Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTONDA VIJDON ERKINLIGINING KAFOLATI – KONSTITUSIYADIR'

O‘ZBEKISTONDA VIJDON ERKINLIGINING KAFOLATI – KONSTITUSIYADIR Текст научной статьи по специальности «Право»

1630
136
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTONDA VIJDON ERKINLIGINING KAFOLATI – KONSTITUSIYADIR»

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati

O'ZBEKISTONDA VIJDON ERKINLIGINING KAFOLATI -

KONSTITUSIYADIR

Fazliddin Husanboy o'gli Ashuraliev

MMT-7 guruh talabasi, TDTrU Ilmiy rahbar: Nosirov Rashod Adilovich, TDTrU t.f.d., professor

O'zbekiston Respublikasini Konstitusiyasi - huquqiy davlatni rivojini barpo etishda hal qiluvchi o'rin egallaydi. Konstitusiya me'yorlari birlamchi hisoblanadi. Birorta ham qonun yoki boshqa me'yoriy-huquqiy xujjat Konstitusiya normalari va qoidalariga zid kelishi mumkin emas. Konstitusion me'yorlari boshqa qonunlardan yuqori turadi. Chunki davlani barcha joriy qonunlari va boshqa huquqiy xujjatlari Konstitusiya qabul qilishda ob'ektiv va sub'ektiv, ichki va tashqi omillar birinchi o'rinda turadi.

Mustaqil O'zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi 1992 yil 8 dekabrda 12 chaqiriq O'zbekiston Respublika Oliy Kengashini 11-sessiyasida qabul qilindi. Konstitusiya 6 bo'lim, 26 bob, 128 moddadan iborat. O'zbekiston Republikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov Oliy Kengashning 11-sessiyasida Konstitusiya loyihasi yuzasidan so'zlagan nutqida bunday deb ta'kidlandi: «Hur O'zbekistonimizni tarixida birinchi Kontitusiyani qabul qilish jumxuriyatimizni yangidan tuzishda haqiqiy mustaqilligimizga mustahkam poydevor qurishdir, Konstitusiyamiz asosiy qonunimiz sifatida davlatni davlat qiladigan, millatni millat qiladigan qonunlarga asos bo'lishi muqarrardir».

Vijdon erkinligi - ijtimoiy-falsafiy tushuncha, har kimning o'z e'tiqodiga ko'ra, mazkur jamiyatda mavjud ijtimoiy me'yorlarni buzmagan holda vijdoni buyurgani bo'yicha yashash, ishlash imkoniyatiga ega. Bunda dinga munosabat masalaning bir tomoni hisoblanadi. Siyosiy jihatdan Vijdon erkinligiga demokratiya ko'rinishlaridan biri sifatida qaraladi.

Yuridik nuqtai nazardan Vijdon erkinligi insonning asosiy shaxsiy huquqlari sirasiga kiradi va demokratik erkinliklardan biri hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida, "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida"gi qonunda (1991 yil 14 iyunda qabul qilingan, 1998 yil 1 mayda yangi tahriri tasdiqlangan) nazarda tutilgan.

Konstitutsiyaga ko'ra, "hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e'tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e'tiqod qilmaslik huquqiga ega" (31-modda).

December 1

361

Tashkent State Transport University Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022

The Constitution of the Republic of Uzbekistan O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -

is the Glorification of Human Dignity, the inson qadrini ulug'lash, erkin va

O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi bo'yicha, diniy qarashlami majburan singdirishga yo'l qo'yilmaydi. Ayni vaqtda yangi tahrirdagi "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida„gi qonunga ko'ra, diniy munosabatidan qat'i nazar fuqarolarning tengligi ta'minlanadi (4-modda). Ushbu qonunda ta'kidlanishicha, hech bir dinga yoki diniy e'tiqodga boshqalariga nisbatan biron-bir imtiyoz yoki cheklashlar belgilanishiga yo'l qo'yilmaydi.

Qonun muayyan yoshga yetgan fuqarolarning o'z diniy ehtiyojlarini qondirish uchun diniy tashkilot tuzish, oliy va o'rta diniy o'quv yurtlarida ta'lim olish tartib -qoidalarini ham belgilab bergan. Ayni vaqtda dindan davlat va Konstitutsiyaga qarshi targ'ibot olib borishda, millatlararo adovat uyg'otishda, vaziyatni barqarorlashtiruvchi uydirmalarni tarqatishda, aholi o'rtasida vahima chiqarishda hamda davlat, jamiyat va shaxsga qarshi qaratilgan boshqa g'arazli maqsadlarda foydalanishga yo'l qo'yilmaydi (5-modda).

O'zbekistonda Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar masalasi ijtimoiy hayotda muhim va murakkab masala bo'lib, kelgan. Chunki uning zamirida shaxsning huquqi, demokratiya, adolatparvarlik va insonparvarlik kabi katta ijtimoiy, siyosiy-huquqiy va axloqiy tushunchalar turadi. Vijdon erkinligi kishilarning ruhiy olamiga, uning sog'lom va barkamolligiga bevosita ta'sir ko'rsatadi. Shuning uchun ham bu masalaning ijtimoiy hayotdagi o'rni va bajaradigan vazifalari g'oyat muhimdir.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ustavidan tortib, barcha xalqaro hujjat va shartnomalarda, hamma mamlakatlarning konstitutsiya va qonunlarida vijdon erkinligi masalasi o'z ifodasini topgan. 1948 yilda qabul qilingan Inson huquqlari umumiy deklaratsiyasiga muvofiq har bir inson fikrlash, vijdon va din erkinligi huquqiga ega. Bu huquq o'z dini yoki e'tiqodini o'zgartirish erkinligini, o'z dini yoki e'tiqodiga o'zicha, shuningdek boshqalar bilan birgalikda amal qilish kafolatini, ibodat qilishda va diniy marosimlarda yakka tartibda va odamlar orasida birga qatnashish erkinligini o'z ichiga oladi.

Mustaqillik tufayli vijdon erkinligi tamoyillarini tiklash va unga og'ishmay amal qilish bu davr, kundalik hayot talabi va zaruriyatiga aylanib qoldi. Zaruriyat qonuniy negizga tayanmog'i kerak, qonun esa har doim harakatda, ishda bo'lmog'i darkor.

1991 yilda O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida»gi yangi qonunni qabul qildi. Qonun loyihasini tayyorlashda keng jamoatchilik vakillari, xalq deputatlari, olimlar, mutaxassislar, turli millat va din vakillari faol ishtiroq etishdi. Bu qonun o'z ruhi va mazmuni bilan ilgarigi qonunlardan katta farq

December 1

Tashkent State Transport University Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022

The Constitution of the Republic of Uzbekistan O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -

is the Glorification of Human Dignity, the inson qadrini ulug'lash, erkin va

qiladi. Qonunning «Umumiy qoidalar» bobida vijdon erkinligining asosiy tamoyillari, vazifalari, ularni amalga oshirish yo'llari, qoidalari va kafolati, fuqarolarning bu sohadagi huquq va burchlari bayon etilgan.

Qonunning 3-moddasida har bir fuqaro dinga munosabatini o'zi mustaqil aniqlashi, u har qanday dinga e'tiqod qilish yoki hech qanday dinga e'tiqod qilmaslik huquqiga ega ekanligi va bu huquq esa O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi tomonidan kafolatlanganligi takidlangan. Yangi qonun ota-onalarga yoki ularning o'rnini bosuvchi shaxslarga o'z bolalarini dinga o'z munosabatlariga muvofiq ravishda tarbiyalash huquqini beradi.

O'zbekiston fuqarolari dinga munosabatlaridan qat'iy nazar, respublika qonunlari oldida teng huquqlidirlar. Ularning huquqlarini dinga yoki daxriylikka munosabatlariga qarab cheklab qo'yish yoki imtiyozlar berish, ular o'rtasida nifoq va nafrat qo'zg'otish yoki fuqarolarning tuyg'ularini haqoratlash kabi harakatlar qonun asosida qoralanadi va bu ishda aybdor bo'lgan kishilar qonun oldida javobgardirlar.

O'z diniy e'tiqodini sabab qilib qonunda belgilab qo'yilgan burchlarini bajarishdan hech kim bo'yin tovlashi mumkin emas. Yangi qonunda O'zbekiston Respublikasida din va diniy tashkilotlar davlatdan ajratilganligi ko'rsatilgan. Bu degani davlat diniy masalalar bilan shug'ullanmaydi, diniy tashkilotlar (masjidlar) diniy boshqarma ishlariga aralashmaydi. Din va diniy tashkilotlar ham davlat (hokimiyat) ishlariga aralashmasligi lozim.

Davlat diniy tashkilotlar zimmasiga biror davlat vazifasini yuklamaydi, diniy tashkilotlarning faoliyati qonunlarga zid kelmasa, unga aralashmaydi. Diniy tashkilotlar davlat vazifalarini bajarmaydi, siyosiy partiyalar faoliyatida qatnashmaydi va ularni mablag' bilan qo'llab quvatlamaydi, davlat qonunlari va huquq - tartibotiga rioya qiladi. Lekin diniy tashkilotlar jamoat ishlarida ishtirok etish huquqlariga egadirlar.

Fuqarolar dinga bo'lgan munosabatlaridan qat'iy nazar, ta'limning xilma-xil turlari va darajalarini egallashlari mumkin. Belgilangan qoidalar asosida davlat organida ro'yxatdan Nizomga asosan o'tish, fuqarolar uchun diniy tashkilotlar maxsus o'quv yurtlari tashkil etishlari mumkin. Har bir fuqaro o'zlari tanlab olgan tilda yakka o'zi yoki boshqalar bilan birgalikda, shu jumladan uyda va diniy tashkilotlar xuzurida diniy ta'lim olishlari mumkin.

Yangi tahrirdagi qonun loyihasi 6 bob va 49 ta moddadan iborat (amaldagisida - 23) va bir qator o'zgartirishlarni o'z ichiga oladi. Unda «diniy tarkibiy materiallar», «noqonuniy diniy faoliyat», «diniy tashkilot» va boshqa shu kabi tushunchalarga ta'rif berilgan.

December 1

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati

Shuningdek, unda vijdon erkinligi sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo'nalishlari va tamoyillari hamda ushbu sohadagi vakolatli davlat organlarining vakolatlari bayon etilgan.

Xulosa qilib aytganda, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Miryizozev «Yangi Konstituttsiyamizning ijobiy jihatlari, yangi tomonlari, avvalgi Konstitutsiyalardan farqlari, avvalambor bu Konstituttsiya o'zining tub mohiyati, falsafa g'oyasiga ko'ra yangi xujjatdir. Jamiki dunyoviy ne'matlar orasida eng ulug'i - inson degan fikrni ilgari surgan va shu asosda «fuqaro- jamiyat-davlat» o'rtasidagi o'zaro munosabatning oqilona huquqiy echimini topishga harakat qilingan».

Konstituttsiyada hurfikrlilik vijdon va diniy e'tikod erkinligi masalalariga katta e'tibor berilgan. Unda dinning tarbiyaviy ahamiyatiga yanada ko'proq e'tibor berilishi lozimligi ko'rsatilgan. Shu bilan bir qatorda bu Konstitutsiyada vijdon erkinligi ham nazardan chetda qolmagan desak ham mubolag'a bo'lmaydi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. T. «O'zbekiston» 2019.

2. Karimov I.A. O'zbekiston buyuk kelajak sari. «O'zbekiston» 1998.

3. Qur'oni Karim. O'zbekcha izohli tarjima. T. 1992.

4. Hadis sharif, 1,2,3,4 kitoblari. Toshkent.1992.

5. Imom Ismoil Buxoriy Al-adab Al-Mufrad. T.1990.

6. Nosirov, R. A. (2021). EDUCATIONAL PROBLEMS IN THE HISTORY OF CENTRAL ASIA. Innovative Technologica: Methodical Research Journal, 2(04), 8285.

7. Инагамова, М. М. (2022). ЯНГИ УЗБЕКИСТОННИНГ ТАРАККИЁТ СТРАТЕГИЯДА КОНУН УСТУВОРЛИГИНИ ТАЪМИНЛАШ ВА МАДАЛЛА ИНСТИТУТИ ФАОЛИЯТИНИНГ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШНИНГ ТАШКИЛИЙ-ДУКУКИЙ МАСАЛАЛАРИ (ТАДЛИЛИЙ-СТАТИСТИК МАЪЛУМОТЛАР АСОСИДА). Academic research in educational sciences, 3(10), 315-321.

8. Dadasheva, A. A. (2022). PUBLIC OPINION AND GOVERNMENT EVALUATION IN NEW UZBEKISTAN. The American Journal of Interdisciplinary Innovations Research, 4(01), 16-19.

9. Носиров, Р. А., & Темирова, С. В. (2021). Педагогическое наследие мыслителей Средней Азии. Достижения науки и образования,

(2 (74)), 4-5.

December 1

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati

10. Носиров, Р. А., & Темирова, С. В. (2021). ИСТОРИЯ РАЗВИТИЯ ТРАНСПОРТНОГО СООБЩЕНИЯ НА ТЕРРИТОРИИ СРЕДНЕЙ АЗИИ. Научный журнал, (1 (56)), 17-19.

11. Назарова, Н. Ж. (2022). YOSHLARDA RAQOBATBARDOSHLIK SIFATLARINI SHAKLLANTIRISH PARADIGMALARI: SHARQ VA G 'ARB KONTEKSTIDA. Журнал Социальных Исследований, 5(2).

12. Носиров, Р. А., Рахимова, М. И., & Темирова, С. В. (2022). Жамиятда ижтимоий онгнинг узгариши-ижтимоий муносабатлар тахлили. инновации в педагогике и психологии, 5(3).

13. Juraevna, N. N. (2021, October). THE ROLE OF COMMUNICATIVE COMPETENCE IN YOUTH SOCIAL ACTIVISM. In Archive of Conferences (pp. 50-51).

14. Носиров, Р. А. (2022). УЗБЕК ХАЛКИНИНГ ЭТНИК ШАКЛЛАНИШИ. Uzbek Scholar Journal, 9, 198-202.

15. ДАДАШЕВА, А. (2021). Взаимодействие органов представительной власти на местах и самоуправления граждан в осуществлении действенного общественного контроля. Fuqarolik jamiyati. Гражданское общество, 22(2), 70-

74.

December 1

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.