Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life
Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati
"O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI - INSON QADRINI ULUG'LASH, ERKIN VA FAROVON HAYOTIMIZ KAFOLATI"
Odil Qobilovich Bo'riyev
O'zFA "Davlat va huquq" instituti mustaqil izlanuvchisi [email protected]
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida inson huquqlari va erkinliklarining huquqiy kafolatlari, fuqarolarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy huquqlari, jamiyat hayotida fuqarolarning o'mi, ular uchun yaratilgan shartsharoitlar keltirilib o'tilgan.
Kalit so'zlar: O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, huquqiy davlat, fuqaro, shaxsiy va siyosiy huquq, qaror, modda, demokratiya, teng huquqlik
Mustaqillik yillari jarayonining tezkorligi, voqea va hodisalarning shiddatli rivojlanishiga, inson takdiriga bulgan munosabaatlarning o'zgarishiga olib keldi. Bir piyola choyni oila davrasida, shirin suhbat chog'ida ichar ekanmiz , albatta , shu totli onlar , farovon turmush , qalbimiz xotirjamligi uchun shukrona aytamiz. Bu bebaho ne'matlarni bizga mustaqillik , istiqlol berdi. Asosiy Qonunimiz - O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi esa baxtimiz ,inson qadrini ulug'lash, erkin va farovon hayotimiz kafolati bo'lib hisoblanadi. Bosh Qomusimiz yurtimiz osoyishtaligi, xalqimizning erkin va farovon hayotining mustahkam huquqiy asosi - poydevori bo'lib xizmat qilayotir. Zero, Konstitutsiyamiz orqali bizga bilim olish , erkin kasb tanlash , malakali tibbiy xizmatdan foydalanish , orzu - istaklarimiz ro'yyobini ko'rish kabi beqiyos huquqlar berdi. Ko'p asrlik tarixiy tajriba shundan darak beradiki , jamiyatning asosiy boyligi - inson. Uzoq asrlar davomida bashariyat ming - minglab qoidalar , nizomlardan jamiyat uchun asosiylarini va o'ta muhimlarini tanlab oldi . Aynan shu qoidalar Konstitutsiyamiz yaratilishiga poydevor bo'ldi. Bu esa o'z navbatida farovon hayotning asosidir. Konstitutsiyada bayon etilgan tushunchalar shu qadar ahamiyatliki , hech bir odam ularsiz yashay olmaydi. Negaki , insonning har kuni duch keladigan muammolarni hal etishga qaratilgan faoliyati ko'pincha mamlakat asosiy qonuniga kiritilgan qoidalar va moddalarga bog'liqdir. Bu sohada Konstitutsiya xalqning manfaatlariga, barcha jabhalarni erkinlashtirishga hamda uning farovon hayotiga poydevor bo'lib xizmat qiladigan qonunlarni qabul qilishi zarur.
December 1
492
Shu bilan bir qatorda bu borada talaygina islohatlar qilindi. Negaki, hayotning o'zi davr talablariga javob beraolmaydigan qonun hujjatlarini bekor qilib, shu bilan bir qatorda Konstitutsiya va qonunlarga o'zgartirishlar kiritib, uni yanada takomillashtirishni talab etmoqda.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoevning 2022 yilni " Inson qadrini ulug'lash va faol mahalla yili " deb nomlanishining o'ziyoq inson huquq va erkinliklarini , uning qadr - qimmatining naqadar yuksak darajada ulug'lanishini ko'rsatib turibdi. Yuqorida qayta - qayta ta'kidlaganimizdek , konstitutsiya erkin va farovon hayotning kafolatidir. Qomusimiz bo'lsa , inson huquq va erkinliklari , uning hayoti , qadr - qimmati uchun yaratilgan. Mamlakatning hayotida yuz bergan o'zgarishlarni mulohaza qilar ekanmiz istiqlolning hayotbaxsh zaminida yurtimizda inson qadrining ulug'lanishini , ayniqsa , biz yoshlarga keng imkoniyatlar yaratilayotgnligini hamda barcha islohotlar inson huquq va erkinliklarini ta'minlashga hamda uning qadrini ulug'lashga karatilganligining guvohi bo'lamiz.
Sohibqiron Amir Temur bobomizning "qaerda qonun hukmronlik qilsa, o'sha yerda erkinlik bo'ladi ", degan o'gitida katta hikmat bor. Bu hikmat hozirgi vaqtda ham o'ziga xos ma'no kasb etmoqda. Prezidentimiz aytganidek , "adolat va haqiqat g'oyasi ijtimoiy hayotimizning barcha jabhalarini qamrab olmog'i lozim. Adolat va haqiqat g'oyasi qonunchilik faoliyatimizning bosh yo'nalishi bo'lmog'i shart " Albatta, adolatli va erkin jamiyat qurish uchun qonunga tayanamiz va qonun ustuvorligiga erishishimiz lozim. Chunki , har qanday davlatning qudratli va mustahkam bo'lishi, xalqning tinch va farovon hayoti, huquq va erkinliklari , qadr -qimmati qonunlarning ustuvorligiga hamda Konstitutsiyaning farovon hayot asosi , ya'ni , poydevoriga bog'liqdir. Odamlarning huquqiy ongi va madaniyatini shakllantirishda insonlarga o'zlarining huquq va erkinliklarini, burchlarini, o'zlari yashab turgan joyda o'rnatilgan qonunlarga, asosan, ularning shaxsiy va fuqarolik huquq va erkinlik hamda burchlari kafolatlab qo'yilgan asosiy qonun O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va uning normalari tanishtirilishi kerak. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi - erkin va farovon hayot poydevori zamirida yaratilib , u jamiyat tayanchi va yurtimiz taraqqiyotining huquqiy kafolati, davlatimiz mustaqilligining yorqin ramzi , inson huquq va erkinliklarining va qadr -qimmatining, ko'p millatli xalqimiz xohish - irodasining qonuniy ifodasi hisoblanadi. Buni Bosh Qomusimizning birinchi moddasidan to oxirgi moddasigacha inson huquq va erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta'minlash, vatan ravnaqi hamda jamiyat
December 1
taraqqiyotiga xizmat qilib kelayotgan umumbashariy g'oyalar singdirilganligidan ham ko'rish mumkin. Asosiy qonunimizda buyuk ne'matlar orasida eng ulug'i " inson uchun " , degan g'oya ilgari surilib, bunda inson qadrini ulug'lash, uning erkin kamol topishi uchun , uning farovon hayot poydevorini yaratish uchun zarur shart -sharoitlar yaratish o'z aksini topgan. Boshqacha qilib aytganda, " fuqaro - jamiyat -davlat " o'rtasidagi izchil hamkorlikning huquqiy yechimi asoslab berilgan. Mamlakatimizda davlatni jamiyatga , xalqqa xizmat qiluvchi institutga aylantirish, uning faoliyatini farovon hayotni qonunlarga tayangan holda qurishga qattiq kirishgan desak xato bo'lmaydi. Fuqaro - jamiyat - davlat o'rtasidagi o'zaro munosabatning oqilona va adolatli huquqiy yechimi Konstitutsiyadir. Bizning mustaqil davlatimizda insonlarning huquq va erkinliklari, ularning sha'ni , qadr -qimmati hamda ularning farovon hayotining kafolati doimiy harakatdagi mexanizmga o'xshashligi ko'rsatib berilgan. Konstitutsiyamizning 19 - moddasida "hech kim sudning qarorisiz fukarolarning huquq va erkinliklaridan mahrum qilishga yoki ularni cheklab qo'yishga haqli emas"ligi belgilab qo'yilganki, bu qoida huquqbuzar kim bo'lishidan qa'tiy nazar javobgarlikka tortilishi mumkinligini bildiradi.
O'zbekiston Prezidenti inson huquq va erkinliklarining kafolatlari haqida, " Inson huquqlari insoniyat paydo bo'lganidan beri turli darajalarda ko'pgina olimlar, faylasuflarning bahs hamda munozoralariga sabab bo'lib kelmoqda. Uning huquqiy manbalari juda qadim - qadim zamonlarga borib taqaladi. Hozirgi bizning zamonimizda inson huquqlariga oid qonunchilik 3 bosqichga bo'linadi. Asosiy qonunimiz xalqimiz uzoq yillar orzu qilgan milliy mustaqilligimiz va rivojlanish yo'limiz, inson huquq va erkinliklari kafolatlatlarini belgilab beradi", degan edi. Konstitutsiya - erkin va farovon hayotimiz kafolati bo'lib hisoblanar ekan , buning poydevori esa aynan qonunchilikning 3 bosqichiga borib taqaladi hamda bizning davrimizga kelib u 3 bosqichga bo'lib o'rganiladi.
Birinchi bosqich 1789 yilda qabul qilingan Inson huquqlari Fransuz Deklaratsiyasidan boshlanib, to 1- jahon urushigacha bo'lgan davrni o'z ichiga oladi. Inson huquqlari qonunchiligi birinchi bosqichda shaxs erkinligi, fuqarolar tengligi, shaxs daxlsizligi, xususiy mulk hamda saylov huquqlariga oid masalalar asosiy o'rinni oladi.
Ikkinchi bosqichda XX asrning birinchi yarmini o'z ichiga olib, unda insonning dam olish, mexnat qilish huquqlari, ijtimoiy yordam olish huquqi uning asosiy mavzusi bo'lgan. XX asrning 2-yarmi inson huquqlariga oid qonunchilikning uchinchi bosqichi
December 1
bo'lib hisoblanadi. Bu davrda inson huquqlari himoyasiga oid yaratilgan qonunlar inson "yangi avlod" davri deb nomlanadi. Bu uchinchi bosqichda axborot olish huquqi, tinch yashash huquqi, sof va toza atrof muhitga ega bo'lish huquqi qonunchilikning markazida turadi va unga katta e'tibor qaratiladi. Bizning Bosh Qomusimiz O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi inson huquq va erkinliklariga oid qonunchilik tizimining uchinchi bosqichida yaratilgan Konstitutsiyalar qatoridan o'rin olgan. Shu nuktai nazardan qaraydigan bo'lsak, yuqorida aytib o'tilgan Inson huquqlarining barchasi bizning Konstitutsiyamizda o'z aksini topgan.
Sizlarda nega inson huquq va erkinliklariga qayta - qayta murojaat qilinmoqda, yoki , nima uchun fuqarolarning burchlari ham inson huquqlari qatorida tilga olinmoqda, degan savol tug'ilishi tabiiy. O'zi shunday savol berish to'g'rimi. Bizning fikrimizcha to'g'ri. Chunki, fuqaro o'z burchini bajarish orqali, boshqa fuqarolarning huquqlarini ham ta'minlashda ishtirok etadi. Bunga oddiygina bir misol, yoshlar vatan oldidagi yigitlik burchini bajarar ekan, ular Vatanimizni himoya qiladi, shu bilan birga boshqa fuqarolarning tinch yashash huquqini ta'minlashda ishtirok etadi.
Bilamizki, Konstitutsiyamizning normalaridan ko'pchilik xabardor. Shuni inobatga olib, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlangan inson huquq va erkinliklarining kafolatlarini Xalqaro boshqa hujjatlarga qiyoslash orqali ochib berishga harakat qilamiz. Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi 1948 yil 10 dekabrda qabul qilingan. Jami 30 moddadan iborat bo'lgan Inson Huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasining moddalarini o'qir ekanmiz ular O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidagi normalar bilan o'xshashligiga guvoh bo'lamiz. Masalan: Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasining uchinchi moddasida " Har bir inson yashash, erkin bo'lish va shaxsiy daxlsizlik huquqlariga egadir" Endi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 24- moddasida " Yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqidir. Inson hayotiga suiqasd qilish eng og'ir jinoyatdir" Deklaratsiyaning 5- moddasida " Hech kim qiynoqqa yoki qadr- qimmatni xo'rlovchi muomila va jazoga duchor etilmasligi kerak" Bizning Qomusimizning 26- moddasi 2- yarmida " Hech kim qiynoqqa solinishi zo'ravonlikka shavqatsiz yoki inson qadr -qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tayziqqa duchor etilishi mumkin emas". Bunday misollarni o'nlab keltirishi mumkin. Bundan kurinib turibdiki, mamlakatimiz Konstitutsiyasi fuqarolarning huquq va erkinliklari borasida Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasining asosiy g'oyasi va qoidalarini o'zida aks ettirgan. Inson asli hur va ozod yaratilgan. Barchasi inson uchun , uning baxt - saodati hamda uning qadr-qimmati
December 1
Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life
Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va farovon hayotimiz kafolati
uchun , bu esa farovon hayotsiz bo'lmaydi . O'z manfaati yo'lida inson huquq va erkinliklarini oyoqosti qilib, paymol qilishga hech kim haqli emas.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 2-bobi 13-moddasida "O'zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi. Unga ko'ra inson huquq va erkinligi, sha'ni, qadr- qimmati, uning hayoti va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi" Inson huquq va erkinliklari yana bir marotaba aytish lozimki, Konstitutsiya va Qonunlar bilan himoya qilinadi. Biz ana shunday buyuk ishlar arafasida turibmiz. Kuchli iqtisodiyot barpo etib, dunyoda munosib o'rinni egallash, xalqga yuksak sharoitlar yaratish uchun ham juda ko'p ishlarni birgalikda amalga oshirishimiz lozim.
Demokratik davlat deganda, inson huquqlari va erkinliklarining ta'minlanishi va inson qadr-qimmatini ulug'lash tushuniladi. Har bir fuqaroda konstitutsiyaviy huquq madaniyatini, konstitutsiyaviy ongni va Asosiy qonunga hurmat hissini shakllantirish kerak. Betakror mustaqil yurtda barqaror jamiyatni va bardavom taraqqiyotni ta'minlash - barchamizning bosh maqsadimizdir. Bundan yaqqol ko'rinib turibdiki, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi - inson qadrini ulug'lash , erkin va farovon hayot kafolatidir.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.
2. Mirziyoev Shavkat - O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 1 maydagi "Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 60 yilligiga bag'ishlangan tadbirlar dasturi to'g'risida"gi farmoni.
3. Xaitov Aktam - Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi Spikeri o'rinbosari , O'z.Lider fraksiyasi rahbari - "Konstitutsiya - farovon hayotimiz taraqqiyotining asosiy poydevori" - lider.uz /uz/ ro'znomasi maqolasi bosh sahifa . 09.12.2020 yil. №
4. A.Rahimov - "Konstitutsiya inson huquq va erkinliklarining kafolati" "Xalq so'zi" ro'znomasidagi maqolasi. 09.12.2021 yil. 2- bet.
5. Abdikarimova Sayyora - O'z. Oliy Majlis Senati a'zosi - "Konstitutsiya -taraqqiyotimiz va farovonligimiz kafolati" - O'z. Ru. En. Constitution. Uz/uz/pages/ , bosh sahifa.
6. "Konstitutsiya - farovon hayotimiz va taraqqiyotning asosiy poydevori". -O'z.Res. Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi - "Xalq so'zi"
ro'znomasi , maqola , 24.11.2021 yil № 926. 2- bet.
1030.
December 1
Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life
Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati
7. " Qonun ustivorligi inson huquq va erkinliklari kafolati " maqolasi.
8. Konstitutsiya farovon xayotimiz va taraqqiyotimizning asosiy poydevori - Xalq so'zi-24.11.2022 №:1071. 1-bet. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi.
9. Rustambekov Islombek. "Yangi O'zbekiston - yoshlarda yangi imkoniyatlar" . "Yangi O'zbekiston" ro'znomasi. 24.08.202yo yil. № 10163.
10. Xaitov Aktam. "Yangi O'zbekiston bosib o'tayotgan yo'l". "Yangi O'zbekiston" ro'znomasi. 18.08.2021 yil. № 16875.
December 1