Научная статья на тему 'OILA HUQUQI'

OILA HUQUQI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
1144
85
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
oila / davlat / jamiyat / huquq / prinsip / qonun / tarbiya / oila tarbiyasi / ota-ona huquqlari. / family / state / society / law / principle / law / upbringing / family upbringing / parental rights.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Dildora Iskandarovna Tosheva, Shohruh Skokir O‘G‘Li Zokirov

Ushbu maqolada oila jamiyatning bir bo’lagi sifatida o’z huquqiy vakolatlariga ega. Oila a’zolarining huquq va burchlari ularning milliy qadriyatlar asosida muhofazalanganligi, inson tarbiyasida oilaning o’rni va ahamiyati haqida ma’lumot berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FAMILY LAW

In this article, the family has its own legal powers as part of society. Information is provided on the rights and duties of family members, their protection on the basis of national values, the role and importance of the family in human development.

Текст научной работы на тему «OILA HUQUQI»

OILA HUQUQI

Dildora Iskandarovna Tosheva Shohruh Skokir o'g'li Zokirov

Buxoro davlat universiteti o'qituvchisi BuxDUPI tabiiy va gumanitar fanlar

fakulteti talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada oila jamiyatning bir bo'lagi sifatida o'z huquqiy vakolatlariga ega. Oila a'zolarining huquq va burchlari ularning milliy qadriyatlar asosida muhofazalanganligi, inson tarbiyasida oilaning o'rni va ahamiyati haqida ma'lumot berilgan.

Tayanch so'zlar: oila, davlat, jamiyat, huquq, prinsip, qonun, tarbiya, oila tarbiyasi, ota-ona huquqlari.

FAMILY LAW ABSTRACT

In this article, the family has its own legal powers as part of society. Information is provided on the rights and duties of family members, their protection on the basis of national values, the role and importance of the family in human development.

Keywords: family, state, society, law, principle, law, upbringing, family upbringing, parental rights.

Kirish. Oila so'g'lom bo'lsa, jamiyat mustahkam, jamiyat mustahkam bo'lsa mamlakat barqarordir. Shuning uchun ham oila jamiyatning asosiy bo'g'ini sifatida e'tirof etilib, bolaning shaxs sifatida shakllanishi, kelgusida jamiyatda o'z o'rnini topishi hamda ma'naviy barkamol inson bo'lib yetishishida asosiy poydevor bo'lib hisoblanadi. Xalqimiz tarixiga nazar tashlasak, eng qadrli an'analar: halollik , rostgo'ylik, or-nomus, mehr-u oqibat, sharm-hayo, mehnatsevarlik, vatanparvarlik, bag'rikenglik, insonparvarlik kabi barcha insoniy fazilatlar avvalo oilada shakllanadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA Oila shaxs tarbiyasida muhim o'rin tutadi. Oila-kishilarning nikoh yoki qon-qarindoshlik rishtalari, umumiy turmush tarzi, axloqiy mas'uliyat hamda o'zaro yordamga asoslanivchi kichik guruhi .,, Jamiyat'' va ,,oila'' tushunchalari bir-biri bilan chambarchas bog'liq.

Markaziy Osiyoda patriarxal oila eramizdan oldingi birinchi ming yillikda vujudga kelgan. Asta-sekin o'sha davrlarda kichik-kichik oilalar vujudga kela boshlagan. Kichik oilalar vujudga kelishi bilan nikohning shart-sharoitlari ham o'zgarib borgan.

Oila jamiyatning mustahkam bir bo'g'ini bo'lib, u bevosita o'z qonuniy maqomiga egadir. Oila huquqi har bir davlatda muhim huquqiy prinsip bo'lib

hisoblanadi. Sababi oilada to'g'ri tartib o'rnatilinmas ekan, biror bir jamiyat yoki davlatda tartib va taraqqiyotga erishish mushkul hisoblanadi. Shu boisdan har bir jamiyatda oilaning o'rni alohidadir. Har bir jamiyatda oila huquqini odilona tarzda shakllantirish juda murakkab va dolzarb vazifa bo'lib hisoblanadi.Shuning uchun ham jamiyat va davlatning oilaga g'amxorligi ijtimoiy siyosatimizning muhim yo'nalishiga aylangan.

Buyuk ma'rifatparvar A.Fitrat oila va uning jamiyatdagi o'rni haqida shunday deydi:,,Agar bir mamlakat aholisi axloqsizlik va johillik bilan oilaviy munosabatlarni zaiflashtirib yuborsa va intizomsizlikka yo'l qo'ysa, shunda bu millatning saodati va hayoti shubha ostida qoladi"1.

NATIJA VA MUHOKAMALAR: Oila munosabatlarining O'zbekiston Respublikasi qonunlarida aks ettirilishi oilani yuksak axloqiy-ma'naviy normalar asosida mustahkamlashning yorqin namunasidir ham. Ta'kidlash joizki O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 63-moddasida ,,Oila jamiyatning asosiy bo'g'inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo'lish huquqiga egadir. Nikoh tomonlarning ixtiyoriy roziligi va teng huquqliligiga asoslanadi,''deb ta'kidlangan.

64-modda esa ,,Ota-onalar o'z farzandnilari voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar'' degan fikr bayon etilgan bo'lib u bugungi kunda jamiyatimizda ota-onalarning o'z farzandlarini tarbiyalashi, munosib jamiyat a'zosi sifatida yetishtirishini huquqiy vakolat sifatida yuklatilgan.

Davlat va jamiyat yetim bolalarni va ota-onalarning vasiyligidan mahrum bo'lgan bolalarni boqish, tarbiyalash va o'qitishni taminlaydi, bolalarga bag'ishlangan xayriya faoliyatlarni rag'batlantiradi.Bosh Qonunchiligimizning yana ba'zi moddalaridan misol keltiramiz:

65-modda. Farzandlar ota-onalarning nasl-nasabidan va fuqarolik holatidan qat'iy nazar , qonun oldida tengdir.

66-modda. Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar o'z ota-onalari haqida g'amxorlik qilishga majburdirlar. Yoki sharqning mashhur asarlarida biri bo'lgan ,,Qobusnoma'' asarida shunday deyiladi:

Ota-ona farmonbardordur. Bu farmonbardorlikda ham ish bo'lg'ay va ham farmon bo'lg'ay.Ota-onaning ish seni parvarish qilmoqdur va farmoni senga yaxshilik

"5

o'rgatmoqdur.

Aytishlaricha, amiralmo'minin Alidan so'radilarki, ,, Farzandda ota-onaning haqi qanchadur?''. Hazrat Ali dedi: ,,Haq taollo bu adabni Rasulning ota-onasi o'limida ko'rgizdi. Nedinkim, bu hazrat ota-onasining hayot ayomini topsa erdi, ular o'zidan

1 Davlat va huquq asoslari 10-sinf- 3. I bo'lim. Oila huquqi .9-bet

2O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T.O'zbekiston nashriyoti. 2019yil.V bob .21-22- bet

3 Kaykavusning ,, Qobusnoma ' 'asari - 2. V bob, Ota va ona haqini bilma zikrida.

ilgari tutmoq, ularnining haqini bilmoq va ularga farzandlik yuzasidan tavoze ko'ruzmoq vojib bo'lir erdi''.

Oilaviy huquqiy munosabat deganda, fuqarolar o'rtasida bo'ladigan va oilaviy huquqiy normalar bilan tartibga solinadadigan ijtimoiy munosabatlar tushuniladi.

Oila huquqi oila a'zolar o'rtasidagi nomulkiy va mulkiy munosabatlarni tartibga soladi. Shaxsiy nomulkiy munosabatlarga er-xotinning familiyasi, bolalar tarbiyasi, oila turmushi masalalarini hal qilish, mashg'ulot turi, kasb va turar joy tanlash huquqlari kiradi.

Er va xotinning nikoh davomida orttirgan umumiy mulklari , shuningdek, nikoh etilgunga qadar bo'lajak er-xotinning umumiy mablag'lari hisobiga olingan mol-mulklarin, agar qonun yoking nikoh shartnomasida boshqacha holat ko'zda tutilmagan bo'lsa, ularning birgalikdagi umumiy mulki hisoblanadi va mulkiy munosabatlar bilan tartibga solinadi.

XULOSA: Oilaviy-huquqiy munosabatlar o'zining ba'zi bir belgilari bilan fuqarolik-huquqiy munosabatlarga o'xshab ketadi. Biroq bu o'xshashlik faqat tashqi ko'rinishdir. Fuqarolik huquqiy munosabatlarning asosini mulkiy munosabatlar, oilaviy huquqiy munosabatlarning asosini esa mulkiy bo'lmagan shaxsiy munosabatlar tashkil etadi. Oila huquqi birinchi navbatda shaxsiy munosabatlarni birinchi navbat shaxsiy munosabatlar tashkil etadi .

''Oila to'g'risidagi qonun hujjatlari nikoh tuzish, nikohning tugatilishi va uni haqiqiy emas deb topish shartlari va tartibni belgilaydi, oila a'zolari: er-xotin, ota-ona va bolalar o'rtasidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va doirada esa qarindoshlar hamda o'zga shaxslar o'rtasidagi shaxsiy nomulkiy va mulkiy munosabatlarni oilaga olish munosabatlarni tartibga soladi, shuningdek, ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarni oilaga olish shakl va qoidalari , fuqarolik holati dalolatnomalarni qayd etish tartibbini belgilaydi''deyiladi O'zbekiston Respublikasining Oila kodeksi, 5-moddasida.

Oilaviy munosabatlarda fuqarolarning huquqlarning faqat qonunga asosan va faqat oiladagi boshqa a'zolarining hamda o'zga fuqarolarning axloqi, sha'ni qadr-qimmati, sog'lig'i, huquqlari va qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida zaruriy me'yordagina cheklash mumkin.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi -1. Toshkent-,,O'zbekiston''-2019

2.Kaykavusning ,, Qobusnoma ''asari - 2.,,O'QTUVCHI''Nashiryot-Matbaa Ijodiy Uyi Toshkent-2015

3.Davlat va huquq asoslari 10-sinf- 3.Toshkent-,, Yangiyo'l Poligraf Servis''-2017

4.Тошева Д. И., Очилова М. О. Методология Ходжа Бахоуддина Накшбанда и ее социальное-педагогическая сущность //Вестник магистратуры. - 2019. - №. 4-4 (91). - С. 17-18.

5.Тошева Д. И., Тошева Д. И. Педaгoгические условия экологического во^т^ия та урокaх экологии в высшем обрaзовaнии //Academy. - 2020. - №. 6 (57). - С. 8889.

6.Тошева Д. И., Жамолова Г. К. ЭКОЛОГИЧЕСКОЕ ВОСПИТАНИЕ МЛАДШИХ ШКОЛЬНИКОВ //Вопросы науки и образования. - 2021. - №. 19. - С. 46-51.

7.Тошева Д. И. Обучение учащихся начальных классов рациональному использованию природных ресурсов //Вестник магистратуры. - 2019. - №. 4-4 (91). - С. 19-20.

8. Хожиева М. Ш., Хамраев Б. Т. НРАВСТВЕННОЕ ВОСПИТАНИЕ МЛАДШИХ ШКОЛЬНИКОВ //Вопросы науки и образования. - 2021. - №. 10 (135). - С. 41-45.

9. Ходжиева М. Ш. Совершенствование аксиологического подхода к педагогической деятельности у будущих учителей //Научный журнал. - 2020. -№. 9 (54).

10. Амонов М. Н. ОСОБЕННОСТИ ФОРМИРОВАНИЕ ОРГАНИЗАТОРСКИХ КАЧЕСТВ У УЧАЩИХСЯ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ КОЛЛЕДЖЕЙ //Научное пространство: актуальные вопросы, достижения и инновации. - 2020. - С. 9-14.

11. Amonov M. N. THE PROBLEMS OF DESIGNING PROFESSIONAL SKILLS AND INDEPENDENT TRAINING OF FUTURE TEACHERS IN UZBEKISTAN //Academic research in educational sciences. - 2021. - Т. 2. - №. 3.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.