Научная статья на тему 'KONSTITUTSIYA – BAXTIMIZ KAFOLATI'

KONSTITUTSIYA – BAXTIMIZ KAFOLATI Текст научной статьи по специальности «Право»

204
10
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
Ключевые слова
Коnstitutsiyaviy normalar / vijdon erkinligi / inson sha‟ni / qadrqimmat.

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — Eldor Ruslan O’g’li Elomonov

Маqolada Коnstitutsiyaning shaxs hayotidagi o‟rni va аsosiy jihatlari yoritilgan. Bundan tashqari Bosh qomusimizning BMTdagi o‟rni va roli haqida so‟z borgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KONSTITUTSIYA – BAXTIMIZ KAFOLATI»

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati

KONSTITUTSIYA - BAXTIMIZ KAFOLATI

Eldor Ruslan O'g'li Elomonov

Toshkent davlat transport universiteti YU-1 guruh talabasi Email: [email protected]

ANNOTATSIYA

Maqolada Konstitutsiyaning shaxs hayotidagi o'rni va asosiy jihatlari yoritilgan. Bundan tashqari Bosh qomusimizning BMTdagi o'rni va roli haqida so'z borgan.

Kalit so'zlar: Konstitutsiyaviy normalar, vijdon erkinligi, inson sha'ni, qadr-qimmat.

Bosh qomusimizning 49-moddasida fuqarolar O'zbekiston xalqining tarixiy, ma'naviy va madaniy merosini avaylab-asrashga majburdirlar. Madaniyat yodgorliklari davlat muhofazasidadir, deb belgilab qo'yilgan.

O'zbekiston davlat san'at muzeyi xalqimizning ana shunday boqiy merosini o'zida mujassam etgan muqaddas maskanlardan. Hozirgi kunda uning "O'zbekiston xalq amaliy san'ati", "O'zbekiston tasviriy san'ati" va boshqa asosiy bo'limlarida 98 mingdan ortiq ashyo va kolleksiya saqlanmoqda.

Konstitutsiya - vijdon erkinligi kafolati. O'zbekiston musulmonlari idorasi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi, O'zbekiston yoshlar ittifoqi vakillari, imom-xatiblar, ta'lim muassasalari rahbarlarining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha o'rinbosarlari ishtirok etgan tadbirda Bosh qomusimizda hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanishi, har bir inson xohlagan dinga e'tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e'tiqod qilmaslik huquqiga ega ekani, diniy qarashlarni majburan singdirishga yo'l qo'yilmasligi belgilangani ta'kidlandi. Prezidentimizning BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasi va Islom hamkorlik tashkilotining Fan va texnologiyalar bo'yicha birinchi sammitida so'zlagan nutqlarida ham diniy ma'rifatning umuminsoniy madaniyatda tutgan o'rniga yuksak baho berildi.

Darhaqiqat, Konstitutsiyamizda mustahkamlab qo'yilgan vijdon erkinligi har bir fuqaroga biror dinga e'tiqod qilish yoki birorta dinga e'tiqod qilmaslik huquqini kafolatlaydi. Ammo dunyoning hozirgi globallashuv jarayoni, ayniqsa, yoshlarni «ommaviy madaniyat» niqobi ostida yurtimizga kirib kelayotgan turli g'ayriaxloqiy, buzg'unchi g'oyalar ta'siridan asrashni har qachongidan dolzarb vazifa qilib oldimizga qo'ymoqda. Shu bois

December 1

346

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati

yoshlarning diniy bilimini boyitish, dunyoqarashini to'g'ri shakllantirishning ahamiyati tobora ortayotir.

Konstitutsiya - faxrimiz, g'ururimiz. Prezidentimizning 2017 yil 20 iyundagi "O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining yigirma besh yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmoyishi bu borada muhim dasturilamal bo'layotir. Konstitutsiyamiz mustaqilligimizni mustahkamlash, xalqimizning tinch-osuda, farovon hayotini ta'minlashning muhim asosidir. Uning hayotimizdagi o'rni va ahamiyatini keng targ'ib etish, aholi, ayniqsa, yoshlar ongu shuurida Vatanga sadoqat, qonunlarimizga hurmat tuyg'usini mustahkamlash maqsadida o'tkazilayotgan uchrashuv, davra suhbati, ochiq muloqot va boshqa madaniy-ma'rifiy tadbirlar yuksak samaralar bermoqda. "Inson huquqlari - eng oliy qadriyat", "Inson, uning qadr-qimmati, haq-huquqi oliy qadriyat", "Konstitutsiya - baxtimiz poydevori", "Adolat - qonun ustuvorligida", "Konstitutsiya va ma'naviyat mushtarakligi", "Konstitutsiya -faxrimiz, g'ururimiz" kabi mavzularda tashkil etilayotgan tadbirlarga taniqli olimlar, huquqshunoslar, shoir-yozuvchilar, san'atkorlardan iborat ma'naviy-ma'rifiy targ'ibot guruhlari jalb etilgan.

Huquqiy targ'ibotchilar uchrashuv va tadbirlar samaradorligini ta'minlash uchun viloyat adliya boshqarmasi tomonidan tayyorlangan o'n yo'nalishdagi targ'ibot materiallaridan unumli foydalanmoqda. Unda Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyati va huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish asoslari, fuqarolarning huquq va burchlari sodda tilda chuqur sharhlab berilgan.

REFERENCES

1. AagameBa, A. A. (2022). £AB.HAT XH3MATHHH HCTO^ ^H^Hm mAPOHTH^A ^OKHM^AP OAO^H^TH YCTH^AH ^AMOAT^H^HK HA3OPATHHH AMA^rA OmHPHmHHHr ACOCHH HYHA^Hm^APH. Academic research in educational sciences, 3(TSTU Conference 1), 117-122.

2. HHaraMOBa, M. M. (2022). ^HTH Y3EEKHCTOHHHHr TAPAKKHET CTPATErH^^A KOHYH YCTYBOP-HHrHHH TALMHHHAm BA MA^A^^A HHCTHTYTH OAO^H^THHHHr CAMAPA^OP^HrHHH OmHPHmHHHr TAmKH^HH-^YKYKHH MACA^A^APH (TA^mnHH-CTATHCTHK MAL.HYMOT.nAP ACOCH^A). Academic research in

educational sciences, 3(10), 315-321.

December 1

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati

3. Dadasheva, A. A. (2022). PUBLIC OPINION AND GOVERNMENT EVALUATION IN NEW UZBEKISTAN. The American Journal of Interdisciplinary Innovations Research, 4(01), 16-19.

4. Дадашева, А. А. (2020). МАДАЛЛИЙ ИЖРО ^ОКИМИЯТИ ФАОЛИЯТИ УСТИДАН ЖАМОАТЧИЛИК НАЗОРАТИНИ НАТИЖАДОРЛИГИНИ ОШИРИШНИНГ ИЛМИЙ-НАЗАРИЙ ЕЧИМЛАРИ. ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ, (SPECIAL 2-2).

5. Juraevna, N. N. (2021). Development of Communicative Competence the Youth as a Factor of Affecting Competitiveness (On the Example of Foreign Language Teaching). Pindus Journal of Culture, Literature, and ELT, 9, 73-79.

6. Дадашева, А. А. (2022). УЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ-КОНСТИТУЦИЯВИЙ ИСЛОХ,ОТЛАР ДАВР ТАЛАБИ. Academic research in educational sciences, 3(10), 288-291.

7. Назарова, Н. Ж., Муратова, Д. А., & Жуманиязова, Н. С. (2022). УЗБЕКИСТОН ТЕМИР ЙУЛ ТРАНСПОРТ ТИЗИМИДА АЁЛЛАРНИНГ УРНИ ВА РОЛИ. Scientific Impulse, 7(3), 331-336.

8. Samarov, R. S., & Rakhmonov, D. A. (2016). Social work activity in providing the life of the society (functional-structural analysis). Theoretical & Applied Science,

9. Самаров, Р. С. (2016). Ижтимоий тараккиётнинг маърифий пойдевори. Современное образование (Узбекистан), (12), 11-17.

10. Sanakulov, A., Rakhmonov, D., & Nazarova, N. (2020). Social Service Technologies and Mechanisms of its Implementations. International Journal of Advanced Science and Technology, 29(3), 14192-14198.

(7), 14-16.

December 1

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.