqollarda farzand ko'rish bir muammo ekanligi ifoda etilmoqda. Tadqiqotlarga ko'ra, ba'zi farzand ko'rmagan juftliklar qolganlarga nisbatan baxtliroq ekan.6

Aka-uka, opa-singillar oilaning muhim bir bo'laklaridir. Ular o'rtasidagi munosabatlar ham maqollarda keng yoritib berilgan. «Karde§ karde§in ne oldügünü ister, ne oldugunu», «Bir evde iki kiz, biri guvaldiz biri biz» singari maqollarda farzandlar o'rtasidagi raqobat, ota-onalarini bir-birlaridan qizg'anishlari kabi holatlarning mavjudligi izohlanmoqda. Haqiqatan ham, bunday raqobat bor. Chunki Odam (a.s) ning ikki o'g'li Hobil va Qobil yoki Yoqub (a.s) ning o'gillari haqidagi qissalarda ham aynan shu holat o'z aksini topgan. Farzandlar o'rtasidagi raqobatlar borasida olimlar tomonidan o'tkazilgan tadqiqotlarga ko'ra, aka yoki opa o'zlarining kichik uka yoki singilli bo'lishliklaridan xabardor bo'lganlaridan so'ng ularda asabiylik, huzursizlanish, tirnoq yeyishlik kabi g'ayrioddiy holatlar kuzatilar ekan.7 Ammo «Karde§im olsun da kanlim olsun» maqolida vaqt o'tgan sari aka-uka, opa-singillar o'rtasida qalin rishtalarning paydo bo'lishiga urg'u berilmoqda.

Oila birligi, hamjihatligi eng muhim omil hisoblanadi. «Nerede birlik, orada dirlik» maqoli buning isboti sifatida qaraladi. Shuningdek, er-xotinning shaxsiy munosabatlariga boshqalarning aralashmasliklari quyidagi maqollarda ifoda etilgan: «Etle tirnak arasina girilmez», «El agzina (sozüne) bakan karisini tez bo§ar».8 Oila birligi, hamjihatligida sadoqatnimg muhimligi «Her gigek koklanmaz» maqolida eslatib o'tilgan. Shuningdek, er-xotin bir-birining ayb va nuqsonlariga ko'nikib yashashliklari quyidagi ikki maqolda ifoda etilgan: «Ayipsiz yár arayan, yársiz kalir» va «Gülü seven dikenine katlanir». Har bir oilaning baxtli bo'lishi jamiyat taraqqiyotining muhim omili hisoblanadi.

XULOSA

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, maqollar bir necha ming yillik tajribalar natijasi, mahsuli va qimmatli manba hisoblanadi. Ushbu maqolada oila ichidagi munosabatlarga aloqador maqollardan foydalandik. Maqollardan to'g'ri xulosa chiqarib, ularga amal qilish juda muhimdir.

REFERENCES

1. Pala, ískender. Sozün Ozünden Dünden Bugüne Atasozleri, Kapi Yaymlan, Istanbul, 2013.

6 Alfred Adler, insani tanima sanati, Dergah yayinlan, istanbul 1985.

7 Emel Yigen, Zonguldak il Merkezinde Yuvaya Giden 3 -6 Ya§ Grubu Qocuklarda Karde§ Kiskangliginin Degerlendirilmesi, Yüksek Lisans Tezi, Zonguldak, 2005.

8 Nevzat Tarhan, Aile Okulu, Tima§ Yayinlari, istanbul, 2010.

58

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

2. Ömer Asim Aksoy, Atasözleri ve Deyimler Sözlügü, inkilap Yayinlari, istanbul, 2013.

3. Ebu Davud, Sünen, Nikah 1.

4. Dogan Aksan, Türkfe'ye Yansiyan Türk Kültürü, Bilgi Yayinevi, Ankara 2008,

s.53.

5. Enam (6); 151.

6. isra (17) 23,24.

7. Erol Güngör, Ahlak Psikolojisi ve Sosyal Ahlak, Ötüken yayinlari, istanbul 2008,

8. Alfred Adler, insani tanima sanati, Dergah yayinlari, istanbul 1985.

9. Emel Yigen, Zonguldak il Merkezinde Yuvaya Giden 3-6 Ya§ Grubu Qocuklarda Karde§ Kiskanfliginin Degerlendirilmesi, Yüksek Lisans Tezi, Zonguldak, 2005.

10. Nevzat Tarhan, Aile Okulu, Tima§ Yayinlari, istanbul, 2010.

11. http: //kuran. diyanet. gov

s. 215.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.