Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
О
R
VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
OILAVIY MULOQOTDAGI MUROJAATNING LINGVOMADANIY
XUSUSIYATLARI
Dilafruz Sulaymonova
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti ingliz tili fani o'qituvchisi [email protected]
ANNOTATSIYA
Ushbu maqola oilaviy muloqotda uchraydigan murojaat shakllari masalalariga bag 'ishlangan bo 'lib, u o 'zida ikki noqardosh til vakillari oilaviy suhbatida tez-tez kuzatiladigan o 'zaro oila a 'zolarining bir-birlariga nisbatan yo 'llaydigan murojaat terminlariga xos xususiyatlarini aks ettiradi. Mavzu doirasidagi turli adabiyotlar izchil tahlilda ko'rib chiqilib, murojaat borasidagi mahalliy vaxorijiy olimlarfikrlari o'rganiladi. Tadqiqot ishida o'zbek va ingliz xalqi oilaviy kommunikatsiyasidagi murojaat ifodalari talqini farqli va o'xshash holatiga ko'ra qiyoslab o'tiladi. Shuningdek, maqolada tadqiqot mavzusini amaliy jihatdan yoritish va zaruriy manbalarni to'plashda qo'shimcha vosita bo'lgan so'rovnoma natijalari ham ikki madaniyat egalari javoblari orqali sharhlab o 'tildi.
Kalit so'zlar: oila instituti, oilaviy muloqot, oila diskursi, murojaat shakllari, turli tizimli tillar, lingvomadaniyat.
В данной статье основное внимание уделяется формам обращения, встречающимся в семейном общении, и отражены особенности обращений членов семьи друг к другу, которые часто наблюдаются в семейных беседах представителей двух неродных языков. Различная литература по этому вопросу будет рассмотрена в последовательном анализе, и будут изучены взгляды местных и зарубежных ученых на приложение. В исследовании сравниваются интерпретации узбекских и английских выражений в семейном общении на предмет их различий и сходства. В статье также прокомментированы результаты опроса, который стал дополнительным инструментом для практического освещения темы исследования и сбора необходимых ресурсов, через ответы носителей двух культур.
Ключевые слова: институт семьи, семейное общение, семейный дискурс, формы обращения, двухсистемные языки, лингвокультура.
АННОТАЦИЯ
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
O
R
VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
ABSTRACT
This article focuses on the forms of address found in family communication and reflects the features of family members' addresses to each other, which are often observed in family conversations between representatives of two non-native languages. The various literature on the subject will be considered in a sequential analysis, and the views of local and foreign scientists on the application will be explored. The study compares the interpretations of Uzbek and English expressions in family communication in terms of their differences and similarities. The article also comments on the results of the survey, which has become an additional tool for practical coverage of the research topic and the collection of necessary resources, through the responses of the bearers of the two cultures.
Keywords: family institution, family communication, family discourse, forms of address, different system languages, linguoculture.
Oilaviy muloqot deganda biz ma'lum bir oila a'zolari munosabatida sodir bo'luvchi har xil turdagi xabarlarni; ma'lumotlar, his-tuyg'ularni og'zaki nutq yoki og'zaki bo'lmagan vositalar yordamida amalga oshirish jarayonini tushunamiz. Oilaviy muloqotning samarali tus olishida uning muhim tarkibiy qismi bo'lgan oila vakillari nutqida faol uchraydigan murojaatning o'rni beqiyosdir. Shuningdek, har bir oila muloqotida uning a'zolari uchungina taalluqli bo'lgan oilaviy murojaat namunalari, me'yorlari, o'zaro ishonch va tasavvurlarni ifoda etuvchi etiqod shakllangan bo'ladi.
Muloqot jarayonida adresatga to'g'ri murojaat qila olish bu inson nutqining eng muhim omillaridan biri hisoblanadi. Murojaatning har qanday turi uni faqatgina qabul qiluvchisiga yetkazishni tashkillashtirishdan iborat bo'libgina qolmay, balki odob -axloq me'yorlariga rioya etgan holda suhbat chog'ida adresat bilan og'zaki nutqni mazmunli va samarali tus olishiga zamin yaratishdan iboratdir.
Oila instituti tadqiqi allaqachon ko'plab sohalarda o'rganilgan bo'lsa-da, tilshunoslar so'nggi yillarda oilaviy munosabatlarni muayyan misollar, izchillik va qiziqish bilan tadqiq qila boshladilar.
Hammaga ayonki, oila instituti shakllanishi uzoq tarixiy davrlarni o'z ichiga qamrab oluvchi murakkab ijtimoiy-psixologik jarayon hisoblanadi. Har bir davr, har qaysi millatda ham oilaviy masalalar, unda istiqomat qiluvchi vakillar orasidagi munosabatlar o'sha jamiyatning turli sohalarda rivoj topishidagi tayanch poydevori
KIRISH
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
bo'lgan. Bundan ma'lum bo'ladiki, oila jamiyatning ajralmas bo'lagi, yurt taraqqiyotining asosidir.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
Oilaviy muloqot va oilaviy munosabatlarda murojaatning o'rniga e'tiborni qaratishdan avval oila so'zining lug'aviy ma'nosini ikki noqardosh madaniyat vakillari izohlari yordamida ko'rib chiqish o'rinlidir.
A.Madvaliev tahriri ostidagi "O'zbek tilining izohli lug'ati" da "oila" atamasiga shunday ta'rif beriladi: "Oila- [ arab. bola-chaqa, xonadon; urug'-avlod] 1. Er-xotin, ularning bola-chaqalari va eng yaqin tug'ishganlaridan iborat birga yashovchi kishilar majmui; xonadon. Ahil oila. San'atkorlar oilasi. Oila boshlig'i. 2. Rafiqa, xotin. Oilam maktabda o'qituvchi" [6]
K. Najmidinova jamiyatda oilaning ma'naviy-axloqiy holatini kuzattach, o'z monografiyasida shunday fikr yuritadi: "Oila - nikoh munosabatlarini, urug' ichi munosabat-lari va urug'lararo munosabatlarni tartibga solish zaruriyati bilan yuzaga keladi. Oila jamiyatning tayanchi, uning birinchi va birlamchi yadrosi, zarrasidir. Ongli oila bo'lib yashash dunyodagi barcha maxluqot va jonzotlar orasida faqat inson zotiga xosdir" [2]
Oila bu er-xotin, ota-ona va bolalar o'rtasida shakllangan o'zaro munosabatlarning aniq tarixiy tizimi, psixologik nuqtai nazardan bu kichik bir jamoa bo'lib, uning a'zolari bir-biri bilan qarindosh urug'chilik va nikoh orqali bog'langan bo'ladilar. Oilaning bo'lishi jamiyatni, aholini jismonan va aqlan kamolotiga bo'lgan ehtiyojlaridan kelib chiqadi
Endi e'tiborimizni oilaga ingliz tilida berilgan ta'riflarga qaratamiz. Longman zamonaviy ingliz tili lug'atida oila so'zi quyidagicha izohlanadi: "Oila 1) yaqin qarindoshlar guruhi- bir-biriga qarindosh bo'lgan insonlar guruhi, ayniqsa ota-ona va ularning farzandlari; 2) hamma munosabatlaringiz - siz bilan bog'liq bo'lgan barcha insonlar, shu jumladan, hozirda vafot etganlar ham; 3) farzandlar. [7]
Britannika saytida keltirilishicha, oila - nikoh, qondoshlik yoki farzand asrab olish rishtalari yo'li bilan birlashtirilgan, bitta xonadonni tashkil etadigan va o'zlarining ijtimoiy sharoitlarida bir-biri bilan o'zaro aloqada bo'lgan shaxslar, odatda turmush o'rtoqlar, ota-onalar, bolalar va aka-ukalar guruhi. [8]
Ingliz olimalari Djeyn Makkarti va Rozalinda Edvardslar e'tirof etishicha, "oila" atamasining o'zi va uni qanday ishlatish mumkinligini nazariy jihatdan asoslashdan tashqari, oila tadqiqoti odatda o'zaro bog'liq mavzular to'plamini qamrab oladi, jumladan: 1) turmush qurish va farzandli bo'lish; 2) uy xo'jaliklari shakllanishi va
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
demografik tendensiyalar; 3) bola tarbiyasi va g'amxo'rlikning boshqa turlari; 4) qarindoshlik va jamoat munosabatlari va shu kabilar. [5]
Professor I.Levin keltirgan ta'rif bo'yicha, kundalik tilda oila ijtimoiy guruh sifatida huquqiy, biologik va hissiy jihatdan bog'langan; oilaning kundalik tilga yaqin ta'riflaridan biri esa oila bir xonadonda yashovchi va qarindosh bo'lgan ikki yoki undan ortiq qon, nikoh yoki farzandlikka olish munosabatlari orqali bog'langan shaxslarni o'z ichiga oladi. [3]
Rebeka Jonson tadqiqotlarida qayd etilishicha, oila diskursi oila a'zolari tomonidan birgalikda qurilgan bo'lib, ularning har biri o'zaro munosabatlarda aniq ishonch va maqsadlariga egadir. O'zaro oilaviy suhbatlar chog'ida oiladagi rollar a'zolar tomonidan belgilanadi, rad etiladi va bu borada bahslar ham olib boriladi. Belgilangan lavozimlar, odatda, oiladagi shaxslar jinsi va pozisiyasiga asoslangan holda tayinlanadi. [4]
Fikrlarni ko'rib chiqish davomida ma'lum bo'ldiki, "oila" tushunchasi milliy-madaniy o'ziga xoslikka ega, sharq va g'arb madaniyati vakillari nuqtai nazariga ko'ra ham "oila" deyilganda, qondoshlik va nikoh rishtalari orqali bog'langan, bir yoki bir necha farzandlarga ega bo'lgan o'zaro insonlar guruhi tushunilar ekan.
Oila diskursi borasida samarali izlanish olib borgan rus olimasi V.V.Zvyaginseva oila diskursini institusional bo'lmagan diskurs, uning faoliyat doirasi oila a'zolarining muloqot doirasi bilan cheklanadi, deya bahs yuritadi. [1]
Ba'zi lingvistlar esa oila diskursini tadqiq etish ayrim muammolarni, aniqrog'i, oilaviy munosabatlar, oilaviy muloqot o'zaro bir shaxsiy jarayonda sodir bo'lishi sabab unga oid zaruriy ma'lumotlarni jamlashda bir oz noqulayliklar tug'dirishi mumkinligini ta'kidlaydilar. Brayan Klensi e'tirof etishicha, oila diskursi intim janrda joylashgan bo'lib, u o'zida eng ko'p shaxsiy va xususiy diskursni, ya'niki er-xotin va bir-biriga juda yaqin bo'lgan do'stlar orasidagi diskursni ifoda etadi.
Shu o'rinda qayd etish lozimki, dunyoning ko'plab olimlari ishlarida oilaviy kommunikasiya, oilaviy nutq ifodalaridan ko'ra oila diskursi termini qo'llanilishi urfga kirgan bir paytda, biz esa o'z tadqiqot ishimizda milliy mentalitetimizga yaqin bo'lgan jumla - "oilaviy muloqot" birikmasini ishlatishni joiz deb topdik.
Insonlar jamiyatda rivoj topib, bir-birlari bilan o'zaro munosabatga kirishishlarida muloqotga juda katta ehtiyoj sezadilar. Muloqot qilish orqali insonlar bir-birlariga xabar yo'llaydilar, hamkorlik qiladilar, kundalik hayot tarzida yuz berayotgan voqea-hodisalarga ijobiy yoki salbiy munosabat bildirib, fikr almashadilar.
Tabiiyki, oilaviy muloqotda murojaat ifodalari asosan ota-ona, ota-ona -farzandlar (inglizlarda bu kabi oilalar "nuclear family" birikmasi orqali anglashiladi)
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
o'rtasida sodir bo'ladigan suhbatlar chog'ida shakllanadi. Yuqorida oilaga keltirilgan ta'riflardan kelib chiqib, ayrim katta (extended family) oilalarda esa qarindosh insonlar guruhi kengligi bois murojaat shakllari qamrovi ortib borishi tabiiy hol.
Ikki noqardosh til egalari oilaviy nutqida kuzatiladigan murojaat turlarini aniqlashda bir necha tadqiqot metodlaridan, jumladan, tarixiy-qiyosiy metod, chog'ishtirma tilshunoslik metodlaridan foydalanildi. Tadqiqot mavzusi doirasida o'tkazilgan so'rovnomada o'zbek va ingliz xalqidan 30 ga yaqin oila vakillari ishtirok etib, o'z fikrlarini Gugl formda qayd qilib qoldirdilar.
NATIJALAR
So'rovnoma 10 ga yaqin savollardan iborat bo'lib, ular o'z ichiga ota-ona, ota-ona va farzand hamda farzandlar suhbatida kuzatiladigan murojaat ifodalari asosida tashkillashtirildi. Maqolada biz ota-onaga nisbatan ishlatiladigan murojaat shakllariga to'xtalib o'tamiz.
Ikki madaniyat egalari bilan tashkill qilingan so'rovnomaning "Ota-onangiz bilan suhbat chog'ida ularga qanday murojaat shakllarini yo'llaysiz?" deya berilgan savolga ko'rsatilgan o'zbek vakillari javoblari natijasi quyidagicha grafik vositada o'z aksini topadi:
1-diagramma
Ma'lum bo'ldiki, murojaat birliklari O'zbekiston viloyatlari kesimining o'ziyadoq turli faqrlanish holatlarini keltirib chiqarmoqda. 17% ga yaqin javoblarda "aya", "dada" murojaat birliklari ifodalanishi respublikaning ko'plab hududlarida mazkur chaqiriqlardan unumli foydalanilayotganligidan dalolat bersa, ayrim oila vakillari nutqida esa nisbatan ota-onaga bo'lgan o'zgacha mehr-muhabbat, ehtirom "jon" qo'shimchasi yordamida aks ettirilayotganligini kuzatish mumkin.
Mazkur savol ingliz oilalari a'zolari tomonidan quyidagicha talqinda ifodalandi:
2-diagramma
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
R
O
VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
1. WridI cto you cmII your (at 'itvoI h«f wtton you aro talking to Ih«fp7 PloatiC an»wr I he»« qu*sttoiH a* hona»l>y possible occordti>o to your natural uaao*
Mum Dad
r mt r»e* /Mtjt im«
BalM* lov» darling honay
Oy whmn? I dixit unrJvratand
Dad aod Matn
r«tr>«> mcMiiM
Mummy/ Daddy
Ko'rinadiki, garchi ingliz tilida muloqot olib boruvchi oilalar ham Angliyaning turli geografik hududlaridan javoblarini qoldirsalar-da, aynan ota-onaga yo'llanadigan murojaat ifodalari o'rtasida umumiy yaqinlik seziladi. Aksar ingliz oilalari shunchaki ham qisqartirish, ham erkalash ohangi uyg'unligida "mum", "dad" jumlalaridan samarali foydalanar ekanlar.
MUHOKAMA
Ikki madaniyat oilaviy muloqotida uchraydigan murojaat shakllarini kuzatish chog'ida ma'lum bo'ldiki, har ikki xalqda ham ota-onaga hurmat-e'tibor, izzat-ikrom tushunchalari ulug'lanadi, pozitiv strategiyalar yetakchilik qiladi, farqli jihati shu bo'ldiki, o'zbek xalqi shevalarga boy xalq va har bir hududning o'ziga yarasha kelib chiqish tarixi bo'lgani kabi oilaviy suhbatlaridagi murojaat terminlari ham turfa xilma-xilliklarga ega. Yana bir ahamiyatli xususiyati, hattoki ayrim chaqiriqlarga qardosh qo'shni millat vakillari nutqidagi ifodalar (modar) ham singib ketganligining guvohi bo'lish mumkin. So'rovnoma jarayonida e'tiborni qaratadigan jihati, noqardosh madaniyat ishtirokchilari oilaviy mavzudagi har qanday so'rovnomada ham ishtirok etishni istamasliklari ma'lum bo'ldi. Yuqorida qayd etilgan tadqiqotlarga tayanib, oilaviy tadqiqot, darhaqiqat, intim janrga xos izlanishlardan biri bo'lib qolishi bu doiradagi barcha qiziqqan savollarga to'la yechim topa olish imkonini bir oz bo'lsa-da cheklaydi, deya olamiz.
Fikrlarni ko'rib chiqish davomida ma'lum bo'ldiki, "oila" tushunchasi milliy-madaniy o'ziga xoslikka ega, sharq va g'arb madaniyati vakillari nuqtai nazariga ko'ra ham "oila" deyilganda, qondoshlik va nikoh rishtalari orqali bog'langan, bir yoki bir necha farzandlarga ega bo'lgan o'zaro insonlar guruhi tushunilar ekan.
XULOSA
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
о
R
VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
Shuni alohida qayd etish joizki, olib borilayotgan tadqiqot ob'ekti sifatida garchi murojaat ifodasi olinsa-da, aynan shu murojaat shakllari oilaviy munosabatlar, oilaviy muloqotda uchraydigan shakllar asosida ko'rib chiqiladi. Barchaga ayonki, oilani insonlar tashkil etadi va unda turli munosabatlar mujassam va mazkur turfa xilliklar izlanuvchilardan endilikda inson ongi, psixologiyasi, uning nutqiy faoliyati hodisalarini tadqiq etuvchi sohalarni ham izchil o'rganishni talab qilmoqda.
REFERENCES
1. Звягинцева В.В. Обращение в семейном дискурсе: автореф.дис. Канд.фил.наук: 10.02.19/ - Курск, 2011.
2. Najmidinova K.U. Oila tarbiyasida milliy va umuminsoniy axloqiy madaniyatning o'rni. /- T.: «Adolat», 2016. 224 b. B.5
3. Levin, Irene (1999), "What Phenomenon is Family?", Marriage & Family Review, Vol: 28, No: 3, pp. 93 — 104.
4. Rebekah Johnson.Teachers College, Columbia University, Working Papers in TESOL & Applied Linguistics, 2007, Vol. 7, No. 2, The Co-Construction of Roles and Patterns of Interaction in Family Discourse.
5. Ribbens McCarthy, Jane and Edwards, Rosalind (2011). Key Concepts in Family Studies. London:Sage.
6. O'zbek tilining izohli lug'ati.5-jild / M harfi/ A. Madvaliev. - T.: "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" davlat ilmiy nashriyoti, 2008. - 157 b. B.122.
7. http://global.longmandictionaries.com/
8. https://www.britannica.com/topic/family-kinship