Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life
Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati
YASHASH, ERKINLIK VA SHAXSIY DAXLSIZLIK HUQUQINI HIMOYA QILISH ASOSLARI
Niyazova M -
Guliston davlat universiteti talabasi
Huquqiy davlatchilik yo'lida O'zbekiston Respublikasi o'zining milliy qonunchiligida inson huquqlari va erkinliklarini ta'minlashni ustuvor vazifa sifatida belgilab oldi. O'zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati suverenitetini mustahkamlash va huquq ustunligini tasdiqlanishi huquqiy davlatchilikning chambarchas o'zaro aloqadorligini ifodalaydi.
Kafolat - kafillik, ta'min etish, garovga javob berish (fr. garantie). Inson va fuqaro huquqlari kafolatlari— bu konstitutsiya va boshqa qonunlar bilan o'rnatilgan huquqlardan foydalanish imkonini yaratuvchi chora va shart-sharoitdir.
Inson huquqlari ta'minotining milliy mexanizmi quyidagi turlardan iborat:
- iqtisodiy kafolatlar;
- ijtimoiy kafolatlar;
- mafkuraviy kafolatlar;
- siyosiy kafolatlar;
- huquqiy kafolatlar;
- moddiy kafolatlar.
Huquqiy kafolatlar — fuqarolarga berilgan huquq va erkinliklarining amalga oshirishning huquqiy chora-tadbirlaridir.
Ushbu tushunchaga quyidagicha ta'rif berish mumkin; kafolatlar— fuqarolarga berilgan huquq va erkinliklarining amalgam oshirishning huquqiy chora-tadbirlaridir.
Kafolatlardan maqsad, avvalo, huquqlarni amalga oshirilishdagi to'siqlar bo'lishiga yo'l qo'ymaslik va agarda bunday to'siqlar paydo bo'lsa, ularni bartaraf etish, ikkinchidan, bu huquqlar bilan bog'liq majburiyatlarning bajarilishini ta'minlash (bunday vazifani, masalan, qo'llanish xavfi ma'lum bir subyektni fuqaro huquqlarini bajarishga majbur qiluvchi jarima o'taydi).
Ushbu tamoyil shuni bildiradiki, huquq va erkinliklar insonga tegishli va qonunchilikda mustahkamlab qo'yilishdan qat'i nazar, inson o'z huquqlarini qonunda ta'qiqlanmagan hamma choralar bilan himoya qilishi mumkin. Bevosita ravishda inson huquq va erkinliklarini tan olish, ular buzilgan taqdirda, ularning qo'llanishi imkonini beradi.
Shunisi ma'lumki, huquq faqatgina davlat yoki boshqa shaxs (organ) uni ta'minlash majburiyatini olsagina amalga oshirishi mumkin. Kafolatlar o'z-o'zi uchun emas, balki huquq va erkinliklarning hayotga to'liq joriy etilish uchun zarurdir. Ular shunday sharoitni yaratishlari lozimki, bunda konstitutsiya va boshqa qonunlarda qayd etilgan shaxsning huquqiy statusi,
December 1
Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life
Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati
huquq va erkinliklari to'g'risidagi qoidalar amalda har bir kishiga tegishli bo'lishi lozim.
Keng ma'noda inson huquq va erkinliklari kafolatlari tushunchasi fuqarolar huquq va erkinliklarining to'liq amalga oshirilishi va himoyasiga qaratilgan barcha obyektiv va subyektiv omillarni qamrab oladi.
Mustaqillik davrida O'zbekiston Respublikasi qonunchiligining rivojlanishi u yoki bu huquqlarning kafolatlarini o'z ichiga olgan bir qator qonun hujjatlarining ishlab chiqilishi bilan bog'liq. "Tadbirkorlik faoliyati kafolatlari to'g'risida", "Nodavlat, notijorat tashklotlar faoliyati kafolatlari to'g'risida", "Bola huquqlari kafolatlari to'g'risida", "Jurnalistik faoliyat kafolatlari to'g'risida", "Fuqarolarning saylov huquqlari to'g'risida" gi qonunlar shular jumlasidandir.
Inson huquqlariga nisbatan huquq va erkinliklar ta'minotining huquqiy choralari eng katta qiziqishga egadir. Ba'zi bir mualliflar huquqiy kafolatlar deganda keng institutlar va moddiy va protsessual moddalar tizimini tushunadilar, ular subyektiv huquqlarni ta'minlash tizimi faqatgina huquq o'rnatuvchi va huquqni tiklovchi normalardan iborat huquqiy kafolatlar orqaligina eslashi mumkin deb hisoblashadi.
Aynan davlat — huquq majmuasining turli qismlarining birgalikda xizmat qilishi orqali huquqiy kafolatlarning alohida qismlari, tuzilmalari o'zining himoyaviy vazifasini amalda bajarishi mumkin. "O'tish davrining dastlabki bosqichlarida demokratik va siyosiy islohotlarning borishini umumiy baholab, aytish mumkinki, O'zbekiston bu masalaga alohida yondashmoqda. Davlatni barpo etishdagi bizning o'ziga xos yo'limiz hududimizda tarixan tarkib topgan ko'p millatli jamiyat tizimini saqlab qolish va mustahkamlash hamda ana shu omildan demokratik huquqiy davlat, fuqarolik jamiyati barpo etishdan iborat pirovard maqsadni ko'zlovchi vazifalarni amalga oshirish foyasiga asoslanadi"1.
Inson va fuqaro huquq va erkinliklarining umumiy davlat kafolatlariga quyidagilarni kiritish mumkin:
birinchidan, konstitutsiya va qonunning ustuvorligi, hokimiyatning bo'linishi va konstitutsion tuzilmaga ega demokratik huquqiy davlatchilik institutlari tizimini shakllantirish;
ikkinchidan, inson va fuqaroning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarining bevosita, to'g'ridan-to'g'ri amalga oshirilishi prinsipining izchil joriy etilishi;
uchinchidan, inson va fuqaro huquq va erkinliklarining huquqiy asosini yaratish, ya'ni inson va fuqaro huquqlari to'g'risidagi qonunchilik tizimini tashkil etuvchi qonun hujjatlarini qabul qilish;
to'rtinchidan, inson huquqlari bo'yicha milliy institutlar tizimini tashkil etish (Oliy Majlisning inson huquqlari bo'yicha vakili, O'zbekiston Respublikasi Inson huquqlari Milliy Markazi);
1 I.A.Karimov. Asarlar 6-jildi.45-bet.
December 1
Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life
Volume 3 j TSTU Conference 2 j 2G22 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va farovon hayotimiz kafolati
beshinchidan, inson huquqlari bo'yicha ko'p maqsadli va ko'p darajali ta'lim tizimini yaratish va keng aholi orasida inson huquqlari madaniyatini shakllantirish. Xususan, 1997-yil 29-avgustdagi "Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi" va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 4-yanvardagi "O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o'qitishni tashkil etish to'g'risida"gi mahsus farmoni bu borada muhim o'rin tutadi.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida jahon konstitutsion tajribasidan kelib chiqib quyidagicha belgilangan:
birinchidan, inson va fuqaro huquq va erkinliklarining keng doirasi; ikkinchidan, bu asosiy huquq va erkinliklar boshqa hamma konstitutsion institutlar bilan uyg'unlashtirilgan, ulaming xo'jalik yuritish, davlat boshqaruvi, konstitutsion tuzilma bilan o'zara bog'liqligiga erishilgan;
uchinchidan, insonning konstitutsion huquqlarining amalga oshirilishi uchun zarur bo'lgan mexanizmlar, jarayonlar, tuzilmalarning huquqiy asoslari yaratilgan.
1996-yil 31-oktabrda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni asosida Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi tashkil etildi.
Markazning asosiy maqsadi — huquq va erkinliklarni himoya qilish ko'p tarmoqli tizimini kompleks tartibida birinchi darajali masalalarni hal etish - inson huquqlari sohasida Milliy dastur ishlab chiqish va tadbiq etish hisoblanadi.
Ko'p millatli mamlakat hisoblangan O'zbekistonda 140 dan ortiq milliy madaniy markazlar o'z faoliyatini olib bormoqda. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 13-yanvardagi 10-sonli qarori asosida Respublika Baynalminal madaniy markazi tashkil etildi. Markaz barcha madaniy markazlarga faoliyatida amaliy va uslub jihatidan o'z yordamini berish bilan birgalikda mamlakatda istiqomat qiluvchi turli millat va elatlarning vakillarining ehtiyojlarini qondirishda o'z ko'magini ko'rsatadi.
1. Umarova Dilafruz Razzakberdiyevna. (2023). THE MAIN CHARACTERISTICS OF ENGLISH PRAGMATICS IN LINGUISTICS. Proceedings of International Educators Conference, 2(1), 639-643.
2. XUSOMIDDINOVA, C., & Razzakberdiyevna, U. D. (2022). CULTURAL, SOCIAL AND PERSONAL PRINCIPLES OF THE GAME. Journal of new century innovations, 18(4), 36-38.
3. Razzakberdiyevna, U. D. (2022). PHRASAL VERBS IN MODERN ENGLISH: TERMINOLOGY, FEATURES, CLASSIFICATION. ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 7.603, 11(06), 51-54.
4. Umarova, D. R. (2022). INVESTIGATING PROBLEMS OF ENGLISH LITERATURE TEACHING TO EFL HIGH
REFERENCES
December 1
Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life
Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati
SCHOOL STUDENTS. Academic research in educational sciences, 3(12), 473-
5. Razzakberdiyevna, D. U. (2022). CRITICAL THINKING IN EDUCATION: DISCUSSION AND PROBLEMSOLVING TECHNIQUE. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2(6), 185-190.
6. Matnazarov, X., Ikramov, B., & Azimov, Z. (2022). INNOVATIVE METHODOLOGY OF TRAINING OF KAYAKERS 10-11 YEARS. Academic research in educational sciences, 3(11), 83-89.
7. Ikramov, B. F. (2023). EFFECTIVE METHODS AND MEANS FOR DEVELOPING BALANCE IN PRESCHOOL CHILDREN. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 16(2), 54-56.
8. ИКРОМОВ, Ф., & ПИРМУХАМЕДОВ, У. (2023). ЭФФЕКТИВНЫЕ СРЕДСТВА И МЕТОДЫ ТРЕНИРОВКИ ДЛЯ РАЗВИТИЯ УСТОЙЧИВОСТИ БАЛАНСА ГРЕБЦОВ БАЙДАРОЧНИКОВ НА НАЧАЛЬНОМ ЭТАПЕ ПОДГОТОВКИ. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 16(2), 57-61.
9. ИКРОМОВ, Ф., АЗИМОВ, З., & ПИРМУХАМЕДОВ, У. (2023). ЭФФЕКТИВНОСТЬ КАЧЕСТВЕННОГО ОСВОЕНИЯ ЭЛЕМЕНТОВ ТЕХНИКИ ГРЕБЛИ У ГРЕБЦОВ БАЙДАРОЧНИКОВ 10-11 ЛЕТ. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 16(2), 39-44.
10. Miraxrarovna, R. G. (2021). Oriental Foundations of Pythagorean Studies. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 479-489.
11. Рузматова, Г. М., & Рахимджанова, Д. С. К (2021). СЕРЕН КЪЕРКЕГОР ЭКЗИСТЕНЦИАЛИЗМИНИНГ МОХДЯТИ. Academic research in educational sciences, 2(3), 568-583.
12. Рузматова, Г. М. (2021). КАРЛ ГУСТАВ ЮНГНИНГ ИНСОН РУХДЙ БОРЛИЕИ КОНЦЕПЦИЯСИ. Academic research in educational sciences, 2(1),
13. Miraxrarovna, R. G. (2021). DEKART VA PASKAL RATSIONAL G ' OYALARIDAGI O 'XSHASHLIK VA FARQ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(1), 35-44.
14. OTaMyparoB, C. (2015). Em^AP CHECHH MA£AHH£THHH PHBO^AHTHPHm OMH^^APH.
476.
81-95.
December 1