Научная статья на тему 'DEMOKRATIK DAVLAT VA FUQAROLIK – JAMIYATINING INSON QADRI MASALASIGA AHAMIYATI'

DEMOKRATIK DAVLAT VA FUQAROLIK – JAMIYATINING INSON QADRI MASALASIGA AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
6062
197
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
demokratik davlat / fuqarolik jamiyati / huquqiy davlat / totalitar jamiyat / demokratiya / respublika / prezidentlik respublikasi / suveren / Konstitutsiya / me’yoriy hujjat. / democratic state / civil society / rule of law / totalitarian society / democracy / republic / presidential republic / sovereign / Constitution / normative document.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Mamarasulov, Baxriddin Shakasimovich

Maqolada inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni va boshqa qadr-qimmatini ulug`lashda davlat va jamoat institutlarining o`rni va rolini ochib berish maqsad qilingan. Bunda davlatning demokratik rejimi hamda odil fuqarolik jamiyatining ahamiyati, funksiyalari tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DEMOCRATIC STATE AND CIVIL SOCIETY THE IMPORTANCE OF SOCIETY TO THE ISSUE OF HUMAN DIGNITY

The article aims to reveal the role of state and public institutions in the glorification of a person, his life, freedom, honor and other virtues. The democratic regime of the state, the role and functions of a just civil society are analyzed.

Текст научной работы на тему «DEMOKRATIK DAVLAT VA FUQAROLIK – JAMIYATINING INSON QADRI MASALASIGA AHAMIYATI»

R 0#

DEMOKRATIK DAVLAT VA FUQAROLIK - JAMIYATINING INSON QADRI MASALASIGA AHAMIYATI

d https://doi.org/10.24412/2181-1784-2022-23-467-472

Mamarasulov Baxriddin Shakasimovich

Samarqand davlat universiteti Falsafa va milliy g'oya kafedrasi Falsafa doktori (PhD) dosent. baxri83 @gmail .com

Maqolada inson, uning hayoti, erkinligi, sha'ni va boshqa qadr-qimmatini uluglashda davlat va jamoat institutlarining o^rni va rolini ochib berish maqsad qilingan. Bunda davlatning demokratik rejimi hamda odil fuqarolik jamiyatining ahamiyati, funksiyalari tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: demokratik davlat, fuqarolik jamiyati, huquqiy davlat, totalitar jamiyat, demokratiya, respublika, prezidentlik respublikasi, suveren, Konstitutsiya, me'yoriy hujjat.

В статье ставится задача раскрыть роль государственных и общественных институтов в прославлении человека, его жизни, свободы, чести и других достоинств. Анализируется демократический режим государства, роль и функции справедливого гражданского общества.

Ключевые слова: демократическое государство, гражданское общество, правовое государство, тоталитарное общество, демократия, республика, президентская республика, суверен, Конституция, нормативный документ.

The article aims to reveal the role of state and public institutions in the glorification of a person, his life, freedom, honor and other virtues. The democratic regime of the state, the role and functions of a just civil society are analyzed.

Keywords: democratic state, civil society, rule of law, totalitarian society, democracy, republic, presidential republic, sovereign, Constitution, normative document.

Ma'lumki, davlatimiz mustaqillikning dastlabki kunlaridayoq mamlakatimiz oz oldiga erkin bozor iqtisodiyotiga asoslangan, huquqiy demokratik davlat va odil fuqarolik jamiyati qurishni asosiy maqsad qilib oldi. Buning asosiy bosh bo'g'inida

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

KIRISH

jamiyatning har bir a'zosini huquqi, erkinliklarini ustuvor ta'minlash, erkin va farovon hayot kechirish uchun shart-sharoitlarni yaratishni maqsad qildik. Bu faoliyatimizning huquqiy asosi qilib bosh qomusimizga bo'lmish Konsitutsiyamizda alohida normalar ham kiritildi. Xususan, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida: "O'zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko'ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha'ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi" deb belgilab qo'yilgan. [1]

Shundan kelib chiqsak, 2022-yilni "Inson qadrini ulug'lash va faol mahalla yili" deb e'lon qilinishining ozida ham bu sohadagi islohotlarning mantiqiy davomini ko rish mumkin. Har bir davlat o z fuqarolari uchun qulay sharoitlarni yaratish, huquqiy demokratik davlat barpo etishi bugungi kunning eng ahamiyatli funksional vazifalaridan biri hisoblanadi. Ushbu masalaning naqadar muhimligini butun dunyo davlatlarining ko'pchiligi demokratiyani, huquqiy davlat barpo etishni ilgari surayotganligida ham ko'rishimiz mumkin. Jumladan, bizning yurtimiz O'zbekiston ham demokratik davlat barpo etish yo'lidan ketmoqda.

Davlatimizning demokratiya yo'lidan ketganligini tasdiqlagan holda Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning quyidagi fikrlarni keltirib o'tamiz: "Faqatgina biz tanlagan bosqichma-bosqich, tadrijiy rivojlanish yo'li xalqimiz ko'zlagan ezgu niyatlarga erishishga, zamonaviy demokratik talablarga javob beradigan davlat, inson manfaatlari, huquq va erkinliklari eng oliy qadriyat bo'lgan, qonun ustuvorligini ta'minlaydigan jamiyat barpo etishga olib kelishi muqarrar."[2]. Bu fikrning davomi sifatida Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev Inson qadri hamda huquqlari to'g'risidagi quyidagi fikirlarini keltirish mumkin, "Konstitutsiyamizda oliy qadriyat sifatida belgilab qo'yilgan inson huquqlarini ta'minlash masalasi bundan buyon ham e'tiborimiz markazida bo'ladi."[3]

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohatlarda demokratik davlat hamda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilmoqda Zero, demokratiya ustun bo'lgan joyda rivojlanish-progress bo'ladi. Demokratiyaning zaruriyligini o'rta asrlardanoq anglab yetishganligini, adolatli jamiyat barpo etish, fuqarolik jamiyati unsurlarini shakllanishiga doir ulkan ilmiy meros qoldirgan buyuk mutafakkirlar faoliyatidan bilishimiz mumkin. Xususan allomalarimiz, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Nizomulmulk, shuningdek g'arb faylasuflaridan, Aristotel, Platon, Tomas Gobass, Jon Lokk, Sharl de Monteskye, Immanuel Kant, Jan-Jak Russo, Georg Gegel va boshqalarning ilmiy faoliyatini misol qilib keltirishimiz mumkin. "Demokratiya" so'zini ko'p ishlatamiz. Lekin «demokratiya» haqida tushunchaga egamizmi? Uning asl mohiyatini tushunib yetishimiz uchun demokratiya haqida,

kelib chiqishi haqida ham ma'lum bir ma'lumotlami bilishimizga ehtiyoj tug'iladi. Xususan, Buyuk yunon faylasufi Aristotel demokratiyani quyidagicha ta'riflagan edi: "Demokratiyaning birinchi ko'rinishining xarakterli belgisi bo'lib tenglik xizmat qiladi. Bu demokratiyaning asosiy qonuniga muvofiq tenglik shundan iboratki, mulksizlar ham, mulkdorlar ham hech narsada biron-bir imtiyozlarga ega emaslar; oliy hokimiyat unisi yoki bunisining qo'lida to'planmagan. Shu bilan birga, har ikkalasi - ular ham va boshqalari ham o'zaro tengdirlar. Agar ba'zilar erkinlik va tenglik demokratiyaning muhim belgilar deb bilsalar, bu holat albatta o'z amaliyotini asosan, hammaning davlat boshqaruvida ishtirok etishida ifodalaydi. Xalq demokratiyada ko'pchilikni tashkil etishi sababli, ko'pchilikning qarori hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Bu kabi davlat tuzilishi demokratiya deb ataladi."[4]

Abu Nasr Farobiyning demokratik davlat haqidagi qarashlari ham o'ziga xosdir jumladan o'zining "Fozil odamlar shaxri" asarida quyidagicha tariflaydi: "demokratik davlat bu insoniyatning fozil davlat qurishi yo'lidagi bir bosqichi bo'lib unda ham ideal davlatchilikni ko'rmaydi ln bu bosqich fozil davlat qurilishidagi so'ngi bosqichlardan biridir, yanib u bosqichdan o'tmasdan turib fozil davlat qurib bo'lmay, sababi insoniyat birin ketinlikda pog'onama-pog'ona yuksalib boradi deb aytib o'tadi"[5]

«Demokratiya» yunoncha so'zdan olingan bo'lib, "xalq hokimiyati" degan ma'noni anglatadi. Demokratiya xalq hokimiyati siyosiy pluralism va ko'ppartiyaviylik, hammaning qonun oldida tengligi, fuqarolarning konstitutsion huquq va erkinliklarini saqlash prinsiplariga asoslangan jamiyatni siyosiy tashkil etish shakli hisoblanadi. Demak, ma'lum bir siyosiy tizimni tasvirlaydi hamda turli mafkuralar tomonidan ham qabul qilinadi.

Hozirda esa demokratiya "ko'pchilikning irodasini ozchilik huquqlarini saqlagan holda amalga oshirish" deb tushuntirilmoqda. Demokratiyaning demokratik jamiyat amal qilishi zarur bo'lgan bir qator shartlari mavjudki, ular quyidagilarni tashkil etadi:

— Xalq hokimiyati;

— Fuqarolar roziligiga tayanuvchi hokimiyat;

— Ko'pchilikning ovozi qoidasi;

— Ozchilik huquqlarini himoya etish;

— Asosiy inson huquqlari kafolati;

— Erkin va adolatli saylovlar;

— Qonun oldida barchaning tengligi;

— Odil sud yuritish;

- Hukumat faoliyatining konstitutsiyaviy cheklanganligi;

- Ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy pluralizm;

- Tolerantlik, omilkorlik, hamkorlik, o'zaro kelishuv.

Shuningdek falsafiy nuqtai nazardan qaraydigan bulsak albatta, davlat (hokimiyat)ning ijtimoiy taraqqiyotdagi rolini qayd etish bilan muammo to'la tadqiq etilmaydi. Davlatning butun ijtimoiy o'zgarishlardagi o'rnini, u amalga oshirgan islohotlarning kishilar, xalq hayotida aks etishini, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma'naviy hayotdagi yangiliklarni ham ochib berish darkor.

Falsafiy-huquqiy va siyosiy adabiyotlarda demokratik davlat quyidagi belgilarga ega ekanligi qayd etiladi:

- davlat-hokimiyat boshqaruvi barcha afzalliklarining davlat institutlari tizimida uyg'unlashuvi;

- hokimiyat vakolatlarining bo'linishi va amalda ularning bir-biridan mustaqilligi;

- fuqarolik jamiyatining mavjud ekanligi;

- hokimiyat vakolatlarining u yoki bu jabhada yoxud institutda to'planib qolishiga yo'l bermaydigan antimonopol mexanizmlarni yaratish;

- konstitusiyaviy qonunning ustunligi va bevosita faoliyati;

- qonunlarda davlatning mustaqilligini rasmiylashtirish va uni amaliy ta'minlash;

- saylash huquqi normalari asosida qonun chiqaruvchi organlarni shakllantirish va qonunlarda davlat irodasini shakllantirish hamda ifodalash;

- ichki qonunchilikning xalqaro huquqning umum tan olgan normalari va prinsiplariga mosligini ta'minlash;

- ijtimoiy muomala sub'ektlarining hammasini u yoki bu shaxs tazyiqidan huquqiy himoya qilish;

- huquqiy davlatning namunasi, andozasi va barpo etish vositasi bo'lmish sudning maqomini ko'tarish;

- qonunlarning huquqiyligini ta'minlash, davlat hokimiyatlari tizimlarini huquqiy tashkil etish;

- fuqarolar huquq va burchlarining mushtarakligi;

- davlat va shaxsning o'zaro mas'ulligi [6]. ijtimoiy hayotda, boshqarish tizimida, kishilarning ijtimoiy-siyosiy faoliyatida aks etishiga guvoh bo'lamiz.

Shuni ta'kidlash lozimki, faqatgina O'zbekistonga tegishli bo'lgan tushunchalar ham mavjud. Ular asosan, mamlakatdagi mustaqillik davrida islohotlar natijasi o'laroq shakllandi. Ular:

Barcha ijtimoiy-gumanitar fanlarning umumiy tushunchalari: taraqqiyot, madaniyat, fuqarolik jamiyati, huquq va boshqalar.

Demokratiya bilan Ьir qatorda Ьarcha ijtimoiy-siyosiy fanlar bilan bog'liq tushunchalar: huquqiy davlat, siyosat, siyosiy ong.

Asosan, O'zbekistonda demokratik jamiyat qurish Ьilan bog'liq tushunchalar: "O'zbek modeli", Ozod va obod Vatan, O'zbekiston va jahon hamjamiyati.

Demokratiyaning yuqorida keltiriЬ o'tilgan shartlari Ьajarilgan holdagina demokratik davlat barpo etish mumkin bo'ladi. Dunyoning ko'plab rivojlangan davlatlari demokratik davlatlar hisoblanadi va u davlatlarda qonun ustuvorligi, xalq ustunligi muhim hisoblanadi.

Biz davlat boshqamv shakliga ko'ra, Pгezidentlik Respublikasi hisoblanamiz. "Demokratik" deganda esa davlatning siyosiy rejimi nazarda tutilgan bo'lib, O'zbekiston Respublikasi demokratiya yo'lidan ketganligini, demokratik davlat ekanligini, demokratiya qonunlariga mos ravishda ichki va tashqi siyosatini oliЬ borisЫigi nazarda tutilgan.

Davlat siyosiy rejimlari:

Demokratik

Antidemokratik

Daгvoqe, O'zbekiston Respublikasining demokгatik davlat ekanligini O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida alohida-alohida boblarda demokratiya shartlariga rioya qiluvchi moddalar birlashtirilganligidan ham anglab yetish qiyin emas. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 1-bo'lim, 2-bobi "Xalq hokimiyatchiligi" deb nomlanib, to'liqligicha xalq hokimiyatini mujassamlashtirishga harakat qilingan. Misol tariqasida 11-moddada "O'zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo'linishi pгinsipiga asoslanadi." [1] deb yozilganligini keltiramiz. Bu modda orqali hokimiyat bir qo'lda to'planib qolmaganligini ko^satib berishga harakat qilingan.

XULOSA

Xulosa qiladigan bo'lsak, Konstitutsiyamiz to'liq xalqning irodasini amalga oshirishga qaratilgan desak mubolag'a bo'lmaydi. Sababi davlatning boshqa me'yoriy hujjatlari ham O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga zid kelmasligi kerakligi ta kidlangan. Davlat rahbarlari va qonun ishlab chiqaruvchilar ham xalqning foydasini, yurt ravnaqini ko'zlab ish faoliyatini olib borishmoqda. Har bir

471

normativ-huquqiy hujjat va amalga oshirilayotgan har bir islohot tub negizda inson qadrini ulug'lashga qaratilgan.

Davlat (hokimiyat) - shaxs (inson) - huquq (qonun) bir-biriga bog'liq sub'ekt va ob'ekt sifatida demokratik taraqqiyotning nafaqat maqsad va mexanizmlarini belgilab, ta'minlab keladi, shuningdek, ular uyg'unligi ijtimoiy o'zgarishlarga, rivojlanishga impuls, turtki beradi, oxir natijada esa demokratik taraqqiyot ko'rsatkichi sifatida namoyon bo'ladi. Ulardan birortasi ham e'tibordan chekkada qolmaydi, ular o'rtasidagi uyg'unlik, dialektik bog'liqlik, bir-birini mudom taqozo etib kelish demokratik jamiyatni jonli, dinamik rivojlanishga moyil qiladi. Ushbu rivojlanish mudom davom etadigan jarayondir, jamiyat bir joyda muqim, turg'un to'xtab qolmaganidek demokratik taraqqiyot ham davr talablariga muvofiq rivojlanib, hayotiy, siyosiy tajribalar bilan boyib boradi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. Adolat nashriyoti - 2021. 13-modda.

2. Karimov I.A. "O'zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'li" T.I.-T.: O'zbekiston, 1996.

3. Mirziyoyev. Sh. M. "'O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag'ishlangan marosimdagi ma'ruzasi" 7 dekabr 2016-yil.

4. Aristotel. "Organon" Moskva. 1994-y

5. Sharifxo'jaev M., Shodiev N. O'zbekiston - konstitusiyaviy davlat. -T.: O'zbekiston, 2003. -81-82 b

6. "O'zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti" M. Qirg'izboev: Toshkent "Navro'z" nashriyoti, 2014.

7. Ibrohimov, F.A. (2020). Ta'lim muassasalarida huquqiy ta'lim-tarbiyaning zarurati. Academic Research in Educational Sciences, 2(5).

8. Doniyev, S.I., Ibrakhimov, F.A., Joldasov, I.S. (2020). Trends int the development of primary education (an example of the finnish system of primary education). Journal of innovatsions in pedagogy and psychology, 2020.

9. Ibrohimov, F.A., Fayziyev, I.S. (2021). Shaxs ma'naviy-ruhiy begonalashuvining shakllari. Scientific progress.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.