Научная статья на тему 'YANGILANGAN KONSTITUTSIYADA INSON VA FUQAROLARDA BERILGAN ASOSIY ERKINLIKLARI VA BURCHLARI'

YANGILANGAN KONSTITUTSIYADA INSON VA FUQAROLARDA BERILGAN ASOSIY ERKINLIKLARI VA BURCHLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
42
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Huquq / fuqaro / inson / qonun / konstitutsiya / erkinliklar / ijro etuvchi hokimiyat / daxlsizlik / manfatlar / modda / norma / axborotlashtirish.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Nazarov Elbek, Ne’matov Nursulton

Mazkur maqolada O'zbekiston Respublikasida Konstitutsiyasining 2 Bo'lim Inson va Fuqarolarning asosiy erkinliklari va burchlari tug'risida bayon etilgan.Undan tashqari mazkur maqolada "Inson va Fuqarolarning asosiy erkinliklari vaburchlari " tushuntirilgan va shahsiy fikirlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YANGILANGAN KONSTITUTSIYADA INSON VA FUQAROLARDA BERILGAN ASOSIY ERKINLIKLARI VA BURCHLARI»

International scientific journal "Interpretation and researches"

Volume 2 issue 16 (38) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

YANGILANGAN KONSTITUTSIYADA INSON VA FUQAROLARDA BERILGAN ASOSIY ERKINLIKLARI VA BURCHLARI

Ilmiy rahbar: Nazarov Elbek Alimovich

Toshkent Davlat Agrar Universiteti Huquq va turizm fakulteti "Gumanitar fanlar va

huquq "kafedrasi katta o'qituvchisi Ne'matov Nursulton Shavkat o'g'li Toshkent Davlat Agrar Universiteti Huquq va turizm fakulteti 3 bosqich talabasi

Annotatsiya: Mazkur maqolada O'zbekiston Respublikasida Konstitutsiyasining 2 Bo'lim Inson va Fuqarolarning asosiy erkinliklari va burchlari tug'risida bayon etilgan.Undan tashqari mazkur maqolada "Inson va Fuqarolarning asosiy erkinliklari vaburchlari " tushuntirilgan va shahsiy fikirlar berilgan.

Kalit so'zlar: Huquq, fuqaro, inson, qonun, konstitutsiya, erkinliklar, ijro etuvchi hokimiyat, daxlsizlik, manfatlar, modda, norma, axborotlashtirish.

Annotation: In this article, Section 2 of the Constitution of the Republic of Uzbekistan describes the basic freedoms and duties of people and citizens. In addition, this article explains "Basic freedoms and duties of people and citizens" and gives personal opinions.

Kay words: Law, citizen, human, law, constitution, freedoms, executive power, immunity, benefits, article, norm, information.

Inson va fuqaroning burchlari va erkinliklari - insonga bekamu ko'st yashash imkoniyatini beruvchi va iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, siyosiy sohalarda o'z imkoniyat va talablarining amalga oshirilishini ta'minlovchi huquqiy maqom. Inson huquqlari va erkinliklariga rioya etish O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumining asosidir. O'zR Konstitutsiyasida qayd etilgan huquq va erkinliklar: qonunlarning mazmuni va qo'llanilishiga hamda qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi hokimiyat faoliyatiga bevosita ta'sir ko'rsatadi; O'zbekistonning har bir fuqarosiga, uning jinsi, irqi, millati, tili, diniy e'tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, maslagi, shaxsiy va

International scientific journal "Interpretation and researches"

Volume 2 issue 16 (38) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

ijtimoiy ahvolidan qat'i nazar, inson huquqlari va erkinliklari buzilmasligini, sud yo'li bilan himoya qilinishini ka-folatlaydi. Konstitutsiya barcha fuqarolarning qonun oldida tengligiga asoslangan holda, o'zgalarning huquqlariga hurmat bilan qarash tamoyillarini, o'zgalarning qonuniy manfaatlarini, huquq va erkinliklarini buzish hisobiga o'z huquq va erkinliklarini ro'yobga chiqarishga yo'l qo'yilmaslikka, ijtimoiy adolat va hamjihatlikni ta'minlashga qaratilgan. O'zRda I. va f. h. va e. amalga oshirilishiga davlat kafolat beradi. O'z navbatida respublika hududida yashovchi shaxslar Konsti-tutsiyada ta'kidlangan huquq va erkinliklarga, xalqaro huquq me'yorlariga rioya etishi zarur. Umum e'tirof qilgan mazkur xalqaro me'yoriy manbalar Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari umumjahon deklaratsi-yasi, Bola huquqlari to'g'risida konvensiya va O'zR qo'shilgan yana bir qator xalqaro hujjatlardir.

Yurtimiz mustaqillikka erishgandan so'ng barcha sohalarda tizimli ravishda islohotlar amalga oshirib kelinmoqda. Ushbu islohotlarning bosh maqsadi, avvalambor, insonlarning qonunlardagi mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini amalga oshirishdir. Qator islohotlar zamirida barcha masalalarga e'tibor qaratilmoqda. Barchamizga ma'lumki, insonning sha'ni, qadr-qimmati va boshqa huquqlari eng oliy qadriyat deb e'tirof etilgan. Adolat, tenglik, fuqorolarning huquqi va erkinliklaridan sud qarorlarisiz mahrum etib bo'lmasligi Konstitutsiyamizning 19. moddasida ko'rsatib o'tilgan. Ushbu moddada "O'zbekiston Respublikasi fuqarosi va davlat bir-biriga nisbatan bo'lgan huquqlari va burchlari bilan o'zaro bog'liqdir. Fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qo'yilgan huquq va erkinliklari daxlsizdir, ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni cheklab qo'yishga hech kim haqli emas",-deb ko'rsatilgan.

Asosiy qonunimiz qabul qilinganidan o'tgan 26 yil mobaynida unga bir qancha o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilgan bo'lib, bularning barchasi davlat hokimyatini tashkil etishda, faoliyat ko'rsatishda, fuqarolar ta'sirini kuchaytirish, fuqarolarning huquqlarini va erkinliklari muhofaza etishda odil sudlovning o'rnini mustahkamlashga qaratildi. Yurtimizda juda ko'plab millat va elatlar yashaydi. Ular har bir sohada yurtimiz ravnaqi uchun mehnat qilib kelmoqdalar.

International scientific journal "Interpretation and researches"

Volume 2 issue 16 (38) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

Konstitutsiyamizning 18-moddasida ta'kidlanganidek, "O'zbekiston Respublikasi barcha fuqarolar bir-xil huquq va erkinliklarga ega bo'lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat'iy nazar, qonun oldida tengdirlar". Imtiyozlar faqat qonun bilan belgilab qo'yiladi hamda ijtimoiy adolat prinsiplariga mos bo'lishi shart. Bizning Konstitutsiyamiz huquq va erkinliklarimizning kafolatidir. Mamlakatimizda inson manfaatlari hamma narsadan ulug' degan tamoyil asosida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Aholi o'rtasida sayyor uchrashuvlar, xalq bilan yuzma-yuz muloqotlar o'tkazilib, ularning orzu istaklari, turli muommolari o'z yechimini topdi. Allbata, xalqimizning bunday orzu istaklarning ro'yobi ularni yanada jipslashtirdi. Ertangi kunga bo'lgan ishonchini mustahkamladi

Yurtimizning har bir go'shasida 4 ta sektor faoliyat olib borib, ular hududdagi har bir xonadonga kirib, xonadon egalarini qiynayotgan muommolar, tashvishga solayotgan masalalarni tahlil etib zarur choralar ko'rmoqdalar.Bundan tashqari har bir tuman, shaharda Prezidentimiz tashabbusi bilan Xalq qabulxonalari tashkil etildi.

Hozirgi kunda xalq qabulxonalari fuqarolar manfatlarini ta'minlovchi ishonchli maskanga aylandi. Ilgari yurtimiz fuqarolari biror bir muommoni hal qilish uchun tashkilotlar eshigi tagida soatlab navbat kutar edilar. Fuqarolarning muommolarini yengillashtirish, xalqning dardini eshitish uchun Prezident virtual qabulxonalari joriy etilishi ham yurtimizda inson huquqlari, erkinliklari va burchlariga katta e'tibor berilayotganligining yorqin dalilidir. Darhaqiqat, fuqarolarimizga berilayotgan mana shunday huquq va erkinliklar farovon kelajagimizning poydevoridir.

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklari uch guruhga bo'lib mustahkamlangan. Bular: «Shaxsiy huquq va erkinliklar», «Siyosiy huquqlar», «Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar». Fuqarolarning shaxsiy huquq va erkinliklari ustuvor huquq hisoblanadi va bu O'zbekiston Konstitutsiyasida birinchi o'rinda berilganligida ham ko'rinadi. Shaxsiy huquq va erkinliklar fuqarolarning hayoti, sog'lig'i, e'tiqodi bilan bog'liqdir. Shaxsiy huquq va erkinliklar insonni shaxs sifatida namoyon etuvchi imkoniyatdir. Shaxsiy huquq va erkinliklarni, odatda, tabiiy huquqlar ham deb yuritiladi. Ular inson tug'ilishi bilan

International scientific journal "Interpretation and researches"

Volume 2 issue 16 (38) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

vujudga keladi. Ularni davlat bermaydi. Faqat shu huquqlarni davlat ta'minlaydi va shunga majbur. Shaxsiy, ya'ni tabiiy huquqlar barcha mamlakatlarda mavjud va davlat tomonidan ta'minlanadi. Shaxsiy huquq va erkinliklar xalqaro hujjatlar bilan ham himoya qilinadi. O'zbekiston Konstitutsiyasini ishlab chiqishda va qabul qilishda, fuqarolarning shaxsiy huquqlari belgilangan xalqaro hujjatlar, jumladan, «Inson huquqlari Umumjahon deklaratsiyasi» qoidalariga amal qilindi. Natijada, birinchi marta Konstitutsiyada yashash huquqi qayd qilinib, bu huquqni ta'minlashni davlat o'z zimmasiga oldi. Shaxsiy huquq va erkinliklar boshqa huquqlardan farq qilib, ularni cheklash mumkin emas. Alohida hollarda cheklash zarurati bo'lsa, bu Konstitutsiya asosida, unda ko'rsatilgan tartibda amalga oshiriladi. Ya'ni ba'zi hollarda cheklash qonunga asosan amalga oshirilishi belgilangan. Shaxsiy huquqlardan barcha shaxslar, fuqaroligidan qat'i nazar, foydalanadi va davlat ham barchaga fuqaroligidan qat'i nazar, shaxsiy huquq va erkinliklardan foydalanishga imkon yaratadi. Konstitutsiyaga asosan, shaxsiy huquq va erkinliklar bilan bog'liq, insonning hayoti, erkinligi, sha'ni, qadr- qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanishi ham bu huquqlarning huquq va erkinliklar tizimida ustuvor hisoblanishiga olib keladi

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi

2. https: //uz.m. wikipedia. org/wiki/Inson_va_fuqaroning_huquq_va_erkinliklari

3. https://cyberleninka.ru/article/n/inson-va-fuqarolarning-asosiy-huquqlari-erkinliklari-va-burchlari

4. https://cyberleninka.ru/article/n7inson-va-fuqarolarning-asosiy-huquqlari-erkinliklari-va-burchlari/viewer

5. https : //oefen. uz/uz/documents/referatlar/umumiy/shaxsiy-huquq-va-erkinliklari

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.