Научная статья на тему 'DAVLAT BOSHQARUVIDA MA’MURIY ORGAN SIFATIDA MAHALLALARNING O‘RNI'

DAVLAT BOSHQARUVIDA MA’MURIY ORGAN SIFATIDA MAHALLALARNING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
925
64
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
davlat boshqaruvi / ommaviy munosabatlar / mahalla / o‘z-o‘zini boshqaruv organlari / ma’muriy organ / public administration / public relations / mahalla / self-government bodies / administrative body.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Erniyazov, Djamshid Eshdavlatovich

Mazkur maqolada davlat yuboshqaruvida o‘z-o‘zini boshqarish organlarining ma’muriy organ sifatidagi o‘rni, shuningdek ularning tarixiy shakllanish jarayonlari, huquqiy asoslari hamda bugungi kundagi huquqiy statusi tahlil qilingan. Bunlan tashqari xalqaro hamda xorijiy doirada davlat boshqaruv organlari hamda o‘z-o‘zini boshqaruv organlarining faoliyatiga oid normativ-xujjatlar tahlili bilan birgalikda yetuk tajribaga ega bo‘lgan ekspertlarning fikrlari aks ettirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF THE MAKHALLA AS AN ADMINISTRATIVE BODY IN PUBLIC ADMINISTRATION

This article analyzes the place of local self-government bodies in public administration as administrative bodies, as well as the processes of their historical formation, legal foundations and legal status today. In addition, the opinions of experts with sufficient experience in international and foreign circles are reflected in combination with the analysis of normative legal acts concerning the activities of public administration and self-government bodies.

Текст научной работы на тему «DAVLAT BOSHQARUVIDA MA’MURIY ORGAN SIFATIDA MAHALLALARNING O‘RNI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

DAVLAT BOSHQARUVIDA MA'MURIY ORGAN SIFATIDA MAHALLALARNING O'RNI

Erniyazov Djamshid Eshdavlatovich

Surxondaryo viloyati yuridik texnikumi Ommaviy-huquqiy fanlar kafedrasi o'qituvchisi Termiz, Surxondaryo, Ozbekiston E-mail: d.erniyazov@gmail .com

Mazkur maqolada davlat yuboshqaruvida o'z-o'zini boshqarish organlarining ma 'muriy organ sifatidagi o 'rni, shuningdek ularning tarixiy shakllanish jarayonlari, huquqiy asoslari hamda bugungi kundagi huquqiy statusi tahlil qilingan. Bunlan tashqari xalqaro hamda xorijiy doirada davlat boshqaruv organlari hamda o'z-o'zini boshqaruv organlarining faoliyatiga oid normativ-xujjatlar tahlili bilan birgalikda yetuk tajribaga ega bo 'lgan ekspertlarning fikrlari aks ettirilgan.

Kalit so'zlar: davlat boshqaruvi, ommaviy munosabatlar, mahalla, o'z-o'zini boshqaruv organlari, ma 'muriy organ

РОЛЬ МАХАЛЛИ КАК АДМИНИСТРАТИВНОГО ОРГАНА В ГОСУДАРСТВЕННОМ УПРАВЛЕНИИ

Эрниязов Джамшид Эшдавлатович

Сурхандарьинский областной юридический техникум Преподаватель кафедры публично-правовых наук

В данной статье проанализировано место органов местного самоуправления в государственном управлении в качестве административных органов, а также процессы их исторического формирования, правовые основы и правовой статус на сегодняшний день. Кроме того, отражены мнения экспертов, имеющих достаточный опыт работы в международных и зарубежных кругах в сочетании с анализом нормативно-правовых актов, касающихся деятельности органов государственного управления и органов самоуправления.

Ключевые слова: государственное управление, общественные отношения, махалля, органы самоуправления, административный орган

ANNOTATSIYA

Термез, Сурхандарья, Узбекистан E-mail: d.erniyazov@gmail .com

АННОТАЦИЯ

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

THE ROLE OF THE MAKHALLA AS AN ADMINISTRATIVE BODY IN PUBLIC ADMINISTRATION

Erniyazov Jamshid Eshdavlatovich

Surkhandarya Regional Law College Lecturer of the Department of Public Law Sciences Termez, Surkhandarya, Uzbekistan E-mail: d.erniyazov@gmail .com

This article analyzes the place of local self-government bodies in public administration as administrative bodies, as well as the processes of their historical formation, legal foundations and legal status today. In addition, the opinions of experts with sufficient experience in international and foreign circles are reflected in combination with the analysis of normative legal acts concerning the activities of public administration and self-government bodies.

Keywords: public administration, public relations, mahalla, self-government bodies, administrative body.

Yurtimizda azal-azaldan mahalla tarbiya o'chog'i hisoblanadi. Avloddan-avlodga o'tib kelayotgan milliy qadriyatlarimiz, xalqimizning turmush va tafakkur tarzini ko'z qorachig'idek asrab-avaylashda uning o'rni va ahamiyati beqiyos. O'zbekistonda huquqiy demokratik davlat va adolatli fuqarolik jamiyatni qurishnio'z oldiga maqsad qilib olgan respublika bu borada ko'plab islohotlarni amalga oshirib keldi. Islohotlarning amalga oshirishda esa davlat hokimiyati organlari faoliyatini markazlashtirishdan, nomarkazlashtirishga o'tkazishga asosiy ahamiyat qaratildi. O'z navbatida, boshqaruvning nomarkazlashuvi mahalliy boshqaruv tiziminini yanada takomillashtirishni taqozo etdi. Boshqaruvning quyibo'g'ini bo'lgan mahalla fuqaro yig'inlari faoliyatini yanada jonlantirishda avvalo fuqarolarning davlat va jamiyat ishlarini boshqarishga keng jalb etish, undagi faol ishtirokini ta'minlash asosiy maqsadga aylandi. Bu esa demokratik institutlarning rivojini xarakterlovchi muhim mezondir.

Jamiyatda aholi huquqiy madaniyati darajasining yuksakligi demokratik huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyatining muhim mezonlaridan biri hisoblanadi. O'zbekistonda mustaqillikning ilk yillaridan bu masalaga alohida e'tibor qaratildi. Aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, huquqiy ta'lim-tarbiya tizimini

takomillashtirish masalalari davlat siyosatining ustuvor yo'nalishiga aylandi. Zotan

424

ABSTRACT

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

mamlakatimizning rivojlanishi va islohotlarning muvaffaqiyati ko'p jihatdan aholining huquqiy ongi hamda huquqiy madaniyati darajasiga bog'liqdir. Shaxsning siyosiy-huquqiy faolligi, uning chinakam fuqaroviy munosabati, demokratik islohotlarga nisbatan daxldorlik hissi davlatimiz o'z oldiga qo'ygan buyuk maqsadlarga erishishining muhim omilidir.

Ta'kidlash joizki, shaxs huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini shakllantirish jarayonida turli xil sub'ektlar, xususan, oila, maktab, mahalla, jamoatchilik tashkilotlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlari faol ishtirok etadilar. Shu jihatdan olganda, yuqorida qayd etib o'tilgan sub'ektlar o'rtasidagi bu boradagi hamkorlik masalalarini tahlil etish va bu boradagi mavjud muammolar yuzasidan ilmiy va amaliy ahamiyatga ega bo'lgan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish bugungi kunda oila, jamiyat, huquqiy madaniyat masalalari bilan shug'ullanuvchi ijtimoiy fanlarning vakillari oldida turgan dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Bugungi kunda barkamol avlodni tarbiyalashda uch asosiy omil: oila-mahalla-ta'lim muassasalari hamkorligi muhim ahamiyat kasb etadi. Yosh avlod tarbiyasi bilan shug'ullanadigan insonlar, ya'ni oilada ota-onalar, mahallada qo'ni-qo'shni va keng jamoatchilik, ta'lim muassasasida o'qituvchi va murabbiylar kelgusi avlod barkamolligi yo'lida o'g'ilqizlarimizning ulug' ajdodlarimizga munosib bo'lishlari uchun mas'uldirlar.

Ma'lumki, "mahalla" atamasining kelib chiqishi uzoq tarixga ega bo'lib, u arabcha "mahallun" so'zidan kelib chiqqan, o'zbek tilida "joy" ma'nosini anglatadi. Mahalla nafaqat tarix, balki bugungi va ertangi kunimizni ham tutashtirib turuvchi maskan bo'lib, mahalla milliyligimiz timsoli hamda qadriyatlar va urf-odatlarni avloddan avlodga yetkazuvchi ijtimoiy makon sifatida, o'zligimizni anglashga, milliy g'urur va vataparvarlikni yuksaltirishga xizmat qiladi. O'zbekistonda fuqarolar o'zini o'zi boshqarishning noyob usuli-mahalla instituti azaldan chinakam milliy qadriyatlar, ezgu amallar maskani bo'lgan. [1]

Xalqimiz hayotida mahalla azaldan ma'lum bir hudud ahlining ijtimoiy hamkori bo'lib kelgan. Shu ma'noda, o'zini o'zi boshqarish organi bo'lgan mahallaning maqomini ijtimoiy hamkorlik tamoyillari asosida kengaytirish bo'yicha huquqiy me'yorlar ishlab chiqilmoqda. Ijtimoiy hamkorlik mahalla institutiga o'zini o'zi nazorat qilish imkoniyatini beribgina qolmay, balki hudud obodligini yaxshilash uchun shart-sharoit yaratadi.

Birgina so'nggi besh yilda yangi tahrirdagi "Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari to'g'risida"gi hamda "Fuqarolar yig'ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasining qonunlari,

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

mahallalar hamda ulardagi jamoatchilik tuzilmalari faoliyatiga oid 20 ga yaqin nizom qabul qilinib, ijtimoiy hayotga tatbiq etildi.

Shuningdek, tizimda faoliyat ko'rsatayotgan xodimlarning malakasini oshirish bo'yicha o'quv kurslari hamda "Mahalla" ma'rifiy teleradiokanali tashkil etildi.

Hozirgi kunda yurtimizda 10 mingga yaqin fuqarolar yig'inlari tomonidan ilgari mahalliy davlat hokimiyati organlariga taalluqli bo'lgan 30 dan ziyod ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga molik vazifalar muvaffaqiyatli bajarib kelinmoqda. Fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida oxirgi besh yil mobaynida fuqarolar yig'inlarining 1600 ga yaqin xizmat binolari joriy, 367 tasi kapital ta'mirlandi va 350 dan ziyodi rekonstruksiya qilindi, namunaviy loyihalar asosida 216 ta bino yangidan qurilib, foydalanishga topshirildi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni fuqarolar 52 o'zini o'zi boshqarish organlarining mahalliy ahamiyatga molik masalalarni samarali hal qilishdagi rolini oshirish, fuqarolar yig'inlarining mushtarak manfaatlarini ifoda etadigan uyushmaga birlashish huquqini ro'yobga chiqarish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan o'zaro hamkorligini yanada rivojlantirishga qaratilgan tashkiliy-huquqiy choratadbirlarni belgilab berdi.

Ilmiy maqolani tayyorlashda umumlashtirish, deduksiya, tizimli yondashuv, qiyosiy-huquqiy tahlil, statistik va amaliyot materiallarini o'rganish kabi usullardan foydalanilgan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

2017-yil 3-fevral kunidagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Mahalla institutini yanada takomillashtirish choratadbirlari to'g'risida»gi Farmonida mahalla institutini yanada takomillashtirishning ustuvor yo'nalishlari belgilandi. Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari zimmasiga yuklatilgan vazifalarning samarali ijrosini ta'minlash maqsadida mahalla fuqarolar yig'ini Kengashi tarkibiga fuqarolar yig'ini raisining o'rinbosarlarini (fuqarolar yig'ini raisining keksalar va faxriylar ishlari hamda yoshlar masalalari bo'yicha maslahatchilarini), hududdagi profilaktika inspektorlarini, ta'lim muassasalari va qishloq vrachlik punktlari (oilaviy poliklinikalar) rahbarlarini kiritish va ularning o'z faoliyati yuzasidan yilning har

[2]

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

choragida fuqarolar yig'ini (fuqarolar vakillarining yig'ilishi)ga hisobot taqdim qilishlari amaliyotini joriy etish belgilab qo'yildi.

2019-yil 2-aprelda qabul qilingan "Aholi muammolari bilan ishlashda mahalla institutining mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmon esa fuqarolar yig'inlarining uyma-uy yurib aholi muammolarini aniqlab, og'irini yengil qilish borasida davlat idoralari, shu jumladan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari va hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo'yicha sektorlar bilan hamkorligini kuchaytirish, moddiy-texnika ta'minotini yaxshilash hamda soha xodimlari mehnatini munosib baholash yuzasidan aniq chora-tadbirlarni belgilab berdi.

Mamlakatimizda so'ngi yillar davomida muttasil o'zgarishlar, bunyodkorlik va izlanishlar jarayoni ketmoqda. Yuzdan ortiq millatlar vakillarini o'zida birlashtirgan xalqimiz umumiy g'oya atrofida o'z istiqbolini ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiga asoslangan huquqiy demokratik davlat va adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etishda qo'rmoqda. Bu maqsadga erishishda ijtimoiy adolat va demokratiya asosiy yo'nalishni belgilab berib, o'z mohiyatiga ko'ra uzviylik va uyg'unlik kasb etmoqda. Darhaqiqat, demokratiyani jamiyatning barqaror rivojisiz tasavvur etib bo'lmaganday, ijtimoiy adolat qoidalarisiz fuqarolik jamiyatining muttasil rivoji haqida so'z yuritib bo'lmaydi.

Shu ma'noda, ijtimoiy adolat demokratiya uchun zamin yaratadi, ya'ni jamiyatda adolat qancha ko'p bo'lsa, demokratiya ham shuncha ko'p bo'ladi.Hozirda mahallalar zimmasiga ijtimoiy himoya vazifalarining yuklanganligi o'zini oqlamoqda. Ammo, bu sohada muammolar ham yo'q emas. Mahalladagi kishilar turmush tarzi va darajasiga bu muammolarning ta'siri ma'lum, ammo mahallalar ko'proq moddiy jihatdan ërdam ko'rsatish bilan cheklanib, ijtimoiy va oilaviy muammolarni hal etishda yetarlicha faollik ko'rsatmayaptilar. Natijada, fuqarolarning mahallaga, uning imkoniyatlariga ishonchi ko'ngildagiday emas.Fuqarolar uchun teng imkoniyatlar yaratish ijtimoiy hamkorlikni ta'minlashning muhim yo'nalishi ekanligiga guvoh bo'lgach, yana bir muhim muammoni aytib o'tish o'rinlidir. Bu ham bo'lsa, shahar bilan qishloq hayoti o'rtasidagi farq. Gap shundaki, qishloq va shahar aholisining turmush darajasi va hayot sifati haqida so'z yuritganda, ularni bir o'lchovga solish noo'rindir. Qishloq aholisining ijtimoiy harakatchanligi sust bo'lgani holda, qishloqlarda bandlik sig'imi tor va bir xil, ya'ni qishloq infratuzilmasi yetarli darajada shakllanmagan.

Bu muammo, ijtimoiy sohada amalga oshirilaëtgan islohotlar sharoitida har tomonlama diqqat markazida bo'lishga molikdir.Bu haqdafikr yuritganda, ayni

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

paytda jamiyatimizda siyosiy faollik ortib bormoqda, barcha sohalarda chuqur islohotlar amalga oshirilmoqda. Ulardan ko'zlangan maqsad «Inson manfaatlari hamma narsadan ustun», degan oddiy va aniq-ravshan tamoyilni amalga oshirish ustuvor ahamiyatkasb etishini ta'kidlash lozim. Prezident Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasiishlab chiqilgani va 2017-yildan buyon amalda tatbiq etilayotgani bu borada alohida o'rin tutadi [4].

Harakatlar strategiyasi negizida yurtimizda davlat va jamiyatning taraqqiyotida strategik rejalashtirish tizimi yaratilib, aholi turmush tarzi sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarilmoqda. E'tiborli tomoni shundaki, jamoatchilik nazorati bir necha yo'nalishlarda tashkil etilgan."Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirishda biz, ilgarigidek, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari -mahallalar, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlar, erkin va xolis ommaviy axborot vositalari faol o'rin egallaydi, deb ishonamiz" [3].

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat organlari o'z faoliyatidan jamoatchilikni doimiy ravishda xabardor qilib turishi, fuqarolarning turli so'rov va murojaatlariga o'z vaqtida, aniq javob qaytarishi belgilab qo'yildi. Shu bilan birga, jamoatchilik nazorati yo'lga qo'yildi. Hududlarda fuqarolar mahalliy o'zini o'zi boshqarish organlari, turli yig'inlar, uchrashuvlarda, jamoatchilik eshituvlari orqali mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma'rifiy hayotida daxldorlik tuyg'usini his etib, o'z taklifi va tanqidiy fikr-mulohazalarini erkin bayon qilmoqdalar. Natijada, joylarda turli darajadagi muammolar ochiq-oshkora o'rganilib, aniqlangan kamchilik va nuqsonlar samarali bartaraf etilmoqda.

Muayyan hududni obod va farovon qilish, uni kompleks rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar rejalarini tasdiqlash, to'ylar va boshqa marosimlarni o'tkazish bo'yicha tavsiyalar berish mahalla oqsoqollari vazifalariga kiradi. Umumiy foydalaniladigan joylarni ta'mirlashdan tortib, ahloqiy tarbiyagacha bo'lgan muhim ishlarni ham mahalla bajara oladi.Xalqimizning qadimiy demokratik an'analari ham mahallada o'rin topgan. Binobarin, mahalladagi aksariyat oqsoqollar, ko'zga ko'ringan muysafidlar o'z mahallasining turli muammolarini ijobiy hal qilishda faol ishtirok etadi. Mahallalardagi xotin-qizlar qo'mitalari faoliyati ham bundan mustasno emas. Aholi ana shu tarzda haqiqiy va ham dunyoviy masalalarni birgalikda hal qilib kelmoqda. Bu jamiyatimizdagi ijobiyhodisa, albatta [5].

Ana shu xususiyatlari bilan mahalla o'zini o'zi boshqarish tuzilmasi sifatida oiladan fuqarolik jamiyatiga o'tish uchun o'ziga xos ko'prik bo'lib xizmat qiladi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Bunday oraliq bog'lovchi tuzilma, o'z navbatida. fuqarolik jamiyatini barpo etishga ko'maklashadi. Aynan shu ma'noda, O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar Strategiyasini ishlab chiqishda fuqarolarimiz yuksak faollik, o'z grajdanlik pozitsiyasini namoyish etgani boisi ham aslida shunda.

Binobarin, HarakatlarStrategiyasining1-Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlarini yanada isloh qilish vazifalarini o'z ichiga olib, uning 3-bandida Mahalla institutining jamiyat boshqaruvidagi o'rni va faoliyati samaradorligini oshirish belgilabo'tilgan.Hududlardagiijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, atrof-muhitni muhofaza qilishga ko'maklashish, guzarlar, bolalar maydonchalarini barpo etishga doir masalalar fuqarolar yig'inining asosiy faoliyati hisoblanishi mahallaning mavqeini yanada oshiradi. Albatta, fuqarolik jamiyatini shakllantirish barkamol avlodni tarbiyalash bilan birga qo'shib olib borilishi zarur.Bugungi kunda mahallani aholini ijtimoiy qo'llab-quvvatlash, xususiy tadbirkorlik va oilaviy biznesni rivojlantirish markaziga aylantirish, shuningdek, uning davlat boshqaruvi organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati olib borish tizimidagi vazifalarini kuchaytirish eng dolzarb vazifalardan biriga aylandi. Bu -«kuchli davlatdan -kuchli fuqarolik jamiyati sari», degan tamoyilni hayotimizga yanada kengroq joriy etishni anglatadi. Shu bois, «fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari to'g'risida» gi Qonunga qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritilib, 2013-yil 22-aprelda yangi tahriri tasdiqlandi [7].

Bu yerda, asosiy e'tibor, mahalla fuqarolar yig'inlari faoliyatida qonuniylikni ta'minlash bilan bir qatorda, ularning jamiyatdagi faolligini oshirish, aholini ijtimoiy jihatdan qo'llab-quvvatlash sohasidagi ishlarining samaradorligiga qaratilmoqda.Yosh avlodni tarbiyalash, asosan, eng avvalo oilada, maktabda va mahallada olib boriladi. Darhaqiqat, mahalla instituti eng katta tarbiya dargohidir.

Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi asosida ishlab chiqilib, 2015-yil 1-yanvardan kuchga kirgan "Ijtimoiy sheriklik to'g'risida" gi Qonun [6] alohida ahamiyat kasb etdi. Zero, mazkur qonun, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini amalga oshirish, gumanitar muammolarni hal qilish, mamlakatimiz aholisi turli qatlamlarining huquq va erkinliklari, manfaatlarini muhofaza etishda nodavlat notijorat tashkilotlarining davlat tuzilmalari bilan o'zaro munosabatlaridagi aniq chegaralarni belgilash hamda tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirishda muhim o'rin tutadi.

Ijtimoiy sheriklik nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari hamda davlat organlari o'rtasidagi hamkorlik munosabatlarining

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

barcha jihatlarini o'zida qamraydi. Buni mazkur qonunning ijtimoiy sheriklik sohalarini belgilab beruvchi 5-moddasi misolida ham yaqqol ko'rish mumkin. Ushbu moddaga ko'ra, jumladan, ijtimoiy sheriklik millatlararo, madaniyatlararo totuvlik va fuqarolar totuvligi g'oyalarini mustahkamlash, ko'p asrlik, an'anaviy ma'naviy-ahloqiy hamda tarixiy-madaniy qadriyatlarni tiklash va saqlash sohasida ham amalga oshirilishi mumkin [8].

Ijtimoiy sheriklik munosabatlari, biz uchun, yangilik emas. Negaki, mamlakatimizda davlat hokimiyati organlari bilan fuqarolik jamiyati institutlari o'rtasida muayyan masalalarni hal qilishda o'zaro hamkorlikning o'ziga xos tajribasi shakllangan. Bu hamkorlik jahon amaliyotidan qamrovi kengligi, faqatgina mehnat munosabatlari bilan chegaralanib qolmasdan, balki ijtimoiy hayotning muhim sohalarini o'z ichiga olishi, muhimi, aholining ko'plab ijtimoiy guruhlarini jalb etishi bilan yaqqol ajralib turadi.

Hozirgivaqtda "Ijtimoiy sheriklik to'g'risida" gi qonun hokimiyatning aholi bilan samarali muloqotini yanada mustahkamlamoqda va kengaytirmoqda. Bu esa, fuqarolarning huquqlari, qonuniy manfaatlariga dahldor muhim qarorlarni qabul qilish jarayonida ularning ehtiyojlari, intilish va manfaatlarini yanada to'liq, xolis ko'rsatish imkonini bermoqda. Qolaversa, ijtimoiy munosabatlarni uyg'unlashtirish, fuqarolar o'rtasida hamjihatlikni mustahkamlashga ijobiy ta'sir ko'rsatib, mamlakatimizning barqaror va izchil taraqqiyotini kafolatlamoqda.Eng muhimi, ijtimoiy sheriklik jamiyatni ich-ichidan chuqur o'rganishda, ijtimoiy masalalarni hal qilishga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqib, samarali amalga oshirishda, bu borada jamoatchilik nazorati kuchayishida dolzarb ahamiyatga ega.

Bundan tashqari O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-fevralda qabul qilingan "Jamiyatda ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog'lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo'llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni fuqarolar yig'inlariga xos bo'lmagan funksiyalar yuklatilayotganligi, ularning boshqa quyi idoralar bilan hamkorligi tizimli yo'lga qo'yilmaganligi, oila, xotin-qizlar va keksalarga yordam ko'rsatishning yaxlit tizimi mavjud emasligi, huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish bo'yicha ko'rilayotgan choralar samarali natija bermayotganligi jamiyatda ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog'lomlashtirish va qonun ustuvorligini ta'minlashga salbiy ta'sir ko'rsatayotganligini inobatga olib, mazkur sohada maqsadli hamda manzilli chora-tadbirlarni belgilab berdi.

Mahalla institutining jamiyat ijtimoiy-ma'naviy hayotida tutgan o'rnini hisobga olib, soha xodimlarini qo'llab-quvvatlash maqsadida "O'zbekiston Respublikasi

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

fuqarolarining o'zini o'zi boshqarish organlari xodimlari kuni" deb e'lon qilindi. Bu esa 2020-yil 2-martdagi "Mahalla tizimi xodimlari kunini belgilash to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasining qonuni qabul qilinishiga asos bo'lib xizmat qildi.

Shuni alohida ta'kidlash kerakki, mahalla instituti davlat boshqaruvida boshqa xech qaysidavlatlarda analogiya bo'lmagan alohida institutdir. Fikrimizning isboti sifatida aytishimiz mumkinki, yurtimizdagi mahalla instituti ko'plab xorijlik ekspertlar hamda mutaxassislar tomonidan e'tirof etilmoqda. Ushbu institut faoliyatiga yuksak baho berib, uni o'rganish kerakligini ta'kidlanayotgani bizga cheksiz g'urur va iftixor bag'ishlaydi. Xususan, germaniyalik Konrad Adenauer fondi eksperti Norbert Zolberg quyidagi fikrlarni bildiradi:

-Yurtingizda azaldan betakror ijtimoiy boshqaruv idorasi bo'lib kelayotgan mahalla keyingi yillarda tubdan yangilanganiga guvoh bo'ldim. Buni tizim tomonidan amalga oshirilayotgan keng ko'lamli ishlar misolida ham yaqqol ko'rish mumkin. Xususan, mahalla tadbirkorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlash, xususiy mulkni rivojlantirish, aholi bandligini ta'minlash, iste'mol bozorini to'ldirish, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, odamlar moddiy farovonligini oshirish va ularni kuchli ijtimoiy muhofaza qilish kabi yo'nalishlardagi muhim vazifalarni ado etmoqda.

Shuningdek, Nyu-York davlat universiteti professori Parviz Morvij bu haqda o'zining quyidagi fikrlarini bildiradi:

"O'zbekistondagi mahalla tizimi mazmun-mohiyatiga ko'ra noyobdir. Yurtingiz Buyuk Ipak yo'li chorrahasida joylashgani uchun bu yerda qadimdan xalq hunarmandchiligi hamda qishloq xo'jaligi yaxshi rivojlangan. Asrlar davomida bu zaminda attorlar, chilangarlar, zargarlar, baqqollar, kulollar, etikdo'zlar, savdogarlarmahallalari bo'lgani haqida o'qiganman. Istiqlol yillarida ana shu tarixiy ijtimoiy institut va unga xos qadriyatlar qayta ko'z ochib, taraqqiy etayotgani e'tiborga molik. O'zbek mahallasini bir necha yillardan buyon qiziqish bilan o'rganib kelaman. Ana shu tadqiqotlar natijasida bir xulosaga keldim, ya'ni haqiqiy demokratiya an'analari mahalla faoliyatida o'z ifodasini topgan. Ushbu noyob institut faoliyatini o'rganish, tajribasini ommalashtirish maqsadga muvofiq." Yaponiyaning Vaseda universiteti dotsenti Tomoko AKO: "O'zini o'zi boshqarishning noyob tizimi-mahallaga katta e'tibor berilayotgani menda iliq taassurot qoldirdi. Shu boisdan, siyosiy-ijtimoiy, sotsial-iqtisodiy, ma'naviy-ma'rifiy jarayonlarning bir bo'lagi bo'lgan bu tizimga qiziqishim ortmoqda. Zero, ana shunday e'tibor va g'amxo'rlik tufayli mahalla odamlar boshini qovushtirib, ularni yurt taraqqiyotiga munosib hissa qo'shishga ilhomlantiradi. Shu orqali davlat

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ravnaq topadi, natijada har bir oila farog'atda hayot kechiradi. Bunday tajriba Yaponiya uchun ham g'oyat zarur, deb hisoblayman."

Yaponiyalik Markaziy Osiyo va Kavkaz davlatlarini o'rganish instituti ijrochi direktori T.Tanaka: "Mahalla nafaqat fuqarolik jamiyatining asosi, balki demokratiyaning katta maktabidir. U, albatta, xalqning ma'naviy hamda madaniy qadriyatlarini saqlash va rivojlantirish, shuningdek, mamlakatni modernizatsiyalashda poydevor bo'lib xizmat qiladi" -deya ta'kidlaydi.

Fransiya Milliy assambleyasi deputati, "Fransiya -O'zbekiston" do'stlik guruhi rahbari o'rinbosari T.Mariani:

"Mahallaning borligi —xalqingizning baxti. Biror masala bo'lsa, shu maskanda sizga yordam berishadi. Buni yoshlar tarbiyasi yo'nalishidagi ishlar misolida aniq tasavvur qilish mumkin. Bola maktabdan kelgach, hududdagi fan va sport to'garaklarida vaqtini mazmunli o'tkazadi. Muhimi, yomon illatlar ta'siriga tushib qolmaydi. Shu bois, mahallani har tomonlama o'rganish, uning ilg'or tajribasini dunyoga yoyish zarur, deb o'ylayman."

O'tgan yili Janubiy Koreya, AQSh, Germaniya, Xitoy, Belgiya, Buyuk Britaniya, Fransiya kabi davlatlarda "Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari" nomli kitob hamda "O'zbekistonda mahalla instituti: tarixiy tajriba va hozirgi kun" hujjatli filmi taqdimotiga bag'ishlab o'tkazilgan davra suhbatlari hamda uchrashuvlarda ham xorijlik ekspertlar tomonidan qimmatli fikr-mulohazalar bildirildi. Bu esa, shubhasiz, o'zbek mahallasi haqiqiy ma'noda xalqchil demokratiya maktabi sifatida shakllanib borayotganining xalqaroe 'tirofidir.

Demokratik institutlar jamiyat hayotida demokratik tamoyillarni qaror topishga xizmat qiladigan tashkilotlar va tuzilmalar majmuasi. Tarixiy jihatdan ularni shartli ravishda demokratik mazmunga ega bo'lgan an'anaviy, ijtimoiy-siyosiy institutlar (davlat, siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari, OAV) hamda faqat demokratik jamiyat sharoitida faoliyat yuritadigan maxsus institutlarga, masalan, inson huquqlariga amal qilinishini ta'minlovchi turli nodavlat tuzilmalarga ajratish mumkin.[3]

Demokratik institutlar mamlakatda fuqarolik jamiyatini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Kuchli fuqarolik jamiyatining o'ziga xos jihatlari shundan iboratki, demokratik tamoyillar asosida jamiyatimizni rivojlanishida fuqarolik institutlari faoliyatiga keng o'rin berilmoqda, fuqarolarda jamiyatni yanada rivojlantirishda jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, mexanizmlari davlatning e'tiboridan chetda qolmaganligi ijtimoiy muammolarni bartaraf etishda davlat institutlari bilan hamkorlik qilish yanada mustahkamlanmoqda.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Demokratiyaning mezonlari ko'p qirrali bo'lib, unda siyosiy erkinlik, fuqarolik huquqlari, davlat tomonidan va adolatli jamiyat qurilishida, boshqaruv jarayonlarida ishtirok etishga intilgan, ijtimoiy bahslarga qatnashgan, o'z xatti-harakatlari, mas'ullik faoliyati bo'yicha murosa lozimligini tushungan fuqarolar tomonidan qadrlangan taqdirda u doimo rivojlanib keladi.

Bundan tashqari, "demokratiya" qanchalik tarixiy-siyosiy mazmunga ega bo'lmasin, uning o'ziga xos mas'uliyat yuki mavjud. Jamiyatni demokratiyalashtirish har qanday demokratiyaga "yashil yo'l" ochib berishni maqsad qilibqo'ymaydi. Haqiqiy demokratiya inson shaxsiga eng oliy qadriyat sifatida qaraydiva ularni hokimiyatini boshqarish ishlarida faol ishtirok etishlari uchun zarur bo'lgan tizimni yaratadi. Unda mahalliy o'zini o'zi boshqarish organlariga saylov tizimi asosiy o'rin tutadi.O'zbekistonda mahalla tizimini isloh etilib, bir tizimga o'tilishi fuqarolarga siyosiy erkinliklarini, huquqlaridan atroflicha foydalanish imkoniyatini berdi. Jamiyat hayotini isloh etishga, shakllangan quyi tizim o'rnida tamomila yangi siyosiy jarayonlar qaror topishga shart-sharoitni vujudga keltirmoqda.

Bu insonlar ongi, tafakkurida jamiyat siyosiy hayotiga qarashda yangicha yondashuvga "totalitar ong va tafakkurni" barham topib borishiga muhim turtki bo'ldi. Fuqarolarning davlat hokimiyatida ishtiroki jarayon sifatida yangicha mazmun bilan boyib bormoqda. Bu jamiyatda vujudga kelgan xilma xil demokratik institutlar bilan bevosita bog'liq. Shu nuqtai nazardan yondashganda davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining vazifalari o'zgarayotganligini va isloh etilayotganligini kuzatmoqdamiz.Ayniqsa, eski shakllangan xalq mentaliteti va dunyoqarashida yangi jamiyatga xos o'zgarishlarni amalga oshirish, fuqarolik jamiyatiga xos mezonlar va qadriyatlarnifuqarolar ongiga snngdirish bu sohadagi eng sermehnat va mashaqqatli jarayonlar sirasiga kiradi. O'tish davridagi islohotlarning o'zini o'zi boshqarish organlarini zamonaviylashtirish va erkinlashtirishga qaratilgan jarayonlari ham milliy o'zlikni anglash, ilg'or mamlakatlar tajribasini o'rganish, o'ziga xos yo'llarni kashf etish kabi qator izlanishlar samarasi o'laroq tobora kengroq turmush tarzimizga singib bormoqda. Bu sohadagi islohotlarni chuqurlashtirishdadavlatning bosh islohotchi sifatida amalga oshirgan chora-tadbirlari tufayli o'zini o'zi boshqarish organlari, ya'ni mahalla institutlari fuqarolik jamiyatini shakllantirishning milliy asosi bo'lib qoladi.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Yuqoridagi aytilgan fikrlardan xulosa qilib qilib aytganda, yurtimizda ijtimoiy barqarorlik, jamoatchilik nazorati, xususan, korrupsiyaga qarshi keskin kurash olib

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

borish hokimiyat va ochiq fuqarolik jamiyatining barcha bo'g'inlari harakatlarini birlashtirishda namoyon bo'ladi. Shu bois, keyingi yillarda mahalla tizimi faoliyatini takomillashtirish bo'yicha qabul qilingan farmon va qarorlar o'zining ijobiy natijalarini berayotgani fuqarolarda huquqiy madaniyatning oshib borayotganidan dalolat. Zero, bugun barcha xalqimizning, millatimizning baxt-saodatini, mamlakatimizning yorqin kelajagini yaratish, faoliyatimiz, hatto hayotimiz ham ana shumahalla tizimini rivojlantirishgamaqsadli qaratilgan. Xalqning bunyodkorlik qudrati ham ana shundadir.

Shuningdek, mamlakatda demokratik islohotlarni milliy hamda qadriyat, urf-odat va an'analarga asoslangan holda bosqichma -bosqich, rivojlantirib, takomillashtirib, borishda avvalo inson kamolotining beshigi bo'lgan mahalla institutlarini ijtimoiy rolini yanada oshirish darkor. Binobarin, ta'lim va tarbiya maskani sifatida e'tirof etilayotgan mahalla bugungi kunda ijtimoiy munosabatlarning asosiy bo'g'ini sifatida davlat va jamiyatning asosiy yacheykasi sifatida shakllanib borar ekan, Vatan ichra Vatan deb nomlanayotgan mahallalarni yanada asrab-avaylashda avvalo rivojlantirishda jamoatchilik nazoratini o'rnatish lozim. Zero, Vatanni asrash o'z uyini, ko'chasini, mahallasini asrashdan boshlanadi.

REFERENCES

1. Qorieva M. Mustaqillik-erkin va farovon hayot. -Toshkent: Yangi asr avlodi, 2013. -B. 155.

2. Berkinov B.B., Asqarova M.T., Abduraximova S. O'zbekistonni rivojlanish strategiyasi: o'quv qo'llanma. - T.: 2019., 51 bet.

3. Ma'naviyat -asosiy tushunchalar izohli lug'ati. -Toshkent: G'ofur G'ulom nash, 2010. -B. 19.

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar Strategiyasi to'g'risida"gi PF-4947 sonli Farmoni // "O'zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi" veb-sayti -www/lex/uz

5. Ergashev I., Xudoyberdiev X., Kaxramonov A. O'zbekistonning mustaqil taraqqyoti va mafkuraviy jarayonlar. -Toshkent, 2002.

6. Younas, A. (2021). Multinational Enterprises in Global Market Economy. International Journal of Development and Public Policy, 1(7), 137-143. Retrieved from http://openaccessiournals.eu/index.php/iidpp/article/view/820

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

7. Юнас, А., Каландаров, А., & Турдиалиев, М. А. (2021). Legal progress of ecommerce legislation in Central Asia during the COVID-19 period. Общество и инновatsiи, 2(6), 170-176.

8. Turdialiev, M. A. (2021). REGULATION OF MNES BY DOMESTIC AND INTERNATIONAL POLICIES. Збгрник наукових праць SCIENTIA. вилучено Í3 https://ois.ukrlogos.in.ua/index.php/scientia/article/view/17095

9. Kinza Fatima, & Mukhammad Ali Turdialiyev. (2022). UNDERSTANDING THE SOCIAL CHANGE AND DEVELOPMENT IN THE "THIRD WORLD": A BOOK OVERVIEW. World Bulletin of Management and Law, 6, 1-2. Retrieved from https://scholarexpress.net/index.php/wbml/article/view/439

10. Fatima, K., & Turdialiyev, M. A. (2021). UNDERSTANDING THE SOCIAL CHANGE AND DEVELOPMENT IN THE "THIRD WORLD": A BOOK OVERVIEW. World Bulletin of Management and Law, 5, 110-111.

11. Younas, A., & Ogli, T. M. A. P. (2021). Special Features Of International Financial Centres And Its Establishment In Uzbekistan. The American Journal of Political Science Law and Criminology, 3(08), 17-21. https://doi.org/10.37547/taipslc/Volume03Issue08-04

12. Soshov M. Fuqarolik jamiyati sari//Toshkent oqshomi. 2013 -14 may.

13. O'zbekiston Respublikasining "Ijtimoiy sheriklik to'g'risida"gi Qonuni // O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2014 y., 39-son, 488-modda; 2017 y., 37-son, 978-modda, Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 05.01.2018 y., 03/18/456/0512-son; 22.07.2020 y., 03/20/629/1087-son; Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021 y., 03/21/683/0375-son

14. O'zbekiston Respublikasining "Ijtimoiy sheriklik to'g'risida"gi Qonuni // O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami. 2014. Sh 39. 488-modda.

15. Masharipova B. Mahalla instituti rivoji demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirishda muhim ahamiyatga ega// https://parliament.gov.uz/upload/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.