Научная статья на тему 'KONSTITUTSIYA KELAJAGIMIZNING HUQUQIY KAFOLATIDIR'

KONSTITUTSIYA KELAJAGIMIZNING HUQUQIY KAFOLATIDIR Текст научной статьи по специальности «Право»

78
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
Ключевые слова
Konstitutsiyalarning ahamiyati / yoshlar / Konstititsiya kafolati / fuqarolik jamiyati / huquqiy kafolat / huquq va erkinliklar / oliy qonun / inson huquqlari

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — Mafura Muxtarxonovna Inagamova, Ramazon Ikrom Oʻgʻli Rahmatullayev

Maqolada bugungi kunda yoshlar o'rtasida Konstitusiyaviy normalarni tadbiq etishning zarurati haqida so'z yuritilgan. Shuningdеk, rivojlangan davlatlarning Konstitusiyalari tarixi va uning afzalliklari haqida batafsil to'xtalib o'tilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KONSTITUTSIYA KELAJAGIMIZNING HUQUQIY KAFOLATIDIR»

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati

KONSTITUTSIYA KELAJAGIMIZNING HUQUQIY KAFOLATIDIR

Mafura Muxtarxonovna Inagamova

Toshkent davlat transport universiteti dotsenti, yuridik fanlar bo'yicha falsafa doktori

(PhD), dotsent

Maqolada bugungi kunda yoshlar o'rtasida Konstitusiyaviy normalarni tadbiq etishning zarurati haqida so'z yuritilgan. Shuningdеk, rivojlangan davlatlarning Konstitusiyalari tarixi va uning afzalliklari haqida batafsil to'xtalib o'tilgan.

Kalit so'zlar: Konstitutsiyalarning ahamiyati, yoshlar, Konstititsiya kafolati, fuqarolik jamiyati, huquqiy kafolat, huquq va erkinliklar, oliy qonun, inson huquqlari.

Ma'lumki, har bir yosh avlod yoshlik davridan o'z huquqlarini bilishi, ularni asta-sekin amalda qo'llashga o'rgatish va kelajakda fuqarolik jamiyati qurish yo'lidagi aniq maqsadli harakatlarni amalga oshirish lozim. Konstitutsiyani yoshlikdan o'rgatish har tomonlama foydali bo'lib, bollar o'z huquqlarini amalga oshirayotganda aniq bilgan holda amlaga oshiradilar. Konstitutsiya umuman olganda barchamizni huquqlarimiz va erkinliklarimiz, burchlarimiz aks etgan oliy qonunimizdir. Oliy qonunimizning muqaddima qismida aytib o'tilganidek hozirgi va kelajak avlod oldidagi mas'uliyat tushunchasi keltirib o'tilgan bo'lib, nafaqat bugungi kunimiz va kelajagimiz oldidagi yuksak vazifalarni anglagan holda har bir insonnni huquqlari ahamiyatli va yuqori darajada ekanlgini ko'rishimiz mumkin. Demak endi biz kelajagimiz va bugungi kunimizning huquqiy kafolati bor ekanligini bilamiz va o'z huquqlarimizdan foydalanamiz va belgilangan burchlarimizni bajaramiz. Konstitutsiyamiz hayotimiz kafolatidir. Chunki deyarli har sohada fuqarolarning erkinliklari, oliy qonunimiz oldidagi belgilangan vazifalari belgilangan. Har bir inson konstitutsiyada belgilangan huquqiy kafolatlari qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritish orqali yildan yilga sayqallanib mustahkamlanib bormoqda. Jamiyat rivojlangan sari undagi huquqlar va erkinliklar kengayib boradi va fuqarolik jamiyati qurilishi uchun mustahkam asos bo'lib, xizmat qiladi.

Ramazon Ikrom o'g'li Rahmatullayev

Toshkent davlat transport universiteti YU- 2a guruh talabasi [email protected]

ANNOTATSIYA

December 1

Konstitutsiya lotincha constitutio - „tuzilish", „tuzuk" manolarini anglatadi. Konstitutsiyamiz 1992 yil 8-dekabrda qabul qilingan va Konstititutsiya kuni qilib belgiangan. Konstitutsiya bu davlatning asosiy qonuni bosh asosi hisoblanadi. Konstitutsiya bu barcha joriy qonunlarning asosi hisoblanadi. Undan davlat tuzilishi, hokimyat va boshqaruv organlari tizimi ularning vakolatlari hamda shakllantirish tartibi, sud tizimi, fuqarolarning huquq va erkinliklari shuningdek saylov tizimi belgilab qo'yilgan bo'ladi. Konstitutsiyalar bugun jaxondagi ko'plab davlatlarda eng oliy yuridik kuchga ega qudratli hujjatdir. Ana shu davlatlar qatorida O'zbekiston Respublikasi ham o'zining Konstitutsiyasiga ega va u joriy yilda o'zining 30 yilligini nishonlamoqda. Ushbu sana munosabati bilan Konstitutsiyalar haqidagi bazi qiziqarli faktlarga nazar tashlaymiz.

Bugungi kunda mavjud eng katta Konstitutsiya bu shubhasiz Hindiston Konstitutsiyasidir u 395 modda, 12 ilova va 500 dan ortiq tuzatishlarga ega bo'lib, juda murakkab tilda yozilgan ba'zan mamlakat aholisining o'zi ham uni tushinishga qiynaladi. AQShga esa Konstitutsiyasi dunyodagi eng kichik va eng o'zgarmas Konstitutsiya hisoblanadi. Bundan tashqari, Kosta Rika Konstitutsiyasi esa o'zining davlat rahbarini tanlashga oid qiziqarli moddasi bilan mashhur unga ko'ra agar saylovda Prezidentlikka nomzodlar teng ovoz to'plasa ulardan eng yoshi ulug'i Prezident sifatida tan olinadi.

Eng yosh Konstitutsiyalar esa Afrika qit'asiga tegishlidir, Afrikadagi 19 ta mamlakat Konstitutsiyasi 2000-yildan so'ng qabul qilingan. Shuningdek, Fransiya esa shu paytga qadar anchagina yani 15 ta Konstitutsiya qabul qilishga ulgurganligi bilan maqtana oladi. Isroilda esa diniy va dunyoviy qonunlar o'rtasidagi ziddiyatlar shu qadar kattaki mana 70 yildan beri ularni bir Konstitutsiya doirasida birlashtirishning imkoni yo'q, oqibatda Isroil hali hanuz o'z Konstitutsiyasiga ega emas. Yana bir qiziq aktlardan biri Ekvador Konstitutsiyasi haqli ravishda "yashil kitob" deya e'tirof etishga loyiq chunki u tabiat huquqini o'zida mujassam etgan yagona Konstitutsiya ekanligidir. Eng tinchliksevar Konstitutsiya bu shubhasiz Yaponiya bosh qomusidir unga binoan Yaponiya hech qachon harbiy kuchlarni tashkil etmaslik, urush keltirib chiqarmaslik va xalqaro nizolarda kuch ishlatmaslik majburiyatini olgan.

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi esa Sobiq Ittifoq mintaqasida eng birinchi bo'lib qabul qilinganligi hamda 7543 ta so'zdan tashkil topgani bilan diqqatga sazovordir.

Yuqorida tilga olingan Konstitutsiyalar o'zining qiziqarli ekanligidan tashqari jamiyatdagi yuqori o'rni bilan ham

December 1

ahamiyatlidir. Bugungi kunda jamiyatda Konstitutsiyalarning ahamiyati juda katta chunki Konstitutsiya jamiyat barqarorligining asosiy tayanchidir. O'zbekiston mustaqillikka erishgach qabul qilingan Konstitutsiya davlatchiligimiz taraqqiyoti va barqarorligida asosiy rol o'ynab kelmoqda. O'tgan 30 yil davomida unga tegishli o'zgartirishlar kiritilib yanada takomillashtirildi va jamiyatimizdagi o'rni mustahkamlandi. Hozirgi kunda davlatimiz tomonidan uni yanada takomillashtirish ustida ishlar olib borilmoqda.

Konstitutsiyamizni yoshlarimiz va kelajak avlod oldidagi mas'uliyati haqida ya'ni muqaddima qismida "hozirgi va kelajak avlodlar oldidagi yuksak mas'uliyatini anglagan holda," albatta Konstitutsiya boshqa qonunlar singari o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilishi orqali yanada takomillashib boradi.2 Ya'ni kelajak avlod tomonidan yanigacha g'oyalar takliflar kiritiladi va bosh qonunimiz takomillashib boradi. Bu jarayon qanday amalga oshadi? Konstitutsiyamizning 9-moddasida va 6-bo'lim Konstitutsiyaga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish bo'limida keltirib o'tilganki, " Jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari xalq muhokamasiga taqdim etiladi, umumiy ovozga (referendumga) qo'yiladi. Referendum o'tkazish tartibi qonun bilan belgilanadi." "O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o'zgartirishlar tegishligicha O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a'zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat ko'pchiligi tomonidan qabul qilingan qonun yoki O'zbekiston Respublikasining referendumi bilan kiritiladi." "Joriy yil 20 may kuni Oliy Majlis palatalari Kengashlari tomonidan Konstitutsiyaviy komissiya tuzildi. O'tgan bir oy davomida mazkur komissiyaga xalqimizdan 48 ming 492 ta taklif kelib tushdi. "O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat inson huquqlari bo'yicha bir qator majburiyatlar olgan bo'lib, ularga xususan davlat o'z faoliyatini inson va jamiyat farovonligini ko'zlab, ijtimoiy adolat va qonuniylik prinsiplari asosida amalga oshirishi, davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qilishi, davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas'ul ekanliklari, O'zbekiston Respublikasi o'z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an'analari hurmat qilinishini ta'minlashi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratishi, O'zbekiston Respublikasi o'z hududida ham, uning tashqarisida ham o'z fuqarolarini huquqiy himoya qilish va ularga homiylik ko'rsatishni kafolatlashi kabilarni misol qilib keltirish mumkin. Davlat inson, uning hayoti, erkinligi, sha'ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat ekanligidan kelib chiqib, o'tgan yillar mobaynida insonning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy

December 1

huquqlarini ta'minlash maqsadida bir qator ishlarni amalga oshirdi. Xususan, shaxsiy huquqlarni ta'minlash va himoya qilish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Jinoyat, Jinoyat-protsessual, Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodekslari, "Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to'g'risida", "Axborot olish kafolatlari va erkinligi to'g'risida", "Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to'g'risida", "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida", "Odam savdosiga qarshi kurashish to'g'risida"gi kabi qonunlarni qabul qildi. O'zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o'z vakillari orqali ishtirok etishdek siyosiy huquqlarini ta'minlash maqsadida esa "Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to'g'risida", "O'zbekiston Respublikasining referendumi to'g'risida", "O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to'g'risida", "O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to'g'risida", "Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to'g'risida", "Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari to'g'risida", "Fuqarolar yig'ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to'g'risida"gi qonunlar qabul qilindi[1]. Shuningdek boshqa ilmiy tadqiqotchilarni maqolasini o'qib chiqasak, ularda Konstitutsiyamizga professional tarzda tarif berishganini ko'rishimiz mumkin. Yoshlar bilan ko'plab uchrashuvlar tashkil etilganda Konstitutsiya mavzusida ko'plab, ilmiy seminarlar, konferensiyalar davomida inson qadrini ulug'lash, inson manfaatlarini himoyalash, ta'lim, sud-huquq tizimini isloh qilishda muhim ahamiyatga ega ekanligi mavzusi keng va atroflicha muhokama qilinadi. Ushbu jarayonlar bizni Konstitutsiya sohasida ko'proq bilishimiz o'z konstitutsiyamizga befarq bo'lmasligimi Konstitutsiyamiz takomillashtirish va xorijiy davalatlar tajribasini o'zimizning qonunlarimiz va qadriyatlarimiz doirasida qo'llash uchun ko'proq chuqur o'ylangan va kerakli takliflar berishimiz lozim.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, Konstitutsiya haqida bilishimiz kerak bo'lgan jihatlar hali ko'p va biz yoshlar shuning uchun ham chuqur va samarali ilmiy tadqiqotlar bilan shug'ullanishimiz va seminarlar va konferensiyalarda ishtirok etish orqali o'z fikrimizni va g'oyalarimizni bayon etamiz. "Yoshlikda olingan bilim toshga o'yilgan naqsh kabidir" degan maqol bejiz aytilmagan singari biz yoshlar ushbu fikrlarni anglagan holda ko'proq izlanishimiz va kerakli va zarur bilimlarni egallashimiz lozim. Shundagina biz o'z sohamizni anglagan yetuk mutaxasis bo'lib yetishamiz.

Biz kelajak avlodni ham Kunstitutsiyamizga hurmat ruhida tarbiyalash va ularga Konstitutsiya bizning asosiy qonunimiz ekanligini anglatishimiz uchun ko'proq targ'ibot tadbirlarini

December 1

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va farovon hayotimiz kafolati

tashkillashtirishimiz zarur. Har bir shaxs oz kelajagini oylagan holda farzandlari shu bilan bir qatorda ozining kelajakda foydalanishi mumkin bolgan huquq va manfaatlarimizni bilib qoyishimiz maqsadga muvofiqdir . Fikrlarni umumlashrirgan holda shuni aytish ham joizki, konstitutsiya avval ham bolgan, bugun ham mavjud, kelajakda ham albatta mavjud boladi. Yuqorida korib otganimizdek boshqa davlatlar konstitutsiyalari turlicha kop moddali, faqat davlatga oid moddalar, turli maqsadlarni kozlagan normalar iborat ekanligini korishimiz mumkin. Inson manfaaatlari, huquq va erkinliklariga ajratilgan moddalar oz miqdorda ekanligini korishimiz mumkin. Shunday ekan ayniqsa, biz yosh yuristlar deyarli barcha sohalardagi qonun hujjatlari bilan duch kelamiz, shu tufayli ham ko'proq qonun hujjatlari bilan ishlashimiz, olgan bilimlarimizni amaliyot bilan mustahkamlashimiz lozimdir.

sahifasi.

REFERENCES

1. M. Mirakulov. Inson manfaatlari konstitutsiyasi // - Т.: 2022.

2. Konstitutsiya haqida qiziqarli ma'lumotlar internet https://constitution.uz/oz/list/interesting

3. Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi muqaddima.

4. Дадашева, А. А. (2022). ДАВЛАТ ХИЗМАТИНИ ИСЛОД КИЛИШ ШАРОИТИДА ДОКИМЛАР ФАОЛИЯТИ УСТИДАН ЖАМОАТЧИЛИК НАЗОРАТИНИ АМАЛГА ОШИРИШНИНГ АСОСИЙ ЙУНАЛИШЛАРИ. Academic research in educational sciences, 3(TSTU Conference 1), 117-122.

5. Инагамова, М. М. (2022). ЯНГИ УЗБЕКИСТОННИНГ ТАРАККИЁТ СТРАТЕГИЯДА КОНУН УСТУВОРЛИГИНИ ТАЪМИНЛАШ ВА МАДАЛЛА ИНСТИТУТИ ФАОЛИЯТИНИНГ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШНИНГ ТАШКИЛИЙ-ДУКУКИЙ МАСАЛАЛАРИ (ТАДЛИЛИЙ-СТАТИСТИК МАЪЛУМОТЛАР АСОСИДА). Academic research in educational sciences, 3(10), 315-321.

6. Dadasheva, A. A. (2022). PUBLIC OPINION AND GOVERNMENT EVALUATION IN NEW UZBEKISTAN. The American Journal of Interdisciplinary Innovations Research, 4(01), 16-19.

7. Дадашева, А. А. (2020). МАДАЛЛИЙ ИЖРО ДОКИМИЯТИ ФАОЛИЯТИ УСТИДАН ЖАМОАТЧИЛИК НАЗОРАТИНИ НАТИЖАДОРЛИГИНИ ОШИРИШНИНГ ИЛМИЙ-НАЗАРИЙ ЕЧИМЛАРИ. ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ, (SPECIAL 2-2).

December 1

340

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va farovon hayotimiz kafolati

8. Juraevna, N. N. (2021). Development of Communicative Competence the Youth as a Factor of Affecting Competitiveness (On the Example of Foreign Language Teaching). Pindus Journal of Culture, Literature, and ELT, 9, 73-79.

9. ^agarneBa, A. A. (2022). Y3EEKHCTOH PECnYE.HKACH-KOHCTHTYqHflBHH HC.nOX,OT.nAP ^ABP TA.AEH. Academic research in educational sciences, 3(10), 288-291.

10. Sanakulov, A., Rakhmonov, D., & Nazarova, N. (2020). Social Service Technologies and Mechanisms of its Implementations. International Journal of Advanced Science and Technology, 29(3), 14192-14198.

December 1

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.