Научная статья на тему 'KONSTITUTSIYADA INSON QADRI ULUG‘LANISHINING TA’MINLANISHI'

KONSTITUTSIYADA INSON QADRI ULUG‘LANISHINING TA’MINLANISHI Текст научной статьи по специальности «Право»

169
34
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
Ключевые слова
O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi / huquqiy davlat / fuqaro / shaxsiy va siyosiy huquq / qaror / modda / demokratiya / teng huquqlik

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — Odil Qobilovich Boʻriyev

Ushbu maqolada O‗zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida inson huquqlari va erkinliklarining huquqiy kafolatlari, fuqarolarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy huquqlari, jamiyat hayotida fuqarolarning o‗rni, ular uchun yaratilgan shartsharoitlar keltirilib o‗tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KONSTITUTSIYADA INSON QADRI ULUG‘LANISHINING TA’MINLANISHI»

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati

KONSTITUTSIYADA INSON QADRI ULUG'LANISHINING

TA'MINLANISHI

Odil Qobilovich Bo'riyev

O'zFA "Davlat va huquq" instituti mustaqil izlanuvchisi [email protected]

Ushbu maqolada O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida inson huquqlari va erkinliklarining huquqiy kafolatlari, fuqarolarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy huquqlari, jamiyat hayotida fuqarolarning o'rni, ular uchun yaratilgan shartsharoitlar keltirilib o'tilgan.

Kalit so'zlar: O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, huquqiy davlat, fuqaro, shaxsiy va siyosiy huquq, qaror, modda, demokratiya, teng huquqlik

Hozirgi kunda yer yuzida mavjud davlatlarning deyarli barchasi o'zlarining erkin siyosati, tili, davlat ramzlariga ega. Milliy ramzlar qatorida tilga olinadigan konstitutsiyaga O'zbekiston Respublika ham ega ekanligi barcha mamlakat fuqarolarining baxtidir. Ulug' ajdodlarning asriy armonlari, erkin hayoti, farovon jamiyat va adolatl davlat barpo etishdek eng ezgu tilaklar va ulug' ajdodlarning armonlari va orzularini o'zida mujassam etgan O'zbekiston Respublika Konstitutsiyasi barcha qabul qilinadigan qonunlar va me'oriy hujjatlar uchun mustahkam asos va dasturilamal bo'lib xizmat qilmoqda.

Mamlakatda har bir shaxsning huquq va erkinliklari, sha'ni va qadr-qimmati davlat va jamiyatning oliy qadriyati deb qabul qilingan. Bu shunchaki so'zlar emas, mustaqil vatan fuqarosini sharaflash, e'zozlash demakdir. Yer yuzidagi barcha nozu-ne'matlar odamlar farovon yashashi uchun yaratilgan. Barcha shart-sharoitlar inson uchun, uning hayoti quvonchli bo'lishi uchun mo'ljallangan. Inson tayyor ne'matlarga egalik qilibgina qolmay, hayotini yanada go'zal, yanada maroqli, yanada qulay qilish uchun ter to'kib, mehnat qiladi. Inson o'z ongi, tafakkuri tufayli doimo harakatda bo'lib, olg'a intiladi.

Islom dini va uning muqaddas manbasi bo'lgan Qur'oni karimda inson zotini e'zozlash asosiy vazifalardan biri sifatida belgilangan. "Baqara" surasida hatto farishtalar ham Odamga sajda qilishi buyurilgani ta'kidlangan

ANNOTATSIYA

(34-oyat).

December 1

Xullas, inson zoti islom falsafasida yer yuzidagi eng qadrli, eng ulug' mavjudotdir. Shundan kelib chiqib, inson zotini qadrlash majburiyati har birimizning zimmamizga yuklangan.

Mamlakatda "Yangi O'zbekistonda el aziz, inson aziz" shiori bejiz ilgari surilmagan. Yurtda ro'y berayotgan barcha ijobiy o'zgarishlar mehnatkash insonlar qo'llari bilan bunyod qilinmoqda. O'zbekistonning qiyofasi kun sayin ko'rkamlashib bormoqda, yangi qurilayotgan osmono'par binolardan tortib, mamlakatning har bir viloyati, har bir tumanida qad ko'tarayotgan zamonaviy shaharchalar (sitilar), zavod-fabrikalar insonning bunyodkor qo'li bilan yuzaga kelmoqda. Shunday ekan, insonni qadrlash, ulug'lash zamon talabiga aylanishi tabiiy holdir. Inson qadrini ulug'lab, uni qanchalik qadrlab, mehnatini nechog'li munosib taqdirlasak, u o'z mehnatini shu qadar takomillashtiradi, rivojlantiradi. Shu tarzda mehnat sifati ham oshib boradi. Inson mehnatini qanchalik yerga ursak, u shu qadar tanballashadi va mehnatining sifati ham pasayib boradi. Inson qadri ulug'lanmas ekan, el ham qadr topmaydi. Elning obro'yi inson qadri bilan o'lchanadi. Qaysi mamlakatda inson mehnati yuqori baholansa, o'sha mamlakatning obro'yi ham yuqori bo'ladi.

O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingandan buyon o'tgan 30 yillik taraqqiyot yo'li davomida mamlakatda erishilgan barcha natijalar, xususan, inson huquqlari va erkinliklarining ta'minlanishi, inson qadr-qimmatining ulug'lanishi, davlat boshqaruvining eng samarali mexanizmlari joriy etilishi, fuqarolik jamiyati asoslarining vujudga kelishi va rivojlanishi, erkin bozor iqtisodiyoti yo'liga o'tilishi kabi yutuqlar aynan Bosh Qomusimiz, ya'ni O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va u asosida qabul qilingan qonunlarning izchil amalga oshirilishi natijasida qo'lga kiritildi.

Konstitutsiya fuqarolarning o'zini-o'zi boshqarish, erkinlik va ijtimoiy adolat, insonparvar demokratik davlat barpo etish to'g'risidagi azaliy orzulari ifodasidir. Ayniqsa, Konstitutsiyada mustahkamlangan normalarning hayotga izchil tatbiq etilishi natijasida davlatda har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko'rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish, kasaba uyushmalarining ishchi-xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini va manfaatlarini ifoda etishi va himoya qilishi, kasaba tashkilotlariga a'zo bo'lishning ixtiyoriyligi kabi prinsiplar ta'minlanib, mamlakatni izchil taraqqiy ettirish bilan birga sohadagi islohotlarni yanada chuqurlashtirishga xizmat qilmoqda.

Yangi O'zbekistonda erkin fuqarolik jamiyati barpo etish va insonparvar demokratik huquqiy davlat qurish yo'lida keng ko'lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ushbu islohotlardan

December 1

ko'zlangan asosiy maqsad inson qadrini ulug'lash, uning huquq va manfaatlarini ta'minlash va ularning ijtimoiy ximoya qilishdir. Insonni ulug'lash, uning huquq va qonuniy manfaatlarini ifoda etish hamda har tomonlama kamol toptirish mamlakatda amalga oshirilayotgan barcha islohotlarda bosh omil qilib olinayotgani buning yorqin misolidir.

"Obod qishloq" va "Obod mahalla" dasturlarini amalga oshirish islohotlar ichida eng muhim o'rinlardan birini egallaydi. Chunki xalqimiz oldida, ularning muammolarini hal etish, turmush sharoiti va hayoti sifatini yaxshilashga burchlimiz", deb davlat rahbari Shavkat Mirziyoev bejiz aytmagan. Inson dunyoda umid bilan yashaydi. "Orzularimga yetay, shinam uy-joyim bo'lsa, yon-atrofimda qulay sharoit, bekamu- ko'st muhit hukm sursa, jamiyatga, raiyatga, davlatga, oilamga, ota-onamga, do'stu yorlarga, mahalla-ko'yga, qishlog'imga, yurtimga foydam tegsa, murodu maqsadim ushalsa", deydi.

Keksalar "Odam bolasi hayotdan rozi bo'lsa, tog'ni tolqon qiladi" deyishadi. Kim buni tushunar, kim buni anglamas. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti har bir inson umid bilan yashar ekan, ertaga, indin yoki undan keyin emas, hozir, shu bugun niyatiga yetishini, umridan, hayotidan, har bir kunidan rozi, mamnun bo'lishini istaydi. Bu esa ulug'vor maqsad, ezgu amal, abadiyatga daxldor.

Zero, bugun odamlarni rozi qilish — kelajakni go'zal, betakror, ulkan salohiyat va qudrat kasb etishini ta'minlaydi. Bu — inkor qilib bo'lmas haqiqat. Chunonchi, baxtli odamlargina dunyoni yangilashga, o'zgartirishga qodir. Mamlakat siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, ma'naviy-ma'rifiy sohalarda jo'shqin hamda jadal islohotlar davriga kirdi. Shu islohotlarning eng ustuvorlaridan, muhimlaridan biri "Obod qishloq", "Obod mahalla" dasturlaridir.

Mazkur dasturlar, avvalambor, xalqning ruhiyatini ko'tarishga, uning ichki imkoniyatlarini ko'paytirishga, shaxs sifatidagi kamolotini yuksaltirishga, uning qadr-qimmatini ulug'lashga, hurmatini joyiga qo'yishga qaratilgani bilan dolzarb va ahamiyatlidir. Bu ezgu, xayrli, yurt istiqboli uchun o'ta muhim dasturlar ijrosida yaxshisini oshirib, yomonini yashirib, loqaydlik, beparvolik, xaspo'slashga berilish illatlari ko'zga tashlanyaptiki, bunga aslo chidab bo'lmaydi. Mamlakatda o'tgan yillar davomida inson manfaatlarini ximoya qilish , uning qadr- qimmatini ulug'lash inson kuchli ijtimoiy himoyaning huquqiy asoslari yaratilib, mustahkamlanib borilmoqda. Bu tamoyillar O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qabul qilingan qonunlarda o'z aksini topmoqda.

Jumladan davlat raxbari tashshabbusi bilan Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish, Mahalla va oilani

December 1

^uarantee^fOurFe^nrnmoPeeomeLf^

qo'llab-quvvatlash vazirlikligi tashkil etildi. Mamlakatda ehtiyojmand oilalar, ayollar va yoshlar bilan ishlash bo'yicha yangi tizim joriy etilib, "Temir daftar", "Ayollar daftari" va "Yoshlar daftari"dagilar bilan manzilli ishlash yo'lga qo'yildi. Aholining kam ta'minlangan va zaif qatlamlarini ijtimoiy yordam tizimiga kiritish va ularning mehnat bozoridagi ishtirokini kengaytirish mexanizmlarini takomillashtirish maqsadida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimida muntazam ishlar olib borilmoqda. Arzon uy-joylar barpo etish bo'yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirilib mamlakat aholisi, eng avvalo, yosh oilalar, uy-joyga extiyoji bor fuqoralarni yashash sharoitini yaxshilash maqsadida imtiyozli shartlarda ipoteka kreditlari ajratilib shahar va qishloq joylarda arzon uylar qurilib topshirilmoqda. Yuqorida aytib o'tilganlarning barchasi inson uchun, uning qadr- qimmatini ulug'lash maqsadida olib borilayotgan islohotlardan hisoblanadi.

Bugungi kunda mamlakatdagi fuqarolarning manfaatlari ko'zlangan har bir jabhasida ulkan o'zgarishlar, islohotlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa shu kunlarda Bosh Qomusga , ya'ni, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilayotgan o'zgartirish va qo'shimchalar shu bilan birga yangi moddalarning qo'shilayotganligi bular barchasi inson qadri uchun qilinayotgan ishlar demakdir. Barchaga ma'lumki, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 2022 yil 24 iyundagi qarori bilan «O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasini umumxalq muhokamasiga qo'yish to'g'risidagi qaror qabul qilindi.

«Chinakam xalq mafkurasini, millatning eng muqaddas orzu-intilishlarini faqat uning Bosh hujjati - Konstitutsiyasida to'liq ifoda etish mumkin». Prezident Shavkat Mirziyoyev O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o'zgartirish kiritish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan Konstitutsiyaviy komissiya a'zolari bilan 2022 yil 20 iyunda bo'lib o'tgan uchrashuvda xuddi shunday deb ta'kidladi. Xususan, Prezident, avvalo inson, uning hayoti, erkinligi, qadr-qimmati, daxlsiz huquqlari va manfaatlari masalasiga oid normalar Konstitutsiyada mustahkamlanishi lozimligini bildirdi. Shundan kelib chiqib barpo etilayotgan Yangi O'zbekiston uchun inson qadri va xalq manfaati hamma narsadan ustun bo'lishi aniq ko'rsatib berildi. Konstitutsiyaviy islohotlar jarayonida inson qadrini ulug'lash va yuksaltirish haqiqatan davlat hokimiyati organlarining konstitutsiyaviy burchi va ustuvor vazifasi bo'lmog'i shartligini belgilash taklifi bildirildi.

Darhaqiqat, O'zbekistonda islohotlar samarasi o'laroq, inson qadrini ulug'lashga qaratilgan qator ishlar amalga oshirildi. Ularni mamlakat fuqarolari va xalqaro hamjamiyat vakillari

December 1

ko'rib, bilib turibdi va o'zlarining ijobiy baholarini berib borishmoqda. Xalq bilan muloqot tizimining yo'lga qo'yilganligi, mantiqsiz «propiska» tizimining tubdan isloh qilinishi, davlat xizmatlarini ko'rsatishda eksterritoriallik prinsipining joriy etilganligi, mansabdorlarning doimiy hisobot berib borishi, ular faoliyatining ochiqligini ta'minlashga qaratilgan talablar belgilanganligi, majburiy mehnatga barham berilib, inson huquq va erkinliklariga hamda uning qadr- qimmatini ulug'lashga bo'lgan hurmat yangi bosqichga ko'tarilganligi, aholining qanchadan-qancha mushkuli osonlashgani kabi bir qator misollar shular jumlasidandir.

Kelgusi islohotlarda esa mana shu erishilgan natijalarni yanada yuksaltirish, inson uchun qo'shimcha shart-sharoitlar yaratish maqsad qilingan. Zero, yuqorida ta'kidlanganidek, inson munosib sharoitda ta'lim-tarbiya olib, farovon hayot kechirgan taqdirdagina jamiyat va davlat uyg'unlikda barqaror rivojlanadi. Jumladan, Taraqqiyot strategiyasining o'zida ushbu maqsadlarga erishish yo'lida qanchadan-qancha aniq maqsadlar qo'yilganligi va ularning ijro etib borilishi xalq nazorati ostida ekanligini yaqqol ko'rish mumkin.

Mamlakatda inson huquq va erkinligini ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarga hamohang tarzda faoliyat yuritayotgan Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi ham shu kabi ezgu ishlarni amalga oshirishga kamarbastalik qilmoqda. Joriy yil 31 oktyabr kuni Markaz tashkil etilganligiga 26 yil to'ldi. O'tgan davr mobaynida mazkur Markaz o'z oldidagi o'ta dolzarb sanalgan milliy harakat rejasini tuzish, Konstitutsiya, qonunlar va inson huquqlari sohasidagi umume'tirof etilgan xalqaro huquq me'yorlari qoidalarini amalga oshirish strategiyasini ishlab chiqish, inson huquqlari sohasida O'zbekiston Respublikasining xalqaro va milliy tashkilotlar bilan hamkorligini rivojlantirish, mamlakatimizda inson huquqlariga rioya etilishi va bu huquqlarning muhofaza qilinishi yuzasidan milliy ma'ruzalar tayyorlash, davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga, shuningdek, inson huquqlari bo'yicha jamoat birlashmalariga maslahatlar berish, inson huquqlarini rag'batlantirish va muhofaza qilishning turli jihatlari yuzasidan tadqiqotlar o'tkazish kabi vazifalarni muvaffaqiyatli ado etib kelmoqda.

Bugungi davrda Yangi O'zbekiston "Inson qadri ustuvor bo'lgan jamiyat va xalqparvar davlat" degan muhim g'oya negizida barpo etilmoqda. Davlat rahbari belgilab bergan bu ulug'vor maqsad asosida fuqarolar yangidan-yangi islohotlarning haqiqiy muallifiga aylanib bormoqda.

O'zbekiston Respublika Prezidenti tomonidan 2022 yilni "Inson qadrini ulug'lash va faol mahalla yili" deb nomlanishi

December 1

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati

mamlakatda ijtimoiy himoya masalasida amalga oshirilayotgan ishlar ko'lami tobora kengayib borishi va inson manfaati va qadrini ulug'lash ustuvor ekanligining dalolatidir.

Xulosa qilib aytish mumkinki, inson huquqlarlari hamma davrlarda diqqat markazida bo'lib qolgan. Har doim insonlar o'z sha'ni va qadr-qimmati uchun kurash olib borganlar. Yuqorida aytib o'tganidek Konstitutsiyaning 13-moddasi to'ldirilayotganligi ham mamlakatda inson huquqlariga hamda uning qadrini ulug'lashga berilayotgan e'tibor derilsa mubolag'a bo'lmaydi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 31-oktyabr 1996-yildagi (Inson huquqlari bo bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazini tashkil qilish tug'risida)gi PF-1611 -son farmoni.

3. A.X.Saidov-akademik yuridik fanlari doktori professor -"Inson huquqlarini ta'minlash-bosh maqsadimiz" (Turkiston press ro'znomasining muxbiri bilan savol -javobi.

4. Muhiddinov Nodir - TDYU iqtisoslashtirilgan filiali Davlat huquqiy kafedrasi o'qituvchisi - "Inson qadri uchun" tamoyilining huquqiy asosi "Yangi O'zbekiston" ro'znomasi 06.07.2022 yildagi №244-sonli maqolasi

5. Otajonov Abrorjon TDYU iqtisoslashtirilgan filiali direktori -"O'zbekistn tashqi siyosatda do'stona va tnchlik sevar davlat" -"Yangi O'zbekiston" ro'znomasi 03.07.2022 yil №486.

6. Sohib Nazarov - muxbir-"Xalq so'zi ro'znomasi" Konstitutsiyaviy islohotlar inson qadri va erkinliklarini yuksaklikka kutarish" - inson huquqlari buycha O'z.Res.Milliy markazi ro'znomasi 01.08.2022-yil №1167

7. J.Ergashev " Inson qadrini ulug'lash eng oliy saodat" maqolasi.

8. " Yangi O'zbekistonda inson qadri ulug', huquqlari qadr topgan, dunyoga tanilgan mamlakatga aylanmoqda" maqolasi.

9. G.Navro'zova, M Rahmonova "Inson qadrini ulug'lash" maqolasi.

10. A.Xaitov " Inson qadrini ulug'lash Taraqqiyot strategiyasi" maqolasi.

December 1

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.