Научная статья на тему '“TADBIR UL-MANZIL” RISOLASI – OILAVIY MUNOSABATLAR UCHUN DASTURULAMAL'

“TADBIR UL-MANZIL” RISOLASI – OILAVIY MUNOSABATLAR UCHUN DASTURULAMAL Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
619
72
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Oila / boshqaruv / mol-mulk / farzand tarbiyasi / axloq / jamiyat. / Family / government / property / parenting / ethics / society.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Saidov, Sarvar

Ushbu maqolada jamiyatning asosiy qismi hisoblangan oila va uni boshqarishga doir masalalar ibn Sinoning “Tadbir ul-manzil” risolasi asosida tahlil etilgan. Oila mustahkamligida er va ayolning vazifalari, ularning farzand tarbiyasi borasidagi majburiyatlari borasida xulosalar qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

"TADBIR UL-MANZIL" brochure PROGRAM FOR FAMILY RELATIONS

This article analyzes the issues of the family and its management, which make up the majority of society on the material of ibn Sina’s treatise “Tadbir ul-manzil”. Conclusions are drawn about the role of husband and wife in the stability of the family and their responsibilities in raising children.

Текст научной работы на тему «“TADBIR UL-MANZIL” RISOLASI – OILAVIY MUNOSABATLAR UCHUN DASTURULAMAL»

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 5/2

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

"TADBIR UL-MANZIL" RISOLASI - OILAVIY MUNOSABATLAR UCHUN

DASTURULAMAL

Sarvar Saidov

O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi tayanch doktoranti, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Manbashunoslik bo'limi ilmiy xodimi E-mail: sarvarsaid@bk.ru

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada jamiyatning asosiy qismi hisoblangan oila va uni boshqarishga doir masalalar ibn Sinoning "Tadbir ul-manzil" risolasi asosida tahlil etilgan. Oila mustahkamligida er va ayolning vazifalari, ularning farzand tarbiyasi borasidagi majburiyatlari borasida xulosalar qilingan.

Kalit so'zlar: Oila, boshqaruv, mol-mulk, farzand tarbiyasi, axloq, jamiyat.

АННОТАЦИЯ

В данной статье анализируются вопросы семьи и управления ею, которые составляют большую часть общества на материале трактата ибн Сины "Тадбир уль-манзиль". Сделаны выводы о роли мужа и жены в стабильности семьи и их обязанностях в воспитании детей.

Ключевые слова: Семья, управление, собственность, воспитание детей, этика, общество.

ABSTRACT

This article analyzes the issues of the family and its management, which make up the majority of society on the material of ibn Sina's treatise "Tadbir ul-manzil". Conclusions are drawn about the role of husband and wife in the stability of the family and their responsibilities in raising children.

Keywords: Family, government, property, parenting, ethics, society.

KIRISH

Oila jamiyat hayotining boshlang'ich bo'g'ini sifatida ijtimoiy munosabatlarda muhim o'rin tutadi. Inson eng avvalo oilada kamolga yetadi, tarbiya topadi, ma'naviy-axloqiy fazilatlarni egallaydi. Oila azal-azaldan Sharq xalqlari hayotida eng asosiy qadriyat sifatida jamiyatga ma'nan yetuk va jismonan barkamol insonni yetkazib beruvchi manba vazifasini o'tab kelgan. Shu bilan bir qatorda, islom dinida oilaviy munosabatlar, nikohning manfaatlari, er va xotinning burch va vazifalari, oilada farzand tarbiyasi kabi masalalarga nihoyatda katta ahamiyat qaratilgan.

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 5/2

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

Muqaddas dinimizda oila qurishga ayol va erkak birdek targ'ib qilingan. Jumladan, Alloh taolo Qur'oni karimda: "Sizlar eslatma olishlaringiz uchun biz har bir narsani juft-juft qilib yaratdik"1, deb marhamat qiladi. (Zoriyot surasi, 49 oyat).

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Oila qancha sog'lom bo'lsa, jamiyat ham shunga mutanosib bo'ladi. Lekin tagiga zil ketgan, mo'rt oilalar oxiri ajralish bilan tugaydi, bolalar yetim, xonadonlar parokanda bo'ladi. Bu esa, jamiyat ravnaqiga albatta putur yetkazadi2. Shu nuqtai nazardan aytish mumkinki, oilaviy munosabatlarni tartib-intizomga asoslangan holda olib borish jamiyat taraqqiyotiga, unda barkamol insonlar salmog'ining oshishiga xizmat qiladi. Bu borada islom mutafakkirlari tomonidan ko'p sonli durdona asarlar yozilgan bo'lib, mana shunday olimlardan bir Abu Ali ibn Sinodir. Ibn Sino o'zining "Tadbir ul-manzil" nomli kichik, ammo nihoyatda foydali ma'lumotlarga to'la bo'lgan risolasida mazkur masala borasida takrorlanmas ma'lumot va nasihatlarni keltiradi. Mazkur asarda oila, uning inson va jamiyat hayotidagi bebaho ahamiyati, oila boshlig'ining vazifalari, uy-joyni idora etish shartlari, farzand tarbiyasida amal qilinishi lozim bo'lgan jihatlar, oila rahbarining o'ziga juft tanlashda e'tibor qaratishi lozim bo'lgan masalalar muhokama qilingan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Ibn Sino oila mustahkamligini ta'minlashda oila boshlig'i hisoblangan erkak zoti va ayol kishining burch va vazifalarini tasniflar ekan, ular amal qilishi lozim bo'lgan quyidagi sifatlarni keltiradi:

Ayollarning eng yaxshi sifatlari

Ayollarning eng yaxshisi quyidagi sifatlarga ega bo'lishi kerak:

1. Aqlli bo'lsin;

2. Dindor bo'lsin;

3. Sharm-hayoli bo'lsin;

4. Ziyrak va dono bo'lsin;

5. Eriga mehr-muhabbatli bo'lsin;

6. Ko'p farzand ko'ruvchi bo'lsin;

7. Tili uzun bo'lmasin;

8. Itoatkor bo'lsin;

9. Pokdil bo'lsin, makkor bo'lmasin;

1 Куръони карим маъноларининг таржима ва тафсири. Таржима ва изо^лар муаллифи Абдулазиз Мансур. -Тошкент: Сано-стандарт, 2019.

2 Ш. М. Мирзиёев. Янги Узбекистан Стратегияси. - Тошкент: "O'zbekiston" nashriyoti, 2021. - Б. 72.

895

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 5/2

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

10. Erini uning huzurida va yo'qligida g'iybat qilmasin;

11. Og'ir-bosiq bo'lsin;

12. Viqorli bo'lsin;

13. Eriga xizmat qilishi bilan kibrlanmasin, balki tavozeli bo'lsin;

14. Xatti-harakatlari va amallarini yaxshilik va ezgulikka asoslanib bajarsin;

15. Erining ozgina daromadini tejamkorlik asosida ziyoda qilsin;

16. Erining ko'nglidan g'am-anduh g'uborini go'zal axloqi va shirin tili bilan ketkazsin, erining qayg'usiga chiroyli lutf va muloyimlik bilan tasalli bersin3.

Erkakning ayol borasidagi siyosati esa quyidagilarga asoslanishi kerak:

I. Kuchli haybat, ya'ni ayolning o'z eriga qarshi chiqish odatidan butunlay hayiqishi;

II. Mukammal hurmat, ya'ni erning o'z ayoliga hurmat va ehtirom bilan munosabatda bo'lishi;

III. Ayolning aqlini muhim ishlar bilan mashg'ul qilish.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Oila boshqaruvida mana shunday tadbirlar amalga oshirilganda, oila mustahkamligi ta'minlanadi. Bunday oilada yetuk va sog'lom farzandlar dunyoga keladi. Farzandning oila mustahkamligidagi beqiyos ahamiyatini to'g'ri anglagan holda, ibn Sino ota-onaning farzand ta'limida, tarbiyasida e'tibor qaratishi lozim bo'lgan jihatlarga to'xtaladi. Alloma ota-onaning farzand oldidagi birinchi vazifasi sifatida unga chiroyli ism qo'yish mas'uliyatini ta'kidlab ko'rsatadi. Albatta farzandga ism tanlash masalasida nihoyatda e'tiborli bo'lmoq lozim. Zero, chiroyli ism farzand ruhiyatiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi, uning kelajakda yuksak axloqiy xislatlarni kasb etishiga sababchi bo'ladi.

Ota-ona farzand tarbiyasida uning diniy va dunyoviy bilimlarni egallashiga alohida e'tibor qaratishi, oila qurish yoshiga yetgach, uni uylantirib qo'yishi ham oilaning go'zal ko'rinishda davom etishiga sabab bo'ladi.

Xulosa sifatida aytish mumkinki, ibn Sinoning "Tadbir ul-manzil" risolasi oilaviy munosabatlarni tartibga solishda, jamiyat rivojiga hissa qo'shuvchi fozil insonlarning yetishib chiqishida katta ahamiyatga ega bo'lib, oilani boshqaruvchilar va uning a'zolari uchun o'ziga xos dasturulamal vazifasini bajaradi.

3 A6y Ann höh CHHO. Tagönp yn-Maronn. My^aMMag Ha^Mnn 3HH®OHHH Tap^HMacn. - Te^poH: Эрон MHOTHH KyTyöxoHacH, 1902. - 28 6.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

REFERENCES

1. Qur'oni karim ma'nolarining tarjima va tafsiri. Tarjima va izohlar muallifi Abdulaziz Mansur. - Toshkent: Sano-standart, 2019. - 624 b.

2. Shavkat Mirziyoyev. Yangi O'zbekiston Strategiyasi. - Toshkent: "O'zbekiston" nashriyoti, 2021. - 464 b.

3. Abu Ali ibn Sino. Tadbir ul-manzil. Muhammad Najmiy Zinjoniy tarjimasi. -Tehron: Eron Milliy kutubxonasi, 1902. - 111 b.

4. Jurayev, S. S. O. (2021). Abu Ali ibn Sinoning falsafiy qarashlarida baxt-saodat masalasi. Academic research in educational sciences, 2(Special Issue 1), 395-401.

5. Jurayev, S. S. O. G. L. (2022). ABU ALI IBN SINONING INSON VA UNING MA'NAVIY KAMOLOT MASALASIGA MUNOSABATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(Special Issue 23), 902-908.

6. Saidov, S. (2022). TARIXIY MANBALARDA KELTIRILGAN IBN AL-MUQAFFA BORASIDAGI MA'LUMOTLAR TAHLILI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(2), 525-528.

7. O'G'Li, J. S. S. (2021). ABU ALI IBN SINONING FALSAFIY QARASHLARIDA AXLOQ MASALASI VA UNING BUGUNGI KUNDAGI AHAMIYATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(3), 11-14.

8. Saidov, S. (2021). Ibn al-Muqaffaning islom tarjima san'atiga qo 'shgan hissasi. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(1).

9. Saidov, S. A. O. G. L. (2021). IBN AL-MUQAFFANING HAYOTI VA ILMIY FAOLIYATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(7), 8-14.

10.Sulaymonov, J. (2021) ABDURAHMON IBN XALDUNNING TAMADDUN TARAQQIYOTI HAQIDAGI QARASHLARIDA JAMIYAT TAHLILI//A cadem ic Research in Educational Sciences, Vol. 2 Special Issue 1, 2021. 451-455 R.

11. Sulaymonov, J. B. (2021). IBN XALDUNNING „MUQADDIMA "ASARIDA JAMIYAT TARAQQIYOTIGA TA'SIR QILUVCHI OMILLAR TALQINI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(4), 732-737.

12. Sulaymonov, J. B. (2021). ABU ZAYD ABDURAHMON IBN XALDUNNING „MUQADDIMA" ASARIDA DAVLAT TUSHUNCHASIGA YONDASHUVLAR TALQINI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(6), 9-14.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.