Научная статья на тему 'YANGI O‘ZBEKISTONDA INSON HAMDA FUQAROLARNING HUQUQ VA ERKINLIKLARI KAFOLATLARI'

YANGI O‘ZBEKISTONDA INSON HAMDA FUQAROLARNING HUQUQ VA ERKINLIKLARI KAFOLATLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
203
54
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Inson / fuqarolik / huquq / qonun / erkinlik / kafolat / Konstitutsiya / qonun / qonun ustuvorligi.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Nazarov Elbek, Ne’matov Nursulton

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida Konstitutsiyasining X bobida keltirilgan inson hamda fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlari haqida ma'lumotlar keltirib o‘tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YANGI O‘ZBEKISTONDA INSON HAMDA FUQAROLARNING HUQUQ VA ERKINLIKLARI KAFOLATLARI»

Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali Impact Factor: 8.2 | 2181-3035 | № 16(53)

YANGI O'ZBEKISTONDA INSON HAMDA FUQAROLARNING HUQUQ

VA ERKINLIKLARI KAFOLATLARI

Ilmiy rahbar: Nazarov Elbek Alimovich

Toshkent Davlat Agrar Universiteti Huquq va turizm fakulteti "Gumanitar fanlar va

Huquq" kafedrasi katta o'qituvchisi Ne'matov Nursulton Shavkat o'g'li Toshkent Davlat Agrar Universiteti Huquq va turizm fakulteti Yurisprudensya

yo'nalishi 3-bosqich talabasi

Annotatsiya: Mazkur maqolada O'zbekiston Respublikasida Konstitutsiyasining X bobida keltirilgan inson hamda fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlari haqida ma'lumotlar keltirib o'tilgan.

Kalit so'zlar: Inson, fuqarolik, huquq, qonun, erkinlik, kafolat, Konstitutsiya, qonun, qonun ustuvorligi.

Annotation: This article provides information about the guarantees of human and citizen rights and freedoms provided in Chapter X of the Constitution of the Republic of Uzbekistan.

Key words: Man, citizenship, right, law, freedom, guarantee, Constitution, law, rule of law.

Аннотация: В данной статье представлена информация о гарантиях прав и свобод человека и гражданина, предусмотренных главой X Конституции Республики Узбекистан.

Ключевые слова: Человек, гражданство, право, закон, свобода, гарантия, Конституция, закон, правопорядок.

Inson huquqlari va erkinliklarining kafolatlari - inson va fuqarolarning Konstitutsiya shuningdek qonunlarda mustahkamlangan huquqlari hamda erkinliklarini amalga oshirishni davlat tomonidan ta'minlashga yordam beradigan vositalar, usullar shu jumladan shart-sharoitlar majmui hisoblanadi. Inson huquqlari

83

Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali Impact Factor: 8.2 | 2181-3035 | № 16(53)

hamda erkinliklarining kafolatlarini quyidagicha turkumlash mumkin deb hisoblanadi:yuridik, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy deb qaraladi. Yuridik kafolatlar deganda fuqarolarning huquqlari shu bilan bir qatorda erkinliklari qonunlar asosida huquqiy jihatdan kafolatlanishini anglash mumkin. Yuridik kafolatlarning quyidagi shakllari mavjud deb qaraladi: konstitutsiyaviy huquqiy kafolatlar; sudlar tomonidan huquqlar shuningdek erkinliklarni kafolatlash; ombudsman faoliyati; hukumat faoliyatini qayd etib o'tish joiz [1].

Inson huquqlari va erkinliklariga rioya qilishning ta'minlanishi demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati barpo etishning muhim sharti hisoblanadi. Shunga asosan, O'zbekiston o'z mustaqilligiga erishgach, ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida olib borilayotgan keng qamrovli islohotlarning zamirida, inson huquq va erkinliklariga bo'lgan e'tibor, insonlarning sha'ni va qadr-qimmatini hurmat qilish, inson huquqlarini eng oliy qadriyat sifatida e'tirof etish kabi g'oyalarni bosh maqsad qilib qo'ydi.

Qisqa vaqt ichida fuqarolar huquq va erkinliklarini ta'minlaydigan huquqiy soha tashkil etildi, demokratiya va fuqarolik jamiyatining asosiy institutlari shakllantirildi, huquqni qo'llash amaliyoti takomillashtirildi.

Qayd etish kerakki, bugungi kunda mamlakatimizda inson huquq va erkinliklarini himoya qilishning konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari hamda kafolatlari bilan bir qatorda uning tashkiliy mexanizmlari ham yaratilgan. Konstitutsiyamizda fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy huquqlari, jamiyat rivojlanishining strategik yo'nalishlari, boshqaruvning adolatli va demokratik prinsiplari, shuningdek ma'naviy qadriyatlarimiz asoslari o'z ifodasini topgan.

Ta'kidlash lozimki, asosiy qonunimizning 13-moddasiga asosan "O'zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko'ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha'ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi". Shundan kelib chiqqan holda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar markazida birinchi o'rinda - inson, uning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari nazarda tutilganligini ko'rish mumkin.

Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali Impact Factor: 8.2 | 2181-3035 | № 16(53)

Shuningdek, mamlakatimizda fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi Oliy Majlisning Inson huquqlari bo'yicha vakili (ombudsman) tomonidan amalga oshirilmoqda. Yangi tahrirdagi "Oliy Majlisning inson huquqlari bo'yicha vakili (ombudsman) to'g'risida"gi Qonunning 1-moddasiga muvofiq, "O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo'yicha vakili (ombudsman) mansabdor shaxs bo'lib, unga davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslar tomonidan inson huquqlari hamda erkinliklari to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan parlament nazoratini ta'minlash vakolatlari berilgan"

Ijtimoiy-siyosiy kafolatlar davlatda amal qilib turgan siyosiy tizim bilan bog'liq. Ushbu tizim inson huquq va erkinliklari buzilishining oldini olish uchun xizmat qiladi. Zero, fuqarolarning huquq va erkinliklarini kafolatlash ko'pincha davlatning olib borayotgan ijtimoiy siyosatiga bog'liq bo'ladi. Masalan, Konstitutsiyamizning 45-moddasiga ko'ra, "Voyaga yetmaganlar, mehnatga layoqatsizlar va yolg'iz keksalarning huquqlari davlat himoyasidadir" deb belgilab qo'yilgan. Darhaqiqat, bozor iqtisodiyotiga o'tish jarayonida aholini ijtimoiy himoya qilish davlat siyosatining ustuvor yo'nalishiga aylanishi lozim.

Bundan tashqari, mamlakatimizda inson huquqlarini ta'minlash borasidagi chora-tadbirlar inson huquqlarining umume'tirof etilgan g'oyalari va qadriyatlariga, shuningdek, xalqaro majburiyatlarga sodiqlik, amalga oshirilayotgan barcha siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning bosqichma-bosqich xarakterda ekanligi; demokratiya va ijtimoiy adolat g'oyalariga sadoqatimizni namoyon etish orqali, xalq hokimiyatchiligini mustahkamlash; xalq vakilligi institutlarini rivojlantirish; demokratik huquqiy davlat va kuchli fuqarolik jamiyati shakllanishiga asoslanganlik; insonparvar demokratik huquqiy davlatni barpo etish yo'lida hamma narsa inson uchun, inson baxt-saodati uchun yaratilganligi kabi va boshqa bir qator demokratik tamoyillar asosida amalga oshirilmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali Impact Factor: 8.2 j 2181-3035 | № 1б(53)

1.https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Inson_huquqlari_va_erkinliklarining_kafolatla

ri

2.https://yuz.uz/uz/news/inson-huquq-va-erkinliklarining-konstitutsiyaviy-huquqiy-kafolatlari

3.https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Inson_va_fuqaroning_huquq_va_erkinliklari 4 .https: //toshkent-vil. adliya.uz/uz/news/detail. php?ID=б2б90 5.O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi

б .https: //qoraqalpoq. adliya.uz/uz/news/detail. php ?ID=60368

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.