Научная статья на тему '“TISH” GA OID MAQOLLARNING MAZMUNI XUSUSIDA'

“TISH” GA OID MAQOLLARNING MAZMUNI XUSUSIDA Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
572
18
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
xalq og‘zaki ijodi / maqol / stomatologik termin / folklore / proverb / tooth / stomatology terms.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Xalilova, Dilafruz

Maqollar xalqning asrlar osha o‘z ko‘rgan-kechirgan hayotiy tajribalari asosida shakllangan, sayqallangan qisqa shakldagi asar namunalaridir. Xalq orasidagi biror fikrning maqol bo‘lishi, uning ixcham shaklga kelishi uchun yillar kerak bo‘ladi. Ushbu maqolada tish bilan bog‘liq maqollar tahlilga tortilgan va ularning mazmun mohiyati o‘rganilgan, kerakli xulosalar chiqarilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ON THE CONTENT OF PROVERBS RELATING TO "TOOTH".

The proverbs are examples of a brief, polished work that based on the experiences of a nation over many centuries. It would take years for a public opinion to be proverbial, and it would be compact. Because not every single thought, is a proverb. To be proverbial, an event judged and summarized in this article.

Текст научной работы на тему «“TISH” GA OID MAQOLLARNING MAZMUNI XUSUSIDA»

"TISH" GA OID MAQOLLARNING MAZMUNI XUSUSIDA d https://doi.org/10.5281/zenodo.7460903

Dilafruz XALILOVA,

Alisher Navoi nomidagi o'zbek tili va adabiyoti universiteti doktoranti,

Toshkent, O'zbekiston.

Tel: +99891 9511900; E-mail: dxb981@gmail.com

Annotatsiya. Maqollar xalqning asrlar osha o'z ko'rgan-kechirgan hayotiy tajribalari asosida shakllangan, sayqallangan qisqa shakldagi asar namunalaridir. Xalq orasidagi biror fikrning maqol bo'lishi, uning ixcham shaklga kelishi uchun yillar kerak bo'ladi. Ushbu maqolada tish bilan bog'liq maqollar tahlilga tortilgan va ularning mazmun mohiyati o'rganilgan, kerakli xulosalar chiqarilgan.

Tayanch so'z va iboralar: xalq og'zaki ijodi, maqol, stomatologik termin.

Аннотация. Пословицы - это образцу/ кратких произведений, сформированных на основе жизненного опыта народа на протяжении столетий и времён. Нуж ны годы, чтобы идея стала поговоркой в народе, обрела компактную форму. В данной статье анализируются пословицы, изучается их содерж ание и делаются необходимые выводы.

Опорные слова и выражения: фольклор, пословица, стоматологический термин.

Abstract. The proverbs are examples of a brief, polished work that based on the experiences of a nation over many centuries. It would take years for a public opinion to be proverbial, and it would be compact. Because not every single thought, is a proverb. To be proverbial, an event judged and summarized in this article.

Key words: folklore, proverb, tooth, stomatology terms.

Inson qadimdan atrof muhitda ro'y berayotgan voqea va hodisalarga o'z munosabatini bildirgan. Bu munosabat, avvalo, turli xatti-harakatlar, ovozlar, extiroslar vositasida amalga oshgan. Keyinchalik his-tuyg'ularni so'zlar, so'z yig'indisi, raqslar ifodalagan. Yana keyinroq odamlar o'zlaricha dunyoning, tabiatning, hayvonlar, o'simliklar, tog'lar, suvlarning paydo bo'lishini izohlovchi to'qima hikoyalar o'ylab topadilar. Yigitlar, qizlar muhabbat qo'shiqlarini to'qiydilar. Qabila-urug'ning mard va jasur yigitlari haqida, ularning g'aroyib qahramonliklari haqida afsona va rivoyatlar paydo bo'ladi. Bularning hammasi hali yozuv madaniyati vujudga kelmasdan oldin jamoa-jamoa bo'lib yashayotgan aholi o'rtasida shuhrat topadi.

Bugungi kunda biz ularni "xalq og'zaki ijodi" deb atashga odatlanganmiz. Bu atamani 1846 yilda ingliz olimi Uilyam Toms taklif qilgan bo'lib, uning ma'nosi "xalq donoligi" degan tushunchadan iborat. Inson hayoti davomida son-sanoqsiz yangiliklarga duch keladi. Katta avlod vakili tajribasidagi oddiy haqiqatlar yoshlar uchun yangilik hisoblanadi. Shuning uchun xalq og'zaki ijodi asarlarini eshitganimizda, ular bilan kitobdagi matn vositasida tanishganimizda juda ko'p yangi fikrlarga duch kelamiz. Masalan, umumiy tarzda bir maqolni olsak, "Qozonga yaqinlashsang, qorasi yuqar, yomonga yaqinlashsang-balosi" maqolidagi asosiy fikr yomonga yaqinlashgan odamning taqdirida noxush voqealar ko'payishini ogohlantiradi. Lekin aslini olganda maqolning birinchi qismida ham ehtiyotlik belgisi aniq ko'rinib turibdi. Ya'ni xalq yosh va hali turmush tajribasiga ega bo'lmagan farzandiga qozonga yaqinlashayotganda qora qurum tegishidan ehtiyot bo'lishni tavsiya qilmoqda. Qo'shimcha ravishda aytish mumkinki, har bir inson muayyan vaziyatda ish qilar va qaror qilar ekan, ehtiyot choralarini esidan chiqarmaslik lozimligi uqtirilmoqda.

Maqol-xalqning ijtimoiy-tarixiy, hayotiy-maishiy tajribasi umumlashgan badiiy, obrazli mulohazalardan iborat hikmatli so'zdir. Maqol o'zbek tilida maqol, tojik tilida zarbulmasal, rus tilida poslovitsa, ingliz tilida proverb, arablarda naql, turklarda ata so'zi atamasi bilan yuritiladi. "Maqol" so'zi asli arabcha (ma&al -)Jk bo'lib, uning turkcha ekvivalenti "ota so'zi" deyiladi [5, 250-257. ]. Hozirda ushbu atama zamonaviy turk tilida "maqol" so'zi o'rnida qo'llanadi. "Maqol"ni qadimgi turklar ögüt, qumaru söz" degan [4, 11.]. so'zlar bilan atagan.

Maqollarda so'z qimmati alohida yorqin ifodalanadi. Chunki maqollardagi so'zlarni boshqasi bilan almashtirish, biron so'z qo'shish mumkin emas. Ular milliy til tarkibida qoliplashgan holda namoyon bo'ladi [2, 76.]. Bu janr dunyodagi hamma xalqlar og'zaki ijodida bor bo'lib, hajm, shakl, yaratilishi maqsadiga ko'ra mushtarak hisoblanadi. Hatto nomlanishida ham yaqinlik aniq seziladi.

Maqol atamasi umumiy mazmun jihatdan "so'z" tushunchasi bilan bog'lanadi. Dunyodagi hamma xalqlar og'zaki ijodida maqollarchalik shaklan va mazmunan o'zaro yaqin janrni uchratish qiyin. Maqollar ahillik, baxt, omad va baxtsizlik, vatan va vatanparvarlik, go'zallik va xunuklik,

donolik va nodonlik, do'stlik va dushmanlik, mardlik va nomardlik, mehr-oqibat, odob va odobsizlik, or-nomus, sabr-qanoat, to'g'rilik va egrilik, umid va umidsizlik, faqirlik va boylik, yaxshilik va yomonlik kabi fazilatlarni ifodalab keladi. Maqollar xalqning o'ziga xos milliy qadriyatlarini, kishilarning turmush tarzi va undagi urf-odatlari, qolaversa, ushbu tillarga xos turli xil naqllarning mavjudligi asosida paydo bo'ladi.

Ma'lumki, har bir xalq o'zining milliy olami bilan boshqa bir xalqdan ajralib turadi. Chunki u yerda keltirib o'tilgan elementlar aynan shu xalqning o'zigagina tegishli bo'ladi. Ba'zan shunday maqollarga duch kelamizki, ular inson tana a'zolari bilan tuzilganligini ko'rishimiz mumkin. Ushbu maqollar inson tana a'zosining bir qismi bo'lgan tish bilan bog'liq bo'lgan maqollarni ko'rishimiz mumkin. "Tilingni tiymasang tishsiz qolasan". "Tish" so'zini biz tibbiyotga oid va ilmiy-tibbiy so'zlar qatoriga kiritamiz. Ammo tish so'zi xalq og'zaki ijodida ham aloxida o'rin egallaydi. Masalan: "til-balo, tish-qal'a", "tilga tish-qal'a, ko'zga- qosh" kabi misollarni ko'plab keltirishimiz mumkin.

XI asrda tug'ilib, yashab ijod etgan Mahmud Koshgariy qoldirgan ming yillik hikmat bor. "tilin tugmishni tishin yozmas ", ya'ni "tili birni tish ajratolmas". Haqiqatan ham, tarix charxpalagi qanday aylanishidan qat'iy nazar, tili va dili bir xalqlarni bir-biridan ajratish mumkin emas. Ushbu hikmat nafaqat xalqlar o'rtasidagi jipslik va birdamlikni aks etibgina qolmasdan qarindosh-urug'lar va do'stlar o'rtasidagi jipslik va birdamlikni ham ajratib bo'lmasligi haqida aytib o'tadi.

Tibbiyotning stomatologiya sohasiga tegishli bo'lgan "tish" haqidagi bir nechta maqollarni va ularning izohini keltirib o'tamiz. Masalan, "Tekin tomoq tish sindirar" maqolidagi asosiy fikr tekin yoki osonlik bilan topilgan boylik yoki luqma, kimningdir mehnati evaziga kelganligini va mehnat qilmagan inson qachondir kimningdir mehnati evaziga topilgan boylik kun kelib minnat qilinishi yoki boshini egishi mumkinligi haqida eslatib o'tadi.

"Ko'zing og'risa, qo'lingni tiy, tishing og'risa-tilingni" maqolida atrofidagi insonlar bilan kelisha olmaslik, muomala qila olmaslik, kimsalar bilan doimo janjallashib yoki tortishib yuradigan insonlarga nisbatan ishlatilgan. "Ko'zing og'risa" va "tishing og'risa" iboralari bir biriga nisbatan mos ravishda berilgan ya'ni janjal natijasida ko'zi ko'karib yoki

tishi singan, og'riganligini bildirib kelayotgan bo'lsa, ya'ni "qo'lingni tiy" iborasi- "qo'l mushti", "tishing og'risa" tishing singanligi, og'riganligi yoki og'zining qonaganligi haqidagi ma'nolarni izohlab kelmoqda. Ushbu "tilingni tiy tishing sinmasin" maqoli ham insonlar o'rtasidagi munosabatga qaratilgan bo'lib, qanchalik kam va so'z o'z navbati kelagndagina gapirlsa, hurmat va etiborga ega bo'lishi, keraksiz gaplarni va so'zlarni gapirish, nazardan qolishi va shu bilan birga yuzing shuvit bo'lishi yoki boshing egilishi ma'nolarda kelmoqda.

Navbatdagi tish so'zi bilan bog'liq maqolimizda "olovning tishi yo'q, ho'l-quruq bilan ishiyo'q" maqolida garchi olovning hech qanday a'zolari bo'lmasa-da, yakson qilishi, yo'q qilish mumkinligi, ya'ni tishlamasa-da, butun borliqni yakson qilish qudratiga ega ekanligi haqida ogohlantiradi.

Xulosa o'rnida shuni aytish lozimki, maqollarning shakllanishi uzoq davrni qamrab olgan, ammo badiiy mukammal va hayot tajribasi aks etgan xalq maqolining umri boqiy bo'ladi. Maqollar orqali insonlardagi yomon illatlar, xislatlar qoralangan, o'xshatishlar orqali aytilmoqchi bo'lgan fikr o'quvchiga yetkazilgan. Bunday maqollar xalqning estetik jihatidan o'y-fikrlari yuqori darajadaligini anglatadi.

REFERENCES

1. Азамат Зиё. Тили бирни тиш ажратолмас. Хал; сузи. 20 сентябрь. 2019.

2. Мадаев О. Узбек хал; огзаки ижоди. Укув кулланма. Т. 2010.

3. Узбек хал; маколлари. - Т.: Фан, 1978.

4. Sodiqov Q. Ilk o'rta asrlarda Markaziy Osiyoda kechgan etno-lingvistik jarayonlar (Ethno-linguistic processes in Central Asia in the early Middle Ages). -Toshkent. Akademnashr. 2018.

5. Ismatullayeva, N. (2021, April). Phraseology with zoonymic components of' dragon" and" tiger" in chinese and korean languages. In Oriental Conferences (pp.

6. Xasanova, S. (2021). Rus tilshunosligida frazeologizmlarning tadqiqi: rus tilshunosligida frazeologizmlarning tadqiqi. Журнал иностранных языков и лингвистики, 2(7).

7. Turk dunyasi edebiyat kavramlari ve terimleri ansiklopedik sozlugu (Turkish world literature concepts and terms encyclopedic dictionary). Turk dunyasi ortak edebiyati. Cilt 1. - Ankara. Ataturk Kultur Merkezi Ba§kanligi. 2001.

8. Khodjaeva, N. (2019). SEMANTICS OF KINSHIP TERMS AS A FORM OF ADDRESS IN UZBEK TRANSLATIONS OF PREMCHAND. Theoretical & Applied Science, (8), 107-110.

183-189).

9. KHODJAEVA, N. B. (2021). PREMCHAND'S VARDAAN IN UZBEKISTAN: TRANSLATION ISSUES OF SOME CULTURAL SPECIFIC WORDS. THEORETICAL & APPLIED SCIENCE Учредители: Теоретическая и прикладная наука, (12), 374-377.

10. KHODJAEVA, N. The Development of Indian Literature in Uzbekistan: Historiography of Translation. History of Translation in India, 431.

11. Ходжаева, Н., & Губаева, Х. (2020). ISSUES ON TRANSLATION OF CHARACTER SPEECH (ON THE EXAMPLE OF KOREAN-UZBEK LITERATURE). МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ИСКУССТВО СЛОВА, 3(4).

12. Khodjayeva, N. (2021). The issues of stylistics on translation of historical costumes. ASIAN JOURNAL OF MULTIDIMENSIONAL RESEARCH, 10(4), 534-543.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.