Научная статья на тему 'O’ZBEKISTON KONSTITUTSIYASI TARIXIGA CHIZGILAR'

O’ZBEKISTON KONSTITUTSIYASI TARIXIGA CHIZGILAR Текст научной статьи по специальности «Право»

242
25
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O’ZBEKISTON KONSTITUTSIYASI TARIXIGA CHIZGILAR»

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati

O'ZBEKISTON KONSTITUTSIYASI TARIXIGA CHIZGILAR

Xojiakbar Xabibullayev, Otabek Abduxalimov

TDTrU 1-bosqich talabalari Ilmiy rahbar: R.O'. Baratov

Demokratik rivojlanish yolini tanlagan davlatlar uchun konstitutsiya eng muhim meyoriy huquqiy hujjat hisoblanadi. Dunyo davlatlarining konstitutsiyalari bir biridan ham mazmunan ham shaklan farq qiladi

Konstitutsiya tarixiga nazar tashlaydigan bo'lsak ilk konstitutsiya ko'rinishidagi qonunlar miloddan avvalgi 2-ming yillikda Hamurapi qonunlari yoki Hamurapi kodeksi, Salon qonunlari, Drakont qonulari, 12 jadval qonunlarida oz aksini topgan. Demokratik tamoyillar jamiyatga kirib kelgandagi hisob-kitoblarga ko'ra dunyodagi ilk Konstitutsiya AQShda ishlab chiqilgan deb hisoblashadi, biroq bunday emas. Ba'zi manbalarga ko'ra, eng birinchi Konstitutsiya Polshaga tegishli. U 1792 yilda qabul qilingan.

Konstitutsiya (lotincha: constitution - „tuzilish", „tuzuk") - davlatning asosiy qonuni. U davlat tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv organlari tizimini, ularning vakolati hamda shakllantirilish tartibi, saylov tizimi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, shuningdek, sud tizimini belgilab beradi. Konstitutsiya barcha joriy qonunlarning asosi hisoblanadi. Konstitutsiya davlatchilik belgisidir. Bir-biridan farqlanuvchi yuridik va haqiqiy (faktik) konstitutsiya tushunchalari bor. Yuridik konstitutsiya ijtimoiy munosabatlar doirasini tartibga soluvchi ma'lum huquqiy normalar tizimi. Haqiqiy konstitutsiya esa - shunday munosabatlarning o'zi, ya'ni real mavjud munosabatlardir. Konstitutsiya o'z shakliga ko'ra, kodekslashtirilgan, kodekslashtirilmagan va aralash turlarga bo'linadi. Kodekslashtirilgan konstitutsiya -konstitutsiyaviy xususiyatga ega barcha asosiy masalalarni tartibga soluvchi bir butun yozma hujjat hisoblanadi. Agar ayni o'sha masalalar bir necha yozilgan hujjatlar bilan tartibga solinsa, u holda konstitutsiya kodekslashtirilmagan hisoblanadi. Aralash turdagi konstitutsiya parlament tomonidan qabul qilingan qonunlar va sud pretsedentlari bilan birga, odatlar va nazariy sharxlarni ham o'z ichiga oladi, ya'ni qisman yozilgan bo'ladi. O'zgartirish kiritish usuli bo'yicha konstitutsiya yumshoq va qattiq turlarga bo'linadi. Ularning birinchisi oddiy qonun qabul qilish yo'li bilan o'zgartirilishi mumkin. Ikkinchisi maxsus takomillashtirilgan tartibda (parlament a'zolari ovozining malakali ko'pchiligi, ba'zan esa referendum o'tkazish, tuzatishlarni muayyan

December 1

Tashkent State Transport University Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022

The Constitution of the Republic of Uzbekistan O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -

is the Glorification of Human Dignity, the inson qadrini ulug'lash, erkin va

miqdordagi federatsiya sub'yektlari tomonidan ratifikatsiyalash va shahrik.) o'zgartirilishi mumkin. Amal qilish muddatlari bo'yicha konstitutsiyalar doimiy va muvaqqat turlarga bo'linadi.

O'zbekiston tarixiga nazar tashlaydigan bo'lsak, sobiq ittifoq tarkiboda birinchi konstitutsiya 1927-yil mart oyida O'zbekiston Sovetlarining II qurultoyida qabul qildi. Mazkur Konstitutsiya qat'iyan sinfiy tusda bo'lib, bolshevikcha ekstremizm mafkurasi bilan sug'orilgan edi. Konstitutsiyaga muvofiq «mehnatkash bo'lmagan» qatlamlardan chiqqan ko'pgina ijtimoiy tabaqalar, dindorlar va boshqalar saylov huquqlaridan mahrum etilgandi. Su bilan aholining anchagina qismi kommunistik rejim tomonidan davlat qurilishida va ijtimoiy-siyosiy hayotda ishtirok etishdan chetlashtirilgan edi. Konstitutsiyaga «Mehnatkash va ekspluatatsiya qilinuvchi xalqja. huquqlari» Deklaratsiyasi, «O'zbekiston SSRni tashkil qilinishi to'g'risidagi Deklaratsiya, SSSR Sovetlari III-syezdining «O'zbekiston SSRni Ittifoqi tarkibiga qo'shish» to'g'risidagi qarori, SSSRning 1924-yilgi Konstitutsiya asos qilib olindi. Konstitutsiya 8 bo'lim, 17 bob, 114 moddadan iborat. Konstitutsiya O'zbekiston SSRning tashkil qilinganligini, O'zbekiston hududida proletariat diktaturasi o'rnatilganligini, milliy davlat tuzilganligij xususiy mulk bekor qilinganligini qonunlashtirdi. Shuningdek, Konstitutsiyada O'zbekiston SSR ishchi va dehqonlarning sotsialistik davlati ekanligi, unda butun hokimiyat ishchi dehqon va qizil askar deputatlari Sovetiga o'tganligi, asosiy ishlab chiqarish qurollariga nisbatan davlat mulkchiligi belgilanganligi e'lon qilindi.

1990-yil 20-iyun sanasi mustaqil O'zbekiston Konstitutsiyasini tuzishga qo'yilgan ilk qadamlardan biri sifatida baholash mumkin. Ko'pchilikka ma'lumki, shu sanada O'zbekiston Respublikasi "Mustaqillik deklaratsiyasi" qabul qilingan. Xuddi shu kuni 64 kishidan iborat ishchi komissiya O'zbekistonning navbatdagi Konstitutsiyasini ishlab chiqish uchun tanlab olingan. O'zbekiston Konstitutsiyasi o'n ikkinchi chaqiriq bilan respublika Oliy Kengashining o'n birinchi sessiyasi 1992 yil 8-dekabr kuni qabul qilingan. Shu kundan e'tiboran, O'zbekistonda 8-dekabr umumxalq bayrami sifatida nishonlanib kelinadi. O'zbekiston o'z mustaqilligini e'lon qilgan sanadan e'tiboran dunyo sahnida yangi, suveren davlat qaror topgan bo'lsa, birinchi Konstitutsiya qabul qilinishi barobarida mustaqillikning huquqiy tamal toshi o'rnatilgan. Konstitutsiyaga ko'ra, O'zbekiston - Prezidentlik boshqaruv shaklidagi suveren demokratik respublika hisoblanadi. Konstitutsiyada davlatni, jamiyatni rivojlantirishning demokratik omillari belgilab berilgan bo'lib, unda Xalq davlat hokimiyatining birdan bir manbai hisoblanishi ko'rsatib o'tilgan. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi oliy

December 1

Tashkent State Transport University Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022

The Constitution of the Republic of Uzbekistan O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -

is the Glorification of Human Dignity, the inson qadrini ulug'lash, erkin va

yuridik kuchga ega: prezident Konstitutsiyaga, qonunlarga asoslanib hamda ularni ijro etish yuzasidan respublikaning butun hududida majburiy kuchga ega bo'lgan farmonlar, qarorlar, farmoyishlar qabul qiladi. Konstitutsiyada O'zbekiston prezidenti, fuqarolar tomonidan umumiy, to'g'ridan-to'g'ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo'li bilan besh yil muddatga saylanishi belgilanga. Mamlakatda barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo'libgina qolmay, o'z hududida va uning tashqarisida ham o'z fuqarolarini huquqiy himoyasini ta'minlaydi.

Yana bir qiziq ma'lumot O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi matni 7543 ta so'zdan tarkib topgan. Bunda «respublika» so'zi - 390, O'zbekiston - 354, qonun - 210, davlat - 98, huquq - 90, konstitutsiya - 70, fuqaro - 66, Prezident - 62, Qoraqalpog'iston - 33, shaxs - 32, erkin(lik) - 27, xalq - 24, demokratiya - 7 marotaba qo'llanilgan.

Konstitutsiya, shuningdek, O'zbekiston fuqarolarining o'z vatanlari ichida erkin harakatlanishlari, istagan joylariga ko'chib borib yashash huquqlarini ham kafolatlaydi. Konstitutsiyada, har kim erkinlik hamda shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega ekanligi ko'zda tutilgan bo'lib, hech kim qonunga asoslanmagan holda hibsga olinishi yoki qamoqda saqlanishiga yo'l qo'yilmaydi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T.: 2019.

2. Baratov R.O'., va boshqalar. O'zbekistonning eng yangi tarixi. Darslik. TDTrU. 2022.

3. Ramatov, J., Umarova, R., Baratov, R., Jurabayev, N., & Artikova, B. (2022, June). Constructive and optimal solutions for the formation of a stable ecological situation in the Aral Sea region of Uzbekistan. In AIP Conference Proceedings (Vol. 2432, No. 1, p. 030113). AIP Publishing LLC.

4. Baratov, R. (2021). Prospects of Higher Education System (on the Example of Uzbekistan). International Journal on Orange Technologies, 3(3), 128-131.

5. Баратов, Р. У. (2022). ТРАНСПОРТ ТИЗИМИДА ТАЪЛИМ ИСЛОХРТЛАРИ ВА ИСТЩБОЛЛАРИ. Academic research in educational sciences, 3(TSTU Conference 1), 90-95.

6. Baratov, R. U. (2019). INTEGRATION OF A SCIENCE, FORMATION, AND MANUFACTURE IN THE COURSE OF PROFESSIONAL TRAINING. In ОБЩЕСТВЕННЫЕ НАУКИ В СОВРЕМЕННОМ МИРЕ: ПОЛИТОЛОГИЯ, СОЦИОЛОГИЯ, ФИЛОСОФИЯ, ИСТОРИЯ (pp. 51-54).

December 1

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati

7. Абдуллаева, М. Н. (2022). О СТРАТЕГИЯХ РАЗВИТИЯ ПРОМЫШЛЕННЫХ ПРЕДПРИЯТИЙ. Россия: тенденции и перспективы развития, (17-1), 325-332.

8. Абдуллаева Матлуба Нематовна Основные факторы формирования национальной инновационной системы в условиях модернизации национальной экономики // Большая Евразия: развитие, безопасность, сотрудничество. 2019. №2-1. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/osnovnye-faktory-formirovaniya-natsionalnoy-innovatsionnoy-sistemy-v-usloviyah-modernizatsii-natsionalnoy-ekonomiki (дата обращения: 17.11.2022).

9. Абдуллаева, М. Н., & Мухаммедов, У. М. (2021). ОСОБЕННОСТИ ФОРМИРОВАНИЯ СОЦИАЛЬНО-ЭКОНОМИЧЕСКОГО РАЗВИТИЯ РЕГИОНА. In Multidiscipline Proceedings of Digital Fashion Conference (Vol. 1, No. 2).

December 1

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.