Научная статья на тему 'ОILА – JАMIYATIMIZ MUSTАHKАM TАYANCHI'

ОILА – JАMIYATIMIZ MUSTАHKАM TАYANCHI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
2244
182
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
Оilа / nikоh / hurmаt / izzаt / оdаmiylik / ro`zg`оr / оliy nе`mаt. / Family / marriage / respect / honor / humanity / livelihood / supreme blessing.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Hilоlа Isrоilоvnа Yodgоrоvа, Abdumalik Qayumov

Ushbu mаqоlаdа Prеzidеntimizning оilа hаqidаgi fikrlаri, оilа muqаddаsligi, оilаviy munоsаbаtlаr, оilаdаning jаmiyatdа tutgаn o`rni bаyon etilgаn.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE FAMILY IS THE STRONG SUPPORT OF OUR SOCIETY

This article describes the views of the President on the family, the sanctity of the family, family relations, the role of the family in society.

Текст научной работы на тему «ОILА – JАMIYATIMIZ MUSTАHKАM TАYANCHI»

OILA - JAMIYATIMIZ MUSTAHKAM TAYANCHI

Hilola Isrоilоynа Yodgоrоyа Abdumalik Qayumov

Jizzax politexnika instituti

ANNOTASIYA

Ushbu maqolada Prezidentimizning oila haqidagi fikrlari, oila muqaddasligi, oilaviy munosabatlar, oiladaning jamiyatda tutgan o'rni bayon etilgan.

^lit so'ztar: Oila, nikoh, hurmat, izzat, odamiylik, ro'zg'or, oliy ne'mat.

THE FAMILY IS THE STRONG SUPPORT OF OUR SOCIETY

Hito^ ^roi^y^ Yodgoroya Abdumalik Kayumov

Jizzakh Polytechnic Institute

ABSTRACT

This article describes the views of the President on the family, the sanctity of the family, family relations, the role of the family in society.

Keywords: Family, marriage, respect, honor, humanity, livelihood, supreme blessing.

KIRISH

Oila — nikoh yoki tug'ishganlikka asoslangan kichik guruh. Uning azolari ro'zg'orining birligi, o'zaro yordami va manaviy mas'uliyati bilan bir-biriga boglangan. Oilaning eng muhim ijtimoiy vazifalari — inson zotini davom ettirishdan, bolalarni tarbiyalashdan, oila azolarining turmush sharoitini va bo'sh vaqtini samarali uyushtirishdan iboratdir. Oilaviy munosabatlar nisbatan mustaqil hodisa sanalsada, jamiyatdagi mavjud ijtimoiy, iqtisodiy, mafkuraviy munosabatlar bilan belgilanadi va ular tasirida o'zgarib boradi. Shunga muvofiq, har bir jamiyat o'zgarib mos Oila tipini, oilaviy munosabatlarni o'rnatadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Oila jamiyat tariхida azaldan mavjud bo lmagan. Ibtidoiy jamoa tuzumining birinchi bosqichida, kishilar toMa-toMa boTib yashayotgan davrda jinslar orasidagi munosabatlar muayyan tartib-qoidaga ega boTmay, to'dadagi barcha erkaklar va ayollar bir-birlariga umumiy er-xotin hisoblangan. Lekin, bu oilalarda hali er-xotin nikohi barqaror alohida xojalikka ega boTmagan. Ijtimoiy ishlab chiqarish chorvachilik va dehqonchilikning rivojlanishi bilan erkaklar mehnatining qadri oshdi, mahsulot ishlab chiqarishda ulushi ortdi, binobarin, ularning ijtimoiy mavqei ham tubdan o'zgardi.

Mavjud qoida tartiblar — farzandlarning onagagina tegishli bolishi, ona mulkiga merosxo'r sanalishi erkaklarning yangi mavqeiga zid kelib qoldi. Natijada ota xuquqiga asoslangan patriarxal oila vujudga keldi.

Oila xalqning, jamiyatning hayoti, turmushiga oid urf-odatlarni ozida sinovdan otkazadi. Yaxshilarini oz bagrida asrab-avaylab kelajak avlodlarga etkazadi. Oila oz farzandlarini tarbiyalab, ularga umuminsoniy qadriyatlarni singdirish bilan ularga boshlang'ich ij-timoiy yo'nalish beradi. Oz farzandlarini katta oqimga — jamiyatga qo'shish bilan esa oila jamiyat yo'nalishi, iqtisodiyoti, madaniyati va marifatini ham belgilashga oz tasirini ko'rsatadi. SHuning uchun ham Sharqda oila qadim-qadimdan muqaddas qo'rg'on hisoblanib kelingan. Xususan, o'zbek oilalarining serildizlik, serbutoklik xususiyatlari hozir ham saqlanib turibdi. Ozbeklarda oilalarning muayyan turmush tarzi shakllanib hayotiy tajriba orttirib borishi, tejamli va sarishta ro'zg'or tutishi, farzandlarni odobli, manaviy etuk bolib kamol topishida keksalar, ota-onaning roli katta. o'zbek oilalari o'zlarining mustahkamligi, saranjom-sarishtaligi, bolajonligi, qarindosh-qondoshlik rishtalarini hurmat qilishi, mexr-oqibatli va boshqa qadriyatlari bilan ajralib turadi.

O'zbekistonning davlat mustaqilligi tufayli xalqimizning azaliy milliy urf-odat va marosimlari qaytadan tiklana boshlandi, bu udumlar oilani mustahkamlashda muhim o'rin egallaydi. Ozbekiston hukumati oila masalalariga davlat siyosati darajasida bajarilishi lozim bolgan ustuvor vazifa sifatida qaraydi. Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 63-moddasiga kura, oila jamiyatning asosiy bo'g'ini hisoblanadi, u jamiyat hamda davlat tomonidan muhofazada bolish huquqiga ega. Onalik va bolalikni muhofaza qilish bo'yicha boshqa qonuniy hujjatlar ham qabul qilinib, amaliy tadbirlar belgilangan. Oilani jamiyatning ravnaq topilishidash tutgan o'rni va ishtirokini yanada oshirish, oila larning huquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy, manaviy-axloqiy manfaatlarini va farovonligini yaxshilashni davlat tomonidan qollab-quvvatlashni kuchaytirish hamda izchil taminlash maqsadida Ozbekiston Respublikasi Prezidenti 1998 yilni «Oila yili» deb elon qildi. Shunga asosan, oila manfaatlarini taminlash borasida amalga oshiriladigan tadbirlar to'g'risida davlat dasturi ishlab chiqildi. Ozbekiston Respublikasi xotin-qizlar qo'mitasi huzurida Respublikasi «Oila» ilmiy-amaliy markazi tashkil etildi. Oilaviy hayot masalalarini huquqiy tartibga solishga bag'ishlangan Ozbekiston Respublikasining oila kodeksi qabul qilingan.

Baxtli oilalar tufayli baxtli jamoa vujudga keladi. Chunki, baxtli ota-onalar baxtli bolalarni ulg'aytiradilar. Bir-biriga mehr qo'ygan ota-onalarning farzandlari ham bir-birlariga mehr qo'yadilar.

Oila har bir xalqning, millatning davomiyligini saqlaydigan, milliy qadriyatlarning rivojini taminlaydigan, yangi avlodni dunyoga keltirib, uni manaviy va jismoniy barkamol qilib tarbiyalaydigan, jamiyatning asosiy negizi hisoblanuvchi muqaddas maskandir. Oila tabiatning eng go'zal mojizalaridan biri bolib, u insonlrga

xos "tabiiy-biologik", iqtisodiy, huquqiy, manaviy munosabatlariga asoslangan ijtimoiy birlikdir.

Oila - kishilar hayotining eng muhim qismi, fuqarolik jamiyatining tayanch nuqtasidir. Bu muqaddas maskanda inson dunyoga keladi, aynan mana shu erda u manaviy va axloqiy jihatdan kamol topadi.

Oilada mehr-muhabbatning yuzaga kelishi va hukm surishi uchun quyidagi shartlarning bo'lishi ko'zda tutiladi:

- oila a'zolarining bir-birini qadrlashi;

- oila azolarining bir-birlariga ishonishi va himoyalashi;

- yaqinlik, o'zaro yordam va o'y-fikrlarini o'rtoqlashish;

- mas'uliyatni his qilishlari (ota-onalarning o'z burch va mas'uliyatlarini his etishi);

- qiyinchiliklarga qarshi birgalikda kurashib, ularni hal qilishlari;

- o'zligini ifoda eta olish va baxtli yashash uchun munosib muhit yarata olish;

- sog' lom moddiy va manaviy hayotga ega bo'lishlari;

Yuqorida sanab o'tilgan ehtiyojlar oila muhitida qondirilmog'i lozim. Payg'ambarimiz alayhissalom bir hadislarida: "Nikoh mening sunnatimdir, kim sunnatimdan voz kechsa, u mendan emas" (ya'ni ummatim emas), deganlar (Ibn Moja rivoyati).

MUHOKAMA

Hozirda biz ham shu kabi pand-nasihatlarni qilishimiz, ayniqsa, yosh kelin-kuyovlarimizga halol-haromni, er-xotinlik vazifalarini xususan nikohni buzilishiga sabab bo'ladigan masalalarni mukammal tushuntirmog'imiz lozimdir. Shunda har bir oila mustahkam, tinch, osoyishta va baxtli hayot kechiradi. Ba'zi bir arzimas kamchiliklar va tushunmovchiliklar tufayli ajralishlar oldi olinadi.

Oila halovati juda ulug' ne'mat sanaladi. Shu ma'noda oila hayotining baxt-saodati va xotirjamligida er va xotin, qaynona va kelin, ota-ona va farzandlar o'rtasidagi muomalariga e'tibor berish lozim bo'ladi. Oila muhitidagi yuksak manaviy muhitni tashkil etishda oila-a'zolarining, ayniqsa, er va xotinning o'zaro murosa-madoraga borishi, g'azabi kelganda uni engishi va shirin so'zli bo'lishi, shu bilan birga, oilaviy sirlarni ko'chaga olib chiqmasligi singari bir qator omillar juda katta ahamiyat kasb etadi.

Keyingi paytlarda yurtimizda oila mustahkamligi, kelin-kuyovning baxtli, tug'ilajak zurriyotlarning sog'lom bo'lishini o'ylab nikoh oldidan kelin-kuyov tibbiy ko'rikdan o'tkazish ham joriy etildi. Avaylab-ardoqlab voyaga etkazgan qizini ne-ne umidlar va katta harajatlar bilan turmushga uzatgan, qizlari tufayli kuyovli bo'lgan nabiralarni orzulagan ota-ona to'ydan ko'p o'tmay kuyovining davosiz, bedavo dardga yo'liqqanini bilsa, qay ahvolga tushishini bir o'ylab ko'ring. Yoki kuyovingiz giyohvand chiqib qolsa, qizingiz baxtiga zomin bo'lib qolganingizdan dunyo ko'zingizga tor bo'lib ketadi. Olgan keliningiz ruhiy xastalikka chalingan bo'lsayu, ota-

onasi buni yashirib, uzatib yuborishgan bo'lsa-chi? Ana shunday ko'ngilsiz voqealarning oldini olish, oila va farzandlar iqbolini o'ylab, sog'lom oila va turmushni barpo etish maqsadida joriy etilgan bu tadbirning kelin-kuyovga ham, ularning yaqinlariga ham faqat foydasi bor. Insoniyat yaralishida unga haqiqiy muqaddas go' sha, Vatan ichra mojaz vatan, atalmish bu oiladir.

Asrlar davomida oz e'tirofini topgan va diniy-axloqiy qadriyatlar darajasiga ko'tarilgan oilaviy munosabatlarda halol yashash, mehnat qilish, farzand tarbiyasi ijtimoiy hayot tarzini rivojlantirish manbaidir. Sharqona tarbiyada shaxsning umummadaniy dunyo qarashining shakllanishi asosi oiladan boshlanadi. Yani vatanparvarlik, mehr-oqibat, odob-axloq va halollik kabi insonning hayoti mazmunini belgilab beruvchi barcha omillar oilada shakllanadi. Har bir yosh bolaning etuk inson bo'lib shakllanishida oilaninnig roli juda ham beqiyosdir.

Har bir ota-ona oz farzandini voyaga etib, vataniga munosib farzand bo'lib, hayotda oz o'rniga ega bo'lishini xohlaydi. Voyaga etib, oila qurayotgan har bir yosh oila qurishi uchun har taraflama aqliy va jismoniy jihatdan tayyor bo'lmog'i kerak.

Ozbek xalq yozuvchisi Fitrat oila to'g'risida shunday degan: Har bir oilaning saodati va izzati shu xalqning ichki intizomi va totuvligiga bog'lik. Tinchlik va totuvlik esa millat oilalarining intizomiga tayanadi, mamlakat va millatlar ham shuncha kuchli bo'ladi. Agarda bir mamlakatning aholisi ahloqsiz va joxillik bilan oilaviy munosabatlarni zaiflashtirib yuborsa va intizomsizlikka yo'l qo'ysa shunda bu millatning saodati va hayoti shubha ostida qoladi.

NATIJA

Jahon hamjamiyati noyob tizim deya e'tirof etayotgan mahalla va oila institutini yanada qo'llab quvvatlash maqsadida Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 18 fevral kuni qabul qilingan "Jamiyatda ijtimoiy-manaviy muhitni sog'lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo'llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to,g,risida"gi Farmoni mamlakatda oilaga e'tibor davlat siyosati darajasida ekanligini dalilidir.

Davlatimizda olib borilayotgan kuchli ijtimoiy siyosatning asl manosi bolani, onani, farzandni va qariyalarni yani oilani, inson omilini ijtimoiy muhofaza qilishga qaratilgan. Yosh avlod ongida oilaga bo'lgan sadoqatni, ota-ona va aka-ukalarga oqibat va mehrni singdirish lozim. Oila - ijtimoiy-tarixiy belgiga ega bo'lgan muayyan tuzilishli ijtimoi guruhning ko'rinishidir.

Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev "Biz uchun muqaddas bo'lgan oila asoslarini yanada mustahkamlash, xonadonlarda tinchlik - xotirjamlik, ahillik va ozaro hurmat muhitini yaratish, manaviy - marifiy ishlarni aniq mazmun bilan to'ldirishdan iborat bo'lmog'i zarur" deb aytib o'tganlar.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 1 I 2021

ISSN: 2181-1601

Farovon turmush va ahil oiladan esa bevosita, sog'lom farzand dunyoga keladi. Davlatimiz tomonidan, joriy yilga "Sog'lom bola yili" deb nom berilganligi farzandlarimizning sog'lig'i, ularning kelajagi haqida ko'rsatilayotgan e'tibor va g'amxo'rlikning yana bir amaliy ifodasidir.

Farzandlari sog'lom yurtning ertasi ulug', maqsadi ravon bo'ladi. Davlatimiz rahbari o'z nutqlarida farzandning sog'lom va barkamol bo'lishida oilaning o'rni naqadar beqiyos ekanligini ko'rsatib, "Sog'lom bolaning dunyoga kelishi, baquvvat bo'lib o'sib-ulg'ayishi ko'pgina talab va omillarga bog'liq ekanini hammamiz yaxshi tushunamiz. Lekin ular orasida shunday o'ta muhim, hal qiluvchi mezonlar borki, bu haqda alohida to'xtalishni o'rinli, deb bilaman. Biz oilani hayot davomiyligini ta'minlaydigan, kelajak nasllar taqdiriga kuchli ta'sir ko'rsatadigan tarbiya maskani sifatida qabul qilamiz. Kattalarga hurmat, kichiklarga izzat, odamiylik, mehr-oqibat, o'z Vataniga, xalqiga sadoqatli bo'lish kabi olijanob fazilatlar aynan oila muhitida shakllanadi. Shuning uchun ham oilani barkamol, sog'lom avlodni voyaga etkazishdagi ahamiyati beqiyosdir", deb ta'kidlab o'tadilar.

XULOSA

Oilaning asosiy vazifasi ham jamiyatga fidoyi komil insonlarni etishtirib berishdan iborat. Zero, sog'lom bola bu sog'lom oilaning mevasidir. Sog'lom inson deganda, faqat jismoniy sihat-salomatlikni emas, balki o'zbek xalqiga xos sharqona odob-axloq, milliy g'oya va bag'rikenglik, insonparvarlik kabi ezgu his-tuyg'ular ruhida kamol topgan ma'nan etuk insonni tushunishimiz mumkin. Zero, ma'naviy sog'lom insonlar avvalo yurt tinchligi, xalq farovonligi va xalqning ertangi kuni uchun qayg'ura oladilar. Bevosita oiladagi sog'lom muhit, sog'lom mafkura, ma'naviy sog'lom insonning tayanch manbaidir deya olamiz. Jamiyatimiz mustahkam tayanchi bo'lmish oila nafaqat ertangi kun shaxslarini tarbiyalaydi, balki vatan va ertangi kun uchun qayg'ura olish qobiliyatini ham shakllantira olishi shubhasizdir.

REFERENCES

1.Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. Toshkent, «0'zbekiston», 2017 yil, 488 bet.

2.Mirziyoycv Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgahkda barpo etamiz. Toshkent, «0'zbekiston», 2016 yil, 56 bet.

3. Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash-yurt tarqqiyoti va xalq farovonligining garovi. Toshkent, «O'zbekiston», 2017 yil, 48 bet.

4. Eoöyp E. y. M., XongopoB 3. fl. y., myM^opoBa m. n. OHHA: KE.HHE ^H^HmH, MA3MyH-MOXH^TH, ^AMH^T XAETH^A TyTrAH yPHH BA A^AMH^TH //Scientific progress. - 2021. - T. 2. - №. 1. - C. 70-74.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 1 I 2021

ISSN: 2181-1601

5. Каюмов, Абдумалик Абдукамол Угли, et al. "ТАРБИЯ ВА МАЪНАВИЯТ-ЖАМИЯТ РИВОЖИДАГИ МУ^ИМ ЙУНАЛИШ." Scientific progress 1.5 (2021).

6. Юнусов, К. З., Шумкарова, Ш. П., Ядгарова, Х. И., & Арзикулова, Г. С. (2016). Изменение качественных показателей тканей для постельного белья с различными поверхностными плотностями. Молодой ученый, (1), 243-249.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.